Top Banner
O ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 6 dekabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari Samarqand 201 9 y
40

samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

Feb 21, 2021

Download

Documents

dariahiddleston
Welcome message from author
This document is posted to help you gain knowledge. Please leave a comment to let me know what you think about it! Share it to your friends and learn new things together.
Transcript
Page 1: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI

2019 yil 6 dekabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

Samarqand – 2019 y

Page 2: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR

MA’LUMOTLAR

RESPUBLIKA SUV TA’MINOTI TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningq a r o r i

http://uza.uz/oz/documents/respublika-suv-taminoti-tizimini-yanada-takomillashtirish-t--27-11-2019

AHOLINING ICHIMLIK SUVI BILAN TA’MINLANGANLIK DARAJASINI OSHIRISH VA UNING SIFATINI YAXSHILASH UCHUN

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SUV RESURSLARINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI

TO‘G‘RISIDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

f a r m o n ihttp://uza.uz/oz/documents/a-olining-ichimlik-suvi-bilan-taminlanganlik-darazhasini-osh-27-11-2019

“ZAMONAVIY MAKTAB”LARNI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningq a r o r i

http://uza.uz/oz/documents/zamonaviy-maktab-larni-tashkil-etish-chora-tadbirlari-t-risi-27-11-2019

HUNARMANDCHILIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH VA HUNARMANDLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA

QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r ihttp://uza.uz/oz/documents/unarmandchilikni-yanada-rivozhlantirish-va-

unarmandlarni-lla-30-11-2019SHAVKAT MIRZIYOYEV TATARISTON DELEGATSIYASINI

QABUL QILDIO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 noyabr kuni

Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi subyektlari orasida mamlakatimiz hududlari uchun yetakchi hamkorlardan biri bo‘lgan Tatariston bilan aloqalarning

Page 3: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

bugungi bosqichidagi dolzarb masalalar va amaliy sheriklikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yilda Tatariston poytaxti Qozon shahrida O‘zbekistonning bosh konsulligi ochildi.

Rossiyaning ushbu hududi bilan o‘zaro savdo hajmi ortmoqda. Mashinasozlik, neft-gaz, kimyo va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, kooperatsiyani kuchaytirish hamda qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika va farmatsevtika tarmoqlari, axborot texnologiyalari, uy-joy kommunal xo‘jalik, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida amaliy loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv so‘ngida 2020 yilga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish va sheriklikni kengaytirish bo‘yicha ikki tomonlama ishchi guruhining muntazam uchrashuvlarini o‘tkazishga kelishib olindi.

O‘ZBEKISTON – TURKMANISTON: KO‘P ASRLIK DO‘STLIK VA MADANIY ALOQALARNING YANGI BOSQICHI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 28 noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Qardosh o‘zbek va turkman xalqlarining tarixi, madaniyati bir, tili va urf-odatlari o‘xshash. Bu yaqinlik mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikka asos bo‘lmoqda.

Alohida ta’kidlash kerakki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbari sifatida ilk xorijiy tashrifi 2017 yil 6-7 mart kunlari Turkmanistonga bo‘lgan edi. Bu bejiz emas. Mazkur tashrif O‘zbekiston tashqi siyosatida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga alohida ahamiyat qaratishining yorqin dalilidir. O‘sha muzokaralarning asosiy natijasi o‘laroq, O‘zbekiston va Turkmaniston munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga – strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.

2018 yil aprelda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ldi. O‘sha yili avgust oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari majlisida, joriy yil oktyabrda esa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammitida ishtirok etish uchun Turkmanistonda bo‘ldi.

Bundan tashqari, hukumatlar, vazirliklar darajasida ham ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Turkmaniston Prezidentining bu galgi tashrifi davlat rahbarlari do‘stligining yana bir ifodasi, 29 noyabr kuni poytaxtimizda o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi oldidan samimiy muloqotdir.

Page 4: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

Turkmaniston Prezidentining O‘zbekistonga amaliy tashrifi Ko‘ksaroy qarorgohida davlat rahbarlarining uchrashuvi bilan boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar va ularni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Muzokaralar chog‘ida amaliy hamkorlik masalalariga, jumladan, o‘zaro savdoni kengaytirish, mashinasozlik, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari Toshkentda o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi mintaqada do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilishi xususida yakdil fikr bildirdilar.

Turkmaniston mintaqadagi asosiy savdo sheriklarimizdan biri. O‘zbekistondan Turkmanistonga qishloq xo‘jaligi texnikasi, meva-sabzavotlar, mineral o‘g‘itlar, qurilish materiallari, kimyo va to‘qimachilik mahsulotlari, turli sohadagi xizmatlar eksport qilinadi. Turkmanistondan yurtimizga neft va neft mahsulotlari, mexanik uskunalar, propilen polimerlari, boshqa kimyoviy tovarlar keltiriladi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi muttasil oshmoqda. Jumladan, 2018 yilda 302 million dollardan oshgan bo‘lsa, 2019 yil yanvar-oktyabr oylarida bu ko‘rsatkich 429 million dollarni tashkil etdi.

O‘zbekiston – Turkmaniston hamkorligining ustuvor yo‘nalishlaridan yana biri transport sohasidir. Ikki mamlakatning avtomobil va temir yo‘llari orqali o‘zaro savdo yuklari tashilmoqda, uchinchi davlatlar uchun ham tranzit qilinmoqda. Xususan, 2018 yilda temir yo‘l orqali xalqaro yuk tashish hajmi 23,7 foiz oshgan edi. Joriy yilning 9 oyida bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yana 37 foizga o‘sdi. Avtomobil orqali tashishda ham ijobiy sur’atlarni ko‘rish mumkin. 2018 yilda bu borada 3,5 marta oshish kuzatilgan edi. Joriy yilning 9 oyida bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,8 marta o‘sdi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar mustahkamlanib bormoqda. O‘zbekiston va Turkmaniston vakillari ikki mamlakatda tashkil etilayotgan madaniyat kunlari tadbirlari, turli konsertlar, festivallar va tanlovlar, sport musobaqalarida faol ishtirok etmoqda.

2017 yil may oyida Toshkentda Maxtumquli nomidagi ko‘cha va unga bag‘ishlangan me’moriy yodgorlik ochilgan edi. 2018 yil aprel oyida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning mamlakatimizga tashrifi sharafiga poytaxtimizda “Ashxobod” sayilgohi, Xorazm viloyatida “O‘zbek – turkman” do‘stlik uyi va “Ulli hovli” majmuasi ochilgani xalqlarimiz do‘stligi, ahilligi va madaniy yaqinligining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

Page 5: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

Joriy yilda Samarqandda o‘tkazilgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali va Qo‘qon shahrida o‘tgan Xalqaro hunarmandchilik festivalida Turkmaniston delegatsiyasi munosib ishtirok etdi.

Uchrashuvda hududlar o‘rtasida, shuningdek, madaniy-gumanitar sohada faol aloqalarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

Muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston rahbarining kitoblari – ilmiy asarlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Ushbu kitoblar mamlakatimiz ilmiy-akademik doiralari va ijodiy jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otganini ta’kidlash lozim. Mazkur tashrif arafasida Gurbanguli Berdimuhamedovning qator kitoblari – “Baxtli hayot sog‘liqdan boshlanar”, “Madaniyat – xalqning bebaho xazinasi”, “Barhayot afsona”, “Choy – shifo va ruhiy quvvat manbai” nomli kitoblari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etilgan edi. Ularda muallifning salomatlik, turkman xalqi madaniyati va urf-odatlari, turkman gilamchiligi, choy ichish an’analari haqidagi fikrlari, iqtiboslari jamlangan, mavzuga oid fotosuratlar bilan boyitilgan. 

Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentiga mamlakatimizda chop etilgan Gurbanguli Berdimuhamedov kitoblarining ilk nusxalarini sovg‘a qildi.

Shundan so‘ng Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Faxriy akademigi unvonini berishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimiz Fanlar akademiyasi ushbu qarorni Turkmaniston Prezidenti xalqaro ilmiy doiralarda keng tanilgan va e’tirof etilgan olim, zamonaviy tibbiyot, farmakologiya, iqtisodiyot, arxitektura va fanning boshqa sohalarini rivojlantirish hamda Markaziy Osiyoning boy tabiatini o‘rganishga bag‘ishlangan qator ilmiy qomusiy asarlar muallifi ekanini inobatga olgan holda qabul qildi. 

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu qaror Turkmaniston Prezidentining ilm-fan sohalarini rivojlantirish, qardosh o‘zbek va turkman xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlariga ulkan hurmat ifodasi ekanini ta’kidladi.

Turkmaniston Prezidentining ajdodlar ma’naviy merosi va fundamental ilmiy izlanishlarga asoslangan ko‘p sonli ilmiy asarlari bugungi fan, madaniyat va san’at rivojiga munosib hissa qo‘shdi.

Davlatimiz rahbari keyingi yillar ko‘p asrlik aloqalar tarixida alohida ahamiyatga ega bo‘lgani va bugungi kunda Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma asosida tobora rivojlanayotganini qayd etdi. Bu o‘zaro savdo hajmining sezilarli oshgani, sanoat kooperatsiyasi va hududlararo hamkorlik kuchayib borayotgani, madaniy-gumanitar aloqalar faollashganida namoyon bo‘lmoqda.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, o‘z navbatida, Prezident Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga ko‘rsatilgan yuksak e’tibor uchun chuqur minnatdorlik bildirdi, bu Turkmanistonga hurmat-ehtirom ifodasi, mamlakatning fan va ta’lim sohalaridagi yutuqlari e’tirofi, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik mustahkamligidan dalolat ekanini ta’kidladi.

Page 6: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

Turkmaniston rahbari ko‘p asrlik tarixiy-madaniy aloqalar bog‘lab turgan mamlakatlarimizning yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan hamkorligi o‘zaro manfaatlarga ham, butun mintaqa farovonligi yo‘lidagi maqsadlarga ham mos ekanini qayd etdi.

Gurbanguli Berdimuhamedov Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni mustahkamlash, unga yangi sur’at bag‘ishlashga qo‘shgan shaxsiy hissasini yuksak baholadi. O‘zbekiston rahbari bilan muntazam va samarali uchrashuvlar doimo do‘stona va ishonch ruhida o‘tayotgani va aniq kelishuvlarga erishishga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Bularning barchasi O‘zbekiston va Turkmaniston davlatlararo konstruktiv siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlik va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish borasida qat’iy ekanini tasdiqlaydi.

Tadbirda ilm-fan va madaniyat namoyandalari, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turkman millati vakillari so‘zga chiqib, Turkmaniston Prezidentini yuksak unvon bilan tabrikladi. 

Marosimda ikki mamlakatning rasmiy delegatsiyalari a’zolari, akademik doiralari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

SHAVKAT MIRZIYOYEV VA NURSULTON NAZARBOEVNING UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

Toshkentda o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi doirasida 29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Nursulton Nazarboyevni O‘zbekistonga tashrifi bilan samimiy qutlab, unga O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari etakchilari uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun yana bir bor minnatdorlik bildirdi.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli keyingi yillarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi an’anaviy yaqin munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi, aniq amaliy mazmun bilan boyidi.

Elboshi Nursulton Nazarboyev, o‘z navbatida, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilk bor 2018 yil Ostona (ayni paytda – Nur-Sulton) shahrida o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari mintaqada ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda hamda sheriklikning amaliy loyihalarini ilgari surish uchun samarali maydon bo‘lmoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga oid, shuningdek, global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘ZBEKISTON VA QIRG‘IZISTON PREZIDENTLARINING UCHRASHUVI

Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi doirasida 29 noyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi

Page 7: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari izchil kengayib, mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Turli darajalardagi aloqalar faollashgani, tovar ayirboshlash ortayotgani, gumanitar almashinuvlar jadallashgani alohida ta’kidlandi.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Tomonlar Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Toshkentdagi maslahat uchrashuvi mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirish hamda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shishiga ishonch bildirdilar.

SHAVKAT MIRZIYOYEV EMOMALI RAHMON BILAN UCHRASHDIToshkent shahrida o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi

Maslahat uchrashuvi doirasida 29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.

Strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligi rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli bugun savdo-iqtisodiy munosabatlar faol rivojlanmoqda. O‘zaro savdo hajmi ortmoqda, turli tarmoqlardagi kooperatsiya kuchaymoqda, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.

Uchrashuvda qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida intilishlari qat’iy ekanini ta’kidladilar.

MINTAQAVIY MULOQOTNI RIVOJLANTIRISHNING SIFAT JIHATIDAN YANGI BOSQICHI

Toshkentda 29 noyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy Osiyo xalqlarini ko‘p asrlik qardoshlik rishtalari, mushtarak tarix, ma’naviy va madaniy qadriyatlar, o‘xshash til va mentalitet birlashtirib turadi. Ta’bir joiz bo‘lsa, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston bir qo‘lning besh barmog‘idek hamisha bir-biriga suyangan, elkadosh bo‘lgan. Umumiy tarixiy merosga ega xalqlarimizning barqaror rivojlanishi va farovon kelajagini bir-biridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi.

Shu bois Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturidayoq tashqi siyosatni amalga oshirishda barcha davlatlar, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratgan edi. 

Page 8: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

Bu maqsadlar 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida o‘z ifodasini topdi. Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yuritish, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilik muhitini mustahkamlash, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilishni hal etish kabi masalalar ustuvor yo‘nalishlar etib belgilandi.

O‘tgan qisqa vaqtda bu borada tarixiy qadamlar qo‘yildi. Chegaradan o‘tish, suvdan foydalanish kabi o‘tkir muammolar hal etildi. Chegaralar ochildi, o‘zaro bordi-keldi ko‘paydi.

Prezidentimiz ilk davlat tashriflarini qo‘shni mamlakatlarga amalga oshirdi. Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi. Qozog‘iston bilan strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish borasida muhim hujjatlar imzolandi.

Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan umumiy chegaraga ega O‘zbekistonning bu sa’y-harakatlari butun mintaqadagi muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi ana shunday yaxshi qo‘shnichilik muhiti, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan ezgu tashabbusdir.

Mazkur anjuman tarixiga nazar tashlasak, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu haqda ilk bor Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan turib aytgan edi. 2017 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida davlatimiz rahbari “Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O‘zbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo‘shnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdordir. Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo – biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir. O‘zbekiston o‘zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashning qat’iy tarafdoridir”, deya ta’kidladi.

O‘sha yili noyabr oyida Samarqandda BMT shafeligida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro anjumanda Prezidentimiz Markaziy Osiyoga oid dolzarb masalalar bo‘yicha mintaqa mamlakatlarining sa’y-harakatlarini birlashtirish, buning uchun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini muntazam yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.

Bu tashabbusni mintaqadagi barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlar qo‘llab-quvvatladi. Elboshi Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan, birinchi Maslahat uchrashuvi 2018 yil 15 martda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tdi. Unda mintaqa mamlakatlari o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, terrorizm, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashish, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari taklifining ijobati sifatida 2018 yil 22 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus rezolyutsiya qabul qilingani mintaqaviy hamkorlik rivojiga mustahkam zamin yaratadigan yana bir tarixiy voqea bo‘ldi.

Page 9: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

Prezidentimiz tashabbusi bilan O‘zbekiston tashqi siyosatida “Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo‘nalish” tamoyili amalda tatbiq etila boshladi. Barcha qo‘shnilarimiz bilan do‘stona va o‘zaro ishonch ruhidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash asosiy vazifalardan biriga aylandi.

Qozog‘iston O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklaridan sanaladi. 2018 yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 50 foiz o‘sib, 3 milliard dollardan oshgan. Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida bu ko‘rsatkich 2,9 milliard dollarni tashkil etdi.

Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya samarali faoliyat olib bormoqda. Yurtimizda Qozog‘iston kapitali ishtirokida 766 ta, Qozog‘istonda esa O‘zbekiston rezidentlari ishtirokida qariyb 200 korxona ochilgan. Avtomobil va temir yo‘llar orqali yuk tashish hajmi ham o‘sgan. Mamlakatlarimizning yirik shaharlari o‘rtasida avtobus va samolyotlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Qirg‘iziston bilan aloqalar ham kengaymoqda. Xususan, 2018 yilda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 481 million dollardan oshgan bo‘lsa, joriy yilning yanvar-oktyabr oylaridayoq keskin o‘sib, 703 million dollarga etgan.

Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya ishlamoqda. O‘zbekistonda Qirg‘iziston vakillari ishtirokida 150 ta, Qirg‘izistonda esa yurtimiz kapitali ishtirokida 51 korxona ochilgan. Hududlararo aloqalar, sanoat kooperatsiyasi ham izchil rivojlanmoqda.

Keyingi yillarda Tojikiston bilan hamkorlik ham faollashdi. Masalan, 2018 yilda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 389 million dollardan oshgan bo‘lsa, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida bu ko‘rsatkich qariyb 30 foiz o‘sib, 408 million dollarga etgan.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya tuzilgan. Ikki mamlakatda o‘zaro hamkorlikda tuzilgan o‘nlab korxonalar ishlab turibdi. Madaniy-gumanitar va turizm sohasidagi aloqalar ham kengaymoqda.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitining asosiy voqealari 29 noyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev dastlab sammit mehmonlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, unga O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari etakchilari uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun yana bir bor minnatdorlik bildirdi.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli keyingi yillarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi an’anaviy yaqin munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi, aniq amaliy mazmun bilan boyidi.

Elboshi Nursulton Nazarboyev, o‘z navbatida, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilk bor 2018 yili Nur-Sulton shahrida o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari mintaqada ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani hamda sheriklikning amaliy loyihalarini ilgari surish uchun samarali maydon vazifasini o‘tayotganini ta’kidladi.

Page 10: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga oid, shuningdek, global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashuvda davlat rahbarlari O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Turli darajalardagi aloqalar faollashgani, tovar ayirboshlash ortayotgani, gumanitar almashinuvlar jadallashgani alohida ta’kidlandi.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Tomonlar Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Toshkentdagi Maslahat uchrashuvi mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirish hamda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shishiga ishonch bildirdilar.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan muloqotda strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan ko‘p qirrali O‘zbekiston – Tojikiston hamkorligi rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Hamkorlikdagi sa’y-harakatlar tufayli bugun savdo-iqtisodiy munosabatlar faol rivojlanmoqda. O‘zaro savdo hajmi ortmoqda, turli tarmoqlardagi kooperatsiya kuchaymoqda, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.

Uchrashuvda qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida intilishlari qat’iy ekanini ta’kidladilar.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz hamkorligining dolzarb masalalari va ularni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Davlat rahbarlari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Shundan so‘ng Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvi boshlandi.

Suratga tushish marosimidan so‘ng delegatsiyalar rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etdi.

Sammitda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.Davlatimiz rahbari majlis ishtirokchilarini samimiy qutlab, ushbu uchrashuv

hayot talabi, tomonlarning do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash, sheriklikni kengaytirishga intilishi ifodasi ekanini ta’kidladi. 

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli oxirgi yillarda ko‘plab murakkab masalalarga echim topildi. Bu ijobiy o‘zgarishlar xalqlarimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlandi hamda butun dunyoda yuqori baholandi.

Page 11: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

Shu bilan birga, tez o‘zgarayotgan dunyoda yangidan-yangi masalalar kun tartibiga chiqmoqda. Mintaqaviy xavfsizlikka tahdidlar, barqaror rivojlanishga halal beruvchi omillar paydo bo‘layotir. Bu o‘zaro ishonchga asoslangan sheriklikni mustahkamlashni, sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni talab etmoqda.

Yetakchilarning mazkur uchrashuvi oliy darajadagi mintaqaviy muloqotni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi.

– Yaratganning inoyati bilan biz qo‘shnilarmiz. Xalqlarimizning tarixi va taqdiri, kelajagi chambarchas bog‘liq. Bu esa mintaqamizni birlashtiruvchi katta kuchdir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyoda ko‘p tomonlama hamkorlik bo‘yicha yagona nuqtai nazarni kelishish zarurligini ta’kidlab, uning asosiy yo‘nalishlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi, qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Bu, avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirishdir. Katta bozorga ega, tabiiy xomashyo va inson resurslari salmoqli bo‘lgan mintaqamizning raqobatdosh ustunliklarini imkon qadar to‘liq ishga solish muhim. Qo‘shimcha qiymat zanjirini shakllantirish, mintaqa ichida savdoni kengaytirish, ish o‘rinlari yaratish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yangi imkoniyatlarni aniqlash va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish lozim.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avtomobilsozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik sanoati, agrar tarmoqda faol hamkorlik qilishga tayyor ekani bildirildi.

Ikkinchi muhim yo‘nalish – mintaqaning transport jihatidan o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash va tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarish.

Markaziy Osiyoning transport tizimi yaratilayotgan zamonaviy logistika infratuzilmasidan foydalangan holda mintaqa ichida uzluksiz kommunikatsiyani ta’minlashi, shuningdek, tobora ortib borayotgan tranzit oqimlariga samarali xizmat qilishi lozimligi ta’kidlandi.

Uchinchidan, mintaqamizning uzoq muddatli manfaatlarini hisobga olgan holda, energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish zarurligi, O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini oshirish, zamonaviy energetika infratuzilmasini yaratish borasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekani ta’kidlandi.

Mamlakatlarimizning ulkan turizm salohiyatini amalga oshirish yana bir istiqbolli yo‘nalishdir. Davlatimiz rahbari buning uchun Markaziy Osiyoning yagona, ko‘pchilik taniydigan turizm brendi, mintaqa uchun umumiy bo‘lgan jozibador turizm mahsulotlarini shakllantirish lozimligiga e’tibor qaratdi.

Shavkat Mirziyoyev suvdan foydalanish borasidagi muammolarni hal etishga doir o‘zaro kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqishni taklif etdi, Afg‘onistonda tinchlik, milliy murosa va iqtisodiy tiklanishga erishishga ko‘maklashish yo‘lida mintaqa mamlakatlarining sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish muhim ekanini ta’kidladi.

Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarida xavfsizlikni mustahkamlash, davlatlarimiz o‘rtasidagi savdo to‘siqlarini bartaraf etish, mintaqaning mavjud ulkan iqtisodiy salohiyatidan foydalangan holda sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish, energetika infratuzilmalarini modernizatsiya qilish va hududning tranzit imkoniyatlarini

Page 12: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

kengaytirishga qaratilgan yirik loyihalarni ro‘yobga chiqarish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikkinchi Maslahat uchrashuvining o‘tkazilishi manfaatlarning o‘zaro mushtarakligi, mamlakatlarimiz mintaqaviy taraqqiyotning eng dolzarb masalalari bo‘yicha ochiq muloqot va birgalikda qarorlar qabul qilishga tayyor ekanini yana bir bor yaqqol tasdiqlashini ta’kidladi.

Uchrashuvda tomonlar hududlar darajasida faol almashinuvlar va muloqotni qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan, ta’lim, turizm, madaniyat va sport sohalarida qo‘shma tadbirlarni muntazam o‘tkazishga kelishib oldilar.

Markaziy Osiyo asrlar davomida qardosh xalqlar tinch va totuv yashab kelayotgan jahondagi kam sonli mintaqalardan biridir.

Sammitda mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi formaт́idagi har yillik sammitlar shu jihatdan g‘oyat muhim ekani ta’kidlandi. Shuni alohida qayd etish kerakki, Markaziy Osiyo davlatlari bugunga kelib oliy darajadagi mintaqaviy muloqotni rivojlantirishning sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichiga ko‘tarildi.

Sammit yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilindi hamda Maslahat uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish reglamenti ma’qullandi.

Turkmaniston Prezidentining taklifiga binoan davlat rahbarlari Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvining Faxriy raisi etib bir ovozdan sayladilar.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi kelasi yili Qirg‘izistonda o‘tkaziladi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifingda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev muzokaralar an’anaviy do‘stlik va o‘zaro anglashuv ruhida o‘tgani, davlat rahbarlarining mintaqada ishonch va yaxshi qo‘shnichilik muhitini yanada mustahkamlashga bo‘lgan intilishi va qat’iy siyosiy irodasining yaqqol ifodasi bo‘lganini ta’kidladi.

Samarali muzokaralardan so‘ng Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chatlar o‘tqazdi. Bu daraxtlar O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning mustahkam do‘stligi va hamkorligi ramzi sifatida yonma-yon o‘sadi.

Kunning ikkinchi yarmida davlat rahbarlari Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Shu bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi yakuniga etdi.

SHAVKAT MIRZIYOYEV: BIZ OLIY DARAJADAGI MINTAQAVIY MULOQOTNI RIVOJLANTIRISHNING SIFAT JIHATIDAN MUTLAQO

YANGI BOSQICHIGA KO‘TARILDIK

Page 13: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muzokaralar an’anaviy do‘stlik va o‘zaro anglashuv ruhida o‘tganini, davlat rahbarlarining mintaqada ishonch va yaxshi qo‘shnichilik muhitini yanada mustahkamlashga bo‘lgan intilishi va qat’iy siyosiy irodasining yaqqol ifodasi bo‘lganini ta’kidladi.

– Biz o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalarini atroflicha muhokama qildik. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytirish yo‘lida butunlay hamfikr ekanimizni yana bir bor tasdiqladik. Uchrashuv dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha bizning qarash va yondashuvlarimiz, o‘zaro juda yaqin ekanini namoyish etdi, – dedi davlatimiz rahbari.

Uchrashuvda savdo to‘siqlarini bartaraf etish, sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish, energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish va mintaqaning tranzit imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgani ma’lum qilindi. 

Tomonlar hududlar darajasida faol almashinuvlar va  muloqotni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ilm-fan, ta’lim, turizm, madaniyat va sport sohalarida qo‘shma tadbirlarni muntazam o‘tkazishga kelishib oldilar.

Muzokaralar chog‘ida mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun ko‘p tomonlama hamkorlik masalalariga jiddiy e’tibor qaratilgani aytildi.

Sammit yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilindi hamda Maslahat uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish reglamenti ma’qullandi. 

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev bir ovozdan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvining Faxriy raisi etib saylandi.  

– Bizni mushtarak tarix va madaniyat, yagona muqaddas din, o‘xshash mentalitet, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va an’analar, hamda ajralmas do‘stlik chambarchas bog‘lab turadi. Bularning barchasi, xalqlarimiz farovonligi va ravnaqi yo‘lida Markaziy Osiyo davlatlari salohiyatini birlashtirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli hamkorligimizga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. 

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi kelgusi yili Qirg‘izistonda o‘tkaziladi.

PREZIDENTLAR ISLOM KARIMOV HAYKALI POYIGA GUL QO‘YDI

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi ishtirokchilari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov kunning ikkinchi yarmida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuiga tashrif buyurdi.

Buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov mamlakatimiz mustaqilligi va yangi davlatchiligining asoschisi, tinchlikparvar va xalqparvar rahbar sifatida

Page 14: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

katta hurmat qozongan edi. U kishi ko‘p yillar faoliyat olib borgan “Oqsaroy” qarorgohi bugun Birinchi Prezidentimiz nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuiga aylantirilgan.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI

RAHBARLARINING MASLAHAT UCHRASHUVI YAKUNLARI BO‘YICHA BRIFINGDAGI BAYONOTI

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!Xonimlar va janoblar!Avvalambor, sizlarni, bugun Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan tarixiy

anjumanni – Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvini yoritish maqsadida to‘plangan ommaviy axborot vositalari vakillarini samimiy qutlashdan mamnunman.

Ushbu formatdagi doimiy muloqotlarni o‘tkazish tashabbusi hurmatli hamkasblarim – mintaqa yetakchilarining faol qo‘llab-quvvatlashi bilan amalga oshmoqda. 

Shu munosabat bilan 1998 yili Ashxabod shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitining tarixiy ahamiyatini hamda 2018 yilda Nur-Sulton shahridagi Maslahat uchrashuvining samarali natijalarini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman.

Bugungi samimiy muzokaralarimiz ham an’anaviy do‘stlik va o‘zaro anglashuv ruhida o‘tdi.

Uchrashuvlar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining mintaqada ishonch va yaxshi qo‘shnichilik muhitini yanada mustahkamlashga bo‘lgan intilishi va qat’iy siyosiy irodasining yaqqol ifodasi bo‘ldi.

Biz o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalarini atroflicha muhokama qildik. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytirish yo‘lida butunlay hamfikr ekanimizni yana bir bor tasdiqladik.

Uchrashuv dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha bizning qarash va yondashuvlarimiz o‘zaro juda yaqin ekanini namoyish etdi.

Mintaqaning mavjud ulkan iqtisodiy salohiyatidan foydalangan holda, ustuvor sohalarda muloqot va sheriklikni rivojlantirishga kelishib oldik.

Biz davlatlarimiz o‘rtasidagi savdo to‘siqlarini bartaraf etish, sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiramiz.

Energetika infratuzilmalarini modernizatsiya qilish va mintaqaning tranzit imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yirik loyihalarni ro‘yobga chiqarish niyatidamiz.

Iqtisodiy va transport koridorlarining samarali mintaqaviy tizimini yaratish borasida faol hamkorligimiz bundan keyin ham davom etadi.

Page 15: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

Suv resurslaridan birgalikda foydalanish, iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini yumshatish, ekologik xatarlarga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha ham batafsil fikr almashdik.

Biz innovatsion texnologiyalarni jalb qilish, “yashil iqtisodiyot” prinsiplarini joriy etish, cho‘llanishning oldini olish orqali Orolbo‘yi muammolarini echishdagi sa’y-harakatlarimizni muvofiqlashtirib boramiz.

Mamlakatlarimiz mintaqalari o‘rtasida faol muloqotni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ilm-fan, ta’lim, turizm, madaniyat va sport sohalarida qo‘shma tadbirlarni muntazam o‘tkazib borishga kelishib oldik.

Biz Markaziy Osiyo xalqlarini birlashtirib turadigan umumiy qadriyat va an’analarni asrab-avaylash, keng targ‘ib qilish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanimizni bayon etdik.

Muzokaralar chog‘ida mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun ko‘p tomonlama hamkorlik masalalariga ayniqsa jiddiy e’tibor qaratildi. Jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari va maxsus xizmatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Biz Afg‘oniston mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni faollashtirish tarafdorimiz. Birodar afg‘on xalqiga amaliy yordam ko‘rsatishni, yon qo‘shnimiz bo‘lgan ushbu mamlakatda bevosita ular ishtirokida qo‘shma infratuzilma loyihalarini va mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surishni bundan keyin ham jadal davom ettiramiz.

Bu chora-tadbirlar Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, tinchlik jarayonlarini ta’minlash, iqtisodiyotni qayta tiklash uchun zarur shart-sharoitlar yaratishiga ishonamiz.

Mintaqamiz davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi formatidagi har yil o‘tkaziladigan sammitlar g‘oyatda muhim ekanini barchamiz qat’iy ma’qulladik.

Uchrashuvlarimiz hamkorligimizning eng dolzarb masalalarini ochiqlik va o‘zaro ishonch asosida muhokama qilish uchun samarali muloqot maydoni bo‘lishini yana bir bor tasdiqladi.

Sammit yakunida munosabatlarimiz natijadorligiga xizmat qiladigan muhim hujjatlar qabul qilindi.

Bu o‘rinda, avvalo, Qo‘shma bayonot haqida to‘xtalishni istar edim. Mazkur hujjat bizning mintaqaviy hamkorligimizni har tomonlama chuqurlashtirish, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi umumiy siyosiy irodamizni yana bir bor tasdiqladi.

Biz Maslahat uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish Reglamentini ma’qulladik. Ushbu hujjat sammitlarga puxta hozirlik ko‘rish, ularni tizimli ravishda o‘tkazish, kelishilgan va o‘zaro manfaatli qarorlar qabul qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Biz Turkmaniston Prezidentining taklifini to‘la qo‘llab-quvvatladik va oqsoqolimiz, Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Abishevich Nazarboyevni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvining faxriy raisi etib sayladik. 

Page 16: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

E’tiboringizni muhim bir masalaga qaratmoqchiman. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi formati qandaydir yangi mintaqaviy tashkilot tuzish haqida gapirishga asos bo‘la olmaydi.

Hurmatli jurnalistlar! Xonimlar va janoblar!Markaziy Osiyo – asrlar davomida qondosh xalqlar tinch va totuv yashab

kelayotgan jahondagi kam sonli mintaqalardan biridir.Bizni mushtarak tarix va madaniyat, yagona muqaddas din, o‘xshash

mentalitet, ma’naviy-axloqiy qadriyat va an’analar hamda ajralmas do‘stlik chambarchas bog‘lab turadi. 

Bularning barchasi xalqlarimiz farovonligi va ravnaqi yo‘lida Markaziy Osiyo davlatlari salohiyatini birlashtirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli hamkorligimiz uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

So‘zimning yakunida shuni aytishni istardimki, biz oliy darajadagi mintaqaviy muloqotni rivojlantirishning sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichiga ko‘tarildik.

Hech shubhasiz, birgalikdagi intilishlarimiz bilan oldimizda turgan barcha maqsadlarga albatta erishamiz. Markaziy Osiyoni xavfsiz va barqaror taraqqiyot mintaqasiga, ko‘pqirrali sheriklik makoniga aylantiramiz.

Biz navbatdagi Maslahat uchrashuvimizni kelgusi yili Qirg‘izistonning go‘zal Bishkek shahrida o‘tkazishga kelishib oldik. 

E’tiborlaringiz uchun rahmat.

USHBU HAFTA “AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI” MASHG‘ULOTLARINI MAVZUSIDA O‘TKAZISH UCHUN

TAYYORLANGAN YORDAMCHI MATERIALLAR

Qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolatiXalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi bo‘lgan

Konstitutsiyamiz yurtimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam

poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda1. Sh.M.Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasining PrezidentiMa’lumki, Konstitutsiya har bir davlatning asosiy huquqiy hujjati

hisoblanadi. Uning qoidalari nafaqat davlat tuzumi, davlat hokimiyati va boshqaruvini tashkil etish tamoyillarini, balki ijtimoiy-iqtisodiy hayot me’yorlarini ham belgilab beradi.

Qayd etish lozimki, asosiy qonun, ya’ni Konstitutsiyada boshqa barcha joriy qonunlar uchun asosiy ahamiyatga ega g‘oya va qoidalar mustahkamlanadi. Shu tariqa har qanday davlatning huquqiy tizimida u ustuvor ahamiyat kasb etadi.

1Мирзиёев Ш.М. Билимли авлод – буюк келажакнинг, тадбиркор халқ – фаровон ҳаётнинг, дўстона ҳамкорлик эса тараққиётнинг кафолатидир. // Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 26 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. // http://uza.uz/oz/politics/bilimli-avlod-buyuk-kelazhakning-tadbirkor-khal-farovon-ayet-08-12-2018

Page 17: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

Konstitutsiyaviy huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u o‘zining asosiy qoidalarini hayotga to‘liq tatbiq etish uchun keng imkoniyat yaratadi.

Asosiy konstitutsiyaviy qoidalar, tamoyillar yuridik bazani tashkil qiladi. Ushbu yuridik baza negizida esa huquqning barcha — moliyaviy, fuqarolik, jinoiy, mehnat va boshqa sohalarining normalari mujassam. Har qanday me’yoriy-huquqiy hujjat (qonunlar, farmonlar, qarorlar va boshqalar) konstitutsiyaga asoslanadi. Boshqacha aytganda, konstitutsiya barcha qonun hujjatlarining asosi, manbai hisoblanadi.

Erkinlik, tenglik, adolat, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi, hokimiyatning saylov asosida vujudga kelishi, hokimiyatlar bo‘linishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud qarorisiz mahrum etib bo‘lmasligi, aybsizlik prezumpsiyasi bularning barcha-barchasi demokratiyaning eng muhim belgilari bo‘lib, demokratik davlatlar konstitutsiyalarining muhim prinsiplarini tashkil etadi. Shu ma’noda aytish joizki, yuqorida keltirib o‘tilgan demokratik prinsiplarni o‘zida mujassam etgan mo‘‘tabar Qomus — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun - mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida beqiyos siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga molik tarixiy kun bo‘lib qoldi.

Negaki, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yurtimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etishning huquqiy poydevoridir. Buni quyidagi misollarda aniqroq tahlil etishimiz mumkin. Xususan,

Birinchidan, Konstitutsiya asosiy qonun sifatida ijtimoiy hayotning huquqiy tartibga solinadigan obyekti hisoblangan barcha jabhalariga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Biroq konstitutsiyaning tartibga soluvchi ta’siri bavosita shaklda ham amalga oshiriladi. Masalan, uning joriy va sohaviy qonunchilikka singdirilgan asosiy prinsip va qoidalari boshqacha, ya’ni bavosita shaklda ta’sir ko‘rsatadi. Umuman aytganda, konstitutsiyaning ta’siri qanday shaklda namoyon bo‘lishidan qat’i nazar, ijtimoiy munosabatlarni muntazam tartibga soluvchi, hamjihatlik va tartib-intizomni ijtimoiy hayotga joriy etish, jamiyatning har bir a’zosi huquq va erkinliklarini ta’minlovchi vosita bo‘lib qolaveradi.

Ikkinchidan, konstitutsiya huquq manbalaridan biri sifatida davlatning ichki va tashqi siyosatini ifoda etish va yuritish vositasi ham hisoblanadi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining to‘rtinchi bobi to‘liq mamlakatimiz tashqi siyosati asoslarini tartibga solishga bag‘ishlangan. Asosiy qonundan ushbu bobning o‘rin olishi siyosiy masalani hal etishda konstitutsiya nechog‘lik muhim o‘rin tutishidan dalolatdir. Uchinchidan, konstitutsiya asosiy g‘oyalarni mustahkamlaydigan siyosiy-huquqiy hujjat sifatida muayyan tarzda shaxs ong-tafakkuri, dunyoqarashining shakllanishiga mafkuraviy ta’sir ko‘rsatadi. Respublikamiz Konstitutsiyasida ham zamonaviy demokratik davlatlar konstitutsiyasi singari barchaning qonun oldida tengligi, shaxsning davlatga nisbatan ustuvorligi, davlatning inson va jamiyat farovonligi uchun xizmat qilish majburiyati kabi insonparvarlik tamoyillariga katta ahamiyat berilgan. Chunonchi, uning 14-moddasida “davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.” deya qayd etilgan. Ushbu g‘oyalarni jamoatchilik ongiga singdirish har bir fuqaroning qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini shakllantirishga ko‘maklashadi.

Page 18: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

To‘rtinchidan, konstitutsiya tegishli davlat hokimiyat tuzilmalarini ta’sis etish orqali ijtimoiy rivojlanish jarayoniga ham ta’sir ko‘rsatadi. Konstitutsiyamizga asosan hokimlik institutlari ta’sis etildi. Shuningdek, mamlakatimizda Konstitutsiya talablaridan kelib chiqib, o‘zini o‘zi boshqarish shakli sifatida o‘zbek xalqi mentalitetiga mos va ko‘p asrlik rivojlanish amaliyoti bilan sinalgan mahalla instituti tashkil etilgani ham bu fikrning isbotidir.

Beshinchidan, konstitutsiyaviy huquqiy tartibga solish davlat-huquq me’yorlarini yaratish bilan cheklanib qolmaydi. Ushbu me’yorlarning yaratilishi yagona maqsad emas, balki ular jamoatchilik hamda tegishli davlat organlari faoliyatiga tatbiq etish uchun mo‘ljallangan. Konstitutsiya muhim amaliy tashkilotchilik vazifasini bajarib, huquqni amalga oshirish, qonuniylik va huquqiy tartibni mustahkamlash, tegishli davlat tuzilmalarini qayta tashkil etish va takomillashtirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

Darhaqiqat, har bir demokratik davlatning konstitutsiyaviy asosini inson huquq va erkinliklari tashkil qiladi. Shu ma’noda, mamlakatimiz Konstitutsiyasidan “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” bo‘limi alohida o‘rin egallagani bejiz emas. Shuningdek, Bosh qomusimizning “Asosiy prinsiplar” bo‘limida inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat ekanini qayd etuvchi asosiy g‘oyalar mustahkamlangan.

Konstitutsiyamizning qolgan barcha bo‘limlarida o‘zining ijtimoiy yo‘nalishi bo‘yicha jamoat va davlat tuzilmalarining shaxs hamda jamiyat oldidagi vazifalari bayon etilgan.

Shu o‘rinda Bosh qomusimizning yaratilish tarixi haqida ham to‘xtalib o‘tish joiz. Zero mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq uning huquqiy poydevorini mustahkamlashga katta e’tibor qaratilgandi. Shu maqsadda tuzilgan Konstitutsiyaviy komissiya 1992 yil 8 sentyabrda Asosiy Qomusimizni yaratish yo‘lida bajarilgan ishni ma’qulladi hamda Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasiga havola etishdan avval uni yana bir bor sinchiklab o‘rganish va tahrir qilish uchun ishchi guruhi tuzildi.

1992 yil 26 sentyabrda esa mamlakat Konstitutsiya loyihasi ilk bor matbuotda e’lon qilindi.

Asosiy Qonun loyihasining umumxalq muhokamasi juda keng tus oldi. Fuqarolarning siyosiy faolligi tufayli qariyb ikki oy mobaynida bildirilgan fikr va mulohazalar o‘rganildi. Ijodiy ko‘tarinkilik ruhida o‘tgan xalq muhokamasi O‘zbe-kistonda demokratiya rivojining samarali amaliy maktabi bo‘ldi. Matbuotda, radioeshittirish va teleko‘rsatuvlarda bahs-munozaralar qizg‘in tus oldi. Davra suhbatlari, anjumanlar bo‘lib o‘tdi.

Matbuot sahifalarida Konstitutsiya loyihasiga bag‘ishlangan yuzdan ortiq fikr va mulohazalar e’lon qilindi. 5 mingdan ziyod takliflar bildirildi. Muhokama jarayonida loyiha matni ancha tuzatildi, qayta ishlandi va 1992 yil 21 noyabrda muhokamani davom ettirish uchun gazetalarda qayta chop etildi.

Shunday qilib, huquqiy pretsedent — ikki bosqichli umumxalq muhokamasi yuz berdi. Ushbu holat muhokama ishtirokchilarini faollashtirdi. Natijada umumxalq fikr almashuvi yangicha tus oldi. Mazkur aksiyaning ahamiyati shundan iborat ediki, fuqarolar Konstitutsiyaning qayta ishlangan variantida muhokama

Page 19: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

jarayonidagi o‘z ishtiroklarining natijasini ko‘ra oldilar. Negaki, yangi variantda umumxalq muhokamasining dastlabki bosqichida fuqarolarning faol qatlamidan kelib tushgan ko‘plab fikr-mulohazalar va takliflar o‘z ifodasini topgan edi.

Fuqarolar Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan ularning ovozi eshitilganligiga, takliflari tegishli ravishda ko‘rib chiqilib, inobatga olinganligiga ishonch hosil qildilar.

Konstitutsiya loyihasi Birlashgan millatlar tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi demokratik davlatlar mutaxassislarining sinchkov ekspertizasidan o‘tdi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasini yaratishda jahon konstitutsiyaviy tajribasining quyidagi jihatlari o‘z ifodasini topdi:

Birinchi, respublika boshqaruv shakli — bevosita xalq boshqaruvining shakllaridan biri ekanligi;

Ikkinchi, konstitutsiyaviy tartibga solishning klassik printsiplari — hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi, inson huquqlari va xalqaro huquq normalariga sodiqlik, Konstitutsiyaning barqarorligi;

Uchinchi, Konstitutsiya matnini muqaddima va bo‘limlar, boblar va moddalar bo‘yicha taqsimlash hamda ularni mantiqiy joylashtirish;

To‘rtinchi, mazmunining qisqaligi — real davlat va ijtimoiy hayotni cheklab qo‘yadigan ortiqcha qoidalarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Konstitutsiyada kelajakda qabul qilinadigan qonunlarga oid havolalar yo‘qligi ham shu maqsad bilan bog‘liq;

Beshinchi, mafkuralashtirishdan voz kechish, ya’ni bir mafkura hukmronligidan voz kechish; fikr, so‘z, vijdon va e’tiqod erkinligi;

Oltinchi, konstitutsiyaviy kafolatlar — Konstitutsiya ustuvorligi, Konstitutsiyaviy sud tuzilishi, Asosiy Qonunga o‘zgartish kiritishning alohida tartibi.

Avvalgi “ittifoq” konstitutsiyalaridan farqli ravishda mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Asosiy Qonunida faqat Yevropaga xos konstitutsiyaviy tartibga solishning tazyiqi yo‘q. Lekin G‘arb mamlakatlarining demokratik konstitutsiyalariga xos bo‘lgan fuqarolik jamiyati, hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi, muvozanat va o‘zaro cheklab turish tizimiga oid normalar inobatga olingan. Bu yerda islom dini ma’naviy an’analarining ta’siri seziladi, davlat katta oila kabi tushunilishi va rahbar ushbu oila har bir a’zosining tinchligi, qadri va farovonligi uchun mas’ulligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi O‘zbekiston xalqining xohish-irodasini aniqlash hamda juda boy material to‘plash imkonini berdi. Ushbu material chuqur va har tomonlama o‘rganib chiqildi, umumlashtirildi va xalqning umumiy irodasi shaklida o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasi muhokamasiga kiritildi va tasdiqlandi.

Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi bo‘yicha rossiyalik mutaxassis A.Yakushev shuni ta’kidlaydiki, “O‘zbekistonning Konstitutsiyasi sobiq ittifoqdosh davlatlarning konstitutsiyalari orasida birinchi edi (boshqa barcha MDH davlatlari va Boltiqbo‘yi davlatlarida konstitutsiyalar keyinroq, ya’ni 1992-1996 yillarda qabul qilingan).

Page 20: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

O‘zbekiston Konstitutsiyasi o‘zbek jamiyati va davlatining barcha eng muhim sohalarini tartibga soladi, qisqaligi va aniq ifodalanganligi, shuningdek, o‘ziga xos tuzilishi bilan ajralib turadi”.

Shuningdek ta’kidlash o‘rinliki, Konstitutsiyaning muayyan mamlakat ijtimoiy taraqqiyotining huquqiy zamini, mezoni ekanligi uning funksiyalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Konstitutsiyaning eng asosiy funksiyalaridan biri davlatchilik rivojlanishidagi vorislikni ta’minlashdir. Bu boradi shuni aytish lozimki, konstitutsiyamizda mustahkamlangan oilaga bo‘lgan e’tibor yoki ota-onaga bo‘lgan munosabat xususidagi qoidalarni oladigan bo‘lsak ham -bu xalqimizning ongida necha asrlardan buyon shakllangan urf-odatlarimizning bir bo‘lagiga aylangan umume’tirof etilgan odatlarimizning Konstitutsiyamizda o‘z ifodasini topganligining bir namunasidar.

Konstitutsiyaning siyosiy funksiyasini oladigan bo‘lsak, u jamiyatning ijtimoiy tuzumini tartibga solish bilan birga siyosiy hayot hamda hokimiyat uchun kurashning muayyan huquqiy doirasini belgilab berishda ifodalanadi. Tashkiliy funksiyaning mohiyati davlatning konstitutsion tuzilishini tashkil etish va uning faoliyatiga doir asosiy mezonlarni tartibga solishdan iborat.

Konstitutsiyada jamiyat taraqqiyotiga turtki beruvchi g‘oyalar o‘z ifodasini topadi. Bu uning amaliy funksiyasini namoyon qiladi.

Konstitutsiya asosiy qonun sifatida muayyan davlatning huquqiy va qonunchilik tizimlarining o‘zagini tashkil etadi, huquqiy tizim faoliyatining ustuvor tamoyillarini belgilaydi va bu uning yana bir – yuridik funksiyasida yaqqol namoyon bo‘ladi.

O‘zbekistonimizning Konstitutsiyasida yurtdoshlarimizning kelajak avlodlarga ozod va obod vatan qoldirish, ularning baxtu kamolini ko‘rishdek orzu-havaslari o‘z ifodasini topganligi bilan birga, davlatimiz birinchi rahbari ta’kidlaganlaridek, unda jamiki dunyoviy ne’matlar orasida eng ulug‘i – Inson degan fikr illgari surilgan va shu asosda fuqaro- jamiyat – davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona huquqiy echimi belgilab berilgan asosiy qonunimizda davlatimizning, jamiyatimizning va har bir fuqaroning huquq va burchlari bir-biriga uyg‘unlashtirilgan va muvofiqlashtirilgan.

Asosiy qonunimizda demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyatining qiyofasi, o‘ziga xos belgi va xususiyatlari shakli va shamoyillari o‘z ifodasini topgan.

Ulug‘ ajdodlarimizning asriy armonlari, erkin hayot, farovon jamiyat va adolatli davlat barpo etishdek eng ezgu tilaklari va ulug‘ orzularini o‘zida mujassam etgan Davlatimiz Konstitutsiyasi barcha qabul qilinadigan qonunlar va me’yoriy xujjatlar uchun mustahkam asos va dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Konstitutsiyamizda beshta asosiy tamoyil mustahkam belgilab qo‘yilgan. Bular demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillaridir. Bu tamoyillar fuqarolarning o‘z xohish – irodasini erkin bildirishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat va jamiyatni boshqarish ishlarida qonun ustuvorligi, davlat hokimiyati organlarining saylovlar asosida shakllantirilishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi kabi shakllarda namoyon bo‘ladi.

Page 21: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

Konstitutsiyamizda shaxs, uning huquq va erkinliklari davlatdan ustunligi e’tirof etilgan, shuningdek, unda inson qadri, shaxs erkinligi va hayotini ta’minlovchi tabiiy imkoniyatlarni yuzaga chiqishiga alohida ahamiyat berilgan.

Konstitutsiyamizda shaxsning yoshi, millati, irqi, ijtimoiy ahvoli bilan bog‘liq hech qanday cheklashlar yo‘q. Masalan, boshqa mamlakatlarning fuqarolikka ega bo‘lish to‘g‘risidagi qonunchiligida kuzatishimiz mumkin bo‘lgan til bilish va o‘troqlik negizlari borasida ham cheklashlar yo‘q, bundan qat’yi nazar, teng fuqarolik huquqi mustahkamlab qo‘yilgan.

Bosh Qomusimizda insonning kundalik hayotdagi eng muhim ehtiyojlarini ta’minlovchi imkoniyatlar yashash huquqi, shaxsiy daxlsizlik huquqi, sud jarayonida shaxsiy manfaatlarini himoya qilish huquqi, turar joy daxlsizligi huquqi, bir joydan ikkinchi joyga erkin ko‘chish huquqi, fikrlash, e’tiqod va so‘z erkinligi, vijdon erkinliklari qoida yo‘li bilan kafolatlangan.

Konstitutsiyaning asosiy mohiyatlaridan yana biri bo‘lib, jamiyat va uning a’zolari oldiga maqsad qo‘yishi va ana shu ezgu maqsadga erishishning yo‘llarini o‘zida mujassam etishida ifodalanadi. Asosiy qomusimiz o‘zida inson – oila – jamiyat – davlat manfaatlarini uyg‘unlashtirgani sababli, mazkur hujjat hayotimizning barcha sohalarida olib borilayotgan islohotlarning samarali, muvaffaqiyatli bo‘lishini huquqiy jihatdan kafolatlamoqda.

Jahonda bo‘lib o‘tayotgan voqealar ham shuni yaqqol tasdiqlamoqdaki, agar inson va davlat manfaatlari o‘zaro uyg‘unligi buzilsa, davlatda olg‘a siljish bo‘lmaydi. Mamlakatimizda esa, bu masala davlatimiz rahbarining oqilona va dono siyosati tufayli Konstitutsiyamizda jamiki dunyoviy ne’matlar orasida eng ulug‘i - inson degan fikrni ilgari surildi va shu asosda “fuqaro – jamiyat – davlat” o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona huquqiy echimini topishga intildik.

Konstitutsiya har qanday davlatning o‘ziga xos pasporti desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, u yoki bu mamlakatda davlatni tavsiflash zarur bo‘lganda Asosiy qonun ushbu davlat rivojlanishning qanday yo‘lini tanlagani, inson-jamiyat-davlat munosabatlari, davlat tuzilishi va boshqaruviga oid barcha masalalarni mufassal tartibga soladi.

Konstitutsiya davlat bilan shaxs o‘rtasidagi o‘zaro huquqlar va burchlar belgilab olingan o‘ziga xos ahdnoma desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki Konstitutsiyamizning 19-moddasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar, deb mustahkamlab qo‘yilgan. Shu ma’noda Asosiy qomusimizda davlat o‘ziga bir qator o‘ta muhim majburiyatlarni olganki, unga ko‘ra davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi, davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi. Fuqarolar esa Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajarish, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga, O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga, atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga, qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga, harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.

Page 22: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

Har bir mamlakatda u yoki bu joriy qonunlar bo‘lishi va u muayyan vaqtdan so‘ng nomi o‘zgarishi yohud bekor bo‘lishi mumkin. Biroq, Konstitutsiya inson, jamiyat, davlat manfaatlarini va irodasini o‘zida ifodalovchi, davlat tuzilishi va boshqaruvi shakli asoslarini belgilovchi, hokimiyat idoralari faoliyatining tashkil etilishi tartibi va prinsiplarini mustahkamlovchi oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjat bo‘lib, u o‘zining yagonaligi va barqarorligi bilan ajralib turadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bobi “Konstitutsiya va qonunning ustunligi” deb nomlanib, undagi qoidalarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. Mazkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar etkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas. Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas, deb belgilangan.

“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun 7-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid kelishi mumkin emas. Mazkur Qonunning 22-moddasiga binoan esa barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi.

Konstitutsiyani maxsus muhofaza qilish maqsadida Asosiy qonunimizda Konstitutsiyaviy sud tashkil etilishi belgilab qo‘yildi. Mazkur sud qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘radi. Bundan tashqari, 2014 yil 16 aprelda Konstitutsiyamizga kiritilgan parlament va jamoatchilik nazorati institutlariga oid normalar ham Asosiy qonunimizni ustunligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Asosiy qomusimiz 128 moddadan iborat bo‘lgani holda uning 30 dan ortiq moddalari bevosita inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangandir. Konstitutsiyamiz Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining deyarli barcha prinsipial qoidalarini o‘zida mujassamlantirib, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi ta’minlanishini qayd etadi, unga kafolatlar beradi. O‘tgan yillar davomida parlamentimiz tomonidan insonning asosiy huquq va erkinliklarini tartibga soladigan 16 ta kodeks va 400 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. O‘zbekiston birinchi ratifikatsiya qilgan hujjat ham Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bo‘ldi. Istiqlol yillarida mamlakatimiz inson huquqlari bo‘yicha 70 dan ortiq asosiy hujjatga qo‘shildi, BMT tomonidan bu sohada qabul qilingan oltita asosiy xalqaro shartnoma qatnashchisiga aylandi.

Konstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning eng asosiy talablaridan birini o‘zida mustahkamlagan, unda O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanishi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat

Page 23: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

hisoblanishi qayd etilgan. Unga binoan har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi, davlat organlariga, muassasalariga murojaat qilish, mulkdor bo‘lish, mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish kabi huquqlarga ega. Shuni alohida qayd etish joizki, fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsiz bo‘lib, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas. Bundan tashqari, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari alohida muhofazaga olingan bo‘lib, ushbu huquq va erkinliklarga tajovuzlardan qo‘riqlash, bunday holatlarni oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining maxsus qismida alohida VII bob. “Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar”ga bag‘ishlangan.

Konstitutsiyamizda demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi (13-modda), davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlashi (43-modda), har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi (44-modda) mustahkamlab qo‘yildi. Mazkur normalarni tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik, Jinoyat protsessual kodekslari, “Sudlar to‘g‘risida”, “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”, “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilingan. Mamlakatimizda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, xususan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, shuningdek Adliya vazirligi tarkibida inson huquqlarini himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha maxsus tuzilmalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Konstitutsiyada fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish, davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish, ovoz berish huquqi, o‘z xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanishi mustahkamlandi. Ushbu konstitutsiyaviy tamoyillarning qonunchilik mexanizmlari O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksida o‘z aksini topdi.

Demokratik huquqiy davlatning muhim belgisi bo‘lmish hokimiyatlarni bo‘linishi prinsipi Asosiy qonunimizning 11-moddasida o‘z ifodasini topgan, ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi. Ushbu prinsip ijro o‘laroq mamlakatimizda hokimiyat tarmoqlari faoliyatini bevosita tartibga soladigan ettita qonun qabul qilindi. Hozirgi kunda milliy parlamentimiz Oliy Majlis palatalari, Hukumat – Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud mustahkam konstitutsiyaviy-huquqiy negiz asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiya 89-moddasiga asosan mazkur davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini samarali ta’minlamoqda.

Page 24: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

Asosiy qonunimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asoslari bo‘lgan bozor munosabatlarini rivojlantirish, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi kabi konstitutsiyaviy normalar ham o‘z ifodasini topgan. Bundan tashqari, Konstitutsiya inson huquqlari va manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, hayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladigan fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ham muhim huquqiy poydevor yaratgan. Uning asosini O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga ega ekanliklarini belgilaydigan konstitutsiyaviy normalar tashkil etadi. Ushbu qoidalarni amalga oshirishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida yurtimizda “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.

Yana bir gap. Konstitutsiyamiz milliy tafakkurimizni, muqaddas qadriyatlarimizni ham o‘zida aks ettirgan. Asosiy qonunimiz davlat tilini o‘zbek tili deb belgilab, o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishi ta’minlanishi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratilishi kafolatlaydi. Bu esa fuqarolarning ahilligi, xalqimizga xos odamiylik, umuminsoniy qadriyatlarga ixlos kabi yaxshi sifatlar o‘z aksini topganligi, yurtimizga xos qardoshlik va do‘stlik an’analari, o‘zining boy va teran tarixiga ega bo‘lmish xalqlarning o‘zaro totuvligining abadiy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda. Shuningdek, 45-moddada voyaga etmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasida ekanligi, 64-moddada esa ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur ekanliklari, davlat va jamiyat etim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlashi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarni rag‘batlantirishi, shuningdek 66-moddada voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majbur ekanliklarini mustahkamlaydi. Mazkur konstitutsiyaviy normalarni hayotga tatbiq etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi, “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi kabi bir qator qonunlar qabul qilindi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish joizki, mustaqil O‘zbekistoning Konstitutsiyasi birinchidan, haqiqatan ham demokratik Konstitutsiya bo‘lib, tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan hamda xalqaro demokratik andoza va talablarga javob beradi, ikkinchidan, bizning Konstitutsiya eng rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan, uning dunyo miqyosidagi har qanday ilg‘or davlat Konstitutsiyasidan kam joyi yo‘q, uchinchidan, Konstitutsiya, umumiy

Page 25: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewKonstitutsiyada inson huquqi, inson erkinligining ustuvor ekanligi o‘z ifodasini topgan, birgina 13-moddaning o‘ziyoq huquqiy davlatning

mazmunidan tortib oddiy bir bandiga qadar milliy tafakkurni, muqaddas qadriyatlarni, shu aziz va muqaddas zaminimizda istiqomat qilayotgan insonlarning dunyoqarashini, ularga xos o‘zaro munosabatlarni, xususiyatlarni, mehr-oqibat, odamiylik, o‘zga millat va elatlarga nisbatan hurmat, ilmu fanga intilish, or-nomus, iffat va hayo kabi ezgu fazilatlarni o‘zida aks ettiradi.

Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiya biz uchun nafaqat muhim hayotiy qo‘llanma, balki g‘urur-iftixor, shu zaminda istiqomat qilayotgan, millati, tili, dinidan qat’i nazar, barcha insonlar uchun mustahkam bir himoya, qonun oldida hammaning tengligini ta’minlaydigan, har bir insonning o‘z fikrini emin-erkin ifoda qilishida, o‘z haq-huquqlarini talab etishida, burch va mas’uliyatlarini bajarishida bamisoli qalqon bo‘lib xizmat qilmoqda.