-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 1
Tohir Malik. Savohil (II- qism)
Ikkinchi qism - Diydor Yoʻli
Ikkinchi bob - Umid yulduzi
1
Lord Chelmsford Vaziristondan kelgan xabardan butunlay gangib
qoldi. Oʻtgan kuni shimoli-gʻarb chegaraviloyatidan olingan noma
qabila boshliqlarini hech qanday pulga sotib olish mumkin
emasligini bildirgan edi. «Bu— Shimoliy Hindistondagi ahvol chatoq,
degan gap, — deb oʻyladi Chelmsford. — Bosh shtabning
bugungiaxboroti esa Kobulning hali-beri taslim boʻlmasligini aniq
qilib qoʻydi. General Nodirxonning qoʻshini oʻtganhaftada
Sulaymontogʻda gʻoyib boʻlgan edi. Tal shahri ostonasida qoʻqqis
chiqib qolgani nimasi? Yana zambaraklaribilan! Bosh shtabning
xabariga ishonsam, afgʻonlar xaritada belgilanmagan yoʻllar bilan
kelishgan. Bu qanaqasi?!Xaritada belgilanmagan yoʻllar yana bordir
balki. Ularning biri Simlaga — Bosh shtabga olib kelmaydimi? Yana
biriDehliga boshlar...»Chelmsford bosh shtabdan kelgan nomani
yirtib tashladi. Qoʻngʻiroq tugmasini bosib, Gamilton Grantni
chaqirtirdi.Oʻn yettinchi yilning adogʻida Chelmsford Londondan
telegramma olgan edi: «Biz bolsheviklarning gʻoyat
xavflivaraqasidan xabar topdik. Rus hukumatining Rossiya va Sharq
musulmonlariga, ayniqsa, Eron va Hindistonxalqlariga murojaati
bizni xavotirga soldi. U mumkin qadar uzoq vaqt qoʻl ostimizdagi
xalqlar uchun sir tutulmogʻishart». Oradan koʻp oʻtmay noib-qirol
oʻsha «gʻoyat xavfli varaqa» bilan ham tanishdi: «Endi jim turmoq
mumkinemas. Vaqtni boy bermay, mutelik zanjiridan qutulingiz,
mustabidlarni mahv etingiz. Tabarruk tuproqlaringizningzolimlar
oyogʻi ostida toptalishiga yoʻl qoʻymangiz! Oʻz yurtingizga
oʻzingiz egalik qilingiz! Oʻz xohishingizga koʻrahayot kechirishga
haqqingiz bor. Taqdiringiz oʻz qoʻlingizda!..»Lord Chelmsford hozir
shuni esladi. Aniqrogʻi, bu xavfli chaqiriqlarni hali unutganicha
yoʻq. Hindistonning qaerida gʻalayon koʻtarilsa bot-bot eslaydi.
Mayda gʻalayonlar tobora yiriklashib, mana endi subsidiyaga qanoat
qilayotgan «chivinday mamlakat» katta gʻavgʻolar boshladi. Bu
oxir-oqibat Chelmsfordni Hindistonda qolish yo qolmasligiga ta’sir
oʻtkazmasa edi. «Qay masalani hal etishda yanglishdim?
Habibulloxonni oʻldirilishidami? Bolsheviklarning varaqalari bu
yerga qanday yetib keldi?» Chelmsford notinchlik boisini xalqning
toʻlib-toshgan sabr-kosasidan izlamas edi. Zero, ezilgan fuqaroning
dardi unga begona, mazlumning nolasi esa tushunuksiz edi. Shuning
uchun ham u vaziyatga toʻgʻri baho berish qudratidan mahrum edi.
Gamilton Grant kirib kelganda ham u hali xayollar domida edi. —
Oradan oy oʻtyapti, — dedi noib-qirol, unga bir qarab olib. — Bir
haftalik urush deb ishontirgan edinglar. Gamiltonning tili gapga
kelmay, yelka qisdi. — General Yustesning holi tang. Talni ushlab
qololmaydiganga oʻxshaydi. — Toʻxtatish kerak. — Kimni,
afgʻonlarnimi? — dedi Chelmsford ovozini balandlatib. — Urushni...
urushni toʻxtatish kerak. Chelmsford odamni tahlikaga solishi
mumkin boʻlgan oʻtkir nigohini Gamiltonga qadadi. — Keyin-chi? —
Afgʻonlarning oʻylab koʻrishiga fursat beramiz. Bizning
yordamimizsiz ular uzoqqa borisholmaydi. — Rossiyaning yordami-chi?
— Rossiya yordam berish qudratiga ega boʻlguncha mamlakatning
sillasi quriydi. Omonulloxon tavbasiga tayanadi. Shu urushning
oʻziyoq uni nochor ahvolga solib qoʻydi. Ma’lumotlarga qaraganda
saroydagi ayrim qimmatbaho mollar sotilgan. Ruhoniylar urushdan
norozi. Bu katta gap. Buxoro amiri bu tentak Omonulloxonga
ta’sirini oʻtkaza oladi, deb oʻylayman. Buxoro Qizil Turkistonga
urush ochishi bilan Afgʻoniston oʻz-oʻzidan jihodga qoʻshiladi.
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 2
Turkiston yerlari hisobiga mulkni kengaytirishdan qaytadigan
amir hali dunyoga kelmagan. Hatto Habibulloxon hamshunaqa umidda
edi. — Yanglishmasam, Habibulloxonning Hindistonga ham ishtahasi
bor edi, a? — Habibulloxon ahmoq, xomxayol edi. — Gamilton, bas
qiling, — dedi Chelmsford jahl bilan, — bu safsata, bu xom
rejalarga hatto oʻzingiz hamishonmaysiz. Toshkentdan yangilik
bormi? — Bor, ser. Omonulloxonning elchilari Toshkentda toʻxtab
qolganlar. Toshkent — Moskva yoʻli berk... Lekin...Moskva Leninning
Omonulloxonga javob maktubini ochiq matn bilan Toshkentga bergan.
Kobulga qandayyetkazilishi sir. — Ruslarning elchisi-chi? — Yoʻlga
chiqishgan. Elchi — Xmarin. Eronda bir tasodif bilan omon qolgan
edi. — Ana, koʻrdingizmi? Eronda tasodif bilan omon qolgan. Bir
tasodif bilan yoʻlga chiqdi. Yana bir tasodif bilanKobulga yetib
keladi. Keyin qarabsizki, diplomatik aloqa oʻrnatilib, shartnomalar
imzolanib turibdi! — Ser, ular hali Kobulga yetib kelishgani yoʻq.
Biz hammasini aniq rejalashtirganmiz. — Gamilton, ular chegaradan
oʻtgan kuni bu yerdan qorangiz oʻchadi. Gamilton bosh egdi. —
Xotirjam boʻling, ser, biz hali siz bilan birga koʻp ishlaymiz.
Chelmsford uning bu surbetligidan gʻashi kelib, «boring», deganday
qoʻl siltadi. Gamilton yengil ta’zim qilib chiqibketdi. Oʻsha kuni
Chelmsford Bosh shtabga buyruq joʻnatdi. Bir oy davom etgan urush
Buyuk Britaniya uchun samarasizbarham topdi.
2
Tashvishni botmonlab bergan, fursati kelganda shodlikni ham
qoʻsha-qoʻsha berarkan.Bir oy mobaynida yurtni bosib turgan rutubat
koʻtarilib, hech kutilmaganda quyosh koʻrindi.Bomdoddan soʻng boqqa
chiqqan Omonulloxonning koʻngli ravshan tortdi. Nazarida Kobulda
hech mahalbugungiday beozor tong otmagan edi. Osmon tiniqligi shu
bugungiday bokira, qushlar chugʻuri shu bugungidayserjarang,
barglar shiviri shu bugungiday huzurbaxsh boʻlmagan edi. Bu tong
unga uzoq xastalikdan forigʻ boʻlib,koʻzi charaqlab ochilgan kishi
quvonchini nasib etdi.Avval sardor Nodirxonning sarhadni kechib
oʻtib, inglislarni gʻaflatda bosgani haqidagi xabardan koʻngli yoz
boʻldi.Otasining oʻlimida uning ham aybi muqarrar deb bir necha kun
hibsda ushlab turganiga, sardor salorlik unvonidanmahrum qilganiga
pushaymon yedi. Vaqtida insof berib, sardorni ozod etgani, unga
qanot qoʻshinni ishonibtopshirganidan bir nav quvonib, Xalloqi
olamga shukrlar aytdi. Kecha oqshom esa barqi ibtilo1 barham
topgani,inglislar muhoribani bas qilgani haqidagi xushxabar
bagʻri-dilini yoritib yubordi. Qorongʻilik elchisi boʻlmishoqshom
yurtning quyoshli kunlari boshlangani haqida xabar
keltirdi.«Jannatmakon padarim to soʻnggi nafasiga qadar jur’at
qilolmadi. Hazor-hazor lashkari boʻlgani bilan inglisningahvoli bu
ekan. Bir oylik zarbamizdan hayiqdi. Buyuk Afgʻonistonning
ozodligiga endi kim shak keltira oladi? Hechkim!» Amir xayoliga
kelgan bu gapdan kulimsirab qoʻydi.Orqa tomonda oyoq sharpasi
kelib, amir shart oʻgirildi.— Amir sohib, xushxabar oldik, — dedi
Tarzi unga yaqinlashib.— Lashkarimiz Simlaga yetibdimi? — dedi amir
hazil ohangida.— Bundan ham a’lo xushxabar, amir sohib. Oʻrusiya
poytaxtidan javobnoma yetib keldi. — Tarzi shunday debqoʻlidagi
qogʻozni uzatdi.— Oʻqing, — dedi amir nomani qoʻliga olmay.Tarzi
burniga koʻzoynagini qoʻndirib, oʻqishga tutindi:«Afgʻoniston amiri
amir Omonulloxonga. Ozod va mustaqil afgʻon millati nomidan rus
xalqiga salom yoʻllab yozilgan hamda siz, hazrat oliylarining
taxtga
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 3
oʻtirganingiz xabar qilingan ilk maktubni olib, ishchi-dehqon
hukumati va butun rus xalqi nomidan oʻz ozodliginixorijiy
mustabidlardan qahramonona himoya etgan mustaqil afgʻon xalqiga
shoshilinch javob salomini yoʻllaymiz.Siz, hazrat oliylarini, 1919
yil 21 fevralda taxtga oʻtiruvingiz munosabati ila muborakbod
etamiz... ... Mazkur salomnomani afgʻon xalqiga yoʻllar ekanmiz,
oʻzimizni behad baxtli hisoblab, siz hazrat oliylaridanxalqingiz
doʻstlarining doʻstona ta’zimini qabul qilishingizni soʻraymiz.
Moskva shahrida 1919 yilning 27 may kuni yozildi».Tarzi qogʻozdan
koʻzini olib, amirga qaradi. Omonulloxonning nigohi uzoqqa, poytaxt
etagi borib tutashgan ufqdaedi. U eshitganlarini bir-bir xayolida
takrorlab, mushohadaga berildi. Tarzi undan sado chiqishini ancha
kutdi.— Shoʻravi Rusi bizga bagʻrini samimiy tarzda ochgani rost
boʻlsa, endi bu yurt orqali Ovruponing barcha yerlarigaboruvimiz
mumkin. Mustaqil Afgʻoniston yoʻllari ochildi.Amir Rossiyaning
gʻarbidagi davlatlar bilan hali-beri til topisha olmasligini hozir,
shu topda xayoliga keltira olmasedi. Uning fikricha,
Afgʻonistonning yagona dushmani — Ingliston, qolgan mamlakatlar esa
ular bilan bajonidildoʻst tutinadilar. Omonulloxon achchiq haqiqat
bilan keyinroq, yil oyoqlaganda, RSFSR Tashqi ishlar xalq
noziriChicherindan noma olib, gʻarbdagi mamlakatlar Muhammad
Valixonning safariga monelik bildirganlaridan xabartopganida
yuzma-yuz keladi. Hozir esa bu noxushliklardan ancha berida,
dastlabki quvonchli xabar ogʻushida nekbinrejalar tuzadi.—
Xushxabar faqat shugina emas, amir sohib. Chopara muxtor
vazirimizning Toshkentga yetganini ham xabar qildi.Toshkentda
Kobulga qarab Shoʻravi Rusi vakolasining yoʻlga chiqishiga harakat
bor emish.— Nur alan-nur. Shimoldagi noiblarga farmon joʻnating,
saforat ishlari bilan kelmish Shoʻravi Rusi a’yonlarigaafgʻon
xalqining eng aziz mehmonlari qatorida izzat koʻrsatilsin.
Ziyon-zahmatsiz yetib keluvlari uchun javobgardirular.Amir bir-ikki
qadam yurib, yana toʻxtadi.— Padarim Oʻrusiyaning niyatini bilmoq
istagida edi, — dedi oʻychan ohangda. — Arqonni uzun tashladi,
behaduzun tashlab yubordi. Bu faqat Inglistonga naf berdi, katta
naf berdi. Endi nadomatdan ne foyda? Kamolni oʻylamoqvaqti yetdi.
Endi tijorat ishlarini yoʻlga qoʻymoqni mulohaza qilish darkor.
Ovrupo bilan boʻlajak tijorat ishlariniafgʻon savdogarlari qoʻliga
bermoq lozim. Ibriylar, tojiklar, oʻzbeklar tijoratda afgʻonlarni
siqib qoʻyishlari barhamtopmogʻi shart. Afgʻon tijorat ahli bunga
qodirmi?— Shak-shubhasiz, «Semmar» tijorat jamiyati — qand, quruq
meva boʻyicha, «Omonie» — teri, «Birodaroni afgʻon»attorlik, gazmol
boʻyicha mustaqil ish yuritishlari mumkin.— Bu kifoya emas. Bu bahr
yuziga tomgan shabnam, xolos. Yaxshi qoʻshniga ega boʻlgan yurt
bunga kifoya qilaolmaydi.Amir shunday deb bogʻdan chiqdi. Ikkinchi
qavatga koʻtarilib, mukammal bejalgan serbar xonasiga
kirdi-da,yumshoq oʻrindiqqa oʻtirib, qaynotasiga yonidan joy
koʻrsatdi.— Olloh koʻnglimga yaxshi niyat soldi, — dedi.— Muborak
boʻlsin, - dedi Tarzi.— Mustaqilligimiz hamda muhoribadagi
gʻalabamiz sharafiga yangi dorulsaltanat bino qilamiz. Unga...
Dorul Omondeb nom beramiz. Bu istagimizni «Siroj ul axbor»ingiz
orqali fuqaroga yetkazing. Darvoqe, — amir kursi ustidagigazetani
qoʻliga oldi, — qoʻshiqlar beribsiz, oʻzingiz yozganmisiz?Amir
javob kutmay oʻqidi:Inglislar uylarimiz xonavayron ayladi, Yulduz
misol tillo sochib, tangu sarson ayladi. Niyati qul qilmoq erdi,
bizni hayron ayladi, Qon qusgan yurt boʻldi doʻzax, ani makon
ayladi. — Durust aytilgan. Doʻzaxni makon aylaganlari rost. — Amir
sohib, bu qoʻshiq fuqaro ogʻzida yuribdi, men toʻqiganim yoʻq.
Shoʻrbozorda eshitib, yozib olib, menga keltirdilar. — Dono odam
toʻqibdi. Nomi ma’lum boʻlganda zarga oʻrar edim.
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 4
— Bu qoʻshiq qalbning mahsuli. Bu qalb zarga emas, ozodlikka
muhtoj edi, yetishdi. Unga bundan ulugʻ mukofotdarkor emas. —
Shoʻrbozorda shunday qoʻshiqlar aytilar ekan, yurt osoyishtaligidan
koʻnglim toʻq, — dedi amir shodliginiyashirmay. — Koʻngiltoʻqlikka
hali fursat bor. Qoʻshiqlarni eshitmay, deb quloqlarini berkitib
oladiganlar hisobsiz hali. — Biz bu quloqlarga qoʻrgʻoshin quyamiz.
Bunga qudratimiz yetadi, ha!
3
Bismillahir Rohmanir Rohiym.Musulmon ahlining umidi, dinimiz
peshvosi, piri rohimiz, umrlari uzun boʻlg‘ur piramandu
donishimizga.
Ollohning inoyati ila yetib ma’lum boʻlsinkim, Toshkanddin pok
niyat ila yoʻlga chiqg‘on Mirkomil hoji BuxoroiSharifga
ziyon-zahmatsiz yetib keldilar. Mirkomil hoji Buxoro amiri Said
Olimxon birlan uzoq suhbat qurib,
musulmonlarning jihodi akbarg‘a koʻtariluvida Buxoroi Sharif ila
Afg‘oniston zimmasiga Olloh oliy sharaf yukinitashlaganini aytub
ishontirdilar. Buxoro amiri Said Olimxon amir hazratning
Afg‘oniston amiriga murojaati,
yovgarchilikni bas qilub, Ingliston ila yarashmoq, Inglistondan
yordam pullarini olmoq va shuning muvoziysidayov-yaroqlarga ega
boʻlmoqni taklif etib yozgan nomai muboraklari chopar ila yoʻlga
chiqdi. Buxoroi SharifgaInglistonning yov-yaroqlari va oltmish dono
a’yoni yetub keldi. Ular jihodi akbarimizda oʻz ulushlarini
qoʻshish
nitini bildirdilar. Shu bois Afg‘onistonning Inglistonga qarshi
yarog‘ koʻtarmog‘i nojoizdur va amirning bunga aminboʻluviga
sizning donish soʻzlaringiz lozimdur.
Kuni kecha qulog‘imizga yetib kelgan xabar Toshkanddan shoʻro
vakolasi yoʻlga chiqqanini ma’lum qildi. Ollohularning safarlarini
barvaqt qaritgay. Agar tasodif boʻlib, shaytonu lain koʻmagida
qoʻlimizdan chiqub, Kobulga
yetishishsa, Pandin viloyati, Koʻshk, Karki, Tirmiz qal’alarini
iltimos qilmoq kerak. Bu holda Oʻrusiya vakolasikelishuvdan
chekinadi. Bizga faqat fursat lozim. Omonulloxon Oʻrusiyaning doʻst
boʻlmasligiga inongach, jihodi
akbar fursati yetadi. Mazkur rejadan xabar topgan-topmaganingiz
kaminaga noma’lum boʻlgani uchun yana qisqabayon etmoqni lozim
topdim. Mirkomil hoji bu sahar Karki sari yoʻlga chiqadilar. Mazori
Sharifda bul zot Hasanxon
hazrat bilan eson-omon koʻrishib, soʻng safarlarini birgalikda
davom ettiradilar. Bul ikki e’tiborli zotning amirOmonulloxon ila
muzokara yurituviga oʻzingiz koʻmak bergaysiz.
Duoyi bilonihoya va salomi mushtaqona addoyi muxlisingiz.
Qodir ogʻa hazrat koʻzlarini yumdi. «Bu qanday baloligʻ boʻldi?
Inglistondek ulugʻ qudrat muhoribani nechun basqildi. Yarashni
Omonulloxon taklif etmagi oʻrniga, ular past keldilar.
Omonulloxonni endi tizginlab boʻlar ekanmi?Oʻrusiya vakolasi
Kobulga yetib kelgan taqdirda bu shakkok zinhor-bazinhor jihodga
koʻtarilmaydi...»Qodir ogʻa hazrat xayoliga kelgan bu fikrdan oʻzi
ham seskanib ketdi. Beixtiyor qarsak chaldi. Eshik ogʻzida
oʻspirinkoʻrindi.— Davot-qalam keltir, — dedi hazrat.Oʻspirin
aytilganni muhayyo qilib chiqib ketgach, hazrat xat bita
boshladi:«Bismillohir ar-rahmonir ar-rohiym...Mazori Sharifning
noibi Vazir Adali hazrat noibga duoyi salom.Ulugʻ
Afgʻonistonimizning aziz boshiga yogʻilayotgan kulfatlar,
yogʻilajak musibatlar munosabati ila sizga murojaatqilmakni lozim
topdim. Omonulloxonning taxtga oʻtiruvidan norizo ekaningizdan
benihoya quvondim, bushijoatingiz va donoligingiz evaziga Ollohning
marhamatiga erishgaysiz. Omonulloxonning aldangan sarbozlarqudrati
ila taxtga erishgani Yaratganga maqbul kelmaydi. Halloq oʻziga
maqbul moʻminga lozim koʻradi taxtni.Shukrkim, yurtning asl amiri
Nasrulloxon, amirzoda Inoyatulloxon sihatiga ziyon-zahmat yetmadi.
Ularning jonisaqlab qolingan ekan, taxtning ham qaytarib beriluvi
muqarrardir. Taxt ularga ravo koʻrilmagan taqdirda,
sizdekmusulmonsheva va xiradpeshalar borki, yurt amirsiz
qolmas.
http://www.kutubxona.com/wiki/index.php?title=Tasvir:Aquote1.pnghttp://www.kutubxona.com/wiki/index.php?title=Tasvir:Aquote2.png
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 5
Alqissa, xudodot yurtimiz taqdiriga kuyinmoq vaqti yetdi.
Inglistonning muhoribani bas qilgʻoni yurtga kamolbermas, bil’aks,
musibatlarga roʻbaru qilar. Shul bois, Omonulloxon Ingliston
hukumatiga uzrnoma bitishi joizdirki,uning bunday qiluviga
ishonchim yoʻq. Amir Oʻrusiya ila doʻstlashmoqda, alar koʻmagiga
umidvor. Bu umid iplariniqirqa olsak, Ingliston marhamatiga
erishamiz, bu demak, Turkiston yerlari hisobiga Afgʻoniston mulki
kengayib,qudratiga qudrat qoʻshilgusi, Amir nomasining Mazori
Sharif orqali Tirmizga yetkazuvlari sizdan oʻtgan xatolikdir.Siz
bunga yoʻl bermasligingiz lozim edi. Menga yetib kelgan axbor
Oʻrusiya elchilarining yoʻlgahozirlanayotganlarini ma’lum qildi.
Vakola zinhor Mazori Sharifga kirmasligi darkor. Oʻrusiya
vakolasidan ilgarituprogʻimizga Toshkanddin tabarruk zot qadam
qoʻyadi. Sizning qanotingizdagi yana bir oliy zot hamrohligida
uMazori Sharifda uzoq qolmay, shoshqich Kobulga yetib keluvi shart.
Sizning xizmatingiz, Yaratganning inoyati ila,inshoolloh, shunday
boʻlajak.Shuning bilan birgalikda, ishonchli mulozimlaringizni
daryoning u qirgʻogʻiga joʻnating, ular Oʻrusiyaning
zulmi,Afgʻonistonning muruvvati haqida gap yoysinlar. Avomni bunga
ishontira olsak, u yerlarni Afgʻoniston mulkigaqoʻshmoq oson
kechadi.Siz bilan xudodot yurtimizning omonli kunlarida diydor
koʻrishmak nasib etishini Ollohdan iltijo etib, duoyi joningizqilib
qoluvchi piringiz...»Qodir ogʻa hazrat nomani yana bir qayta oʻqib,
koʻngli xotirjam topgach, qarsak chaldi.— Akangni chaqir, — dedi u,
ostona hatlab ta’zim qilgan oʻspiringa.Bir zumdan soʻng qoruvli
yigit kirib keldi.— Qalandarlar bilan safarga otlan. Mana bu nomani
Mazori Sharifga tezlikda yetkaz. Boshing ketsa ketsin,
nomagaoʻzgalar nazari tushmasin.
Uchinchi bob - tahlikali kunlar
1
Asadullaning ham, Shuvalovning ham tundlashib qolganini
Ushinskiy sezdi. Asadullaga bir-ikki savol berib, tayinlijavob
ololmagach, toqati toq boʻldi. Chorjoʻyga yetishgach, Shuvalovning:
«Yuklarni tushirmay turinglar», degangapini eshitib, sabri
chidamadi.— Oʻrtoq Shuvalov, nima gapligini balki bizga tushuntirib
berarsiz? — dedi u istehzo bilan.— Tushuntirib beraman, Veniamin
Samoylovich, elchi bilan maslahatlashib olay-chi?— Elchi bilan
birgalikda maslahatlashamiz.Shuvalov: «Bu qanaqasi?» — degan savol
nazari bilan Asadullaga qaradi.— Paysalga solmaylik, — dedi
Asadulla, — tezdan bir fikrga kelib olishimiz kerak.Uchovlari
oldinma-keyin Xmarinning kupesiga kirdilar. Kiyimlarini jomadonga
joylayotgan elchi bundan hayronboʻldi.— Nikolay Zaxarovich, — dedi
Shuvalov, — safarni qaysi yoʻl bilan davom ettirishni oʻylab
olishimiz kerak.— Nimasini oʻylaymiz, yoʻlimiz aniq belgilangan. Bu
yerda paroxodga oʻtiramiz, keyin Karki...— Nikolay Zaxarovich, men
faqat harbiy maslahatchi emasman, balki shu safar xavfsizligini
ta’minlashga ham javobberaman. Shu sababli belgilangan yoʻlni
oʻzgartirishni taklif qilaman.— Sabab? — dedi Xmarin ajablanib.—
Ha, sababini ayting, — dedi Ushinskiy oraga suqilib.Shuvalov
yoʻl-yoʻlakay mulohaza yuritib, orada gʻayri maqsadli odamlar
borligini aytmaslikka qaror qilgan,bularning shunday savolni
oʻrtaga qoʻyishlarini hisobga olib, javobni ham tayin qilib qoʻygan
edi, shu sabablikalovlanib oʻtirmadi:— Biz Buxoro amiri yerlaridan
oʻtib borishimiz kerak. Bunga amirning ruxsatini olgan boʻlsak ham,
yoʻlimiz xatarli.Kutilmagan hodisaga duch kelishimiz mumkin.
Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, safarimizni toʻxtatishga
qaratilganharakatlar mavjud. Ular bizni aynan shu Karki yoʻlida
kutishlari mumkin. Chunki, birinchidan, bu eng yaqin
yoʻl,ikkinchidan, yurar yoʻlimiz ularga ma’lum boʻlishi kerak.
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 6
— «Ular» deganingiz kim? — dedi Ushinskiy. — Said Olimxon
odamlarimi?— Kimligini aniq aytolmayman.— Nimani taklif qilasiz? —
dedi Xmarin oʻyga tolib.— Mari, Koʻshk orqali Hirotga oʻtish kerak.
Bu yoʻl uzoq, shuning uchun bizni kutishmaydi.— Safarimiz necha kun
choʻziladi shunda? — dedi Ushinskiy norozi ohangda. — Yoʻq, oʻrtoq
Shuvalov, sizvahimachi ekansiz. Yoʻlda pistirma boʻlsa nima? Quruq
qoʻl bilan ketayotganimiz yoʻq-ku? Undan tashqari, «elchigaoʻlim
yoʻq», degan gap bor.— Veniamin Samoylovich, hozir bunaqa qoidaga
amal qiladigan zamon emas.— Bahslashmanglar. Men oʻylab koʻraman, —
dedi Xmarin.— Bu nima deganingiz? — dedi Ushinskiy Xmaringa
tikilib.— Tushunmadingizmi? Oʻylab koʻrib, bir qarorga kelaman.—
Yoʻ-oʻq, azizim, bunaqa anarxiya ketmaydi. Birga oʻylab, birga
qaror qilamiz.— Veniamin Samoylovich, men elchiman, demak, vakola
hay’ati menga boʻysunishi kerak, diplomatiya qonuni bu.— Bunaqa
qonunlar imperator zamonasida qolib ketgan, bu boshqa zamon. Siz
bizga, firqa guruhiga boʻysunasiz.— Janoblar, uzr, grajdanlar, —
dedi Xmarin tutaqib, — bu mutlaqo mumkin emas. Maslahatlaringizga
albatta quloqsolaman, ammo elchining yordamchilariga boʻysunishi...
Agar bolsheviklar menga ishonishmasa, izimga qaytishimmumkin.—
Nikolay Zaxarovich, bu gapdan xafa boʻlmang, — dedi Asadulla, uni
shahdidan tushirish maqsadida. — Bizdiplomatiya ishlaridan
bexabarmiz. Lekin koʻpchilik bilan bamaslahat bitadigan ish
pishiqroq boʻladi. Bolsheviklarsizga ishonishmasa shunday muhim
ishni yuklashmas edi. Biz hoziroq bir qarorga kelishimiz kerak.
VitaliySergeevich taklifini qabul qilsak, yuklarni tushirmasak. Men
ham Hirot yoʻlini ma’qullayman.Koʻpning maslahatiga boʻysunish
haqidagi gap Xmarinning hamiyatiga tegib, battar oʻjarligi tutdi:—
Gap bunday, azizlarim, anarxiyaga yoʻl qoʻyilmas ekan, unda
avvaldan belgilangan yoʻldan boramiz.— Men ma’qullayman, — dedi
Ushinskiy shoshilib.Shuvalov yoʻlda pistirma bor-yoʻqligini aniq
bilmas edi. Shu sababli ularga qat’iy qarshilik koʻrsata olmadi.
Yuklartushirilib, vakola ixtiyoriga ajratilgan eski paroxodga
ortildi. Shuvalov ehtiyot choralarini koʻrishga majbur
boʻldi.Chorjoʻy qal’asidan qoʻshimcha askar, oʻq-dori, bitta
zambarak, bitta pulemyot olib, kemaga barja ulatdi. Kemadargʻasi
bundan norozi boʻlib, toʻngʻilladi:— Shu dumsiz ham besh kunda
zoʻrgʻa yetamiz, oqimga qarshi suzish oson ekanmi?..Kun tikkaga
kelganda, quyosh tigʻiga chiday olmaganlar oʻzlarini kayutalarga
urdilar. Asadulla ham dastlabkayutada oʻtirdi. Keyin nafasi qaytib,
yuqori sahnga chiqdi. Kemaning tumshuq tomoniga oʻtib, yoʻgʻon
arqongasuyangancha ayqirib oqayotgan loyqa suvga tikildi. «Qadimda
Jayhun deganlaricha bor, tentak daryo — boshiniqayga urishni
bilmaydi...»Shu paytda daryo toʻlqinlari uzra xotiralari
qalqib-qalqib kela boshladi: «Hayotning oʻyini ham Jayhunning
oqishigaoʻxshaydi: visol sari oqdi, desang, bir buriladi-yu,
ayriliq oʻzaniga tushadi: quvonchga yoʻl ochdi, desang,
qaygʻugaqarab boshlaydi. Endi hayotning nagʻmasi qanday
boʻlarkin?.. Hayot ostonada kutib turolmaydi. Shu daryo
mavjidaybostirib kelaveradi. Oʻzingni oʻnglab ololmasang,
chilparchin qilib qirgʻoqqa uloqtiradi-yu, yana olgʻa
ketaveradi.Hijron kishanlarini shu toʻlqinlarga ura olgan odamgina
omon qoladi. Men shunga qodirmanmi?..»— Asad Mira’lamovich,
xayollaringizga sherik qilasizmi?Asadulla nozli ovozdan oʻziga
kelib, orqasiga qaradi: oq koʻylak, keng soyabonli oq shlyapa kiyib
olgan dilbar ayol,elchining kotibasi — Valentina Nikolaevna unga
shirin jilmayib turardi. Asadulla uning yoniga keldi.
— Oftobdan qoʻrqmaysizmi? — Bu oftoblar menga begona emas, bu
yerlarda koʻp boʻlganman. — Yoʻgʻ-e? — Ha, otamning Ishqobod1da,
Marida ham zavodlari bor edi. Otam bilan koʻp kelganman. —
Dadangiz?
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 7
— Ha, dadam kapitalist edi, — ayol shunday deb kuldi. —
Qoʻrqmang, men kapitalist emasman. Dadam shunchakiinjener edilar.
Hozir Petrogradda tinchgina yashab yuribdilar. Siyosatga
aralashmaydilar. Men ham siyosatdanuzoqdaman. She’riyatni sevaman.
Siz shoir ekansiz, a? — Kim aytdi? Bekor gap. Shunchaki
havasmanadlik bor. — E, yoʻq, kamtarlik qilmang. Siz haqingizda
Toshkentda yetarli ma’lumot toʻplaganman. — Shunaqami, siyosatdan
uzoqdaman, deysizu razvedkaga yaqin ekansiz-da? — Ayol xandon otib
kulib yubordi. Asadullaning koʻzi uning oq yuzidagi kulgichga
tushib, eti jimirlashdi. ValentinaNikolaevna Sinelnikova oʻzining
chiroyli ekanini ham, kulishi erkaklarga yoqishini ham bilardi.
Hozir Asadulladagioʻzgarishni ayollarga xos sezgirlik bilan
payqadi. Payqadi-yu, odamovi tuyulgan bu erkakni ham
iydiraboshlaganidan oʻzicha yayradi. — Siz ayollarni bilmas
ekansiz, ayollarning hammasi erkaklar saltanatidagi razvedkachi.
Kerakli erkak haqida harqanday ma’lumotni toʻplashi mumkin. — Sizda
yana kimlar haqida ma’lumot bor? — Hozircha faqat sizga tegishli
ma’lumotga egaman, — Sinelnikova shunday deb nozli qarash qilib
qoʻydi. BundanAsadulla sergak tortib, jiddiylashdi. Undagi bu
oʻzgarish ham ayol nazaridan chetda qolmadi. — Siz Pushkinni
sevasizmi? — dedi ayol gapni boshqa yoqqa burib. — Uni koʻp
oʻqiganman. Menga Krilov yoqadi, undan tarjimalar ham qilganman. —
Pushkindan Krilovni afzal deb bilasizmi? Qiziq... Gurjistonning
dardlarin, goʻzal, Kuylamagil chok etib dilni: U eslatar menga har
mahal Oʻzga hayot, olis sohilni... Sinelnikova koʻzlarini yarim
yumib, she’r sehridan mast boʻlib oʻqirdi. She’r Asadullani ham
oʻziga tortdi. — Nahot shu she’rlardan Krilovni baland qoʻysangiz?
— dedi ayol norozi ohangda. — Baland qoʻymayman, lekin... xalqini
gʻaflat uyqusidan uygʻotmoqchi boʻlgan shoir ishqiy she’rlar bilan
kunkoʻrolmaydi. Buning uchun Krilovning she’rlari zarurroq. — Unda
oʻzingiz ham shunaqa she’rlar yozarkansiz-da, a? — dedi Sinelnikova
labini xiyol burib. — Oʻqibbering-chi... — Pushkinning shaydosiga
oʻqiydigan emas-da. — Noz qilmang, Asad Mira’lamovich, erkaklarga
yarashmaydi. Asadulla miyigʻida kulib, gapni hazilga olmoqchi
boʻldi:Bizim Toshkand elida ancha loy koʻb,Hisobni bilmagan bema’ni
boy koʻb...Sinelnikova kuldi, lekin boyagiday yayrab, xandon otib
emas, koʻngil uchungina kuldi. — Hafsalangizni pir qildimmi?
Aytdim-ku, shoir emasman, deb. — Menga ishqiy she’rlaringizdan
oʻqing. — Ishqiy?.. Bunaqasi yoʻq menda. — Qoʻysangiz-chi, sharq
she’riyatida ishqiy she’r yozmay boʻlarkanmi, jononning bitta
xoliga Samarqandu, Buxoroni berib yuborasizlar-ku? — Duch
kelganining xoliga emas, Valentina Nikolaevna, agar koʻngilni rom
etsa oʻsha jonon... — Nima, sizning koʻnglingizni hech kim rom
etmaganmi? — Rom etgan... Lekin mening koʻnglimda boshqa tashvish
ham bor edi. Xalqimni jaholat uyqusidan uygʻotishga bor kuchimni
sarflab, jononga Samarqandu Buxoroni berib yuborishni unutibman. —
Hazilni ham bilar ekansiz, a, dastlab koʻrganimda serjahl
odamdirsiz, deb oʻylovdim. — Xilvatda nimani sirlashyapsizlar?
Ikkovi ham ovoz kelgan tomonga baravar qarashdi. Asadulla
Ushinskiyni koʻrib, ta’bi tirriq boʻldi. Sinelnikova esa sir boy
bermay jilmaydi.
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 8
— Veniamin Samoylovich, savolingiz bir hikoyatni esimga soldi, —
dedi Asadulla ensasi qotganini yashirmay. —Bir bola qoʻshnining
uyiga usti yopiq toboqda taom olib borayotgan ekan. Bir kishi
uchrab: «E, oʻgʻlim, toboqdanima olib borursan? — debdi. Aqlli bola
shunday javob beribdi: «Ey, otajon, toboq ichindagi narsani kishiga
aytmoqva koʻrsatmoq darkor boʻlsa edi, usti oʻralmagan, ochiq
boʻlar edi...» Xuddi shunga oʻxshash, sirlashayotgan
boʻlsak,savolingizga nima deb javob qilamiz?.. — O, Veniamin
Samoylovich, sharq shoirlari bilan hazillasha koʻrmang. Ayniqsa
Krilovni qadrlaydiganlari ayaboʻtirmaydi. — Buni bilaman, Valentina
Nikolaevna, Asadulla Mira’lamovichning tillari qilich damidan ham
oʻtkir. — Boʻldi, chegaradan chiqmanglar, — dedi Sinelnikova
piching toshlari otila boshlaganini fahmlab. — BizPushkinni
eslayapmiz. Veniamin Samoylovich, qatorimizga qoʻshilishingiz
mumkin. — Minnatdorman, xonim, Pushkin! O, buyuk daho! — Uni
sevasizmi? — Uni sevmaslik — kaltabinlik! Asadulla tomoq qirb,
teskari qaradi. Ayol undagi oʻngʻaysizlikni sezmaganga oldi. —
Bitta she’rini oʻqib bering, Veniamin Samoylovich! — She’rini? —
Ushinskiy beoʻxshov kulimsiradi. — Bu kallada she’rga oʻrin yoʻq.
Hammasi manifestu chaqiriqlarbilan band. — Ayollarning koʻnglini
shu manifestlar bilan olasizmi? — O, ayollarning koʻnglini qanday
olishni bilamiz biz... Asadulla bu yerda ortiq qolgisi kelmadi.
Shilqimlik isi kela boshlagan suhbatdan dimiqqan kayutani afzal
bilib,ulardan uzr soʻradi.
2
Kun oqqanda kema langar tashladi. Shuvalov kayutada yotgan
Asadullani yuqori sahnga chaqirdi. — Dargʻaning aytishicha, anov
tepalik ortida turkmanlarning ovuli bor ekan. Yoningga bir-ikki
musulmonlarni olib, borib kel, yon-atrof tinchmi, soʻrab-surishtir,
— dedi. Keyin yaqinlashayotgan elchiga yuzlandi. — Nikolay
Zaxarovich, shu yaqi oʻrtada ovul bor ekan. Mira’lamovich borib
kelsin. Oziq-ovqat xarid qilish kerak. — Mayli, borsinlar, — dedi
Xmarin hafsalasizlik bilan. Sinelnikovaning atrofida girdikapalak
boʻlayotgan Ushinskiy Asadulla, Zikriyo afandi va toʻrt afgʻonning
qirgʻoqqa tushganini bilmay, dogʻda qoldi. Bir barxanni oshib
oʻtib, yalanglikka chiqdilar. Yalanglikda oʻttizga yaqin oʻtov
tikilgan, atrofda qoʻy-echkilar yoyilgan edi. Ovulga
yaqinlashayotgan begonalarni koʻrib, oqsoqol peshvoz chiqdi. — Xosh
keldingizlar, — dedi u salomga alik olib. — Karkiga yoʻl olganmiz,
ortiqcha non-goʻshtingiz boʻlsa sotib olaylik, — dedi Asadulla. —
Musulmonmisanlar baring? Asadulla sheriklariga qarab oldi. —
Alhamdulilloh... — Unda senmas ekansanlar. Bizga oʻruslar keladi,
deyishib edi. Oʻruslar kelsa oʻtkazmanglar deyishgan. — Nimaga? —
Karkida zulm qilishibdi. Bizga yarogʻ qoldirishdi. — Kimlar tashlab
ketdi? — E, oʻgʻlon, surishtirishingdan oʻruslaring borga
oʻxshaydi. Demak, senlar ekansan. Izzating borida qayt. Boshlaring
balolalarga qolmasin. Qariya shunday deb irgʻay tayogʻini
doʻqillatib, orqasiga qaytdi. Asadulla va Zikriyo afandi bir-biriga
savol nazari bilan tikilgan holda turib qoldilar. Keyin orqalariga
burildilar... — Ovullarni qurollantirishibdi, — dedi Asadulla
Shuvalovga. — Qaytish kerak, hali ham kech emas, — dedi
Shuvalov.
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 9
— Bir gap topib keldingizmi? — dedi Xmarin ularga yaqinlashib.
Asadulla aytdi. Bu orada Ushinskiy bilan Sinelnikova ham ularga
qoʻshildi. Jiddiy maslahat ketayotganini bilib, Ushinskiy avval
Zikriyo afandiga yuzlandi: — Bizning muhim gapimiz bor, iltimos,
holi qoʻysangiz, — soʻng Sinelnikovaga qaradi. — Valentina
Nikolaevna, uzr, sizni toliqtirib qoʻymaylik. — Veniamin
Samoylovich, sizdan iltimos, Zikriyo afandiga bunday muomala
qilmang. U hamma gapdan boxabar, — dedi Asadulla uning qiligʻidan
norozi boʻlib. — Mana shu ishingiz bekor. Muhojirga ishonishga
haqqimiz yoʻq. Ular past ovozda bahslashib, bir qarorga kela
olmadilar. Sahnda davra qurib oʻtirgan afgʻonlar ularga qarab-qarab
qoʻyib, bezovtalanishdi. — Ertalab hal qilamiz, — dedi Xmarin
bahsga yakun yasab. — Hozir sir boy bermaylik. Yuringlar, afgʻonlar
bilan gurung qilaylik. Afgʻonlar ularni oʻrinlaridan turib
qarshiladilar. — Mirza Qandilxon, gapimiz chala qolib edi, — dedi
Xmarin chordana qurib, — demak, amir Omonulloxon Inglistondan tap
tortmabdi-da, a? — Ha, sohib, tap tortmadi. Avom jon desa jonini
bermoqqa tayyor hozir. Eronda ham shu holmi? — Yoʻq, Mirza, Eronda
butkul aksi. Rossiya Eronga mustaqillik bergan edi. Mustaqillikni
asray olmadi. Xmarin Eron voqealarini aytishga tutindi. Afgʻonlar
uni qiziqib jon qulogʻi bilan tinglashar, Said Gʻafforbek esa undan
koʻzini uzmas edi. Xmarin bu oʻtkir nigohni sezdi. — Muhtaram Said
Gʻafforbek, hikoyam sizga ma’qul kelib qoldi shekilli, a? — dedi u
bir mahal. Said Gʻafforbek bunday murojaatni kutmagan edi, shu bois
javobga shoshilib qoldi. — Ha, ha, —dedi u, — gʻoyat qiziq hikoya.
Eronning ahvoli koʻp mushkul ekan. — Siz ham yurt kezganga
oʻxshaysiz, koʻlaringiz aytib turibdi, yoʻl uzoq, hamsuhbat
boʻlaylik, hangoma qilaylik. — Yurtlarni kezganim rost, biroq
muxtasar gapni xushlayman: yoʻl quvlagan xazinaga, gap quvlagan
baloga yoʻliqarkan. Xazinaga yoʻliqaylik ilohim, — u shunday deb
yuziga fotiha tortdi. — Nasib qilsa hali koʻp suhbat qurarmiz.
Hozir toliqdim. Yak nafas huzur — taxti Sulaymon, deydilar... Said
Gʻafforbek oʻrnidan turib, kayutaga tushib ketdi. Shuvalov Asadulla
bilan koʻz urishtirib oldi. «Biri — Gʻafforbek. Sherigi kim?» Har
ikkovining xayolida shu jumboq hukmron edi. Telba daryo mast uyquga
kirib toʻlgʻandi. Qorongʻilik hammayoqni bir tekisda bagʻriga oldi.
Tiniq yulduzlar osmonga sochilgan choʻgʻday porillaydi. Daryodan
koʻtarilgan yengil shabada goʻyo shu yulduz — choʻgʻlarni alanga
oldirmoqchiday yuqoriga intiladi. Kemaga kuchi yetmagan toʻlqinlar
barjani siltab-siltab tortadi. Kayutalardan xurrak ovozi
eshitiladi. Asadullaning ham, Shuvalovning ham kiprigiga uyqu
ilashavermadi. Shabada osmondagi choʻgʻlarni yondira olmadi,
aksincha, oʻchirib qoʻyib, tongni uygʻotib yubordi. Barxanlar
ortidan bostirib kelgan tong hademay yoyilib ketdi. Xmarin olgʻa
qarab yurishni buyurdi. Peshinga yaqin oʻng qirgʻoqdagi barxanlar
ustida turkmanlar koʻrinib, miltiqlarini silkitganlaricha baqira
boshlashdi. — Toʻxtashni talab qilishyapti shekilli? — dedi
Shuvalov ularga xavotir bilan qarab. — Toʻxtamasak, otishadi. —
Toʻxtang! — deb buyurdi Xmarin, dargʻaga qarab. Keyin Asadullaga
yana yuzlandi. — Gaplashib kelish kerak ular bilan, borib keling. —
Men ham boraman. — Veniamin Samoylovich, bunaqa ishni
musulmonlarning oʻzlari bajargani ma’qul, men bularning fe’lini
bilaman, — dedi Xmarin. — Asadulla Mira’lamovich, Zikriyo afandi
bilan birga boring. Ular oq bayroq koʻtarib, sohilga tushdilar.
Arkoni harbdan ikki otliq ajralib, ularga yaqinlashdi. Otliqlarning
ikkalasi ham yelkasiga miltiq, beliga qilich osgan, keksayib
qolganiga qaramay, egarda tetik oʻtirishardi. Ular otdan tushib,
elchilar bilan omonlashdilar.
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 10
— Bekbobo, bu harakatlaringizning boisi ne? — deb soʻradi
Asadulla. — Kemamizga oq bayroq ilganmiz. Buyerlardan oʻtuvimizga
amiringiz Said Olimxon izn berganlar. Qariyalardan biri engagidagi
siyrak soqolini silab, oʻtkir nigohini Asadullaga qadadi. Ammo
savolga javob bermadi. — Bekbobo, — dedi yana Asadulla, — biz
sizlarga mehmonmiz. Daryo uzorindan Karkiga borib,
undanAfgʻonistonga oʻtib ketajakmiz. Balki sizning askarlaringiz
bizning kimlar ekanligimizni bilmaslar, balki bizlarnidushman
hisoblab otish ochgandirlar? — Bolam, bizlarni tentak fahmlama, —
dedi tikilib turgan qariya, — sen bilganni biz-da bilamiz. Bizning
oʻruslarbilan oramiz buzuldi. — Sabab nima, bekbobo? — Sababini
bilmaysanmi? Bilmasang aytay, eshit: oʻruslar Karkida turkmanlarga
zulm qildilar. Beklarni tutiboʻldurdilar. Uylarni yondurdilar.
Bola-baqrani ham oʻldirishdan toymadilar. Insoniyat nuqtai
nazaridan bundayxoʻrlikka chidashga toqatimiz qolmadi. Yo najot, yo
oʻlim! Yo ishlarimizni oʻngarib olamiz, yo barimiz
qirilibbitamiz.
— Qirilib bitishdan oʻzi asrasin, bekbobo, yaxshi nafas qiling.
Turkmanlarning baxti ochilib ketsa ajabmas. Bekbobo, ruslarning
zulmini oʻzingiz koʻrdingizmi? — Zamin bevafo boʻlib qoldi, bolam,
hech kimga ishonolmaymiz! Mana sen musulmonsheva ekansan, gaplaring
ma’nili, ammo ishonmayman. Hozir yaxshi gaplar gapirib, Karkidagi
birodarlaringga yarogʻ olib ketayotgandirsan? Kemaning dumida
zambarak koʻrdim? — Yarogʻimiz bor, ammo zinhor koʻmakka
borayotganimiz yoʻq. Karkida turkmanlarga zulm qilinganini sizdan
bilib, hayratda qoldim. Bunday boʻluviga sira ishonmayman. Sizlarni
aldashgan. Soʻzimga inonmasangiz, mayli, kemani bunda qoldirib,
oʻzimiz qayiqqa oʻtirib boraylik manzilimizga. — Boʻlmaydi, bolam,
qayiq tugul chibinni ham oʻtkazmaymiz. Biz oʻtkazsak-da, narida
boshqalar bor. Nobud boʻlishingiz tayin. — Bekbobo, unda bizning
Afgʻonistonga safarimiz nima boʻladi? Biz urush boʻlmasin,
musulmonlarning qoni behuda toʻkilmasin, musulmonlarning ham
bagʻriga shamol tegsin, oʻzining nonini oʻzi yesin, boshqalar
tortib olmasin, degan kelishuvni afgʻon amiriga yetkazmoq uchun
xayrli safarga chiqib edik. — Gaping chinmi? — Bekbobo, sizni
aldamoq gunoh emasmi? — U holda... Kemadan tushinglar. Elchiga
oʻlim yoʻq. Yarogʻlaringni bizga beringlar. Biz sizlarni ot-arobaga
oʻtqazub, bir kecha-kunduzda sarhadga yetkazib qoʻyamiz. —
Ichimizda oʻruslar ham bor, ular-chi? — Kim boʻlsa boʻlsin, odam
ayirmaymiz. — Bekbobo, oʻzingizni urintirmay, bizlarni oʻtkazib
yubora qolmaysizlarmi? — Bolam oʻzbekmisan, oʻzbeklar oʻjarmas-ku?
Men senga bogʻona aytdim. Karkiga bora-borguncha askar koʻp. —
Bekbobo, u holda men kemaga qaytib, birodarlarim bilan maslahat
quray. Balki yoningizga qaytarman. — Turkman bobongning gapiga kir.
Nobud boʻlasan yoʻqsa. Asadulla kemaga qaytganda Shuvalov barchani
qurollantirib ulgurgandi. Kema xizmatchilari pastdagi toy
paxtalarni yuqoriga tashish bilan ovora edilar. Xmarin, Shuvalov,
Ushinskiy kema quyrugʻida elchining qaytishini sabrsizlik bilan
kutishardi. Asadulla ularga turkman begidan eshitganlarini
aytayotganida Zikriyo afandi nari keta boshladi. — Zikriyo afandi,
toʻxtang, sizdan yashirguvchi sir yoʻq, — dedi Xmarin. Ushinskiy
e’tiroz bildirmoqchi edi, u oʻng qoʻlini koʻtarib: «Jim boʻling»,
degan ishora qildi. — Chol hiyla ishlatmayaptimikin? — dedi Xmarin
Shuvalovga qarab. Shuvalov darrov javob bermadi. — Boshim qotib
qoldi. Nazarimda qirgʻoqdagi turkman ovullarini oyoqqa
turgʻazishgan. Bu cholning gapi gʻalati. Afgʻonistonga oʻtkazib
qoʻyishiga ishonaylik. Lekin qurollarimizni topshirishimiz...
Niyati qorongʻi. — Ishonmaslik kerak ularga, — dedi Ushinskiy.
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 11
— Yoʻlda ketaberamizmi? — dedi Xmarin. — Orqaga qaytish kerak,
hali ham kech emas, — dedi Shuvalov. — Siz zambarakdan bir oʻq
uzing, qirgʻoqda askar zoti qolarmikin, — dedi Ushinskiy. — Ular
otgan oʻq kemamizgayetib kelmasa ham kerak. Kemaga shuncha askar
olganimiz nimasiyu qochishni taklif qilganingiz nimasi? — Veniamin
Samoylovich, miltiq otishni bilasizmi? — Men siyosiy arbobman.
Vitaliy Sergeevich, hali meni jangga solmoqchimisiz? — Veniamin
Samoylovich, uyoqdan uchib kelgan oʻq kim arbob, kim jangchi, deb
surishtirib oʻtirmaydi. Yaxshisibejanjal ortga qaytaylik. — Endi
qoʻrqityapsizmi? — dedi Xmarin zarda bilan. — Qarorimiz shu: olgʻa
yurish. Kerak boʻlsa, jangga kiramiz.Ha, Vitaliy Sergeevich, men
yaxshigina merganman, hisobga olib qoʻying. Shuvalov, ilojim
qancha, deganday yelka qisdi. Kemaning jilganini koʻrgan turkmanlar
qiyqirib, pala-partish oʻq uzdilaru tinchidilar. — Ana, aytmadimmi?
— dedi Ushinskiy quvonib. — Bular bir poʻpisa. Zambarakni koʻriboq,
eslarini yigʻibolganlar.
3
Hijron dardining yaralariga tuz sepuvchi tush tugamay, tun
oyoqladi. Asadulla tushida bolalarini koʻrdi. Ularni shu yerda, shu
daryo yuzida koʻrdi. Udar daryoning telba mavjlarini pisand qilmay,
kema orqasidan izma-iz kelardilar. Asadulla ularga yetishay deb
harakat qiladi, ammo kema atrofini oʻrab olgan yoʻgʻon arqonlarni
oshib oʻtolmaydi. Birdan loyqa suv yermoyga aylandi-yu, yona
boshladi... Uning alangasi Asadullaning koʻkragini kuydirdi, tutuni
nafasini boʻgʻdi. Shu alpozda uygʻonib ketdi. Kayuta ichi dimiqib
qolgan — yotolmadi. Shart oʻrnidan turib, sahnga chiqdi. Tong
boʻzarish arafasida. Kema sahnida daryodan koʻtarilgan shabada hukm
suradi, barxanlar ortidan oʻt purkovchi kuch yoʻq. Qumlarning tafti
ham soʻngan. Tumshugʻini qumli orolga tiragan kemani uyqusirayotgan
toʻlqinlar siltab-siltab qoʻyadi. Asadulla quyruq tomonda oʻtirgan
odam qorasini koʻrib, dastlab tanimadi. Bagʻrini shabadaga tutib
turganda Gʻulomqodir qoʻzgʻaldi-da, unga yaqinlashib salom berdi. —
Ha, inim, uyqu qochdimi? — dedi Asadulla, uning salomiga alik
olgach. Gʻulomqodir javob bermay yelka qisib qoʻya qoldi. —
Uyingizni sogʻingandirsiz. Hademay yurtingizga yetasiz. Halovat
topasiz. — Halovatni qoʻmsaganim yoʻq. Tundroq yuruvchi afgʻon
yigitning bu gapidan Asadulla sezdi-ki, uning qalbida bir tosh bor.
Odatda bunday tosh qoʻzgʻalsa, alam daryosi toʻlqin urib qirgʻoqdan
toshib ketadi. Balki bu tun bir nima sabab boʻlib tosh
qoʻzgʻalgandir. Balki yigit alamlari otashida qovjirayotgandir.
Balki uning ham dardi ayriliqdandir. Shunday boʻlsa, ayriliq
ogʻrigʻining qalbdagi kuchi, larzasi Asadullaga begona emas. — Siz
nimadandir qattiq alamdasiz, — dedi Asadulla hamdard odamning ovozi
bilan. Gʻulomqodir: «Qanday sezdingiz», deganday savol nazari bilan
tikildi. — Alamsiz odam bormi? — dedi u picha sukutdan keyin. —
Istasangiz ayting, koʻnglingiz yoziladi. — Gapingiz gʻalati, sohib,
men erkakman, alamini baham koʻrgan erkakni koʻrganmisiz? — Ma’qul
aytdingiz, inim, erkak nomini olish uchun oʻgʻil bola boʻlib
tugʻilish kifoya emas, dardlar bandiligiga dosh berib, yengish ham
lozim. Tan jarohatidan yurak jarohati yomon. Siz yoshsiz, bu
azoblarga bardosh bera olasiz. — Sohib, men bilan bular haqda
gaplashmang. — Xohishingiz... Asadullaning shunday deb jimib
qolganini koʻrgan Gʻulomqodir, terslik qilganini fahmlab, izza
boʻldi. — Ma’zur tuting, sohib, ijozat etsangiz bir soʻrogʻim bor
edi. — Soʻrang.
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 12
— Yurtimni hali borib koʻrasiz. Fuqaro nochor. Amir, nazarimda,
sizlarga koʻz tikib edi, yordamga mahtal edi.Sizlar esa... oʻzim
koʻrdim, bizday nochor ekansiz. Bizning boruvimiz, sizning
keluvingizdan nima naf? — Nochorligimiz haq. Bizni urushlar yedi,
inim, hozir ham urush tingani yoʻq. Ilgari faqir ming uqubat ila
bitta nontopsa, oʻziga bir tishlamgina qolardi. Endi topgan nonimni
oʻzim yeyman, desa urushib yotishibdi. Hademay urushtugaydi,
faqirning noni butun boʻladi. Sizning yurtingiz ham luqmasini
Inglistonga bermaydi. Bunga yetishish uchunqoʻshnilar inoq, ahil,
tinch boʻlishi kerak. Biz shuning ahdlashuviga bormoqdamiz. —
Oʻruslar noningizga sherikmasmi? Sahnga kema dargʻasi chiqib,
Asadulla savolga javob bera olmadi, suhbatlari uzildi. Kema
pishqirib, siltanib, qumorol changalidan qutula boshladi.
Birin-sirin uygʻonganlar sahnga chiqaverishdi. Shuvalov dargʻaga
xaritanikoʻrsatib, nimanidir aniqlab olgach, barchani toʻpladi. —
Agar kechagi cholning gapi rost boʻlsa, bugun yana turkmanlarga
duch kelamiz. Besh-olti soatdan keyindaryoning tor yeriga yetamiz.
Pistirma uchun bundan bop joy yoʻq. Ehtiyotdan shay boʻlib
turishimiz shart. Pistirmaga yetishni istamaganday kema tez-tez
qumga tiqilaverdi. Bundan dargʻa ham, xizmatchilar ham
holdantoyishdi. Shuvalov aytgan joyga besh-olti soatda emas, kun
peshindan oqqanda yetishdi. Olgʻa yurishganlari sayin sohil asta
koʻtarilib, daryoni ikki tomondan siqib kela boshladi.
Toʻlqinlarning bevoshligiortdi. Kema tor, chuqur oʻpqon sari kirib
borganday boʻlaverdi. Ana shu paytda har ikki qirgʻoqdagi
tepaliklar ustidaodamlar koʻrindi. Dam oʻtmay har ikki qirgʻoqdan
oʻq doʻli yogʻa boshladi. Shuvalovning buyrugʻi bilan vakola
hay’ati va afgʻon a’yonlari pastga tushib, kayutalarda jon
saqlaydigan boʻlishdi.Qolganlar tepada jang boshladilar. — Bular
ogohlantirib ham oʻtirishmadi, demak, kuchlari koʻp, oʻzlariga
ishonishadi. — Vahima qilmang, oʻrtoq Mira’lamov, oʻtiring, — dedi
Ushinskiy zarda bilan. Asadulla unga javob bermay, tik turganicha
yuqoriga quloq tutdi: zambarak uch-toʻrt oʻq uzib, jimib qoldi.
Nimaboʻldi? Barjadagilar qirilib bitishdimi? Pulemyot ham bir
me’yorda otmayapti. «Bema’nilik, bu holda janggakirmoqlik mutlaq
tentaklik. Kema tayyor nishon-ku? Bu yoqdan otilgan oʻq tuproqqa
sanchiladi, behuda ketadi.Nahot Shuvalovning fahmi shunga yetmasa?»
Kema imillab olgʻa boradi, oʻq doʻlining tinishidan esa darak
yoʻq.
— Nikolay Zaxarovich, eshityapsizmi, turkmanlarda kuch koʻp.
Orqaga qaytish kerak. — Tor oʻzandan chiqib olsak, ular bas
kelisholmaydi. — Ungacha odamlarimiz nobud boʻlib ketishadi. —
Vahima qilmang, azizim, oʻtiring. Odam bunaqa paytda oʻzini qoʻlga
ola bilmogʻi kerak. Shu payt kayuta eshigi zarb bilan ochili,
ichkariga afgʻon sarbozi yiqildi. Sinelnikova qonga belangan
yigitni koʻrib qoʻrquvdan qichqirib yubordi. Ushinskiy dovdirab
qoldi. Avval Asadulla, keyin Xmarin sarbozga yordam berish uchun
shoshilishdi. Sarbozning oʻng bilagi oʻqdan titilib ketgan,
ogʻriqdan gapirishga qurbi yetmasdi. — Oʻrus sardor oʻldi, — dedi
ingrab. Asadulla oʻzi ham bilmagan holda yuqoriga intildi. —
Mira’lamov, qayting! — deb buyurdi Xmarin. — Yaradorga qaranglar! —
Asadulla shunday deb eshikni yopdi. Yuz-koʻzi qonga belangan
Shuvalov toy paxtaga suyanganicha harakatsiz oʻtirardi. — Vitaliy
Sergeevich! — dedi Asadulla, uni yelkasidan ushlab. — Tirikka
oʻxshayman, Mira’lamovich, — dedi Shuvalov ingrab, — qara,
kenglikka chiqdikmi? — Yoʻq. — Qaytish kerak. Asadulla paxtadan bir
siqim yulib olib, Shuvalovning yuzidagi qonni artdi. Oʻq
peshonasini yalab oʻtgan ekan. — Bogʻlab qoʻy, Mira’lamovich,
toʻygacha tuzalib ketadi. — Bunaqada toʻyni koʻrmasligimiz ham
mumkin. Kayutaga tushing. — Sen tushib ayt, orqaga qaytishga ruxsat
bersin.
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 13
Shu payt kema bir siltanib, toʻxtadi. — Qumga tiqildi, — dedi
Asadulla asabiylashib. — Endi yem boʻlishimiz tayin. Zambarak
nimaga jim? — Otilmayapti. «Ish yurishmasa bulamiq1 dandon
sindiradi, degani shu», deb oʻyladi Asadulla, keyin dargʻaning
yoniga yugurdi. — Kenglikka qachon chiqamiz? — dedi u baqirib. — Bu
ahvolda ikki-uch soatsiz chiqib boʻlmaydi, — dedi dargʻa
otishayotganlarga ishora qilib. — Orqaga haydang, qaytamiz, — dedi
Asadulla qat’iy. Bu qat’iylikdan oʻzi ham hayron boʻldi. Kema
siltanib-siltanib qum changalidan qutuldi-da, ortga qayta boshladi.
Saldan soʻng kayuta eshigi qiya ochilib, Xmarinning boshi koʻrindi.
— Nima gap? — dedi tahdidli ohangda. — Qaytyapmiz, — dedi Asadulla.
— Qarang, oʻtish mumkin emas. Xmarin tashqariga chiqmadi.
Shuvalovning ahvolini koʻrdi-yu, indamay eshikni yopdi. Turkmanlar
ularni ancha yergacha ta’qib etib bordilar. Oqim iziga tushgan kema
tezlashib ketdi. Omon qolgan askarlar yarador sheriklarining
jarohatlarini bogʻlashdi. Toʻrt kishining jasadini kemaning quyruq
tomoniga qoʻyib, ustiga mato tashlashdi. Barjada ham uch odam
harakatsiz yotardi. Yarasi yuvilib, malham qoʻyib bogʻlangach,
Shuvalov kayutaga tushdi. — Valentina Nikolaevna, malol kelmasa,
yaradorlarga qarasangiz, — dedi Asadulla. Xmarin bosh irgʻab
«boring» degach, Sinelnikova norozi kayfiyatda chiqib ketdi. —
Yetti kishi halok boʻldi. Oʻttiz ikki odam yaralangan, ogʻirlari
ham bor, — dedi Asadulla horgʻin ohangda. — Bunga Buxoro amiri
javob berish kerak, — dedi Ushinsiy. — Veniamin Samoylovich, Buxoro
amiri oʻliklarni tiriltirib berolmaydi. — Vitaliy Sergeevich, siz
harbiy odamsiz. Shuni bilar ekansiz, nimaga qattiq turmadingiz,
bizni ishontirmadingiz? — Veniamin Samoylovich, — dedi Xmarin
asabiylashib, — iltimos, bunaqa bema’ni bahsni bas qiling. Axir
oʻrni emas, nahot tushunmasangiz? Kayuta eshigi taraqlab ochilib,
Gʻulomqodir koʻrindi. — Sohib, sizni yoʻqlashyapti, — dedi u
Asadullaga. — Kim? — Mirzo Qandilxon sohib. Said Gʻafforbek sohib
ogʻirlashib qoldilar. Gʻulomqodir shunday deb eshikni ohista yopdi.
— Nima deyapti? — dedi Ushinskiy. Asadulla aytdi. Shuvalovning
yarim yumuq koʻzi shart ochildi. — Tez chiqing, — dedi u.
Afgʻonlarga ajratilgan kayutada koʻkraklari bogʻlangan Said
Gʻafforbek hansirab yotardi. Asadullaning kirganini bilib, Mirza
Qandilxonga «chiqinglar» deb iltimos qildi. Unga itoat etdilar. —
Asadulla afandi, men Rafiqman, — dedi u oʻzbekchalab. — Bilaman.
Sizga... bu yerda... qanaqasiga oʻq tegdi? — Xudo uraman desa, joy
tanlamas ekan. Bir qaray deb edim... — Menda gapingiz bormi? —
Gunohimdan oʻting meni. — Shuginami? — Toshkentga qaytsangiz, Xudo
xohlasa qaytasiz, sizdan bir oʻtinchim bor: Oʻqchidagi uyimga
boring. Koʻchadan kirishda oʻn bir qadam, ayvondan koʻchaga oʻn uch
qadam yurib, soʻng qiblaga toʻrt qadam qoʻyasiz. Soʻng odam beli
barobar qazisangiz bir xum chiqadi. Tillolarning yarmi, yoʻq,
uchdan ikkisi sizga, roziman, oling. Qolganini zavjamga berib,
bolalarim bilan Buxoroga yetkazing. Buxoroda akam bor, zavjamni
nikohiga olib, bolalarimga otalik qilsin. Vasiyatim shu. —
Toshkentga nima uchun borib edingiz? Toʻgʻrisini aytsangiz,
vasiyatingizni bajo keltiramiz. Tillolaringiz menga kerak emas.
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 14
Said Gʻafforbek koʻzlarini yumdi. Nafas olishi tezlashdi. —
Moskvaga yetganda elchini oʻldirmagim lozim edi. — Oʻzingizga
yarashmagan hunarni tanlagan ekansiz. Qotillikdan koʻra xoinlik
durust emasmidi sizga? — Gapirmang... Xudo urdi meni. —
Qaytishingiz sababi nima? — Moskva yoʻli berk... Valixonga boshqa
odam boradi. Buxoroda Xauston degan inglis hammasining
hisob-kitobini qilib bergan. U Toshkentdan odam kutayotgan edi.
Kimligini bilmayman. Oʻsha odam kelsa, ular ham Afgʻonistonga yoʻl
oladilar. Men... sizlarni yoʻq qilishim kerak edi. — Bir
oʻzingiz-a? Sherigingiz kim? — Sherigimning kimligini bilmayman...
bir odam bor yana, gʻayridinlardan... Endi vasiyatimni bajo
keltirasizmi... qasam iching... — Istagingizni oilangizga
yetkazaman. — Ilohim Toshkentga omon-eson qayting... Asadulla
tashqariga chiqdi. «Meni oʻldirishi lozim boʻlgan odam, endi
omonlik tilasa?! Ajab dunyo bu...» — dedi u oʻzicha. Koʻp oʻtmay
afgʻonlar Said Gʻafforbek jasadini ham quyruqdagi murdalar yoniga
qoʻydilar. Oqshom tushishi bilan kema daryo oʻrtasida langarandoz
qildi. Marhumlarni sohilga dafn etdilar. Tun tahlika bilan kechdi.
Tong yorishar-yorishmas langar koʻtarildi. Qosh qoraymay turib
Termizga yetdilar. Yaradorlarni qal’a gospitaliga joʻnatgach,
Xmarin Asadulla bilan birgalikda temir yoʻl bekatiga borib
nazoratchiga Koʻshkka borajaklarini ma’lum etdi. — Poezdingiz
Toshkentga joʻnab ketgan, — dedi nazoratchi. — Faqat xarob
vagonlarim bor. Nazoratchi oʻqlar teshib oʻtgan, ayrim yerlari
kuygan, derazalari singan vagonlarni koʻrsatdi. U yer-bu yerini
tozalab, ertalabga tayyor qilishini aytdi. — Asadulla
Mira’lamovich, siz Ushinskiyning nomzodiga qarshi chiqqan ekansiz.
Buni eshitib, milliy adovat deb oʻylagan edim, yanglishgan ekanman.
Siz uni yaxshi bilarkansiz, — dedi Xmarin. — Buni nimaga eslab
qoldingiz? — Men oʻzimni oqlamayman, lekin koʻproq oʻsha aybdor,
uning gaplari me’damga tegdi. — Nikolay Zaxarovich, bir-birimizni
ayblamaylik. Oldinda hali uzoq yoʻl bor. — Siz hukumat a’zosisiz,
shu odamni orqaga qaytarib yuborsangiz-chi? — Haqqim yoʻq, Nikolay
Zaxarovich. Menga bunday huquq berilmagan. Undan tashqari u firqa
guruhiga bosh. — Mushkulimizni oson qilib boʻlmas ekan, azizim, —
dedi Xmarin afsuslanib. Asadulla unga qarab turib, dastlabki
uchrashuvini esladi. Oʻshanda Xmarin Asadullada noxush taassurot
qoldirgan edi. Ikki oy avval Turkiston Tashqi ishlar xalq
nozirligiga chaqirilganda Asadulla yana Ishoqxonni joʻnatish
masalasida gaplashmoqchidir, deb oʻyladi. Biroq xonaga kirishi
bilan nozir uning qoʻliga arabcha imloda chiroyli qilib yozilgan
maktub tutdi. — Afgʻonistonning yangi amiri Moskvaga maktub
yuboribdi. Shu yerda tarjima qilib, radiotelegraf orqali
yetkazamiz. Sizga Nikolay Zaxarovich yordam beradilar. Tanishing:
Xmarin, Nikolay Zaxarovich. Rossiya imperiyasining Erondagi
elchixonasida mas’ul vazifada ishlaganlar. Diplomatlar ichida
birinchi boʻlib Sovet Rossiyasiga xizmat qilish istagini
bildirganlar. Inglizlarning tazyiqi tufayli Eronni tashlab kelishga
majbur boʻlganlar. — Siz men bilan istasangiz forsiyda, istasangiz
rus tilida gaplashavering, — dedi qotmadan kelgan, orasta kiyingan,
hali qirqni qoralamagan Xmarin unga qoʻl uzatib: — Forsiyni
sizchalik bilmasam kerak, har holda usta koʻrmaganman, koʻp
soʻzlashmaganman ham, — dedi Asadulla. Koʻz qarashlaridan kiborligi
sezilib turgan Xmaringa bu gap xush yoqib, jilmaydi. — Boshladik
boʻlmasa, — dedi u Asadullani yozuv stoliga taklif qilib. —
Xoʻ-oʻsh, amirning birinchi gapi shunday, — Xmarin oyoqlarini
chalishtirib olgancha ogʻzaki tarjima qila ketdi. Asadulla esa
yozib bordi. Maktub
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 15
yarimlaganda Xmarin maktubni Asadullaga uzatdi. — Bir chekib
olay, oʻzingiz ermak qisib turing. — Shu yerda chekavering, Nikolay
Zaxarovich, — dedi nozir kuldonni u tomon surib. Xmarin
minnatdorchilikbildirib, papiros tutatdi-da, koʻzini sal qilib,
Asadullaga razm soldi. Asadulla uning nayrangini fahmlab, ichida
kulib qoʻydi-yu, sir boy bermay ishni davom ettirdi. «Podsho
xizmatidaboʻlgani uchun nozir unga ishonqiramay, meni chaqirtirgan.
Bu dimogʻdor janob haligi gapimga ishonib, endi menisinab
koʻrmoqchimi?.. «Asadulla xat mazmunini yaxshi tushunsa-da,
soʻzlarni ruschada qiyomiga yetkazib ifodaetishga qiynaldi. Shuning
uchun tarjimani daf’atan boshlay olmadi. Xmarin unga e’tibor
bermaganday xotirjampapiros tutataverdi. Asadulla uzoq oʻylab,
maktub tarjimasini davom ettirdi.«... Oliy hazratlari, mening buyuk
va qadrli doʻstim, Buyuk Rusiya davlatining prezidenti! Siz
insoniyatning doʻstlari boʻlmish oʻz yoʻldoshlaringiz ila baqamti
adolatli va oliyjanob vazifani — odamlarning farogʻati hamda
farovonligi xususida qaygʻurmoqni zimmangizga olganingiz boisi va
dunyodagi yurtlar, dunyodagi xalqlarning ozodligini, teng
huquqliligini ovoza etganligingiz uchun men mustaqil va ozod
Afgʻonistonning shu doʻstlik xatini taraqqiyot yoʻliga intilmish
afgʻon xalqi nomidan ilk bora sizga yubormagimdan sarfarozdirman.
Sof yurakdan bildirgan hurmat-ehtiromim buyuk doʻstim tomonidan
lutfan qabul etilajak, deb hohish bildiraman va chin yurakdan
ishonaman. Hijriy sanasining 1337 yili, rajab ul murajaba oyining
6-kuni, ya’ni nasariy sanasining 1919 yili, 7 apreli. Sizning
doʻstingiz Omonullo». Asadulla xatni nozirga uzatdi. Nozir
koʻzoynagini burniga qoʻndirib, tezgina oʻqib chiqdi. — Demak,
uchinchi maktubimiz hali ularga yetib bormabdi. Lekin... niyatlari
yaxshi, juda yaxshi. Nihoyat, mustaqillik nima ekanini anglashibdi.
Xmarin Asadullaning tarjimasini oʻqishga oshiqsa ham sirtiga
chiqarmadi. Stol ustidagi ikkinchi xatni olib, koʻz yugurtirdi. —
Bunisi «umrlari uzoq boʻlgur tashqi ishlar ministriga», «umrlari
uzun boʻlgur amirning» pok niyatlarini tasdiq etuvchi noma.
Horijiya noziri Mahmud Tarzi imzolagan. Sharqliklarning odati
shunaqa. Har bir soʻzi takallufga toʻydirilgan, gaplari yolgʻonmi,
chinmi ajratib boʻlmaydi. Umuman... diplomatiya tiliga juda mos. Bu
gap Asadullaga malol kelib, manzirat qilib oʻtirmadi: — Janob
Xmarin, — dedi u norozi ohangda, — buni Yevropada aytsangiz
yarashardi. — Ha, ha, Nikolay Zaxarovich, — dedi nozir uning gapini
boʻlib, — kesatiqlaringiz oʻrinsiz. — Kesatayotganim yoʻq, meni
kechiring, — dedi Xmarin oʻrnidan turib. — Chindan ham diplomatiya
tili takallufga boy boʻlishi kerak. Qoidasi shunaqa. Umuman...
diplomatiyada soxtalik mavjud. Genri Uolten degan diplomatning bir
gapi bor: «Elchi oʻz davlati manfaatlari yoʻlida boshqa mamlakat
ahlini ustalik bilan aldash uchun horijga yuboriladigan rostgoʻy,
halol odamdir», deydi. Jan Labryuyer esa: «Diplomatning vazifasi
oʻzi aldanmagani holda boshqalarni alday olishdan iborat», deydi.
Satou esa... — Janob Xmarin, qoʻying bu gaplarni. Kim oʻzi
ularingiz? — Ularmi? — Xmarin nozirga qarab, yelka qisdi. — Ular
mashhur diplomatlar. Biri ingliz, biri frantsuz... — Ana
koʻrdingizmi, oʻzgalarni aldash ularga yarashadi, bizga emas. —
Siz, Asadulla Mir... kechirasiz... — Mira’lamovich, deb eslatdi
nozir. — Ha, Mira’lamovich, diplomatiya siyosatidan bexabar
boʻlsangiz kerak. Har bir davlat, kim boshqarishidan qat’i nazar,
oʻzga davlatlar bilan diplomatik aloqalar oʻrnatishga majbur.
Diplomatik aloqalarning ea oʻz qonun-qoidalari bor. — Aldashni asos
qilib olgan qoidalarimi? Yoʻq, bu bizga toʻgʻri kelmaydi. Eski
dunyoning bunday diplomatiyasi bizga toʻgʻri kelmaydi. — Yangisi,
ma’quli bormi? — Unisini bilmayman. Lekin... boʻlishi kerak,
boʻladi. Bir-birini aldash bilan qanaqa doʻstlik oʻrnatish mumkin,
hech tushunolmayapman. — Bu haqda keyinroq bafurja mulohaza
qilamiz, — dedi nozir, ularni murosaga keltirish niyatida. —
Hozir
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 16
Tarzining maktubini tarjima qili beringlar. Shu bugunoq Moskvaga
yetkazishimiz kerak. Asadulla Turkijroqoʻm majlisida Xmarin
nomzodini eshitganida, bir narsaga hayron boʻlgan edi: shu
paytgachapodshoga astoydil xizmat qilgan, kimlardir asos solgan
diplomatiya qoidalarini toʻgʻri deb biluvchi bu odamgashunday
vazifani qanday ishonib topshirishdi ekan? Faqat shaxsiy taassuroti
emas, balki mana shu mulohazalarpaydo boʻlgani uchun ham Xmarin
nomzodi Asadullada ikkilanish uygʻotgan edi. Tal’at maqsumning,
soʻng RafiqIrisovning gaplaridan keyin bu ikkilanish qayta
uygʻondi. Karki sari yurishga oʻzi buyruq bergani holda
aybnioʻzgaga yuklashi esa shubha eshigini ochib yubordi... Tunni
kemada oʻtkazdilar. Kun yoyilganda «majruh» vagonlarga joylashib,
«qaydasan Koʻshk», deb yoʻlga chiqdilar.Shuvalovning yarasi xavfli
emas ekan, doktorlar uning safarga chiqishiga monelik
bildirmadilar.
4
Koʻshk yoʻli bexatar boʻlsa-da, Asadullaning yurak-bagʻrini ezib
yubordi. Yoʻl chetlarida urush dahshatidan darakberib turuvchi
kuygan uylar, qoraygan oʻchoqlar, soʻppayib qolgan moʻrilar,
yaqin-yaqin yerdagi inson mozorlari,hayvonlarning oʻlimtiklari...
Goʻyo bu qumlik ulugʻ mahshargoh koʻrinadi. Mana shu kuygan uylar
odamlarningbaxti edi. Bu uylarga ham qaldirgʻochlar bahor keltirar
edilar. Bu uylarga ham qaldirgʻochlar oz boʻlsa-da baxt,
ozboʻlsa-da shodlik olib kirar edilar. Endi uylar kuygan. Endi
qaldirgʻochlar yoʻq. Insonlarning notinchligi beozorqushlarni ham
toʻzitgan. Qaygʻuga bandi boʻlganda koʻzga tor koʻringan bu uy
baxti chechagi kulganida olam qadarkeng, olam qadar goʻzal
koʻrinardi. Endi bu odamlar qayda? Tirikmi ular? Yo mozoristonni
makon qilganmilar? Yoayriliqning temir tirnoqlari orasida nola
chekib, bu yerlardan bosh olib ketganmilar? Bundagi qaldirgʻochlar
qayda?Qay yerlarda osoyishtalik izlab charx urayotgan
ekanlar?Asadulla shu oʻylar girdobida turib, oʻz uyini esladi.
Oʻsha qorayib, tutayotgan uyini, supa ustini, supada
jizgʻanagichiqib yotgan xotini, unga yopishgan kenjasini esladi.
Koʻz oldidagi hamma narsa ayqash-uyqash boʻlib ketdi.Xarobazorlar
yerdan uzilib, vagon bilan yonma-yon chopayotganday, «menga qara,
mendan koʻz yumma, meniunutma», deb nola qilayotganday boʻldi.
Xarobalar «yugura-yugura» charchaganday, ortda qolib ketdi. Ana
shunda...bolalari koʻrindi. Shod, chaq-chaqlab oʻynayotgan bolalari
emas, kuygan azoblangan bolalari koʻrindi. Ular tinmayyugurishadi.
Nimadir deb baqirishadi. Asadulla eshitmaydi. Poezd
gʻildiraklarining taraq-turuqidan boshqa tovushqulogʻiga kirmaydi.
Gʻildiraklar esa bir me’yorda, «Bu nimasi? Bu nimasi?», deb ovoz
chiqarayotganday...Asadulla anchagacha shu tuygʻularga bandi boʻlib
turdi, keyin oʻzini bosib, fikri tiniqlashgach, xayoliga
satrlarquyilganini oʻzi ham sezmadi:Gullar xazon oʻlmish, tikoni
qolmish,Bogʻlar barbod oʻlmish, xazoni qolmish.Zolim falak bu
ellarga qahr etmish,Xonavayron, singan qozoni qolmish...Koʻpdan
beri, ayniqsa, uyi yongandan beri xayoliga she’r kelmagan edi.
Dahshatli manzaralar uni kutilmaganda she’rga qaytardi. Lekin bu
oniy holat uni tezda tark etdi. Koʻkragidagi ogʻriq qoʻzgʻalib,
koʻzlarini yumdi. Shuvalovning maslahatiga koʻra, yaxshi kunlarni,
baxtli damlarni eslashga harakat qildi. Dahshatga tirik guvoh
boʻlib turganingda quvonchli damlarni eslashga urinish bachkana
tuyularkan. Oʻzining harakatidan oʻzi nafratlanib, koʻzini ochdi:
roʻparada Zikriyo afandi koʻzini yumib yotardi. Pastki oʻrindiqda
boshi bogʻloqliq Shuvalov oʻyga tolgan. Ushinskiy tirsagiga
tayanib, nigohini tashqariga tikkan. «U ham xarobazordan dahshatga
tushganmikin? Indamay qolgani qiziq. Axir temir emas, odam-ku,
yuragiga nayza botgandir, jim ketishi shundandir. Yo boshqa
sababmi? Rafiq aytgan gʻayridin shu emasmi? Shuvalov asosan shundan
shubhalanyapti. Ushinskiy Karki yoʻlidan boramiz, deb turib
olganidan keyin shubhasi yana ham ortdi. «Boz gardad ba asli xud
hama chiz, zari sofiyu nuqrau arziz»1, deyishlari bejizmas. Mana,
Said Gʻafforbek — Rafiq Irisov soʻnggi nafasi oldida asliga
qaytdi-ku? Ushinskiy asl qiyofasini qachon koʻrsatadi? Agar
Shuvalovning shubhasi toʻgʻri chiqsa, koʻp vaqt niqobda yurmaydi,
safar oyoqlamay oʻzini oʻzi fosh etishga majbur boʻladi. Balki u
dushman odami emasdir? Bu ahvolda qancha yuradi? Yurt boshiga
musibat tushgunchami? Ha, bunaqalar musibatning ilk daqiqasidayoq
boshqa tomonga oʻtishga mamnuniyat ila shay turishadi. Eng xavflisi
ham shu — koʻzingning yogʻini yeb yuradi, suyansam
suyanchigʻim,
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 17
yopinsam yopinchigʻim, deganingda ham suyanchiqsiz, ham
yopinchiqsiz qolasan.Ushinskiy lip-lip oʻtayotgan yoʻl chetidagi
xarobazorga koʻzlarini tikib oʻtirgan boʻlsa-da, xayoli boshqa
yoqda edi. «Mira’lamovning fe’lini bilardim, bularga
qoʻshilmasligim kerak edi. Sodiqligimni koʻrsataman, deb
topshiriqqa boʻysunishim — mening kaltabinligim. Sodiq odamdan
qachon minnatdor boʻlishibdi? Sodiq odamning qismati bir — bevaqt
sharafsiz oʻlim. Bular safiga oʻtgan edim, menga kim qoʻyuvdi
sadoqatni koʻz-koʻz qilishni. Sadoqatlilarning oʻn toʻrttasi
yotibdi yer tishlab. Shularni koʻrib ham aqlim kirmabdi-ya. Umuman,
oʻyindan chiqishim kerak edi. Payt poylashim kerak edi. Endi
kech... Manavi jandarmdan ehtiyot boʻlishim kerak. Menga kun
bermaydi endi...» Shuvalov koʻzlarini yumib yotgani bilan uygʻoq
edi. U Orenburgni, unda qolgan xotini, bir oʻgʻil, bir qizini
oʻylardi. Oilasini Moskvaga joʻnatolmay qoldi. Oʻrtoqlari va’da
berishgani bilan koʻngli notinch. Agar Dutovning odamlari sobiq
jandarm Shuvalovning bolshevik ekani, hozir Turkiston ChKsida
xizmat qilayotganidan xabar topishsa oilasini omon qoʻyishmaydi. U
oilasini Moskvaga, undan Tulaga, otasining huzuriga joʻnatmoqchi
edi. Yoʻlning xatarga toʻla ekanini bilardi, ammo oʻzga chorasi
yoʻq edi. Shuvalovning ham qalbida ayriliq jafosi bor edi, shu
sabab Asadullaning dardini eslasa, oilasi yodiga tushaveradi.
Nazarida bolalarini ataman Dutov tiriklayin oʻtga tashlaganday
boʻladi. Hozir ham xayolini shu mash’um fikr yoritdi. Seskanib,
shart koʻzini ochdi. — Kuningiz xayrli boʻlsin, — dedi Ushinskiy,
xuddi uning uygʻonishini poylab oʻtirganday, — yaxshi tushlar
koʻrdingizmi? Shuvalov yomon xayolini haydamoqchi boʻlganday,
boshini silkib, kerishdi. — Bunaqa shohona vagonda faqat shohona
tush koʻriladi. Agar lozim boʻlsa, aytib berishim mumkin. — Vitaliy
Sergeevich, piching qilmang. Shuvalov uning koʻziga tikilib,
yovuzlik uchqunini koʻrmadi. Xayolida kutilmaganda uygʻongan gap
oʻziga ma’qul kelib, soxta jilmaydi. — Piching qilayotganim yoʻq,
Veniamin Samoylovich, tushimda izimizga tushgan aygʻoqchini naq
peshonasidan otib tashlabman. Mening tushim hamisha oʻngidan
keladi. — Aygʻoqchi? — Ushinskiy sarosimalandi. Barmoqlari yengil
titradi. Buni Shuvalov ham, tepada kuzatib yotgan Asadulla ham
sezdi. — Ichimizda aygʻoqchi bor ekanmi? — Kim aytdi? — dedi
Shuvalov uning koʻziga tikilib. — Oʻzingiz, hozir aytdingiz-ku? —
E, omon boʻling, men tushimni aytdim sizga. Shuvalov shunday deb
kuldi-da, Ushinskiyning yelkasiga ohista urib qoʻyib, dahlizga
chiqdi. Asadulla ularning suhbatiga aralashmadi. Koʻzini yumib
yotgan Zikriyo afandi boʻlib oʻtgan suhbat tubida ogʻir tosh
yashiringanini sezdi. «Oralarida ixtilof bor. Ushinskiy deganlari
boshqacha odam. Shuvalovning turgan-bitgani sir. Xmarin, kiborligi
demasa, bama’ni, bilimdonga oʻxshaydi. Xonimchaning sirli
qarashlari, nozli kulishlari gʻalati, bu Ovrupo odamlari uchun
gʻayritabiiy emas, ammo sharqliklarga hazm boʻlishi qiyin. Safarga
ayolni olib nima qilardi. Shuni deb gʻalva chiqmasa edi. Ixtilofga
barham bera olishmasa, oqibat nima boʻladi? Yurt ahvoli nima
kechadi?» Zikriyo afandi yoʻlga chiqqanida Kobulga yetib borishni,
Hindiston muvaqqat hukumati a’zolariga vakola hay’atini
tanishtirishni orzu qilgan edi. Bularning ahil emasligini sezib,
koʻngliga gʻulgʻula tushdi. Biri bir gʻoyani, ikkinchisi ikkinchi
gʻoyani aytib tursa, hukumat a’zolari nima deyishadi? Poezd xarish
boʻlgan bedavo otday sudralardi. Vagon dam-badam silkitganda
chalqancha yotgan Sinelnikovaning koʻkraklari yupqa koʻylakni
titratadi. Qoʻllarini bolish qilib olgan bu zebo ayol eshik oʻrniga
tortilgan pardaga koʻz tikkan. Kimningdir, kim boʻlsa mayli, kirib
kelishini kutadi. Avvaliga Asadullaning kirib kelishini istadi.
Beva erkak ayol imosiga ilhaq boʻladi, lekin bu Mira’alamovichdan
sado chiqmaydi. Shoir boʻlib sevgi haqida she’r bitmagan erkak
erkakmi? Sinelnikova shuni oʻylayverib, boshi qotib ketdi. Oxiri
Asadulla haqida oʻylamaslikka qaror qildi. «Bu erkak bilan zerikkan
mahalda faqat adabiyot haqida suhbatlashish mumkin», deb qoʻydi.
«Veniamin Samoylovich — tayyor pishgan osh. Istasam yeyman, istasam
chaynab, tupurib tashlayman, istasam itlarga
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 18
beraman... Bunaqa shilta, arzon-garov odamlarni itga bergan
ma’qul. Ungacha silab-siypab turish kerak. Muhojirningishi oson.
Nafasim tegsa, boshi aylanib, tiz choʻkkanini oʻzi ham bilmay
qoladi. Chekist — chaqilmaydigan yongʻoq.Unga qip-yalangʻoch
roʻpara boʻlsang ham, avval hujjat tekshiradi. Bunaqalardan uzoqroq
yurgan ma’qul. Xmarin...O, u mening sodiq qulim boʻlishi kerak.
Hozir goʻyo men sichqonu u qorni toʻq mushuk. Nima ham qilardik,
mushukjanoblarining qorni ochar, keyin izimdan emaklab
qolarlar...»Shundoqqina qoʻshni xonada Xmarin oyoqlarini
chalishtirib yotgan holda papiros tutatardi. Siniq derazadan
kirayotgan iliq shamol papiros tutunini bir onda toʻzitib, koʻzdan
yoʻqotardi. «Biz ham tutunga oʻxshab qoldik, — deb oʻyladi u, —
Rossiya toʻzib ketdi. Bechora Rossiya. Shunday qudratli
mamlakatning parokanda boʻlishi mumkinligi gʻalati hol. Aqlga
sigʻmaydigan hodisa. Tarixning qaltis xatosi. Imperator-ku,
ildiziga qurt tushgan, chirib ado boʻlgan daraxt edi. Kerenskiy
hukumati-chi? Nimaga anqovsiradi? Nima uchun hokimiyatni boy berib
qoʻydi? Na siyosatdan, na davlat yuritishdan xabari boʻlgan
odamlarning qoʻli baland kelsa?! Ushinskiy deganlarini elchixonaga
farrosh qilib olmas edim. Endi menga aql oʻrgatmoqchi. Nodon! Unga
faqat Shuvalov bas keladi. Har holda dvoryan dvoryan-da.
Muomalasidan bilinib turibdi. Bolsheviklarga nimaga aralashib
qolgan ekan bu? Yana ChKga... Mira’lamov pokiza odam ekan. Unga
diplomatiyani oʻrgatmasa ham boʻladi. Sharqli ziyolilar
muomalasining oʻziyoq diplomatga xos. Boshiga ogʻir kulfat tushsa
ham bildirgisi kelmaydi. Bu odam loydan emas, toshdan yasalgan
boʻlsa kerak. Muhojirning fe’li ham Mira’lamovga oʻxshaydi. Buning
xomxayolligiga hayronman. Hindistonni Angliya changalidan tortib
olib boʻlarkanmi? Hindiston — Angliyaga bir umrga berilgan ne’mat.
Afgʻoniston ham uzoqqa bormaydi. Bu urinishlari avvalgi buyuk
Rossiya davrida naf berardi. Bolsheviklar inglizlarga qarshi nima
qila olishardi? Diplomatlar vagonining ahvoli bu. Yaxshi hamki shu
vagonlarda Kobulga kirib bormaymiz. Yoʻqsa... E, Tangrim, Rossiyada
nima qasding bor edi? Men nima gunoh qilgan edim. Men
sargardonlikni emas, saroylarda viqor toʻkib yurishlarni umid qilib
edim-ku? Yuragim kechagina toʻlgan kosa yangligʻ edi. Bugun egasiz
boʻsh yotoqqa aylandi. Goho ravshan, goho xira bu olamdagi
dabdabalar momaqaldiroqday oʻtkinchi ekan-da, a? Rossiyaning
qudratini qaytarib ber, Tangrim. Iso Masixning jonini qaytarib
bergansan-ku, uning ummatlariga ham ishonchni, qudratni qaytar...!
«Xmarin xayolidan shu gaplar oʻtib beixtiyor oʻrnidan turdi-da,
shoshilib choʻqinib qoʻydi. U xudojoʻy emas, choʻqingan onlari
kamdan-kam boʻlardi. Hozirgi ishi bir ozdan soʻng oʻziga ham nasha
qilib, achchiq kulimsiradi. «Asablarim charchabdi. Bu odamlar bilan
muomala qilish uchun temir asab kerak. Yaxshi ham Valyushani
yonimga oldim. Lekin... xonimning koʻz suzishlari sal boshqacha
boʻlyapti. Ogohlantirib qoʻyishim kerak... «Imroʻz bukush chu
metavon kusht. Otash chu baland shud jahon soʻxt»1, deganlari
rost...» Xmarin shu qarorga kelib, oʻrnidan turdi. Qoʻshni vagon
afgʻonlarga berilgan, Gʻulomqodir eshikka yaqin boʻlmada, uch
sarboz bilan birga edi. Yuragiga gap sigʻmay, sarbozlar gurungiga
qoʻshila olmagan Gʻulomqodir vagon eshigini ochib, zinaga oʻtirib
oldi. Iliq shamol uni yalab-yulqay boshladi. Kemada Karki tomon
yoʻlga chiqishganda u xotirjam edi. Hatto pistirmaga duch kelganda
ham oʻzini yoʻqotmadi. Lekin Koʻshk — Hirot orqali Kobulga
borilajagini bilib, bezovtalandi. Kobulga agar Hazora yoʻli bilan
ketilsa, Choraymoqni bosib oʻtishadi. Demak oʻsha yerda... uning
kuni tugaydi. Kindik qon toʻkilgan ochofat yerga endi yurak qoni
toʻkiladi. Uning gunohlari behisob koʻpaydi. Ollohning marhamatiga
umid yoʻq. Sersoqolni otganda koʻzi tindi. Ilgari hech bunday
boʻlmagan edi. Begunoh odamni otib, Xudoning qahrini keltirdimi?
Olloh shuning uchun uni Karki yoʻlidan qaytarib, Hazora yoʻliga
roʻpara qildimi? Choraymoqda kimning qilichi qonsiragan ekan? Uning
jonini kim olar ekan? Peshonasida shunday sharmandali oʻlim
borligini bilsa, bunchalar sargardonlikka koʻnarmidi...
Gʻulomqodirning yozugʻi faqat shumi?.. Shu gaplarni xayolidan
oʻtkazgan sovar koʻzlarini chirt yumib, ingrab yubordi. Vagon
toʻrida, alohida boʻlmaga joy qildirgan Mirza Qandilxon xayoli
kemadagi voqealar bilan band edi. Buxoro amirining istagi bilan
qoʻshilgan Said Gʻafforbekning xatti-harakati, halokati unga sir
boʻlib qoldi. Buxoro yerida otish ochganlarga amir nomidan soʻz
aytmagani bir sir, otishda oʻzini tutmay, toʻpponcha bilan
tashqariga chiqib, oqibatda oʻq yeb pastga qulashi oʻn sir,
«bolshevik sardor»ga gap aytgani yuz sir edi. Eng alam qiladigani —
bu sirlarning birontasiga ham uning tishi oʻtmas edi. Kemadan
poezdga emas, sirlar qanotidan alam qanotiga oʻtganday bezovta edi
u.
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 19
... Poezd imillab yoʻl bosadi. Vakola hay’ati, afgʻonlar,
askarlar... har biri oʻz xayoli, umidi, ilinji, oʻz tashvishi,
hijroni, dardini ortmoqlabTurkiston hududiga tobora yaqinlashar
edi.
5
Chillaning uchinchi kuni Koʻshk ularni otash nafasi bilan
qarshiladi. Qizigan tosh ustida tuxum tugul kabob pishirsa ham
boʻlguli edi. Togʻu tosh tabiiy istehkom vazifasini oʻtovchi bu
qadimiy tilsimot qal’aning buloqlar otilib turgan soya yerida jon
saqladilar. Asadulla, Shuvalov va qal’a komendanti ichkariga kirib,
Toshkent bilan bogʻlandilar. Karki yoʻlidagi voqea shundan soʻng
oydin boʻldi: polkovnik Lamkard Karkini oʻrab olib, qal’ani
topshirishlarini Asxobod hukumati nomidan talab qilgan, Karki
yoʻlida uchragan zotni qirib tashlagan edi. — Hammasi puxta reja
bilan qilingan, — dedi Shuvalov, telegraf tasmasini oʻqir ekan. —
Qirgʻinni boshlashlari bilan ovullarga xabar ketgan. Turkmanlar
haqiqatni anglashga ulgurmaganlar. — Oʻrtoq Shuvalov, — dedi
komendant, — kecha menga gʻalati xabar yetkazdilar. Shahar atrofida
qalandarlarmi, shayxlarmi, paydo boʻlib, aholini Afgʻoniston
ixtiyoriga oʻtishga chorlayotgan emish. Bu yerlarni ruslar bosib
olishgan, endi Afgʻonistonga deyishayotganmish. — Bugunoq ularni
qoʻlga oling. — Axir ular qalandarlar... xalq norozi boʻladi. —
Bizga shu qalandarlar kerak, — dedi Shuvalov qat’iy ohangda.
Komendant tushunmaganday yelka qisib qoʻydi. Bu paytda yoniga
sarbozlarni olib yoʻlga chiqqan Mirza Qandilxon Afgʻonistonning
sarhad hokimiga roʻpara boʻldi. Yoʻldagi sarguzashtlarni bayon
qilib, vakolaning Kobul sari yurmagi uchun lozim boʻlgan ot-ulov
roʻyxatini berdi. Sarhad hokimi Hirot noibiga hoziroq chopar
joʻnatajagini ma’lum qilib, yoʻl bosib horigan birodarlariga
dasturxon tuzadi. Inglistonning muhoribani bas qilgani haqidagi
xushxabar shu dasturxon ustida aytildi. Barcha shukrlar aytib,
bir-birini muborakbod etganda Gʻulomqodirning ichini mushuk
tatalaganday boʻldi. Yoʻq, u xushxabardan norizo emasdi, bil’aks,
yurtga omonlik musharraf etilganidan mamnun edi, ammo burchini,
qasamini ado etolmaganidan, muhoribadan yiroq yerlarda oʻzga yumush
bilan band ekanidan, endi qasos umidi soʻnggi nafasiga qadar armon
boʻlib qolishidan afsusda edi. Umri tobora qisqarib borayotganini
sezgani uchun emas, armonda koʻz yumajagini bilgani uchun figʻon
chekardi. Uning nolayu figʻonlariga begona birodarlari esa ham
xushxabardan, ham yurt tuprogʻiga eson-omon yetib kelganlaridan
sarmast edilar... Ular qosh qorayganda yotoqlariga qaytishdi.
Kechki salqinda bahri-dili yayragan Xmarin ularni koʻrib, gap
qotdi: — Mirza Qandilxon, bizni tashlab Afgʻonistonga oʻzingiz
joʻnavordingizmi, degan xavotirda edim. Mirza Qandilxon tabiatan
hazilga tobi toqati yoʻqroq edi. Ustiga-ustak noʻnoq hazil bilan
qarshilanib, dami ichiga tushib ketdi. Yomon gap aytib yuborib,
baloga qolmay, deb tilini tishladi. Xmarin esa buning holatini
tushunmay: «Gʻalati kishi ekan-ku», deb hayron boʻldi. Yoʻl azobi
kuchini koʻrsatdi, tong beozorgina, jimgina bostirib kirib,
qushlarni uygʻotdi, ammo ularni uygʻotmadi. Shuvalovning buyrugʻini
bajarib, qalandarni boshlab kelgan komendant ularni uygʻotgisi
kelmay, buloq boʻyida anchagacha oʻtirdi. Birinchi boʻlib Xmarin
uygʻondi. Yarim-yalangʻoch holda yuvingani chiqqan elchi daraxtga
suyanib, oyoqlarini bahuzur uzatib oʻtirgan qalandarni, undan sal
narida miltiq ushlagan askarni koʻrib, ajablandi. — Kim bu? — deb
soʻradi komendantdan. — Qalandar... Teskari tashviqot bilan
shugʻullanayotgan ekan. — Qiziq... qiziq... — dedi Xmarin, —
qalandarlar ham siyosatchi boʻlib ketishibdimi? Bu yerga nima uchun
olib keldingiz? — Buyurilgan, — dedi komendant, gapni qisqa qilib.
— Qiziq... qiziq diplomatlarning ham ishi oʻzgarib ketgan
shekilli?
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 20
— Xmarin shunday deb uy tomon qarab baqirdi: — Vitaliy
Sergeevich, sizni kutishyapti! Xmarin yuvinib olgunicha ichkaridan
boshqalar ham chiqib, qalandar suyanib oʻtirgan chinor oldida
toʻplanishdi. — Mira’lamovich, soʻrab koʻr-chi, turkmanlarni nimaga
avrashyapti ekan? Asadulla tarjima qildi. — Afgʻoniston muhoribadan
aziyat chekyapti, yovqur sarbozlar kerak. Turkman
birodarlarimizning koʻmagiga muhtojmiz, — dedi qalandar. —
Yerlariga-chi? Yerlariga muhtoj emasmisizlar?— dedi Asadulla.
Qalandar yelka qisib qoʻydi, ammo javob bermadi. — Menga qarang, —
dedi Xmarin qalandarga, — qachondan beri askar toʻplash
qalandarlarga qolgan? — Biz pirimizning istaklarini bajo
keltiryapmiz. — Piringiz kim? Qalandar oʻylab oʻtirmay, kallasiga
kelgan nomni aytdi. — Urush tugagandan keyin askar toʻplashi qiziq
bularning, — dedi komendant. — Ha. Bularning maqsadi faqat askar
toʻplash emas... — dedi Shuvalov. oʻychan holda. — Nikolay
Zaxarovich, buni eslab qoling. Bularning boshqa da’vosi borga
oʻxshaydi. — Bu tabiiy, azizim, — dedi Xmarin. — Ikki qoʻshni
mamlakat aloqa oʻrnatayotganda albatta chegara masalasi
koʻtariladi. — Chegara masalasi? — dedi Ushinskiy hayron boʻlib. —
Biz afgʻonlarning yeriga da’vo qilmaymiz. — Bunaqa narsalarni
yoʻlga chiqmay oʻrganish kerak edi, azizim Veniamin Samoylovich, —
dedi Xmarin. — Diplomatik aloqa oʻrnatish oson emas. Amirning
maslahatchilari uni turli maqomga solishlari mumkin. Bunaqa
gaplarga shay turishimiz lozim. Karki yoʻlini toʻsganlar amir bilan
doʻst tutinishimizga osonlikcha koʻna qolishmas. Ularning bir
nayrangi, mana, oydin boʻlib turibdi. Ular daryoning bu betini
soʻrashsa kerak. «Ahvolimiz tang, xalq och, unumli yerlarga
muhtojmiz» deydi, u deydi, bu deydi, xullas, ming bahona roʻkach
qilishadi. Bu qalandaringiz shunga poydevor hozirlayapti,
ishonavering. Diplomatiya tarixida bunaqa oʻyinlar koʻp boʻlgan. —
Buni nima qilamiz unda? — dedi Shuvalov ikkilanib. — Nimaga
tuttirdingiz? Soʻroq qilish uchunmi? Soʻroq qiling. — Nimani
soʻrayman, ma’lum-ku? — Ma’lum emas, azizim, bu odamga yaxshiroq
qarang: qalandarga oʻxshamaydi. Jandani yaqinda kiygan. Yuzlariga
qarang: oftobda kuymagan. Bu oyoqlar koʻp piyoda yurmagan.
Qalandarlarni bilmas ekansiz. — Qaydan bilaman... Rahmat sizga,
Nikolay Zaxarovich... Mira’lamovich, unga tarjima qil: toʻgʻrisini
aytsa aytsin. Nimaga yuborilganini bilamiz. U bilan pachakilashib
oʻtirmaymiz, harbiy holat qonuniga koʻra shu yerda otib tashlaymiz.
Asadulla tarjima qildi. Shuvalov toʻpponchani gʻilofdan chiqardi. —
Bunday qila koʻrmang, — dedi Ushinskiy. — Jim boʻling, — dedi
Shuvalov zarda bilan, keyin bir-ikki qadam oldinga bosdi. Qalandar
birpas javdirab turdi-da, soʻng ikki qoʻlini koʻtarib, tiz choʻkib,
jonholatda gapira boshladi. Shuvalovning tavakkal bilan yuritgan
ishi kutilgan samara berdi. — Pirining nomini aytdi: kobullik Qodir
ogʻa hazrat ekan, — dedi Asadulla. — Yaxshi. Pirining oldiga biz
bilan birga boradi. Soʻrab koʻr-chi, bu amirning farmoni emasmikin?
Bu savolga javoban qalandar bosh chayqadi. — Komendant,
ketgunimizcha qamab qoʻying. Boshingiz bilan javob berasiz.
Mira’lamovich, sen afgʻonlar bilan gaplashib koʻr-chi, bu pirning
saroyda mavqei bormikin? Komendant bilan askar qalandarni olib
ketdilar. Xuddi Neva sohillarida sayr qilish uchun otlanganday
kiyinib olgan Sinelnikova ularga yaqinlashib, nozli ohangda dedi: —
Sirli majlisingiz sizlarga ovqat oʻrnida oʻtar, ammo men nonushtani
afzal koʻraman. Veniamin Samoylovich, siz-chi?
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 21
Bu savoldan Xmarinning gʻashi kelib, teskari qarab oldi. Aytgan
edi-ya, bu xonimchaga, erkaklarga suykalma deb, yo atayin gʻashiga
tegyaptimi? Ushinskiy Sinelnikovaning savoliga javobni
hayallatmadi. — Ha, oʻrtoqlar, xonimning tanbehlari oʻrinli, — u
shunday deb oldinga tushdi. Sinelnikova uni qoʻltiqlab oldi. —
Ertalabdan nima gʻalva, Veniamin Samoylovich, bir ta’viya oʻtiruvdi
anavi yerda, birovni oʻldirmoqchi ekanmi? — E, yoʻq, shunchaki bir
qalandar. Pirining gapiga kirib bu yerlar Afgʻonistonga oʻtishi
kerak, deb tashviqot qilib yurgan ekan. — Shunga shunchami, endi
uni otsalar kerak, a? — Yoʻq, Valentina Nikolaevna, biz bilan birga
ketar ekan. — Shu yetmay turuvdi. — Siz aziyat chekmang,
afgʻonlarga qoʻshib qoʻyamiz. Oʻzlari olib borishadi. — Veniamin
Samoylovich, sut ichganimiz yoʻgʻ-a? Sinelnikova shunday deb gapni
ustalik bilan chalgʻitib yubordi. Ushinskiy izma-iz kelayotgan
Xmarin koʻzidagi gʻazabdan bexabar, Sinelnikovaning iyib qolganidan
oʻzida yoʻq xursand edi... Koʻshk ularni ipsiz bogʻladi. Ular
Hirotdan darak, nafaqat darak, ot-ulov yetib kelgunga qadar
kutishga mahkum edilar. Kutish hammadan ham Xmarinni ezib yubordi.
U kotibasining qiliqlaridan xavotirga tushdi. Nazarida bu dunyoni
alanga olib boʻlgan, endi oʻchirish amrimahol edi. Xmarin oxirgi
chorani qoʻllab, «Toshkentga qaytarib yuboraman», deb poʻpisa
qilgach, Sinelnikova picha insofga kirdi. Shunda ham Xmarinning
koʻngli tinchimadi. Ipsiz bogʻlanishning uchinchi kuni, oqshom
mahalida ularning qarorgohiga oʻnga yaqin ruslar kirib kelib,
baravariga ta’zim qilishdi. — Kelinglar, mehmonlar, — dedi Xmarin
ularga peshvoz chiqib. Koʻnglidan esa, «mujiklarning shunday ta’zim
qilishi qanday yaxshi», degan gap oʻtdi. — Biz shu yerlik
dehqonlarmiz, janob, — dedi qoruvli, tepakal odam. — Bilishimcha,
afgʻon amirining vakili bor emish. — Ha, bor, nima edi? — Arz bilan
keldik. — Nima, siz Afgʻoniston yerida yashaysizmi? — Yoʻq, janob,
lekin afgʻonlarga arzimiz bor. Mirza Qandilxon chinor yonidagi
supaga toʻshalgan koʻrpachada yonboshlab, chilimni gʻurillatib
tutatardi. Xmarin uni koʻrsatdi. — Amirning vakili oʻsha odam.
Sizlarga... tarjimon kerakdir? — Yoʻq, janob, minnatdormiz sizdan,
biz forsiyda gaplashaveramiz. Umrimiz shu yerlarda oʻtyapti, tilini
oʻrganib olganmiz. Dehqonlar supaga yaqinlashib, Mirza Qandilxonga
egilib ta’zim qildilar. Xmarin qiziqib, ular ortidan bordi. —
Sardor, — dedi qoruvli, tepakal dehqon, — sizga arzimiz bor. —
Mengami? — Mirza Qandilxon ajablanib, Xmaringa qaradi. — Sizga,
sardor, — dedi mehmon, — arzimiz shuki, Afgʻonistondan qaroqchi
bosyapti. Jamshidiy degan bir qabila bor ekan. Ular bu tuproqqa
oʻtib, mollarimizni afgʻon tuprogʻiga haydab, shuyla oʻgʻirlik ila
kasbi maishat qilyaptilar. — Jamshidiylarmi? Kim aytdi sizga? —
Birovini tutdik. — Qani u? — Jamshidiylarni insofga keltirishga
va’da bersangiz, uni sizga topshiramiz, yoʻqsa, oʻzimiz chorasini
koʻramiz. — Men sarhad hokimiga, undan oʻtib, Hirot noibi ul
hukumasiga arzingizni aytaman. Siz tutgan odamni noibga yetkazaman.
Ikki dehqon toʻpdan ayrilib, dam oʻtmay aftlari momataloq boʻlib
ketgan bir qoʻlli odamni boshlab kelishdi.
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 22
— Yurtni sarafkanda qilyapsanmi, qoʻling chopilgani kam edimi,
mal’un, endi boshing ketgay! — Mirza Qandilxonshunday deb
gunohkorni tepdi. Bir qoʻllik odam chekindi-da, oʻzini oʻnglay
olmay, gursillab yiqildi, anchagachaoʻziga kelolmadi. —
Gʻulomqodir! — deb qichqirdi Mirza Qandilxon, joyiga qaytar ekan, —
Oyoq-qoʻlini bogʻla, Hirotga eltgaymiz. «Safimiz ikki kishiga
koʻpayibdi-da», deb koʻnglidan oʻtkazdi Xmarin. Kechki ovqatdan
soʻng, choyxoʻrlik qilib oʻtirishganda Xmarin daf’atan Mirza
Qandilxonga gap otib qoldi. — Soʻzlaringiz e’tibori bormi oʻzi, uch
kundan beri tiriklay mixladingiz-ku, yo amirning oʻzi bunga
kelmoqchimi? Mirza Qandilxonning piyola oʻshlagan qoʻli bir zum
muallaq qoldi. Oʻzicha bir nima deb gʻoʻldiradi, biroq soʻzaytmadi.
Piyolani doʻq etib dasturxon ustiga qoʻydi-da, oʻrnidan turib
ketdi. Ushinskiy bilan Shuvalov ular orasidanima gap oʻtganini
tushunishmadi. Shu sababli Asadulla Xmaringa forschalab dedi: —
Nikolay Zaxarovich, oʻrinsiz ta’na qildingiz. Axir afgʻonlar bizni
bu yerda kutishmagan-ku? Hirotga temir yoʻlboʻlsaykan, poezdga
chiqib ketaversak. Uch-toʻrt kishi boʻlsak ekan, uch-toʻrt ot bilan
yoʻlga tushsak. Xabar borib, toot-ulov hozirlanguncha chidaymiz-da.
Shuni boshqalar aytsa ham siz aytmasligingiz lozim edi. Siz bu
yerlarningsharoitini yaxshi bilasiz. — Men hazillashmoqchi edim. —
Hazilingiz qoʻpolroq chiqdi. Uzr soʻrasangiz chakki boʻlmas. —
Menmi? — Xmarin hayratlandi. Keyin bir oz hovurdan tushdi. —
Yaxshi... — Nima boʻldi oʻzi? — dedi Shuvalov, Xmarin oʻrnidan
turib ketgach. — Shunchaki... — dedi Asadulla, — shaxsiy gap bu.
Nonushtada Mirza Qandilxon koʻrinmadi. Garchi Xmarin uzr soʻragan
boʻlsa-da, shomda aytilgan gap kechasi bilanunga tinchlik bermay,
tong-sahar uygʻotib, sarhad hokimiga yetakladi. Peshinga yaqin
ancha chiroyi ochilgan holdakeldi. — Marhamatli sohib, — dedi u
Xmaringa yengil qulluq qilib. — Afgʻoniston tufrogʻi sizlarning
poyiqadamlaringizga mahtal. Hirotdan minmagingiz uchun sara otlar,
yoʻlda tikmak uchun hayma1, har xilasbob-taomlarni yuklab ketmoqgʻa
ulov, sizlarni aziz jonlaringizni muhofaza etib ketmoqgʻa oz
boʻlgʻonda ellikaskar yoʻlga chiqib, kechi bilan ertaga Koʻshkda
boʻlur2. Daryodagi azoblar, majruh vagonlardagi safardan soʻng otda
yoʻlga chiqish koʻpchilikka surur boʻlib koʻrindi. Mirza Qandilxon
aytganday, ot-ulov ertasiga peshinda yetib keldi. Bu hashamni
koʻrib, boshqalar u yoqda tursin,diplomatiya dabdabalaridan boxabar
Xmarin ham hayratga tushdi. «Bunaqa shohona safar tushimga ham
kirmaganedi», dedi u Asadullaga. «Shundan bilingki, bizga ilhaq
ular», dedi Asadulla.
Uchinchi qism - Kuzdagi bahor nafasi
Birinchi bob - hirot
1
Mirkomil hojining bir odati bor: agar boshlagan ishi haddan
tashqari silliq ketsa, xavotirga tushadi. U: «Siyosat bobidagi
ishmi yo tijorat yumushlarimi to oxiriga qadar silliq bitmaydi.
Qaerdadir qoqiladi», deb qattiq ishonadi. U, mardlik bilan ish
yurituvchi boy, bir narsadan — koʻz tegishdan hayiqardi. Buxoroga
oppa-oson kelishi, Tal’at maqsumning odamlari bilan tuzoqqa
ilinishi, nihoyat, Said Olimxon huzuriga kirib, amir bilan tez til
topishishi uni sergaklantirdi. Mirkomilboy Buxorodan
Afgʻonistonning Mazori Sharifiga qadar boʻlgan yoʻlni bosib
oʻtguncha turli xayollar girdobida azob chekdi. Ba’zan qum
barxanlari ajdahoning panjasiday boʻlib koʻrinadi. Ajdahoning
oʻziga, olov purkovchi ogʻziga qachon roʻpara kelar ekanman, deb
koʻngli gʻash boʻladi. Mazori Sharifga omon-eson kirib kelganida
sal hayron ham boʻldi. Na gʻanim, na qanotidagi Muhiddin boshliq
chapanilardan zahmat koʻrdi. Kutilgan yerlarda ajdaho uchramadi.
Nahot u afgʻon yerida poylab yotgan boʻlsa?! Xauston afgʻon
yerlarida ziyon-zahmat yetmasligiga kafolat berib edi...
-
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 23
Mirkomilboy — uzoq vaqt koʻrmagani, hamshahri Xasanxon hazrat
bilan quchoqlashib koʻrishayotganda hamkoʻnglining bir uchi xijil
edi. Toshkentday shaharda e’tibori katta boʻlgan, Qoʻqon
muxtoriyatiga oham soʻzinioʻtkaza oladigan Xasanxon hazrat —
jussasi kichkina, serjahl qariya Mirkomilboyni chindan
sogʻinganmidi yokoʻngil uchun shunday qildimi, har holda
hamshahrini bagʻridan darrov boʻshatmadi. Qoʻqondan
Toshkentgaqaytmay, Afgʻonistonni moʻljal qilib joʻnavorgan Xasanxon
hazratning e’tibori bu yerda ham yomon emasdi. MazoriSharif
noibiki, uning hurmatini oʻrinlatyaptimi, demak, hazrat bu yerlarda
bekor yurmagan. Mazori Sharif noibining saroyiga oʻsha kuni
toshkentlik aziz mehmon bilan birga xunuk darak ham yetib keldi.
Buxabarni keltirgan chopar baraka topmadi. Xuddi bolsheviklarning
elchilarini uning yolgʻiz oʻzi atayin qoʻldanchiqarganday noibdan
tepki yedi. Rus elchilarning Karki yoʻlida qurolli pistirmaga
uchrab, izlariga qaytib ketishlariXauston uchun ham, noib, Xasanxon
hazrat uchun ham noxush bir hol edi. Ular daryo oʻzani toraygan bu
yerdaelchilarning mahv etilajagiga toʻla ishonar edilar.
Elchilarning Chorjoʻyga qaytishi, ayniqsa Xaustonni garang qildi.
Endi yangi reja tuzish kerak, tuzish ham bir gapboʻlar, uni amalga
oshirish-chi? Xaustonning joniga noib ora kirdi. — Oʻrusiya
saforati ahlini Hirotda kutib olmak lozim, — dedi u. Xauston:
«Xoʻsh, undan keyin-chi?» — deganma’noda qarab, soʻzining davomini
kutdi. Noib, fikrini toʻla bayon etishga shoshilmadi, Xaustonning
toqati toqboʻlayozganda yana tilga kirdi: — Ular Mazori Sharif sari
yurishlari mumkin. Ular shu yoʻlda azroil changaligatushadilar.
Xaustonning xayoliga ham shu fikr kelgan edi-yu, ammo
ikkilanayotgandi. Kobulga yana ikki yoʻl boʻlsa-da, MazoriSharif
orqali boriladigani ular uchun bexavotirroq edi. Karki yoʻlida bir
oʻlimdan qolgan elchilar endi ehtiyotkorboʻladilar va eng
xavotirsiz yoʻlni tanlaydilar. Noib Xaustonning fikrini tasdiqladi.
Shu bilan birga yaxshi taklif hamaytdi: — Hirotga ishongan odamlar
yuborilmogʻi lozim. Saforat ahli orasidagi odamingiz biz yuborgan
yigitlar bilanmuloqotda boʻlsa bas. Xauston noib xizmatiga
suyansa-da, unga toʻla ishona olmas edi. U hammadan xavotirlanardi
va bu odati koʻp holdauni qiyin ahvoldan olib chiqardi. Shu bois
noib ajratgan odamlar orasiga Muhiddin bilan uning besh yigitini
hamqoʻshdi. Bu bilan noibning odamlariga oʻziga xos qoʻriqchi
yasadi. Xasanxon hazrat Kobulga oshiqardi. Shu sababli bu oʻyinga
qiziqish bildirmadi. Noibning odamlari bilan Muhiddin va uning
chapanilari saharda joʻnadilar. Xauston Muhiddinga anchagina
gaptayinladi. Mirkomilboy ularni beriroqda kuzatib, ichidan qirindi
oʻtardi. Bosh silkib-silkib qoʻyayotgan Muhiddingatikilib,
aytilayotgan gap mazmunini uqmoqchi boʻlardi.
2
Sarhad. Xaritada yurtlarni yurtlardan, xalqlarni xalqlardan,
taqdirlarni taqdirlardan ayirib turuvchi ingichka, ilonizi chiziq.
Qogʻozda shunday jonsiz. Sarhadni bosib oʻtgan odamgina bu
chiziqning qudratini his etadi. Kobuldan Toshkentga qadar borgan,
Toshkentdan xatarnok, tahlikali yoʻllar bilan yurtga qaytayotgan
afgʻonlar otlaridan tushib, Yaratganga tavallolar qilib, yerni
oʻpdilar. Bu damda Asadulla va uning birodarlari bagʻrida oʻzga his
uygʻongan edi. Ular sarhadni bosib oʻtishlari hamon, boshqa
mamlakatga emas, goʻyo boshqa olamga, qaytish mushkul boʻlgan
borsa-kelmas yurtga qadam qoʻyganday his qildilar oʻzlarini. Oʻsha
koʻzga tanish tuproqli yoʻllar, toshli soʻqmoqlar davom etayotgan
boʻlsa-da, xaritadagi ingichka chiziq ularning qalbini shart ikkiga
ayirib, yarmini bu tomonda olib qolganday, ayrilgan qalb boʻlaklari
faryod bilan potirlab bir-biriga talpinayotganday edi. Shu hislar
oʻz hukmini oʻtkazgani uchun ham ancha yerga qadar gap-gapga
qovushmadi. Ustiga-ustak, otda safar qilish sururi sarob ekani
ma’lum boʻlib, ba’zilarning ona sutlari ogʻizlariga keldi. Jinga
chaqa tanga childirma boʻlib koʻringanday, hayma, idish-tovoq,
oziq-ovqatga moslangan taraqa-turuq aravalar ular koʻziga
taxtiravonday koʻrindi. Mirza Qandilxon ularning ahvolini koʻrib,
ikki aravani yukdan boʻshattirib, joy qilib berdi. Chordara, Milol
manzillari ortda qoldi. Parvonaga yetishsa, u yogʻi Hirot... Togʻ
yoʻllari ularni chilla oftobida qovjirayotgan choʻlga olib keldi.
«Bizning Mirzachoʻlga oʻxsharkan», dedi Asadulla chor atrofga boqib
borarkan.