Page 1
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIMI VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“BOTANIKA” KAFEDRASINING “YOSH TABIATSHUNOSLAR”
KASBIY TO„GARAG MAVZULARINING 2015-2016 O„QUV YILI
UCHUN ISHLANMALARI
TOSHKENT – 2015
Page 2
1- MASHG„ULOT "YOSH TABIATSHUNOSLAR" TО„GARAGINI TASHKIL ETISH
Maqsad: tо„garak a‟zolarini tо„garakning ahamiyati va vazifalari bilan tanishtirish.
Ishning borish tartibi
1. Tо„garakka biologiya faniga qiziqqan, iqtidorli talabalarni jalb etish.
2. Tо„garak boshlig„i va kotibini tayinlash.
3. Tо„garakning maqsad va vazifalari bilan tо„garak a‟zolarini tanishtirish.
4. Tо„garakning rejasi bilan о„garak a‟zolarini tanishtirish.
5. "Tirik burchak"dagi о„simliklar bilan tanishtirish, ularni parvarish qilish usullarini о„rgatish.
Biologiya yо„nalishi talabalarini tabiatni sevish, uni biologik xilma-xilligini muhofaza
qilish ruhida tarbiyalash, yosh о„qituvchilarni, maktab, kollej, litseylarda ish boshlanganda
darsdan tashqari vaqtlarida turli tо„garaklar tashkil etish, uning maqsad va vazifalarini belgilay
olish. Reja tuzish, tirik burchaklar tashkil etish, uni parvarish qilish, kо„paytirish, yangi о„simlik
turlari bilan boyitish, yosh avlodni tabiatga Vatanga bо„lgan muhabbatini shakllantirish dolzarb
masalalardan hisoblanadi.
"Yosh tabiatshunoslar" tо„garagining maqsadi: tо„garak a‟zolarini tabiatni sevishga,
uni saqlab qolish haqida tushunchaga ega bо„lish, tо„garak va "Tirik burchaklar" tashkil etish,
uni parvarish qilish, kо„paytirish, yangi о„simlik turlari bilan boyitish, yosh avlodni tabiatga,
vatanga bо„lgan muhabbatini shakllantirish.
Tо„garak vazifalari:
- tо„garakka biologiya faniga qiziquvchan, iqtidorli talabalarni tanlash;
- tо„garak kotibini tayinlash;
- tо„garak rejasini tuzish;
- biologiya fanini oldida turgan asosiy muammolar xaqida suxbatlar
о„tkazish va ularga tegishli adabiyotlar bilan tanishish;
-tirik burchakdagi о„simliklarni kо„paytirish usullarini о„rganish va ularni parvarish qilish;
- о„simlik zararkunandalariga qarshi kurashish;
- halq xо„jaligi ahamiyatiga ega bо„lgan о„simliklarni biologik xususiyatlarini о„rganish haqida
suhbatlar о„tkazish;
- “yosh tabiatshunoslar” gazetasini chiqazish;
- turli mavzularga doir stendlar tashkil etish;
- yirik botanik olimlar bilan uchrashuvlar tashkil etish, ularni ish usullarini о„rganish;
Kutiladigan natijalar: Bо„lajak yosh о„qituvchilarni maktab, litsey va kollejlarda
“Yosh tabiatshunoslar” kasbiy tо„garagini tashkil etib ularni maqsad va vazifalarini bajarish
о„rgatiladi.
Page 3
2- MASHG„ULOT
Tо„garak rejasini tuzish va tо„garak a‟zolarini reja bilan tanishtirish.
Maqsad: tо„garak a‟zolarini tо„garakning ahamiyati va vazifalari bilan tanishtirish.
Ishning borish tartibi
1. Tо„garakka biologiya faniga qiziqqan, iqtidorli talabalarni jalb etish.
2. Tо„garak boshlig„i va kotibini tayinlash.
3. Tо„garakning maqsad va vazifalari bilan tо„garak a‟zolarini tanishtirish.
4. Tо„garakning rejasi bilan о„garak a‟zolarini tanishtirish.
5. “Tirik burchak”dagi о„simliklar bilan tanishtirish, ularni parvarish qilish usullarini
о„rgatish.
Biologiya yо„nalishi talabalarini tabiatni sevish, uni biologik xilma-xilligini muhofaza
qilish ruhida tarbiyalash, yosh о„qituvchilarni, maka, kollej, litseylarda ish boshlanganda darsdan
tashqari vaqtlarida turli tо„garaklar tashkil etish, uning maqsad va vazifalarini belgilay olish.
Reja tuzish, tirik burchaklar tashkil etish, uni parvarish qilish, kо„paytirish, yangi о„simlik turlari
bilan boyitish, yosh avlodni tabiatga Vatanga bо„lgan muhabbatini shakllantirish dolzarb
masalalardan hisoblanadi.
“Yosh tabiatshunoslar” tо„garagining maqsadi: tо„garak a‟zolarini tabiatni sevishga, uni
saqlab qolish haqida tushunchaga ega bо„lish, tо„garak va “Tirik burchaklar” tashkil etish, uni
parvarish qilish, turli stend va devoriy gazetalar chiqarish usullarini о„rgatishdan iborat.
Tо„garakka iqtidorli
talabalarni jalb etish
Yosh
tabiatshunoslar
tо„garagini
tashkil etish
Tirik burchak
tashkil etish
Tо„garak
boshlig„i va
kotibini tayinlash
Tо„garakning
maqsad va
vazifalari bilan
tо„garak a‟zolarini tanishtirish
Tо„garak
rejasini
tuzish
Tо„garak
a‟zolariga ilmiy
mavzular berish
Page 4
3- MASHG„ULOT
Kafedra qoshida tashkil etilgan “Jonli burchak” dagi о„simliklar bilan tо„garak
a‟zolarini tanishtirish, ularni parvarish qilish qoidalarini о„rgatish.
Maqsad: Avvaldan tashkil etilgan tirik burchakdagi о„simliklarni turini о„rganish, ularni
parvarish qilish va tiklab, tо„ldirib borishni о„rganish.
Ishning borish tartibi.
1. Tirik burchakda о„sayotgan о„simliklarning turlarini biologiyasini о„rganish.
2. О„simliklarni kо„chirib о„tkazish usullarini о„rganish.
3. О„simliklarni tо„g„ri sug„orish yо„llarini о„rganish.
4. О„simliklarga о„g„itlar solish usullarini о„rganish.
5. О„simliklarni zararkunandalarga qarshi kurashish choralarini о„rganish.
6. О„simliklarni vegetativ kо„paytirish usullarini о„rganish.
Bu ishlarni bajarish tо„garak rahbarining rahbarligida о„tkaziladi.
Fakultetda tashkil etilgan tirik burchakda tо„garak a‟zolarining ish faoliyati.
Page 5
4- MASHG„ULOT
Jonli burchakdagi о„simliklarning kelib chiqish markazlari bilan tanishtirish.
.
Maqsad: О„simliklarning turlari, ularning biologik xususiyatlari, vatani, ishlatilishini
о„rganish.
Ishning borish tartibi.
1. Limun о„tni biologik xususiyatlari, vatani va ishlatilishi.
2. Vanil о„simligi biologik xususiyatlari, vatani, ishlatilishi.
3. Koritsa о„simligi biologik xususiyatlari vatani, ishlatilishi.
4. Sarimsoq piyoz usimligi biologik xususiyatlari, vatani, ishlatilishi.
5. Petrushka о„simligi biologik xususiyatlari, vatani ishlatilishi.
6. Lavr о„simligi biologik xususiyatlari, vatani ishlatilishi.
7. Osh piyozining о„simligi biologik xususiyatlari, vatani ishlatilishi.
8. Yalpiz о„simligi biologik xususiyatlari, vatani ishlatilishi.
9. Za‟fron о„simligi biologik xususiyatlari, vatani ishlatilishi.
10. Qizil kalampr о„simligi biologik xususiyatlari, vatani ishlatilishi.
11. Oddiy anis-arpa bodom о„simligi biologik xususiyatlari, vatani ishlatilishi.
Page 6
12. Koriamdr (kinza) о„simligi biologik xususiyatlari, vatani ishlatilishi.
Har bir о„simlikning oilasi, turi, biologik xususiyatlari kо„rsatilib, tabobatdagi ahamiyati
kо„rsatiladi.
О„simliklar
Anis – Anisum vulgare Gaertn
Soyabonguldoshlar-oilasiga man-sub bir
yillik efirmoy beruvchi о„simlik. Mevasida 2-
3% efir moyi bо„lib, unda 90% gacha
xushbо„y modda anitol bо„ladi. Mevasi
tabobatda va non pishirishda ishlatiladi. Efir
moyi parfyumeriyada sovun tayyorlash
sanoatida va boshqa teznik maqsad-lar uchun
ishlatiladi.
Anis Misrdan Yevropaga va undan boshqa
davlatlarga о„tgan. Anisning foydali
xususiyatlari Gippokrat ishlarida kо„rsatilgan.
Tabobatda anis barglari balg„am kо„chiruvchi
dori sifatida foydlaniladi. Yosh barglari
salatlar tayyorlashda qо„llaniladi.
Qalampir- Capsicum annuum L.
Ituzumdoshlar oilasiga mansub, bir yillik
dorivor sabzavot о„simligi. Poyasi tik о„sadi,
mevasi serurug„, kо„pincha qizil, tami о„tkir.
S va A vaitaminlar miqdori jihatidan
qalampir sabzavot о„simliklari ichida birinchi
о„rinni egallaydi. U issiqsevar о„simlik.
О„zbekistonning janubiy rayonlari ekiladi.
Qizil qaoampirda kapsitsin moddasi bо„lib,
1:1 900 000 marta suvda eritganda ham
ta‟mini yoqotmaydi.
Xristafur Kalumba о„zining sayohatida
Xindistondan Yevropaga olib kelgan va
undan boshqa davlatlarga tarqalgan. Qizil
qalampir ovqatga ishlatilib, ishtaxani ochish
va ovqatga ta‟m berishda ishlatiladi.
Page 7
Kariandr, Kinza, Kashnich – Coriandrum
sativum L.
Soyabonguldoshlariga mansub bir yillik
о„simlik. Urug„i efir moyini olish uchun
ishlatiladi. Kashnich tarkibidagi efir moyidan
profimeriyada sovun tayyorlashda va likiol
tayyorlashda va oziq-ovqat sanoatida
ishlatiladi.
Kashnichni vatani о„rtayer dengizining
sharqiy tomonlarida bо„lib, eramizdan avval
1000 yil oldin dorivor va ziravor о„simlik
sifatida ekilgan.
Za‟faron – Crocus tivus L.
Sapsarguldoshlar oilasiga mansub, kо„p
yillik о„tsimon, tuganak piyozli о„simlik.
Za‟fron Qadimiy Misrda eramizdan bir necha
ming yil oldin ma‟lum bо„lgan. Uning yer
ustki qismidan oziq-ovqat sanoatida va
matolarni bо„yashda foydalanilgan. Gulining
urug„chi tumshuqchasini qirqib olib tez
quritiladi. 1 kg xom ashyo olish uchun 1,5
ming guli kerak bо„ladi. Shuning uchun juda
qimmatbaho о„simlik hisoblanadi. Bu
о„simlikni qadimgi rimliklar va Geleobal
imperiasida ma‟lum bо„lgan. Neron
imperiatori Gretsiyadan qaytib kelayotganda
butun yо„liga za‟faron suvini septirgan.
Sharqiy davlatlar shoxlarga tikiladigan
liboslarning matolarini sariq ranga bо„yash
uchun za‟farondan foydalanganlar.
Lavr blogorodniy, Dafna daraxti – Laurus
nobilis L.
Dafnadoshlar oilasiga mansub о„simlik
bо„lib doimo yashil daraxt. Uni mevasida 20-
25 % moy bо„lib, meditsinada va sovun
sanoatida ishlatiladi. Vatani О„rtayer dengizi
bо„ylari. Yunon mifologiyasida bu о„simlik
Apollonga tegishli bо„lib, barglaridan
boshlariga venok (gulchambar) qilib
kiyishgan. Qadimdan bu daraxt bargidan
qilingan gulchambar kurash bо„yicha
о„tkazilgan musobaqa g„oliblariga taqib
qо„yilgan. Dafna daraxtining barglari 2-3,5 %
efir moyini, uksuz, valeriyana, kapronov
kislotasi va boshqa moddalarni chaqlaydi.
Barglari oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi.
Piyoz – Allium L.
Piyozdoshlar oilasiga mansub, bir
pallali, kо„p yillik, о„tsimon о„simlik. Piyoz
eramizdan 4 ming yil oldin Sharqiy
davlatlarda, Qadimiy Misrda, Yunon
davlatlarida va Rimada ishlatilgan. Yunonlar
piyozni muqaddas о„simlik deb
hisoblaganlar. Piyoz bakteriyalarni о„ldirish,
yuqimsizlashtirish, singa kasalligini davolash
hususiyatiga ega. u juda vitaminga boy
bо„lib, oziq-ovqat sanoatida foydalaniladi.
Page 8
Yalpiz – Mentha piperita L.
Labguldoshlar oilasiga mansub, efir moyli
kо„p yillik о„simlik. Bu о„simlik gullagan
vaqtida uning tanasida 2,1 % xushbо„y modda,
- metoldan iborat efir moyi bо„ladi. Bosh
miyani ishlashini yaxshilaydi. Yalpiz moyi
porfimeriyada, sovun tayyorlashda, tabobatda,
kanditor sanoatida, aroq va vino ishlab
chiqarishda keng qо„llaniladi.
Qora murich – Piper nigrum L.
Murichdoshlar oilasiga mansub
chirmashib о„sadigan daraxt о„simlik.
Mevasining tarkibida 1-1,5 % murichga
xushbо„y xid beradigan efirmoyi, 5-9 %
achchiq ta‟m beradigan piperin alkoloidi
bо„ladi. Murich meditsinada ishtaxani ochish
uchun bazi dorilarga qо„shiladi. Vatani Antil
orollari.
5- MASHG„ULOT
Tо„garak azolariga jonli burchakdagi о„simliklarning biologiyasini о„rganish uchun
obyektlar bо„lib berish.
Maqsad: О„simliklar biologik xususiyatlariga qarab, xonalarda joylashtirishni о„rganish.
Ishning borish tartibi.
1. О„simliklar uchun joy tanlash.
2. Kichik xonalarda о„simliklarni atrof muhit sharoitiga qarab joylashtirish (yorug„lik, issiqlik).
3. Auditoriyalarda va keng xonalarda о„simliklarni atrof muhit sharoitini xisobga olgan holda
joylashtirish.
Har bir xona о„ziga xos xususiyatlarga ega. Unda о„simliklarni joylashtirish har bir
о„simlikshunosning oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.
О„simliklarni xonalarda joylashtirish uchun xonaning kо„lami, praporsion joylashishi,
yorug„likning tushishi juda katta ahamiyatga ega.
Masalan, xonalarda gullarni joylashtirishni tor, uzun yо„laklarga gullarni о„tkazib chiqish,
xonaga krkamlik beradi. Buning uchun Ficus repens, Spathiphyllum wallisii va Anthurium
andreanum о„simliklaridan foydalanish mumkin.
Uydagi keng mehmonxonalarga bir va birnechta keng bargli о„simliklarni qо„yish mumkin.
Bular xonaga ekzotik tus beradi. Bulardan tashqari xonaning chiroyini oshirish uchun
Page 9
paporotniklarni ham qо„yish mumkin. Juda kо„p tur о„simliklarni bitta joyga aralashtirib qо„yish
uyning chiroyini buzishi mumkin. Shuning uchun bunday uylarga bir nechta bitta turga kirgan
о„simliklarni qо„ygan maqsadga muvofiq. Gullarni xonalarga joylashtirishda 2 ta asosiy qismga
ahamiyat berish kerak. 1) kitob jurnallarni о„qiladigan joy, 2) divan kreslo bilan devor orasidagi
bо„ joylarga joylashtirish maqsadga muvofiq bо„ladi. Bu о„simliklarga Ficus lyrata,
Philodendron grandiflorum va boshqalar.
Yorug„lik kam tushadigan xonalarga chidamli о„simliklardan Philodendron, Syngonium,
Pothos kabi gullarni qо„yish kerak. Yorug„lik kо„proq tushadigan joylarga kaktuslarni qо„yish
kerak bо„ladi.
Kabinetlarga, dam olish xonalariga bir xil yorug„lik, xarorat va namlik talab qiladigan
о„simliklarni qо„yish kerak. Oftob tushadigan joylarga yorug„likka chidamli bо„ylari past
kо„rkam gullarni tanlash kerak. Turli о„simliklarni bitta joyga qо„yganda barglarining rangiga,
shakliga, о„lchamiga, chiroyiga ahamiyat berib qо„yish kerak. Bargi oddiy gullar bilan bargi
keng, chuqur qirqilgan о„simliklarni qо„yish maqsadga muvofiq bо„ladi (nina bargli va rodeya).
Keng bargli (difenbaxiya va singonium) о„simliklar bilan mayda bargli (shefflera va fikus)
о„simliklarni qо„yish ham yaxshi bо„ladi.
Page 10
Xonalarning burchaklariga turli о„simliklarni joylashtirish. Masalan, begoniya, kalanxoy,
primala, senpoliya kabi о„simliklarni qо„yish mumkin.
6- MASHG„ULOT
Tо„garak burchagidagi о„simliklarni sug„orish usullarini о„rgatish.
Barcha tirik organizmlar uchun suv asosiy omil bо„lib hisoblanadi. suv tuproqdagi mineral
moddalarni eritib, ildiz orqali shimilishiga yordam beradi. О„simliklarni sug„organda suvning
xaroratiga va uning asosiy xususiyatlariga e‟tibor berish kerak.
Kerakli jihozlar: Suv quyish uchun idishlar, termometr.
Ishning borish tartibi.
1. Suvning xarorati.
2. Suvning kimyoviy xususiyatlari.
3. Xavoning namligi.
1. О„simlik tarkibidagi suv uning turiga va yoshiga bog„liq bо„ladi. О„simlik tanasidagi
turli tо„qimalar suvni turlicha saqlaydi. Yog„ochlanganpoya va novdalarda 50 %, о„tsimon
yog„ochlanmagan о„simliklar organizmida mevalar pishayotgan vaqtida 90 % undan ham
kо„proq suv saqlanadi.
Suv о„simliklarning о„sishi va rivojlanishi uchun asosiy omil bо„lib hisoblanadi.
О„simlikning juda sovuq suv bilan sug„orish, uning о„sishi va rivojlanishining qattiq ta‟sir
kо„rsatadi. Tuproq tarkibidagi suvning xarorati havo xarorati bilan deyarlik bir xil bо„ladi. Suv
karanlaridan, artezanlarda suvning xarorati 100S yaqin bо„ladi. Sug„orish oldidan bir necha kun
avval suvni katta og„iz keng idishlarni qо„shib qо„yish kerak. Agar suv juda sovuq bо„lsa,
Page 11
sug„orish oldidan suvni ozgina isitish kerak yoki bir necha soat quyosh joyga qо„yish kerak
bо„ladi. Agar sovuq suvni isitish imkoniyati bо„lmasa, u vaqtda tuvaklarga suvni kamroq va
salqinroq vaqtida qо„shish kerak bо„ladi.
- о„simliklarni ertalab sug„orish kerak, kechqurungacha suv shimilib ketiladi.
- Agar о„simliklarni juda sovuq suv bilan sug„orishga majbur bо„lsa, о„simlik
kasallanganligi uchun barglariga suv tegmasligi kerak.
- О„simliklarning eng nozik organi gul, sug„orish oldidan gullarini qо„llamaslik
kerak.
2. Suvning tarkibida albatta erigan kalsiy karbonat va boshqa tuzlar bilan va suvni qattiq qiladi,
qattiq suv о„simliklar barglarini ustida oq kristallar xosil bо„ladi.
Quduqda suvning xarorati har vaqtda 100S va undan pastroq bо„lishi mumkin. Bunday
sovuq suvlar gullarning ildizlariga zarar yetkazadi.
Agar suv juda sovuq bо„lsa, keng idishga solib, quyoshli joyga qо„yish kerak.
Agar vodopravod suvida juda kо„p oxak bо„lsa, uni oxaksiz suv bilan aralashtirib gullarni
sug„orish kerak.
Page 12
Gul idishlarda doimo suv saqlovchi rezervuarlar.
7- MASHG„ULOT
Jonli burchakdagi о„simliklarni yorug„ikka qarab joylashtirishni о„rgatish.
О„simliklarning о„sishi uchun yorug„lik muhim ahamiyatga ega. О„simlik yashil
barglarida (organlarida) fotosintez jarayonining borishi yorug„likka tubdan bog„liq bо„ladi.
Yorug„lik bо„lmasa fotosintez bо„lmaydi, о„simliklarda organik modda sintezlanmaydi. Ammo
о„simliklarninig bо„yiga о„sishi yorug„likda sekinlashadi yoki butunlay tо„xtaydi. Qorong„ulikda
о„sish jarayonida ishtirok qiladigan gormon – auksin sintezlanadi. Auksin konsentratsiyasining
о„sish nuqtalarida oshishi, о„sish jarayonining tezlashuviga olib keladi. Shu bilan birga kechki
soatlari о„sishni tormozlovchi moddalar konsentratsiyasi kamayib ketgan bо„ladi. Yorug„likda
poyaning bо„yiga о„sishi sekinlashadi, bargning о„sishi esa tezlashadi.
Ishning maqsadi: Talabalarga о„simliklarning о„sishi uchun yorug„likning ahamiyatini
tushuntirish, yorug„likning ta‟sirini aniqlash.
Identiv о„quv maqsadlari:
1. Yorug„likning namligini tushunadi.
2. Yorug„likning ahamiyatini bilib oladi.
Page 13
3. О„simliklarning о„sishiga yorug„likning ta‟sirini aniqlaydi va taxlil qiladi
Kerakli jihozlar: g„о„za, nо„xat, kungaboqar о„simtalari, chizg„ich yoki mm li qog„oz,
shkaf.
Ishning bajarilishi:
6 ta gultuvak olib, ularga 1.5-2 kg don yuvilgan qum solinadi. Sо„ngra tuvaklarning 2
tasiga 12 soat davomida suvda ivitilgan (bо„ktirilgan) chigit, 2 tasiga nо„xat va qolgan 2 tasiga
kungaboqar urug„larida 5-6 tadan ekiladi va xarorati 25-28 0S bо„lgan, yorug„lik tushmaydigan
qorong„u xonalarga qо„yiladi. Urug„larni ekib bо„lgach tuvaklardagi namlikning normal
bо„lishini ta‟minlash uchun qum ustidan suv beriladi. Urug„lar 5-6 kun davomida uzog„i bilan 1
haftada unib chiqadi. Kо„karib chiqqan yosh nihollar kanob eritmasi bilan oziqlantiriladi.
Oziqlantirish oldidan tuvaklarda yagonalash о„tkazilib, natijada har bir tuvakdan 3 tadan bir
xilda rivojlangan kо„chatlar qoldiriladi.
Jadval
Yorug„likning о„simtalar о„sishiga bо„lgan ta‟siri
О„simli
k turi
Tajribagacha
bо„lgan
о„simliklarnin
g о„rtacha
bо„yi, sm
О„simliklarning sutka davomida о„sishi (sm hisobida)
1 sutka 2 sutka 3 sutka
kunduz
i
tund
a
jam
i sm
kunduz
i
tund
a
jam
i sm
kunduz
i
tund
a
jam
i sm
G„о„za
Nо„xat
Kunga-
boqar
Variantlardagi nihollarning bо„yi 4-5 sm ga yetishi bilan har bir tuvakdagi kо„chatlar
chizg„ichda о„lchanib, ularning о„rtacha bо„yi jadvalga yozib olaniadi. Keyin tuvaklar 9-12 soat
davomida yorug„likka chiqarib qо„yiladi. (bu yerda kun uzunligi hisobga olinadi). nihollarni
yorug„likka qо„yiganda ham xarorat 25-28 0S atrofida bо„lishi kerak. Tuvaklarni yorug„likda
tutish vaqti tugashi bilan о„simliklarning bо„yi о„lchanib yozib olinadi va ularning qaytadan
qorong„u xonalarga о„tkaziladi. Ertasi kuni ertalabga soatlarda nihollarning bо„yi о„lchanadi va
qayta yorug„likka qо„yiladi. Bundan keyingi bajariladigan ishlar ham huddi yuqoridagidek olib
boriladi. Tajribadan olingan natijalarga asoslanib, о„simliklarning о„sishiga qanday ta‟sir
qilinganligi haqida hulosa qilinadi.
8- MASHG„ULOT
О„simliklar uchun tuvaklar tanlash va о„g„itlash usullari bilan tanishtirish.
О„simliklarni о„stirish uchun tuvaklar tanlash faqat estetik tamon emas balki, amaliy
jihatdan ham muhimdir. Chunki, tuvaklarning materiallari, shakli, kо„lami va tuvaklarning
boshqa sifatlari tuproqlarning tarkibiga, sug„orish jadalligiga, о„simliklarning о„sishiga ta‟sir
kо„rsatadi. Shuning uchun tuvaklar tanlaganda yuqorida kо„rsatilgan belgilariga va ixtiyot
shartlariga ahamiyat berish kerak bо„ladi.
Kerakli jihozlar: urli tipdagi va shakldagi tuvaklar va tuvak tagliklari.
Ishning borish tartibi.
1. Loydan tayyorlangan (sopol) tuvaklardan foydalanish.
2. Plastik materialdan tayyorlangan tuvaklardan foydalanish.
3. Turli ranglardagi devorlari turlicha qalinlikdagi loydan va lastik materiallardan
ishlangan tuvaklardan foydalanish.
4. О„simliklarni urug„idan hamda vegetativ organlaridan kо„paytirish uchun
tayyorlangan konteynerlardan foydalanish
Page 14
1. Loydan tayyorlangan tuvaklar g„ovak bо„ladi va quyilgan suvning ortiqchasini
tuproqdan shimib oladi. Shuning uchun ichiga tuproqni zich qilib joylashtiriladi. Tuproq
tarkibini 1/3:1/3:1/3= tuproq:chirindi:qumnisbatida tayyorlanadi.
Ustki tamoni glazur bilan qoplangan tuvaklar о„zining suvni shimish xususiyatlarini
yо„qotgan bо„ladi va plastik tuvaklar kabi xususiyatga ega.
.
2. Plastik materiallardan tayyorlangan tuvaklarning tagida teshik bо„lgandagina
foydalanish mumkin. Chunki, ortiqcha suv tez oqib о„tib ketadigan, yengil tuproqlar
tayyorlanadi. Tabiiyki, 2/3:1/3= chirindi tuproq:qum yoki agroperliy aralashtirib tuvaklarga
joylashtiriladi.
3. Tuvaklarning devorlarini qalin, yupqaligi, ranglari о„simlikning ildiz sistemasiga katta
ta‟sir kо„rsatadi. Devorlari yupqa, oq, qora, kо„k va boshqa ranglardagi plastik materiallardan
tayyorlangan tuvaklar quyosh nurini va isiqlikni yaxshi о„tkazadi, natijada ildiz sistemasini
kuyib ketishiga sabab bо„ladi.
Agar tuvak qora rangli plastikdan qilingan bо„lsa, tuvakning ustki tomonidan oq rangli
material yoki karton bilan qoplab qо„yiladi. Shu bilan ildizga quyosh nurini о„tishi kamayadi.
Page 15
Bunday ranglardagi tuvaklardan xona о„simlmiklari uchun foydalanish mumkin. Agar tuvaklar
oq yoki och tusda bо„lsa, ularning devorlari juda qalin bо„lishi kerak bо„ladi.
Loydan qilingan tuvaklarning devorlari qalin, tuproqlari zich bо„lib, о„simlik ildizining
quyosh nuridan va qizib ketishidan doimo saqlab turadi.
4. О„simliklarni urug„laridan yoki vegetativ usullar bilan kо„paytirilganda turli
materiallardan qilingan, tagidan teshiklari bо„lgan yashiklardan va konteynerlardan foydalanib,
gullar kо„paytiriladi.
5. Tuvaklar ekish oldidan zararsizlantiriladi. Buning uchun loydan qilingan tuvaklar
qaynoq suv bilan ichki tomoni yuviladi. Plastik materialdan tayyorlangan tuvaklarni yuvish
preparatlari bilan yuvib, suv bilan yaxshilab chayqaladi.
XONA О„SIMLIKLARIGA О„G„ITLAR SOLISH.
Kerakli jihozlar: organik о„g„itlarni turlari, mineral о„g„itlarni turlari, kompleks о„g„itlar
turlari, tuvaklar, kurak, qaychi.
Ishning bajarish tartibi.
1. О„g„itlarni turlarini о„rganish.
a) Organik о„g„itlarni turli tumanligini (qoramollar va parrandalar ekskrementi, baliq,
mollarning shoxlari va tuyoqlaridan tayyorlangan о„g„itlar) о„rganish.
Page 16
b) Mineral о„g„itlar (azotli, fosforli, kaliyli) bilan tanishish.
v) Kompleks о„g„itlarning tarkibini о„rganish.
2. Organik о„g„itlar-gо„nglar avval 5-8 oy yerda yotib yetilgandan keyin olingan
tuproqning 3-10 % hisobidan gо„ng aralashtirilib tuvaklarga solinadi.
3. Mineral о„g„itlardan 1-3 kg/m3 yoki 10-30 g/m hisobidan tuproqqa aralashtiriladi.
4. Suyuq о„g„itlardan 5-30 g bir chelak suvda eritilib, о„simlikning barglariga sepiladi.
5. О„simliklarga о„g„itlarni solish vaqti Bahorda azotli, yozda va kuzda fosforli о„g„itlar
sepiladi.
6.Suyuq о„g„itlar aprel va sentabr oylarida tuvaklarga quyiladi yoki barglariga sepiladi.
Organik va mineral о„g„itlar о„simliklarning о„sishi va rivojlanishi uchun juda muhim
bо„lgan moddalar bо„lib hisoblanadi. Organik о„g„itlarning tarkibida о„simliklar va hayvonlar
organizmlari, qoldiqlari ishtirokida tayyorlangan ozuqa moddalar bо„ladi. Mineral о„g„itlarni
tarkibida esa, sun‟iy sintetik yо„l bilan olingan elementlar ishtirok etadi.
Organik о„g„itlar tuvakdagi tuproqning tuzilishini о„zgartiradi, g„ovaklikni, havo va suv
о„tkazuvchanligini yaxshilaydi. Ular tuproqdagi о„simlikning о„sishiga yordam beradigan
mikroorganizmlarni faoliyatini oshiradi.
Eng kо„p tarqalgan organik о„g„itlardan: gо„ng, kompost qushlar eksprementi, yashil
о„g„itlar, oqova suvlar chо„kmasi va boshqalar.
Mineral о„g„itlar tarkibiga о„simlikka ozuqa bо„ladigan onorganik moddalar birikmalari –
turli tuzlar kiradi. Mineral о„g„itlar qattiq (poroshok yoki doiodor) yoki suyuq holatda bо„ladi.
Mineral о„g„itlar: azotli, fosforli, kaliyli о„g„itlarga bо„linadi.
Suyuq о„g„itlarni tuproqning ustiga bir tekisda 6-9 oyda bir marotaba beriladi.
Page 17
О„simliklarga barg orqali beriladigan suyuq о„g„itlar.
Suyuq о„g„itlarni о„simlikning gulariga emas, faqat barglarigagina sepish kerak.
9- MASHG„ULOT
О„simliklarni zararkunandalarga qarshi kurash choralarini о„rgatish.
Kerakli jihozlar: turli sog„ va kasal о„simliklar, xashoratlarni, zararkunandalarni rasmlari
va turli preparatlar, lupa, mikroskop, pinset, chо„tka.
Ishning borish tartibi.
1. О„simliklarni zararkunandalardan himoya qilish.
2. О„simliklarni himoya qlish usullari, vaqti va ehtiyot choralari.
2.1. Alohida e‟tibor berish kerak bо„lgan belgilari.
2.2. Agar uncha kо„p tarqalmagan bо„lsa, ulardan qutilish shartlari. Kasallangan
о„simliklarga ishlov berish vaqti va joyi.
2.3. Foydali xashoratlar va ulardan foydalanish usullari, ya‟ni biologik kurash choralari.
Xona yoki bog„larda о„sadigan о„simliklar xashoratlar, zamburug„lar, bakteriyalar, viruslar
va boshqalar ta‟sirida kasallanadilar. Ularning ba‟zilari yosh о„simliklar tanasida xatto
urug„larida yashab kо„payadilar. Bulardan tashqari о„simliklar tanasining shkastlnishi, turli
zararli ishlarning paydo bо„lishi, kasallik tug„diradigan turli zararkunandalar ta‟sirida emas
balki, atrof-muhitning shu о„simlik uchun qulay bо„lmasligi natijasida ham yuz berishi mumkin.
Atrof-muhitni issiq va nam bо„lishi о„simliklarga turli zamburug„lar bilan zararlanishga olib
keladi. Qandalalar, kanalar va boshqa parazitlar esa, havo issiq va quriq bо„lganda о„simliklar
Page 18
tanasida yaxshi kо„payadilar va о„simliklarni tez zararlanishiga sabab bо„ladi. Agar havo
xarorati va namlik qisqa vaqt ichida tez-tez о„zgarib tursa, о„simliklarni barglarini, poyalarini,
navdalarini, hatto mevalarini kasallanishi zararkunandalar bilan zararlanishi kuchayadi.
1. Kasallangan о„simliklarga ishlov berganda, albatta kimyoviy preparatlardan
foydalanladi. Kimyoviy preparatlar ikki turga bо„linadi.
1) Zaxarli prpearatlar, ular bilan о„simliklarga ishlov berganda faqat uni tushungan
mutaxassigina foydalanish mumkin.
2) Bu guruhda, mutaxassis bо„lmagan shaxslar ham gul dо„konlarida sotiladigan
preparatlardan foydalanib, о„simliklarni kasalliklardan tozalash mumkin.
Zaxar preparatlardan, shu preparatlarni foydalanish mumkinligi haqida ruxsatnomasi
bо„lgandagina qо„llash mumkin. Bu preparatlar о„simliklarga ishlov berganda, atrofdagi barcha
tirik organizmlarga (odamlar, hayvonlar, о„simliklar, oziq-ovqat) zarar yetkazishi mumkin.
Shuning uchun zaxarli preparatlardan ehtiyot choralariga rioya qilgandagina foydalanish tavsiya
etiladi.
2. О„simliklarga preparatlarni qо„llash uchun avval zararkunandani yoki kasallikning
turini aniqlash zarur.
О„simlik zararkunandalari va kasalliklarini faqat mutaxassislar aniqlashi mumkin. Ba‟zi
preparatlar bitta ba‟zilari bir qancha zararkunandalarga ta‟sir kо„rsatishlari mumkin.
a) agar kasallik uchun kо„p tarqalib ketmagan bо„lsa, bir qancha о„simliklardagina bо„lsa,
paltani spirt bilan xullab parazitni olib tashlash kerak. Agar о„simlikni juda kо„p qismi
zararlansa, shu kasalni yulib tashlash kerak.
b) о„simliklarga preparatlar bilan ilov berish uchun qulay vaqt ertalab va kechqurun
hisoblanadi. agar ochiq havoda ishlov berilsa, shamol bо„lmagan vaqtni tanlash mumkin. Har
ikkalasida ham qо„llarga maxsus qо„lqoplar va og„iz va burunga masska kiyish kerak.
Preparatlarni qо„llaganda paketning tashqarisida yozilgan kо„rsatmani о„qish shart va
uning shartlariga rioya qilish kerak.
v) о„simliklarning zararkunandalarga qarshi turli xashoratlar yordamida biologik kurashish
mumkin. Ularga asal arilar va xonqizi qо„ng„izi misol bо„ladi. Bu xashoratlar zararkunandalarni
yeb о„simliklarni saqlaydi.
Xona о„simliklarida uchraydigan xashoratlar: Shira, о„simlik biti.
Page 19
Shiralar 2-3 mm kattalikda bо„lib, kolloniya bо„lib yashaydilar. Yosh poyalar, barglarning
shiralarini shimib yashaydilar. Zararlangan barglar burishib, qurib tо„kiladi.
Kurash choralari: tabiiy yoki sun‟iy yо„llar bilan olingan preparatlardan, selektiv
preparatlar bilan ishlov beriladi. Bu vaqtda preparatning 2-3 g 1 chelak suvga aralashtirib, bir
mavsumda 2-3 marotaba ishlov berilishi mumkin.
Chervits xashorati bilan zararlangan barg.
Tok qandаlasi bilan zararlangan barg.
Oq qanotlilar va tripslar kо„proq lichinkalari barglarda rangsiz oq nuqtalar xosil qiladi va
barglarning shirasi bilan ovqatlanadi. Bu bilan kо„proq fuksiya, begoniya о„simliklari
zararlanadi.
Tuproq qandаlalari bilan zararlangan araliya о„simligi
Page 20
Xona о„simliklarini gullashdan oldin preparatlar bilan ishlov berish maqsadga muvofiq.
Sikadkalar va taiga kanalari.
Bu xashoratlar о„simliklarni barglari, poyalari, gullarining shirasi bilan oziqlanadilar.
Kо„proq barglarning tagida yashab, barglarning yumshoq eti bilan oziqlanadi. Bu xashoratlardan
odatda azaliya va atirgullar kasallanadi.
Kurash choralari: karbaril, diazinon (20-30g 1 chelak suvga aralashtiriladi)., karbofos (10-
20 g 1 chelak suvga), fozalon (20-25 sm3 1 chelak suvga aralashtiriladi).
10- MASHG„ULOT.
О„simliklarning bir tuvakdan ikkinchisiga kо„chirib о„tkazishni о„rgatish.
Gullarni kо„chirib о„tkazish xona о„simliklari uchun eng kerakli jarayonlardan biri
hisoblanadi. xonadagi gullar yaxshi о„smasa, sо„lib qolsa, barglari sarg„aysa, ularni boshqa
tuvaklarga, tuprog„ini yangilab о„tkazish kerak bо„ladi.
Kerakli jihozlar: turli gullar, tuvaklar, qaychi, suv, tuproq, qum, о„g„itlar va boshqalar.
Ishning borish tartibi.
1. О„simliklarni ildizlari juda katta bо„lib ketganda, ularni kо„chirib о„tkazish.
2. О„simliklarni kо„chirib о„tkazish vaqtini tanlash.
3. Gullar uchun tuvaklar tanlash.
1. О„simliklarni ildizi kuchli о„sib, tuvaklardan tashqariga chiqib ketganda kо„chirib о„tkazish
kerak bо„ladi. Buning uchun tuvaklar tuprog„i bilan tо„ntarilib, tagidan sekin asta qо„l bilan urib,
guln tuvakdan ajratib olinadi.
Page 21
2. Gullarni kо„chirib о„tkazish uchun qulay vaqt mart, moy oylarining boshlari hisoblanadi.
3. Gullarni kо„chirib о„tkazadigan tuvak avvalgi tuvakdan juda katta bо„lmasligi kerak.
Taxminan diametri 2 sm dan oshmasligi kerak.kо„chirib о„tkazilgan о„simliklarni tuvagiga
avvalgi tuproqdan ozgina solish kerak. Ildizlarini uchlari qychi bilan kesib tashlanadi. Tuvaklar
bir necha kun soya joyda saqlanadi. Namligiyetarli bо„lishi kerak. Lekin bir necha kungacha
soya joyda saqlash yaramaydi.
11-MASHG„ULOT.
“Yosh tabiatshunoslar” sten gazetasini chiqarish.
Maqsad: Tо„garak a‟zolarini turli dolzarb masalalarni ifodalovchi stendlar tayyorlashga,
tо„garak ish faoliyatini ifodalovchi turli foto albomlar, bukletlar tayyorlashga о„rgatish.
Ishning borish tartibi.
1. Ekologik muammolarni ifodalovchi rasmlardan stendlar tayyorlash: a) moddalarning
biologik aylanishi; b) mollarni xatdan kо„p о„tlatish va adirlarda ekotizmlarida
chо„llanish jarayonlarini boshlanishi; v) xongul juda katta xavf ostida.
2. Tо„garak a‟zolarini bajargan ishlari yuzasidan foto albomlar bukletlar tashkil etish.
Bu mavzular tо„garak rahbari va tо„garak a‟zolari ishtirokida bajariladi.
Page 23
12-Mashg„ulot
О„simliklarni turli yо„llar bilan kо„paytirish usullarini о„rganish.
Har bir о„simlik nasl qoldirish uchun xarakat qiladi. Lekin hamma vaqt ham о„ziga
о„xshagan individ yarata olmaydi.
Kо„payish turlari: о„simliklar asosan jinssiz (vegetativ) va jinsiy yо„llar bilan
kо„payadi. Vegetativ kо„payishda genotipning irsiy belgilari avlodlarda о„zgarmaydi.
Tanada xayotchan qismining turli yо„llar bilan ajralishi vegetativ kо„payish deyiladi.
Vegetativ kо„payish tabiiy va sun‟iy bо„ladi. Vegetativ kо„payganda bitta о„simlikdan paydo
bо„lgan yangi о„simliklarga klon deyiladi. Vegetativ kо„payishda birinchidan albatta uchki, barg
qо„ltig„idagi yon yoki qо„shimcha kurtaklar qatnashadi. Ikkinchidan vegetativ kо„payish
navdalarning ildiz hosil qilish xususiyati bо„lgandagina yuz beradi. Tabiiy holda
kо„payuvchilarga kalanxoye, qо„ng„irbosh va boshqalar kiradi. Ularning yosh nihollarda yoki
piyozchalari tanada shakllanib sо„ng ajaraladi. Sun‟iy vegetativ kо„payish insonlar ishtirokida
amalga oshadi. Bunda о„simlik turlari, piyozchalari, tugunak piyozlari, ildiz poyalari, tuganaklari
ajratiladi. Shuningdek, fikus, geran (yorongul), oliandr, tradiskansiya qalamchalari orqali
kо„paytiriladi. Aksariyat о„simliklar payvand usuli bilan kо„paytiriladi (kurtak, iskana, naycha).
О„SIMLIKLARNING TABIIY VEGETATIV KО„PAYISH USULLARINI О„RGANISH
Una boshlagan piyozboshni uzunasiga kesiladi, uchki kurtakdan va etdor tangacha
barglarning kо„ltig„idagi kurtaklardan payda bо„layotgan barglar lupalar yordamida qaralib
albomga rasmlari chiziladi.
Unayotgan sarimsoq piyozni har bir kurtagini (bulaklarini) ajratib kо„ndalang kesiladi.
Lupa yordamida uchki kurtakdan paydo bulayotgan yosh bargchalar qaralib rasmlari albomga
chiziladi.
Unayotgan kartoshka tuganagining tangacha barglari kо„ltig„idagi kurtakchalar lupalar
yordamida qaralib rasmlari albomga chiziladi.
Gumay, ajirik о„simliklarini gerbariylaridan ildizpoyalari yordamida kо„payishi kuzatildi.
Har-bir bо„g„imdagi tangacha barglar ninalar yordamida kutarilib qо„ltiqlaridagi kurtaklar
lupalar yordamida qaraladi. Rasmlari chiziladi.
Shirinmiya va boshqa kо„piyllik о„simliklarni kaudeksidagi kurtaklar lupalar yordamida
qaraladi, Ulardan paydo bо„layotgan yosh novdalarni kuzatib, rasmlari chiziladi.
Barglarda paydo bо„lgan yosh usimliklarni lupalar yordamida kuzatilib rasmlari chiziladi.
G„ozpanja, kulupnay о„simliklarini gajaklari yordamida kupayishlari kuzatilib rasmlari
chiziladi.
О„SIMLIKLARNING SUN‟IY VEGETATIV KО„PAYISH USULLARINI О„RGANISH
Sun‟iy vegetativ kupayish usullari. Avvaldan suvga solib qо„yilgan va qо„shimcha ildizlari
paydo bо„lgan begoniya, fialka, barglari, tol, terak qalamchalari yaxshilab diqqat bilan kuzatiladi
va rasmlari chiziladi.
Parxishlash orqali о„simliklarning yosh novda una boshlagan piyozboshni uzunasiga
kesiladi, uchki kurtakdan va etdor tangacha barglarning kо„ltig„idagi kurtaklardan payda
bо„layotgan barglar lupalar yordamida qaralib albomga rasmlari chiziladi.
Unayotgan sarimsoq piyozni har bir kurtagini (bulaklarini) ajratib kо„ndalang kesiladi.
Lupa yordamida uchki kurtakdan paydo bulayotgan yosh bargchalar qaralib rasmlari albomga
chiziladi.
Page 24
Unayotgan kartoshka tuganagining tangacha barglari kо„ltig„idagi kurtakchalar lupalar
yordamida qaralib rasmlari albomga chiziladi.
Gumay, ajirik о„simliklarini gerbariylaridan ildizpoyalari yordamida kо„payishi kuzatildi.
Har-bir bо„g„imdagi tangacha barglar ninalar yordamida kutarilib qо„ltiqlaridagi kurtaklar
lupalar yordamida qaraladi. Rasmlari chiziladi.
Shirinmiya va boshqa kо„piyllik о„simliklarni kaudeksidagi kurtaklar lupalar yordamida
qaraladi, Ulardan paydo bо„layotgan yosh novdalarni kuzatib, rasmlari chiziladi.
Barglarda paydo bо„lgan yosh usimliklarni lupalar yordamida kuzatilib rasmlari chiziladi.
G„ozpanja, kulupnay о„simliklarini gajaklari yordamida kupayishlari kuzatilib rasmlari
chiziladi.
Sun‟iy vegetativ kupayish usullari.
Avvaldan suvga solib qо„yilgan va qо„shimcha ildizlari paydo bо„lgan begoniya, fialka,
barglari, tol, terak qalamchalari yaxshilab diqqat bilan kuzatiladi va rasmlari chiziladi.
О„simliklarni vegetativ kо„paytirish usullari
Page 25
13-MASHG„ULOT.
Xona о„simliklariga atrof-muhitning ta‟sirini о„rganish.
Maqsad: Tо„garak a‟zolarini hozirgi kunda ekologiyaning buzilishi natijasida biologik
xilma-xillikning havf ostida ekanligini tushuntirish.
Ishning borish tartibi.
1. Atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bо„luvchi omillar.
2. Havoning ifloslanish sabablari.
3. Suvning ifloslanish sabablari.
4. Tuproqning ifloslanish sabablari.
5. Qishloq xо„jaligini kimyolashtirish.
6. Biologik xilma-xillikka antropogen ta‟sirlar.
Mashg„ulot tо„garak rahbarini va tо„garak a‟zolarining ishtirokida о„tiladi. Rejada
kо„rsatilgan muammolarni tо„garak a‟zolariga bо„lib beriladi. Keyingi mashg„ulotlardan ularning
mavzulari tinglanib muxokama qilinadi.
Hozirgi davrda jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlarining tez sur‟atlar bilan о„sishi,
tabiatdan pala-partish foydalanish va о„zlashtirish natijasida ekologik muvozanat buzilib,
ekologik tanglik yuzaga keldi.
Ekologik tangliklar о„z navbatida avj olib, sayyoramizning ba‟zi mintaqalarida ekologik
halokatlarni keltirib chiqaradi. Ekologik tanglikning tinmay kuchayib borishi ekologik
muammolarni keltirib chiqaradi. Ekologik muammolar о„z vaqtida hal qilinmasa muayyan
hududga ekologik halokat xavfini olib keladi.
Atmosfera sayyoramizning gazsimon qobig„i hisoblanib, Yer yuzasi xar hil gazlar
aralashmasi va suv bug„lari, changlardan tashkil topgan. Hozirgi yerning atmosfera qobig„i keyin
paydo bо„lgan albatta, Atmosfera yerning geologik tarixida yer qobig„ining tarkibiy qismlari
bilan tirik organizmlar faoliyati о„rtasidagi geokimyoviy jarayonlar oqibatida litosferadan ajralib
chiqqan gazsimon moddalardan tarkib topgan.
Atmosferadagi gazlar tarkibi ancha turg„un: unda azot 78,08%, kislorod 20,95%, argon
0,93%, karbonat angidrid 0,032%. Boshqa gazlar (neon, geliy, metan, ksenon, radon va
boshqalar) tahminan 0,01% ni tashkil etadi. Ana shu tarkibning buzilishi, karbonat angidrid
miqdorini ortishi va kislorod miqdorini kamayishi natijasida tirik organizmlar zarar kо„radi,
ularning nafas olishi qiyinlashadi va boshqa fiziologik jarayonlarning buzilishiga olib keladi.
Atmosfera havosining tabiiy va sun’iy ifloslanishlari ajratiladi.
Tabiiy ifloslanish. Atmosferada doimo ma‟lum miqdorda changlar uchraydi. Ular
tabiatdagi hodisalar natijasida hosil bо„ladi. Changlarning uch turi ajratiladi: mineral, organik,
kosmik. Mineral changlar tog„ jinslarining yemirilishi, vulqonlar otilishi, о„rmon yong„inlari,
dengizlar yuzasidan suvlarning bug„lanishi kabilar natijasida kelib chiqadi. Organik changlar
havo qatlamidagi aeroplanktonlar shuningdek, о„simlik va hayvonlarning qoldiqlar va
parchalanish mahsulotlaridir.
Kosmik changlar metioritlarning atmosfera qatlamidan о„tayotganda yongan qoldiqlari
hisoblanadi.
Sun’iy ifloslanish. Atmosfera havosini asosan ifloslantiruvchi manbalar bugungi kunda
tobora rivojlanib borayotgan insonning sanoat ishlab chiqarishidagi va avtotransportlarning
rivojlanishidir. Havoga kо„p miqdorda karbon kislota, uglevodorodlarning oksidlari, sulfid
angidrid va boshqa moddalar chiqarilib, ular tabiiy muhitga va odamlarga juda katta zarar
Page 26
yetkazmoqda. Bu holat ayniqsa yirik shaharlarda kо„zga tashlanadi. Atmosfera havosini
ifloslanishi muammosi barcha insoniyatni tashvishlantirmoqda.
Suv resurslarini ifloslanish manbalari asosan qishloq xо„jaligi ekinlarini sug„orishda,
mineral о„g„itlar va turli pestitsidlardan suv bilan birga yuvilib oqova suv hosil qilishi
chorvachilik komplekslari orqali ochiq suv havzalari va yer osti suvlarini ifloslanishi, sanoat
ishlab chiqarish korxonalari suvni og„ir metal ionlari va turli xil zaharli moddalar bilan ifloslab
oqova suvlarni hosil qilishidir. Bunday suvlar tarkibida, sanoat korxonalaridan og„ir metallar,
fenol, xlor, kaprolaktom, neft mahsulotlari, biologik va kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar
uchraydi.
Suv resurslarini ifloslantirishda temir yо„l, aviatsiya transport vositalari, shuningdek
avtokorxonalarning ham hissalari bor.
Sanoat chiqindilari orasida neft va uning mahsulotlari, daryo va kо„llarning
ifloslanishida eng havflilari hisoblanadi.
Atom elektrostansiyalaridan chiqadigan radioaktiv chiqindilar daryo suvlarini
ifloslantiradi. Ular suvdagi plankton va baliqlar organizmida tо„planib, ulardan boshqa
organizmlarga о„tadi.
Maishiy chiqindilar aholining о„sishi, yangi shaharlarning barpo qilinishi tufayli oqova
suvlarni kо„payishiga olib keladi. Maishiy turmushdagi oqova suvlar daryo va kо„l suvlarini
kasallik tug„diruvchi bakteriyalar va gelmintlar bilan ifloslanish manbai bо„lib qolgan, shu bilan
birga suv havzalarini maishiy turmushda keng foydalanayotgan sintetik yuvuvchi vositalar
ifloslantirmoqda.
Tozalash-zararsizlantirish. Daryo va boshqa suv havzalarida suvni о„z-о„zidan tabiiy tozalanishi
kuzatiladi. Ammo rivojlangan davrda chiqindilar kо„pligi, uni suv havzalarini ifloslantirishi
natijasida oqova suvlarni tozalash zaruriyati kelib chiqdi. Oqova suvlarni tozalashni quyidagi
metodlarini ajratish mumkin.
Tuproq ifloslanishi, pastitsidlardan notо„g„ri foydalanish tufayli kelib chiqadi.
Pestitsidlar barqaror moddalar hisoblanib, tuproqda kо„proq tо„planadi va tuproq organizmlarni
nobud bо„lishiga olib keladi. Tuproqda pestitsidlarning tо„planishi va organizmlarning nobud
bо„lishi, tuproq hosil bо„lish jarayoniga va unumdorlikning pasayishiga sabab bо„ladi.
Tuproq ifloslanishi qishloq xо„jalik ekinlariga meyyoridan ortiq mineral о„g„itlar
berilishi ham sabab bо„ladi. Bunda tuproqning holati e‟tiborga olinishi lozim.
Bundan tashqari yoqilg„i-surkov moylarini saqlash va tashishda ham ifloslanadi. Bu
moddalar tuproqning biologik aktivligini pasaytiradi. Neft qazish va qidiruv ishlari ham tuproqni
ifloslanishiga olib keladi, natijada tuproq yuzasida bitum hosil bо„ladi, shuningdek burg„ulash
ishlarida foydalaniladigan suyuqliklar tuproqni shо„rlanishiga olib keladi, bu esa shu yerdagi
о„simliklarni nobud bо„lishiga sabab bо„ladi.
Havodan sanoat chiqindilari hisoblangan turli xil chiqindilar atmosfera yog„inlari bilan
tuproqga tushib, uning hususiyatlarini о„zgartiradi.
Tuproq maishiy xо„jalik chiqindilari bilan ham ifloslanadi. Bunga turli xildagi ahlatlar,
politelin plyonkalar va boshqa xil qadoqlash chiqindilari tuproqni ifloslaydi.
Kimyoviy kompleks. Kimyo sanoati xissasiga taxminan atmosferaning ifloslanishining
umumiy kо„rsatkichiga nisbatan 3% tо„g„ri keladi. Havoda sulfid angidrid gazi changlar, tutun
kabilar bilan ifloslanishi natijasida sanoat rayonlarida nam va sokin havoda quyun hosil bо„ladi.
U zaharli tumandan iborat odamlar hayotiga havf solishi mumkin.
Page 27
14- MASHG„ULOT.
Kafedraga qarashli o‟z RFA O‟simliklar va hayvonlar genofondi Institutini
Botanika bog‟ida introduktsiya qilingan dorivor o„simliklarni o‟rganish.
О„simliklar dunyosi, jumladan dorivor о„simliklar ham tabiat boyliklaridan biri
hisoblanadi. shifobahsh о„simliklarni xosiyati qadim zamonlardan odamlarga ma‟lum bо„lgan va
ulardan turli kasalliklarni davolsh uchun foydalanib kelingan.
О„zbekistonda yovvoyi holda о„sadigan va о„stirilayotgna о„simliklar soni qariyb 4150 ga
yaqin. Shulardan 577 tasi shifobaxsh hususiyatga ega.
Ilmiy tibbiyotda ishlatilayotgan dorivor preparatlarning qariyb 45 % о„simliklardan ajratib
olinadi yoki ulardan tayyorlanadi. Ba‟zi qimmatli dorivor preparatlar masalan, yurak
kasalliklarini tayyorlashda qо„llaniladigan glyukazitlar, shu vaqtgacha faqat о„simliklardan olib
kelinadi.
Tabobatda katta ahamiyatga ega bо„lgan alkoloidlar, glyukazitlar, flavanoidlar, soponenlar,
efir moylari va boshqalar ham о„simliklardan ajratib olinadi.
Shibahsh shsimliklar bemorlar dardiga davo bо„lishi uchun о„simliklar avvalo yuqori
bshlishi hamda vrach maslahati bilan ishlatilishi lozim. Buning uchun dorivor maxsulotlar о„z
vaqtida tayyorlangan bо„lib, ularni yig„ish, quritish hamda saqlash qoidalarining buzulishiga yо„l
qо„ymaslik kerak. Shuning uchun dorivor о„simliklar haqida ma‟lumotga ega bо„lish juda katta
ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda О„zbekiston Respublikasida hayvonot va о„simliklar dunyosini muhofaza
qilishga alohida e‟tibor berila boshladi. Jumladan 1992 yil 9 dekabrda “Tabiatni muhofaza
qilish” tо„g„risida, 1993 yil 7 mayda “Alohida muhofaza qilinadigan xududlar” tо„g„risda, 1997
yil 26 dekabrda “О„simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish” tо„g„rsidagi
qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarda mamlakatimiz xududidagi о„simlik turlarini chaqlabqoli,
uni asrab avaylash va muhofaza qilishda muhim dasturilamal hisoblanadi. Ushbu qonun о„z
oldiga tabiiy sharoitda о„sadigan о„simliklar dunyosini, shuningdek takror yetishtirish va genetik
fondni saqlash uchun ekib о„stirilayotgan yovvoyi о„simliklarni muhofaza qilish va ulardan
foydalanishni tartibga solishni maqsad qilib qо„ygan. О„simliklar dunyosini muhofaza qilish va
undan oqilona foydalanish tо„g„risidagi qonun xujjatlarining asosiy vazifalari quyidagilardan
ibora:
- tabiiy о„simliklar jamoalarining va yovvoyi о„simliklar о„sadigan muxitning bir
butunligini saqlab qolish.
- О„simlik dunyosidan oqilona foydalanish va ularni takror-takror yetishtirishni
ta‟minlash.
- Yuridik va jismoniy shaxslarning о„simlik dunyosini muhofaza qilish va undan
foydalanish sohasidagi faoliyatini xuquqiy tartibga solish.
Dorivor о„simliklar.
Page 28
Yapon saforasi-Sophora japonica L.
Burchoqdoshlar - Fabaceae oilasiga
mansub bо„lib, bо„yi 5-6 m keladigan daraxt,
tanasi qora va tо„q kulrang pо„stloq bilan
qoplangan, yosh novdalari yashil, barglari toq
patsimon 11-25 sm uzunlikda va 9-17 ta
bargchadan tashkil topgan. Bargchalari
chо„zinchoq tuximsimon. Gullari oq-sariq,
xidli, tо„pguli shingil 20-30 sm uzunlikda,
mevasi dukkak. Iyul-avgust oylarida gullaydi,
mevasi sentabr-oktabr oylarida pishib yetiladi.
Tabobatida, mevasining damlamasidan
yiringli yaralarni, kuygan joylarni va trofik
yarani davolashda ishlatiladi. G„unchasi rutin
moddasini saqlab, R vitamini yetishmaganda,
qon tomirlarining о„tkazuvchanlik xususiyati
pasayganda ishlatiladi.
Omonqora-Vved. Ex Artjushenko
Omonqora – Amaryllidaceae oilasiga
mansub kо„p yillik piyozli о„simlik bо„lib,
Janubiy-О„zbekiston uchun endemik
hisoblanadi. Piyozlari tuxumsimon, diometri
10sm, tashqi tomondan yupqa, tо„q jigarrang,
tangachasimon barglar bilan о„ralgan.
Barglari qalin, uzunchoq, uzunligi 20-40 sm,
eni 1-4sm. Barglari fevarl oxirlarida paydo
bо„lib, iyun boshlari quriydi. Gullari sarg„ish
pushti yoki och pushti rangda.
Tojibarglarining ichki tomonida qizg„ish
yо„li bor. Iyul oylarida gullab, sentabr oyida
urug„i pishadi.
Tabobatda barglaridan “galantomin
gidrobromid” preparati olishda foydalaniladi.
Miasteniya, mushaklarni distrofiyasi, xarakat
sistemasining buzilishida, teri ostiga suvli
ineksiya uchun ishlatiladi.
Temirtikon-Tribulus terrestris L.
Tuyatovondoshlar – Zygophyllaceae
oilasiga mansub, bir yillik, yoyilib о„sadigan
Darmina-Berg ex Poljak
Qoqidoshlar – Asteraceae oilasiga
mansub, yarim buta, bо„yi 25-40 (70 sm), о„q
Page 29
о„simlik. Barglari juft patsimon, 6-8 juft
bargchalardan tashkil topgan. Gullari ayrim
diametri 1 sm, toji barglari 5 ta, sariq rangda.
Tо„pmevasi pishgan vaqtda 5 ta yulduzsimon
о„tkir tikonli mevachalardan tashkil topgan.
Gullashi may-iyun oylaridan boshlab sovuq
tushgunga qadar gullab, meva xosil qiladi.
Tabobatda о„simlikning yer utki qismidan
antisklerotik priparatlar olish uchun
foydalaniladi.
ildizli о„simlik. Navdalari kо„p sonli, yoz
oxirida qizg„ish jigarranga kiradi, barglari
ikki karra, patsimon qirqilgan, gullash
oldidan kо„pchilik barglarini tо„kadi.
Tо„pguli savatcha, diametri 2-5 mm, gullari
kо„rimsiz, savatchada о„tiroq xolda
joylashgan. Changdonlari va urug„chining
tumshuqchasi sariq rangda. Avgust va
sentabr о„rtalarida gullab, oktabrda mevasi
pishadi.
Tabobatda ochilmagan tо„pgullari
gelmentlarni davolashda foydalaniladi.
Shirinmiya-Glycyrrhiza glabra L.
Burchoqdoshlar – Fabaceae oilasiga
mansub kо„p yillik о„tsimon о„simlik.
Novdasining balandligi 50-80 (150) sm katta
ildiz sistemasiga ega. ildizini ichki qismi sariq
rangda shirish mazali. Novdasi kо„p sonli
shoxlangan, barglari poyada ketma – ket
joylashgan, tok patsimon 3-8 bargchali
bargchalari keng lansetsimon shaklda,
tо„pgullari shingil, uzunligi 5-12sm, mevasi
uzunchoq dukkak. May, avgust oylarida
gullab, sentabr oyida urug„i pishadi.
Tabobatda yer ostki qisimi oshqozon va
о„n ikki barmoqli ichak yaralarini tuzatishda,
gastrit va nafas yо„li kasalliklarini, dermatit va
egzemalarni davolashda ishlatiladi.
Issiriq- Peganum harmala L.
Tuyatovondoshlar- - Zygophyllaceae
oilasiga mansub kо„p yillik о„simlik.
Novdasi kо„p sonli, kо„p marotaba
shoxlangan, balandligi 40-70sm, ildiz poyasi
kо„p sonli yog„ochlashgan, barglari
panjasimon qirqilgan, semiz, uzunligi 4-7sm,
barg bо„laklari uzun uchli, gullari kо„p sonli
oq, diametri 2sm, har bitta shoxda bittadan
uchtagacha joylashgan, mevasi uch uyali
kо„sakcha, urug„lari tо„q jigarrangli, may,
iyun oylarida gullab avgust oylarida urug„i
pishadi.
Tabobatda yer ustki qismi nerv muskul
toliqishida, nerv muskul kasalliklarini
davolashda foydalanila-digan dezoksipeganin
alkaloidini olishda foydalaniladi.
Page 30
Sana – Cassia acutifolia Delile
Sezalpin-Caesalpiniaceae oilasiga
mansub bir yillik о„tsimon о„simlik.
Novdasining balandiligi 1m bо„lib,
shoxlangan, pastki bо„g„indagi yon shoxlari
yer bag„irlab о„sadi. Barglari toq patsimon, 4-
5ta bargchali, tо„pguli shingil, gul tojibargi
sariq, mevasi dukkak va yashil qо„ng„ir
rangda, uzunligi 3-5sm, urug„i sarg„ish yashil
rangda. Iyundan sovuqqa tushgunga qadar
gullab meva hosil qiladi.
Tabobatda barglari surgi, gemaroy
kasalligini davolash uchun foydalanila-digan
yig„ma tarkibiga kiradi. Bulardan tashqari
glaksena va senaden preparat-larini
tayyorlashda foydalaniladi.
Oddiy durman- Datura stramonium L.
Tomatdoshlar – Solanaceae oilasiga
mansub bir yillik о„simlik, novdasining
balandiligi 40sm, sassiq xidli, poyalari tikka
о„sadi, yuqori uchki tomonidan shoxlangan.
Barglari oddiy, uzunligi 7-20sm,
tuxumsimon, uchli, qirralari botiq tishsimon
qirqilgan, barg bandi uzun.Gullar yirik,
uzunligi 7-12sm, mevasi tuxumsimon
kо„sakcha, ustki tomoni qattiq uchli tikonlar
bilan qoplangan. Butun yoz bо„yi gullab,
mevasi pishib turadi.
Tabobatda barglari astma kasalligi
davolashda kо„llaniladigan yig„ma tarkibiga
kiradi. Bulardan tashqari barglaridan astma
kasalligini davolash uchun “astmatol”,
“asmatin” sigaretlari tayyorlanadi.
Yog„laridan nevralgiya, revmatizm
kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Page 31
Efedra - Ephedra equisetina Bunge
Efedra - Ephedraceae oilasiga mansub
buta, bargalari rangsiz, mayda, uzunligi 2mm,
poyalari yog„ochlangan kulrang pо„stloq bilan
qoplangan. Yosh novdalari yashil rangda,
efedra 2 uyli о„simlik, urg„ochi о„simlikda och
qizil yoki tо„q sariq, uzunchoq, etdor, meva
hosil bо„ladi. May oylarida gullab, urug„i iyun
oyida pishadi.
Tabobatda yog„ochlanmagan novdalari
“efedrin gidroxlorid” preparatlarini olishda
foydalaniladi. Bu preparat bronxial astma turli
allergik kasalliklar, shamollash va boshqa
kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
G„о„za – Gossypium hirsutum L.
Gulxayridoshlar - Malvaceae oilasiga
mansub bir yillik о„simlik, bо„yi 120-
180sm, poyasi shoxlangan, barglari yirik, 3-5
bо„lakchaga qirqilgan, barg bandi uzun,
gullari yirik, diametri 6-7sm, gulbandi uzun,
gul yon bargchalari 3ta tuxumsimon, chetlari
baxramasimon qirqilgan. Mevasi
tuxumsimon yoki sharsimon, mevasi 3-5
bо„lakchali tо„q jigarrangli kо„sak, urug„lari
kо„p sonli tuxumsimon tо„q jigarrangli uzun
oq tuklar bilan qoplangan.
Tabobatda g„о„zadan olingan “gossipol”
preparati psoriaz va turli lishay (qichma)
kabi teri kasalliklarini davolashda
foydalaniladi.
Sferofiza – Sphaerophysa salsula (Pall.) D.C.
Burchoqdoshlar – Fabaceae oilasiga
mansub kо„p yillik о„tsimon о„simlik.
Balandligi 25-100sm, ildiz poyalari kо„p sonli,
tuproqda gorizontal joylashgan. Poyalari tikka
о„sadi. Barglari toq patsimon, 6-10 bargchali,
barglarining uzunligi 3-10sm, tо„pgullari
shingil, uzunligi 4-10sm, tojibarglari qizil
rangda, mevasi tuksiz, pufaksimon,
ochilmaydigan ochjigarrangli dukkak. May,
iyunda gullab, avgust oyida urug„i pishadi.
Tabobatda yer ustki qisimidan qon
tо„xtatuvchi “sferofizin benzoat” preparatini
olish uchunva gepertoniya kasalligini davolash
uchun ishlatiladi.
Afsonak - Thermopsis alterniflora Regel et
Schmalh
Burshoqdoshlar - Fabaceae oilasiga mansub
kо„p yillik о„tо„simlik. Poyalari kо„p
shoxlangan, barglari 3 ta bargchali murakkab
barg, bargchalari, uzunchuq elleps shaklida,
uzunligi 3sm, gullari sariq, uzunligi 3-4sm,
gul bandi uzun, mevasi dukkak, uzunligi 3-
7sm. Afsonak aprel о„rtalarida gullaydi.
Urug„i avgust oyida pishadi.
Tabobatda yer ustki qismi nafas olish va
qon aylanishni yaxshilash uchun
qо„llaniladigan “sititon” preparatini olishda
xom – ashyo sifatida foydalani-ladi.
Page 32
15-MASHG„ULOT.
GIDROPONIKA USULIDA О„SIMLIKLARNI О„STIRISH.
Maqsad: О„simliklarni tuproqsiz suv muhitida turli oziqa moddalar yordamida о„stirish.
Kerakli jihozlar: Turli idishlar, suv, о„simliklar, ozuqa moddalar, termometr.
Ishning borish tritibi.
1. О„simliklarni о„stirish uchun tuvaklar tanlash.
2. Suv muhitiga moslasha oladigan о„simliklarni tanlash.
3. О„simlik uchun zarur bо„lgan eritmalarni tanlash.
4. О„simlik ildizlarini tutib turadigan substrat tayyorlash.
5. О„simliklarga kerakli yorug„lik, xarorat, suvning miqdori va kerakli о„g„itlarni solish.
6. О„simliklarni gidroponika usulda о„stirish uchun kerak bо„lgan kо„payish organlarini
tayyorlash va ekish (urug„, barg, poya).
Gidroponika – о„simliklarni tuproqsiz sun‟iy muhitda oziq moddalardan foydalanib
о„stirish.
1. О„simliklrarni tuprofsiz suv muhitida о„stirish mumkinligi 18 asrning boshlarida
ma‟lum bо„lgan. Hozirgi vaqtda gidroponika usulda о„simliklarni о„stirish xalq xо„jaligining
kо„p sohalarida qо„llanilmoqda.
Gidroponika uchun olingan о„simliklarni hayoti uchun suv, havo, yorug„lik va ozuqa
moddalar kerak.
Odatda о„simliklar tuproqda о„sganda, tuproq tarkibida suv, mineral о„g„itlar, turli tuzlar
va boshqalar saqlanadi. Gidroponika usulida esa, asosiy substrat bо„lib, keramzit, perilit,
vermukinit, mineral paxta kabilar ishlatiladi.
Page 33
Gidroponika usulida о„stirilayotgan о„simlikka, yetarlicha ozuqa moddalar solinsa,
ulardan kutilgan natijalarni olish mumkin.
Gidroponika uchun qulay obyektlar, ya‟ni о„simliklar suvda yashaydigan, botqoqda
yashaydigan о„simliklar hisoblanadi. О„simliklarni biror qulay idishga suv solib, suvdagi
substratga о„tkaziladi va ozuqa modda berialadi.
Gidroponika usulini avzalligi shundaki, 1) unga har kuni suv quyilmaydi. 2) Tuproqda
о„sgan о„simliklarga nisbatan kamroq kasallanadi. Chunki, tuproqda turli zararkunandalar
bо„lishi mumkin. 3) О„simlik о„sayotgan suvli muhitga ozuq moddalar yetarli solinganda ildiz
sistemasini о„sishi cheklanadi.
Suv muhitida (Gidroponika) kо„proq batqoqda о„sadigan о„simliklar yaxshi moslashadi.
Masalan, Cyperus turkumida papirus, photos, Philodendron, Synganium, Dracaena, Ficus ning
ba‟zi turlarini olish mumkin.
Gidroponika uchun tanasida suv saqlaydigan, sukkulent yaramaydi.
Piyozli о„simliklardan giatsinta, narsissalarni olish mumkin.
Page 34
Piyozli о„simliklarni gidroponikada о„stirganda suv piyozga tegmasligi kerak. Bu
о„simliklardan tashqari gidroponika usulida, tradiskansiya о„simligi yaxshi о„sadi.
3. Gidropoika usuli bilan о„sadigan о„simliklarga yorug„lik yetarli bо„lishi kerak.
4.Gidroponika usulida о„sgan о„simliklarning suvning xarorati 15
0S dan pastga tushmasligi
kerak. Agar suvning xarorati bundan pastroq bо„lsa, о„simlikning ildizi va yer ustki qismi yomon
о„sadi.
5. Gidroponika uchun olingan idishlarda suvning satxi doimo bir xilda bо„lishi kerak.
Suvning xarorati uyning xarorati bilan bir xilda bо„lishi kerak.
6.Suvga olinadigan ozuqa moddalar tayyor holda gul dokonlarida sotiladi. Suv esa, tabiiy
kranlardan oqqan suvni olish mumkin. Disterlangan yoki yomg„ir suvlari gidroponika uchun
yaramaydi.
7. О„simliklarni changini artib qurigan barglardan tozalab turish kerak. Idishdagi suv
bahorda va yoz oylarida har oyda 1 marotaba, sovuq vaqtlarda kamroq almashtirib turiladi.
Gidroponika uchun tanlangan о„simliklarni bir qismi kesib olinib, stakandagi suvli idishga
solib, qо„shimcha ildiz paydo bо„lgunicha kutiladi. Sо„ngra gidroponika uchun mо„ljallangan
idishlarga kо„chirib о„tkaziladi.
Page 35
О„simliklarni urug„lar yordamida kо„paytirilganda esa, urug„lar avval ayrim idishlarda
undirib olinib, sо„ng kо„chirib о„tkaziladi.
Tuproqda о„sgan о„simliklarni gidroponika uchun foydalanilganda о„simliklarning ildizi
tozalab yuviladi. Sо„ng 30 kun qorong„u joyda suvli idishda saqlanadi. Usti paket bilan yopib
qо„yiladi. Bu vaqtda ildiz asta sekin suvga moslashadi. Yetilgan о„simliklarni, qalamchalarni
ichiga keremzit yoki perilit solingan suvli idishga kо„chirib о„tkaziladi.