Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy
Post on 26-May-2020
48 Views
Preview:
Transcript
3
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
MOLIYAVIY MENEJMENT FAKULTETI
“KASBIY TA’LIM” KAFEDRASI
Mamarasulov Erali Bozorboy o’gli
«Ustav kapitali auditi» mavzusini mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlabchiqish va qo’llash metodikasi
«HIMOYAGA RUXSAT ETILDI» «Kasbiy ta’lim» kafedrasi mudiri
i.f.d.,prof. A.Omonov«__»_____________2013 y.
Bitiruvchi: 5140900 -“Kasb ta’lim”(Buxgalteriya hisobi va Audit)ta’lim yo’nalishi 4- kurs talabasi Mamarasulov Erali Bozorboy o’gli
«__»_____________2013 y.
Ilmiy rahbar: _i.f.n.,dots. X.Iskanov
«__»_____________2013 y.
Ilmiy maslahatchi : k. o’qt.N.Xolyigitova
«__»_____________2013 y.
TOShKENT - 2013
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
4
Reja
Kirish………………………………………………………………….....…..…..
I BOB. Ustav kapitali auditining ahamiyati va uning nazariy asoslari.
1.1. Ustav kapitali auditining maqsadi, vazifalari.
1.2. Ustav kapitali auditini tashkil qilish va o’tkazish tartibining
o’ziga xos xususiyatlari.
II bob. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganish uchun
topshiriqlar ishlab chiqish va qo’llash metodikasi2.1. Mavzuni mustaqil o’rganish uchun o’ziga xos metodlarni tanlash va uning
ahamiyati.
2.2. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar
ishlab chiqish.
III BOB. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganish uchun
metodlarni takomillashtirish masalalari.3.1. Mavzuni o’qitishda o’ziga xos zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
ishlab chiqish, qo’llash va tadbiq etish asoslari.
3.2. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganishni tashkil etishda
metodlarni takomillashtirish yo’llari.
XULOSA
5
КIRISHMavzuning dolzarbligi. Malakali kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan
biri - bu ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdir. Ta’lim sifati va samaradorligini
oshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari,
muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy metodlari muhim o’rin
tutadi. Bu esa kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’quvchi-talabalar mustaqil ta’limi
mazmunini ishlab chiqish va uni tashkil etish hamda amalga oshirish usullarini
takomillashtirish borasida ilmiy pedagogik izlanishlar olib borishni taqozo etadi.
Zero, ma’naviy barkamol avlodni shakllantirishda ijodiy ishlar va mustaqil faoliyat
yuritish o’z-o’zidan erkin tafakkurni talab qiladi. Mustaqil tafakkuri, o’z nuqtai
nazariga ega bo’lmagan o’quvchi ijodkor bo’la olmaydi, mustaqil faoliyat
yuritolmaydi.
Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash jarayonida amalga oshirilayotgan
ishlar ijtimoiy hayotimizning deyarli barcha jabhalariga tadbiq etilayotgan bir paytda
aholining iqtisodiy savodxonligini oshirish va yangi iqtisodiy taffakurni
shakllantirishga bo’lgan ehtiyoj tobora dolzarb muammo bo’lib bormoqda.
Shu bois, iqtisodiy fanlarni yoshlarga maktabdanok singdirib borish,
o’quvchilarni boshlang’ich sinflardanoq iqtisodiyotning sir-asrorlaridan xabardor
etish Xalq tizimi oldiga yangi vazifalarni qo’ymoqda. Hukumat qaroriga muvofiq, bu
vazifalarni amalga oshirish uchun oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik
bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash
bo’yicha 2011 - 2016 yillarga mo’ljallangan dastur ishlab chiqildi va uni amalga
oshirish uchun 277 milliard so’mdan ortiq mablag’ yo’naltirish ko’zda tutilgan.1
Yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar ertamiz egalari
bo’lgan yosh avlodni har jihatdan barkamol qilib tarbiyalash, ta’lim tizimini jahon
andazalari darajasiga yetkazishga qaratilgan.
1 O’z Res Prezidenti I.Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O’zbekistonni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantarishning yctuvopyo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.
6
Zero, har bir davlat taraqqiyoti yuksak malakali zamonaviy ilm-fandan boxabar
zakovatli mutaxassislar darajasi bilan belgilanadi. O’zbekistonda har yili ta’lim uchun
sarflanayotgan harajatlar yalpi ichki maxsulotning 10-12 foizini tashkil etadi.
Holbuki, jahon tajribasida bu ko’rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi. Shuningdek,
O’zbekiston katta yoshdagi aholi savodxonligi darajasi bo’yicha Italiya, Ispaniya,
Janubiy Koreya va Isroil kabi iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarni ortda
qoldirmoqda.
Hozirgi kunda bir yarim milliondan ortiq o’quvchi yangi qurilgan va
zamonaviy jihozlangan 1396 ta kasb-xunar kolleji va 141 ta akademik litseylarda
ta’lim olmoqda. Ushbu ta’lim muassasalarida ta’lim ishlab chiqarish korxonalari bilan
uzviy aloqada amalga oshirilmoqda. Yuksak malakali kadrlar tayyorlashning muhim
talabi esa bu - ularda ijodkorkorlikni va mustaqillikni rivojlantirishdir. Bu esa o’z
navbatida o’quvchi-talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish va ularni bajarishning
sifatini oshirish bilan bog’liq. Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi ham shunda.
Tadqiqot ob’yekti. Ushbu bitiruv malakaviy ish bakalavr darajasida
bo’lganligi uchun uzluksiz ta’limning o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi kollejlarda
o’qitiladigan iqtisodiy fanlarning “Ustav kapitali auditi” mavzusi tadqiqot ob’yekti
sifatida ajratib olindi, mustaqil ishlarni tashkil etish va ularni tashkil etishda
qo’llaniladigan metod va vositalar bitiruv malakaviy ishining predmeti hisoblanadi.
BMI ning maqsadi - o’quvchi-talabalarning iqtisodiy savodxonligini oshirish.
Mavzu bo’yicha mustaqil ishlarni tashkil etish va ularni sifatini oshirish
muammolarini bartaraf etish. Bu maqsadga erishish uchun esa quyidagi vazifalar
belgilab olindi:
- mustaqil o’qish bo’yicha adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish. tadqiqot
metodikasini tanlash va eksperimental modelini yaratish.
- o’quvchi-talabalarda mustaqil o’rganishni shakllanishiga ta’sir etuvchi
omillarni tadqiq qilish.
- mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqish.
7
- Pedagogik xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
Mavzuning nazariy - amaliy ahamiyati. BMI ning ahamiyatli tomoni
shundaki, mavzuni o’rganish orqali o’quvchi-talabalarda ijodiy ishlash ko’nikmasini
hosil qilish va bu orqali ularni mustaqil fikr bildirishga o’rgatish.
BMI tarkibining qisqacha tavsifi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 3 ta bobda 6
ta savol, xulosa qismi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. Ishning
I bobida ustav kapitali auditining ahamiyati va uning nazariy asoslari keltirilgan. II
bobida “ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab
chiqish va qo’llash metodikasi yoritilgan. Ishning III bobida “ustav kapitali auditi”
mavzusini mustaqil o’rganish uchun metodlarni takomillashtirish masalalari
yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishining xulosa qismida mavzuga umumiy xulosa
berilib, mavzuni mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqilishi va qo’llanishi
to’g’risida ma’lumotlar hamda fikr mulohazalar keltirilgan.
8
I BOB. Ustav kapitali auditining ahamiyati va uning nazariy asoslari.
1.1. Ustav kapitali auditining maqsadi, vazifalari.Iqtisodiy yo’nalishlardagi kasb-hunar kollejlarida zamonaviy o’quv jarayonini
tashkil etish, ularda ta’lim olayotgan o’quvchi-talabalarga mukammal iqtisodiy
tafakkur g’oyalarini singdirish bugungi kundagi eng muhim dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi. Xususan, biz tomonimizdan o’rganilayotgan Audit fanining tarkibiy
mavzularidan sanalgan “Ustav kapitali auditi” bo’yicha sifatli o’quv jarayonini tashkil
etishda eng avvalo uning nazariy asoslarini chuqurroq o’rganishni taqozo etadi.
Chunki, mavzu bo’yicha mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqish va
qo’llash uchun eng avvalo mazkur mavzu bo’yicha o’quv jarayonini tashkil etishda
pedagogka nazariy bilim zarur bo’ladi. Nazariy bilimni chuqur o’rganmasdan turib
mustaqil ta’limni tashkil etib bo’lmaydi. Shuningdek, chuqur o’rganilgan nazariy
bilim turli metodlarni qo’llashda va uni uyg’unlashtirish jarayonini olib borishda qo’l
keladi. Shularni e’tiborga olib biz “ustav kapitali auditi” mavzusining nazariy
asoslarini o’rganishga alohida e’tiborimizni qaratamiz.
Korxonaning o’z mablag’larini shakllantirish asosiy manbai bo’lib uning
mulkdorlari tomonidan korxonaga qo’yilgan mablag’lar majmui bo’lgan ustav kapitali
hisoblanadi. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi qonunchilik va ta’sis xujjatlari bilan
amalga oshiriladi.
Chunonchi, davlat korxonalarining ustav fondi korxona foydalanishga
topshirilgan vaqtida o’z faoliyatini amalga oshirish uchun davlat tomonidan (byudjet
hisobidan) ajratilgan mablag’lar (qurilish, montaj, sozlash ishlari xarajatlari, asbob-
uskunalar, aylanma mablag’lar va pul mablag’lari kiymati) ni aks ettiradi.
Nodavlat tijorat strukturalarining ustav kapitali aksiyadorlar (ta’sischilar)
tomonidan qo’yilgan (pul, moddiy va boshqa) mablag’lar hisobidan shakllantiriladi,
shuning uchun ham bir necha yuridik va jismoniy shaxslar aksiyadorlik jamiyatini,
shirkat va boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi jamoat mulkini tashkil etadi.
9
Ma’suliyati cheklangan jamiyatlarida ham boshqa mulk shaklidagi korxonalar
singari buxgalteriya hisobining ob’yekti bo’lib, moliyaviy xo’jalik faoliyatini
shakllantiruvchi aktivlar va majburiyatlar hisoblanadi. Lekin shu bilan birgalikda
ma’suliyati cheklangan jamiyatlarida shu mulk shaklining o’ziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqadigan va buxgalteriya hisobida inobatga olish shart
bo’lgan ob’yektlar ham mavjud. Buxgalteriya hisobining shunday ob’yektlaridan biri
korxona va tashkilotlarda mulkni tasarruf etish, boshqarish va unga egalik qilish usuli
yordamida liberal iqtisodiy-ijtimoiy faoliyat ko’rsatishdir. Buxgalteriya hisobida bu
jarayon o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bularga aksiya chiqarish va uning muomalasi
bilan bog’liq operatsiyalar, xususiy (ustav) kapital, qimmatli qog’ozlar, daromad
(foyda), dividend to’lovlari, maxsus shakllanadigan fondlar va foydaning taqsimoti
kabi jarayonlar kiradi.
Ushbu ob’yektlarni tadqiq qilishda buxgalteriya hisobining muhim fundamental
tamoyillaridan biri bo’lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga asoslaniladi.
Buning zamirida quyidagi tenglik yotadi:
AKTIV = XUSUSIY KAPITAL + MAJBURIYATLAR
Bu tenglikdan ko’rinib turibdiki, xususiy kapital har bir xo’jalik yurituvchi
sub’yektlar faoliyatining mulkiy va moliyaviy holatini ifodalaydi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004-yil 15-yanvaridagi 5-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot”ning 5-shaklida xususiy kapitalning
tuzilmasi quyidagilardan iboratdir deb ko’rsatilgan: ustav kapitali, qo’shilgan kapital,
rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.
Xususiy kapital
Ustavkapitali
Qo’shilgankapital
Zaxirakapitali
Taqsimlan-maganfoyda
Maqsadlijamg’armalar
10
1-rasm. Xususiy kapitalning tashkil topish manbalari.2
Xususiy kapital deganda, xo’jalik yurituvchi sub’yektga tegishli bo’lgan
mulkning qiymati tushuniladi. Bu kapital jami kapital bilan qarzga olingan
kapitalning o’rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin, ya’ni:
Kx = Kj - Kq
Bunda:
Kx - xususiy kapital.
Kj - jami kapital.
Kq-qarzga olingan kapital
Xususiy kapitalni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularni bir qancha
belgilar bo’yicha tasniflashni taqozo qiladi. Aksariyat olimlar xususiy kapitalni
tasniflash belgilari sifatida ularning turlarini, xizmat muddatlarini, tashkil etish
manbalarini olish zarur deb hisoblaydilar.
Xususiy kapitalni tasniflashning tarkibiy tizimi quyidagi ketma - ketlikdan
tashkil topishi lozim.
2 Tadqiqotchi tomonidan tuzildi.
Moddiyligi bo’yicha
Xizmat muddati bo’yicha
Faoliyatda ishtrok etish darajasi bo’yicha
Turgan joyi bo’yicha
Turi yoki ko’rinishi bo’yicha
Tashkil toppish ma’nbasi bo’yicha
11
2– rasm. Xususiy kapitalni tasniflashning tarkibiy tizimi.3
Ushbu rasmga ko’ra, xususiy kapitalni tasniflashning yuqori bo’g’inida uning
moddiylik belgisi turadi. Ushbu belgisiga ko’ra, korxona va tashkilotlarning barcha
xususiy kapitalini ikki guruhga, ya’ni moddiy xususiy kapital va nomoddiy xususiy
kapitalga ajratish mumkin.
Moddiy xususiy kapital deganda, korxona va tashkilotlarining moddiy bo’lgan
barcha aktivlari tushuniladi. Korxonalarning barcha moddiy xususiy kapitali barcha
aktivlarning bir qismi sifatida buxgalteriya balansining «AKTIV» qismida joylashadi.
Nomoddiy xususiy kapital o’z ifodasini nomoddiy aktivlarda topadi. Bu ham
buxgalteriya balansining aktiv qismida joylashadi
Korxona, tashkilot, turli jamiyatlarning xususiy kapitali, asosan, quyidagi
manbalar hisobidan shakllanishini kuzatish mumkin, ya’ni: mulk egalarining
mablag’laridan, ta’sischilar ulushidan, faoliyatdan olingan foydadan, qaytarib
bermaslik sharti bilan olingan mablag’lardan va hokazolardan.
Ustav kapitali - huquqlar va imtiyozlar olish uchun korxona muassislari
tomonidan ta’sis hujjatlariga muvofiq qo’shilgan (to’langan) hamda korxonaning
xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklar, pul
mablag’lari va xarajatlar majmuidir.
Ustav kapitalining xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
· Ustav kapitalining miqdori korxona ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq
belgilanadi va nisbatan doimiy harakterga ega bo’ladi.
· Ustav kapitalini haqiqatda shakllantirish vaqt bo’yicha chegeralanadi.
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq korxonalar ustav kapitalini
shakllantirishning oxirgi muddati bo’lib ta’sis etilgan sanadan boshlab bir yil.
3 Tadqiqotchi tomonidan adabiyotlardan foydalanib tayyorlandi.
12
· Ustav kapitaliga ta’sischilarning hissalari uzoq va qisqa muddatli aktivlar bilan,
ya’ni asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital va moliyaviy investitsiyalar,
tovar-moddiy boyliklar va pul mablag’lari bilan, kiritilishi mumkin.
3– rasm. Хususiy kapitalning shakllanish manbalari. 4
Ustav kapitali korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllariga va mulk shakllariga
bog’liqdir. Davlat korxonalarida ustav kapitali unga davlat tomonidan biriktirilgan
mulklar majmuasidan tashkil topadi. Xususiy va kollektiv o’rtoqchilik mulklari
asosida tashkil etilgan korxonalarda ustav kapitali ta’sischilarning pay va
badallaridan iborat bo’ladi. Aksionerlik jamiyatlarida ustav kapitali chiqarilgan oddiy
va imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatidagi summalarining yig’indisidan tashkil
topadi.
Korxona ustav kapitali uning ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq qoidaga
ko’ra, ta’sischilarning hissalari hisobiga barpo etiladi. U korxonaning xo’jalik
4 Tadqiqotchi tomonidan adabiyotlardan foydalanib tayyorlandi.
Хususiy kapitalning shakllanish manbalari
Korxona ixtiyoridaqolgan foyda
Tashqi manbalarIchki manbalar
Asosiy vosita vanomoddiy aktivlarning
amortizatsiya ajratmalari
Xususiy kapitalnishakllantirishning boshqa
ichki manbalari
Xususiy kapitalnishakllantirishning
boshqa tashqi manbalari
Qaytarib bermaslik shartibilan olinganmoliyaviy
yordamlar (grant, subsidiya)
Qo’shimcha aksionerlikkapitalini jalb etish
13
faoliyatidan olinadigan foydasi hisobiga, zarur bo’lganda ta’sischilarning maqsadli
badallari hisobiga ham to’ldirilishi mumkin.
Korxona ustav kapitaliga hissa sifatida binolar, inshootlar, qurilmalar va boshqa
moddiy qiymatliklar: yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari,
shuningdek, boshqa mulkiy huquqlar (shu jumladan, kashfiyotlardan foydalanish
uchun, «nou xau» va boshqa nomoddiy aktivlar); qo’shma korxona ishtirokchi
davlatlarining valyutalaridagi erkin ayirboshlanadigan valyutalarda pul mablag’lari
qo’shilishi mumkin. Korxona, tashkilotlar, birlashmalar, aksiyadorlik jamiyatlari va
ma’suliyati cheklangan jamiyatlar ustav kapitaliga chet el valyutasida qo’shiladigan
ulushlar «Chet el valyutasida amalga oshiriladigan muomalalarni buxgalteriya hisobi,
statistik va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to’g’risida»gi qonun talablariga
muvofiq amalga oshiriladi.
Ustav kapitalini tashkil qilish amaldagi qonunlar va ta’sis hujjatlari asosida
amalga oshiriladi.
Barcha mulk shakllaridagi korxonalarda kapital rezervlar va taqsimlanmagan
foyda bo’yicha buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
• Ustav kapitalini shakllanishi va ulardan foydalanishni nazorat qilish;
• Korxona muassislari, kapitalining shakllanish bosqichlari va aksiyalar
turlari bo’yicha axborot to’plash;
• Ustav kapitalininig holati va harakati xususida hisobot tuzish bo’yicha
ma’lumotlar olishni ta’minlash;
• Qo’shilgan kapital hamda rezerv kapitalininig shakllanishi bilan
bog’liq muomalalani o’z vaqtida hisobda aks ettirish;
• Korxona sof foydasining shakllanishi va uning taqsimlanishini o’z
vaqtida hisobga olish hamda nazorat qilish.
Korxonalar xususiy kapitalining muhim turi bo’lib ustav kapitali hisoblanadi.
Ustav kapitali bo’yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo’lib
quyidagilar hisoblanadi:
14
ü Ustav kapitalini korxonalarning ta’sis etilgan kuniga aks ettirish;
ü Ta’sischilar tomonidan o’z ulushlarini belgilangan muddatlarda kiritilishi
ustidan nazorat o’rnatish;
ü Ustav kapitalidagi o’zgarishlarni o’z vaqtida va to’g’ri hisobga olish;
ü Chet el investorlari tomonidan chet el valyutasida kiritilgan mablag’lar
bo’yicha valyuta kurslari o’rtasidagi farqlarni to’g’ri hisobga olish;
ü Ta’sischilar bilan olinadigan dividendlar va ularning hissalari bo’yicha hisob-
kitoblarni to’g’ri olib borish;
ü Ustav kapitaliga doir ma’lumotlarni moliyaviy hisobotlarda to’g’ri aks ettirish
va boshqalar.
21- son BHMS ga muvofiq ustav kapitalining hisobi quyidagi schyotlarda olib
boriladi:
ü 8300 « Ustav kapitali» - davlat korxonalarida;
ü 8310 «Oddiy aksiyalar»,
ü 8320 «Imtiyozli aksiyalar» -aksionerlik jamiyatlarida
ü 8330 «Pay va badallar» - xususiy va kollektiv o’rtoqchilik korxonalarida
(xususiy savdo va ishlab chiqarish korxonalarida, ma’suliyati cheklangan
jamiyatlarda, qo’shma korxonalarda, xorijiy korxonalarda, sho’ba
korxonalarida, qaram xo’jalik jamiyatlarida).
Ushbu schyotlarning barchasi passiv schyotlar bo’lib, ularning kreditida ustav
kapitalini vujudga kelishi va ko’payishi, debetida esa uning kamayishi aks ettiriladi.
Debet4610 « Ta’sischilarning ustav kapitaliga hissalari bo’yicha qarzi»
Kredit 8300 «Ustav kapitali», 8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli
aksiyalar», 8330 «Pay va badallar».
Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan maqsad, ustav
kapitalining holati aks ettiriladigan moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining
ishonchliligi, hamda uni hisobga olish uslubiyotining me’yoriy hujjatlarga
muvofiqligi to’g’risida fikr shakllantirishdan iborat.
15
Tekshiruvni korxona yuridik maqomini va ustavida belgilangan faoliyat
turlarini, ta’sischilar va ular ulushlarining tarkibi hamda summasini, ustav
kapitalining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun yetarliligini
aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq.
Ta’sis hujjatlari, ustav kapitalini shakllantirishga doir dastlabki hujjatlar, hisob
registrlari va hisobot ma’lumotlarini tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- ta’sis hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi) mavjudligi, shakllari va to’g’ri
rasmiylashtirilganligi;
- ta’sis hujjatlari mazmunining amaldagi qonunchilak va me’yoriy hujjatlar
talablariga muvofiqligi;
- ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga to’liq va o’z vaqtida qo’shilishi;
- ta’sischilar mulk shaklida qo’shadigan ulushlarining to’g’ri baholanishini
tekshirish;
- ustavda ko’rsatilgan faoliyat turlarining qonuniyligini tekshirish;
- ustav kapitali hajmining ta’sis hujjatlari va O’zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga muvofiqligi;
- ustav kapitalining to’liq va to’g’ri shakllantirilganligi;
- ta’sischilarning ustav kapitaliga o’z ulushlarini qo’shish bo’yicha yakuniy
hisob-kitoblar uchun qonunda belgilangan muddatlarga rioya qilinishi;
- ustav kapitalini shakllantirishga doir muomalalarning buxgalteriya hisobi
schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish;
- ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan ham qo’shilganligini aniqlash;
- ustav kapitali hajmi o’zgarishining asosliligi, ustav va ta’sis shartnomasining
qayta ro’yxatdan o’tkazilganligini hamda bu haqda tegishli hisob registrlari va
hisobotda aks ettirilganligi.
Ushbu vazifalarni bajarish uchun quyidagi ma’lumot manbalari tahlil qilinadi:
· korxonaning huquqiy maqomini, ustav kapitalini shakllantirish va hisobga olish
masalalarini tartibga soladigan asosiy qonun hujjatlari va yo’riqnomalari;
16
· ta’sis hujjatlari (notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav va ta’sis
shartnomasi);
· moliyaviy, statistik va boshqa tegishli hisobotlar;
· ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha muomalalar hisobga olingan dastlabki
hujjatlar, analitik va sintetik hisob registrlari;
· Me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik masalasini tekshirish uchun ustav kapitalini
shakllantirish va hisobga olish qoidalarini o’zida mujassamlashtirgan me’yoriy
hujjatlar to’plami zarur. Bunday to’plam tekshirilayotgan korxonaning o’ziga
xos jihatlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Audit moliyaviy hisobotlarning to’g’ri tuzilganligini tekshirishda:
Ø hisobotlarning aniqligini ta’kidlash yoki ularning noaniqligi to’g’risida
maslaxat berish;
Ø buxgalteriya hisobida qarzlar, daromadlar va korxona moliyaviy natijalarini
tekshirilayotgan davrda to’liq, aniq va xaqiqiy ko’rsatilganligini tekshirish;
Ø buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzishni tartibga soluvchi
qoidalarga, me’yoriy xujjatlarga hamda qonunchilikka amal qilinganligini,
shuningdek aktivlar, majburiyatlar va o’z kapitalini baxolash usullariga rioya
etilganligini nazorat kilish;
Ø o’z asosiy va aylanma mablag’larini, moliyaviy zaxiralarini hamda qarz
mablag’laridan yaxshirok foydalanish buyicha takliflar berishdan iborat.
Auditorning vazifalari - balansni, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning
to’g’ri tuzilganligi hamda tushuntirish xatlarida ma’lumotlar aniqligini auditorlik
tekshiruvi orqali yoritishdan iboratdir.
Bunda quyidagilarga e’tibor qaratilishi lozim:
§ hisobotda hamma aktivlar va passivlar ko’rsatilganligi;
§ hisobotda barcha xujjatlardan foydalanilganligi;
§ haqiqatdagi mulkni baholash usuli korxona buxgalteriya hisobi siyosatida
belgilangan usulidan qanchalik farq qilishi.
17
Auditor moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda soliqqa tortilgan foyda
to’g’ri hisoblanganligini tekshiradi.
Auditor asosiy maqsadga erishish va xulosa berish uchun quyidagi savollar
bo’yicha o’z fikrni shakllantirish kerak:
ü hisobotning umumiy mos kelishi - ya’ni hisobot umuman uning oldiga
qo’yilgan talablarga javob berishi, hamda bir-biriga to’g’ri kelmaydigan
axborotdan xolis bo’lishi. (tovar moddiy zaxiralarning summasi mos keladi,
hamda korxonaning real talabiga to’g’ri keladi);
ü asoslanganlik - ya’ni ko’rsatilgan summalarni hisobotga kiritish uchun asos
borligi; (hamma tovar moddiy zaxiralar hisobotda ko’rsatilgan va ular balans
tuzilgan kunda mavjud bo’lishi);
ü yakunlanganlik - ya’ni hisobotga hamma summalar kiritilganligi, shuningdek
barcha aktivlar va passivlar korxonaga tegishliligi (barcha mavjud tovar
moddiy zaxiralar sanalgan va balansga kiritilgan bo’lishi). Bu tovar moddiy
zaxiralar korxona mulkidir.
ü baxolash - ya’ni barcha mablag’lar to’g’ri baxolangan va xatosiz
hisoblanganligi (buxgalteriya hisobidagi tovar moddiy zaxiralar soni haqiqatda
mavjud soni bilan mos keladi; tovar moddiy zaxiralarning bahosi uchun
ishlatilgan narxlar to’g’ri; ko’rsatilgan narxlar ishlatilgan davr hakikatga to’g’ri
kelishi).
ü turkumlash - ya’ni summani shu hisob varaqda ko’rsatish uchun asos borligi
(tovar moddiy zaxiralar, materiallar, tugallangan ishlab chikarish va tayyor
maxsulotlar sifatida to’g’ri turkumlanganligi).
ü ajratish- ya’ni operatsiyalar amalga oshirilgan davrda ko’rsatilganligi (sotilgan
va sotib olingan tovar moddiy zaxiralar summasi 2 davr orasida ajratilganligi).
ü saranjomlik - ya’ni analitik hisob-kitoblarida va jurnallarida keltirilgan
ma’lumotlarning aniqligi, ular to’g’ri qo’shilganligi va bosh kitobdagi
18
ma’lumotlarga mos kelishi (tovar moddiy zaxiralari umumiy qiymati kitoblarda
keltirilgan analitik hisob ma’lumotlari).
ü ochib berish - ya’ni moliyaviy hisobotga hamma kategoriyalar kiritilgan hamda
ular hisobotda to’g’ri ko’rsatilganligi (tovar moddiy zaxiralarni asosiy
kategoriyalari va ularning bahosi hisobotda to’g’ri ko’rsatilganligi).
1.2. Ustav kapitali auditini tashkil qilish va o’tkazish tartibining
o’ziga xos xususiyatlari.Mavzu bo’yicha mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqishda va
samarali o’quv jarayonining asosiy shakllaridan hisoblangan ma’ruza va amaliy
mashg’ulotda zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etishda faqatgina «Ustav kapitali
auditi» ni tashkil qilish va o’tkazish tartibining nazariy jihatlari bilan cheklanish
fikrimizcha noto’g’ri hisoblanadi. Chunki, o’rganilayotgan mavzuyimiz bevosita audit
faniga bog’liq bo’lib, uning amaliy jihatlarini, hamda o’ziga xos xususiyatlarini
o’rganish zaruriyatini tug’diradi.
Mavzuimiz bevosita amaliyot bilan bog’liq, nazariy ko’nikma bilan cheklanish
va amaliy xususiyatlarini e’tiborga olmaslik biz tomonimizdan o’rganilayotgan mavzu
bo’yicha mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqishni murakkablashtiradi.
Ustav kapitali mablag’larining boshqa manbalaridan farqli o’laroq, nisbatan
barqaror miqdor hisoblanadi. Bu esa buxgalteriya hisobida 8300-hisobvarak krediti
bo’yicha ustav kapitali summasining orttirilishi uchun va ushbu hisobvarak debeti
bo’yicha uning kamayishi summasiga oid yozuvlar faqat tashkilotning ta’sis
hujjatlariga tegishli o’zgarishlar kiritilib bo’lingandan keyingina qayd etilishini
bildiradi. Xususan, bunday o’zgarishlar tashkilotning yangi a’zolari qabul qilinishi,
ular tomonidan qo’shimcha badallarning kirim qilinishi yoki olingan foydaning bir
qismi ustav kapitali hajmini oshirish uchun yo’naltirilishi chog’ida amal qilish
mumkin.
Shuning uchun ham tashkilotning ustav kapitaliga va ta’sis hujjatlariga
kiritilgan o’zgarishlarning asosliligi sinchiklab tekshirib ko’rish kerak.
19
Bunga erishish uchun quyidagi audit manbalari kerak bo’ladi:
BBuuxxggaalltteerriiyyaa hhiissoobbiinnii ttaasshhkkiill eettiisshhnniinngg mmee’’yyoorriiyyhhuujjjjaattllaarrii::
- O’z Res Fuqorolik kodeksi- O’z R Soliq kodeksi- O’zR Buxgaleriya hisobi to’g’risidagi qonuni- O’zR konuni “Ommaviy Birlashuvlar hakida”- Uz r konuni “Aktsionerlik jamiyatlari xakida”- BXMS№1 Xisob siyosati va moliyaviy xisobot- BXMS№2 Asosiy faoliyatdan olinadigan daromad- BXMS№3 Moliyaviy natijalar xisoboti- BXMS№10 davlat subsidiyalari xisobi va davlat yordamlarini koplash- BXMS№15 Buxgalteriya balansi- BXMS№8moliyaviy xisobotlarni konsolidatsiya kilish va shuba korxonalariniinvestitsiya xisobi- BXMS№19 tashkilotlar va inventarizatsiya utkazish- BXMS№20 kichik biznes sub’ektlari xisobotlari ni tuzish va xisob yuritishningsoddalashtirish tartibi xakida- BXMS№21 Schetlar rejasi va kullanilish Yo’riqnomasi
Moliyaviy xisobot shakllarini tuldirish Tartibi .( 19.03.2002 g. N 1117
Axborotlar manbalari:Ustav, shartnomalar, huquqiy normalarnio’zgarishini ro’yxatga olish hujjatlar, davlat vastatistika organlarida ro’yxatga olinganligito’g’risidagi guvohnoma, soliq inspeksiyasi,budjetdan tashqari fondlar, yig’ilish protokollari,..xisobotlarini tuzish va hisob yuritishningsoddalashtirish tartibi haqida, mulk huquqinitasdiqlovchi hujjatlar, bank xizmatlarishartnomalari, emissiya prospektlari, emissiyaprospektlari bajarilish natijalari haqidagi hisobot,alohida turdagi faoliyatga ruxsatnoma valitsenziya, aksionerlar ro’yxati, ishonchnomalarniro’yxatga olish va kayta ro’yxatga olish,likvidatsiyalash jurnali, aksionerlar reestri, ustavkapitvlining sintetik va analitik hisob registrlari(8300, 8400, 8500), ustav kapitalinishakllantirishdagi birlamchi hujjatlar (bankko’chirmalari, kirim kassa orderlari, to’lovtopshiriqnomalari mulkni qabul qilish topshirishdalolatnomalari, nakladnoylar va boshqalar.),bosh kitob yoki aylanma -saldo vedomsi,Buxgalteriya balans(f. 1); xususiy kapital haqidagihisobot(sh.№5) va boshqalar.
Auditni tashkil etish me’yoriy hujjatlari:-O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyatito’g’risida» qonuni (yangi tahriri )-Auditorlik tashkilotlari to’g’risida nizom( 4.04.2007 yil PQ-615)-O’zbekiston auditorlarning kasbga oid ahloq kodeksio’bama.26.08.2005y o’ap 25.06.2005y.-№3-AFMS «Auditni rejalashtirish»-№5- AFMS «Auditor ishining sifatini nazorat qilish»-№6- AFMS «Auditni hujjatlashtirish»-№9- AFMS «Jiddiylik va auditorlik riski»-№12-AFMS «Auditorlik tekshiruvlari jarayonidabuxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash»-№13- AFMS «Tahliliy amallar»-№14- AFMS «Auditorlik tanlash»-№24- AFMS «Moliyaviy hisobotning buzib ko’rsa-tilganligi aniqlanganida auditorlik tashkilotining ishtutishi»-№31- AFMS «Xo’jalik yurituvchi sub’yekt faoliyati(biznesi) bilan tanishish»*-№50- «Auditorlik dalillar»-№70- AFMS» Auditorlik hisoboti va moliyaviyhisobot haqidagi auditorlik xulosasi»-№80 AFMS -«Maxsus masalani tekshirish natijalaribo’yicha auditor hisoboti»Auditorlik tashkilotlarining ichki standartlari (28)
Audit manbalari
20
4-rasm. Ustav kapitali auditini o’tkazish manbalari.5
Tekshirish sifatini oshirish uchun auditor ishtirokida tashkilotning ustav
kapitaliga badallar ko’rinishida kiritilgan mol-mulklar va boshqa mulkka oid
inventarlashning o’tkazilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ustav kapitaliga badal sifatida kiritilgan mol-mulkning tarkibida yaroqsiz holga
kelgan asosiy vositalar va ishlab chiqarish zaxirilari, yoki bo’lmasa boshqa mulkiy
huquqlar bilan bir qatorda - foydani qo’llash muddati allaqachon o’tib ketgan
intellektual mulklar ham uchrab turishi ma’lum.
Muassislar bilan hisob-kitob qilishlar bo’yicha va ustav kapitalidagi
o’zgarishlar bilan bog’lik operatsiyalarin o’tkazish chog’ida yuzaga keluvchi eng
harakterli buxgalteriya yozuvlarini ko’rib chiqish lozim.
Auditor tomonidan ta’sis hujjatlarida, shuningdek ustav kapitali hisobida
tashkilot faoliyat yuritishining qonuniyligiga shubxa ostiga qo’yuvchi yoki davlatga,
mulkdorlarga (aksiyadorlarga) va kreditorlarga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan
jiddiy qonun bo’zulishlari aniqlangan hollarda yuzaga kelsa, u holda u (xo’jalik
yurituvchi sub’yekt raxbariyatiga aniqlangan qonun bo’zilishlarini bartaraf etish
uchun vaqt berish kerak).
Ustav kapital tekshirilganda auditor ta’sis hujjatlar bilan tanishib chikadi. Ustav
kapital tashkilot mulkdorlari tomonidan pul mablag’lari, mulk, nomoddiy va boshqa
aktivlar shaklida tashkil etilishi ta’sis hujjatlarida belgilanishi lozim.
Ta’sischilar ulushi kirim qilinishi dastlabki hujjatlar va 4610-schet
ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Hisob-kitob, valyuta scheti va kassa kirim orderlari
asosida ta’sischilar tomonidan to’liq va o’z vaqtida topshirilishi tekshiriladi. Qo’shma
korxonalarda chet el ta’sischilarining ulushi o’z vaqtida va to’liq topshirilishi nazorat
qilinadi. Agar ta’sischilar tomonidan ulushlar vaqtida topshirilmasa tegishli idoralar
korxonani yopish to’g’risida qaror qabul qiladi.
5 Audit sxemalarda, o’quv uslubiy qo’llanma. ТMI-Т.:2012 28-bet
21
Audit o’tkazishda amaldagi qonunchilikka muvofik tarzda mazkur iqtisodiy
sub’yektning yuridik maqomi va faoliyat ko’rsatishga bo’lgan huquqini tekshirib
ko’rishlari kerak. Bunda quyidagi hujjatlar:
· ta’sischilar yig’ilishi tomonidan tasdiqlangan qonunga muvofiq ro’yxatga
olingan mijoz ustavi;
· korxona ta’sis shartnomasi.
Tekshirishning borishi jarayonida quyidagilar belgilanadi:
· korxona qachon va qaerda ro’yxatdan o’tganligi;
· mazkur korxonaning hisob raqami va boshqa hisob raqami qaysi bankda
ochilganligi;
· muassislari kimlar va ularning ustav kapitalidagi ulushi;
· har bir muassisning qo’yilmalari hajmlari va jami ustav kapitalining hajmi
qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi.
Audit o’tkazilish jarayonida quyidagilar mavjudligi:
· davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma yoki o’zgartirishlar
mavjud bo’lsa, ustav va ta’sis hujjatlarining yangi tahririga doir;
· muassislar yig’ilishi bayonnomalari;
· chet el investitsiyasi ishtirokidagi iqtisodiy sub’yektlar uchun, masalan
qo’shma korxonalar uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida
ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma (litsenziya rakami);
· statistika organlari, Davlat soliq inspeksiyasida, byudjetdan tashqari va
ekologiya fondlarining tegishli bo’linmalarida ro’yxatga olinganligi to’g’risida
guvohnoma;
· davlat tasarrufida bo’lgan tashkilotlarning, jamoat tashkilotlari, jamoa
xo’jaliklari va shu kabilar xususiylashtirilishi va aksiyalashtirilishi bilan bog’lik
hujjatlar.
22
Muassislarning ustav kapitaliga qilgan badallari manbasini, bunday manbalar
bo’lib faqat o’z mablag’lari hisoblanishi mumkin ekanligini inobatga olgan holda
o’rganib chiqilishi lozim bo’ladi.
Auditor ta’sis shartnomasi bilan tanishishda, unda qanday shartlar
keltirilganligini aniqlaydi. Jumladan.6
· mulklarni ulush sifatida qo’shish (topshirish)
· faoliyatda ishtirok etish;
· foyda va zararlarni ta’sischilar o’rtasida taqsimlash;
· korxona faoliyatini boshqarish va unda ta’sischilarning ishtiroki;
· ta’sischilarning korxonadan chiqishi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) ta’sis shartnomasida yuqorida sanab
o’tilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagi shartlar ham bo’lishi lozim:
· ustav kapitalining tarkibi va hajmi to’g’risida;
· har bir ta’sischi ulushining hajmi va uni o’zgartirish tartibi;
· ta’sischilar ulushlarining tarkibi, hajmi va topshirish muddatlari;
· ulushlarni qo’shishga doir majburiyatlarni bo’zganlik uchun javobgarlik;
· ta’sischilar tomonidan qo’shiladigan ulushlarning jami summasi.
Auditor korxona ustavi bilan tanishish chog’ida unda quyidagilar
ko’rsatilganlini aniqlaydi:
· korxonaning o’ziga xos hususiyatlari va tashqiliy-huquqiy shaklini
ifodalaydigan nomi;
· korxonaning davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan, joylashgan o’rni;
· ustav kapitalining ko’lami va uning barcha ta’sischilar o’rtasida ulushlarga
taqsimlanishi;
· korxonaning maqsadi va faoliyat turlari;
· ijro organlarini saylash yoki tayinlash tartibi;
6 R.D.Do’smuratov, SH.N.Fayziev, I.N.Qo’ziev, A.Z.Avloqulov, G’.V.Po’latov Audit. O’quv qo’llanma II qismlar. - T.: Iqtisod-moliya, 2008.
23
· korxona boshqaruv organining tarkibi va vakolatlari hamda ular tomonidan
qaror qabul qilish tartibi;
· dividendlar taqsimlash tartibi;
· amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgani hamda ta’sischilar bilan kelishilgan,
lekin qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa zarur masalalar.
Shuningdek, ta’sis hujjatlarini tekshirishda korxonaning tashkiliy-huquqiy
shaklini e’tiborga olish zarur. Masalan, aksiyadorlik jamiyatining ta’sischilari
tomonidan tasdiqlangan ustavida, ustav kapitalining ko’lami to’g’risidagi ma’lumotlar
bilan birga jamiyat tomonidan chiqariladigan aksiyalarning toifalari, ularning nominal
qiymati va miqdori, aksiyadorlarning huquqlari to’g’risidagi shartlar har xil bo’lishi
lozim.
Ishtirokchilar tarkibini tahlil qilishda, aksiyadorlik jamiyati va mas’uliyati
cheklangan jamiyat yagona ishtirokchisi sifatida, bitta shaxsdan iborat xo’jalik
yurituvchi sub’yekt bo’la olmasligiga e’tibor berishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ham yuridik
shaxslar, ham jismoniy shaxslar ta’sischi sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Qo’shma korxona ustav kapitaliga O’zbekistonlik ishtirokchi tomonidan
qo’shiladigan hissa xorijiy ishtirokchilar bilan kelishuvga ko’ra milliy valyutada
qanday baholansa, kelishilgan baholar bo’yicha chet el valyutasida ham jahon
bozoridagi bahoni hisobga olgan holda shunday baholanadi.
Xorijiy ishtirokchining hissasi ham shu tartibda qo’shma korxonani tashkil
etish haqidagi shartnoma imzolangan kundagi yoki uning ishtirokchilari kelishgan
boshqa sanaga amalda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining rasmiy
valyuta kursi bo’yicha so’mga hisoblab o’tkazish yo’li bilan baholanadi.
Jahon bozori bahosi bo’lmaganda qo’shilayotgan mulklar qiymati
ishtirokchilarning kelishuviga muvofiq aniqlanadi.
24
Ta’sis hujjatlarini tekshirishda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq har bir
tashkiliy-huquqiy shakldagi xo’jalik yurituvchi sub’yekt uchun turli mas’uliyatlar
belgilanishini inobatga olish zarur.
1-jadval.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun qonunchilikda belgilangan ma’suliyatlar.7
Xo’jalik yurituvchisub’yekt tashqiliy-huquqiy shakli
Qonun va unda belgilangan mas’uliyatlar
Qishloq xo’jalik
kooperativlari (shirkat
xo’jaliklari)
O’z. R. qonuni «Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirqat xo’jaligi)to’g’risida»Q/x kooperativi (sh/x) faoliyatining asosiy turi qishloq xo’jalikmahsuloti yetishtirishdir.Q/x kooperativi (sh/x) qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishbilan bir qatorda kooperativning o’z hududida ham, shuningdekundan tashqari ham qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta ishlash,oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste’mol mollari, ishlab chiharish-texnika ahamiyatiga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish,savdo-sotiq, ta’mirlash va qurilish ishlari, yuridik va jismoniyshaxslarga xizmat ko’rsatish, shuningdek qonunlarda ta’qiqlanma-gan boshqa faoliyat turlari baln shug’ullanishga haqli.(32-modda)
Fermer xo’jaliklari
O’z. R. qonuni «Fermer xo’jaligi to’g’risida»Fermer xo’jaligining mol-mulkiga egalik qilish undan foydalanishva uni tasarruf etish xo’jalik a’zolari tomonidan o’zaro kelishuvasosida amalga oshiriladi.(20-modda)
Dehqon xo’jaliklari
O’z. R. qonuni «Dehqon xo’jaligi to’g’risida»Dehqon xo’jaligining mol-mulkiga egalik qilish undan foydalanishva uni tasarruf etish xo’jalik a’zolari tomonidan o’zaro kelishuvasosida amalga oshiriladi.(16-modda)
Ma’suliyat cheklanganjamiyatlar (MCHJ)
O’Z. R. qonuni «Xo’jalik jamiyatlari va shirqatlar to’g’risida»MCHJ ta’sischilarning majburiyatlari bo’yicha javobgarhisoblanadi. Ta’sischilar MCHJ ustav kapitalidagi ulushlarigamutanosib majburiyatlari bo’yicha javobgardir.(16-modda)
Aksiyadorlik jamiyatlari O’zbekiston Respublikasi Qonuni «Aksiyadorlik jamiyatlari vaaksiyadorlarning himoya qilish to’g’risida»
7 R.D.Do’smuratov, SH.N.Fayziev, I.N.Qo’ziev, A.Z.Avloqulov, G’.V.Po’latov Audit. O’quv qo’llanma II qismlar. - T.: Iqtisod-moliya, 2008.
25
Ushbu talablarga rioya qilinishi korxonaning faoliyat ko’rsatishi, hamda
kreditorlarning manfaatlarini huquqiy va iqtisodiy himoyalash shartlaridan biri
hisoblanadi. Korxona sof aktivlari maqdorining uning utav kapitalidan oshib ketishi
(yoki teng bo’lishi) to’g’risidagi majburiy talablarga rioya qilinishi shu
maqsadlardagina tekshiriladi.
Korxonaning xususiy kapitalini tekshirish uchun zarur ma’lumotlar moliyaviy
hisobotning quyidagi shakllarida aks ettiriladi:
Buxgalteriya balansida (OKUD bo’yicha 1-shakl):
Ta’sislarning ustav kapitaliga qo’shadigan ulushlari bo’yicha qarzlari -
aktivdagi II-«Aylanma aktivlar» bo’limining «Ta’sischilar bilan hisoblashishilar»
moddasi (4610-schyot) (280-satr);
Passivdagi I»O’z mablag’lari manbalari» bo’limida ustav kapitali (320 satr),
qo’shilgan kapitali (330 satr), zahira kapitali (340 satr), taqsimlanmagan foyda (350
satr);
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot (5-shakl) da
Xususiy kapitalning tarkibi bo’yicha : yil boshiga qoldig’i (010 satr 3, 4, 5, 6, 7,
8, -ustunlar), yil davomidagi o’zgarishi (020-070 satrlar) va yil oxiriga qoldig’i (080-
satr).
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli qo’llaniladigan korxonalarda
amaldagi qoidalarga muvofiq 8310-8330 schyotlar bo’yicha №13- jurnal-order va
analitik hisob vedomostlari qo’llaniladi. Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan
korxonalarda 8300-ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar (8310-8330), 4610-
»Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sislarning qarzlari» va 6620- Chiqib
ketayotgan ta’sislarning ulushlari bo’yicha qarzlar» schyotlari bo’yicha sintetik va
analitik hisob yuritiladigan kompyuter dasturlari qo’llaniladi.
Shuningdek, Bosh daftar yoki oborot-saldo vedomostlari ham tekshiriladi.
Qoidaga ko’ra, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo’shiladigan hissalar
hisobda va balansda ularning haqiqatda kirim qilinish me’yoriga qarab aks ettiriladi:
26
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qiymatliklar uchun qabo’l qilish-
topshirish dalolatnomasining to’zilgan sanasi, pul mablag’lari uchun mablag’larining
korxona schyotiga kelib tushgani (bank ko’chirmasi va unga ilova qilingan tegishli
hujjat). Bunda ushbu hissalarning analitik hisobi har bir ishtirokchi bo’yicha
yuritiladi.
Hissalarning belgilangan miqdori kirim qilinganidan so’ng ustav kapitalining
tashkil etilishi hisobda aks ettiriladi.
Ustav kapitalining miqdori ta’sis hujjatlarida belgilanganidan oshib
ketmasligini ta’kidlab o’tish zarur.
Korxona ta’sischilari ulushlarining yig’indisi (ulushlar, aksiyalar, pay badallari)
ta’sis hujjatlarida qayd qilingan ustav kapitalining miqdori va summalari tegishli
dastlabki hujjatlarga (dalolatnomalar, bank ko’chirmalari, bank kassasiga naqd pul
topshirilganligi to’g’risida kvitansiya va h. k) asosan schyotlar aloqasi to’zilib,
dastlabki buxgalteriya balansida aks ettiriladi.
Ustav kapitali summasi ta’sis hujjatlari, hisob registrlari va hisobotdagi
ma’lumotlarga teng bo’lishi lozim.
№21 -BHMS ga muvofiq ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar (8310-
«Oddiy aksiyalar», 8320-«Imtiyozli aksiyalar», 8330-«Pay va ulushlar») krediti va
4610 -«Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining
debeti bo’yicha yozuvlar korxona davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng amalga
oshiriladi.
Ustav kapitali to’liq va to’g’ri shakllanishi 4610-«Ustav kapitaliga ulushlar
bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyoti ma’lumotlari bilan 8310-«Oddiy
aksiyalar», 8320-«Imtiyozli aksiyalar» schetlari yoki 8330-«Paylar va ulushlar»
schyoti (xo’jalik yurituvchi sub’yekt tashqiliy-huquqiy shakliga qarab tegishli schyot)
ma’lumotlarini solishtirish asosida tekshiriladi.
27
2-jadval.
Xususiy kapitalni tekshirishda xato va huquqbuzarliklarni bo’lishi va bularganisbatan auditorlik harakatlari 8
8 Audit sxemalarda, o’quv uslubiy qo’llanma. ТMI-Т.:2012 28 bet
Ataylab qilingan xatoliklar va ularningbelgilari Uni tekshirish yo’llari
Hisob schyotlarida qo’shimcha kapitalniyozuvlarda manipulyatsiya qilish- qo’shimcha kapital summalaridakutilmagan va noodatiy kolebaniyaqilish.- Yordamchi schyotlarda kutilmaganyoki noodatiy o’zgarishlar
- Buxgalteriya registrlarida yozuvlarnitekshirish.- Analitik hisob va bosh kitobnisolishtirib tekshirish.- qo’shimcha kapitalni hisoblab chiqish.
To’lanmagan dividentlar va farqlar - Investorlarning noroziliklari- Noodatiy qabul qilishlar
Divident to’g’ri tekshirilganligini hisoblash-Uchinchi tomondan to’langan dividentsummalarini hujjatlardagi bilan birxilligigaishonch hosil qilish
Aksiya savdosining teng emasligi- Bir aksiyani nusxalashtirish vasoxtalashtirish.- Investorlarning noroziliklari
- Aksiya savdolarini tekshiribto’g’riligini isbotlash.- Og’zaki so’rovlar o’tkazish
Qarzlarni kapital sifatida ro’yxatgaolish-Aksiyalar narxini ushlab turishgaqiziqishning borligi.-Kompaniya yangi zayomlarni noodatiyshartlarida qabul qilishga bog’lik bo’lsayoki qarz to’lashda kam imkoniyatgaega bo’lishi
- qarz kelishuv shartlarini tahlil qilishva hisob siyosatidagi hisob metodlaribilan solishtirish.- Kerak bo’lsa aksionerlardan kelishuvshartlarini tasdiqlatib olish
Divident narxini ataylab tushirish.- Pul mablag’larining yo’qligi.
- Aksionerlar reestrlarini jamiyatshartnomalarini, direktorlar kengashiyig’ilishi protokollarini va boshqalarnitekshirish va majburiy to’lanishi lozimbo’lgan divident miqdorini aniqlash.- To’langan divident yozuvlarinitekshirish.- Divident hisoblanishini tahlilinio’tkazish
28
Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning yakunlovchi bosqichida
uning eng kam miqdori to’g’risidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi ham
aniqlanadi.
Ustav kapitalining sintetik va analitik hisobini yuritishning to’g’riligi mazkur
korxonada qo’llanilayotgan hisob shaklining registrlari (memorial-orderlar, daftarlar,
jurnal-orderlar, mashinagrammalar va h. k) ma’lumotlarini tekshirish bilan aniqlanadi.
Ustav kapitalining analitik hisobini tekshirishda nafaqat uning sintetik hisob
ma’lumotlariga tengligi, balki aksiyalarning turlari, ularning egalari, aksiyalar uchun
hisob-kitoblarning ahvoli va boshqalar bo’yicha axborot olish imkoniyatlari ham
aniqlanadi.
Shuningdek, auditor «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyalarning huquqlarini
himoya qilish to’g’risida»gi qonunning 47-50 moddalariga muvofiq aksiyadorlar
reestrini yuritish qoidalariga rioya qilinishini ham tekshiradi.
Barcha bajarilgan tekshiruv amallari va aniqlangan nomuvofiqliklar auditorning
ishchi hujjatlarida aks ettiriladi.
Tekshiruv yakunida auditor ustav kapitalini hisobga olish va hisobotda aks
ettirish bo’yicha aniqlangan tafovutlarning qanchalik jiddiyligi(qatta-kichikligi)ni
me’yoriy hujjatlar talablariga nisbatan aniqlaydi. Agar auditor aniqlangan tafovut
ustav kapitaliga doir hisobot ko’rsatkichlariga unchalik ta’sir qilmaydi deb hisoblasa,
u ushbu ko’rsatkichlarning ishonchliligi to’g’risida ijobiy auditorlik hulosasi to’zishi
mumkin. Agar ahvol bunga teskari bo’lsa, ya’ni aniqlangan tafovutlar ustav kapitaliga
doir hisobot ko’rsatkichlarini sezilarli darajada bo’zib ko’rsatilganligi aniqlansa, u
holda auditor ushbu kamchiliklarni aks ettirib salbiy auditorlik xulosasi tuzadi.
29
II bob. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganish uchun
topshiriqlar ishlab chiqish va qo’llash metodikasi
2.1. Mavzuni mustaqil o’rganish uchun o’ziga xos metodlarni tanlash va uning
ahamiyati.
Kasb-hunar kollejlarida malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda
o’qituvchilarniig kasbiy mahorati muhim ahamiyatga ega. O’qituvchilarning kasb
mahoratini oshirish omillaridai biri dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni,
ayniksa, o’quvchilarniig faolligini oshirishga qaratilgan interfaol usullarni qo’llashdir.
O’qitishning interfaol usullari asosida o’quvchilar mustaqil fikrlashga o’rgatiladi.
Davlatimiz tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000
yil 16-oktyabrdagi «O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini
tasdiqlash to’g’risida»gi 400-sonli qaroriga muvofiq O’MKHT markazida 2005 yil
17-avgustdagi 192- sonli buyrug’i 6-ilovasida akademik litsey va kasb-hunar
kollejlarida o’quvchining mustaqil ishini tashkil qilish to’g’risida muvaffaq nizom
qabul qilindi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir
katorda tanlangan sohasi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, o’z bilimi va
malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondashgan holda
muommali vaziyatlarni to’g’ri baholab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan
mutaxasislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Ta’lim tizimida ta’lim jarayoni tashkil etish tarixiga nazar tashlasak ta’limning
rivojlansh tendensiyasini ko’rish mumkin:
1. Xotira maktabi (diniy maktablar).
2. Reproduktiv ta’lim.
3. Fikrlashga o’rgatuvchi muammoli ta’lim.
4. Pedagogik texnologiyalar
30
Mustaqil o’rganish usuli. Ushbu usul ta’lim oluvchilarning o’quv materialini
mustaqil o’zlashtirishini, o’z - o’zini tekshiruv malakalarini, berilgan matnning
mazmunini to’liq va ongli ravishda bayon eta bilishiga qaratilgan usuldir. Har bir
o’quvchi alohida yoki umumiy tarzda tashkil qilinadigan topshiriqni bajaradi.
O’qituvchi o’quvchilarning amaliy faoliyatiga aralashmay, tashqaridan teskari aloqa
muloqot yordamida yo’naltirib boshqaradi va nazorat qiladi.
5-rasm. Mustaqil ta’limning samarasi.9
Mustaqil ish faoliyatida bilimlarni egallash bilan birga, ko’nikmalarni
shakllantirish ham mustaqil amalga oshiriladi.
Borgan sari ortib boradigan mustaqil tayyorlanish vaqtini samarali bo’lishini
ta’minlashda ikki narsaga e’tibor qaratish kerak: 10
- mustaqil ish o’qishning, aqliy mehnatning alohida turi.
- axborotning asosiy qismini talaba mustaqil ravishda oladi.
Ayniqsa, internetning kirib kelishi bilan uning doirasi yanada kengaydi. Talaba
mustaqil ishlash ko’nikmasini egallamasa, zamon talabi darajasidagi mutaxassis
bo’lib etisha olmaydi, chunki talabaning o’qish yillari davomida olgan bilimlarining9 Tadqiqotchi tomonidan adabiyotlardan foydalanib tayyorlandi.10 D.Tojiboeva Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma. - T.: “Fan va texnologiya”, 2007. - 512 b.
ijodiy qobiliyatlarinirivojlantirishga asos
bo’ladi
o’quv topshiriqlarinitartibga solish va nazoratqilish uchun ongliravishda foydalana bilish
bilim, ko’nikma,malakalarni
shakllantirish
umumtexnik, maxsusfanlarga oid bilimlarini
rejalashtirish
shaxsiy, kasbiy,individual
xususiyatlarninamoyon etish
Mustaqil ta’limo’quvchi-
talabalarda
31
ko’p qismi u faoliyat boshlagunga qadar eskiradi, ko’pgina bilimlar esa unutiladi.
Bilimning eskirishi tez, axborot oqimi nihoyatda katta bo’lgan hozirgi davrda
mustaqil o’qishga, o’z ustida tinmay ishlash, izlanishga o’rganish har bir mutaxassis
uchun nihoyatda zarur.Ta’limning reyting tizimi, ayniqsa, o’qish jarayoniga kirib
kelayotgan yangiliklar, axborot hajmining kattaligi o’quvchi-talabalardan mustaqil
ishlash va vaqtdan to’g’ri foydalanishni, uni tejash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Dars davomida mavzuga tegishli barcha asosiy savollarni muhokama qilib
bo’lmaydi. Uning iloji yo’q, ma’ruzada o’tilgan, muhokama qilingan masalalarni
psihologlarning tadqiqoti natijalariga ko’ra, atigi 5 foizi o’quvchi-talabalar yodida
qolar ekan. O’zi o’qib o’rgangani, o’rganganlarini boshqalarga o’rgatishi esa bir
necha baravar ko’p yodida qolar ekan. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki,
talabaning o’zini mustaqil tayyorlanib o’qishi fanni o’rganishda, uni asosiy
mazmunini tushunish va o’zlashtirishida, tahlil qilishi, o’z fikrini ifodalashida muhim
rol o’ynaydi.
O’quvchi-talabaning mustaqil ishidan maqsad o’qituvchining rahbarligi va
nazorati asosida muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur
bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.
O’quvchi-talabaning mustaqil ishi vazifalari quyidagilardan iborat bo’ladi:11
• yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;
• kerakli ma’lumotlarni izlab topish, ularning qulay usullari va vositalarini
aniqlash;
• axborot manbalaridan samarali foydalanish;
• an’anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;
• elektron o’quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
• internet tarmog’idan samarali foydalanish;
• berilgan topshiriqni muntazam va me’yorida bajarish;
11 D.Tojiboeva Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma. - T.: “Fan va texnologiya”, 2007. - 512 b.
32
• ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
• topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish;
• natijalarni muhokamaga tayyorlash va ko’rsatilgan kamchiliklarni qayta
ishlash.
• ishlab chiqilgan echim, loyiha yoki g’oyani asoslash, mutaxassislar jamoasida
himoyaqilish va boshqalar.
Mustaqil ishni tashkil etishning muhim xusutsiyati, uni o’quvchi-talabaning
o’zi tashkil qiladi.Mustaqil ishni bajarish uchun o’quvchi-talaba o’zinio’zi majbur
qilishi kerak.
Mustaqil ishlash quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Dars o’tilgandan so’ng bajariladigan ishlar, uy vazifalarini bajarishda darslik,
o’quv qo’llanmalari bilan ishlash, konspekt tayyorlash.
Tipik topshiriqlarni echish. Bunda talaba avvalgi bilimlarini xotirasida qayta
tiklaydi va qisman qayta o’zgartirib, aniq topshiriqlarda qo’llaydi. Masalan: masala,
mashq echish;
3. O’rganilgan bilimlarni tipik bo’lmagan sharoitda qo’llash. Talaba o’rgangan
bilimlaridan yangi sharoitda foydalanadi. Sharoitlarda ma’lum umumiylik bo’lishi
mumkin.
4. Ijodiy faoliyatga asos yaratish. Bunda talaba o’rganilayotgan sohaning
mohiyatigatushunadi, uning yangi munosabat, bog’lanishlarini aniqlaydi, g’oyalar va
tushunchalarni yangi sharoitga bog’laydi.
Barcha mustaqil ishlar o’quvchi-talabalarda ijodiy ishlash ko’nikmasini hosil
qilishga qaratilgan.Talaba ijodiy ishlashga o’rgatilmasa, u ma’lum mavzuga oid
materiallarni turli manbalardan ko’chirib kelish bilan kifoyalanib qolishi hamda o’zi
mustaqil fikr bildirishga qiynalishi mumkin.12
O’quvchi-talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin:
12 Rochinskiy V.M. “Azbuka pedagogicheskogo truda” M: 1990 str. 33.
33
Auditoriyada amalga oshiriladigan o’quvchi-talaba mustaqil ishlari.
O’tilgan mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar
bajariladi;
Auditoriyadan tashkarida amalga oshiriladigan o’quvchi-talaba mustaqil
ishlari. O’quv dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o’zlashtirish, uyga
berilgan vazifalarni bajarish, amaliy va laborotoriya ishlariga tayyorgarlik ko’rib
kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ishlar va h.k.
Birinchi tur ishlari o’quvchi-talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini
o’zlashtirib borish darajasi, amaliy mashg’ulotlarga (amaliyot, laborotoriya, semenar
darsi tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarning bajarilish sifatini tekshirish maqsadida
nazorat ishlari olish, savol-javob, suxbat, munozara, amaliy topshiriqlarni bajartirib
ko’rish usullarida asosan amaliyot darslarida nazorat qilinadi.
Ikkinchi tur ishlar fanning ishchi o’quv dasturida auditoriyadan tashqarida
o’zlashtirilishi belgilangan mavzu bo’yicha malumot va axborotlarni mustaqil
ravishda izlab topish, tahlil qilish konspektlashtirish, va o’zlashtirish ijodiy
yondashishning talab qiladigan amaliy topshiriqlarni bajarish ko’rinishida amalga
oshiriladi.
Bu turdagi ishlarni bajarish jarayoni va o’zlashtirish sifatini nazorati darsdan
tashqari paytlarda, maxsus belgilangan konsultatsiya soatlarida amalga oshriladi.
34
6-rasm. Mustaqil ta’lim olishga undovchi xususiyatlar.13
«Mustaqil ish» o’quvchi-talabaning darsdan tashqari vaqtida mustaqil ravishda
olib borayotgan faoliyati, izlanishi tushuniladi. Mustaqil ishlar rejasi davlat ta’lim
standartlari asosida, har bir fan o’qituvchisi tomonidan mustaqil ishlar uchun
ajratilgan vaqtda mos ravishda tuziladi va kafedrada tasdiqlanadi. Mustaqil ishlar
rejasida mavzu, shu mavzuning ish shakllari va hajmi berilishi lozim. Bu reja bilan
o’quvchi-talabalarni, o’quv yilining boshida tanishtiriladi va kafedraga tegishli
bo’lgan biror stendga yil davomida ilib qo’yiladi. Aynan shu reja asosida o’quvchi-
talabaning mustaqil ishi bo’lmish uy vazifasi, ma’ruza, seminar, amaliy ish, tarixiy
lavhalar, referat, ijodiy ishlar yozish, ko’rgazma, buklet, jadval, maketlar, sxemalar,
shakllar, modellarni yasash, krosvord, rebus va shunga o’xshash qiziqarli o’yinlar
tuzish, tayyorlash kiradi. Lekin o’quvchi-talabani mustaqil ishlarni bajarishga majbur
qilmaydi, aksincha, ularni o’quvchi-talabaning o’zi mustaqil ravishda tanlaydi.
O’qituvchi esa, unga metodik tavsiyanomalar, maslahatlar va yo’riqnomalar bilan
13 Tadqiqotchi tomonidan tuzildi.
O’quvchi-talabalarning mustaqilfaoliyatiquyidagi
belgilargaega:
Mustaqilfikr
yuritish vaunga
intilish
Har qandayshart-sharoitda
yokivaziyatlardabajariladiganish ob’yektinianiqlay olish
yangivazifalarnixal etishda
o’zyondashuvin
i amalgaoshira olish
bilimlarnitushunishni,balki ushbu
bilim, ko’nikma,malakalarni
o’zlashtirishning tez, samaraliusullarini izlab
topish
bajarilganishlarnitahlil
qilishdatanqidiy
yondashuv
o’z g’oyava
qarorlari-ning
erkinligi
35
yordam berib, konsultatsiya vaqtida o’quvchi-talabaning mustaqil ishini baholaydi.
Mustaqil ishlarni baholash uchun alohida jurnal tutilmaydi, chunki bu baholar joriy
nazorat sifatida sinf jurnaliga qayd qilinadi.
Mustaqil ishlash uchun qo’llanilgan baho, joriy nazorat sifatida guruh jurnaliga
qo’yilishi, o’quvchini rag’batlantirib, uning kundalik uy vazifalarini to’liq
bajarilishini ta’minlaydi.
O’quvchi-talabalarda mustaqil ta’lim olish ko’nikmalarini shakllantirish uchun
quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq:
- o’quvchi-talabalar o’quv faoliyatining aniq maksadini belgilash (mashqlar
qilish, mustaqil ishlash), uning o’quvchi-talabalar tomonidan tushunishlariga erishish;
- har bir o’quvchi-talabaning ishini idrok etish va shu bilan bir qatorda butun
jamoaning ish faoliyatini ham nazardan chetda qoldirmaslik;
- o’quvchi-talabalarda o’z mehnatini mustaqil tahlil qilish, xatolar sababini va
ularii bartaraf etish hamda oldini olish usullarini topish qobiliyatlarini hamisha
rivojlantirib borish;
- xatolarni tuzatishga doir tayyor ko’rsatmalar bermaslik, o’quvchi-talabalarning
o’zi ushbu xatolarni anglash va bartaraf etish usullarini topishlariga erishish;
-o’quvchi-talabalarning topshiriqlarni bajarishlariga qarab ijodiy yondoshishlarini
hamisha rag’batlantirib turish;
- o’quvchi-talabalarni yangi, ilg’or, yuksak unum beradigan ish usullarini
qo’llashga undash, paydo bo’ladigan qiyinchiliklarni tushunib yetishida ularga
yordam berish, ularning mustaqil ishlashlari uchun sharoit yaratish;
- o’quvchi-talabalarning ta’lim jarayoniga ijodiy yondoshishlari, topshiriqlarni
ongli bajarishlarini ta’minlashga erishish;
- yaxshi o’zlashtira olmayotgan o’quvchi-talabalarga muntazam yordam berish,
buning uchun ish usullarini takror ko’rsatib, ularni ijodiy mustaqil ish faoliyatini olib
borishga undash;
36
- o’quvchi-talabalarning ish jarayonida ijodiy yondashib, mustaqil bajargan
ishlarini nazorat qilish va munosib baholab borish.
Kasb ta’limi metodlaridan o’quvchi-talabalarda mustaqil ta’lim olish malakasi
shakllanganlik darajasini aniqlashda foydalanish maqsadga muvofiq. Ularni shartli
ravishda quyidagi nomlar bilan atash mumkin:
7-rasm. Mustaqil ta’lim olish malakasi shakllanganlik darajasini aniqlashdaKasb ta’limi metodlaridan foydalanish. 14
14 Tadqiqotchi tomonidan tuzildi.
Mustaqil ta’lim olish malakasishakllanganlik darajasini aniqlashda
Kasb ta’limi metodlaridan foydalanish
1. O’quv materiallarini o’rganishda va mustaqil ishjarayonini tashkil etishda umumiydan tipiklikni vaxususiylikni ajratib olish malakasi (ajrata olishmalaka).
2. Mustaqil ish bajarilishi jarayonida texnologikjarayonlarni va texnik ob’yektlarni tanlash, amaliybajarish, texnik chizmalar, sxemalar tuzishmalakasi (tuzish malakasi)
3.Auditoriyada, auditoriyadan tashqarida, o’quvustaxonasida va uyda mustaqil ishlarni samaralitashkil etish malakasi (tashkil etish malakasi).
4.Mustaqil fikrlash malakasi (fikrlashmalakasi).
37
2.2. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar
ishlab chiqish.
Mavzu bo’yicha mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqish metodi
orqali o’quv jarayonini tashkil etishda va o’quvchi-talabalarning mustaqil
o’rganishlari uchun shart-sharoit yaratish hamda ular samaradorligini oshirishda turli
o’qitishning ta’lim texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
O’quv jarayonining asosiy shakllari hisoblangan ma’ruza va amaliy dars
mashg’ulotlarida mustaqil ta’lim metodlaridan ham foydalanishimiz mumkin. Lekin,
mavzuyimiz doirasidan chetga chiqmasdan o’quvchi talabalarni mazkur mavzuni
chuqur anglab yetishlari uchun “ustav kapitali auditi” mavzusi bo’yicha turli mustaqil
ish topshiriqlarini qay yo’sinda ishlab chiqish lozimligi haqida fikr yuritish bilan
cheklanamiz. Dastavval, I bobda keltirilganidek mavzu o’quv maqsadini turli ham
nazariy, ham amaliy tomonlarini ochib beruvchi serqirra jihatlarini o’zida
mujassamlashtiruvchi reja savollarini tuzib olamiz. Mukammal o’quv maqsadini va
savollarini to’laqonli yoritib beruvchi jihatlarini tuzib olish bevosita mustaqil
topshiriqlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Agar biz to’laqonli o’quv maqsadini
belgilab olmasak samarali mustaqil ta’limni tashkil etolmaymiz. Shuningdek, o’quv
maqsadlari “ustav kapitali auditi” mavzusining nazariy va amaliy jihatlari bilan
sug’orilgan bo’lishi kerak.
Mustaqil ishlash o’quvchi talabaning murakkablik darajasi turlicha bo’lgan
topshiriq va vazifalarni auditoriyada hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va
mustaqil bajarib, o’zida bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga
qaratilgan tizimli faoliyatidir.
Mustaqil ishlarning didaktik maqsadi, shakli, individual yoki jamoa bo’lib
bajarishga mo’ljallangani, bajariladigan joyiga qarab bir-biridan farq qiladi. Mustaqil
ishlash uchun mo’ljallangan mavzularning ilmiyligi, o’quv materiallarining
38
qiziqarliligi, amaliyot bilan bog’liqligi, uzviyligi, fanlararo aloqadorligi, shuningdek,
muammoli topshiriqlar muhim ahamiyatga ega.
O’quvchi-talabani shaxsiy rivojlantirishga yo’naltirilgan mustaqil ishlarni
tashkil etish modelining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
8-rasm. O’quvchi-talabaning shaxsiy rivojlantirishga yo’naltirilgan mustaqilishlarni tashkil etish modeli. 15
Eng asosiysi, mustaqil ta’lim olish faoliyatini tashkil etishda o’quvchilarning
intilish va qiziqishlariga e’tibor qaratish zarur. O’quvchi-talabalarning egallagan
bilimlarini amaliyotda qo’llay olishini, ijtimoiy foydali, targ’ibot tashviqot ishlarida
ishtirok etishini ta’minlash maqsadga muvofiq. Chunki ularni turli-tuman amaliy, ij-
timoiy, tashkiliy, ijodiy faoliyatga jalb etish ham mustaqil ta’lim samaradorligini
oshirish omilidir.
O’quvchi-talabalar mustaqil ta’lim olishlari jarayonida qo’shimcha
adabiyotlarga murojaat qiladi, o’tilgap mavzularni qayta ko’rib chiqadi. Ko’p
15 Tadqiqotchi tomonidan tuzildi
Dasturiy-maqsadli qism:
Nazoratqismi
Amaliyqism
Ijro qismi
o’quv rejasidagi fanlar bo’yicha mustaqil ish maqsadlarinibelgilash va uni tashkil etish.
Turli mustaqil o’quv faoliyati bo’yicha amaliy ko’nikmalarnishakllantirish.
Mustaqil ishni bevosita bajarish
O’quvchi-talabalarning o’quv faoliyatidagi mustaqil ishinatijalarini kuzatish va uni baholash
Аsoslovchiqism
O’quvchi-talabalarda mustaqil ishga qiziqish uyg’otish.
39
o’quvchi-talabalar uyga berilgan ma’ruza matnlari ustida ishlaydilar, ma’ruzalar,
referatlar tayyorlashda ilmiy-ommabop, davriy nashrlardan foydalanadilar. Pedagogik
hamda texnik-texnologik mustaqil ishlarni ba- jarishda o’quvchi kasbiy faoliyat
muammolarini hal etish usullarini egallaydi.
O’quv adabiyotlaridan mustaqil foydalanishda o’quvchilar bir muncha
qiynchiliklarga duch keladilar. Shu bois o’qituvchi dastlab o’quvchilarda o’quv
adabiyotlaridan mustaqil foydalanish bo’yicha quyydagi ko’nikma va malaka- larni
shakllantirishi zarur:
- o’quv ma’lumotlarini qisqacha ma’ruza tarzida ifodalay olish;
- referat yoza bilish;
-tegishli o’quv axborotini tanlab, uni sxema, jadval va rasm ko’rinishida
ifodalash.
Bizningcha, o’quvchilarni o’quv adabiyotlaridan mustaqil foydalanishga
o’rgatish uch bosqichda amalga oshirilishi kerak.
1-bosqichda o’qituvchi o’rganilishi lozim bo’lgan mavzu bo’yicha o’quv
axborotlari mazmunini sxema, jadval va rasmlar ko’rinishida ifodalab, tayyor holda
mashg’ulotga olib kiradi va ularni tushuntiradi. Ularni kompyuter xotirasiga ham
kiritish mumkin. Bunda asosiy tushuncha va atamalar alohida izohlanadi.
O’quvchilarga mavzuga oid sxema, jadval va rasmlar doimo bir ko’rinishda
chizilmasligi, ularni tayyorlashda ijodiy yondashilishi hakida ma’lumot beriladi.
2-bosqichda mashg’ulot jarayonida bevosita o’quvchilarning ishtirokida o’quv
axborotlari sxema, jadval va rasmlar ko’rinishida tayyorlanadi. Shu tariqa o’quvchi-
larda o’quv axborotlarini tanlash, tizimlashtirish, ularni sxema, jadval va rasmlar
ko’rinishida ifodalash ko’nikmalari shakllantiriladi. Bunday mashg’ulotlar 2-3 marta
tashkil etiladi. So’ngra keyingi bosqichga o’tiladi.
3-bosqichda o’quv axborotlarini sxema, jadval va rasmlar ko’rinishda
ifodalashlari uchun o’quvchilarga ma’lum topshiriq yoki mustaqil ishlar beriladi.
Bunda o’qituvchi navbatdagi mashg’ulotni 2-bosqichdagi kabi tashkil etib,
40
o’quvchilarning mustaqil ishlashi uchun ko’proq imkoniyat yaratib beradi.
O’quvchilar berilgan matnni o’qib uning, mazmunini mustaqil holda tizimlashtiradi,
asosiy tushuncha va atamalarni tasnif- laydi. Keyin mavzu mazmunini sxema, jadval
va rasmlar ko’rinishida ifodalab, tayyor holda o’qituvchiga taqdim etadilar.
O’qituvchi ularni tekshirib, takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar beradi.
Mashg’ulotlar 2-3 marta xuddi shu tarzda takrorlanadi. So’ng vazifa sifatida
o’quvchilarga topshiriqlar beriladi.
O’quvchilarning fan bo’yicha butun o’quv yili davomida tuzib borgan tayanch
ma’ruza (sxema, jadval va rasm)laridan oraliq va yakuniy nazoratlarda foydalanishiga
ruxsat berish maqsadga muvofiq. Bu ularning doimiy izlanishlari va o’quv
adabiyotlari bilan mustaqil ishlashiga yanada katta pag’bat uyg’otadi.
O’quvchilarni o’quv adabiyotlardan mustaqil foydalanishga o’rgatish ta’lim
berish, tarbiyalash, rivojlantirish kabi vazifalarni qamrab oladi.
O’quvchilarga mustaqil ishlash bo’yicha uyga vazifa berishda quyi- dagilarga
alohida e’tibor bering:
• o’quv adabyyoti tuzilishi bilan tanishish;
• matnlarga ko’z yugurtirib chiqish;
• alohida boblarni o’qish;
• o’quv adabiyotidan savollarga javob qidirish;
• o’quv materialarini o’rganish.
• referat yozish;
• qisqacha bayonnoma tuzish;
• misolva mashqlar yechish;
• test sinovlarini bajarish;
• o’quv materiallari mazmunini tushunish va xotirada saqlab qolish.
41
9-rasm. O’quvchi-talabalarni o’quv adabiyotlaridan mustaqil
foydalanishga o’rgatish.16
O’quvchining bilimlarni o’zlashtirgani to’g’risida kitobni necha marta
o’qiganiga qarab emas, balki o’quv materiallari mazmunini tushunganiga ko’ra xulosa
chiqarish va uni baholash kerak. Bunda o’quvchinng ko’p, o’qishi emas, balki,
o’qiganlarini faol eslab qolishi muhim hisoblanadi. O’qituvchi o’quvchilarni o’quv
adabiyotlaridan mustaqil foydalanishga o’rgatishda o’quv mashg’ulotining texnologik
haritasidan foydalanishi lozim.
Birinchi bosqichda o’qituvchi mashg’ulotga tayyorgarlik ko’radi,
o’quvchilarning mustaqil o’rganishlari uchun o’quv materialini tanlaydi, o’quv
faoliyati maqsadi, vazifasi, natijasi va uni baholash mezonini belgilaydi.
Ikkinchi bosqichda mavzuni e’lon qiladi, yangi o’quv materiali mazmuni va
mustaqil ishni bajarish tartibini o’quvchilarga tushuntiradi.
16 Tadqiqotchi tomonidan tuzildi
O’quvchilarni o’quv adabiyotlaridan mustaqilfoydalanishga o’rgatishda quyidagilar nazarda
tutiladi
o’quvchilarda o’z bilimini tekshirish malakasinishakllantirish
uyda kitob bilan ishlash orqali darsda olinganbilimlarni mustahkamlash
o’quvchilarning o’quv materiali mazmunini tushunishlariuchun ularni reja asosida o’qish, mantiqiy-tuzilmaviysxemalar, jadvallar, rasmlar shaklda ifodalash, konspektyozish kabi amaliy ishlarga o’rgatish
42
O’qituvchi yana guruhni 3 ta kichik guruhlarga bo’lib, ularni nomlaydi va
ularga mustaqil ishlashi uchun topshiriqlar, testlar, tahlil qilish uchun jadvallar,
masala-mashqlar beradi. Ularning borish jarayoni quyidagicha.
Мустақил ўрганиш учун топшириқлар
1-topshiriq
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004-yil 15-yanvaridagi 5-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot”ning 5-shaklida xususiy kapitalning
tuzilmasi haqida o’z fikr-mulohazalaringiz orqali bayon qilib bering.
2-topshiriq
Ustav kapitalining shakllanish manbalari haqida ma’lumot bering.
3-topshiriq
Ustav kapitali auditini tashkil qilish va o’tkazish tartibining o’ziga xos
xususiyatlari haqida bayon qilib bering.
Guruhlarga topshiriqlar bergandan so’ng variantlar ko’rinishida testlar beradi.
1-variant
1. Ustav kapitaliga ulush sifatida yoki obuna bo’lingan aksiya qiymatini to’lash
hisobiga olingan nomoddiy aktivlarni kirim kilish qaysi hujjatda rasmiylashtiriladi?
@A) Ta’sis shartnomasi, qabul qilish topshirish dalolatnomasi
B) Oldi-sotdi shartnomasi qabul qilish-berish dalolatnomasi
V) Tekinga berish to’g’risida shart-noma
G) nomoddiy aktivlarni qayta baholash dalolatnomasi
2. Tekshiruv chog’ida auditor ustav kapitalini ko’paytirishning quyidagi
manbalaridan qaysi birini noqonuniy deb hisoblaydi?
A) Emitent-aksiyadorlik jamiyatining o’z aksiyalarini ularning nominal qiymatidan
yuqori bahoda otishdan olingan mablag’lar ya’ni emission daromad
B) Jamg’arma, iste’mol va boshqa fondlar hamda ishlatilmagan zahiralar mablag’lari
V) Oldingi yil yakuni bo’yicha taqsimlanmagan foyda
@G) Uzoq muddatli bank kreditlari
43
3. Ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo’shiladigan hissalar hisobda va
balansda qay tarzda aks ettiriladi?
A) Ularning haqiqatda kirim qilinish me’yoriga qarab
@B) Aksiyalar obunasiga qarab
V) Ularning rejada kirim qilinish me’yoriga qarab
G) A va B
4. Ustav kapitalini shakllantirishdagi farq qaysi buxgalteriya hisobi yozuvi amalga
oshirilsa, auditor tomonidan to’g’ri deb qabul qilinadi?
A) D-t 8310, K-t 8420
B) D-t 4610, K-t 8420
@V) D-t 5210, K-t 8420
G) D-t 8610, K-t 8310
5. Tekshiruv chog’ida auditor ustav kapitalini kamaytirilishini qachon asosli deb
hisoblaydi?
A) Jamiyatning ustav fondi aksiyalarning nominal qiymatini qisqartirish yo’li bilan
kamaytirilganda
B) Aksiyalarning bir qismini jamiyatning o’zi keyinchalik muomaladan chiqarish
sharti bilan sotib olishi yo’li bilan kamaytirilganda
V) Ustav kapitalini har qanday yo’l bilan kamaytirilishi noqonuniy deb topiladi
@G) A va B
6. Quyidagilarning qaysilari qo’shilgan kapital tarkibiga kiritilganida auditor
qo’shilgan kapital tarkibini to’g’ri shakllangan deb hisoblaydi?
A) Aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoda dastlabki sotishdan olingan
emission daromadlar
B) Tekinga olingan mol mulk
V) Ustav kapitalini shakllantirishda hosil bo’lgan kurs tafovutlari
@G) A va V
44
2-variant
1. Mol-mulk tekinga olinganida qaysi buxgalteriya hisobi yozuvi amalga
oshirilsa, auditor tomonidan to’g’ri deb qabul qilinadi?
A) D-t 1010, K-t 8810
@B) D-t 0130, K-t 8530
V) D-t 0820, K-t 8410
G) D-t 0820, K-t 8310
2. Quyidagilarning qaysilari zaxira kapital tarkibiga kiritilganida auditor zaxira
kapital tarkibining to’g’ri shakllanishini asosli deb hisoblaydi?
A) Aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoda dastlabki sotishdan olingan
emission daromadlar
B) Tekinga olingan mol mulk
V) Mulklarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar
@G) B va V
3. Auditor ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga qo’shilganligini tasdiqlovchi
hujjatlar to’plamiga qaysi hujjatni kiritmaydi?
A) Bank ko’chirmalari
B) To’lov-topshiriqnomalari nusxalari
@V) Amortizatsiya hisoblash qaydnomasi
G) Kassa kirim orderlarining kvitansiyalari
4. Auditorlik tekshiruvida korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan
ulushlar qo’shilmagan yoki to’liq qo’shilmagan holatlarning aniqlansa, qanday
qarorga kelinadi?
A) Korxona vaqtinchalik to’xtatilishiga asos bo’ladi
@B) Korxona ta’sis etilmagan va tugatilishi kerak deb topilishiga asos bo’ladi
V) Korxona faoliyati noqonuniy deb topilishiga asos bo’ladi
G) Korxona boshqa korxonaga qo’shilishi kerak deb topilishiga asos bo’ladi
45
5. Ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo’shiladigan hissalar hisobda va
balansda qay tarzda aks ettiriladi?
A) Ularning haqiqatda kirim qilinish me’yoriga qarab
@B) Aksiyalar obunasiga qarab
V) Ularning rejada kirim qilinish me’yoriga qarab
G) A va B
6. Auditor sotilgan mahsulotlarning tannarxi bo’yicha hisob ma’lumotlarini qaysi
registrdan oladi?
A) Jurnal order №6
B) Jurnal order №11
V) Jurnal order №10
@G) Jurnal order №15
3-variant
1. Auditorlik tekshiruvi natijasida mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan
olingan daromadlar operatsion daromadlar tarkibiga qo’shilganligi aniqlandi.
Qonunchilikka binoan bu turdagi daromad qaysi qatorga qo’shilishi kerak?
A) Mahsulot sotishdan olingan sof tushum
@B) Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar
V) Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar
G) Favqulodda daromadlar
2. Auditor tekshiruv jarayonida quyidagi ko’rsatkichlardan qaysi birini moliyaviy
natijalar to’g’risidagi hisobotdan olmaydi?
A) Favqulodda foyda
B) Olingan dividendlar
@V) Tekinga olingan mol-mulk
G) Olingan foizlar
46
3. Qo’shma korxonalarning hisob siyosati qaysi hujjatga asosan tuziladi?
A) Ta’sischilarning qaroriga asosan
B) Soliq kodeksiga asosan
V) Mulkdorlarning ustaviga asosan
@G) Hamma javoblar to’g’ri
4. Savdo tashkilotlarida ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo’shiladigan hissalar
hisobda va balansda qay tarzda aks ettiriladi?
A) Ularning haqiqatda kirim qilinish me’yoriga qarab
@B) Aksiyalar obunasiga qarab
V) Ularning rejada kirim qilinish me’yoriga qarab
G) A va B
5. Savdo tashkilotida ustav kapitaliga ulush sifatida yoki obuna bo’lingan aksiya
qiymatini to’lash hisobiga olingan nomoddiy aktivlarni kirim kilish qaysi hujjatda
rasmiylashtiriladi?
@A) Ta’sis shartnomasi, qabul qilish topshirish dalolatnomasi
B) Oldi-sotdi shartnomasi qabul qilish-berish dalolatnomasi
V) Tekinga berish to’g’risida shartnoma
G) Nomoddiy aktivlarni qayta baholash dalolatnomasi
6. Ustav kapitali ro’yxatga olingandan keyin qayday buxgalteriya o’tkazmasi
beriladi?
A) D-t 1010, K-t 8810
@B) D-t 4610, K-t 8310
V) D-t 0820, K-t 8410
G) D-t 0820, K-t 8310
47
Shu zaylda tahlil qilib tekshirish uchun jadval beriladi
3-jadval
Moliyaviy hisobot ma’lumotlarini bir- biriga mosligini tekshirish.17
Ko’rsatkichlar nomi Shakl
raqami
Birlamchi ikkilamchi Mos-
ligisatri Summa
ming
so’m
Shakl
raqami
satri Summa
ming
so’m
А 1 2 3 4 5 6 7
Asosiy vositalar:
Boshlang’ich qiymat.1 010 71000 3 130 71000 Mos
Eskirish qiymati. 1 011 44500 3 130 44500 Mos
Ustav kapital 1 320 80000 5 080 80000 Mos
Tao’simlanmaganfoyda
1 350 45000 5 080 45000
Mos
Va hokozolar
17 Adabiyotlardan foydalanilib tadqiqotchi tomonidan tuzildi.
48
4-jadval
Buxgalteriya balansidagi o’z mablag’lari manbai. 18
I. O’Z MABLAG’LARI MANBALARI
Ustav kapitali (8300) 410 27590,0 27590,0
Qo’shilgan kapital (8400) 420 9021,7 9021,7
Rezerv (zahira) kapital (8500) 430 298311,3 623718,1
Sotib olingan o’z aksiyalari (8600) 440 - -
Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) (8700) 450 -62807,7 -62807,7
Maqsadli tushumlar (8800) 460 - -
Bo’lg’usi xarajatlar va to’lovlar zahiralari (8900) 470 - -
I-bo’lim bo’yicha jami(410+420+430+440+450+460+470 satrlar)
480 272115,3 597522,1
Uchinchi bosqichda o’quvchi-talabalarga yordam beradi.
To’rtinchi bosqichda 3 ta guruhning bajargan ishini tahlil qiladi va natijalarni
baholaydi. Guruhlarni baholashda vaqtdan yutish uchun tekshirishni ularning
o’zlariga topshiradi. 1-guruh 2-guruhni, 2-guruh esa 3-guruhni tekshirib baholaydi.
Yakunda xulosani o’qituvchi berib, o’quvchi-talabalarning fikr-mulohazalarini
so’raydi. Bu darsning yutug’i shundaki bunda o’qituvchi emas balki o’quvchi-
talabalar ishlaydi, izlanadi va o’z qarashlarini guruhlar oldida so’z va yozma ravishda
ifoda etadi. Darsda barcha talabalar qatnashadi va baholanadi.
Xulosa qilib aytganda ta’limning barcha bosqichida mustaqil ishlash
ko’nikmasi o’ta muhim hisoblanadi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida ham mustaqil
ish o’quvchilarning bilim olishi va turli faoliyat usullarini egallashlari uchun asosiy
manba bo’lib xizmat qiladi.
18 Bugalterya balansi 1-shakl.
49
III BOB. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganish uchun
metodlarni takomillashtirish masalalari.
3.1. Mavzuni o’qitishda o’ziga xos zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
ishlab chiqish, qo’llash va tadbiq etish asoslari.
Zamonaviy pedagogik texnologiya - ta’limning ma’lum maqsadga
yo’naltirilgan shakli, usuli va vositalarining mahsulidir. Kuzatuvlar shuni
ko’rsatadiki, aksariyat hollarda o’qituvchi an’anaviy dars jarayonida faqat o’zi
ishlaydi, o’quvchilar esa kuzatuvchi bo’lib qolaveradilar. Ta’limning bunday
ko’rinishi uquvchilarning aqliy tafakkurini o’stirmaydi, faolligini oshirmaydi, ta’lim
jarayonidagi ijodiy faoliyatini so’ndiradi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarining asosiy maqsadi esa o’qitish tizimida
o’quvchini dars jarayonining markaziga olib chiqish, o’quvchilarni o’quv
materiallarini shunchaki yod olishlaridan, avtomatik tarzda takrorlashlaridan
uzoqlashtirib, mustaqil va ijodiy faoliyatini rivojlantirish, darsning faol
ishtirokchisiga aylantirishdir. Shundagina o’quvchilar muhim hayotiy yutuq va
muammolar, o’tiladigan mavzularning amaliyotga tatbiqi bo’yicha o’z fikrlariga ega
bo’ladilar, o’z nuqtai nazarlarini asoslab bera oladilar.
Bugungi kunda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash ta’lim
vositalarini bir vaqtda bir necha yo’nalishlarda qo’llash imkonini bermoqda:
multimedia - interfaol, intellektual va boshqa texnologiyalar, bular ayniqsa
gipermatnli yoki gipermedial ko’rinishlarda ko’proq uchraydi.
Yangi zamonaviy ta’lim vositalarini qo’llash jarayonini tahlil etish va ta’limni
zamonaviy turlarini yuzaga kelish sabablarini o’rganish ularning o’zaro bog’liq holda,
ya’ni zamonaviy vositalarini qo’llash, ta’limning zamonaviy turlaridan foydalanishni
taqozo etadi.
Ushbu faoliyatni amalga oshirish mexanizmi quyidagi qonuniyatga asoslanadi:
50
- ijtimoiy buyurtmani shakllantirish;
- zamonaviy ta’lim vositalarini ishlab chiqish;
- uni qo’llash texnologiyasini yaratish (ya’ni ta’lim usullari);
- ta’lim tamoyillari tizimlarini yaratish (ya’ni zamonaviy ta’lim turlariga xizmat
qiladigan qoidalarni shakllantirish).
Yuqorida ta’kidlangan faoliyat pedagog-texnolog va metodistlarning
to’plangan dalillar va ularni tizimli tahlil qilish asosida kasbiy mahoratni amalga
oshirishiga yordam beradi.19
“Buyurtma - vosita - uslub - yondashuv - ta’lim turi” tizimi-da kino proektor,
o’quv magnitofoni, radio va televidenie, lingafon xonasi, avtomatlashtirilgan ta’lim
tizimlari, multimedia va gipermantli ta’lim turlarining intellektual tizimi yordamida
o’zlashtiriladi.
Gipermatnli yondashuvning oddiy matndan farqi, elementlarni chiziqli ketma-
ketligi ko’p darajali aloqalar asosida taqdim etiladi. Bu ta’lim jarayonini tuzishda
axborotlarni ikkita texnologiya: multimedia va gipermatn asosida birlashtirish bilan
zamonaviy ta’lim turi gipermedial ta’limni shakllantirishga sabab bo’ladi.
Shunday qilib, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim vositalarining yangi
avlodi va ta’lim texnologiyasining oxirgi turlari ko’rinishida o’z mohiyatiga ega
bo’ladi.
Ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar, axborot -
kommunikativ texnologiyalar asosida tashkil etish bugungi kunda ta’lim sifat va
samaradorligini oshirishda dolzarb vazifa hisoblanadi.
Buning negizida avvalombor ob’yekt ya’ni ta’lim oluvchi faoliyati o’z aksini
topishi zarur. Aynan shu jarayon ishtirokchilar faoliyatining zamonaviy
pedagogikaning, didaktikaning taraqqiyotini belgilaydigan texnologik ta’limning
maqsadi, kafolati mazmunini tashkil etishi kerak.
19 Tolipov O’.Q., Usmanbaeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari - T.: 2006, 82-bet
51
Pedagogik texnologiyalarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi mazmuni
hammaga ma’lum. Pedagogik texnologiyalarni mazmun va mohiyatini asoslab
beruvchi 25 dan ziyod tavsifnoma mavjud. Buni V.Bespalko, V.Klarin, V.Monaxov
(Rossiya), I.Sokomoto (Yaponiya), V.Okon (Polsha), J.Yo’ldoshev (O’zbekiston) lar
tomonidan berilgan ilmiy fikr va xulosalar anik va ravshan ko’rsatadi.
Lekin pedagogik va axborot texnologiyalari ta’lim jarayoniga to’liq joriy
qilindi degan fikrni aytib bo’lmaydi, buning o’ziga xos muammolari mavjud. Bu
muammolar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin.
♦ O’quvchi-talabalar faolligining rivojlanish darajasini yuqori emasligi;
♦ shaxsni rivojlantirishga yo’naltirilgan maqsadlarning to’g’ri bajarilmasligi;
♦ o’quv materiallarini maqbul tarzda yetkazilmasligi;
♦ o’quvchi-talabalar bilish faoliyatini to’g’ri aniqlamaslik;
♦ pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari bo’yicha chuqur bilimga
ega emaslik yoki ularni qo’llashda pedagogik mahoratning yetishmasligi;
♦ pedagogik mahorati bo’lsada, axborot kommunikativ texnologiyalardan
foydalanishni bilmaslik;
♦ mustaqil ta’limni tashkil etishdagi pedagogik nuqsonlar;
♦ ijodiy qobiliyati, erkin fikrlashni to’liq rivojlanmaganligi;
♦ yangiliklarni tez va to’g’ri qabul qilmaslik;
♦ zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalanmaslik.
Ushbu nuqsonlarni bartaraf etish uchun avvalom bor ta’lim, o’qitish, bilish kabi
didaktikaiing asosiy kategoriyalarini chuqur bilish va ular asosida o’quv materialiga
mos ravishda texnologik xaritani tuzish birinchi vazifa hisoblanadi.
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalarni qo’llashda ta’lim o’qitishning ichki va
tashki omillarni to’g’ri aniqlash muhimdir. Ichki omillar tarkibiga akademik
o’zlashtirish o’quvchi-talabalarning bilim sifati va darajasi, malaka va
ko’nikmalarning shakllanganlik darajasi, talabaning shaxsiy rivojlanish darajasi,
o’rganganlilik va anglaganlik darajasi kiradi.
52
Bunda asosiy e’tibor real va rejalashtirilgan o’quv faoliyatining natijalari
yuqori bo’lishiga, kam vaqt sarflagan holda yuqori natijalarga erishishga qaratilgan
o’quv jarayonini boshqarish, ta’limning yangi klassifikator asosida yaratilgan
dasturlari, maqsadlarini o’rgatishga qaratilgan psihologik tayyorgarlikni ta’minlashga,
eng asosiysi o’quv materialini o’zlashtirishda yuqori natijalarga erishishga imkon
beradigan uslubiy yordam berishiga qaratilishi lozim.
Ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan tashqi omillar sifatida
quyidagilarni keltirish mumkin.
10-rasm.Ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan tashqi omillar.20
20 O’rat maxsus kasb-hunar ta’limi: “Uzviylik va uzluksizlik” mavzusidagi respublika ilmiy amaliy seminarining maqola va ma’ruza to’plami. T.:2012.
O’z bilimini,mutaxassisligi
bo’yicha ma’lumotinioshirishga
yo’naltirilgantayyorgarlik darajasi.
Kasbiy bilimva kasbiymahoratdarajasi.
Mustaqil bilimolishning o’sish
sur’atlari.
o’quvchi-talabaningijtimoiy hayotga,kasbiy faoliyatga
moslashganlikdarajasi.
Ta’limsamaradorligini
oshirishgaqaratilgan tashqi
omillar
53
Ta’lim samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan pedagogik va axborot
texnologiyalarni qo’llash uchun o’qitishning xususiyatlariga ham alohida e’tibor
qaratish zarur.
Bunda ham o’qitishning ichki va tashqi xususiyatlari muhim ahamiyat kasb
etadi.
Tashqi xususiyatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- ta’lim mazmuni, maqsadi va metodlarining ijtimoiy asoslanganligi;
- ta’limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xarakterga egaligi;
- ta’limning doimiy ravishda muloqot, munosabat ko’rinishdaligi;
- ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish natijalari bilan atrof- muxitning uzviyligi va
uzluksizligi;
Ichki xususiyatlar:
- o’quvchi-talaba rivojlanishida bartaraf etish zarur bo’lgan bilish va amaliy
vazifalarni bajarish o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish va ularning aqliy
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadigan zaruriy bilim, malaka va ko’nikmalar
darajasi;
- o’qituvchi va o’quvchi-talaba hamkorligi;
- o’qitishning natijalarini boshqarish jarayoni usullarini variativlikka va o’quvchi
faolligini rivojlantirishga qaratilganligi;
- o’quv materiallarini o’zlashtirishda talabaning bilmaslikdan-bilishga, bilishdan-
malakaga, malakadan-ko’nikmaga qaratilgan faoliyati.
Ushbu omillarni hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etish yuqori
samara berishi muqarrar.
54
3.2. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganishni tashkil
etishda metodlarni takomillashtirish yo’llari.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar,
pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish,
e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu
vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni o’rganishga
o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari
qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari
keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’quvchi-talaba faoliyati bu jarayonda shaxsni
rivojlanishi, shakllanishi, ilm olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir
qatorda boshqaruvchi, yo’naltiruvchi vazifalarni bajaradi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba
va interfaol metodlar o’quvchi-talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini
ta’minlaydi. Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi-talabalar
faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan
interaktiv metodlardan to’liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar - bu jamoa bo’lib
fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib, ta’lim mazmunini
tarkibiy qismlari hisoblanadi. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat
pedagog va o’quvchi talabalarning birgalikdagi faoliyat ko’rsatishi orqali amalga
oshiriladi. Elektron - ta’lim muhiti deganda, axborot texnologiyalari yordamida
o’rganuvchi va o’rgatuvchi (o’qituvchi) o’rtasidagi to’g’ri va teskari aloqalar jarayoni
paydo bo’lishi va rivojiga imkon beruvchi shart-sharoitlar majmuasi vujudga
kelganda o’rganuvchining o’quv-bilish faoliyatini shakllantirish va rivojlantirib borish
tushuniladi.
Ma’lumki, o’quvchi-talabaning o’zi yoqtirgan amaliy faoliyatining mazmuni
sezilarli darajada o’zgarib boradi. Vaqt o’tishi bilan uning dunyoqarashi va
55
qiziqishlari o’zgarib ketadi. Ilgari o’quvchi-talaba istalgan mavzuga oid axborotlarni:
darslik, ma’lumotnoma adabiyotlar, o’qituvchi beradigan saboqlar, darsni
konspektlashtirish vositasida egallagan bo’lsa, bugungi kunga kelib, asosan televizor
va radio, kompyuterlashgan o’yinlar orqali o’zlashtirmoqda. Shu sababli ham
o’qituvchi zamonaviy voqealikka to’g’ri yondashgan holda ta’lim jarayoniga axborot
uzatishning yangi metodlarini olib kirishi zarur.
Bu nima uchun kerak? Ma’lumki, o’quvchi-talabaning miya faoliyati axborot
va bilimlarni go’yo televidiniyadagi ko’ngilochar dasturlardagi kabi shaklda qabul
qilishni xush ko’radi. Shu boisdan ham, ularga darsda taqdim etiladigan axborotlarni
media - vositalar orqali o’zlashtirish osonroq bo’ladi. Katta hajmdagi axborotlarni har
bir o’quvchi-talaba qisqa vaqt mobaynida o’zlashtirishi, ongida shakllantirishi va
amaliy faoliyatida foydalana olishga o’rgatish zarur bo’ladi. Shuning uchun ham
darsni shunday tashkil etish kerakki, unda har bir o’quvchi-talaba o’zini erkin his
etib, faol ishtirok etsin, darsga qiziqish bilan yondashib, ijodiy fikrlasin, o’z mehnati
samarasini ko’rib uni baholay olsin.
Bunday murakkab vazifani hal etishda an’anaviy ta’lim metodlariga muvofiq,
zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan, kompyuterlardan foydalanib, ta’lim
samaradorligini oshirishga erishish lozim. Axir kompyuterdan foydalaninsh, darsni
qiziqarliroq qilishidan tashqari, uni qulaylashtiradi, qat’iy differensiallashishi va
individuallik xususiyatini oshiradi. Go’yo o’quvchi-talabaning ko’ngliga xush
yoquvchi o’yinlarni taqdim etib, uning har bir harakati va talablariga javob beradi.
Bu holat ko’pincha o’quvchi-talabalar uchun yetishmaydi. Boshqa tomondan esa,
mazkur ta’lim metodi o’qituvchilar uchun ham juda qiziqarli bo’ladi: ularning o’z
iqtidolari va bilimlarini to’g’ri baholashlariga, ularning o’zlarini anglashlari va
ta’limning yangi noan’anaviy shakl hamda metodlarini izlashlariga yordam beradi.
Zamonaviy ta’limda o’quvchi-talabaning ko’ngliga yaqin usulda va turli
pedagogik hamda kompyuter texnologiyalaridan foydalanib dars o’tish davr talabidir.
Ma’lumki, har qanday pedagogik texnologiya - bu axborot texnologiyasidir, sababi
56
ta’lim jarayonining texnologik asoslarini axborotni qabul qilish va qayta shakllantirish
jarayoni tashkil etadi.
Bugungi kunda jamiyat hayotiga singib borayotgan, yangi yo’nalish sifatida
keng shakllanib borayotgan media ta’lim o’qitishning an’anaviy shakl va usullarini
sifat jihatidan yangi darajaga ko’taribgina qolmay, balki fanlarni o’rganish jarayonida
yangi variativ uslubiyotlarni yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu
yaratilayotgan uslubiyotlar: predmet bo’yicha masalalar yechish jarayonida bilim
oluvchining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish; o’quvchi-talabalarni fikrlash
doiralarini kengaytirish va mantig’ini rivojlantirish; ularning mustaqil ravishda bilim
egallash imkoniyatlarini kengaytirish; jarayonlarning abstrakt elementlarini tasavvur
qila olish ko’nikmalarini shakllantirish; o’quv-informatsion va tajriba-tadqiqot
faoliyatlarini amalga oshirish borasida ko’nikma va malakalarni shakllantirish kabi
masalalarni yechishga yo’naltirilgan.
Biz taklif etayotgan uslubiyot esa o’quvchi-talabalarning mustaqil ishlarini
media ta’lim vositalari (matbuot, televidenie, radio, kino, internet, tele va video
konferensiyalar) yordamida tashkil qilishga qaratilgan bo’lib, bu yerda mazkur
vositalar fan bo’yicha muayyan jarayonlarni yoritib berish, olib borilayotgan
izlanishlar, tadqiqotlar ularning natijalarini obrazli taqdim etish, konstruksiyalash,
egallangan bilimlarni shakllantirish imkoniyatlari jamlangan vosita sifatida
ahamiyatlidir.
O’qituvchi axborot - kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dan foydalanib,
dars o’tishga tayyorgarlik ko’rishga bu jiddiy ta’lim dasturiga oid dars materiali
ekanligini unitmasligi zarur. Bundan tashqari, dars maqsad va vazifalaridan kelib
chiqib, uning rejasini tuzishi shart. O’quv materialini tanlashda asosiy didaktik
tamoyillarga: o’qituvchi asosan tizimlilik, muntazamlik, qulaylik, darsga diffensial
yondashuv, ilmiylik va boshqalarga amal qilishi shart. Yana shuni ham unutmasligi
zarurki, kompyuter o’qituvchining o’rnini bosa olmaydi, balki uning faoliyatini
to’ldirishda yordam beradi, xolos. Bunday darslarga quyidagi xususiyatlar mos keladi:
57
11-rasm.O’qituvchining fаоliyatini to’ldirishda kompyuterning hususiyatlari. 21
21 Samarova SH., To’raev S. Media va pedagogik texnologiyalarning o’ziga xos jihatlari. -infoCOM.uz jurnali. T.2011.
Dars faoliyatini to’ldirishdakompyuterning xususiyatlari
Moslashuvchanliktamoyili
Individual vaguruhiy ishlarning
samaraliligi
Ta’limiyaxborotlarning
cheklanmaganligi
Kompyuter bilanmuloqot chog’ida
o’quvchiningijobiy psihologikholatda bo’lishi
Ta’limninginteraktivlilik va
dialoglilikxarakteri
Boshqaruvchanlik Axborot -kommunikatsiyatexnologiyalari
o’quvchi vao’qituvchiningharakatlarigajavob berish
qobiliyatiga egabo’lib, asosan
kompyutersavodxonligimetodikasiga
tayaniladi
Keng mazmunliaxborotga egabo’lib, undan
samaralifoydalaninishimkoniyati,
kompyuterdanta’limning
barchabosqichlarida:
darsgatayyorgarlikko’rishda,
o’qishjarayonida,
darsnitushuntirishda
(yangi darsmaterialini
tushuntirish),mustahkamlash,
takrorlash,o’quvchilar
bilim, ko’nikmava malakalarininazorat qilishda
foydalanishimkoniyatining
mavjudligi.
o’quvchi-talabaningindividualxususiyatlarigakompyuternimoslashtirish
ta’limjarayonining
istalgan vaqtidao’qituvchitomonidan
o’quvjarayoniga
tuzatish kiritishmumkin
58
Bundan tashqari, kompyuter quyidagi funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Kompyuter vositasida dars o’tayotgan o’qituvchi funksiyasi:
o Ta’lim axborotlari manbai;
o Ko’rgazmali qurol;
o Trenajyor;
o Tashhis va nazorat vositasi.
Kompyuterning funksiyalari:
§ Matnlarni tayyorlash va saqlash;
§ Grafik muharrir;
§ Boshqa turli imkoniyatlarga ega bo’lgan mashina.
Darsni loyihalashtirishda o’qituvchi turli dasturiy mahsulotlardan foydalanadi.
Darsga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tishda barchaga ma’lum bo’lgan matnlar bilan
ishlash imkonini beruvchi Word, Access ma’lumotlar bazasi, elektron taqdimotlar
tayyorlashda Power Point dasturini o’zida jamlagan Microsoft Office paketidan keng
foydalaniladi.
Dars dasturini tayyorlash jarayonida katta axborotlar manbaidan foydalanilish
orqali dars jarayonidan yaxshi natijalar hamda bilimlarni tekshirishda qulay
sharoitlarga ega bo’lish mumkin. Word matn muharriri sifatida darsda tarqatma va
didaktik materiallar tayyorlash imkonini beradi. Power Point dasturi dars
samaradorligini va qiziqarliligini oshirishda ahamiyatga molik bo’lgan elektron
taqdimotlar tayyorlashda keng qo’llaniladi.
Axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaninshning afzalligi:
- Ta’limni individuallashtirish;
- O’quvchilar mustaqil ishlarini mujassamlashtirish;
- Darsda amalga oshirilgan darslar hajmining oshishi;
- Internetdan foydalanilganda axborot oqimi doirasining kengayishi;
- Darsda o’yinli texnologiyalardan, turli ish shakllaridan foydalanish
natijasida o’zlashtirishda faollik, darsga motivatsiyaning kuchayishi;
59
Yangi texnologiyalar o’qituvchida ham shunday usulda dars o’tish orqali,
kompyuter taqdim etayotgan imkoniyatlar - yorqin rang barang olamdan o’z ishidan
qoniqish, xattoki, qiziqarli idrok etish jarayonlaridan huzurlanishni baxsh etadi. Agar
ilgari o’quvchi-talabalarni dars tayyorlashga majbur qilingan holatlari bo’lsa,
kompyuter vositasida dars o’tishda ularning o’zlarida darsga alohida qiziqish yuzaga
kelib, mashg’ulotlarga jiddiy yondasha boshlaydilar.
Darsni axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib o’tishda
o’qituvchi o’z mehnatining ko’p qismini kompyuterga yuklashi mumkin bo’ladi. Bu
bilan darsni yanada qiziqarli, rang-barang qilib, mazmunan boyitadi. O’qituvchi
o’quvchi-talabaning mehnatini o’z vaqtida holisona baholab boradi, o’quvchilarga
noan’anaviy saboq berish usullarini topishga ijodiy yondashadi. Bu esa
o’qituvchining kasbiy jihatdan rivojlanishiga asos bo’ladi.
O’quvchi-talabaning bilimini qisqa vaqt mobaynida aniqlab, uni to’g’ri
yo’naltirishida o’qituvchi oldida qulay imkoniyat yaratiladi. Bundan tashqari,
o’quvchi-talaba olish kerak bo’lgan axborotni hali davr talabiga mos vaqtidayoq, o’z
dolzarbligini yo’qotmasdanoq olish imkoniyati mavjudligi va topshiriqlarning
murakkablik darajasini to’g’ri baholash sharoiti yaratiladi.
O’quvchilar tomonidan zamonaviy axborot texnologiyalarini o’z vaqtida
o’zlashtirilishi, turli fandan dars o’tish mobaynida axborot- kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishi evaziga o’quvchi-talabalar nafaqat shu fanga oid
bilmlarni, balki kompyuter savodxonligini, unda ishlash malakalarini ham o’z vaqtida
o’zlashtirib boradilar. Kompyuterda masalalarni yechish, jadval va grafik yechimlarni
tuzish, rasmlar chizish kabi ko’plab imkoniyatlarga ega bo’ladilar. Bu esa o’quvchi-
talabalar ijodiy tafakkuri rivojlanishiga zamin bo’lib xizmat qiladi.
Axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaninshning kamchilik
va muammolari:
- Barcha o’qituvchi va o’quvchi-talabalar ham uylarida kompyuterga ega
bo’lmasliklari mumkin;
60
- Maktablardagi kompyuter sinflarida yaratilgan imkoniyatdan
foydalanishi hamda o’qituvchilar kompyuter vositasida dars o’tishga tayyorgarlik
ko’rishlari uchun alohida vaqt ajratishlari talab etiladi;
- O’qituvchilarning kompyuter savodxonligining yetarli darajada emasligi;
- Informatika fani o’qituvchisi bilan bevosita muloqotda bo’lmaslik;
- Internetda ishlash malakasining yetarli darajada emasligi;
- Kompyuter savodxonligini dars mashg’ulotlariga uyg’unlashtirish
malakasining yetarli darajada emasligi;
- Kompyuter vaqtining barchaga yetishmasligi;
- O’quvchi-talabalarni dars mashg’ulotidan ko’ra o’yin, musiqa va
boshqalar qiziqtirishi holatlari kabilar ham yuzaga kelishi mumkin.
Shunday bo’lsada, o’z kasbining mahoratli sohibi bo’lgan o’qituvchi tomonidan
o’zining chuqur bilimi, katta tajribasiga tayangan holda axborot- kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanib o’tkazilgan dars mashg’ulotlari, o’quvchilar ko’z
oldida namoyish etilgan media mahsulotlari, ko’rgazmali materiallari asosida yanada
qiziqarli bo’lib, oson o’zlashtiriladi va ularda mustaqil fikrlash hamda o’z ustida
ishlash malakalarini mustahkamlab, rivojlantiruvchi ta’sir etadi.
Shunday qilib, kasb-hunar ta’lim muassasalari o’quv mashg’ulotlarida, xycycan
o’quvchi-talabalar mustaqil ishlar uchun o’quv materiali mazmunini aniqlash va ish
jarayonini tashkil etishda, o’quvchi-talabalarning fikrlash qobiliyatlarini
faollashtirishda axborot - kommunikatsiya texnologiyalari, mediata’lim vositalari,
xususan multimedia vositalaridan foydalanish yangidan-yangi imkoniyatlarni ochib
berar ekan.
Bu kabi jarayonlar mashg’ulotlarning emotsionatik jihatidan kuchayishi, ta-
labalarning o’quv bilish faoliyati jarayonida bir qadar o’zgarishlarning yuzaga kelishi,
ularning o’quv jarayoniga, qolaversa faoliyatining natijalariga bo’lgan munosabatini
o’zgarishiga olib keladi.
61
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, iqtisodiy yo’nalishlardagi kasb-
hunar kollejlarida zamonaviy o’quv jarayonini tashkil etish, ularda ta’lim olayotgan
o’quvchi-talabalarga mukammal iqtisodiy tafakkur g’oyalarini singdirish bugungi
kundagi eng muhim dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Xususan, biz
tomonimizdan o’rganilayotgan Audit fanining tarkibiy mavzularidan sanalgan “Ustav
kapitali auditi” bo’yicha sifatli o’quv jarayonini tashkil etishda eng avvalo uning
nazariy asoslarini chuqurroq o’rganishni taqozo etadi. Chunki, mavzu bo’yicha
mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqish va qo’llash uchun eng avvalo
mazkur mavzu bo’yicha o’quv jarayonini tashkil etishda pedagogka nazariy bilim
zarur bo’ladi. Nazariy bilimni chuqur o’rganmasdan turib mustaqil ta’limni tashkil
etib bo’lmaydi. Shuningdek, chuqur o’rganilgan nazariy bilim turli metodlarni
qo’llashda va uni uyg’unlashtirish jarayonini olib borishda qo’l keladi.
Mavzu bo’yicha mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqishda va
samarali o’quv jarayonining asosiy shakllaridan hisoblangan ma’ruza va amaliy
mashg’ulotda zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etishda faqatgina «Ustav kapitali
auditi» ni tashkil qilish va o’tkazish tartibining nazariy jihatlari bilan cheklanish
fikrimizcha noto’g’ri hisoblanadi. Chunki, o’rganilayotgan mavzuimiz bevosita audit
faniga bog’liq bo’lib, uning amaliy jihatlarini, hamda o’ziga xos xususiyatlarini
o’rganish zaruriyatini tug’diradi.
Mavzuimiz bevosita amaliyot bilan bog’liq, nazariy ko’nikma bilan cheklanish
va amaliy xususiyatlarini e’tiborga olmaslik biz tomonimizdan o’rganilayotgan mavzu
bo’yicha mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqishni murakkablashtiradi.
Mavzu bo’yicha mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqish metodi orqali
o’quv jarayonini tashkil etishda va o’quvchi-talabalarning mustaqil o’rganishlari
uchun shart-sharoit yaratish hamda ular samaradorligini oshirishda turli o’qitishning
ta’lim texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. O’quv
62
jarayonining asosiy shakllari hisoblangan ma’ruza va amaliy dars mashg’ulotlarida
mustaqil ta’lim metodlaridan ham foydalanishimiz mumkin. Lekin, mavzuimiz
doirasidan chetga chiqmasdan o’quvchi talabalarni mazkur mavzuni chuqur anglab
yetishlari uchun “ustav kapitali auditi” mavzusi bo’yicha turli mustaqil ish
topshiriqlarini qay yo’sinda ishlab chiqish lozimligi haqida fikr yuritish bilan
cheklanamiz. Dastavval, I bobda keltirilganidek mavzu o’quv maqsadini turli ham
nazariy, ham amaliy tomonlarini ochib beruvchi serqirra jihatlarini o’zida
mujassamlashtiruvchi reja savollarini tuzib olamiz. Mukammal o’quv maqsadini va
savollarini to’laqonli yoritib beruvchi jihatlarini tuzib olish bevosita mustaqil
topshiriqlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Agar biz to’laqonli o’quv maqsadini
belgilab olmasak samarali mustaqil ta’limni tashkil etolmaymiz. Shuningdek, o’quv
maqsadlari “ustav kapitali auditi” mavzusining nazariy va amaliy jihatlari bilan
sug’orilgan bo’lishi kerak.
Yana kasb-hunar ta’lim muassasalari o’quv mashg’ulotlarida, xycycan
o’quvchi-talabalar mustaqil ishlar uchun o’quv materiali mazmunini aniqlash va ish
jarayonini tashkil etishda, o’quvchi-talabalarning fikrlash qobiliyatlarini
faollashtirishda axborot - kommunikatsiya texnologiyalari, mediata’lim vositalari,
xususan multimedia vositalaridan foydalanish yangidan-yangi imkoniyatlarni ochib
berar ekan.
BMI bo’yicha olib borilgan amaliy tahlillar va amaliyot davrida olingan
ko’nikmalardan kelib chiqib quyidagi taklif tavsiyasidagi chora tadbirlarni amalga
oshirish maqsadga muvofiqdir:
- iqtisodiy yo’nalishdagi kasb-hunar kollejlarida mutaxasisliklar bo’yicha ishlab
chiqilgan ishchi o’quv rejasidagi fanga ajratilgan mustaqil ta’lim soatlaridan unumli
foydalanish lozim, aksariyat hollarda mana shu ajratilgan soatlardan o’quvchi
talabalarga zaruriy ko’rsatmalar talab darajasida emas. Shu maqsadda mustaqil
ta’limni amalga oshirish bo’yicha ko’rsatmali dasturlar ishlab chiqish kerak;
63
- o’quvchi-talabalarning fikrlash qobiliyatlarini faollashtirishda axborot -
kommunikatsiya texnologiyalari, mediata’lim vositalari, xususan multimedia
vositalaridan foydalanish yangidan-yangi imkoniyatlarni ochib beradi;
- audit fanining nafaqat biz o’rganadigan ustav kapitali auditi mavzusi bo’yicha,
balkim boshqa mavzular hamda biz tomonimizdan o’rganilayotgan mavzuimizga
bevosita aloqador bo’lgan mavzular bo’yicha o’quvchi-talabalarning amaliy
ko’nikmasini shakllantirish maqsadida “Audit-klass” komputer sinflarini tashkil etish
maqsadga muvofiqdir;
- yuqoridagi tashkil etilishi lozim bo’lgan “Audit-klass” komputer dastur
zaxiralaridan maqsadli auditorlik tekshirishni o’quvchi talaba mustaqil topshiriqlarni
bajarishi uchun pedagoglar va dasturchilar tomonidan maxsus “Audit” amaliy
dasturlari bilan muntazam boyitib borishlari zarur.
]
64
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1. “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni.
1996 y 30 avgust.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni
(yangi tahriri) 2000 y 26 may.
3. “Axborotlashtirish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni.
2003y 11 dekabr.
4. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) N 1-24. 2005-2009.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 iyundagi
“Tadbirkorlik subektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini
takomillashtirish va uni noqonuniy etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish
to‘g‘risida”gi PK-100-sonli Qarori;
6. O‘z.R. Prezidentining “Tadbirkorlik subektlarini tekshirishni yanada
qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi
farmoni. 2005 yil 6 oktabr.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi
“Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish va
xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy
natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi
54-sonli qarori (2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qaror asosidgi o‘zgartirishlar
bilan).
8. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz-Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz
farovonligini yanada yuksaltirishdir.-T: O‘zbekiston, 2010.
9. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini
yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi.-T: 2011.
10. Sotvoldiyev A.S, Buxgalteriya hisobi nazariyasi. T: IQTISOD-
MOLIYA. 2007
65
11. Ochilov I.K, Qurbonboev J.E. “Moliyaviy hisob”. TMI, 2007
12. Tojiboeva D, Mahsus fanlarni o‘qitish metodikasi. O‘quv
qo‘llanma. –T: Fan va texnalogiya. 2007
13. Pardaev A.H, Pardaev B.H, Boshqaruv hisobi. O‘quv qo‘llanma.
–T: G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2008.
14. Ibragimov A, Ochilov I, Qo‘ziyev I, Rizayev N. “Moliyaviy va
boshqaruv hisobi”. T: Iqtisod-moliya nashriyoti, 2008.
15. Hamdamov B va boshq. “Moliyaviy hisobot”, Toshkent, “Iqtisod-
moliya”, 2008.
16. “Moliyaviy hisob”. KARANA korporatsiyasi-2005-2008.
17. Gadoyev E va boshq, Yillik hisobot-2008. Toshkent: NORMA,
2009.
18. G‘ulomova F.G‘. “Buxgalteriya hisobini mustaqil o‘rganish
uchun o‘quv qo‘llanma”. Toshkent: NORMA, 2009 yil
19. G‘ulomova F.G‘ “Zamonaviy buxgalteriya hisobi” Toshkent:
2011.
20. Ortiqov X, Yugay L, Tuxsanov X, Xo‘jabekov N, O‘zbekiston
Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartiga sharxlar to‘plami.
Toshkent “NORMA” 2010.
21. Internet saytlari:
www.lex.uz
www.norma.uz
www.tfi.uz
www.ziyonet.uz
www.bukh.ru
www.bem.uz
top related