Top Banner
ZULFIYA – TONG KUYCHISI!
23

Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

Jul 11, 2015

Download

Documents

Nafisa Aslonova
Welcome message from author
This document is posted to help you gain knowledge. Please leave a comment to let me know what you think about it! Share it to your friends and learn new things together.
Transcript
Page 1: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

ZULFIYA – TONG KUYCHISI!

Page 2: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

ZULFIYAZULFIYA

Page 3: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

Zulfiya hayoti va ijodiZulfiya hayoti va ijodi

O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 mart kuni Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. Shoira xotin-qizlar bilim yurtida o‘qigan vaqtlaridayoq (1931—1934) adabiy to‘garaklarda she’rlar mashq qila boshladi.

Page 4: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

1935—1938 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi. So‘ngra 1938—1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, O‘zbekiston Davlat nashriyotida bo‘lim boshlig‘i, 1950—1953 yillarda esa «O‘zbekiston xotin-qizlari» («Saodat») jurnalida bo‘lim boshlig‘i. 1953—1980 yillarda esa bosh muharrir bo‘lib ishladi.

Page 5: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

Zulfiya 17 yoshida yozgan «Xayot varaqlari» (1932) birinchi she’rlar to‘plami bilan Oydin, Muzayyana Alaviya, Xosiyat Tillaxonovalar safiga kirib keldi.

Shoira «She’rlar» va «Qizlar qo‘shig‘i» (1938) kabi poetik asarlarini ona-Vatan va uning dala, cho‘llarida mehnat qilayotgan paxtakorlar, mexanik, traktorchi qizlarning qaynoq hayotlariga bag‘ishlaydi. Ayni chog‘da mazkur to‘plamlardagi she’rlari shoiraning she’riy mahorat sirlarini egallayotgan davrini xarakterlovchi asarlar sifatida ham muhim edi.

Page 6: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

Urush davrida shoiraning «Uni Farhod der edilar» (1943), «Hijron kunlarida» (1944) kabi to‘plamlarining nashr etilishi Zulfiyaning peshqadam shoirlar qatoriga dadil kirib kelayotganligidan nishona edi. To‘plamdagi she’rlar vatanga muhabbat, dushmanga nafrat va g‘alabaga ishonch ruhida yaratilganligi bilan xarakterlidir

Page 7: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

Shoiraning urushdan so‘nggi yillarda yozilgan «Dalada bir kun» (1948), «Tong qo‘shig‘i» (1953) kabi bir qator she’rlar turkumi, «Men tongni kuylayman», «Yuragimga yaqin kishilar» (1958), «Kuylarim sizga» (1965) to‘plamlarida Vatan madhi, mehnat jarayonida fidokorlik ko‘rsatayotgan kishilar hayoti jo‘shib kuylanadi. Uni «So‘roqlaydi shoirni she’rim» (1960), «Oydin» (1953), «Quyoshli qalam» (1967) kabi ocherk va dostonlari H. Hakimzoda, Oybek, Oydin, Hamid Olimjon kabi ustoddarning yorqin xotiralariga bag‘ishlangan.

Page 8: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

Zulfiya H. Olimjonning «Semurug‘», «Zaynab va Omon» dostonlari asosida pesa va opera librettosini ham yaratgan

Page 9: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

Zulfiya «Uylar», «Shalola» kabi she’riy majmualari uchun Hamza nomidagi respublika Davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan. Hind mavzuidagi she’rlari uchun Javoharlal Neru nomidagi xalqaro sovrin, tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun xalqaro «Nilufar» mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Page 10: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

Shoira Hindiston, Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr, Birma, Avstriya kabi mamlakatlarda bo‘ldi. U 1956 yilda Osiyo va Afrika yozuvchilarining Dehlida o‘tkazilgan birinchi konferentsiyasida qatnashib, mashhur «Mushoira» (1958) asarini yaratdi.

Page 11: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

Zulfiya va uning turmush o’rtog’i Zulfiya va uning turmush o’rtog’i Hamid OlimjonHamid Olimjon

Page 12: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

Bahor keldi seni so‘roqlab… – Zulfiya(Hamid Olimjonga bag’ishlab)

Salqin saharlarda, bodom gulida, Binafsha labida, yerlarda bahor. Qushlarning parvozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…

Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni, O‘rik gullarining eding maftuni. Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.

Page 13: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

Uning she’rlari rus, ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. Shoira Nekrasov, Lermontov, V. Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognetsvet, M. Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan

Page 14: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

Atoqli shoira 81 yoshida, 1996 yil 1 avgustida vafot etgan

Page 15: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

ZULFIYA BEGIMGA

Umrlarcha davom etsin Vatan ufqida parvozing, Zamon aksi sadosidek jaranglab tursin ovozing.

Shoir G’afur G'ulom

Page 16: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

Shoira Zulfiyaning adabiyot Olamimizdagi ovozini birinchi eshitganimda,birinchi she'rlarini o'qiganimda ilhomoning tozaligi, hislarining nafisligi, she'rlarining samimiyligidan suyungan edim... OYBEKOYBEK

Page 17: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

Zamondoshim, uzoq ijod yo'lida hamfikr va hamkasbimiz Zulfiya haqida o'ylasam shunday fikr yodimdan kechadi. Zulfiyaning oddiy temirchi qizidan qahramon shoira darajasigacha bosib o'tgan yo'li - bu Sharq xotin-qizi, o'zbek ayolining shonli yo'lidir... YOZUVCHI VA

DRAMATURG KOMIL YASHIN

Page 18: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

Zulfiyaning she'rlarini ona tilim – boshqird tiliga o'girarkanman, ulardan olgan zavq meni lol qoldirgan.

Boshqirdistonlik shoir Mustay Karim

Page 19: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

Agar Zulfiya Armanistonda tug'ilganda - Silva,Leningradda tug'ilganda - Bergols, Bolgariyada Bagryana, Yugoslaviyada tug'ilganda ham Desanka Maksimovichdek mashhur shoira bo'la olar edi... Dog’istonlik shoir Rasul Hamzatov

Page 20: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

Men shoira poeziyasida dilbarlik, donolik, bu ulkan madaniyatning qo'lga kiritgan ulkan yutug'i ekanligini ham ta'kidlamoqchiman...

Qirg’iz xalq yozuvchisi Chingiz Aytmat

Page 21: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

Sizning misralaringizni kuychi bulbullarimiz shunday kuylaydiki, ularni Moskvada turib ham eshitish mumkin. Sizning ovozingiz hamisha tetik...

Davlat arbobi Nikolay Tixonov

Page 22: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

Zulfiya singari siymolar xalqning baxti bo'lib yaraladilar. Bu baxt, avvalo, o'zbekniki, O'zbekistonniki, mamlakatniki, so'ngra esa dunyoniki...

O’zbekiston qahramoni, shoir Erkin Vohidov

Page 23: Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna

E’TIBORINGIZ UCHUN E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMATRAHMAT

Buxoro viloyat Buxoro tuman 13 IDUMI va 49 Buxoro viloyat Buxoro tuman 13 IDUMI va 49 umumiy o’rta ta’lim maktab ingliz tili fani umumiy o’rta ta’lim maktab ingliz tili fani o’qituvchisi Aslonova o’qituvchisi Aslonova

Nafisa Muxammadovna tomonidan yaratildiNafisa Muxammadovna tomonidan yaratildi