3 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI MOLIYAVIY MENEJMENT FAKULTETI “KASBIY TA’LIM” KAFEDRASI Mamarasulov Erali Bozorboy o’gli «Ustav kapitali auditi» mavzusini mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqish va qo’llash metodikasi «HIMOYAGA RUXSAT ETILDI» «Kasbiy ta’lim» kafedrasi mudiri i.f.d.,prof. A.Omonov «__»_____________2013 y. Bitiruvchi: 5140900 -“Kasb ta’lim”(Buxgalteriya hisobi va Audit) ta’lim yo’nalishi 4- kurs talabasi Mamarasulov Erali Bozorboy o’gli «__»_____________2013 y. Ilmiy rahbar: _i.f.n.,dots. X.Iskanov «__»_____________2013 y. Ilmiy maslahatchi : k. o’qt.N.Xolyigitova «__»_____________2013 y. TOShKENT - 2013 BITIRUV MALAKAVIY ISHI
63
Embed
Mamarasulov Erali Bozorboy o’glioshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy
This document is posted to help you gain knowledge. Please leave a comment to let me know what you think about it! Share it to your friends and learn new things together.
Transcript
3
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
MOLIYAVIY MENEJMENT FAKULTETI
“KASBIY TA’LIM” KAFEDRASI
Mamarasulov Erali Bozorboy o’gli
«Ustav kapitali auditi» mavzusini mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlabchiqish va qo’llash metodikasi
«HIMOYAGA RUXSAT ETILDI» «Kasbiy ta’lim» kafedrasi mudiri
I BOB. Ustav kapitali auditining ahamiyati va uning nazariy asoslari.
1.1. Ustav kapitali auditining maqsadi, vazifalari.
1.2. Ustav kapitali auditini tashkil qilish va o’tkazish tartibining
o’ziga xos xususiyatlari.
II bob. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganish uchun
topshiriqlar ishlab chiqish va qo’llash metodikasi2.1. Mavzuni mustaqil o’rganish uchun o’ziga xos metodlarni tanlash va uning
ahamiyati.
2.2. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar
ishlab chiqish.
III BOB. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganish uchun
metodlarni takomillashtirish masalalari.3.1. Mavzuni o’qitishda o’ziga xos zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
ishlab chiqish, qo’llash va tadbiq etish asoslari.
3.2. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganishni tashkil etishda
metodlarni takomillashtirish yo’llari.
XULOSA
5
КIRISHMavzuning dolzarbligi. Malakali kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan
biri - bu ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdir. Ta’lim sifati va samaradorligini
oshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari,
muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy metodlari muhim o’rin
tutadi. Bu esa kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’quvchi-talabalar mustaqil ta’limi
mazmunini ishlab chiqish va uni tashkil etish hamda amalga oshirish usullarini
takomillashtirish borasida ilmiy pedagogik izlanishlar olib borishni taqozo etadi.
Zero, ma’naviy barkamol avlodni shakllantirishda ijodiy ishlar va mustaqil faoliyat
yuritish o’z-o’zidan erkin tafakkurni talab qiladi. Mustaqil tafakkuri, o’z nuqtai
nazariga ega bo’lmagan o’quvchi ijodkor bo’la olmaydi, mustaqil faoliyat
yuritolmaydi.
Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash jarayonida amalga oshirilayotgan
ishlar ijtimoiy hayotimizning deyarli barcha jabhalariga tadbiq etilayotgan bir paytda
aholining iqtisodiy savodxonligini oshirish va yangi iqtisodiy taffakurni
shakllantirishga bo’lgan ehtiyoj tobora dolzarb muammo bo’lib bormoqda.
Shu bois, iqtisodiy fanlarni yoshlarga maktabdanok singdirib borish,
o’quvchilarni boshlang’ich sinflardanoq iqtisodiyotning sir-asrorlaridan xabardor
etish Xalq tizimi oldiga yangi vazifalarni qo’ymoqda. Hukumat qaroriga muvofiq, bu
vazifalarni amalga oshirish uchun oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik
bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash
bo’yicha 2011 - 2016 yillarga mo’ljallangan dastur ishlab chiqildi va uni amalga
oshirish uchun 277 milliard so’mdan ortiq mablag’ yo’naltirish ko’zda tutilgan.1
Yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar ertamiz egalari
bo’lgan yosh avlodni har jihatdan barkamol qilib tarbiyalash, ta’lim tizimini jahon
andazalari darajasiga yetkazishga qaratilgan.
1 O’z Res Prezidenti I.Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O’zbekistonni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantarishning yctuvopyo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.
6
Zero, har bir davlat taraqqiyoti yuksak malakali zamonaviy ilm-fandan boxabar
zakovatli mutaxassislar darajasi bilan belgilanadi. O’zbekistonda har yili ta’lim uchun
sarflanayotgan harajatlar yalpi ichki maxsulotning 10-12 foizini tashkil etadi.
Holbuki, jahon tajribasida bu ko’rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi. Shuningdek,
O’zbekiston katta yoshdagi aholi savodxonligi darajasi bo’yicha Italiya, Ispaniya,
Janubiy Koreya va Isroil kabi iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarni ortda
qoldirmoqda.
Hozirgi kunda bir yarim milliondan ortiq o’quvchi yangi qurilgan va
zamonaviy jihozlangan 1396 ta kasb-xunar kolleji va 141 ta akademik litseylarda
ta’lim olmoqda. Ushbu ta’lim muassasalarida ta’lim ishlab chiqarish korxonalari bilan
uzviy aloqada amalga oshirilmoqda. Yuksak malakali kadrlar tayyorlashning muhim
talabi esa bu - ularda ijodkorkorlikni va mustaqillikni rivojlantirishdir. Bu esa o’z
navbatida o’quvchi-talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish va ularni bajarishning
sifatini oshirish bilan bog’liq. Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi ham shunda.
Tadqiqot ob’yekti. Ushbu bitiruv malakaviy ish bakalavr darajasida
bo’lganligi uchun uzluksiz ta’limning o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi kollejlarda
o’qitiladigan iqtisodiy fanlarning “Ustav kapitali auditi” mavzusi tadqiqot ob’yekti
sifatida ajratib olindi, mustaqil ishlarni tashkil etish va ularni tashkil etishda
qo’llaniladigan metod va vositalar bitiruv malakaviy ishining predmeti hisoblanadi.
BMI ning maqsadi - o’quvchi-talabalarning iqtisodiy savodxonligini oshirish.
Mavzu bo’yicha mustaqil ishlarni tashkil etish va ularni sifatini oshirish
muammolarini bartaraf etish. Bu maqsadga erishish uchun esa quyidagi vazifalar
belgilab olindi:
- mustaqil o’qish bo’yicha adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish. tadqiqot
metodikasini tanlash va eksperimental modelini yaratish.
- o’quvchi-talabalarda mustaqil o’rganishni shakllanishiga ta’sir etuvchi
omillarni tadqiq qilish.
- mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqish.
7
- Pedagogik xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
Mavzuning nazariy - amaliy ahamiyati. BMI ning ahamiyatli tomoni
shundaki, mavzuni o’rganish orqali o’quvchi-talabalarda ijodiy ishlash ko’nikmasini
hosil qilish va bu orqali ularni mustaqil fikr bildirishga o’rgatish.
BMI tarkibining qisqacha tavsifi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 3 ta bobda 6
ta savol, xulosa qismi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. Ishning
I bobida ustav kapitali auditining ahamiyati va uning nazariy asoslari keltirilgan. II
bobida “ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab
chiqish va qo’llash metodikasi yoritilgan. Ishning III bobida “ustav kapitali auditi”
mavzusini mustaqil o’rganish uchun metodlarni takomillashtirish masalalari
yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishining xulosa qismida mavzuga umumiy xulosa
berilib, mavzuni mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqilishi va qo’llanishi
to’g’risida ma’lumotlar hamda fikr mulohazalar keltirilgan.
8
I BOB. Ustav kapitali auditining ahamiyati va uning nazariy asoslari.
1.1. Ustav kapitali auditining maqsadi, vazifalari.Iqtisodiy yo’nalishlardagi kasb-hunar kollejlarida zamonaviy o’quv jarayonini
tashkil etish, ularda ta’lim olayotgan o’quvchi-talabalarga mukammal iqtisodiy
tafakkur g’oyalarini singdirish bugungi kundagi eng muhim dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi. Xususan, biz tomonimizdan o’rganilayotgan Audit fanining tarkibiy
mavzularidan sanalgan “Ustav kapitali auditi” bo’yicha sifatli o’quv jarayonini tashkil
etishda eng avvalo uning nazariy asoslarini chuqurroq o’rganishni taqozo etadi.
Chunki, mavzu bo’yicha mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqish va
qo’llash uchun eng avvalo mazkur mavzu bo’yicha o’quv jarayonini tashkil etishda
pedagogka nazariy bilim zarur bo’ladi. Nazariy bilimni chuqur o’rganmasdan turib
mustaqil ta’limni tashkil etib bo’lmaydi. Shuningdek, chuqur o’rganilgan nazariy
bilim turli metodlarni qo’llashda va uni uyg’unlashtirish jarayonini olib borishda qo’l
keladi. Shularni e’tiborga olib biz “ustav kapitali auditi” mavzusining nazariy
asoslarini o’rganishga alohida e’tiborimizni qaratamiz.
Korxonaning o’z mablag’larini shakllantirish asosiy manbai bo’lib uning
mulkdorlari tomonidan korxonaga qo’yilgan mablag’lar majmui bo’lgan ustav kapitali
hisoblanadi. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi qonunchilik va ta’sis xujjatlari bilan
amalga oshiriladi.
Chunonchi, davlat korxonalarining ustav fondi korxona foydalanishga
topshirilgan vaqtida o’z faoliyatini amalga oshirish uchun davlat tomonidan (byudjet
hisobidan) ajratilgan mablag’lar (qurilish, montaj, sozlash ishlari xarajatlari, asbob-
uskunalar, aylanma mablag’lar va pul mablag’lari kiymati) ni aks ettiradi.
Nodavlat tijorat strukturalarining ustav kapitali aksiyadorlar (ta’sischilar)
tomonidan qo’yilgan (pul, moddiy va boshqa) mablag’lar hisobidan shakllantiriladi,
shuning uchun ham bir necha yuridik va jismoniy shaxslar aksiyadorlik jamiyatini,
shirkat va boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi jamoat mulkini tashkil etadi.
9
Ma’suliyati cheklangan jamiyatlarida ham boshqa mulk shaklidagi korxonalar
singari buxgalteriya hisobining ob’yekti bo’lib, moliyaviy xo’jalik faoliyatini
shakllantiruvchi aktivlar va majburiyatlar hisoblanadi. Lekin shu bilan birgalikda
ma’suliyati cheklangan jamiyatlarida shu mulk shaklining o’ziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqadigan va buxgalteriya hisobida inobatga olish shart
bo’lgan ob’yektlar ham mavjud. Buxgalteriya hisobining shunday ob’yektlaridan biri
korxona va tashkilotlarda mulkni tasarruf etish, boshqarish va unga egalik qilish usuli
yordamida liberal iqtisodiy-ijtimoiy faoliyat ko’rsatishdir. Buxgalteriya hisobida bu
jarayon o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bularga aksiya chiqarish va uning muomalasi
bilan bog’liq operatsiyalar, xususiy (ustav) kapital, qimmatli qog’ozlar, daromad
(foyda), dividend to’lovlari, maxsus shakllanadigan fondlar va foydaning taqsimoti
kabi jarayonlar kiradi.
Ushbu ob’yektlarni tadqiq qilishda buxgalteriya hisobining muhim fundamental
tamoyillaridan biri bo’lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga asoslaniladi.
Buning zamirida quyidagi tenglik yotadi:
AKTIV = XUSUSIY KAPITAL + MAJBURIYATLAR
Bu tenglikdan ko’rinib turibdiki, xususiy kapital har bir xo’jalik yurituvchi
sub’yektlar faoliyatining mulkiy va moliyaviy holatini ifodalaydi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004-yil 15-yanvaridagi 5-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot”ning 5-shaklida xususiy kapitalning
tuzilmasi quyidagilardan iboratdir deb ko’rsatilgan: ustav kapitali, qo’shilgan kapital,
rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.
Xususiy kapital
Ustavkapitali
Qo’shilgankapital
Zaxirakapitali
Taqsimlan-maganfoyda
Maqsadlijamg’armalar
10
1-rasm. Xususiy kapitalning tashkil topish manbalari.2
Xususiy kapital deganda, xo’jalik yurituvchi sub’yektga tegishli bo’lgan
mulkning qiymati tushuniladi. Bu kapital jami kapital bilan qarzga olingan
kapitalning o’rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin, ya’ni:
Kx = Kj - Kq
Bunda:
Kx - xususiy kapital.
Kj - jami kapital.
Kq-qarzga olingan kapital
Xususiy kapitalni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularni bir qancha
belgilar bo’yicha tasniflashni taqozo qiladi. Aksariyat olimlar xususiy kapitalni
tasniflash belgilari sifatida ularning turlarini, xizmat muddatlarini, tashkil etish
manbalarini olish zarur deb hisoblaydilar.
Xususiy kapitalni tasniflashning tarkibiy tizimi quyidagi ketma - ketlikdan
tashkil topishi lozim.
2 Tadqiqotchi tomonidan tuzildi.
Moddiyligi bo’yicha
Xizmat muddati bo’yicha
Faoliyatda ishtrok etish darajasi bo’yicha
Turgan joyi bo’yicha
Turi yoki ko’rinishi bo’yicha
Tashkil toppish ma’nbasi bo’yicha
11
2– rasm. Xususiy kapitalni tasniflashning tarkibiy tizimi.3
Ushbu rasmga ko’ra, xususiy kapitalni tasniflashning yuqori bo’g’inida uning
moddiylik belgisi turadi. Ushbu belgisiga ko’ra, korxona va tashkilotlarning barcha
xususiy kapitalini ikki guruhga, ya’ni moddiy xususiy kapital va nomoddiy xususiy
kapitalga ajratish mumkin.
Moddiy xususiy kapital deganda, korxona va tashkilotlarining moddiy bo’lgan
barcha aktivlari tushuniladi. Korxonalarning barcha moddiy xususiy kapitali barcha
aktivlarning bir qismi sifatida buxgalteriya balansining «AKTIV» qismida joylashadi.
Nomoddiy xususiy kapital o’z ifodasini nomoddiy aktivlarda topadi. Bu ham
buxgalteriya balansining aktiv qismida joylashadi
Korxona, tashkilot, turli jamiyatlarning xususiy kapitali, asosan, quyidagi
manbalar hisobidan shakllanishini kuzatish mumkin, ya’ni: mulk egalarining
mablag’laridan, ta’sischilar ulushidan, faoliyatdan olingan foydadan, qaytarib
bermaslik sharti bilan olingan mablag’lardan va hokazolardan.
Ustav kapitali - huquqlar va imtiyozlar olish uchun korxona muassislari
tomonidan ta’sis hujjatlariga muvofiq qo’shilgan (to’langan) hamda korxonaning
xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklar, pul
- O’z Res Fuqorolik kodeksi- O’z R Soliq kodeksi- O’zR Buxgaleriya hisobi to’g’risidagi qonuni- O’zR konuni “Ommaviy Birlashuvlar hakida”- Uz r konuni “Aktsionerlik jamiyatlari xakida”- BXMS№1 Xisob siyosati va moliyaviy xisobot- BXMS№2 Asosiy faoliyatdan olinadigan daromad- BXMS№3 Moliyaviy natijalar xisoboti- BXMS№10 davlat subsidiyalari xisobi va davlat yordamlarini koplash- BXMS№15 Buxgalteriya balansi- BXMS№8moliyaviy xisobotlarni konsolidatsiya kilish va shuba korxonalariniinvestitsiya xisobi- BXMS№19 tashkilotlar va inventarizatsiya utkazish- BXMS№20 kichik biznes sub’ektlari xisobotlari ni tuzish va xisob yuritishningsoddalashtirish tartibi xakida- BXMS№21 Schetlar rejasi va kullanilish Yo’riqnomasi
Moliyaviy xisobot shakllarini tuldirish Tartibi .( 19.03.2002 g. N 1117
Axborotlar manbalari:Ustav, shartnomalar, huquqiy normalarnio’zgarishini ro’yxatga olish hujjatlar, davlat vastatistika organlarida ro’yxatga olinganligito’g’risidagi guvohnoma, soliq inspeksiyasi,budjetdan tashqari fondlar, yig’ilish protokollari,..xisobotlarini tuzish va hisob yuritishningsoddalashtirish tartibi haqida, mulk huquqinitasdiqlovchi hujjatlar, bank xizmatlarishartnomalari, emissiya prospektlari, emissiyaprospektlari bajarilish natijalari haqidagi hisobot,alohida turdagi faoliyatga ruxsatnoma valitsenziya, aksionerlar ro’yxati, ishonchnomalarniro’yxatga olish va kayta ro’yxatga olish,likvidatsiyalash jurnali, aksionerlar reestri, ustavkapitvlining sintetik va analitik hisob registrlari(8300, 8400, 8500), ustav kapitalinishakllantirishdagi birlamchi hujjatlar (bankko’chirmalari, kirim kassa orderlari, to’lovtopshiriqnomalari mulkni qabul qilish topshirishdalolatnomalari, nakladnoylar va boshqalar.),bosh kitob yoki aylanma -saldo vedomsi,Buxgalteriya balans(f. 1); xususiy kapital haqidagihisobot(sh.№5) va boshqalar.
Auditni tashkil etish me’yoriy hujjatlari:-O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyatito’g’risida» qonuni (yangi tahriri )-Auditorlik tashkilotlari to’g’risida nizom( 4.04.2007 yil PQ-615)-O’zbekiston auditorlarning kasbga oid ahloq kodeksio’bama.26.08.2005y o’ap 25.06.2005y.-№3-AFMS «Auditni rejalashtirish»-№5- AFMS «Auditor ishining sifatini nazorat qilish»-№6- AFMS «Auditni hujjatlashtirish»-№9- AFMS «Jiddiylik va auditorlik riski»-№12-AFMS «Auditorlik tekshiruvlari jarayonidabuxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash»-№13- AFMS «Tahliliy amallar»-№14- AFMS «Auditorlik tanlash»-№24- AFMS «Moliyaviy hisobotning buzib ko’rsa-tilganligi aniqlanganida auditorlik tashkilotining ishtutishi»-№31- AFMS «Xo’jalik yurituvchi sub’yekt faoliyati(biznesi) bilan tanishish»*-№50- «Auditorlik dalillar»-№70- AFMS» Auditorlik hisoboti va moliyaviyhisobot haqidagi auditorlik xulosasi»-№80 AFMS -«Maxsus masalani tekshirish natijalaribo’yicha auditor hisoboti»Auditorlik tashkilotlarining ichki standartlari (28)
Audit manbalari
20
4-rasm. Ustav kapitali auditini o’tkazish manbalari.5
Tekshirish sifatini oshirish uchun auditor ishtirokida tashkilotning ustav
kapitaliga badallar ko’rinishida kiritilgan mol-mulklar va boshqa mulkka oid
inventarlashning o’tkazilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ustav kapitaliga badal sifatida kiritilgan mol-mulkning tarkibida yaroqsiz holga
kelgan asosiy vositalar va ishlab chiqarish zaxirilari, yoki bo’lmasa boshqa mulkiy
huquqlar bilan bir qatorda - foydani qo’llash muddati allaqachon o’tib ketgan
intellektual mulklar ham uchrab turishi ma’lum.
Muassislar bilan hisob-kitob qilishlar bo’yicha va ustav kapitalidagi
o’zgarishlar bilan bog’lik operatsiyalarin o’tkazish chog’ida yuzaga keluvchi eng
harakterli buxgalteriya yozuvlarini ko’rib chiqish lozim.
Auditor tomonidan ta’sis hujjatlarida, shuningdek ustav kapitali hisobida
tashkilot faoliyat yuritishining qonuniyligiga shubxa ostiga qo’yuvchi yoki davlatga,
mulkdorlarga (aksiyadorlarga) va kreditorlarga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan
jiddiy qonun bo’zulishlari aniqlangan hollarda yuzaga kelsa, u holda u (xo’jalik
yurituvchi sub’yekt raxbariyatiga aniqlangan qonun bo’zilishlarini bartaraf etish
uchun vaqt berish kerak).
Ustav kapital tekshirilganda auditor ta’sis hujjatlar bilan tanishib chikadi. Ustav
kapital tashkilot mulkdorlari tomonidan pul mablag’lari, mulk, nomoddiy va boshqa
aktivlar shaklida tashkil etilishi ta’sis hujjatlarida belgilanishi lozim.
Ta’sischilar ulushi kirim qilinishi dastlabki hujjatlar va 4610-schet
ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Hisob-kitob, valyuta scheti va kassa kirim orderlari
asosida ta’sischilar tomonidan to’liq va o’z vaqtida topshirilishi tekshiriladi. Qo’shma
korxonalarda chet el ta’sischilarining ulushi o’z vaqtida va to’liq topshirilishi nazorat
qilinadi. Agar ta’sischilar tomonidan ulushlar vaqtida topshirilmasa tegishli idoralar
Audit o’tkazishda amaldagi qonunchilikka muvofik tarzda mazkur iqtisodiy
sub’yektning yuridik maqomi va faoliyat ko’rsatishga bo’lgan huquqini tekshirib
ko’rishlari kerak. Bunda quyidagi hujjatlar:
· ta’sischilar yig’ilishi tomonidan tasdiqlangan qonunga muvofiq ro’yxatga
olingan mijoz ustavi;
· korxona ta’sis shartnomasi.
Tekshirishning borishi jarayonida quyidagilar belgilanadi:
· korxona qachon va qaerda ro’yxatdan o’tganligi;
· mazkur korxonaning hisob raqami va boshqa hisob raqami qaysi bankda
ochilganligi;
· muassislari kimlar va ularning ustav kapitalidagi ulushi;
· har bir muassisning qo’yilmalari hajmlari va jami ustav kapitalining hajmi
qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi.
Audit o’tkazilish jarayonida quyidagilar mavjudligi:
· davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma yoki o’zgartirishlar
mavjud bo’lsa, ustav va ta’sis hujjatlarining yangi tahririga doir;
· muassislar yig’ilishi bayonnomalari;
· chet el investitsiyasi ishtirokidagi iqtisodiy sub’yektlar uchun, masalan
qo’shma korxonalar uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida
ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma (litsenziya rakami);
· statistika organlari, Davlat soliq inspeksiyasida, byudjetdan tashqari va
ekologiya fondlarining tegishli bo’linmalarida ro’yxatga olinganligi to’g’risida
guvohnoma;
· davlat tasarrufida bo’lgan tashkilotlarning, jamoat tashkilotlari, jamoa
xo’jaliklari va shu kabilar xususiylashtirilishi va aksiyalashtirilishi bilan bog’lik
hujjatlar.
22
Muassislarning ustav kapitaliga qilgan badallari manbasini, bunday manbalar
bo’lib faqat o’z mablag’lari hisoblanishi mumkin ekanligini inobatga olgan holda
o’rganib chiqilishi lozim bo’ladi.
Auditor ta’sis shartnomasi bilan tanishishda, unda qanday shartlar
keltirilganligini aniqlaydi. Jumladan.6
· mulklarni ulush sifatida qo’shish (topshirish)
· faoliyatda ishtirok etish;
· foyda va zararlarni ta’sischilar o’rtasida taqsimlash;
· korxona faoliyatini boshqarish va unda ta’sischilarning ishtiroki;
· ta’sischilarning korxonadan chiqishi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) ta’sis shartnomasida yuqorida sanab
o’tilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagi shartlar ham bo’lishi lozim:
· ustav kapitalining tarkibi va hajmi to’g’risida;
· har bir ta’sischi ulushining hajmi va uni o’zgartirish tartibi;
· ta’sischilar ulushlarining tarkibi, hajmi va topshirish muddatlari;
· ulushlarni qo’shishga doir majburiyatlarni bo’zganlik uchun javobgarlik;
· ta’sischilar tomonidan qo’shiladigan ulushlarning jami summasi.
Auditor korxona ustavi bilan tanishish chog’ida unda quyidagilar
ko’rsatilganlini aniqlaydi:
· korxonaning o’ziga xos hususiyatlari va tashqiliy-huquqiy shaklini
ifodalaydigan nomi;
· korxonaning davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan, joylashgan o’rni;
· ustav kapitalining ko’lami va uning barcha ta’sischilar o’rtasida ulushlarga
taqsimlanishi;
· korxonaning maqsadi va faoliyat turlari;
· ijro organlarini saylash yoki tayinlash tartibi;
6 R.D.Do’smuratov, SH.N.Fayziev, I.N.Qo’ziev, A.Z.Avloqulov, G’.V.Po’latov Audit. O’quv qo’llanma II qismlar. - T.: Iqtisod-moliya, 2008.
23
· korxona boshqaruv organining tarkibi va vakolatlari hamda ular tomonidan
qaror qabul qilish tartibi;
· dividendlar taqsimlash tartibi;
· amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgani hamda ta’sischilar bilan kelishilgan,
lekin qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa zarur masalalar.
Shuningdek, ta’sis hujjatlarini tekshirishda korxonaning tashkiliy-huquqiy
shaklini e’tiborga olish zarur. Masalan, aksiyadorlik jamiyatining ta’sischilari
tomonidan tasdiqlangan ustavida, ustav kapitalining ko’lami to’g’risidagi ma’lumotlar
bilan birga jamiyat tomonidan chiqariladigan aksiyalarning toifalari, ularning nominal
qiymati va miqdori, aksiyadorlarning huquqlari to’g’risidagi shartlar har xil bo’lishi
lozim.
Ishtirokchilar tarkibini tahlil qilishda, aksiyadorlik jamiyati va mas’uliyati
cheklangan jamiyat yagona ishtirokchisi sifatida, bitta shaxsdan iborat xo’jalik
yurituvchi sub’yekt bo’la olmasligiga e’tibor berishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ham yuridik
shaxslar, ham jismoniy shaxslar ta’sischi sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Qo’shma korxona ustav kapitaliga O’zbekistonlik ishtirokchi tomonidan
qo’shiladigan hissa xorijiy ishtirokchilar bilan kelishuvga ko’ra milliy valyutada
qanday baholansa, kelishilgan baholar bo’yicha chet el valyutasida ham jahon
bozoridagi bahoni hisobga olgan holda shunday baholanadi.
Xorijiy ishtirokchining hissasi ham shu tartibda qo’shma korxonani tashkil
etish haqidagi shartnoma imzolangan kundagi yoki uning ishtirokchilari kelishgan
boshqa sanaga amalda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining rasmiy
valyuta kursi bo’yicha so’mga hisoblab o’tkazish yo’li bilan baholanadi.
Jahon bozori bahosi bo’lmaganda qo’shilayotgan mulklar qiymati
ishtirokchilarning kelishuviga muvofiq aniqlanadi.
24
Ta’sis hujjatlarini tekshirishda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq har bir
tashkiliy-huquqiy shakldagi xo’jalik yurituvchi sub’yekt uchun turli mas’uliyatlar
belgilanishini inobatga olish zarur.
1-jadval.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun qonunchilikda belgilangan ma’suliyatlar.7
Xo’jalik yurituvchisub’yekt tashqiliy-huquqiy shakli
Qonun va unda belgilangan mas’uliyatlar
Qishloq xo’jalik
kooperativlari (shirkat
xo’jaliklari)
O’z. R. qonuni «Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirqat xo’jaligi)to’g’risida»Q/x kooperativi (sh/x) faoliyatining asosiy turi qishloq xo’jalikmahsuloti yetishtirishdir.Q/x kooperativi (sh/x) qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishbilan bir qatorda kooperativning o’z hududida ham, shuningdekundan tashqari ham qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta ishlash,oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste’mol mollari, ishlab chiharish-texnika ahamiyatiga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish,savdo-sotiq, ta’mirlash va qurilish ishlari, yuridik va jismoniyshaxslarga xizmat ko’rsatish, shuningdek qonunlarda ta’qiqlanma-gan boshqa faoliyat turlari baln shug’ullanishga haqli.(32-modda)
Fermer xo’jaliklari
O’z. R. qonuni «Fermer xo’jaligi to’g’risida»Fermer xo’jaligining mol-mulkiga egalik qilish undan foydalanishva uni tasarruf etish xo’jalik a’zolari tomonidan o’zaro kelishuvasosida amalga oshiriladi.(20-modda)
Dehqon xo’jaliklari
O’z. R. qonuni «Dehqon xo’jaligi to’g’risida»Dehqon xo’jaligining mol-mulkiga egalik qilish undan foydalanishva uni tasarruf etish xo’jalik a’zolari tomonidan o’zaro kelishuvasosida amalga oshiriladi.(16-modda)
Ma’suliyat cheklanganjamiyatlar (MCHJ)
O’Z. R. qonuni «Xo’jalik jamiyatlari va shirqatlar to’g’risida»MCHJ ta’sischilarning majburiyatlari bo’yicha javobgarhisoblanadi. Ta’sischilar MCHJ ustav kapitalidagi ulushlarigamutanosib majburiyatlari bo’yicha javobgardir.(16-modda)
Aksiyadorlik jamiyatlari O’zbekiston Respublikasi Qonuni «Aksiyadorlik jamiyatlari vaaksiyadorlarning himoya qilish to’g’risida»
7 R.D.Do’smuratov, SH.N.Fayziev, I.N.Qo’ziev, A.Z.Avloqulov, G’.V.Po’latov Audit. O’quv qo’llanma II qismlar. - T.: Iqtisod-moliya, 2008.
25
Ushbu talablarga rioya qilinishi korxonaning faoliyat ko’rsatishi, hamda
kreditorlarning manfaatlarini huquqiy va iqtisodiy himoyalash shartlaridan biri
hisoblanadi. Korxona sof aktivlari maqdorining uning utav kapitalidan oshib ketishi
(yoki teng bo’lishi) to’g’risidagi majburiy talablarga rioya qilinishi shu
maqsadlardagina tekshiriladi.
Korxonaning xususiy kapitalini tekshirish uchun zarur ma’lumotlar moliyaviy
hisobotning quyidagi shakllarida aks ettiriladi:
Buxgalteriya balansida (OKUD bo’yicha 1-shakl):
Ta’sislarning ustav kapitaliga qo’shadigan ulushlari bo’yicha qarzlari -
aktivdagi II-«Aylanma aktivlar» bo’limining «Ta’sischilar bilan hisoblashishilar»
moddasi (4610-schyot) (280-satr);
Passivdagi I»O’z mablag’lari manbalari» bo’limida ustav kapitali (320 satr),
qo’shilgan kapitali (330 satr), zahira kapitali (340 satr), taqsimlanmagan foyda (350
satr);
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot (5-shakl) da
Xususiy kapitalning tarkibi bo’yicha : yil boshiga qoldig’i (010 satr 3, 4, 5, 6, 7,
8, -ustunlar), yil davomidagi o’zgarishi (020-070 satrlar) va yil oxiriga qoldig’i (080-
satr).
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli qo’llaniladigan korxonalarda
amaldagi qoidalarga muvofiq 8310-8330 schyotlar bo’yicha №13- jurnal-order va
analitik hisob vedomostlari qo’llaniladi. Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan
korxonalarda 8300-ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar (8310-8330), 4610-
»Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sislarning qarzlari» va 6620- Chiqib
ketayotgan ta’sislarning ulushlari bo’yicha qarzlar» schyotlari bo’yicha sintetik va
analitik hisob yuritiladigan kompyuter dasturlari qo’llaniladi.
Shuningdek, Bosh daftar yoki oborot-saldo vedomostlari ham tekshiriladi.
Qoidaga ko’ra, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo’shiladigan hissalar
hisobda va balansda ularning haqiqatda kirim qilinish me’yoriga qarab aks ettiriladi:
26
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qiymatliklar uchun qabo’l qilish-
topshirish dalolatnomasining to’zilgan sanasi, pul mablag’lari uchun mablag’larining
korxona schyotiga kelib tushgani (bank ko’chirmasi va unga ilova qilingan tegishli
hujjat). Bunda ushbu hissalarning analitik hisobi har bir ishtirokchi bo’yicha
yuritiladi.
Hissalarning belgilangan miqdori kirim qilinganidan so’ng ustav kapitalining
tashkil etilishi hisobda aks ettiriladi.
Ustav kapitalining miqdori ta’sis hujjatlarida belgilanganidan oshib
ketmasligini ta’kidlab o’tish zarur.
Korxona ta’sischilari ulushlarining yig’indisi (ulushlar, aksiyalar, pay badallari)
ta’sis hujjatlarida qayd qilingan ustav kapitalining miqdori va summalari tegishli
dastlabki hujjatlarga (dalolatnomalar, bank ko’chirmalari, bank kassasiga naqd pul
topshirilganligi to’g’risida kvitansiya va h. k) asosan schyotlar aloqasi to’zilib,
dastlabki buxgalteriya balansida aks ettiriladi.
Ustav kapitali summasi ta’sis hujjatlari, hisob registrlari va hisobotdagi
ma’lumotlarga teng bo’lishi lozim.
№21 -BHMS ga muvofiq ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar (8310-
«Oddiy aksiyalar», 8320-«Imtiyozli aksiyalar», 8330-«Pay va ulushlar») krediti va
4610 -«Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining
debeti bo’yicha yozuvlar korxona davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng amalga
oshiriladi.
Ustav kapitali to’liq va to’g’ri shakllanishi 4610-«Ustav kapitaliga ulushlar
bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyoti ma’lumotlari bilan 8310-«Oddiy
aksiyalar», 8320-«Imtiyozli aksiyalar» schetlari yoki 8330-«Paylar va ulushlar»
schyoti (xo’jalik yurituvchi sub’yekt tashqiliy-huquqiy shakliga qarab tegishli schyot)
ma’lumotlarini solishtirish asosida tekshiriladi.
27
2-jadval.
Xususiy kapitalni tekshirishda xato va huquqbuzarliklarni bo’lishi va bularganisbatan auditorlik harakatlari 8
8 Audit sxemalarda, o’quv uslubiy qo’llanma. ТMI-Т.:2012 28 bet
Ataylab qilingan xatoliklar va ularningbelgilari Uni tekshirish yo’llari
Hisob schyotlarida qo’shimcha kapitalniyozuvlarda manipulyatsiya qilish- qo’shimcha kapital summalaridakutilmagan va noodatiy kolebaniyaqilish.- Yordamchi schyotlarda kutilmaganyoki noodatiy o’zgarishlar
- Buxgalteriya registrlarida yozuvlarnitekshirish.- Analitik hisob va bosh kitobnisolishtirib tekshirish.- qo’shimcha kapitalni hisoblab chiqish.
To’lanmagan dividentlar va farqlar - Investorlarning noroziliklari- Noodatiy qabul qilishlar
Divident to’g’ri tekshirilganligini hisoblash-Uchinchi tomondan to’langan dividentsummalarini hujjatlardagi bilan birxilligigaishonch hosil qilish
Aksiya savdosining teng emasligi- Bir aksiyani nusxalashtirish vasoxtalashtirish.- Investorlarning noroziliklari
Qarzlarni kapital sifatida ro’yxatgaolish-Aksiyalar narxini ushlab turishgaqiziqishning borligi.-Kompaniya yangi zayomlarni noodatiyshartlarida qabul qilishga bog’lik bo’lsayoki qarz to’lashda kam imkoniyatgaega bo’lishi
- qarz kelishuv shartlarini tahlil qilishva hisob siyosatidagi hisob metodlaribilan solishtirish.- Kerak bo’lsa aksionerlardan kelishuvshartlarini tasdiqlatib olish
Divident narxini ataylab tushirish.- Pul mablag’larining yo’qligi.
- Aksionerlar reestrlarini jamiyatshartnomalarini, direktorlar kengashiyig’ilishi protokollarini va boshqalarnitekshirish va majburiy to’lanishi lozimbo’lgan divident miqdorini aniqlash.- To’langan divident yozuvlarinitekshirish.- Divident hisoblanishini tahlilinio’tkazish
28
Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning yakunlovchi bosqichida
uning eng kam miqdori to’g’risidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi ham
aniqlanadi.
Ustav kapitalining sintetik va analitik hisobini yuritishning to’g’riligi mazkur
korxonada qo’llanilayotgan hisob shaklining registrlari (memorial-orderlar, daftarlar,
jurnal-orderlar, mashinagrammalar va h. k) ma’lumotlarini tekshirish bilan aniqlanadi.
Ustav kapitalining analitik hisobini tekshirishda nafaqat uning sintetik hisob
ma’lumotlariga tengligi, balki aksiyalarning turlari, ularning egalari, aksiyalar uchun
hisob-kitoblarning ahvoli va boshqalar bo’yicha axborot olish imkoniyatlari ham
aniqlanadi.
Shuningdek, auditor «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyalarning huquqlarini
himoya qilish to’g’risida»gi qonunning 47-50 moddalariga muvofiq aksiyadorlar
reestrini yuritish qoidalariga rioya qilinishini ham tekshiradi.
Barcha bajarilgan tekshiruv amallari va aniqlangan nomuvofiqliklar auditorning
ishchi hujjatlarida aks ettiriladi.
Tekshiruv yakunida auditor ustav kapitalini hisobga olish va hisobotda aks
ettirish bo’yicha aniqlangan tafovutlarning qanchalik jiddiyligi(qatta-kichikligi)ni
me’yoriy hujjatlar talablariga nisbatan aniqlaydi. Agar auditor aniqlangan tafovut
ustav kapitaliga doir hisobot ko’rsatkichlariga unchalik ta’sir qilmaydi deb hisoblasa,
u ushbu ko’rsatkichlarning ishonchliligi to’g’risida ijobiy auditorlik hulosasi to’zishi
mumkin. Agar ahvol bunga teskari bo’lsa, ya’ni aniqlangan tafovutlar ustav kapitaliga
doir hisobot ko’rsatkichlarini sezilarli darajada bo’zib ko’rsatilganligi aniqlansa, u
holda auditor ushbu kamchiliklarni aks ettirib salbiy auditorlik xulosasi tuzadi.
29
II bob. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganish uchun
topshiriqlar ishlab chiqish va qo’llash metodikasi
2.1. Mavzuni mustaqil o’rganish uchun o’ziga xos metodlarni tanlash va uning
ahamiyati.
Kasb-hunar kollejlarida malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda
o’qituvchilarniig kasbiy mahorati muhim ahamiyatga ega. O’qituvchilarning kasb
mahoratini oshirish omillaridai biri dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni,
ayniksa, o’quvchilarniig faolligini oshirishga qaratilgan interfaol usullarni qo’llashdir.
O’qitishning interfaol usullari asosida o’quvchilar mustaqil fikrlashga o’rgatiladi.
Davlatimiz tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000
yil 16-oktyabrdagi «O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini
tasdiqlash to’g’risida»gi 400-sonli qaroriga muvofiq O’MKHT markazida 2005 yil
17-avgustdagi 192- sonli buyrug’i 6-ilovasida akademik litsey va kasb-hunar
kollejlarida o’quvchining mustaqil ishini tashkil qilish to’g’risida muvaffaq nizom
qabul qilindi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir
katorda tanlangan sohasi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, o’z bilimi va
malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondashgan holda
muommali vaziyatlarni to’g’ri baholab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan
mutaxasislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Ta’lim tizimida ta’lim jarayoni tashkil etish tarixiga nazar tashlasak ta’limning
rivojlansh tendensiyasini ko’rish mumkin:
1. Xotira maktabi (diniy maktablar).
2. Reproduktiv ta’lim.
3. Fikrlashga o’rgatuvchi muammoli ta’lim.
4. Pedagogik texnologiyalar
30
Mustaqil o’rganish usuli. Ushbu usul ta’lim oluvchilarning o’quv materialini
mustaqil o’zlashtirishini, o’z - o’zini tekshiruv malakalarini, berilgan matnning
mazmunini to’liq va ongli ravishda bayon eta bilishiga qaratilgan usuldir. Har bir
o’quvchi alohida yoki umumiy tarzda tashkil qilinadigan topshiriqni bajaradi.
O’qituvchi o’quvchilarning amaliy faoliyatiga aralashmay, tashqaridan teskari aloqa
muloqot yordamida yo’naltirib boshqaradi va nazorat qiladi.
5-rasm. Mustaqil ta’limning samarasi.9
Mustaqil ish faoliyatida bilimlarni egallash bilan birga, ko’nikmalarni
shakllantirish ham mustaqil amalga oshiriladi.
Borgan sari ortib boradigan mustaqil tayyorlanish vaqtini samarali bo’lishini
ta’minlashda ikki narsaga e’tibor qaratish kerak: 10
- mustaqil ish o’qishning, aqliy mehnatning alohida turi.
- axborotning asosiy qismini talaba mustaqil ravishda oladi.
Ayniqsa, internetning kirib kelishi bilan uning doirasi yanada kengaydi. Talaba
mustaqil ishlash ko’nikmasini egallamasa, zamon talabi darajasidagi mutaxassis
bo’lib etisha olmaydi, chunki talabaning o’qish yillari davomida olgan bilimlarining9 Tadqiqotchi tomonidan adabiyotlardan foydalanib tayyorlandi.10 D.Tojiboeva Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma. - T.: “Fan va texnologiya”, 2007. - 512 b.
ijodiy qobiliyatlarinirivojlantirishga asos
bo’ladi
o’quv topshiriqlarinitartibga solish va nazoratqilish uchun ongliravishda foydalana bilish
bilim, ko’nikma,malakalarni
shakllantirish
umumtexnik, maxsusfanlarga oid bilimlarini
rejalashtirish
shaxsiy, kasbiy,individual
xususiyatlarninamoyon etish
Mustaqil ta’limo’quvchi-
talabalarda
31
ko’p qismi u faoliyat boshlagunga qadar eskiradi, ko’pgina bilimlar esa unutiladi.
Bilimning eskirishi tez, axborot oqimi nihoyatda katta bo’lgan hozirgi davrda
mustaqil o’qishga, o’z ustida tinmay ishlash, izlanishga o’rganish har bir mutaxassis
uchun nihoyatda zarur.Ta’limning reyting tizimi, ayniqsa, o’qish jarayoniga kirib
kelayotgan yangiliklar, axborot hajmining kattaligi o’quvchi-talabalardan mustaqil
ishlash va vaqtdan to’g’ri foydalanishni, uni tejash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Dars davomida mavzuga tegishli barcha asosiy savollarni muhokama qilib
bo’lmaydi. Uning iloji yo’q, ma’ruzada o’tilgan, muhokama qilingan masalalarni
psihologlarning tadqiqoti natijalariga ko’ra, atigi 5 foizi o’quvchi-talabalar yodida
qolar ekan. O’zi o’qib o’rgangani, o’rganganlarini boshqalarga o’rgatishi esa bir
necha baravar ko’p yodida qolar ekan. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki,
talabaning o’zini mustaqil tayyorlanib o’qishi fanni o’rganishda, uni asosiy
mazmunini tushunish va o’zlashtirishida, tahlil qilishi, o’z fikrini ifodalashida muhim
rol o’ynaydi.
O’quvchi-talabaning mustaqil ishidan maqsad o’qituvchining rahbarligi va
nazorati asosida muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur
bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.
O’quvchi-talabaning mustaqil ishi vazifalari quyidagilardan iborat bo’ladi:11
• yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;
• kerakli ma’lumotlarni izlab topish, ularning qulay usullari va vositalarini
aniqlash;
• axborot manbalaridan samarali foydalanish;
• an’anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;
• elektron o’quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
• internet tarmog’idan samarali foydalanish;
• berilgan topshiriqni muntazam va me’yorida bajarish;
11 D.Tojiboeva Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma. - T.: “Fan va texnologiya”, 2007. - 512 b.
32
• ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
• topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish;
• natijalarni muhokamaga tayyorlash va ko’rsatilgan kamchiliklarni qayta
ishlash.
• ishlab chiqilgan echim, loyiha yoki g’oyani asoslash, mutaxassislar jamoasida
himoyaqilish va boshqalar.
Mustaqil ishni tashkil etishning muhim xusutsiyati, uni o’quvchi-talabaning
o’zi tashkil qiladi.Mustaqil ishni bajarish uchun o’quvchi-talaba o’zinio’zi majbur
qilishi kerak.
Mustaqil ishlash quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Dars o’tilgandan so’ng bajariladigan ishlar, uy vazifalarini bajarishda darslik,
o’quv qo’llanmalari bilan ishlash, konspekt tayyorlash.
Tipik topshiriqlarni echish. Bunda talaba avvalgi bilimlarini xotirasida qayta
tiklaydi va qisman qayta o’zgartirib, aniq topshiriqlarda qo’llaydi. Masalan: masala,
mashq echish;
3. O’rganilgan bilimlarni tipik bo’lmagan sharoitda qo’llash. Talaba o’rgangan
bilimlaridan yangi sharoitda foydalanadi. Sharoitlarda ma’lum umumiylik bo’lishi
mumkin.
4. Ijodiy faoliyatga asos yaratish. Bunda talaba o’rganilayotgan sohaning
mohiyatigatushunadi, uning yangi munosabat, bog’lanishlarini aniqlaydi, g’oyalar va
tushunchalarni yangi sharoitga bog’laydi.
Barcha mustaqil ishlar o’quvchi-talabalarda ijodiy ishlash ko’nikmasini hosil
qilishga qaratilgan.Talaba ijodiy ishlashga o’rgatilmasa, u ma’lum mavzuga oid
materiallarni turli manbalardan ko’chirib kelish bilan kifoyalanib qolishi hamda o’zi
mustaqil fikr bildirishga qiynalishi mumkin.12
O’quvchi-talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin:
12 Rochinskiy V.M. “Azbuka pedagogicheskogo truda” M: 1990 str. 33.
33
Auditoriyada amalga oshiriladigan o’quvchi-talaba mustaqil ishlari.
O’tilgan mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar
bajariladi;
Auditoriyadan tashkarida amalga oshiriladigan o’quvchi-talaba mustaqil
ishlari. O’quv dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o’zlashtirish, uyga
berilgan vazifalarni bajarish, amaliy va laborotoriya ishlariga tayyorgarlik ko’rib
kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ishlar va h.k.
Birinchi tur ishlari o’quvchi-talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini
o’zlashtirib borish darajasi, amaliy mashg’ulotlarga (amaliyot, laborotoriya, semenar
darsi tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarning bajarilish sifatini tekshirish maqsadida
nazorat ishlari olish, savol-javob, suxbat, munozara, amaliy topshiriqlarni bajartirib
ko’rish usullarida asosan amaliyot darslarida nazorat qilinadi.
Ikkinchi tur ishlar fanning ishchi o’quv dasturida auditoriyadan tashqarida
o’zlashtirilishi belgilangan mavzu bo’yicha malumot va axborotlarni mustaqil
ravishda izlab topish, tahlil qilish konspektlashtirish, va o’zlashtirish ijodiy
yondashishning talab qiladigan amaliy topshiriqlarni bajarish ko’rinishida amalga
oshiriladi.
Bu turdagi ishlarni bajarish jarayoni va o’zlashtirish sifatini nazorati darsdan
tashqari paytlarda, maxsus belgilangan konsultatsiya soatlarida amalga oshriladi.
34
6-rasm. Mustaqil ta’lim olishga undovchi xususiyatlar.13
«Mustaqil ish» o’quvchi-talabaning darsdan tashqari vaqtida mustaqil ravishda
olib borayotgan faoliyati, izlanishi tushuniladi. Mustaqil ishlar rejasi davlat ta’lim
standartlari asosida, har bir fan o’qituvchisi tomonidan mustaqil ishlar uchun
ajratilgan vaqtda mos ravishda tuziladi va kafedrada tasdiqlanadi. Mustaqil ishlar
rejasida mavzu, shu mavzuning ish shakllari va hajmi berilishi lozim. Bu reja bilan
o’quvchi-talabalarni, o’quv yilining boshida tanishtiriladi va kafedraga tegishli
bo’lgan biror stendga yil davomida ilib qo’yiladi. Aynan shu reja asosida o’quvchi-
talabaning mustaqil ishi bo’lmish uy vazifasi, ma’ruza, seminar, amaliy ish, tarixiy
lavhalar, referat, ijodiy ishlar yozish, ko’rgazma, buklet, jadval, maketlar, sxemalar,
shakllar, modellarni yasash, krosvord, rebus va shunga o’xshash qiziqarli o’yinlar
tuzish, tayyorlash kiradi. Lekin o’quvchi-talabani mustaqil ishlarni bajarishga majbur
qilmaydi, aksincha, ularni o’quvchi-talabaning o’zi mustaqil ravishda tanlaydi.
O’qituvchi esa, unga metodik tavsiyanomalar, maslahatlar va yo’riqnomalar bilan
13 Tadqiqotchi tomonidan tuzildi.
O’quvchi-talabalarning mustaqilfaoliyatiquyidagi
belgilargaega:
Mustaqilfikr
yuritish vaunga
intilish
Har qandayshart-sharoitda
yokivaziyatlardabajariladiganish ob’yektinianiqlay olish
yangivazifalarnixal etishda
o’zyondashuvin
i amalgaoshira olish
bilimlarnitushunishni,balki ushbu
bilim, ko’nikma,malakalarni
o’zlashtirishning tez, samaraliusullarini izlab
topish
bajarilganishlarnitahlil
qilishdatanqidiy
yondashuv
o’z g’oyava
qarorlari-ning
erkinligi
35
yordam berib, konsultatsiya vaqtida o’quvchi-talabaning mustaqil ishini baholaydi.
Mustaqil ishlarni baholash uchun alohida jurnal tutilmaydi, chunki bu baholar joriy
nazorat sifatida sinf jurnaliga qayd qilinadi.
Mustaqil ishlash uchun qo’llanilgan baho, joriy nazorat sifatida guruh jurnaliga
qo’yilishi, o’quvchini rag’batlantirib, uning kundalik uy vazifalarini to’liq
bajarilishini ta’minlaydi.
O’quvchi-talabalarda mustaqil ta’lim olish ko’nikmalarini shakllantirish uchun
quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq:
- o’quvchi-talabalar o’quv faoliyatining aniq maksadini belgilash (mashqlar
qilish, mustaqil ishlash), uning o’quvchi-talabalar tomonidan tushunishlariga erishish;
- har bir o’quvchi-talabaning ishini idrok etish va shu bilan bir qatorda butun
jamoaning ish faoliyatini ham nazardan chetda qoldirmaslik;
- o’quvchi-talabalarda o’z mehnatini mustaqil tahlil qilish, xatolar sababini va
ularii bartaraf etish hamda oldini olish usullarini topish qobiliyatlarini hamisha
rivojlantirib borish;
- xatolarni tuzatishga doir tayyor ko’rsatmalar bermaslik, o’quvchi-talabalarning
o’zi ushbu xatolarni anglash va bartaraf etish usullarini topishlariga erishish;
-o’quvchi-talabalarning topshiriqlarni bajarishlariga qarab ijodiy yondoshishlarini
hamisha rag’batlantirib turish;
- o’quvchi-talabalarni yangi, ilg’or, yuksak unum beradigan ish usullarini
qo’llashga undash, paydo bo’ladigan qiyinchiliklarni tushunib yetishida ularga
yordam berish, ularning mustaqil ishlashlari uchun sharoit yaratish;
- o’quvchi-talabalarning ta’lim jarayoniga ijodiy yondoshishlari, topshiriqlarni
ongli bajarishlarini ta’minlashga erishish;
- yaxshi o’zlashtira olmayotgan o’quvchi-talabalarga muntazam yordam berish,
buning uchun ish usullarini takror ko’rsatib, ularni ijodiy mustaqil ish faoliyatini olib
borishga undash;
36
- o’quvchi-talabalarning ish jarayonida ijodiy yondashib, mustaqil bajargan
ishlarini nazorat qilish va munosib baholab borish.
Kasb ta’limi metodlaridan o’quvchi-talabalarda mustaqil ta’lim olish malakasi
shakllanganlik darajasini aniqlashda foydalanish maqsadga muvofiq. Ularni shartli
ravishda quyidagi nomlar bilan atash mumkin:
7-rasm. Mustaqil ta’lim olish malakasi shakllanganlik darajasini aniqlashdaKasb ta’limi metodlaridan foydalanish. 14
14 Tadqiqotchi tomonidan tuzildi.
Mustaqil ta’lim olish malakasishakllanganlik darajasini aniqlashda
Kasb ta’limi metodlaridan foydalanish
1. O’quv materiallarini o’rganishda va mustaqil ishjarayonini tashkil etishda umumiydan tipiklikni vaxususiylikni ajratib olish malakasi (ajrata olishmalaka).
2. Mustaqil ish bajarilishi jarayonida texnologikjarayonlarni va texnik ob’yektlarni tanlash, amaliybajarish, texnik chizmalar, sxemalar tuzishmalakasi (tuzish malakasi)
3.Auditoriyada, auditoriyadan tashqarida, o’quvustaxonasida va uyda mustaqil ishlarni samaralitashkil etish malakasi (tashkil etish malakasi).
4.Mustaqil fikrlash malakasi (fikrlashmalakasi).
37
2.2. “Ustav kapitali auditi” mavzusini mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar
ishlab chiqish.
Mavzu bo’yicha mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqish metodi
orqali o’quv jarayonini tashkil etishda va o’quvchi-talabalarning mustaqil
o’rganishlari uchun shart-sharoit yaratish hamda ular samaradorligini oshirishda turli
o’qitishning ta’lim texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
O’quv jarayonining asosiy shakllari hisoblangan ma’ruza va amaliy dars
mashg’ulotlarida mustaqil ta’lim metodlaridan ham foydalanishimiz mumkin. Lekin,
mavzuyimiz doirasidan chetga chiqmasdan o’quvchi talabalarni mazkur mavzuni
chuqur anglab yetishlari uchun “ustav kapitali auditi” mavzusi bo’yicha turli mustaqil
ish topshiriqlarini qay yo’sinda ishlab chiqish lozimligi haqida fikr yuritish bilan
cheklanamiz. Dastavval, I bobda keltirilganidek mavzu o’quv maqsadini turli ham
nazariy, ham amaliy tomonlarini ochib beruvchi serqirra jihatlarini o’zida
mujassamlashtiruvchi reja savollarini tuzib olamiz. Mukammal o’quv maqsadini va
savollarini to’laqonli yoritib beruvchi jihatlarini tuzib olish bevosita mustaqil
topshiriqlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Agar biz to’laqonli o’quv maqsadini
belgilab olmasak samarali mustaqil ta’limni tashkil etolmaymiz. Shuningdek, o’quv
maqsadlari “ustav kapitali auditi” mavzusining nazariy va amaliy jihatlari bilan
sug’orilgan bo’lishi kerak.
Mustaqil ishlash o’quvchi talabaning murakkablik darajasi turlicha bo’lgan
topshiriq va vazifalarni auditoriyada hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va
mustaqil bajarib, o’zida bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga
qaratilgan tizimli faoliyatidir.
Mustaqil ishlarning didaktik maqsadi, shakli, individual yoki jamoa bo’lib
bajarishga mo’ljallangani, bajariladigan joyiga qarab bir-biridan farq qiladi. Mustaqil
ishlash uchun mo’ljallangan mavzularning ilmiyligi, o’quv materiallarining
38
qiziqarliligi, amaliyot bilan bog’liqligi, uzviyligi, fanlararo aloqadorligi, shuningdek,
muammoli topshiriqlar muhim ahamiyatga ega.
O’quvchi-talabani shaxsiy rivojlantirishga yo’naltirilgan mustaqil ishlarni
tashkil etish modelining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
8-rasm. O’quvchi-talabaning shaxsiy rivojlantirishga yo’naltirilgan mustaqilishlarni tashkil etish modeli. 15
Eng asosiysi, mustaqil ta’lim olish faoliyatini tashkil etishda o’quvchilarning
intilish va qiziqishlariga e’tibor qaratish zarur. O’quvchi-talabalarning egallagan
bilimlarini amaliyotda qo’llay olishini, ijtimoiy foydali, targ’ibot tashviqot ishlarida
ishtirok etishini ta’minlash maqsadga muvofiq. Chunki ularni turli-tuman amaliy, ij-
timoiy, tashkiliy, ijodiy faoliyatga jalb etish ham mustaqil ta’lim samaradorligini
oshirish omilidir.
O’quvchi-talabalar mustaqil ta’lim olishlari jarayonida qo’shimcha
adabiyotlarga murojaat qiladi, o’tilgap mavzularni qayta ko’rib chiqadi. Ko’p
15 Tadqiqotchi tomonidan tuzildi
Dasturiy-maqsadli qism:
Nazoratqismi
Amaliyqism
Ijro qismi
o’quv rejasidagi fanlar bo’yicha mustaqil ish maqsadlarinibelgilash va uni tashkil etish.
Turli mustaqil o’quv faoliyati bo’yicha amaliy ko’nikmalarnishakllantirish.
Mustaqil ishni bevosita bajarish
O’quvchi-talabalarning o’quv faoliyatidagi mustaqil ishinatijalarini kuzatish va uni baholash
Аsoslovchiqism
O’quvchi-talabalarda mustaqil ishga qiziqish uyg’otish.
39
o’quvchi-talabalar uyga berilgan ma’ruza matnlari ustida ishlaydilar, ma’ruzalar,
referatlar tayyorlashda ilmiy-ommabop, davriy nashrlardan foydalanadilar. Pedagogik
hamda texnik-texnologik mustaqil ishlarni ba- jarishda o’quvchi kasbiy faoliyat
muammolarini hal etish usullarini egallaydi.
O’quv adabiyotlaridan mustaqil foydalanishda o’quvchilar bir muncha
qiynchiliklarga duch keladilar. Shu bois o’qituvchi dastlab o’quvchilarda o’quv
adabiyotlaridan mustaqil foydalanish bo’yicha quyydagi ko’nikma va malaka- larni
shakllantirishi zarur:
- o’quv ma’lumotlarini qisqacha ma’ruza tarzida ifodalay olish;
- referat yoza bilish;
-tegishli o’quv axborotini tanlab, uni sxema, jadval va rasm ko’rinishida
ifodalash.
Bizningcha, o’quvchilarni o’quv adabiyotlaridan mustaqil foydalanishga
o’rgatish uch bosqichda amalga oshirilishi kerak.
1-bosqichda o’qituvchi o’rganilishi lozim bo’lgan mavzu bo’yicha o’quv
axborotlari mazmunini sxema, jadval va rasmlar ko’rinishida ifodalab, tayyor holda
mashg’ulotga olib kiradi va ularni tushuntiradi. Ularni kompyuter xotirasiga ham
kiritish mumkin. Bunda asosiy tushuncha va atamalar alohida izohlanadi.
O’quvchilarga mavzuga oid sxema, jadval va rasmlar doimo bir ko’rinishda
chizilmasligi, ularni tayyorlashda ijodiy yondashilishi hakida ma’lumot beriladi.
2-bosqichda mashg’ulot jarayonida bevosita o’quvchilarning ishtirokida o’quv
axborotlari sxema, jadval va rasmlar ko’rinishida tayyorlanadi. Shu tariqa o’quvchi-
larda o’quv axborotlarini tanlash, tizimlashtirish, ularni sxema, jadval va rasmlar
ko’rinishida ifodalash ko’nikmalari shakllantiriladi. Bunday mashg’ulotlar 2-3 marta
tashkil etiladi. So’ngra keyingi bosqichga o’tiladi.
3-bosqichda o’quv axborotlarini sxema, jadval va rasmlar ko’rinishda
ifodalashlari uchun o’quvchilarga ma’lum topshiriq yoki mustaqil ishlar beriladi.
Bunda o’qituvchi navbatdagi mashg’ulotni 2-bosqichdagi kabi tashkil etib,
40
o’quvchilarning mustaqil ishlashi uchun ko’proq imkoniyat yaratib beradi.
O’quvchilar berilgan matnni o’qib uning, mazmunini mustaqil holda tizimlashtiradi,
asosiy tushuncha va atamalarni tasnif- laydi. Keyin mavzu mazmunini sxema, jadval
va rasmlar ko’rinishida ifodalab, tayyor holda o’qituvchiga taqdim etadilar.
O’qituvchi ularni tekshirib, takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar beradi.
Mashg’ulotlar 2-3 marta xuddi shu tarzda takrorlanadi. So’ng vazifa sifatida
o’quvchilarga topshiriqlar beriladi.
O’quvchilarning fan bo’yicha butun o’quv yili davomida tuzib borgan tayanch
ma’ruza (sxema, jadval va rasm)laridan oraliq va yakuniy nazoratlarda foydalanishiga
ruxsat berish maqsadga muvofiq. Bu ularning doimiy izlanishlari va o’quv
adabiyotlari bilan mustaqil ishlashiga yanada katta pag’bat uyg’otadi.
O’quvchilarni o’quv adabiyotlardan mustaqil foydalanishga o’rgatish ta’lim
berish, tarbiyalash, rivojlantirish kabi vazifalarni qamrab oladi.
O’quvchilarga mustaqil ishlash bo’yicha uyga vazifa berishda quyi- dagilarga
alohida e’tibor bering:
• o’quv adabyyoti tuzilishi bilan tanishish;
• matnlarga ko’z yugurtirib chiqish;
• alohida boblarni o’qish;
• o’quv adabiyotidan savollarga javob qidirish;
• o’quv materialarini o’rganish.
• referat yozish;
• qisqacha bayonnoma tuzish;
• misolva mashqlar yechish;
• test sinovlarini bajarish;
• o’quv materiallari mazmunini tushunish va xotirada saqlab qolish.
41
9-rasm. O’quvchi-talabalarni o’quv adabiyotlaridan mustaqil
foydalanishga o’rgatish.16
O’quvchining bilimlarni o’zlashtirgani to’g’risida kitobni necha marta
o’qiganiga qarab emas, balki o’quv materiallari mazmunini tushunganiga ko’ra xulosa
chiqarish va uni baholash kerak. Bunda o’quvchinng ko’p, o’qishi emas, balki,
o’qiganlarini faol eslab qolishi muhim hisoblanadi. O’qituvchi o’quvchilarni o’quv
adabiyotlaridan mustaqil foydalanishga o’rgatishda o’quv mashg’ulotining texnologik
haritasidan foydalanishi lozim.
Birinchi bosqichda o’qituvchi mashg’ulotga tayyorgarlik ko’radi,
o’quvchilarning mustaqil o’rganishlari uchun o’quv materialini tanlaydi, o’quv
faoliyati maqsadi, vazifasi, natijasi va uni baholash mezonini belgilaydi.
Ikkinchi bosqichda mavzuni e’lon qiladi, yangi o’quv materiali mazmuni va
mustaqil ishni bajarish tartibini o’quvchilarga tushuntiradi.
16 Tadqiqotchi tomonidan tuzildi
O’quvchilarni o’quv adabiyotlaridan mustaqilfoydalanishga o’rgatishda quyidagilar nazarda
tutiladi
o’quvchilarda o’z bilimini tekshirish malakasinishakllantirish
uyda kitob bilan ishlash orqali darsda olinganbilimlarni mustahkamlash
o’quvchilarning o’quv materiali mazmunini tushunishlariuchun ularni reja asosida o’qish, mantiqiy-tuzilmaviysxemalar, jadvallar, rasmlar shaklda ifodalash, konspektyozish kabi amaliy ishlarga o’rgatish
42
O’qituvchi yana guruhni 3 ta kichik guruhlarga bo’lib, ularni nomlaydi va
ularga mustaqil ishlashi uchun topshiriqlar, testlar, tahlil qilish uchun jadvallar,
masala-mashqlar beradi. Ularning borish jarayoni quyidagicha.
Мустақил ўрганиш учун топшириқлар
1-topshiriq
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004-yil 15-yanvaridagi 5-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot”ning 5-shaklida xususiy kapitalning
tuzilmasi haqida o’z fikr-mulohazalaringiz orqali bayon qilib bering.
2-topshiriq
Ustav kapitalining shakllanish manbalari haqida ma’lumot bering.
3-topshiriq
Ustav kapitali auditini tashkil qilish va o’tkazish tartibining o’ziga xos
xususiyatlari haqida bayon qilib bering.
Guruhlarga topshiriqlar bergandan so’ng variantlar ko’rinishida testlar beradi.
1-variant
1. Ustav kapitaliga ulush sifatida yoki obuna bo’lingan aksiya qiymatini to’lash
hisobiga olingan nomoddiy aktivlarni kirim kilish qaysi hujjatda rasmiylashtiriladi?
@A) Ta’sis shartnomasi, qabul qilish topshirish dalolatnomasi
B) Oldi-sotdi shartnomasi qabul qilish-berish dalolatnomasi
V) Tekinga berish to’g’risida shart-noma
G) nomoddiy aktivlarni qayta baholash dalolatnomasi
2. Tekshiruv chog’ida auditor ustav kapitalini ko’paytirishning quyidagi
manbalaridan qaysi birini noqonuniy deb hisoblaydi?
A) Emitent-aksiyadorlik jamiyatining o’z aksiyalarini ularning nominal qiymatidan
yuqori bahoda otishdan olingan mablag’lar ya’ni emission daromad
B) Jamg’arma, iste’mol va boshqa fondlar hamda ishlatilmagan zahiralar mablag’lari
V) Oldingi yil yakuni bo’yicha taqsimlanmagan foyda
@G) Uzoq muddatli bank kreditlari
43
3. Ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo’shiladigan hissalar hisobda va
balansda qay tarzda aks ettiriladi?
A) Ularning haqiqatda kirim qilinish me’yoriga qarab
@B) Aksiyalar obunasiga qarab
V) Ularning rejada kirim qilinish me’yoriga qarab
G) A va B
4. Ustav kapitalini shakllantirishdagi farq qaysi buxgalteriya hisobi yozuvi amalga
oshirilsa, auditor tomonidan to’g’ri deb qabul qilinadi?
A) D-t 8310, K-t 8420
B) D-t 4610, K-t 8420
@V) D-t 5210, K-t 8420
G) D-t 8610, K-t 8310
5. Tekshiruv chog’ida auditor ustav kapitalini kamaytirilishini qachon asosli deb
hisoblaydi?
A) Jamiyatning ustav fondi aksiyalarning nominal qiymatini qisqartirish yo’li bilan
kamaytirilganda
B) Aksiyalarning bir qismini jamiyatning o’zi keyinchalik muomaladan chiqarish
sharti bilan sotib olishi yo’li bilan kamaytirilganda
V) Ustav kapitalini har qanday yo’l bilan kamaytirilishi noqonuniy deb topiladi
@G) A va B
6. Quyidagilarning qaysilari qo’shilgan kapital tarkibiga kiritilganida auditor
qo’shilgan kapital tarkibini to’g’ri shakllangan deb hisoblaydi?
A) Aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoda dastlabki sotishdan olingan
emission daromadlar
B) Tekinga olingan mol mulk
V) Ustav kapitalini shakllantirishda hosil bo’lgan kurs tafovutlari
@G) A va V
44
2-variant
1. Mol-mulk tekinga olinganida qaysi buxgalteriya hisobi yozuvi amalga
oshirilsa, auditor tomonidan to’g’ri deb qabul qilinadi?
A) D-t 1010, K-t 8810
@B) D-t 0130, K-t 8530
V) D-t 0820, K-t 8410
G) D-t 0820, K-t 8310
2. Quyidagilarning qaysilari zaxira kapital tarkibiga kiritilganida auditor zaxira
kapital tarkibining to’g’ri shakllanishini asosli deb hisoblaydi?
A) Aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoda dastlabki sotishdan olingan