Top Banner
88

Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

Oct 31, 2020

Download

Documents

dariahiddleston
Welcome message from author
This document is posted to help you gain knowledge. Please leave a comment to let me know what you think about it! Share it to your friends and learn new things together.
Transcript
Page 1: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

1

Qalb gavharlari

Page 2: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

UO’K: 821.161.1BBK: 84(8O‘)8T-16Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti»,

Toshkent-2020. - 92 bet

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha beshta muhim tashabbusini hayotga tatbiq etish maqsadida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, adabiyot bilan oshno etib tarbiyalash hamda 30 iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan tayyorlandi.

Mas’ul muharrir: Ma’mura Zohidova

Taqrizchi:

Botirjon Ergashev

To‘plovchi va nashrga tayyorlovchi: Do‘smurod Xudoyqulov

Mazkur toʻplam Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tayyorlandi va nashr etildi

ISBN 978-9943-135-03-1

© «Bojxona instituti», 2020 yil.

Page 3: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

Qaysiki davlatning yoshlari kitobxon, madaniyati, maʼrifati yuksak boʻlsa, oʻsha xalqning kelajagi ham buyuk boʻladi.

Sh.Mirziyoyev

Page 4: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

4

Qalb gavharlari

HARBIY XIZMATCHINING QALB GAVHARLARI

Kitob, avvalo, hayotiy maktab, ma’naviyat manbayi. U kitobxonni hayot bilan tanishtiradi, unda odamlarga xayrixoh bo‘lish, yaxshi insoniy fazilatlarni ulug‘lash, yashash mohiyatini anglash hislarini tarbiyalaydi. Atrof-muhitga, tabiatga ijobiy munosabatini shakllantiradi, inson fe’l-atvorining murakkabliklarini tushuntiradi, ruhiy qiyofaning rangin qirralarini kashf qilish qobiliyatini, ona Vatanga, xalqiga sadoqatli bo‘lish tuyg‘usini o‘stiradi. Badiiy adabiyotlarni o‘qish orqali kitobxonning badiiy idroki, mustaqil fikrlash qobiliyati, mutolaa madaniyati, Vatan taqdiri uchun javobgarlik tuyg‘usi tarbiyalanadi.

Badiiy adabiyot insoniyat hayotini charog‘on etishi, inson umriga nurafshonlik baxsh etib, ma’naviy olamini shakllantirishi va yuksaltirishi, porloq kelajak uchun munosib to‘g‘ri yo‘lni tanlashga yordam berishi, kitobning insoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk kashfiyot ekanligi bois har qanday davr va zamonda kitob o‘qish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan.

Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivoj-lantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi F-4789-sonli Farmoyishi bu borada keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishga zamin yaratdi.

Mamlakat bo‘ylab “Yosh kitobxon”, “Eng faol kitobxon guruh”, “Kitobxon oila” tanlovlarining tashkil qilinishi va g‘olib kitobxonlar turli darajadagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi; yirik nashriyotlar tomonidan o‘zbek xalqi va jahon adabiyotining durdona asarlari qayta tahrirlanib, yanada sifatli nashr etilishi, ijtimoiy-

Page 5: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

5

Qalb gavharlari

ma’naviy ko‘makka muhtoj fuqaro va oilalarga badiiy-estetik salmoqdor kitoblar, badiiy adabiyotlarning tuhfa qilinishi ushbu qonunlarda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘lishi bilan bir qatorda aholi, xususan, yosh avlodning mutolaa madaniyatini kamol toptirishga, ma’naviy-ma’rifiy tafakkurini yuksaltirishga keng imkoniyatlar yaratib bermoqda.

Respublikamizdagi yoshlar, Qurolli Kuchlar tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar, talabalar, shu jumladan, Davlat Bojxona qo‘mitasi tizimida tahsil olayotgan kursant va ofitserlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada yaxshilash, ularda kitobxonlikka rag‘bat, qiziqishni yuksaltirish maqsadida talay ishlar ham amalga oshirilmoqda.

Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti kur-santlari orasida badiiy ijod bilan shug‘ullanadigan ko‘plab yoshlarning borligi bizni juda quvontiradi. Ushbu to‘plam-dan o‘rin olgan she’rlar, hikoyalarda yaxshi badiiy topilma-lar bor. Badiiy saviyasi jihatidan kamchiliklari ham yo‘q emas. Biroq ularning she’riy satrlaridagi joziba bizga har-biylar qalbidagi pokizalikdan, intiluvchanlikdan, tinchlik himoyasida sobitliklaridan dalolat beradi.

Yurtimizda so‘nggi yillarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida jiddiy o‘zgarish va intilishlar yuzaga kelib, jamiyat ma’naviy hayotining yangilanishi va yaxshilanishiga imkon yaratib bermoqda. Bu boradagi har bir faoliyat hamisha dolzarb va davomli bo‘lib qoladi.

Bunday to‘plamlar hali ko‘p yaratiladi, degan fikrdamiz.

Botirjon Ergashev,Yozuvchilar uyushmasi raisining Yosh ijodkorlar

bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari

Page 6: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

6

Qalb gavharlari

She‘riyat

Page 7: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

7

Qalb gavharlari

Umarali KENJAYEV Davlat Bojxona qoʻmitasining

Bojxona instituti kursanti

YURTIM BAYROG‘I

Vazmin hilpiraydi yurtim bayrog‘i,O‘ynoqi yellarga qilmas u parvo.U – otam g‘ururi, bobomning oriU – xalqim qalbida yangragan sado.

Unda mujassamdir moviy osmonim,Ulug‘bek ko‘z yoshi – yulduzlari bor.Yashil rang ortida qir-adirlarim,Temur bobom unda surgandir tulpor.

Oq rangda xalqimning orzu-o‘ylari,Qordek pok iymoni , sof vijdoni jam.Musaffolik bilan otgay tonglari,Onam ro‘molidek oq rangda u ham.

Jaloliddinmikan yoki Shoh Mashrab,Tomirimda balki Navoiy qoni.Vatan, vatan deya urmish yuragimUnga fido bo‘lsin umrim har oni.

So‘zlab turar chaqnoq oy-yulduzlari,Baxtli kelajakdan, shonli o‘tmishdan.Bayrog‘im – mehnatkash elim timsoli,Burchim deb bilaman uni asrashni.

Page 8: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

8

Qalb gavharlari

Jahon sahnasida hilpira baland,Qorong‘u tunlarda o‘zing yo‘lchiroq,Bir shoir bolangman, madhing keltirgan,Men uchun sharaf yo‘q bundan ortiqroq!!!

QODIRIYNI ESLAB

Eh, sodda o‘zbekning tanti o‘g‘loni,Nahotki nomardlar nomingni sotdi.Anglamay qalbingdan chiqqan nidoni,Sendayin dahoni zulmatga otdi.

Yurtingga muhabbat edimi aybing,Rostgo‘ylik boshingga balo bo‘ldimi?Vatan deya urgan erk to‘la qalbing Shu nomard kimsalar sabab so‘ldimi?

Do‘stingmidi ular so‘zing ma’qullab,Ko‘kka ko‘tarib so‘ng yerga urganlar?Yoki shogirdmidi nomingni pullab,Nomingga bo‘htonlar taqab yurganlar?

Axir ular xalqning asl dushmani,Mehrobdan chayondek payt kutgan josus.El dardin so‘zlagan sendek bulbulni Biz asray bilmadik, endi ming afsus.

G‘aflatda yotgan bu millatni o‘ylab,Sarf etding-ku bor kuch , bor mehnatingni.Birlashmoq tilading o‘tmishga qaytib,Yusuf Hoji bo‘lib aytding dardingni.

Page 9: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

9

Qalb gavharlari

Bugun… bugun o‘zing ko‘rgin, bobojon,Ko‘kka bo‘y cho‘zganin ekkan niholing.Kapalaklar kezib tinmas mittijon,Anvoyi hidlarga to‘lgan gulzoring.

Shukrkim, oyning ham o‘n beshi yorug‘,Kelarmidi yo‘qdan ozodlik bizga.Qodiriysiz millat millat emasdirDoim ta’zimdamiz, Qodiriy, sizga.

ONAM

Jonim onam, jahonim onam,Durim onam, marjonim onam,Boshimdagi davlatimdirsizHumo qushim – davronim onam.

Mehribonim onam o‘zingiz,Mehrga yo‘g‘rilgan so‘zingiz,Ko‘ngil ololmaydio‘g‘lingiz,Qiynaladi vijdonim onam.

Duoyingiz bo‘lar ijobat,Dard yaqinmas , duo – himoyat,O‘zingizda bori barokat,Ko‘zmunchog‘im, tumorim onam.

Siz bordirsiz – mendirman xushvaqt,Sog‘ligingiz bo’lgay menga baxt,Kerak emas boshqa toj-u taxt,Yoqutimsiz, siz borim onam.

Page 10: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

10

Qalb gavharlari

Ko‘ngli dunyo, osmonim onam,Siz-la bayram har onim onam,Qalbi pok-u iymoni butunJannatgulim, rayhonim onam.

* * *

Onamdek azizsan, aziz bo‘stonim,Quchog‘ingda o‘tgay baxtli har onim,O‘zingsan sharafim, o‘zingsan shonim,Mustaqil vatanim,O‘zbekistonim.

O‘tmishda ulug‘vor ajdodlar o‘tgan,Nurli kelajakni ko‘rsatib ketgan,Peshonaga shunday baxt-omad bitgan,Mustaqil vatanim,O‘zbekistonim.

Bundayin o‘lkani topmog‘ing dushvor,Bir yog‘i bog‘ bo‘lsa, bir yog‘i gulzor,Gulga burkanmishdir to‘rt fasli bahor,Mustaqil vatanim,O‘zbekistonim.

Page 11: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

11

Qalb gavharlari

BOLALIK UYIM

Bu kuni she’rimning mavzusi bo‘lding,Sog‘inch-la chulg‘ading xayolim, o‘yim.Bilmadim shunchalar qadrdonmiding,Podsholigim o‘tgan bolalik uyim.

Bag‘ring bir ajib, bir sehrli edi,Tunlar onam bedor aytgan allalar.Go‘zal orom edi, mehrli edi,Buvim aytgan qo‘shiq yallalar.

O‘zing eding beg‘ubor davrim,Otam yelkasiga opichib olib.Go‘yo shahzodadek sezardim o‘zim,Nahot u damlarga bo‘lmasmi qaytib?

Daraxtdan tushmasdik bahor kelganda,Azim tut bo‘lardi, bizga oshiyon.Ukam bilan chiqib shoxdan shoxlargaChug‘urchuqdek uni qo‘ymasdik omon.

Uzum ekkan edi qadoqqo‘l bobom,Parvarish qilardi tinmay ter to‘kib.Husayni, charosga liq to‘la ishkom,Ta’zim qilgandayin go‘yo egilib.

Varrak uchirganda avji shamolda,Yuragim shodlikdan hapqirar edi.Mayin shamollarga bo‘lib yelkadosh,Qaldirg‘ochlar bilan uchgim kelardi .

Page 12: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

12

Qalb gavharlari

Jonajon uyimdan uzoqda bugunG‘alati hislarga to‘ldi-ku yurak,Ba’zida o‘ylayman dunyoda butunSendayin go‘shani topmasam kerak.

Olg‘ir burgutga ham aziz tog‘-toshi,Gulzordan o‘zgasin bilmas kapalak.Men-chi sendan ketib neni ham topdim,Endi yetolmasdan yuribman halak.

Ko‘klam kelganida moychechak terib,Buvimga tutardim, alqardi meni.Mo‘jiza bo‘lsa-yu yoshlikka qaytib,Erka bola bo‘lib qolsaydim qani .

Xotirimga tushding misoli chaqin,O‘zingsan baralla yangragan kuyim.Olisda bo‘lsam ham yurakka yaqinPodsholigim o‘tgan bolalik uyim.

AYOL

Deydilar go‘zallik asrar dunyoni,Go‘zallik ne deya ko‘p surdim xayol.So‘roqqa tutdim men yer-u samoni,Bildimki go‘zallik asli bu ayol.

Dunyoni tebratar beshikdir ayol,Bu odat boshlanmish Momo Havodan.Hatto o‘ylatadi ba’zida bir hol,Farishtami ular tushgan samodan.

Page 13: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

13

Qalb gavharlari

Uning qalbi nozik hatto guldan ham,Guldan ham muattar uning hislari.Lekin irodasi tog‘dek mustahkamToshni ham eritar shirin so‘zlari.

Urushga kuzatib botir o‘g‘lini,Yo‘liga termulib o‘tgan ham ayol.Diydoriga to‘ymay sevgan yorini,Kelarmu deb qirq yil kutgan ham ayol.

Aql-u chiroyiga aytolmay bir so‘z,Tojmahallar bino qilgan sultonlar.She’riyat toqida chaqnagan yulduz,Nodiradek, Uvaysiydek mohitobonlar.

O‘zingdirsan go‘zal Ra’no, Kumush ham,Hajrida Anvarlar yonib kuyganlar.Onamsan, opamsan, men sevgan sanam,Ko‘kdagi quyosh ham sen deya kulgan.

Bu kun poyingizga atadim she’rim,Qalbimda siz uchun eng ezgu tilak.Hayot ham siz sabab go‘zal va shirin,Aziz bayramingiz bo‘lsin muborak!

Page 14: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

14

Qalb gavharlari

XOTIRA

Quyoshi o‘zgacha porlagan yurtim,Musaffolik bilan har tongi to‘lug‘.Kimlar mehnati bu, eslaylik do‘stim,Xotira muqaddas, Xotira ulug‘.

Bu qonli janglardan kim qoldi omon,Onalar ko‘zda yosh, yuzlari somon,Yetmish besh yillik dog‘ yurakda hamon,Xotira muqaddas, Xotira ulug‘.

Qancha er yigitlar kelmadi qaytib,Qancha sher yigitlar kelmadi qaytib,G‘ami arirmidi dardini aytib,Xotira muqaddas, Xotira ulug‘.

Vagonlar ortida toldi-kuko‘zlar,Kelganda qoraxat, qon to‘kdi ko‘zlar,Bo‘g‘izlarda yondi alamli so‘zlar,Xotira muqaddas, Xotira ulug‘.

Er yigit onasi kechirmas yovni,Yovga bas kelgandir mardlarning dovi.Muqaddas so‘zlardir shaxdning garovi – Xotira muqaddas, Xotira ulug‘.

Page 15: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

15

Qalb gavharlari

* * *

Ajib hidlarini taratib har yon,Ariqning labida o‘sardi rayhon.

Bor edi yonida lolaqizg‘aldoq,Yo‘q edi dunyoda undan manmanroq.

Suv ichib, quyoshdan bo‘lib bahramand,Zohir lola – botin tikanga monand.

Maqtanib sollanib o‘z chiroyidan,Ustun bilib o‘zin osmon oyidan.

Rayhonni o‘zidan past ko‘rar edi,Misoli yerdagi xas ko‘rar edi.

,,Keraksiz bir o‘tsan, chiroying ham yo‘q”,Deb lola rayhonga urar edi do‘q.

Bir kuni lolani uchirdi shamol,Gul yuzi so‘liqib qaddi bo‘ldi dol.

Shu chog‘da gul ochdi ma’suma rayhon,Bu shirin hidlardan to‘ldi yer osmon.

Bir kishi quloqqa taqdi rayhonni,Madhin keltirdi bu guli rizvonning.

Alqissa, chiroyga qilmagin havasRayhondek hokisor topa olsang bas.

Page 16: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

16

Qalb gavharlari

* * *

Yur ketaylik, Sevgi, endi uzoqlarga,Ilinmaylik sevgi degan tuzoqlarga,Ishq bog‘ini kezib nima topdik axir,Yur ketaylik muhabbatdan yiroqlarga.

Qilgan ahd-u paymonlaring endi bekor, Beraverma yuragingga buncha ozor,Mayli baxtli bo‘lsin sensiz o‘sha beor,Yur ketaylik endi shahri firoqlarga.

Sevaman deb aytar eding unga ming bor,Nahot ishq ham bo‘ldimikan endi bozor?Nahot vafo qilmadimi u dilozor ?Yur, ketaylik javob istab so‘roqlarga.

Begonaga yordir endi suygan guling,Tikanlari yuragingni tilgan guling,Zardoblarga to‘lar bo‘ldi endi diling,Yur ketaylik do‘stim endi uzoqlarga.

* * *

Xayolimni bir go‘zal qiz olib ketdi,Yuragimga ishq o‘tini solib ketdi,Muzlar qo‘ysam bosilmagay endi tafti,Chunki ismi dilginamda qolib ketdi.

Sevdim desam qarolmaydi ko‘zlarimga,Qizaradi yuzi aytgan so‘zlarimga,“Keting” der-u zor termular izlarimga,Bosgan izim yo‘lginada qolib ketdi.

Page 17: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

17

Qalb gavharlari

Humoyun BOZORBOYEV Davlat bojxona qoʻmitasining

Bojxona instituti kursanti

POSBONLAR

Issiq kun-u sovuq ayozdaHalovatsiz, bilmaydi tinim.Ey yurtimiz sodiq posboniBiri akam, biringiz inim.

Shu yurt uchun safda bel bog‘lab,Xizmatdamiz shom-u saharda.Vatan ishqin yurakdan kuylabKezajakmiz qishloq, shaharda.

Turli soha, turli makonda,Farq qilsa-da kiyim-boshimiz.Bitta istak, jon ham bir tandaBiz o‘zbekning mard posbonimiz.

SAMARQAND

Necha asr moziy qa’ridan Qad ko‘tarib turadi mag‘rur.Ipak yo‘li chorrahasidaQadim shahrim men uchun g‘urur.

Necha yog‘iy keldi ustingga U savlating to‘kmadi asloGullar to‘lib bog‘-u rog‘igaDaraxt bo‘ldi serbaland, raso.

Page 18: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

18

Qalb gavharlari

Obidalar ochib chiroyin,Ko‘rmoq istab kelmoqda jahon Odamlari xushfe’l, muloyim,Oldingizga yozar dasturxon.

Qadim shahrim – sharqning gavhariTarifiga so‘z topmay qoldimDonolardan so‘z qarzga olib,Senga atab she’rimga soldim.

KIMSIZ?

Tuprog‘in oltin dedim Deyishdilar zari yo‘q.Suvlari obi zamzam Aytishdilar ta’mi yo‘q.

Ne deb ta’rif qilsam ham,Bir bahona toparsiz.Vatanni sevolmaslar,Ayting o‘zi, siz kimsiz?

Kim deb atayin sizni,yurtdoshim deyolmasman.Vatanni sevmaslikni Men hazm qilolmasman.

Sizga aytar so‘zim yo‘q,Ortiqcha sarf qilmay kuch.Kimligingiz aytaman,Vatangado bir hovuch.

Page 19: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

19

Qalb gavharlari

TARMOQDAGI SEVGI (hazil she’r)

Yolg‘on sevgi, soxtadir bo‘sa,Ermak bo‘lib ketdi tuyg‘ular.Bir go‘zal qiz ko‘zini suzsaGo‘yo yangi sevgi tug‘ilar.

Oson bo‘ldi hozir sevishmoq,Tarmoqlarda bir-birin topib.Bunda oson araz, urishmoq,Bir-birini olarlar qopib.

Men deyinmi, zamon shunaqa,Gapirsangiz parvo qilmaydi.Aqllilik qilgan mendaqa Yigitlarga qiz topilmaydi.

Page 20: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

20

Qalb gavharlari

JALLOD QIZ

Kipriklari o‘qsan, qoshlari kamon,Har bir qarashingga yuragim nishon.Pora bo‘lgan yurak bardosh berolmay Bosh olib ketgusi endi qay tomon.

Endi tan azobda, jonim qiynoqda,Shirin iztirobni sog‘inar hamon.Qancha uzoq ketmay, yurmay yiroqda So‘g‘inch ortib borar yanada yomon.

Yana qaytmoqdaman sening yoningga,Sog‘inib o‘q kiprik kamon qoshingni.Pora bo‘lgan dilni tashlab poyingga,Bir bor silasam deb mayin sochingni.

Keyin… mayli, bir bor qiyo boqmasang…

Page 21: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

21

Qalb gavharlari

Namoz PARDAYEVDavlat bojxona qoʻmitasining

Bojxona instituti kursanti

VATAN TA’RIFI

Dunyoda eng ajib so‘zlardan biri,Ko‘zginamga to‘tiyo dashtin tuprog‘i.Hatto tikanzoring, issiq cho‘lingniShubhasiz alishmam Parij-u Rimga.

Vatan degan so‘zning o‘zi purma’noBog‘larida gullaydi atirgul, ra’no.Quyoshin aytmangiz biram mehribon,Sen shundayin o‘lkasan, jon O‘zbekiston!

Yurt talashib necha xonlar o‘tib ketdilar,Iskandar-u Chingizxonlar ko‘zin tikdilar.Lek bizda ham bor edi mardlarning zo‘riGar uchrasa g‘animlar, o‘zining sho‘ri.

Yoshginangni hisoblasam yetmaydi yillar,Boburingni eslasam ko‘zimda sellar.Ulug‘beking ko‘ra oldi koinot tubin,Nahot sezolmadi do‘st-dushman sirin.

Shukurlarkim yetib keldik dorilomonga,Ko‘z tegmasin bugungidek omon zamonga.Yurtboshimiz g‘ayrat qilar har lahza, har dam,Xalqimiz ham rozidirlar, niyati bardam.

Page 22: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

22

Qalb gavharlari

Har sohada yangilik, ko‘p imkoniyatBizning maqsad qurishdir oliy jamiyatBunda barcha uchun sharoit bordirO‘z ustida ishlaganning toleyi yordir.

Sinovlar ham sinayotir o‘zbek xalqini,Tojdor virus yenga olmas xalq toqatini.Sardobangni toshqin oldi,Olotni to‘fon,Lek bo‘yginang bukilmadi, jon O‘zbekiston!

Sen haqingda so‘z ketsa gar tugamas she’rlar,Yurtni sevmoq, elni sevmoq iymondan derlar,Na qilayin men ham bir havaskor shoir,O‘zing uchun xizmat qilgum botin-u zohir.

O‘ZBEGIM FARZANDLARI

Birovning qo‘liga zinhor boqmaydi,Nafsining yo‘lida iymon sotmaydi.Halol mehnatidan topar u nonin,O‘zbek farzandlarin ko‘ring kamolin.

Kim ham bilib edi O‘zbek ertasin,Iqboli kular deb,bo‘lar mustaqil.Yurtga baxshidadir qilar har vaqt, har onin,Yurtim o‘g‘lonlarin ko‘ring kamolin.

Aql-u zakovatda hech kimdan kammas,Mehnatda-chi o‘zini hech ham ayamas.Yaxshiliklar qilar, bilmas yomonin,Ilohim ko‘rmaylik ular zavolin.

Page 23: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

23

Qalb gavharlari

Sport sohasida qator yutuqlar,O‘zbek bayrog‘ini ko‘kka ko‘tararO‘zgalardan kammas sharaf-u shoning,O‘zbek farzandlarin ko‘ring kamolin.

SINOVLI KUNLAR…

Hayotning har kuni, har bir fursatiO‘zining qadrini so‘raydi mendan,Qanday sarflayapsan, shafqatsiz inson,Isrof qilma deya olar bo‘g‘zimdan.

Bu ham bir Ollohninng sinovidir-ku!Ko‘ryapmiz dunyoda nelar bo‘lmoqda.Shukrona qilaylik sog‘lig‘imizgaAxir bundan minglab odam o‘lmoqda.

Agarda sarhisob qilsak,do‘stlarim,Insondan ko‘p va xo‘b xato o‘tibdi.Ko‘zlarim tushadi har bir qadamda,Azizlar, bizlardan Mehr ketibdi.

Bizning qahramonlar mardonavordir,Ularga charchoq-u qo‘rquv bekordir.Birlashsak yengamiz albatta buniHali to‘ylar bo‘lar yurtda har kuni.

“Biz albat kuch bilan o‘tamiz bundan,Katta bir matonat,shijoat ila”,Deya jon kuydirar elning otasi“Sabr qil, ey xalqim, jon tanim deya”.

Page 24: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

24

Qalb gavharlari

Bugun xalqing birlashur sinovli kunda,Yosh-u qari,o‘g‘il-qizing bari-barchasiTinch o‘tirmas, yordam berar og‘ir damingdaKel, O‘zbegim, birlashaylik ayni shu onda.

CHIN DO‘ST

Do‘stlarim ko‘p ular sonin o‘zim bilmayman,Lek ularning barchasiga ishonolmayman.Birovlari yaxshi kunda yoningda bo‘larGar boshingga qayg‘u tushsa, ortingdan kular.

Ko‘p shoirlar she’rlar bitdi do‘stning haqinda,Sening asl ma’noyingni aytmoqlik uchun.Ayb emasdir so‘zlamoqlik sening to‘g‘ringdaMen ham achchiq ta’rifingni bitmayin nechun.

Inson tug‘ilibdi, taqdirlar har xilBa’zida kuladir,ba’zan yig‘laydir.Aminman, chin do‘stning barchasi bir xilYiqilsang yoningda tirgak bo‘lgaydir.

Ko‘p vaqtlaro‘zingga sirdosh izlaysan,Ichingda dardingni unga so‘zlaysan.Do‘sti borning kulbasi ham koshonadir,Chin do‘stlaring ketib qolsa bag‘ring tig‘laysan.

Avvalo Vatandir, ota-onang do‘st,Ular borligi-chun hayot bekam-ko‘st.Bilib qo‘yki, ular seni hech ham sotmaydiHayotingning quyoshi hech vaqt botmaydi.

Page 25: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

25

Qalb gavharlari

MUHABBAT…

Sen mening qalbimda o‘chmas chirog‘im,Umrim chin ma’nosi,ziyosi o‘zing.Bahor vaqtlarida gullagan bog‘im,Sovuq qishda issiq panohim o‘zing.

Seni tushunishga ulkan qalb kerak,Yana kerak bo‘lar bir chimdim ishonch.Yorning sog‘inchi ham senga zo‘r tirgakQuvochga to‘ladi shunda bu yurak.

Muhabat, muhabbat qandayin kuchsan,Oshiqlar seni deb bedor kechalar.Ularni qiynaydi sog‘inch visoli,Hatto sen haqingda tinmay kuy chalar.

Armon degan tikan tirnaguvchidir,Oshiqlar sabrini sinaguvchidir.Bariga chidagan yetgay murodga,Yor vasliga yetar, yetar chin baxtga.

Sening hukming ila yashar yuraklar,Sening tafting ila yashnar chechaklar.Hayot sen-la go‘zal,sen-la munavvar,Sen oliy tuyg‘usan,misoligavhar.

Hayotimga kirding go‘zal bahordek,Ko‘zlarim mushtoqdir olis yo‘lingda.Sen shundayin poksan, tonggi nahordek,Ne qilgum, asirman, jonim, qo‘lingda.

Page 26: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

26

Qalb gavharlari

MAKTABIM

Maktabim, sen mening uyimdek eding,Vaqtim ham chog‘ edi sen bilan birga.Go‘yo “Vaqt qadriga yetinglar” derding,Endi sog‘inchim ham sig‘maydi sirga.

Eng shirin damlarni senda o‘tkazdik,Talashib-tortishib sening bag‘ringda.Qiz-u o‘g‘ling bo’lib erka yurardik,Shodon kulib,o‘ynab yorug‘ hovlingda.

Darslar to‘lib-toshgan shovqin-surongaUstozlar toliqqan odobni niqtab,Bola edik, sho‘xlik huzurdi jonga,Har ne hazilga ham kulgimiz qistab. Sinfdosh, sinfdosh, aziz do‘stginam,Esimga tushadi biz kezgan bog‘lar.Ulg‘aydik bu kun hatm o‘zimiz bilmayUmrning o‘tishin nazarga ilmay.

Agar yodga olsak xotiralarni,Tabassum yugurar lablarimizda.Chunki senda edi eng nozik hislarAxir senda edi nozik tuyg‘ular.

Mening hamma sirim o‘zingga ayon,Xatlar to‘la daftar, sevgi maktublar.Bunda yo‘q xudbinlik yoki yomonlik,Birinchi muhabbat eng nafis derlar.

Page 27: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

27

Qalb gavharlari

Hamon jaranglaydi so‘nggi qo‘ng‘iroq,Qulog‘im ostida shirin ovozi.Ilojsizman, ayrildimku bari baridanXotirada qoldi uning nigohi.

Maktabim sen doim gullab yashnagin,Bizlardan keyin ham mangu yashagin.Sendan uzr so‘raymiz sho‘xliklar uchun,Kelajak ko‘rsatar ilmimiz kuchin.

Page 28: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

28

Qalb gavharlari

HARBIY XIZMAT

Jonajon armiya, sendek makon yo‘q,Sen borsan, odamlar ko‘ngli doim to‘q.Bolalar kulgisi sening sababli,To‘ylarning shukuhi sening tufayli.

Sen vatan qalqoni, tayanchsano‘zing,Mardona qo‘riqchi,lochindek ko‘zing.Mardligingga tahsin aytmoqlik – sharaf Senda topdim asl mardlikning izin.

Sening tarixingda o‘chmas yodlar bor,Temur yuksaltirgan harbiy san’atsan.San’at deb bekorga aytilmagan bu,Yuksak shijoatsan, g‘urur, jur’atsan.

Asl yigitlarning mardliklarini,Imtihon qilguvchi o‘zing bo‘lursan.Hayot maktabiga chorlab ularni,Yumuq ko‘zlarini o‘zing ochursan.

Sendagina bildim vatanning qadrin,Sog‘inchning bag‘rida shunda toblandim.Yiqilgan chog‘ tuyib ona tuproqni,Yurt chun yashamoqni sendan o‘rgandim.

Page 29: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

29

Qalb gavharlari

ONA…

Seni qancha ta’riflasam so‘zlarim kamdir,Sening har bir so‘zing dardga malhamdir.Sochlaring oqiga arzimas dunyo,Onajon, buyuksan dunyoda tanho.

Sen haqingda misralar to‘lib-toshadi,Ona so‘zin eshitsam yurak shoshadi.Oyog‘ing ostidan jannat izlayin,Eng chiroyli qo‘shig‘im sen-chun kuylayin.

Ba’zi vaqtlar gap qayirib ko‘ngling og‘ritdim,So‘zlaringa quloq osmay diling ranjitdim.Xatolarim endi o‘z-o‘zimga sanchiqdir,Onajonim, mehribonim,sog‘ bo‘lgin doim.

Tunlar bedor o‘tkazarding allalar aytib,Ovozingdan ketardi dardlarim qaytib.Hali hamon esimda bu shirin qo‘shiq,“Alla bolam” deyarding hislaring jo‘shib.

Tan olmoqlik shartdir,sening bu qo‘ling,Ulg‘aytdi, o‘stirdi shoh-u shoirniDunyoni boshqargan ulug‘ zotlar hamKo‘zlari to‘rt bo‘ldi, kutdilar yo‘ling.

Ona duodasan men uchun har dam,Qara, keksaysang ham meni o‘ylaysan.Bolajonim deya quchib,erkalab,Ishdan qaytgunimcha yo‘lim poylaysan.

Page 30: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

30

Qalb gavharlari

Ollohim berguvchidir, undan so‘rayman,Ota-onam yoshiga yana yosh qo‘shsin.Toki xizmatin qilay,ko‘glin ko‘taray,Qalbi quyosh kabi nurga to‘lishsin.

FIDOIYLAR XIZMATI

Ona Vatan, sarhadlaring himoya qilib,Bunda o‘z burchini muqaddas bilib,Tunni tongga ulab, kunni kech qilib Fidoiylar sening uchun xizmat qilarlar.

Chegarangda darvozangni qo‘riqlagaymiz,Yurtni razil g‘animlardan biz asragaymiz.Toki hayot ekanmizki, sen deb yashaymizFidoyilar sening uchun xizmat qilarlar.

Bizga ishonchingning o‘zi – mukofot,Yuksalishing uchun bo‘laylik qanot.Shu qanotlar ila parvoz qil ildam,Fidoyilar xizmat qilar sen uchun shaxdam.

Sening g‘aming yeydi har bir farzanding,Ular ofitser-u, serjant,kursanting.Bojxona, Qurolli kuchlar barchasiJonin tikib xizmat qilar o‘ylab tinchliging.

Biz uchun sharafdir fidoiy bo‘lmoq,G‘urur ila muqaddas formangni kiymoq.Kerak bo‘lsa agar sen chun jon bermoq,Fidoiylar sening uchun xizmat qilarlar.

Page 31: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

31

Qalb gavharlari

Azim BEKMURODOV Davlat bojxona qoʻmitasining

Bojxona instituti kursanti

YURTIM

O‘zbekiston – jonajonim, Vatanim, Shu Vatanga mening fido jon-tanim.Yurtim, sening bugun buyuk to‘yingdir,Ushbu she’rim yangroq ovoz-kuyimdir.

Dardga darmon bog‘laringning havosi,Tog‘laringdan kelar madhing sadosi.O‘ng-u so‘lda bunyodkorlik, qurilish,Har sohada o‘zbegimda burilish.

Seni so‘zlaganda balqiydi ziyo,Ko‘ngillar quvonchga to‘ladi go‘yo,Shamolday yeladi, o‘tadi hayot,Sen uchun so‘zlanar qo‘shiq, kuy, bayot.

Yana ta’riflashga tillar ham ojiz,Dunyoda yagona shu yurt bilsangiz, Saxovatli, iymonlidir yurtboshi,Obod elga nur sochar yurt quyoshi.

Page 32: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

32

Qalb gavharlari

VATAN

Bog‘laring-da ko‘rklidir ko‘klam,Quyosh havas ichra yonadi.Tarixingdir aytsam bir olam, Cho‘l-sahrongda gullar unadi.

Tabiating go‘zaldir,o‘lkam,Suving zilol misli shalola.Qir-u dalang bunchalar ko‘rkam,Qizmiz xoling go‘yoki lola.

Baxtga yetgan baxtli chog‘ingda,Istiqloling abadiy bo‘lsin.Gullar unsin doim bog‘ingda, Samolaring yulduzga to‘lsin.

Vatan, seni bahor atadim,Hamma yog‘ing yam-yashil gulzor.Yo‘llaringga gullar qadadim,Hech yetmasin yurakka ozor.

Daryolaring shovullab oqar, Tog‘laringga yarashar viqor.Butun olam suq ila boqar, Yurtim husning menga xush yoqar.

Page 33: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

33

Qalb gavharlari

O‘ZBEK PAXTASi

Dalada dehqonning ter peshonasi,Mehnatdan yaratgan keng koshonasi.U bilan yaralgan rizq-u ro‘zi, bas,Shu sababdan bizga qilishar havas.Dunyo oq tilagin barcha-barchasi –Yurtim paxtasining parcha-parchasi.

Oqligi o‘zbekning ko‘ngliga timsol,Sifatiga hech kim qo‘yolmas savol,U chindan oq oltin, oq ,Jahonga yoymoqda vatanim nominDunyo paxtalarin barcha barchasiOlamda tengi yo‘q o‘zbek paxtasi.

DOIMO G‘OLIBMIZ KURASHDA

Buyuk bir diyorning bolalarimiz,Bog‘ida ochilgan lolalarimiz.Alp o‘g‘lonlar guvohidir o‘tmishi,Bizdan o‘tgan jasur mard Alpomishi.

Har qarich yeridir ko‘zga to‘tiyo,O‘zbeklardan go‘yo taralar ziyo.Shiroqdek mardona, buyuk bobolar,To‘marisdek dono suyuk momolar.

Bizning o‘g‘lonlardir doimo g‘olib,Vatanni asraylik zo‘r qalqon bo‘lib.O‘lkamiz serquyosh, musaffo osmon,Shu yurtga bo‘laylik munosib o‘g‘lon.

Page 34: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

34

Qalb gavharlari

Kurashning vatani – hur O‘zbekiston,O‘zbek yigitlari mard-u pahlavon.Ularda ahillik, sofdillik, vijdon,Bunday yigitlarni taniydi jahon.

BOBOJON

Bobojon, men sizni yod etgim keldi,Ruhingizni bugun shod etgim keldi.Oltinga teng edi har bir so‘zingiz,Ko‘zimning oldidan ketmas yuzingiz.

To‘g‘ri yo‘lga boshlab, berib nasihat,Men sizdan minnatdor ming bora rahmat.Davom ettiraman bosgan izingiz,Men albat bo‘laman shoir o‘g‘lingiz.

NAVOIY

Dong taratgan shoirlarning sultoni,Dunyo tutgan nomi, shuhrati, shoni.So‘z sabab buyukdir tabarruk nomi,Navoiy bobomdir, Navoiy bobom!

Ma’rifat bog‘ining bog‘boni erur,So‘z mulkining sultoni, sarboni erur,Ezgulik yo‘lining mardoni erur,Navoiy bobomdir, Navoiy bobom!

Jahonda ulug‘dir uning dostoni,Yulduzga to‘ladir doim osmoniSo‘zlari titratdi butun samoniNavoiy bobomdir, Navoiy bobom!

Page 35: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

35

Qalb gavharlari

Uni yod etgan chog‘ ko‘kdan bir sado,So‘zlari bo‘lmaydi, bo‘lmaydi ado,El dardiga izlab bir umr davo,Navoiy bobomdir, Navoiy bobom!

Sizmening g‘ururim, ajib kuylarim,Orzularim mening – fikr-u o‘ylarimSizga tildoshligim – mening to’ylarim,Navoiy bobomdir, Navoiy bobom!

SOG‘INCH

Sog‘inchli jamoling qishning qahrida,Maysalar unmoqda qirlar bag‘ridan.Bodom navdalari gullarin taqdi,Quyoshning nurlari yerlarga yoqdi.

Sog‘indik jamoling har dam-u har on, Ketmay seni ko‘rmoq bo‘lar qahraton,Sen kelding, yashnadi butun bir olam,Sening chiroyingdan ojizdir qalam.

Sog‘inchmi jamoling oppoq qorlarda, Kelganing bilinar go‘zal tog‘larda.Gullar ham olamga sochmoqda ifor,Yashil gilamini to‘shadi bahor.

Sog‘inchdir jamoling kelganda ayoz,Bog‘larda daraxtlar gulladi qiyg‘os.Yurtimning har yeri chaman-u gulzor,Xush kelding yurtimga, ey zumrad bahor!

Page 36: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

36

Qalb gavharlari

Zilola OʻRALOVA Davlat bojxona qoʻmitasining

Bojxona instituti kursanti

KURSANT QIZINGMAN

Yurt neligin angladim bugun,Onalarning ajinlaridan.Ozodlik-chun kurashgan farzand,Otalarning duolaridan.

Matonatga haykal bo‘lgan el,Tamaddunga bo‘lmoqda doya.Tarixlarni yaratgan Vatan Yillararo topmast nihoya.

Xizmatingga shaymizyoshavlod,To‘maris-u Shiroq shashti bor.Dunyolarga aytgum barallaElga Haqning o‘zi madadkor!

Kuchda tengsiz, mardona, jasur,Ajdodlarim bosgan iziman.Yuragi Vatan deb urguvchi,Shijoatli kursant qizingman.

Page 37: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

37

Qalb gavharlari

POSBONLAR

Safda turasizlar shiddati jo‘shib,Yana shahdam-shahdam tashlaysiz qadam.O‘ylayman, o‘ylarim chegarasi yo‘q,Sizoddiy odammi yo po‘lat odam?

Sizga bas kelmaydihechbirzo‘ravon,Bilaman, bizlarga doimkeraksiz.Ojizlar oldida xush fe’l, mehribon,G‘anim qarshisida misli sherdaysiz.

Sizga hech farqi yo‘q yomg‘ir, jalaning,Har ne bo‘lganda ham buzmaysizontni.Jasursiz, ham mardsizso‘nggipallami,Lozim bo‘lsa magar berasiz jonni.

Yovqur akalarim dilda shu tilak:Yo‘lingiz bexatar, shonli, oqbo‘lsin.Sevganingiz yana ona Vatan-u,Mehr berganingiz shu tuproq bo‘lsin.

MAS’ULIYAT

Safda turar mag‘rur kursantlar,Ofitserning buyrug‘in kutib.Iftixor-la eslaydi bir kun,Shu yillarni ofitser bo‘lib.

Asl farzand tolmas xizmatdan,Faxr bilan o‘tar har oni.Havasni keltirib turadi, Yelkada mas’uliyat pogoni!

Page 38: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

38

Qalb gavharlari

SURAT

Xizmatning ilk kunlaridagi sog‘inch…

Dilda sog‘inch, ko‘zda qat’iyat,Safda mag‘rur turaman yana.Vaqt topmayman hatto yo‘qlashga,Sizni juda sog‘indim, Ona.

Qizalog‘im, derdingiz doim,Tilardingiz orzular katta.Nahot diydor shunchalar uzoq,Tanbehingiz sog‘indim, Ota.

Opa-singil, dugona asli,Gaplarimdan bo‘lmaysiz xafa.Yurakni baxtlarga burkovchi,Kulgingizni sog‘indim, Opa.

Ukalarim – mehribonlarim,Mening asl qalqonlarimsiz.Temuriyga asl izdoshlar,O‘zbegimning o‘g‘lonlarisiz.

Sog‘inchdan yiroqqa ketaman,Surat saboq berar bardoshdan.El tinchini oldim yelkamga,Qatorda siz borsiz, qondoshlar.

Page 39: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

39

Qalb gavharlari

SIZGA O‘XSHAGIM KELDI

Men dunyoga kelgan o‘sha kun,Otam baxtdan chopon kiyganlar.Qizalog‘im, Jannatim debon,Ulkan mehrila suyganlar.

Baxtimizni so‘rab Robbimdan,Duolar-la o‘tdi-kuyillar.Matonatning asli jonisiz,Ota, sizga o‘xshagim kelar!

Duo qiling qizalog‘ingiz,Olg‘aborsin, maqsadlar katta.Otasiga o‘xshagan qizlar,Baxtli bo‘lar ekan albatta.

ONA

Poytaxt, o‘qish, tilaklar ro’yob,Ishonchingiz oqladim mana.Minbarlarda turibman, biroq,Sizni juda sog‘indim, Ona.

Odamlari gavjum bu shahar,Biroz sovuq, mehr yetishmas.Tun uxlamas, uyg‘onmas sahar,Biroq unda mehr sotishmas.

Menga hayot berdi doimo,Duolar-u aytgan so‘zingiz.Tanbehingiz sog‘inib keldim,Men o‘sha kuydirgi qizingiz…

Page 40: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

40

Qalb gavharlari

Edim men ham jajji qizaloq,Yillar o‘tib ulg‘ayib mana.Mehringizni sog‘inib keldim –Tosh shaharga sig‘madim, Ona.

KURASHARMIDING…

To‘siqlarga kelib basma-bas,Tuyg‘ularim charxlandi chunon.Yo‘llarimda qoqilgan nafas,Sen yodimga tusharding hamon.

Tole yo‘ldosh bo‘lolmas menga,Baxt qo‘limdan tutmadi nechun.Tayyor edim kurashmaslikka,Dalda bergan haroning uchun.

Mag‘lub bo‘ldim, demadim sira,Faqat olg‘a intildim, tinmay.Qoqilsam-da turdim qaytadan,Sinovlarni qo‘ydim mensimay.

Tik boqaman iftixor ila,G‘alabaga birinchi marta.Uzoq yillik kurashlar ila,Baxtimizni qildim sug‘urta!

Men-la birga kurasharmiding?!

Page 41: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

41

Qalb gavharlari

MadrahimTEMIROVDavlat bojxona qoʻmitasining

Bojxona instituti kursanti

O‘ZBEKISTONIM

Sarhadlar mustahkam, tinchdur osmonim,Baland hilpiraydi bayrog‘ing, yurtim.Shukrona aytaman O‘zbekistonim,Bag‘ringda tug‘ulib, bag‘ringda o‘sdim.

Bu yurtda tug‘ulmoq o‘zi bir shodlik,Qo‘riqlash dek sharaf bor taqdirimda.Ajdodlardan meros erk va ozodlik,Qoni yuguradi tomirlarimda…

Bayroqda namoyon yurt tinchligi deb,Joni qurbon bo‘lgan ajdodlar qoni.Ko‘zimga surayin to‘tiyo qilib,Bo‘lay Vatanimning sodiq o‘g‘loni…

Seni asragayman qalbim qo‘rida,Boshimda bayrog‘ing baland ko‘tarib.Uyda duo qilar otam so‘rida,Yetkazgan kuniga shukrona aytib.

Mayli deya qoling, so‘zim manmanlik:“Bunday obod Vatan dunyoda tanho!”Shu yurt farzandiman, men– Samarqandlik,Osoyish jannatda yashayman go‘yo.

Page 42: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

42

Qalb gavharlari

Yelkamda yuksak bir mas’uliyat bilan,Qo‘riqlay yurtimning sarhadlarini.Hattoki madh etay shohbaytlarimda,Bobo dehqonimning mehnatlarini.

Dovrug‘in taratib O‘zbekistonning,Ko‘kka ko‘taraman sharaf-shonini.Qalqoni bo‘lib men shunday makonning,Dunyoga tanitay O‘ZBEK NOMINI…

IZHOR

Qor ostida yolg‘iz turarman,Orzularim qorda ko‘rarman,Visolingni istab yurarman,Ishqingda men telbaman, gulim,Menga ko‘ngil bergan sevgilim...

Laylak qor ham yog‘ar bu kecha,Tinmas balki erta tongacha,Mening sevgim yetsin sengachaIshqingda men telbaman, gulim,Menga ko‘ngil bergan sevgilim...

Biram o‘jar telba yorimsan,Qordek oppoq qalbi qorimsan,Mening yolg‘iz yo‘g‘-u borimsan,Ishqingda men telbaman, gulim,Menga ko‘ngil bergan sevgilim...

Page 43: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

43

Qalb gavharlari

Goh dilimni og‘ritar so‘zing,Lek qalbimni mahf etar ko‘zing,Mangu yorim bo‘lgin sen o‘zing!Ishqingda men telbaman, gulim,Menga ko‘ngil bergan sevgilim...

Qalbi qordek toza gulim sen,Malikam sen taqdir yo‘lim sen!!!

USTOZ

Kim saboq chiqarar ilm yo‘lida,Katta safar tomon tashlabdi qadam.Ta’lim bermishlarki, kitob qo‘lida,Shunday zotlar borki, qilaman ta’zim,Shaksiz ular – ustoz, ular – muallim!

Yillar silsilasi moziyga saboq,Ne buyuk shaxslarga beshikdur zamin.Ular buyuklardan buyukdir, biroqShunday zotlar borki, qilaman ta’zim,Shaksiz ular – ustoz, ular-muallim!

Qalam tebratgan deb nazmda tengsiz,Faxr ila aytur Mir Alisherni.Bobomlar qo‘liga qalam tutgan ham,Shunday zotlar borki, qilaman ta’zim,Shaksiz ular – ustoz, ular – muallim!

Page 44: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

44

Qalb gavharlari

Men ham bir havaskor nazm qasrida,Ulug‘ bir ustozning g‘o‘r bir shogirdi.Menga harf o ‘rgatgan siymolar borki,Shunday zotlar borki, qilaman ta’zim,Shaksiz ular – ustoz, ular – muallim!

Bugun shogirdingiz, shoir Madrahim,Doim aytur sizga takror va takror:Onamdek mehribon, otamdek ulug‘,Shunday zotlarsizki qilaman ta’zim,Hurmat-ehtiromim sizga muallim!

SEN SEVARMISAN

Meni qiynamagin yolg‘izlar etib,Meni azoblama gapirmay ketib.Muhabbat borarmi qalbingga yetib,Men seni sevaman! Sen sevarmisan?

Baxtli bo‘lamizmi biz ham bir kuni?Roziman, dermisan taqdirga ko‘nib?“Xom xayol” – demagin gulim sen buni,Men seni sevaman! Sen sevarmisan?

Yolgonga yo‘ymagin mening so‘zimni,Baxshida etayin senga o‘zimni.Seni baxtli qilay! Ohu ko‘zimni,Men seni sevaman! Sen sevarmisan?

Page 45: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

45

Qalb gavharlari

QALBIMDA VATAN

Samoga tikildim ko‘zlarim ma’yus,Moviy bulutlarga tikildim mudom.Xayolim olmaydi endi u oy yuz,Tilimda yangragan bir jannatmakon,Vatanim, sevaman men seni mudom!

Misralar mahv etar goh ko‘ngillarni,Qalbingni chulg‘aydi ajib hayajon.Mayliga sevmasdan hur parilarni,Tilimda yangragan bir jannatmakon,Vatanim, sevaman men seni mudom!

Mag‘rurman men shu yurt – O‘zbekistonda,Tinch o‘lka shunday bir go‘zal oshiyon.Tilim biyron bo‘ldi shunday Vatanda,Tilimda yangragan bir jannatmakon,Vatanim, sevaman men seni mudom!

Chashma-yu bog‘laring ko‘zim quvnatar, Shohbaytlar bitishga qalam-qog‘oz lol.Layliga oshiqdek men bir majnuntol,Tilimda yangragan bir jannatmakon,Dilimning ardog‘i – hur O‘zbekiston!

Page 46: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

46

Qalb gavharlari

SOG‘INGANDA

Xayolimda sensan, tushlarimda ham,Sensizlik kunlarim yuragimda g‘am.Kelishing rostmi deb qancha kutsam kam,Sog‘inganda jonim, bir bor kelib ket.

O‘sha gul jamoling – oydek yuzingni,Jonimni olguvchi qaro ko‘zingni,Bir bora ko‘rayin, axir o‘zingni,Sog‘inganda jonim, bir bor kelib ket.

Shoiring xayolan qo‘llaring tutdi,Yo‘lingga intizor bir seni kutdi.Bugun hafta o‘tdi, bugun oy o‘tdi,Gul fasli o‘tmasin, bir bor kelib ket.

KO‘KSIMDAGI YURAK

Muhabbat – ajib bir ilohiy tuyg‘u,Qalblarni yoritgan misoli yog‘du.Sevgilim, visoling men uchun orzu,“Ko‘ksimdagi yurak “Sen” deb uradi”.

Sen bor – tomirlarda yuguradi qon,Sen bor – muhabbatdan qolmaydi armon.Qalbim yig‘latadi sensizlik – hijron,“Ko‘ksimdagi yurak “Sen” deb uradi”.

Sen o‘zing yolg‘izim-umrim bahori,Dunyoda yagona gulim ruxsori.Seni hadya etdi ishqning bozori,“Ko‘ksimdagi yurak “Sen” deb uradi”.

Page 47: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

47

Qalb gavharlari

Sen yo‘q bahorlarim bo‘ladi xazon,Sevaman men seni Mahsharga davom!Meni yolg‘iz etma, yolg‘onmas, ishon:“Ko‘ksimdagi yurak “Sen” deb uradi”.

ORZU

(Jo‘shqin iste’dod egasi Usmon Nosirning sho‘ro lagerlarida azob-uqubat va

tutqunlikdagi so‘nggi kunlari…)

Bilmam bu hayotda nima ko‘rmadim,Qayg‘u, azobini beayov totdim.Vujudim dardlardan forig‘ yurmadim,G‘amning botqog‘iga tobora botdim.

Lekin yig‘lamayman, nolimayman ham,Lablar tabassumda, qalb yig‘lab bo‘ldi.Yig‘lab bu ko‘zlar ham bo‘lmay qoldi nam,Hayotga qiziqish-eh, u ham so‘ldi…

Shuncha azob ortib yana g‘amlarga,Qayg‘ularga bardosh berganim –Yurak.Bardoshi yetmaydi bu alamlarga,Endi urishdan ham to‘xtasa kerak…

Lablar titramoqda, ha, o‘sha lablar,Qayg‘u va alamni yashira olgan.Dilimni og‘ritgan o‘sha sabablar,Meni shu kuylarga ayovsiz solgan…

Page 48: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

48

Qalb gavharlari

To‘xta, to‘xta hayot, menga quloq sol:Qara ko‘zlarimda quvonch bormikan?Berganing shu bo‘lsa kel, jonimni ol,Menga shunchalar ham dunyo tormikan?

Bo‘ldi, bas, yetadi ustimdan kulma,Endi yig‘layinmi senga tiz chukib?!Mayli endi meni hamrohim bo‘lma,Ko‘zim yoshlarini bo‘lding-ku to‘kib.

Ovozim qolmadi fig‘on qilishga,Xazon bu umrimni sarhisob qilib.Lek hamon qiynog‘ing bag‘rim tilishga,Ey voh, intilmoqda men tomon kelib…

Halovat qolmadi yashashga senda,Bosgan qadamimda faqat qiynog‘ing.Umid-ku qolmadi yashashga menda,Azob berib borar menga firog‘ing.

Endi bahor yiroq mening qalbimga,Ha, o‘sha chechaklar, lolaqizg‘aldoq.Salqin shabadalar tekkan labimga,Atirgul bo‘sasi undan-da uzoq…

Qo‘lim qaltiroqda, vujudim-tanam,Hatto ko‘zlarim ham xira tortmoqda.Dard ham tinch hayotga qo‘ymayin hech ham,Uning og‘riqlari ortsa ortmoqda.

Page 49: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

49

Qalb gavharlari

Hatto yoshligimdan yonib suyganim,Oppoq kapalagim meni tark etdi.Osmongako‘z tikib izlab kuyganim,Eh, afsus, hilolim ko‘rinmay ketdi.

Qani yana endi yosh bola bo‘lsam,Qayta qolsa edi o‘sha yoshligim!Keyin butun umrim o‘shanday qolsam,Menga zavqli edi shu beboshligim.

O‘sha kapalagim, o‘sha hilolim,Gulzorda bo‘salar olgan atirgul.Meni shaydo etib so‘ragan holimAzob bermas edi sayroqi bulbul...

Tonglar otganidan kunlar botguncha,Kapalagim bilan quvlashib yurib.Kunlar botganidan to tong otguncha,Suhbatlashar edim oy bilan turib.

Page 50: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

50

Qalb gavharlari

MALIKAM

Yuragimga suratingni chizib gulim,Atirgullar sarasini uzib gulim,Atrofingga ishq lashkarin tizib, gulim,Malikam men visolingga yetsam deyman,Va o‘zingga sevishimni aytsam deyman…

Qaro ko‘z-u gul yuzingga hayron boqib,Murg‘akkina qalbginangga o‘tlar yoqib,Bir kun kelib qo‘lginangga uzuk taqib,Malikam men visolingga yetsam deyman,Va o‘zingga sevishimni aytsam deyman…

Sevsang meni sadoqatni vafo bilib,Sevsam seni o‘zimdan-da rashklar qilib,Yashasaydik bu dunyoda baxtli bo‘lib,Malikam men visolingga yetsam deyman,Va o‘zingga sevishimni aytsam deyman…

DIL ZABONSIZ

Dil zabonsiz va yana xasta,Ishq o‘tida yonmoqda lov-lov.Endi hecham urmas ohista,O‘ylagani gul yuzli suluv.

Goh gap qotsam kulmay ham qo‘ydi,Arazini qilvoldi odat.“Sevishimiz aytaylik”, deydi,Qani bo‘lsa aytishga jur’at…

Page 51: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

51

Qalb gavharlari

VATAN ISHQI

Shunchalar kuchli-ki dilimni o‘rtab,O‘tli muhabbatni qo‘zg‘agan tug‘yon.Ko‘ksimga o‘tkir bir qalamni o‘qtab,Qog‘oz qoralashga undagan isyon.

Qalam tebratsam-da tongdin toki shab,Ta`rifin keltirib yozolmasman leki,O‘zgalarni qo‘ying hatto o‘zimdan,Qizg‘onib sevaman munis onamdek!

Bu his baridan-da muqaddas, aziz,Tog‘lardek ulug‘vor, vijdondek toza.Behisht gullaridek eng go‘zal, nafis,Qo‘llaring tolmaydi ta’riflab yoza.

Dilda Vatan ishqi, Vatan tuyg‘usi,Yana qo‘llarimga tutqazdi qalam.Mening she’rlarimning naqshi, mavzusi,Yurtim har bir burchi, borlig‘i ko‘rkam.

Doim asragayman qalbim qo‘rida,Vatanim ori-yu sharaf-shonini,O‘zbek sodiq o‘g‘lon ong-shuurida,Qo‘riqlash hissi bor o‘z qo‘rg‘onini.

Ko‘ngil qo‘yib yashay tuproqlaringga, Onamdek muqaddas jannatmakonim,Hatto ko‘z tegmasin giyohlaringga,Qalqoning bo‘layin, O‘zbekistonim.

Page 52: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

52

Qalb gavharlari

Balki satrlarga dilda borimni,Bitishga ojizlik qilarman biroq.Vatandek eng buyuk iftixorimni,Ardoqlab o‘taman o‘zimdan ko‘proq.

VATANIM

O‘zgalarga ishim yo‘q ular,Yetti ko‘kni qilsinlar makon.Men tug‘ilgan bitta jannatim –Hur vatanim jon O‘zbekiston!

Bulog‘ida shaffof suvidan,Taraladi jannat ifori.Tongda sayrar bulbul kuyidan,Yaraladi baxtning tumori.

SINGLIMGA

Sevgi deya dilimni o‘rtab,Kitob yozib qo‘yibman bir kam.Singiljonim, bir senga atab,She’r yozmabman ikki misra ham…

Poyinga men she’rlarim to‘shab,Bugun qattiq uzr so‘rayman.Bugun biroz akangga o‘xshab,Ushbu she’rni senga atayman:

Bilasanmi, bola paytimiz,Xayollarda oyda bo‘lardik.Va shu oyga qarab ikkimiz,Sho‘x-u shodon o‘ynab kulardik.

Page 53: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

53

Qalb gavharlari

Hovlmizda o‘rik g‘arq pishsa,Etaklarga terib olardik.Bedazorda kapalak uchsa,Ortidan biz quvlab qolardik.

Goh ranjisam ko‘zga yosh olib,Yupatarding silab boshimni.Qo‘llaringga dastro‘mol olib,Artar eding ko‘zda yoshimni.

Yillar o‘tib shu zayil – quvnoq,Ulg‘ayib ham qolibsan, singlim!Sen ko‘kdagi oydan oydinroq,Chiroyli qiz bo‘libsan, singlim!

Yuzlaringdan mehr nurlari, Taralib ham turibdi, singlim.Senga dunyo pari-hurlari,Havas qilib yuribdi, singlim.

Qalbi go‘zal, aqli donoyim,Doim shunday bo‘lib qol, singlim.So‘zlari bol, shirin, muloyim,Farishtadek bo‘lib qol, singlim!!!

Page 54: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

54

Qalb gavharlari

SENI UZATDILAR

Singlim, seni uzatdilar oq libosda,Kuzatdilar, ostonadan kuzatdilar.Duolarga ochib otamqo‘llarini:“Baxtli bo‘lgin qizim” – deya uzatdilar.

“Palaxmonning toshi derlar siz qizlarni”,Desalarki ishonmasdim so‘zlariga.To‘y oqshoming oy charog‘on yulduzlarni,Sochganida iqror bo‘ldim so‘zlariga.

ONA

Bilaman, onajon meni sog‘inib,Yo‘limda intizor bo‘lib kutyapsiz,Gohi suratimga qarab ovunib,“Qachon kelar, bolam”, deya o‘tyapsiz.

Kun kelib boraman men yoningizga,Qalbda sog‘inch, ko‘zda yosh bilan,Shunda to‘yib olay diydoringizga.Axir degaysiz-ku: “Keldingmi, bolam?”

Mana keldim ona sizni sog‘inb,Bag‘ringizga bosing meni qattiqroq.Biroz tin olayin sizga ovunib,Mehringiz-la yoqing qalbimga chiroq!

Page 55: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

55

Qalb gavharlari

Duo qiling ona men-o‘g‘lingizni,Vatan xizmatiga bel bog‘laganman.Sadoqatda oqlab ishonchingizni,Yurtimga sodiq bir o‘g‘lon bo‘lay man!

Faqat sog‘inganmansizni! Men biroz,Orom olay tizzangizga bosh qo‘yib.Sizdir qalbimdagi eng ulug‘ e’zoz,Ona, mehringizga olayin to‘yib…

Mehri Allohni ham xushnud aylagan,Erta bahor kabi gullagan siymo.Allohim ayolni doim siylagan,Ularsiz bu hayot-har ne bema`no.

Matonat bobida dunyoda tengsiz,Boriga qanoat qilgan ham ayol.Shijoat, malohat-bori sizda, sizMehribon o‘zgacha yerdagi hilol!

Farzandlarim deya tinim bilmagan,Tunlari beshigim tebratganim – siz.Oq sut bermay turib ko‘ngli to‘lmagan,Huvillab qolardi bu dunyo sizsiz!

Ona farzandini o‘ylar har doim,Hech kimga ishonmas qiz-u o‘g‘lini.Duolar aytadi tilda – “ilohim”,Duoga ochib-da ikki qo‘lini…

Page 56: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

56

Qalb gavharlari

Tandirning taftida chekib mashaqqat,Olamda tengi yo‘q siz yopgan nonning.Mehridaryolikdir sizga xos xislat,Sizsiz kengligi yo‘q yer-u osmonning!

BOJXONAMIZ OFITSERLARI

Vatan-deya yonib kuyganlar,O‘z yurtini jondan suyganlar.Sodiq posbon, sodiq o‘g‘lonlar,Bojxonamiz ofitserlari!

Vijdoni pok, qalblari toza,Har jabhada bo‘lar andoza.Yurtga qalqon, yurtda ovoza,Bojxonamiz ofitserlari!

Xoh aeroport, xohi vokzalda,Xoh kun bo‘lsin, oqshom mahalda,Turar doim shay, sergak holda,Bojxonamiz ofitserlari!

Qalloblikka yo‘l qo‘ymaydilar,Vatan uchun jon fido qilar.O‘z yurtining ravnaqin o‘ylarBojxonamiz ofitserlari!

O‘zbekiston ravnaqin o‘ylar,Bojxonamiz ofitserlari!

Page 57: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

57

Qalb gavharlari

Olimjon DADABOYEVDavlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti oʻqituvchisi,

bojxona xizmati podpolkovnigi

ELIM-YURTIM-OʻZBEKISTONIM

Toʻmarisdek ajdodlari yovni quvgan,Shiroq kabi yurtdoshlari sobit turgan,Vatan erki,tinchini “farzi-ayn” bilgan,Sobit qadam mardlari omon eldir bu.

Al-Xorazmiy algebraga asos solgan,Fargʻoniylar Nilning belbog‘ini olgan,Sino kabi daholari ustun boʻlib,Tibbiyot qonunin yaratgan eldir bu.

Ikki daryo oraligʻin egallagan,Temuriylar saltanatin boshi boʻlgan,Yerda turib samo sirin anglab yetgan,Ulugʻbekdek dahoni bergan eldir bu.

Bobolari oʻgitlarin yodda tutgan,Bobolari tuzuklarin koʻzga surtgan,Himmatlilik, bagʻrikenglik odat boʻlgan,Odamlari saxiy va axiy eldir bu.

Momolari allasidan quvvat olgan,Togʻ-toshlari, dashtlaridan qudrat topgan,Iymonining yarmi mehr, yarmi sabr,Kelajagin moziydan olgan eldir bu.

Page 58: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

58

Qalb gavharlari

Bolalikdan oilada odob koʻrgan,Laparlari, kuylaridan ilhom olgan,Koʻngli ochiq, hovlisiga mehmon toʻlgan,Qudratini mahalladan olgan eldir bu.

Yaxshiligi ajdodlardan meros qolgan,“Oʻzbek ishi” mashaqqatin totib koʻrgan,Keragida bir mayizni qirqqa boʻlgan,Oʻz beklarin yoʻqotmagan eldir bu.

CHUSTIM

Qadim oʻtgan zamondan,Oltin vodiy tomondan,Kelgan ekan bir doston,Unda kuylangan boʻston.

Bir boʻstonki tengsiz bogʻ,Jannatdayin beadogʻ.Bir boʻstonki xalqi but,U boʻstonning nomi Chust.

Odamlari mehnatkash,Koʻngli ochiq, zahmatkash.Har ish kelar qoʻlidan,Qirq hunarning biridan.

Tanilgandir olamga,Mohir pichoq ustasi,Chevar qizlari tikkan,Zardoʻzi va doʻppisi.

Page 59: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

59

Qalb gavharlari

Dongʻi ketgan dunyoga,Bogʻida damlangan osh.Doim tayyor suzishga,Kelsa doʻst-u-qarindosh.

Allomalardan biri,Mavlono Lutfullohdir.Ziyo tarqatgan, ulugʻ,Soʻfi zoda Sharifdir.

Shoirlari jam boʻlgan,Chustiy domla boshlovchi,Barcha sheʼrin tan olgan,Miskin, rahbar,yoʻlboshchi.

Kindik qonim toʻkilgan,Shu yurtim omon boʻlsin,Chustim, senga bitilgan,Bu sheʼrim doston boʻlsin.

Page 60: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

60

Qalb gavharlari

GUMON IYMONDAN AYIRADIGAN

Biror bir ayb qoʻyishdan oldin,Ming bor oʻyla, istihola qil.Azaldan bor bir naqli tayin,Gumon iymon yo‘lin to‘sar, bil.

Ogʻziga kelganin so‘zlamoqAqli zaif insonga xosdir.Aqli butun, toʻrt muchali sogʻ,Inson bilki, bunday qilmasdir.

Inson nomi ulugʻ, betakror,Ona zaminda yetuk yaralgan.Lekin, doim aytamiz takror,Iymon insonga qondan berilgan.

Oʻzaro muloqotda bor meʼyor,Misli tarozida oʻlchangan,Insonlar, doim boʻling hushyor,Gumon, iymondan ayiradigan.

Page 61: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

61

Qalb gavharlari

INSON BAXTIN BINOSI

Inson baxtin binosi,U qandayin qurilgan?Poydevori, asosi,Qay hislardan yaralgan?

Inson baxtin binosi,Poydevori mehrdanUstunlari, asosi,Yaralgandir sabrdan.

Inson baxtin binosi,Devorlari doʻstlikdan,Tomi, gumbaz, qubbasi,Yaralgan muhabbatdan.

Page 62: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

62

Qalb gavharlari

BOJXONACHILAR

Turadi chegarada,Oʻlchovi insof,vijdon,Sarhadlar nazoratda,Sergakdir bu mard oʻgʻlon.

Asosiy shioridir,Vijdon, insof ,adolat,Bugungi dushmanidir,Loqaydlik va jaholat.

Iqtisodiy sarhadlar,Xavfsizligin taʼminlab,Bojxonachi lochinlar,Turar yurt tinchin poylab.

Hech qandayin nobakor,Oʻta olmas toʻsiqdan,Sifatsiz, nopok tovar,Kira olmas “teshik”dan.

Asosiy harakati,Qaratilgan toʻlovga,Yurtning moddiy neʼmati,Yigʻim, boj,soliqlarga.

Bojxonada juda koʻp,Yurtga fidoyilar bor,Vijdon,insof,adolat,Doim ularga shior.

Page 63: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

63

Qalb gavharlari

Bojxonachi nomli kasb,Sharafli niyat boʻlsin,Bojxonachi yoshlarning,Koʻksi shuhratga toʻlsin.

NAVROʻZ – YANGI KUN

Derazamning tagida,Bir tup olma daraxti,Bahor isin sezganda,Olmoqda yerning taftin.

Bogʻlarimizda bahor,Shoxlar chiqargan kurtak,Mayin esganda shamol,Shabada misli, hurkak.

Kurtak aylanar gulga,Gullar chaman ochilar,Qoʻnishib guldan-gulga,Yayrashar bolarilar.

Koʻrib, bu manzarani,Bahri-diling ochilar,Xuddi tortgandek seni,Yangi kun tomon chorlar.

Yangi niyat, ezgulik,Belgilanar bu kunda,Bir yilga tatigulik,Rizq berilar bu kunda.

Page 64: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

64

Qalb gavharlari

Doshqozonda sumalak,Qaynatilar tobida,Yalpiz, jagʻ-jagʻ bir palakQizlarning xitobida.

Yopilar koʻk somsalar,Koʻk chuchvara, koʻk manti,Bularning har biridan,Kelar, bahorning tafti.

Deymiz, aziz yurtdoshlar,Navroʻz muborak boʻlsin,Har kuningiz shundayin,Bayram, rizq-roʻzli boʻlsin.

Page 65: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

65

Qalb gavharlari

INSON QADR-QIMMATI

Azaldan yurtimiz ona Turonda,Ulugʻlab kelganlar insonning qadrin,Esga olinganda biror bir banda,Bir-bir yod etganlar ezgu ishlarin.

Qanday oʻlchanadi insonning qadri?Qilgan ishlarimi umrga oʻlchov?Yoki har baloga yetganmi sabri,Yo ko’p savobimi umriga garov?

Nechun tiriklikda insonning qadri,Oʻlchanmoqda puli, mansabi bilan,“Qadrli inson”lar ortmoqda soni,Qilgan iltifot, martabasi bilan.

Bilingki, mol-dunyo, shuhrat oʻtkinchi,Insondan qoladi qilgan ishlari,Muruvvatli boʻling, mansab oʻtkinchi,Insondan qoladi yaxshiliklari.

Yaxshilik qiling har onda, har kundaFarishtalar sizni doim asrasin,Hayot adogʻida, manzil soʻngida,“Yaxshi odam edi” deya eslashsin.

Hazrati insonlar, mehrli boʻling,Imkoni boricha qiling yaxshilik,Chunki bu dunyoda komil insondan,Qolar ekan faqat mehr, yaxshilik.

Page 66: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

66

Qalb gavharlari

Qobiljon ERGASHEVDavlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti oʻqituvchisi,

bojxona xizmati katta leytenanti

ONAJON

Ona! Sabr-u matonatdan yaralgan malak,Koʻksida ulgʻaytgan shoh-u gadoni.Mehr-u muhabbatga balki tor falak,Onajon! Siz azal jonlarning joni.

Tayanib turganim – tayanchim ham Siz!Suyanib turganim – suyanchim ham Siz!Bu foniy dunyoda koʻzimga boqib,Quvonib yurganim – quvonchim ham Siz!

Yigʻlasam, koʻzingiz nam boʻlmasa ham,Yurak yoshingizga ummon teng emas.Garcha qoʻllaringiz artmas koʻz yoshim,Ammo yigʻlayotgan Sizsiz! Men emas.

Yarimlab bormoqda umrim dovoni,Sochimga qorlarning uchquni tushmish.Ammo Volidamning qaynoq mehrisiz,Bu hayot hayotmas, bu rangsiz tushdir!

Mehri muhabbati ummondan ortiq,Dunyoga tatiydi vafo qudrati.Bizga yuragini etolgan tortiq,Faqat, Onamda bor dunyo jurʼati!

Page 67: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

67

Qalb gavharlari

Allohning ochunga bergan neʼmati,Quyoshday taft berar Onamning mehri.Millatga farz erur Ona hurmati,Beqiyos bir inju jannatdan sehri.

Asli allalarda kamol topar el,Orzular ulgʻaytar qutlugʻ niyatni.Goʻdak ham “Ona” deb chiqaradi til,Onalar – farzandga ulugʻ inoyat.

Bugun men nimaga boʻlsam musharraf,Uning har birida Onam mehri bor!Farzandi kamolin biladi sharaf,Onajon qadringiz bilmagan kim bor!

Onajon! Izhorga aylanmas tilim,Balki qucholmasman Sizni men mudom.Doim muhabbatga limmo-lim dilim,Sizga yuragimni etaman inʼom.

Balki manglayimda omad izi bor,Balki tiz choʻkadi poyimda togʻlar.Lekin bir haqiqat izmida jimmanMen Onamsiz kimman?! Hech kimman!

Page 68: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

68

Qalb gavharlari

YURTIM BAHORI

Maysalarni oʻpar nasimlar,Daraxtlar guldona libosin kiymish.Boychechak iforin sepadi qirlar,Yurtimga hushbichim bahoroy kelmish.

Goʻzallik tinch yurtga tatiydi mudom,Bahor ham tinch yurtga bosadi qadam.Qirdan ungan gulmas, lolaqizgʻaldoq,Mardlarning qoni-la ichilgan qasam.

Yurtimiz bahori mardlarning yodi,Dunyoni yashnatur tinchlik ifori.Navroʻzi olamga yaxshilik sochar,Jumardlar bahori, gʻururi, ori,

ONA TILIM

Insonni betakror yaratgan Alloh,Lison bergan maxluqdan ayri.Tilda soʻz aytmoqlik albat tugal baxt,Inson insondir shu til tufayli.

Allalar singishgan qulogʻimizga,Onamiz tilidan uchar shivirlar.Millat oʻz tilida ulgʻayar, illo,Har kim ona tilda qilar tavallo.

Ona tilda yangraydi sevgi izhori,Vatanga madhiya aytamiz shodon.Shu tilda mujassam millatning ori,Bir tilda soʻzlashar vatan, xonadon.

Page 69: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

69

Qalb gavharlari

Ona vatan kabi til ham muqaddas,Bir buyuk burch erur tilni sevmoqlik.Moziyni yoritgan ajdodlar ilmi,Ularga hurmatdir tilni bilmoqlik.

Qudadgʻu biligdan oʻgitlar vojib,Turkiy tilni sevgan Yusuf Xos Hojib.Qashgʻariy Devoni lugʻati turkdir,Ajdodlar merosi tilda tirikdir.

Turkiy tilning nuktadoni Navoiy,Hech kimsa uningdek boʻlmas fidoiy.“Turkiy tilda koʻp va xoʻb ijod etmishdir”.Til bu kelajak! Bugun! Oʻtmishdir!

CHIROGʻBON - CHARAGʻBON

Tun qoʻynida oy boʻlmasa, chirogʻbon,Ular bilan zulmat boʻlar charogʻon.Bogʻbon kabi har niholga U posbon,Bibixonim hilollari, bojxonamiz ayollari!

Rohat koʻring, aslo zulm koʻrmang deymiz,Mehribonsiz, gʻamimizni mudom yeysiz.Izhorlar kam, haqqingizga nima deymiz?!Saidaning vafolari, bojxonamiz ayollari!

Toʻmarisdek qalbi qaynoq,Mard oʻgʻlonga hamroh, oʻrtoq.Erta-yu kech sergak uygʻoq,Zebiniso gʻazallari, bojxonamiz ayollari!

Page 70: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

70

Qalb gavharlari

Husni-xulqdir har birining tarbiyasi,Zakovatdan darak bilim saviyasi.Faqat tinchlik ular surgan xayollari,Uvaysining izdoshlari, bojxonamiz ayollari!

Bir qoʻlida beshik tutgan,Bir qoʻlida qalqon, qilich.Yurtga gʻanim yoʻlin toʻsgan,Toʻmarisning avlodlari, bojxonamiz ayollari!

Oydan qiyos qoshlarining hilolligi,Kavsar suvdek qalblarining zilolligi.Elga oʻrnak har bir ishda halolligi,Qobil farzand onalari, bojxonamiz ayollari!

XIZMATDAMAN

Shu elning qalqoni, erksevar oʻgʻlon,Millat xavfsizligi uchun jon fido.Yurtida farzandi quvnar sog‘-omon,Haqiqiy yigitni asragay Xudo!

Qurolga aylanar soʻzi, nigohi,Quloqqa chalinar dushmanning ohi.Barcha oʻgʻlonlaring Vatan-chun qurbon,Shahid qahramonlar safimizda shon!

Oʻzbekiston Respublikasiga xizmat qilaman!!!

Page 71: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

71

Qalb gavharlari

Nasriy asarlar

Page 72: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

72

Qalb gavharlari

Azim BEKMURODOV Davlat bojxona qoʻmitasining

Bojxona instituti kursanti

KUN VA TUN

Tong otmoqda. Tun kunga o‘rnini bo‘shatib olis o‘lkalar tomon ketmoqda. Mayin shabada esayotir. Tog‘larning ortidan mo‘ralab, quyosh boshini ko‘tarmoqda. Maysalar yuzidagi shabnam quyoshdan uyalganidan ona zaminni quchmoqda. Gullar ifori bilan atrofdagilarni mast qilmoqda. Bulbulning xonishi esa insonning qalbiga ajib sokinlik baxsh etmoqda. Butun olam uyg‘onmoqda.

Quyosh zarrin nurlarini yerga hadya etmoqda. Osmonda faqat bulut va quyosh bor. Uzoqdan qora bulut yaqinlashyapti. Ertaga yomg‘ir yog‘sa kerak. Soniyalar daqiqalarni quvib shu taxlitda butun bir kun o‘tdi.

Kun botmoqda… kun tunga o‘rnini bo‘shatib, olis o‘lkalar tomon ketmoqda. Osmon to‘la yulduz, osmon-u falakdagi yog‘du sirli ko‘rinadi. Go‘yo yulduzlar yiroqdagi yerga osuda boqadi. Ahyon-ahyonda parqu bulutlar oy yuziga harir parda tortadi. Uning osuda shu’lasi noaniq, lekin yorqin tumanga aylanadi. Butun borliq mudraydi. Xushbo‘y havo qilt etmaydi. Suv betiga cho‘p tushgandagi singari ahyon-ahyonda bir mavjlanib qo‘yadi. Butun olam zulmat qa’riga kirib bormoqda. Atrof qorong‘ulashib faqat chirildoqning chirillashi eshitilyapti.

Mana qora bulutlar keldi. Oy yuzini qora bulutlar to‘sib, ertagacha chidolmagan yomg‘ir tomchilamoqda…..

Page 73: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

73

Qalb gavharlari

SHUKRONA

Yon-yog‘ida barq urib o‘sib yotgan, rayhon hidlari ufurib turgan mo‘jazgina gulzor menga yana Vatanim – ona O‘zbekistonim haqida saboq so‘ylayveradi. Javzoning jazirama issig‘i-yu olov purkab, garmsel shamollariga to‘lib-toshib kirib kelayotgan saraton oyining shashtini jon-jonimdan his qilar ekanman, bug‘doyini o‘rib olayotgan, manglay terini jo‘yaklar aro oqizib, g‘o‘zasiga ishlov berayotgan bobodehqonning zahmatini ham chin dildan his qilaman-u yana o‘sha o‘lmas tuyg‘u junbushidan mast bo‘laman.

Eng qizig‘i, avji ko‘klam payti olis yurtlardan daryo-yu dengizlar o‘sha – o‘tgan yili uchirma bo‘lgan, uyiga qaytib kelgan qaldirg‘ochning chug‘ur- chug‘uri ham bu o‘lmas va boqiy tuyg‘uning jumbushini yana bir karra dilga soladi.

Yaqinda bir kitob o‘qidim. Unda qadim qishloqlari-mizning ona yurtimizning o‘tmishini, aholining mashaqqatli turmush sharoitini ko‘rganday bo‘ldim. Bugun esa hayot tarzimiz ham, turmush sharoitlarimiz ham butunlay o‘zgarib ketgan. Kitobda o‘qiganim – bobom va momom aytib bergan kechagi mushkulotli, zahmatli, hayotim, yetar-yetmasliklar bugun butunlay ortda qolgan. O‘tmishning arava ulovlari-yu omoch-u ho‘kizlar butunlay “arxiv” dan makon topgan. “Temir ot”larning necha turi o‘zimizda ishlab chiqarilyapti. Deyarli har bir xonadonda bundayda bunday ulovlar bor va ular bilan istagan manzilga zuvillab borib kelyapmiz. Texnik taraqqiyot – e’tirof etgulik. Kompyuter bilan musobaqa o‘ynab ko‘pni hayratga solyapmiz. Hatto internet mobil telefonlar bilan qilinayotgan muloqot

Page 74: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

74

Qalb gavharlari

odatiy hayot tarziga aylanib qolmoqda. Maktab-u kollejlarimiz orzu qiladigan darajada ko‘rkam va viqorli. Biz faqat unga sirtdangina mahliyo bo‘lib o‘tirmay ulardan yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib chuqur ilm olishimiz lozim. Ishonamanki, ertaga turmush tarzimiz bundanda yuksaladi. Biz ana shu taraqqiyot bilan birga qadam tashlashimiz darkor. Balki, oldinroq yurishimiz kerak bo‘lar. Xullas, bizni yillar sayin farovonlikka olib borayotgan Vatanimizga biz ham xizmat qilib muborak mustaqilligimiz uchun Yaratganga shukrona qilishimiz zarur deb o‘ylayman.

Page 75: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

75

Qalb gavharlari

Qurbonqul KARIMQULOV Davlat bojxona qoʻmitasining

Bojxona instituti kafedra boshligʻi, Bojxona xizmati polkovnigi

USTOZLAR HAQIDA(maqola)

Ustoz otangdan ulugʻ! – deb bejizga aytilmagan. Bojxona tizimida ham “Ustoz-shogird” anʼanasi yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Har bir sohada boʻlgani kabi, biror bir kasbni mukammal egallash uchun hayotiy tajribaga ega boʻlgan ustozlarning mashaqqatli mehnatlari nihoyatda beqiyosdir. Talabalar Universitet va Institutlarda yetarlicha nazariy bilim va koʻnikmalarni egallaydi, biroq hayotiy tajribani esa, albatta ustozlardan oladi. Yillar oʻtib, ustozlari koʻmagida mazkur sohaning yetakchi mutaxassisiga, bilimdoniga aylanadi. Bu haqiqatni hech kim inkor etmaydi. Sababi, biz katta avlod vakillari ham ustozlar tarbiyasini olganmiz.

Mening ham bojxona sohasida ustozlarim bor. Men faxr va katta masʼuliyat bilan ayta olamanki, ustozlarning bevosita koʻmagi va yordamida ilmiy darajalarga va unvonlarga (fan doktori, professor, akademik) erishdim. Bojxona tizimida uch avlod vakillari xizmat qiladi.

Birinchi avlod – uzoq yillar sobiq Ittifoq davridan bojxona tizimida xizmat qilgan – katta avlod vakillari;

Ikkinchi avlod – mustaqillikning dastlabki yillari davrida bojxona xizmatiga qabul qilingan – katta yoshlar vakillari.

Uchinchi avlod – bojxona tizimiga yangi qabul

Page 76: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

76

Qalb gavharlari

qilingan yoshlar vakillari.Birinchi avlod vakillarini baʼzan hazillashib, eski avlod bojxonachilari, ikkinchi avlod vakillarini esa, yangi avlod bojxonachilari deb aytar edik.

Birinchi, katta avlod vakillaridan, bugungi kunda nafaqada, qarilik gashtini surayotgan, bojxona faxriylari: general Said Azim Oripov, professor Ibrohim Asqarov, Olim Habibullaev, Maʼruf Mahmudovich Xolmedov, Toʻlqin Rahmonov,Viktor Chipiga, Bahodir Yunusov, Bahrom Joʻraev, Alisher Amanboev, Shuhrat Bilolov, Dehqonboy Qudriddinov, Ixtiyor Qosimov (ayrim ustozlarning ism-familiyalari roʻyxatga kirmay qolgan boʻlsa, albatta uzr soʻrayman) kabi oʻnlab ustozlarni aytish mumkin. Ularning har biri boʻyicha alohida asarlar yozish mumkin. Tarix zarvaraqlariga kirib ulgurgan bojxona ishi faoliyatini bojxona faxriylari hamon eslaydilar:

Zaxiradagi bojxona xizmati general-mayori Said Azim Oripov:

Mustaqillikning dastlabki yillarida Bojxona xizmati toʻlaqonli faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslari yoʻq edi. Xorijiy mamlakatlarning tajribalari oʻrganildi va birinchi navbatda, huquqiy asoslari yaratildi. Hali-beri Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) qatnashchilari qanday tovarlarni olib chiqish mumkin yoki olib kirish mumkin emasligi va qolaversa bojxona xizmati nima vazifani bajarishi toʻgʻrisida tasavvurlari ham yoʻq edi. Sekin-asta, TIF qatnashchilarini va bojxona xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida, Oʻquv Markazi tashkil etildi. Juda qiyinchiliklar bilan milliy kadrlar tayyorlandi.

Page 77: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

77

Qalb gavharlari

Zaxiradagi birinchi bojxona xizmati general-mayori Sobit Ahmadovich Alimboyev:

Bojxona xizmatiga rahbar boʻlib tayinlanganimda (1994-yil), bojxona xodimlari har xil kiyim-boshda edilar. Ularni Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) qatnashchilaridan farqlashning imkoniyati yoʻq edi. Birinchi navbatda, bojxona xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, maxsus formasini tasdiqlatish dolzarb vazifalardan biri edi. Bosqichma-bosqich bu vazifalar amalga oshirildi. Bojxona ishiga oid qonunlar qabul qilindi va bojxonaning vazifalari belgilab berildi. Zamonaviy bojxona postlari qurildi, bojxona chegaralari zamonaviy texnika vositalari bilan taʼminlandi. Albatta, bu vazifalarni amalga oshirish qiyin kechdi. Hukumatimiz rahbariyatining yordami va koʻmagida tizimli islohotlar amalga oshirildi. Natijada, bugungi zamonaviy bojxona xizmati shakllandi. Buni qadriga yetib, Vatan uchun halol xizmat qiling aziz yoshlar!

Zaxiradagi bojxona xizmati podpolkovnigi Maʼruf Mahmudovich Xolmedov:

“Biz xizmat qilgan vaqtlarda, hozirgidek shart-sharoitlar yoʻqedi. Oʻzbekiston hududida atigi Toshkent va Termiz shahrida bojxona xizmati boʻlgan va u ham toʻgʻridan-toʻgʻri sobiq ittifoq markaziga boʻysungan. Xizmatga qabul qilish, hattoki ularga maosh belgilash Markazdan buyruq boʻlib kelardi. Mustaqillikning dastlabki yillarida juda katta qiyinchiliklar bilan Milliy bojxona tizimi shakllandi. Muammolar juda koʻp edi. Bosqichma-bosqich, sabr-toqat bilan ham moddiy va maʼnaviy qiyinchiliklarni bartaraf etib, bojxona xizmati shakllana bordi. Buning qadriga yetib, endi yoshlar bojxona tizimini va Oʻzbekiston Respublikasi

Page 78: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

78

Qalb gavharlari

mustaqilligini mustahkamlash yoʻlida xizmat qilishlari talab etiladi.

Zaxiradagi bojxona xizmati polkovnigi, Olimjon Xabibullayev:

Mustaqillikning dastlabki yillarida bojxona nomigagina mavjud edi. Mustaqil bojxona xizmatining binosi ham, aniq bojxona hududi ham yoʻq edi. Malakali xodimlarni esa gapirmasa ham boʻlardi. Chegaralarda qish va yoz oylarida xodimlar eski vagonlarda xizmat olib borishardi. Sovuq, izgʻirin, hech qanday sharoitlar yoʻq. Shunday ogʻir sharoitlarda yashaganmiz va ishlaganmiz. Bosqichma-bosqich bojxonaning moddiy texnika vositalari, kompyuterlar va zamonaviy texnikalari, binolari paydo boʻldi. Bularning hammasi oʻz-oʻzidan birdaniga boʻlib qolgani yoʻq. Sizlarga yaratib berilgan bugungi shart-sharoitlar, bizning orzuyimiz edi. Juda qisqa muddatlarda zamonaviy bojxona komplekslari yaratildi va eng zamonaviy anjomlar bilan taʼminlandi. Buning qadriga yetib, ularni avaylab-asrab, ulardan unumli foydalanish talab etiladi.

Darhaqiqat, bojxona tizimida uzoq yillar xizmat qilib, nafaqa yoshiga yetib kelish, hammaga ham nasib etmaydi. Bu – achchiq haqiqat. Afsuski, baʼzi bir xodimlar oʻzlari bilib yoki bilmasdan, nopok yoʻllarga kirib qolib, “bojxonachi” nomiga dogʻ tushirgan. Ota-onalari va qarindosh urugʻlari oldida yuzi shuvut boʻlgan. Biz bugun bunday salbiy, jirkanch holatlar toʻgʻrisida gapirmoqchi emasmiz, biroq, yoshlarni asrashimiz, nopok yoʻllardan qaytarishimiz ham qarz, ham farzdir.

Bugungi kunda, barcha ustozlarimga, bojxona xodimlariga, bojxona faxriylariga minnatdorchilik bildiramiz. Hamma havas qiladigan zamonaviy Bojxona

Page 79: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

79

Qalb gavharlari

tizimi shakllandi. uning shakllanishida Sizlarning xizmatingiz juda katta va yoshlar buni hech qachon unutmaydi, deb aytgan boʻlardim. Xoʻsh, bundan xulosa kelib chiqadiki, biz yoshlar atrofimizda boʻlayotgan voqea-hodisalarga befarq boʻlmasdan, doimo hushyor boʻlishimiz talab etiladi. “Biz yoshlar, ustozlarimizning va katta avlod vakillarining yuzini yerga qaratmaymiz. “Ustozidan oʻtmagan shogird – shogird emas” naqliga amal qilib, ustozlarimiz erishgan yutuqlardan ham katta marralarga erishamiz va albatta, ulardan yaxshiroq natijalarga erishish uchun harakat qilamiz”. Buning uchun bizda, barcha zarur shart-sharoitlar muhayyo. Endi, faqat olgʻa, yoshlar!

BOYLIK TOʻPLASH SIRLARI

Kitobxonlarda haqli bir savol tugʻilishi tabiiy.Xoʻsh, bugungi kunda halol mehnat qilib, boy-badavlat

boʻlib, risoladagidek (muallif izohi: boylik deganda koʻpchilik notoʻgʻri fikr yuritadi) yashash mumkinmi?

Mumkin, avvalom bor, bugungi doril omon kunlarga yetkizganiga shukronalik keltiraylik, boylik toʻplash uchun, yaxshi yashash uchun mamlakatimiz rahbarlari tomonidan barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan. Avvalom bor:

- boylikning chek-chegarasini, miqdorini aniqlab oling;

- moddiy boylikni emas, balki maʼnaviy boylikni yigʻish afzalroq ekanini anglab yeting;

- yalqovlikdan umuman voz kechib, doimo tinimsiz harakatda boʻlib, ijodiy izlanishda yashang;

- kasb hunarning katta kichigi yo‘q ekan, bir umr insonlarga foydasi tegadigan kasb-hunarlar oʻrganing;

Page 80: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

80

Qalb gavharlari

- “Butun umr mehnat, mehnat va yana mehnat” shioriga qatiy amal qilib yashang.

Nihoyat, sabrli, boriga qanoat qiladigan, bugun bir burda non topganiga, yedirgan va ichirganiga, tanasi sogʻligʻiga shukronalik keltirib, oʻzining qorni och boʻlsa ham, topgan bir burda nonini muhtojlarga ulashib, rohatlanib yashaydigan insonlar eng boy-badavlat insonlar boʻlishini anglab yetish darkor.

Yoshligimda oʻqigan edim, bir kun zamonasining eng saxovatli, juda boy-badavlat insoni boʻlgan Hotamtoydan soʻrashibdi:

Oʻzingizdan ham boyroq, saxovatliroq insonni uchratganmisiz?

Ha, bir kuni taqdir taqozosi bilan katta bir shaharda adashib qolib, bir moʻysafidning uyiga bir kecha tunash uchun, qoʻnoq istab a’yonlarimiz bilan kirdik, deb hikoyasini boshlabdi Hotam toy.

Moʻysafid, kampiri va bolalari bilan nochor ahvolda yashar ekan, hovlisiga kirganimda koʻzim tushdi, qoʻrasida besh-oʻnta qoʻylaridan boshqa hech vaqosi yoʻq edi.

Kechki taomga bir laganda usti toʻla goʻshtli kulchatoy olib kirdi, hayron boʻldim.

Moʻysafid: “Mehmon – atoyi Xudo”, deydilar. Tortinmasdan olavering”, deb, bizni taomni tanovul qilishga chorladi. Taomni isteʼmol qilayotganimda, beixtiyor goʻshtning bu boʻlagi juda shirin boʻlar ekanmi, deb yuboribman. Birinchi lagandagi ovqat tugadi. Uy sohibi ancha fursat oʻtgandan keyin ikkinchi laganda olib kirgan taom ustida menga xush yoqqan goʻsht boʻlagi koʻpligiga yana taajjubga tushdim. Taomni oxirigacha isteʼmol qilib, uy sohiblariga minnatdorchilik bildirdik.

Page 81: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

81

Qalb gavharlari

Ertalab yoʻlga otlanish uchun hovliga chiqdik. Qoʻra tarafga koʻzim tushdi bitta ham qoʻy qolmagan, hovlida koʻp qon izlarini koʻrib, hayron boʻlib, uy sohibidan biror falokat yuz berdimi, otaxon, deb so‘radim.

– Nima uchun hamma yer qon boʻlib yotibdi? –deb soʻradim.

– Xijolat boʻlmang? qassob chaqirtirib, qoʻylarning hammasini soʻyib, Sizga maʼqul boʻlgan goʻsht boʻlagini pishirtirdim, mabodo bizning xonadonga Hotamtoydek saxovatli inson kelganida ham ul zotdek saxovat koʻrsatgan boʻlardim,– dedi moʻysafid.

Noiloj qolgan, Hotamtoy moʻysafidga oʻzini tanishtiribdi va unga eng sara tuyalaridan 100 nafarini hadya qilibdi.

Yonidagi a’yonlari, moʻysafid atiga 10 ta qoʻy soʻydi, siz boʻlsangiz oʻn barobar qilib qaytardingiz. Sizdek saxovatli inson yoʻq, deyishibdi, bir ovozdan.

“E, yoʻq kechirasizlar, moʻysafid bisotidagi hamma boyligini oʻziga notanish boʻlgan bizdek musofirlarga inom etdi-ku”.

Men nima qilibman, bor boyligimdan atigi bir qismini hadya etdim. Qani aytinglar-chi, kim saxovatli? Albatta bisotidagi bor boyligini musofirlarga ulashgan moʻysafid, deb javob berishibdi Hotamtoyning atrofidagi a’yonlari bir ovozdan.

Shunday azizlar, bizning ajoyib yurtimizda, saxovatli boylar qadimda juda koʻp boʻlgan.

Bugungi kunda ham ularning izdoshlari, XXI asrning boylari ham ulardan kam emas.

XXI asrda “Yangi boylar” termini oʻzbek tilimizga ham kirib keldi.

Xoʻsh, yangi boylarning farqi nimada ekan?

Page 82: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

82

Qalb gavharlari

Ayrim yangi boylarning tashqi koʻrinishi ham juda antiqa, yaʼni ularda hamma narsa juft-juft boʻlishi kerak ekan. Qoʻsh xotin, qoʻsh mashina, qoʻsh qavatli uy va nihoyat barcha oldi-berdi ishlarini faqat AQSH valyutasida amalga oshiradi, yaʼni dollarda. Olgan maoshini oʻzbek soʻmini xayolida amaldagi rasmiy AQSH dollar kursga koʻpaytirib, dollarga chaqib, keyin aytadi.

Yosh oʻtgan sari, boʻlayotgan voqealar va hodisalarni beixtiyor oʻtgan zamon bilan hozirgi zamonga taqqoslab, solishtirib borar ekansiz. U zamonda, yaʼni bizning yoshlik davrimizda unday boʻlgan edi, bugungi kunda esa, bunday boʻlmoqda. Bugungi kunda yoshlar tarbiyasiz boʻlib ketmoqda, jamoat transportlarida yoshi kattalarga joy bermaydi yoki uch toʻrttasi bir boʻlib, baland ovozda gapirib, atrofdagilarga xalaqit bermoqda, yoshgina boʻla turib, ogʻizlaridan uyatli soʻzlar chiqmoqda, atrofdagilar esa beparvo, birortasi yoshlarga nasihat ham, tanbeh ham qilmaydi. Hamma beparvo ketmoqda, hamma qayergadir shoshilmoqda. Hech kim bilan hech kimning ishi yoʻq.

Jamoat transportlarida, koʻchalarda yosh-u-qariyalarning quloqlarida ovoz yetkazuvchi quloqlik, qanaqadir antiqa musiqa eshitishadi, qoʻllarida mobil telefon yoki planshetda kimdir kitob mutolaa qilsa, kimdir turli xil oʻyinlar oʻynaydi. Demak, hamma nima bilandir band, bekorchi yoʻq go‘yoki...

Ha, azizlar juda-juda tanish manzaralar emasmi?Oldingi davrda yoʻlovchilarning qoʻllarida gazeta

yoki jurnal boʻlgan edi. O‘shanda qariyalarga va yoshi katta yoʻlovchilarga yoshlar jamoat transportlarda joy bermaslikni boshlagandi. Qoʻllaridagi ogʻir yuklarini olib, chorrahalarda qariyalarni svetaforlardan oʻtkaz

Page 83: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

83

Qalb gavharlari

ib qoʻyish shart emasdek tuyulayotgandi, bobolarimiz shikoyat qila boshlagan edilar. Dard kattargan.

Bugun, endi biz shikoyat qilyapmiz. Faqat zamona zayli bilan, insonlarning ongi, yurish-turishlari, foydalanayotgan texnika vositalari oʻzgargan, xolos.

Bugungi yigirma birinchi asrga kelib, yoshlarimizning qoʻllarida eng-eng zamonaviy uyali telefonlar va boshqa texnika vositalari bor. Ushbu vositalardan nafaqat yoshlarimiz, balkim katta yoshdagilar ham foydalanishmoqda. Albatta, bular quvonarli holatlar. Yigirma birinchi asrni axborot texnologiyalari asri deyishgani ham bejizga emas. Hamma gap shundaki, ushbu texnika vositalardan unumli, maqsadli foydalanish talab etiladi. Ota-onalar farzandlarini, yoshi kattalar esa yoshlarni tergab turishlari zarur boʻladi. “Ha, menga nima”, deb beparvolik qilsak, boshimizda bir kun kaltak sinishi tayin.

Page 84: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

84

Qalb gavharlari

MUNDARIJA

HARBIY XIZMATCHINING QALB GAVHARLARI .............. 4

Umarali KENJAYEV YURTIM BAYROG‘I ....................................................................... 7QODIRIYNI ESLAB ....................................................................... 8ONAM ................................................................................................ 9BOLALIK UYIM ............................................................................11AYOL ................................................................................................12

Humoyun BOZORBOYEVXOTIRA ...........................................................................................14POSBONLAR ................................................................................17SAMARQAND ..............................................................................17KIMSIZ? ..........................................................................................18TARMOQDAGI SEVGI ...............................................................19JALLOD QIZ ..................................................................................20

Namoz PARDAYEVVATAN TA’RIFI .............................................................................21O‘ZBEGIM FARZANDLARI ......................................................22SINOVLI KUNLAR… ...................................................................23CHIN DO‘ST ...................................................................................24MUHABBAT… ...............................................................................25MAKTABIM ...................................................................................26HARBIY XIZMAT .........................................................................28ONA… .................................................................................................29FIDOIYLAR XIZMATI .................................................................30

Page 85: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

85

Qalb gavharlari

Azim BEKMURODOVYURTIM ..........................................................................................31VATAN .............................................................................................32O‘ZBEK PAXTASi .........................................................................33DOIMO G‘OLIBMIZ KURASHDA ............................................33BOBOJON .......................................................................................34NAVOIY ...........................................................................................34SOG‘INCH .......................................................................................35

Zilola OʻRALOVAKURSANT QIZINGMAN ............................................................36POSBONLAR .................................................................................37MAS’ULIYAT ..................................................................................37SURAT .............................................................................................38SIZGA O‘XSHAGIM KELDI .......................................................39ONA ..................................................................................................39KURASHARMIDING… ...............................................................40

MadrahimTEMIROVO‘ZBEKISTONIM .........................................................................41IZHOR ............................................................................................42USTOZ .............................................................................................43SEN SEVARMISAN ......................................................................44QALBIMDA VATAN ....................................................................45SOG‘INGANDA ..............................................................................46KO‘KSIMDAGI YURAK ...............................................................46ORZU ...............................................................................................47MALIKAM .....................................................................................50DIL ZABONSIZ ............................................................................50VATAN ISHQI ................................................................................51VATANIM ........................................................................................52SINGLIMGA ...................................................................................52

Page 86: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

86

Qalb gavharlari

SENI UZATDILAR .......................................................................54ONA ..................................................................................................54BOJXONAMIZ OFITSERLARI ..................................................56

Olimjon DADABOYEVELIM-YURTIM-OʻZBEKISTONIM ..........................................57CHUSTIM .......................................................................................58GUMON IYMONDAN AYIRADIGAN .....................................60INSON BAXTIN BINOSI ............................................................61BOJXONACHILAR .......................................................................62NAVROʻZ – YANGI KUN ...........................................................63INSON QADR-QIMMATI ..........................................................65

Qobiljon ERGASHEVONAJON.........................................................................66YURTIM BAHORI ........................................................................68ONA TILIM ....................................................................................68CHIROGʻBON - CHARAGʻBON .................................69XIZMATDAMAN ..........................................................70

Azim BEKMURODOV KUN VA TUN .................................................................................72SHUKRONA ..................................................................................73

Qurbonqul KARIMQULOV USTOZLAR HAQIDA...................................................................75BOYLIK TOʻPLASH SIRLARI ...................................................79

Page 87: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

Qalb gavharlari

Qalb gavharlariOfitserlar va kursantlar ijod namunalari

Muharrir:Ma’mura Zohidova

Sahifalovchi - dizayner:Toir Nurmuhamedov

Page 88: Qalb gavharlari 4uzbi.uz/pdf/5f35239cbf08c8.34925503.pdf · 2020. 8. 13. · UO’K: 821.161.1 BBK: 84(8O‘)8 T-16 Qalb gavharlari / she’rlar. «Bojxona instituti», Toshkent-2020.

Bosishga ruxsat etildi 25.06.2020 y.Bichimi 84x108 1/32. Rizograf usulda chop etildi.«Cambria» garniturasi. Nashr bosma tabogi 5,75.

Adadi 100.

«Bojxona instituti» bosmaxonasi

Manzil: Toshkent, Shayxontohur tumani,Qozirabod 2-tor ko’chasi, 118.