-
ODOBNOMAUmumiy o‘rta ta’lim maktablarining
2-sinfi uchun darslik
To‘rtinchi nashr
O‘zbekiston RespublikasiXalq ta’limi vazirligi tomonidan
tasdiqlangan
O. Hasanboyeva, M. Inoyatova,A. Ne’matova
“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”Davlat ilmiy nashriyoti
Toshkent — 2018
-
2
Shartli belgilar:
— buni bilib oling;
— jumboqni yeching;
— lug‘atni daftaringizga ko‘chiringva ma’nosini yodda
tuting;
— maqollarni yod oling;
— savol va topshiriqlar;
— savollar;
— topshiriqlar;
— dars tugadi.
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidanchop
etildi.
ISBN 978-9943-07-612-9
Taqrizchilar: M. Quronov — pedagogika fanlari doktori;Z. Zamonov
— O‘zDJTU doktoranti;N. Ro‘ziboyeva — Toshkent shahar Uchtepa
tumanidagi
62-maktab o‘qituvchisi;Sh. Egamberdiyeva — Qashqadaryo viloyati
Koson tumanidagi
95-maktab direktori.
!
?
?!
UO‘T: 17(075)KBT 74.200.51ya7
O 31
© O. Hasanboyeva va boshq., 2011, 2018.© «O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti, 2011, 2018.
-
3
ONA VATAN
Bizning vatanimiz O‘zbekiston deb nom-lanadi. Uning bunday
nomlanishi Kons-titutsiyamizda mustahkamlab
qo‘yilgan.Mamlakatimizning poytaxti Toshkent shah-ridir.
I. BIZNING VATANIMIZ —O‘ZBEKISTON
-
4
Vatan – Ona
Sen tug‘ilganQutlug‘ xona.Aziz diyor,Pok ostona.
Qiyosi yo‘q,Bu yagona.Sen-u menga,Vatan – Ona.
Shunday go‘zalUlug‘ yurtkim,Tuprog‘iniKo‘zga surtgin.
Tursunboy Adashboyev
1. Yuqoridagi rasmda nimalar tas-virlangan?
2. “Vatan – Ona” she’rini o‘qing vayod oling.
?!
-
5
Inson tug‘ilib voyaga yetgan xonadon,mahalla, qishloq va shahar
Vatan ichidagikichik Vatandir.
O‘z kindik qoni to‘kilgan,ota-bobolari xoki yotgan onayurtini
dunyoda tengsiz,muqaddas Vatan deb bila-digan odamning
maqsad-muddaolari aniq, g‘urur vaiftixori yuksak bo‘ladi.
! “...ona yurtini dunyoda tengsiz,muqaddas Vatan deb
biladiganodamning maqsad-muddaolari aniq,g‘urur va iftixori yuksak
bo‘ladi”,degan jumlaning izohini kattalardanbilib oling.
Vatani borning davlati b .
-
6
Bizning mamlakatimiz buyuk alloma, sar-karda, shoir va
mutafakkirlar vatanidir.
Biz ìatanimiz nomini dunyoga tanitganAbu Rayhon Beruniy, Amir
Temur, AlisherNavoiy, Mirzo Ulug‘bek va boshqa ko‘plabbuyuk
ajdodlarning avlodlarimiz.
Ulardan odob-axloqli bo‘lish va bilimningfazilatlari haqida
qimmatli fikrlar merosbo‘lib qolgan.
1. Yurtimizning qadimiy shaharlarinomlarini ayting.
2. Yuqoridagi rasmlarda kimlar tas-virlangan? Kattalar
yordamidarasmda tasvirlangan ajdod-larimiz haqida bilib oling.
?!
AJDODLAR MEROSI —FAXR VA IFTIXORIMIZ
-
7
Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir.
Abu Rayhon Beruniy
Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur
Alisher Navoiy
Har mamlakatda adolat eshigini ochdim,Zulm-u sitam yo‘lini
to‘sdim.
Kuch – adolatda.
Amir Temur
-
8
BUYUK AJDODLARIMIZNINGIBRATLI ISHLARI
Husaynning tilagi
Buyuk ajdodlarimiz muntazamravishda o‘z bilimlarini
oshiribborganlar. Ko‘plab kitoblar mu-tolaa qilganlar. Masalan,
buyukvatandoshimiz Abu Ali ibn Sino10 yoshigacha matematika,mantiq,
geometriyaga oid bi-
limlarni o‘rgangan. Uning asl ismi Husaynbo‘lib, Buxoroning
Afshona qishlog‘idatug‘ilgan.
Hikoya qilishlaricha, Husayn 17 yoshgato‘lganida Buxoro amiri
betob bo‘lib qoladi.Husayn uning kasalini davolagach, amiryosh
tabibdan “Nima tilaysan?” deb so‘-raydi. Yosh Husayn amirning
kutub-xonasida bebaho bilimlar xazinasi – noyobkitob va
qo‘lyozmalar ko‘p ekanini yaxshibilar edi. Shuning uchun u
ikkilanib o‘tir-may kutubxonadan foydalanishga ruxsatso‘raydi.
-
9
Odobli, bilimdon, aqlli, meh-natsevar, imon-e’tiqodli
farzandnafaqat ota-onaning, balki butunjamiyatning eng katta
boyligidir.
1. Yuqoridagi hikoya asosida kitob-ning inson hayotida tutgan
o‘rnihaqida fikr bildiring.
2. Eng yaxshi ko‘rgan kitobingizqaysi?
3. Abu Ali ibn Sino shogirdlarigaqanday o‘gitlarni yozib
qoldirgan?
Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino sho-girdlariga yozib qoldirgan
o‘gitlarida 18yoshgacha olgan bilimi butun umrigayetganini aytib
o‘tgan.
?!
-
10
1. Qaysi rasmda farzand odobigato‘g‘ri kelmaydigan holatlar
tasvir-langan?
2. Rasmlarda tasvirlangan oila a’zo-lariga g‘amxo‘rlik nimalarda
ko‘ri-nadi?
II. OILA – MUQADDAS DARGOH
OTA-ONA — AZIZ VA MO‘TABAR
?
-
11
Farzandlik burchlari(o‘gitlar)
♦Doimo ota-onaga hurmatda bo‘lish.♦Ota-onaning birinchi
chaqiriqlari bilan
oldilariga yetib borish.♦Ota va ona bilan gaplashganda yuzni
burishtirmaslik, jahl qilmaslik.♦Ota va ona bilan
suhbatlashganda ovoz-
ni baland ko‘tarmaslik.♦Ota-onaning ruxsatisiz sayohatga
chiq-
maslik.♦Ota-onaga quvonch keltirishga intilish.♦Ota-onani
muqaddas deb bilish, chunki
barcha go‘zalliklar ular tufaylidir.
Husayn Voiz Koshifiydan
Burch – bajarilishi zarur bo‘lganvazifa.
Muqaddas – aziz, mo‘tabar.
?O‘ylab ko‘ring siz qanday far-zandsiz?
-
12
OILADA MENING O‘RNIM
Matnga munosabat bildiring.O‘zingizning qanday aka yoki
qandayopa ekanligingiz haqida so‘zlab be-ring.
Akam – davlatim,Ukam – savlatim.
!
Aka-uka, opa-singilqanday bo‘lishi kerak
Ey farzand!Aka ukani, opa singilni to‘g‘ri yo‘lga
boshlashi, himoya qilib, qo‘llashi kerak.Unga bilmaganlarini
o‘rgatishi, shirin so‘zbilan to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishi zarur. Uni
yax-shi ko‘rishga harakat qilishi lozim. Uka vasingil ham aka-opaga
nisbatan hurmatdakamchilikka yo‘l qo‘ymasligi, ulardan
hechnarsasini qizg‘anmasligi, hasad qilmasligikerak.
-
13
Oilaviy an’analar
An’ana nima? An’ana – nasldan nasl-ga o‘tuvchi qoida, udum,
urf-odat vaboshqa amallar. Mana shularning biroilaga xosligi
oilaviy an’ana bo‘ladi.Masalan, biror hunarning avloddan av-lodga
o‘tib davom etib borishi, o‘shaavlodgagina xos bo‘lgan
ilm-fanga,san’atga ishtiyoq, biror buyumni nasldannaslga yetkazib
bera bilishlik kabilardir.
-
14
1. Rasmlarda qanday oilaviy an’analartasvirlangan?
2. Oilangiz an’analari haqidaso‘zlab bering.
?!
-
15
Katta î‘g‘il(zamonaviy ertak)
Bir qishloqda chol bilan kampir yasharekan. Ularning uch o‘g‘li
shaharda turisharekan. Kichik va o‘rtancha o‘g‘il ota-onasi-ning
oldiga tez-tez kelishar, katta o‘g‘il sirakelmas ekan.
QARISI BOR UYNINGPARISI BOR
Rasmlarni kuzating. Kattalarga ko‘r-satilayotgan hurmat va
ehtirom ha-qida so‘zlab bering!
!
-
16
Chol-kampir uni sog‘inishibdi. Osmondagibulutlardan, yerdagi
chuchmomalardan, hattoqushlardan ham katta o‘g‘liga
salomyo‘llashibdi. Baribir katta o‘g‘il kelmabdi.Ona o‘g‘lini
ko‘rish uchun shaharga otlanibdi.
Onani nabiralari kutib olishibdi, u keltir-gan suzma va qurtlar
nabiralariga yoqmab-di. Bizga oyimiz: «Birovning qo‘lidan hechnarsa
yemanglar, deb aytgan», – deyishib-di. Ona qattiq xafa bo‘libdi.
Katta o‘g‘liningishdan kelishini ham kutmay, qishlog‘igaqaytib
ketibdi.
M. Ubaydullayeva
? Ona nima uchun o‘g‘li va nabi-ralaridan xafa bo‘ldi?
-
17
Ko‘cha, maktab, transport, damolish maskanlari, kino,
teatr,muzey va istirohat bog‘i jamoat
joylari hisoblanadi. Jamoat joylaridao‘zini tutishning quyidagi
bir qanchaodob qoidalari bor: ozoda kiyining; bar-chaga chiroyli
muomalada bo‘ling;transportda kattalarga joy bering; kishi-lardan
biror narsa so‘ramoqchi bo‘l-sangiz, avval salom berib, uzr
ayting,keyin so‘rang; katta yo‘lda xavfsizlikqoidalariga rioya
qiling.
JAMOAT JOYLARIDA O‘ZINITUTISH ODOBI
Chappavoy
Bizning Chappavoy nuqulIsh qiladi chappaga.Kitob-daftar
o‘rniga,Yong‘oq solar papkaga.
III. ODOB KISHINING ZEB-UZIYNATI
-
18
Tanaffusda boshqalarEshik tomon shoshadi.Chappavoy eshik
qolib,Derazadan oshadi.
Xudoyberdi Komilov
1. Shå’rdagi holatni ko‘z oldingizgakeltiring. Nimani his
qildingiz? O‘zmunosabatingizni bildiring.
2. Chappavoyning qilgan ishlarininima uchun yomon deb
bilasiz?
!?
-
19
1. Rasmlarda jamoat joylarida o‘zinitutish odobi buzilganligi
nimalardanko‘rinmoqda?
2. Jamoat joylarida o‘zini tutish odo-bi deganda nimani
tushunasiz?
?
Intizom – qiladigan ishlarimizning harbirini o‘z vaqtida tartibi
bilan qilishdir.
Abdulla Avloniy
Ikki kishining orasiga ruxsatsiz o‘tiril-maydi.
Hadis
-
20
1. Rasmlarning qay birida xush-muomalalik, qaysi birida
samimiymunosabatni ko‘ryapsiz?
2. Nima deb o‘ylaysiz, ona farzandi-ga nimalardan saboq
beryaptiekan? Sizning onangiz nimalarhaqida o‘git beradi?
XUSHMUOMALALIK VASAMIMIY MUNOSABAT
?
-
21
HILOLA BILAN ZILOLA
Hilola bilan Zilola yon qo‘shni. Hilolaningfe’li birmuncha
chatoqroq. Atrofdagilargamuomalasi qo‘rs, mensimay siltab
gapla-shadi.
Zilola esa uning aksi. Barchaga xush-muomala, samimiy
munosabatda bo‘ladi.Shuning uchun uni hamma yaxshi ko‘radi.
Bir kuni Hilola ko‘chada chopib ketayotibyiqilib tushdi. Oyog‘i
qayrilib, bosolmay qol-di. Buni ko‘rgan Zilola yordamga
shoshildi.
– Voy, o‘rtoqjon, tura qol, menga suyan.Zilola Hilolaning
turishiga ko‘maklashib, ki-yimining changlarini qoqdi. Shirin
gaplar bi-lan tasalli berib uyiga kirishiga yordamlash-di.
Zilolaning bu muomalasidan Hilola uyalibqoldi. U ham Ziloladek
bo‘lishga ahd qildi.
1. Hikoyadan qanday xulosa chiqar-dingiz?
2. Nima deb o‘ylaysiz, insonningxushmuomala bo‘lishi
nimalargabog‘liq?
?
-
22
1. Quyidagi she’rni o‘qing. Mazmu-nini so‘zlab bering.
2. Qiynalsangiz, ustozingizdan yor-dam so‘rang:
Shirin so‘z
Tig‘ yarasi bitar-u,Til yarasi bitmaydi.Tildan ozor cheksa
kim,Dil yarasi bitmaydi.
Yaxshi so‘z – jon ozig‘i,Undan dil olar orom.Bir-birovga shirin
so‘zAytaylik, jon o‘rtoqjon.
Dilshod Rajab
Bug‘doy noning bo‘lmasa ham bug‘-doy so‘zing bo‘lsin.
Xushmuomalalik haqida she’rlar topibyod oling.!
!
-
23
SO‘ZLASHISH ODOBI
Suhbat odobi qoidalari
♦ Suhbatdoshingizga baland ovoz-da gapirmang.
♦ Uning gaplarini e’tibor bilan ting-lang.
♦ Suhbat paytida o‘zingizni maq-tamang.
Qo‘pol so‘zdan saqlan(hikoya)
Bir qo‘pol bola bor edi. Otasi unga hargal qo‘pol gapirganida
ayvon ustuniga bit-tadan mix qoqishni buyurdi. Birinchi kunibola
ustunga o‘nta mix qoqdi. Ikkinchi kunimix qoqishdan båzillab,
kamroq qo‘pollikqildi. Shu tariqa mixlar soni kamayib bor-di.
Nihoyat, bola ustunga mix qoqmay qo‘y-di. Shunda otasi: “Shirin
gapirganingda bit-tadan mixni sug‘ur”, dådi. Bola otaning
-
24
?
aytganini qildi. U barcha mixlarni sug‘uribtashlagan kuni rosa
quvondi. Låkin mixlar-ning o‘rni ko‘ziga xunuk ko‘rindi.
Shundaota:
— O‘g‘lim, qo‘pol gapdan odamlarningqalbida jarohatlar qoladi.
Ko‘rdingmi, endiustundagi tåshiklarni yo‘qotib bo‘lmaydi,
—dådi.
Siz qo‘pol so‘zlashdan qanday qilibqutulish mumkin, dåb
o‘ylaysiz?
Tig‘ jarohati bitar, til jarohati bitmas.
Donolar suhbat odobi haqida
Shirin so‘z zilol suvga o‘xshaydi.Zilol suv qayerga oqib borsa,
u yerdan
anvoyi gullar o‘sib chiqadi.Yusuf Xos Hojib
Zilol — toza, tiniq.Anvoyi — har xil, turli-tuman.
-
25
♦ Yumshoqlik bilan so‘zlang.
♦ Ochiq chehra bilan gapiring.
♦ O‘ylab, andisha bilan so‘zlang, o‘ylamay
aytilgan gap pushaymonlik keltiradi.
♦ Kishilar gapirayotganida oraga gap
qo‘shmang, so‘zini bo‘lmang.
♦ Ko‘p gapirmang, zero bu oqillar ishi
emas.
Husayn Voiz Koshifiydan
-
26
“Labbay”ga nima yetsin!(hikoya)
Anvar aka hamkasbi Erkin akaning uyi-ga qo‘ng‘iroq qildi.
Go‘shakdan yosh bola-
Farzandlarim, insonlar doimo bir-birlari bilan muloqotda
bo‘ladilar.Kishilarning dilini ranjitmasdan, ular-
ning ko‘nglini ola bilgan insonlar muloqotmadaniyati yuqori
odamlar hisoblanadilar.
Jumladan, telefonda so‘zlashgandaham kishining madaniyati
bilinadi.
Telefonda so‘zlashish qoidalari:♦ go‘shakni ko‘tarib, “labbay”
deng;♦ suhbatdoshingiz bilan, albatta, sa-
lomlashing;♦ suhbat chog‘ida “Labbay”, “Mar-
hamat”, “Uzr” kabi so‘zlarni ishlating;♦ bir joyga telefon
qilsangiz, qisqa va
aniq gapiring.
MULOQOT MADANIYATI VATELEFONDA SO‘ZLASHISH ODOBI
-
27
? 1. Bolakayning o‘rnida siz qanday ja-vob bergan
bo‘lardingiz?2. Telefonda so‘zlashish odobi haqi-
da nimalarni bilib oldingiz?
ning “Kim kerak?!” degan ovozi eshitildi.Kutilmagan savoldan
Anvar aka shoshibqoldi.
— Assalomu alaykum, toy bola, dadan-giz uydamilar? — so‘radi
u.
— Kim bu? Kimsiz?! — salom berisho‘rniga yana savol yog‘dirdi
bolakay.
Anvar aka sekingina go‘shakni joyigaqo‘ydi-yu, biroz yengil
tortgandek bo‘ldi.
Mirvosil Odilov
Muomala — so‘zlashish.Xijolat bo‘lish — uyalish.
-
28
TASHQI KO‘RINISH VAORASTALIK
! 1. Rasmlarni izohlang.2. Orasta va tartibli o‘rtog‘ingizhaqida
so‘zlab bering.
-
29
A’zoyi badanimniXo‘p yaxshilab yuvaman.Tirnog‘imni, tishimniDoim
toza tutaman.
Uyg‘un
Orastalik nima?Avvalo, orasta so‘zining ma’no-
sini bilib olaylik.Orasta bezatilgan, ziynatlangan ma’-
nosini ifodalaydi. Ya’ni, tartibga solingan,oro berilgan,
yasatilgan, bezatilgan de-makdir.
Mana shu xususiyatlarga ega insonorasta bo‘ladi. Hammayoqni
sarishta qi-lish, ozoda kiyinish, soch, tirnoqlargae’tibor berish,
o‘quv qurollarini yaxshisaqlash kabi ishlar orastalik
belgisidir.
Ro‘molcham
Olganimda do‘kondan,Eding yangi, bejirim.Shu ahvolga solib
tez,So‘rayapman kechirim.
-
30
G‘ijimlanib cho‘ntakda,Ko‘p yurding-a, ezilib.Qaramaysan
yuzimga,Xafaliging sezilib.
Mehrim senga borligi,Hozirgina bilindi.Tashlar chog‘i bir
chetga,Ko‘zimga yosh ilindi.
Vali Ahmadjon
1. Sizning yoningizda doimo ro‘-molcha bo‘ladimi? Uni
pokizasaqlaysizmi?
2. Sinfingizda kimlarning orasta yuri-shiga havas qilasiz?
?
Pokiza tanaga d yo‘lamas.
Pokiza — toza, ozoda.
-
31
YAXSHI FAZILAT — INSONGAZIYNAT
Sabrlilik – go‘zal fazilat.Sabrli bo‘lish bu xohlagan nar-
sasi bo‘lmay qolsa chidash, noli-maslikdir.
Ustoz Rizouddin ibn Faxriddin “Sabrqilish, qiyinchiliklarga
chidash foydali birishdir, bunday fazilatga ega bo‘lgankishi har
narsaga xafa bo‘lib, o‘z salo-matligini yo‘qotmaydi”, deb
uqtirgan.
Bolajonlarim, siz ham qiyinchiliklargasabrli bo‘lishni hozirdan
odat qiling.
Sabrli Ohu(masal)
Sahroda turli hayvonlar suv topa olmay,tashnalikdan juda
qiynalishdi. Ular quduqqazimoqchi bo‘lishdi. Eng avval Sher
ishboshladi. Lekin darrov charchab qoldi. Ik-kinchi bo‘lib Fil yer
kovlashga tushdi.Ammo shunday katta Fil ham tezda
-
32
charchab qoldi. Navbat Jirafaga, Bo‘riga vaTulkiga keldi. Ko‘p
o‘tmay, ular hamcharchab qolishdi. Chunki sabr
qilishnibilishmadi-da. Oxiri ishga hammadan kich-kina Ohu kirishdi.
U ingichka oyoqlari bi-lan qaziy-qaziy, oxiri suv chiqardi.
Sabrli Ohu suv ichmoqchi bo‘lganlarnixursand qildi.
? 1. Sahroda hayvonlar nima uchunquduq qazimoqchi bo‘ldilar?2.
Ohuning sabrli ekanligini qayerdan
bildingiz?
Sabr achchiq, mevasi sh .
-
33
SAXIY VA KAMTAR BO‘LING
1. Rasmda nima tasvirlangan?2. Rasm asosida
qizg‘anchiqlikning
yomon odat ekanligi haqida so‘z-lab bering.
Saxiylik va xasislik
Bir donishmanddan so‘radilar:— Qaysi yomon odat boshqa yaxshi
fa-
zilatlarni yo‘q qiladi?
?!
-
34
— Xasislik, — deb javob berdi u. Yanaso‘radilar:
— Qaysi yaxshi fazilat boshqa yomonodatlarni yo‘q qiladi?
— Saxiylik, — dedi donishmand.
1. Saxiylik qanday fazilat?2. Saxiy bo‘lish uchun nima qilish
lo-
zim?
Saxiylik — borini boshqalar bi-lan baham ko‘rish. Xasislik
esaqizg‘anchiqlikdir. Xasis moddiy
yordam so‘rab kelgan odamga bor nar-sani “menda yo‘q” deb aldab,
bermay-di.
Farzandlarim, saxiylik fazilatlarningeng yaxshisi, xasislik
odatlarning engyomoni ekanini yodingizda tuting.
Moddiy yordam — pul yoki buyumbilan yordam ko‘rsatish.
?
-
35
Farzandlarim, kamtarlik birorishni “Men qildim” deb maqtan-
may, “Do‘stlarim bilan birga, yaqinkishilarimning yordamida
bajardim” de-yish, yordami uchun katta-kichikka rah-mat
aytishdir.
Kamtarlik — yaxshi xislat. Kamtarbo‘ling, maqtanchoq
bo‘lmang.
Manmanlikdan yiroqda bo‘ling.
Manman o‘z onasiga ham yoqmaydi.
Kamtarga — kamol, manmanga — zavol.
Xosiyat buvisi o‘tirgan xonaga kirdi.— Assalomu alaykum,
buvijon, yaxshi ux-
lab turdingizmi? — deb buvisining yuzidano‘pib qo‘ydi. So‘ng
pastga o‘tirdi.
— Vaalaykum assalom, oppog‘im, negapastga o‘tirib olding? Kel,
yonimga, — dediMukarram buvi.
-
36
— Yo‘q, buvijon, yuqoriga, sizning oldin-gizga ota-onam
o‘tiradilar, bolalar quyigao‘tirishi kerak, — dedi Xosiyat.
— Voy, o‘zimning odobli qizimdan o‘r-gilay, — yayrab ketdi
buvisi.
— Buvijon, odob nima? — qiziqdi Xosiyat.— Odob odamning
kimligini bildiradi.
Olamga oftob qanchalik zarur bo‘lsa, odam-ga odob shunchalik
zarur. Sening kattalar-ga salom berishing, jilmayib, ochiq
chehrabilan “buvijon”, “oyijon”, “opajon” deb ga-pirishingni
ko‘rgan kishilar “Xosiyatxon odobliqiz ekan” deydi. Bordi-yu,
o‘rtoqlaringnijerkib gapirsang, odamlarga labingni buribqarasang,
kir-chir kiyimda yursang, hammasendan qochadi, odobsiz qiz ekan,
deydi.
Xosiyat quvonganidan buvisini quchoqlaboldi.
Muhabbat
Hikoyadan xulosa chiqaring: man-manlik va kamtarlikning farqi
nima-da ekan?
Dono o‘git durdan aziz.
?
-
37
?!
O‘Z-O‘ZINGIZGA XIZMATQILISHNI O‘RGANING
1. Rasmlar haqida gapirib bering.2. Qaysi ishlaringizni o‘zingiz
musta-
qil qila olasiz?3. O‘z-o‘ziga xizmat qilish odobi de-
ganda nimani tushunasiz?
-
38
Vaqti kelsa
O‘g‘il-qizlar, bolajonlar,Har kimning o‘z xizmati
bor.O‘zingizdan kattalargaIsh buyurib yurmang zinhor.
Kiyimlarni taxlab qo‘ying,Toza tuting xonangizni.Tashvishlarga
qo‘yib yurmang,Otangizni, onangizni.
Kitoblarni yaxshi saqlang,Qoyil qolsin uni ko‘rgan.Vaqti kelsa,
tugmalarniQadashni ham o‘zing o‘rgan.
Tursunboy Adashboyev
Tayyorga a .
-
39
MEHMONDO‘STLIK —YAXSHI ODAT
Farzandlarim, mehmondo‘stlikniodat qiling. Mehmonni
xursandchi-
lik bilan kutib oling. Oldiga noz-ne’-matlar qo‘yib, yeb-ichib
o‘tirishgaundang. Mehmon bo‘lib bir yergaborsangiz, haddan ziyod
och yokito‘q bormang. Taom yemay o‘tir-sangiz, mezbon xafa bo‘ladi.
Tinmayyeyaversangiz, boshqalarga yomonko‘rinasiz.
Mehmon kutish va mehmonga borishodobi haqida nimalarni
bilasiz?
Mehmon aziz(rivoyat)
Shahar boshlig‘ining oldiga asirlarni olibkelishdi. U asirlarni
o‘limga hukm qilmoqchibo‘ldi. Asirlar ichida bir bola bor edi.
Bolashahar boshlig‘iga:
?
-
40
— Hazrat, tashnaman. Suv bering, — dedi.Shahar boshlig‘i unga
suv berishni buyur-di. Bola:
— Ey hazrat! Bizni uzoq yo‘ldan haydabolib kelishdi. Barchamiz
tashnamiz. Bosh-qalar ichmasa, men ham suv ichmayman.Marhamat qilib
buyuring, barcha asirlargasuv berishsin, — dedi. Barcha asirlarga
suvberildi. Shunda bola:
?
— Ey marhamatli shahar boshlig‘i, suvin-gizni ichish bilan
hammamiz mehmoningizbo‘ldik, fazilatli kishilar o‘z
mehmonlarinio‘ldirmaydilar, — dedi.
Shahar boshlig‘i bolaning donoligiga tanberib, hamma asirlarni
ozod qildi.
Rivoyatda mehmonning azizligiqanday tasvirlangan?
-
41
JAMOAT TADBIRLARIDAISHTIROK ETISH ODOBI
Oilaviy tadbirlar, marosimlarning barchasimehmondorchilik bilan
bog‘liqdir.
Mehmonda o‘zini tutish odobini bila-sizmi??
Taom vaqtida sanchqi, pichoq,sochiq va qoshiqni to‘g‘ri
ishlating:
♦ pichoqdan o‘ng qo‘lingizda,sanchqidan chap qo‘lingizda
foydala-ning. Pichoq va sanchqini idishga sha-raqlatib
qo‘ymang;
♦ lagandagi taomni qoshiq bilan kav-lamang;
♦ ishlatilgan qoshiq, sanchqi va pi-choqni taqsimchaga
qo‘ying;
♦ taom yegandan so‘ng qo‘lingizniyuvib, so‘ngra sochiqqa
arting.
-
42
Dastyor qiz
Bugun Lolalarnikida beshik to‘yi marosi-mi bo‘ldi. Lola ham
qo‘llarini ko‘ksigaqo‘yib, mehmonlarni kutib olishda qatnash-di.
Ularning qo‘llariga suv quyib, toza so-chiq tutdi. Taomlarni
tashishda yordamlash-di. Axir bularning barchasini buvijonisi
o‘r-gatganlar-da! Lolaga mezbon va mehmon-larning o‘zaro
muomalalari juda yoqdi.Mehmon kutuvchilar “Xush kelibsizlar!”
de-yishsa, mehmonlar “Xushvaqt bo‘ling!”,“Rahmat!” deb javob
qaytardilar. Beshikto‘yi juda chiroyli o‘tdi.
O‘rganganlaringizdan qanday xulosachiqardingiz?
Berilgan noz-ne’matlarning boshharflarini topib, ularni qo‘shib
o‘qi-sangiz, uy-ro‘zg‘or buyumi nomi ho-sil bo‘ladi.
D + + + + +
+ R + X + + .
?
-
43
KIYINISH MADANIYATI
Orasta kiyinish deganda nimani tu-shunasiz??
Kiyimingiz ozoda va toza bo‘lsin.Kiyimingizni kiyim ilgichda
saqlang.Poyabzalingizni juft qilib, o‘z joyiga
qo‘yishni unutmang.
-
44
1. Qachon qanday kiyinishni bilasizmi?2. Ota-onangizga yordam
berga-
ningizda qanday kiyinasiz?3. Maktab va uy kiyimining farqini
aytib bering.
?!
O‘z yoshiga, mavsumga va joyi-ga qarab kiyinish insonning
did-farosatidan, qanday odam ekan-
ligidan dalolat beradi. O‘g‘il-qizlarningmilliy xususiyatlarni
å’tiborga olib, o‘z-lariga yarashgan, ozoda liboslar
kiyibyurishlari ular madaniyatining belgisihisoblanadi.
Qayerda qanday kiyinish kerakliginibilib oling va unga amal
qiling. Mak-tabdan qaytgach, uy kiyimingiznikiying.
!
-
45
“MEHMON-MEHMON” O‘YINI(amaliy mashg‘ulot)
Omonmisiz-esonmisiz
— Esonmisiz-omonmisiz,Omonmisiz-esonmisiz?Kulib turar
yuzingiz,Dilga yoqar so‘zingiz.Hay-hay, ko‘zim
tegmasin,O‘rtoqjonim, bormisiz?
— Esonmisiz-omonmisiz,Omonmisiz-esonmisiz?Ko‘zlarimiz
yo‘lingizda,Sizsiz taom o‘tmas bizdan,
-
46
?!
Xush kelibsiz, xush ko‘rdik biz,O‘rtoqjonim, bormisiz?
1. “Mehmon-mehmon” o‘yini qandayo‘ynaladi?
2. “Iltimos, oling”, “rahmat”, “kechira-siz”, “marhamat”,
“labbay”, “xushkelibsiz” so‘zlarini ishlatib, “Meh-mon-mehmon”
o‘yinini o‘ynang.
Savollar:
1. Qishda mehmon kutganda dasturxon-ga qo‘yiladigan ho‘l
mevalardan biri.
M N R I N
E S N S I Z
H D L A K
M U R B O
O
N
1
2
3
4
5
6
-
47
2. Mehmon bilan so‘rashganda ishlati-ladigan so‘z.
3. Yozda va kuzda mehmon oldigaqo‘yiladigan xushbo‘y poliz
mahsuloti.
4. Non botirib yeyiladigan shirinlik.
5. Dasturxonga tortiladigan o‘zbektaomi.
6. Dasturxonga qo‘yilishi shart bo‘lganne’mat.
-
48
DO‘STLIKNI QADRLANG
Farzandlarim, doimo do‘stla-shishni odat qiling. Kimning
do‘stiko‘p bo‘lsa, uning yaxshi fazilatlari
ko‘payadi.Yangi do‘st topsangiz, eskisidan
kechmang. Do‘stingizga dushmanlik qil-ganni do‘st deb
bilmang.
Aqlsiz va dangasa bilan do‘st bo‘lmang,chunki bu qusurlar
yuqumli bo‘ladi. Agardo‘stlashsangiz, ularga yomon
odatlariniyo‘qotishga yordam bering.
Do‘stingizdan hech narsani qizg‘an-mang.
Qusur — kamchilik.
1. Do‘stlaringizga qanday yumushlar-ni bajarishda yordam
berasiz?
2. Do‘stlashish odobi haqida so‘zlabbering.
?!
IV. O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISH
-
49
1. Rasmda qaysi millat vakillari tas-virlangan?
2. Vatanimizda qanday millat va elat-lar yashaydi?
3. Sizning qaysi millat vakillaridando‘stlaringiz bor? Ular
haqidaso‘zlab bering.
?!
-
50
!
Farzandlarim, barcha millatbolalari bilan do‘stlashishga in-
tiling. Ular sizning aqlingizga quvvat,qalbingizga quvonch
beradi. Ti lo‘rganasiz. Rus do‘stingizdan rus,ingliz do‘stingizdan
ingliz tilini o‘rgan-sangiz, o‘z ona tilingizni do‘stla-ringizga
o‘rgatsangiz, bilingki, sizgajahonning eshiklari ochiladi.
...millatlararo totuvlik va do‘stlik, ular-ni saqlash va
mustahkamlashga intilishdoimo xalqimizning o‘ziga xos
fazilatibo‘lib keldi va shunday bo‘lib qolmoq-da.
O‘zbekiston RespublikasiningBirinchi Prezidenti Islom
Karimov
“Do‘stlik millat tanlamaydi” mavzusi-da kichik matn tuzing.
Do‘stlik — boylikdan a .
-
51
DO‘ST TANLASH VATANISHUV QOIDALARI
Do‘stingiz bilan tanishganingizdao‘zingizni yaxshi tuting.
Avvaldo‘stona qo‘l olishib ko‘rishing,
ismingizni, qaysi maktab va sinfdao‘qishingizni ayting.
Do‘stingizga ismini aytib murojaatqilishga odatlaning.
Do‘stingiz bilan uchrashganingizdaochiq chehra bilan
so‘zlashing.Do‘stlik shirin so‘z va yordam ko‘r-satishdan
boshlanishini unutmang.
Fil bilan Maymun(ertak)
Qadim zamonda, olis o‘rmonda katta vakuchli Fil kichik va
chaqqon Maymun bilando‘stlashibdi. Fil har kuni o‘rmonni
aylanib,Maymunning holidan xabar olar, Maymunesa Filni turli
mevalar bilan siylar ekan. Bir
-
52
kuni Maymun yo‘qolib qolibdi. Fil uni izlab-izlab, oxiri daraxt
shoxining bir uchidantopibdi. Fil do‘sti Maymundan:
— Nimaga bu yerda o‘tiribsan? — debso‘rabdi.
— Qo‘rqayapman, — debdi Maymunovozi qaltirab. — Yo‘lbars yeb
qo‘yadi. Ana,daraxt orqasida poylab turibdi.
Fil kichik do‘stini xafa qilgan Yo‘lbars-ning ta’zirini
beribdi.
O‘tkir Hoshimov
1. Nima uchun Filni Maymunningchin do‘sti deb hisoblaysiz?
2. Chin do‘stlik bilan yolg‘ondo‘stlikning farqini
so‘zlabbering.
?!
-
53
TARTIBLI VA TADBIRLI BO‘LING
Tartibli bo‘lish — barcha narsava buyumlarni o‘z o‘rnida
ozoda
saqlash, ulardan unumli foydalanish.Tadbirli bo‘lish esa — “Endi
nima qil-sam ekan?” — degan savol tug‘ilganda,yaxshilab o‘ylash,
yo‘lini izlash va cho-ra topish degani.
Bolajonlarim, tartibli va tadbirli bo‘ling.
Jamoat joylarida o‘zingizni qanday tu-tishni bilasizmi?
Odobing — ko‘rking
Ko‘cha-ko‘yda, muzeylarda,Istirohat bog‘larida,Yurgan paytda
odob saqla,Hatto ta’til chog‘larida.
Tartibli bo‘l, tadbirli bo‘l,Kutar turli ilmlar.
?
-
54
Tayyor daftar, rangli qalam,Turli plastilinlar.
“Tejog‘li ish bejog‘lidir”,Yodda tuting, buni sizlar.Isrof
qilmang nonni, tuzni,Suvni tejang, o‘g‘il-qizlar.
Dilshod Rajab
Tartiblilik va tadbirlilikning foydasi ha-qida so‘zlab
bering.!
Adib-betartib(ertak)
Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da,to‘q ekan. Adib ismli bola
bo‘lgan ekan.U odobli bo‘lsayam, ishlari juda betartibekan.
Adib o‘spirin yigitcha bo‘lganda dadasiunga duradgorlik kasbini
o‘rgatibdi. Birkuni bir bog‘bon uning otasidan rom,eshik tayyorlab
berishni so‘rabdi. Dadasi,o‘zi betob bo‘lib qolgani uchun,
vaqtinchao‘g‘lini yuboribdi.
-
55
Adib ishga kirishibdi. Bog‘bon esa o‘zyumushiga unnabdi. U tok
qaychini endiqo‘liga olgan ekan, Adibning ovozinieshitibdi:
– Otaxon, iskanani ko‘rmadingizmi?Bog‘bon payraxalar orasidan
iskanani
topib beribdi.Keyin xomtok qilish uchun endi narvon-
ga ko‘tarilganida yana Adibning ovozieshitilibdi:
– Otaxon, buni qarang, arramni qaygaqo‘yibman-a?!
Endi bog‘bonning qoshlari chimirilibdi.Ammo bu gal ham indamay,
arrani qidirish-ga tushibdi. Oxiri taxtalarning ostidan
chi-qibdi.
Keyin Adib randani qidiribdi.Bog‘bon tutaqib ketibdi-da,
Adibning ol-
diga kelib debdi:– Isming Adibmi, yo Betartibmi? O‘z as-
bobingni tayinli biror joyga qo‘ymay, nao‘zing ishlayapsan, na
meni ishlatganiqo‘yayapsan. Qani, jo‘nab qolchi, otangtuzalganida
o‘zi kelib ishlaydi!
-
56
Shunda Adibning xayoliga otasining: «Be-tartib bo‘lsang, keyin
qiynalasan», – degangaplari kelibdi. Adib bir xo‘rsinibdi-da,
bog‘-bonning uyidan boshini egib chiqib ketibdi.
To‘lqin Ilhomov
1. Ertakdan o‘zingizga qanday xulosachiqardingiz?
2. Nima uchun tartibli va saranjombo‘lish lozim? O‘z
so‘zlaringiz bi-lan izohlab bera olasizmi?
Rejali ish — tejamli ish.
?
Betartib va beodob inson bargsiz da-raxtga o‘xshaydi.
Muhammad Ismoil
Ko‘p so‘zlash va betartiblik aqlning kam-ligi nishonasidir.
“Hikmatnoma”dan
-
57
MULKINI SAQLAGAN XORBO‘LMAS
Mol-dunyo, narsa-buyum mulkdeyiladi. Uy-joy, avtomobil,
ro‘z-g‘or buyumlari, umuman, pulga
sotib olinadigan barcha narsalar mulkhisoblanadi. Mulk
kishilarga yaxshilik qi-lish, ota-onani boqish, farzandlarni
sog‘-lom katta qilish, ilm-hunar o‘rgatish,savob ishlar qilish
uchun kerak.
Mol-mulkka faqat mehnat bilan erishi-ladi. Sizning buyumlaringiz
ham ota-onangiz mehnatining natijasi. Shundayekan, ularni avaylab,
ehtiyotlab saqlang.
Molning qadrini saxiy bilur(hikoya)
Bir vaqt Andijon shahrida qattiq zilzilabo‘lib, ko‘p kishilar
tom va devorlarning os-tida qolib, halok va mayib bo‘ldilar.
Ko‘plaruy-joysiz, och qoldilar. Ular uchun har kim-dan non, kiyim
va pul yig‘ildi. Mehr-shafqat
-
58
jamiyati tuzilib, boylardan mablag‘ jamlan-di. Jamiyat xodimlari
yordam so‘rab tosh-kentlik bir boyning uyiga borishdi.
Boyningnimadandir qattiq jahli chiqib turgan ekan.Xodimlar undan
jahlining sababini so‘rash-di. Bildilarki, boyning xizmatkori uchi
yoqil-magan bir dona gugurt cho‘pini yergatashlagan, boy shundan
darg‘azab bo‘lib,xizmatkorini qattiq urishgan ekan. Xodim-lar “Bir
dona gugurt cho‘pi uchun xizmat-korni shuncha urishgan odamdan
pulso‘rash qanday bo‘lar ekan”, deb ikkilanibqolishdi. Lekin
indamay qaytib keta olmay,maqsadlarini aytishga majbur bo‘lishdi.
Boyularning gaplarini eshitgach, darhol kissa-sidan bechora
jabrdiydalar uchun besh yuzso‘m chiqarib berdi. Bu juda katta
mablag‘hisoblanar edi. Xodimlar hayron qolishdi.Boy ularga qarab:
“Nimaga hayron bo‘la-siz? Agar men gugurt cho‘pini isrof
qi-laversam, bunday savob ishlarga qandayqilib pul yig‘ar edim?” –
dedi.
Munavvarqori Abdurashidxonov
Yetti o‘lchab, bir k .
-
59
DAM OLISH, SOG‘LIQNI SAQLASH,BILIM OLISH HUQUQLARI
1. Rasmlarda nimalar tasvirlangan?2. Sizning qanday
huquqlaringiz bor?3. Sizning huquqlaringiz kim tomoni-
dan himoyalanadi?
?
-
60
Bosh qomusimiz — Konsti-tutsiyamizda bolalar bilimolish, dam
olish va sog‘liq-larini saqlash huquqlarigaega ekanliklari
ko‘rsatilgan.
Barini sev
Shu dala-qir, shu bo‘ston,Shu kitobing, shu doston,Shu oromgoh –
tog‘ bag‘ri,Soya-salqin bog‘ bag‘ri,Senga boqqan har chechak,Bugun,
erta, kelajak,Bari-bari seniki!Qonun bilan seniki!Bolam, shuni uqib
ol,Barini sev, sodiq qol.
Shuhrat
She’rdagi satrlardan misol keltirib,o‘z huquqlaringizni aytib
bering.!
-
61
SOG‘LIG‘INGIZ — BOYLIGINGIZ
Vaqtning tez o‘tishini bilasizmi?Unutmang, salomatligingiz
vaqt-
dan to‘g‘ri foydalanishingizga bog‘liq.Sog‘lom bo‘lishingiz
uchun kun tarti-
bingizga quyidagilarni kiriting: albatta,uy vazifalarini
bajargach, toza havoda30 daqiqa aylaning. Kuniga 8 soatdanuxlang. 2
soatdan toza havoda damoling. Kamida 1 soat jismoniy mehnatqiling.
Ertalabki badantarbiyaga 15 da-qiqa vaqt ajrating.
Fursat — g‘animat
Daftari ochiq-sochiq,Qolgan vazifa chala.Soat yurar
chiq-chiq-chiq,Yechilmagan masala.Yana jaranglab soat,To‘qqizga
zang uradi.Salimjon-chi, betoqat,Endi shoshib turadi.
-
62
Salimjon juda nimjon,Hech bir ishga “vaqti yo‘q”,Badantarbiya
qayda?Yuvinishga “vaqti yo‘q”.Darslari o‘lda-jo‘lda,Qolgan ishga
yog‘ar qor.Kun tartibin foydasinBilmaslikdan qiling or!
Shukur Sa’dulla
Or qilish — o‘ziga ep ko‘rmaslik.
1. She’rni yod oling.2. Kun tartibining salomatlikka foydasi
haqida nimalarni bilasiz?
Vaqting ketdi — naqding ketdi.
?!
-
63
QUVONCHLI KUNLARNINISHONLANG
Eng quvonchli kunlaringiz Nav-ro‘z, Hayit, Hosil bayramlari
ni-shonlanadigan kunlar bo‘lsa ke-
rak, to‘g‘rimi?Bu bayramlar bir necha yuz yillardan
beri xalqimiz tomonidan nishonlanib ke-linmoqda.
Bu bayramlarda xalqimizga xosbag‘rikenglik, saxiylik,
kamtarinlik, sa-mimiylik, mehmondo‘stlik, bolajonlikodatlari yaqqol
namoyon bo‘ladi.
Navro‘z nashidasi
Yana olam bo‘ldi yashil, serfusun,Yana qizg‘aldoqlar ochildi
gulgun.Bu yilgi ko‘klaming o‘zgacha butun,Vatanim, muborak bo‘lsin
Navro‘zing.Boshingda hurriyat quyoshing bordir,O‘z Tug‘ro,
Bayrog‘ing, Yurtboshing bordir.
-
64
Vatanim
Chaman-chaman gullarga,Sayroqi bulbullarga,Ko‘kni quchgan
uylarga,Baxt keltirgan to‘ylarga,Quvnoq va sho‘x kuylarga,Joydir
go‘zal vatanim,Boydir go‘zal vatanim.
O‘tkir Rashid
Milliy bayramlarimiz va urf-odatlarimizhaqida nimalarni
bilasiz??
Maqsading, g‘ayrating, bardoshing bordir,Vatanim, muborak
bo‘lsin Navro‘zing.
Erkin Vohidov
Tug‘ro — gerb.
Serfusun — juda go‘zal, chiroyli.
-
65
OILAVIY TADBIRLAR VA QUTLUG‘ BAYRAMLAR
Tug‘ilgan kun, to‘y, mehmonkutish oilaviy tadbirlar
hisoblanadi.
Birinchi sovg‘a
Halima bog‘ga kirdi,Tong payti shosha-pisha.Ilk bahor gulin
terdi,Nomi — jajji gunafsha.
Halima gulni terib,Qayga olib ketmoqchi?Chin dildan sovg‘a
berib,Kimni xursand etmoqchi?
Uyga kelganda bildik,Quvnagan shod ko‘zidan,Gulni sovg‘a
qilibdi,Oyisiga o‘zidan.
Ilyos Muslim
“Onajonimning tug‘ilgan kuni” mav-zusida matn tuzing.!
-
66
9-may — Xotira va qadrlashkuni, insoniyat tinchlik dushman-
lari ustidan g‘alaba qozongan qutlug‘kun. Shu kuni tinchlik
uchun kurashdahalok bo‘lgan ota-bobolarimizning por-loq xotirasini
yodga oling. Xotira may-doniga borib, undagi lavhalar bilan
ta-nishing.
O‘zingiz uchun qadrli insonlarni qu-vontirish rejasini tuzing.
Nima qilsangizularni ko‘proq xursand qilasiz?
O‘tgan kuningni unutma.
Xotirasi yo‘qning kelajagi y .
1. Siz Xotira va qadrlash kunini qan-day nishonlaysiz?
2. “Xotirangiz qalbimizda manguyashaydi” mavzusida matn
tuzing.
?!
-
67
Jonivorlarga ozor berishning yomonodat ekanligi haqida
do‘stlaringiz bi-lan suhbatlashing.
Tabiat hodisalari, dov-daraxt,o‘simlik, jonivor va qushlar —
ta-
biat in’omlari. Bizning yashashimiz vago‘zallikdan quvonishimiz
uchun tabiattomonidan taqdim etilgan sovg‘alardir.
Marvarid-lola haqida ertak
Marvarid-lola kam uchraydigan noyobo‘simlik. U “Qizil kitob”ga
kiritilgan. Erta-gimiz ana shu go‘zal lola haqida.
Qadim zamonda farovon bir o‘lka bo‘lganekan. Saltanat xonining
husnda tengsiz,
!
ONA TABIATNI ARDOQLANG
-
68
mehribon va oqila qizi bor ekan. Kunlar-dan bir kun u og‘ir
betob bo‘lib qolibdi.Uning ahvolini ko‘rgan saroy tabibi xonga:
— Xonim, yurtimizda bir sehrli lola bor.Uni Yosuman kampir o‘z
bog‘iga yashiribqo‘ygan. Agar qizingiz shu lolani
hidlasa,shubhasiz, tuzalib ketadi, — debdi.
Xon yurtga: “Lolani olib kelganga qizim-ni beraman”, deb jar
soldiribdi.
Baland tog‘larda qo‘y boqib yuradiganqo‘rqmas va dovyurak yigit
— Botir poda-chi xonning qizini yaxshi ko‘rar ekan. Ulolani olib
kelish uchun Yosumanning bog‘i-ga jo‘nabdi. Yosuman kampir lolani
qo‘riq-lashni ilon va yantoqlarga topshirib, qirqkunlik uyquga
ketgan ekan. Botir podachibog‘ panjarasiga yaqin kelganida
uningdoimiy hamrohi — qo‘y haydab yuradigantayog‘i tilga kirib:
-
69
— Ilonlarni men bilan ursang, ular sen-ga yo‘l berishadi, —
debdi.
Botir podachi ilonlarni tayog‘i bilan hay-dab, bog‘ga kiribdi. U
tayog‘i bilan yan-toq va chirmovuqlarni ura-ura, bog‘ningo‘rtasida
atrofga nur taratib, ochilib turganlolaga yetib olibdi. Lolani
olib, avaylabqo‘yniga solibdi. Yana yantoq va chirmo-vuqlar bilan
kurashib, panjaradagi ilonlarniurib haydab, nihoyat tashqariga
chiqib olib-di.
Xon saroyiga kelib, tabibga lolani berib-di. Tabib qizning
g‘unchadek lablarigalolani qo‘ygan ekan, malika ko‘zlariniochibdi,
yuzlari qizarib, ko‘zlari nurgato‘libdi. Tez kunlarda u butunlay
sog‘ayibketibdi. Xon qirq kecha, qirq kunduz to‘y-tomosha qilib,
qizini botir podachiga berib-di. Lolani esa o‘z bog‘ida parvarish
qilaboshlabdi. O‘shandan beri xalq bu sehrlilolani yaxshi ko‘rib,
oq bo‘lgani uchun uni“Marvarid-lola” deb atar ekan.
Ertakdan noyob marvarid-lola haqidanimalarni bilib
oldingiz??
-
70
BIZNING HAYOTIMIZDA TEATR
? 1. Rasmda qaysi bino ta’svirlangan?2. Qo‘g‘irchoq teatri
haqida nimalarnibilasiz?
Qo‘g‘irchoq teatrida
Shirinoy buvijonisi bilan qo‘g‘irchoq teatr-ga bordi.
Voy-bo‘, bolalarning ko‘pligini!.. – hayrat-landi Shirinoy.
U yerda «Egri va To‘g‘ri» tomoshasiniko‘rsatishdi. Tomoshani
ko‘rgach, Shiri-
V. ESTETIKA
-
71
noyning hayrati yanada ortdi. To‘g‘ri-da,qo‘g‘irchoqlarning har
bir harakat va ho-lati qo‘l bilan boshqarilar ekan. Juda qiziq-da!
Qo‘g‘irchoqlar harakat qilib, gapirsa-ya!
Shirinoy teatrdan katta taassurot bilanqaytdi. O‘rtoqlariga
tomoshadan nimalarnio‘rganganini so‘zlab berdi.
Nima deb o‘ylaysiz, Shirinoy o‘rtoq-lariga nimalarni so‘zlab
berdi ekan?
Estetika biror narsaning go‘zalliginihis qila bilishdir. Teatr
ham go‘zalliknihis qilishga o‘rgatadi.
Teatrga borish odobi qoidalari:♦ teatrga orasta kiyinib boring;♦
teatr binosiga turli xil yeguliklar olib
kirmang;♦ spektakl davomida gaplashib o‘tir-
mang.
Ming marta eshitgandan,bir marta ko‘rgan yaxshi.
?
-
72
ERTAKLAR – YAXSHILIKKAYETAKLAR
Aziz bolajonlarim, siz ertaklarnijuda yaxshi bilasiz. Chunki
bolali-
gingizdan ertak eshitib katta bo‘lyap-siz. Bu ertaklarni dono
xalqimiz yarat-gan. Xalq ertaklari bir necha turlargabo‘linadi:
hayotiy ertaklar, hayvonlarhaqidagi ertaklar, sehrli-afsonaviy
er-taklar.
Ertaklarda xalq orzu-istaklari, ming yil-lik donoligi, tajribasi
ifodalangan. Ado-lat va haqiqat ulug‘langan.
Farzandlarim, siz ertaklardan ko‘plabinsoniy fazilatlarni
o‘rganasiz. U sizniyaxshilikka yetaklaydi.
Atirgul
...Bir kuni bir bog‘da o‘t-o‘lanlar va dalagullari orasida
atirgul ochildi. Atrofidagibarcha o‘simliklar uning go‘zalligi va
hidi-dan hayratga tushib, atirgulni olqishlay
-
73
boshlashdi. Atirgul bu maqtovlarni eshitibg‘ururlandi va hech
kimni nazariga ilmayqo‘ydi.
Bir kuni atirgul tush ko‘ribdi. Tushida biro‘zi cho‘lda
o‘sayotgan emish. Atrofida nabir o‘t-o‘lan, na bir daraxt bor ekan.
Qu-yosh ayovsiz qizdirarkan. Issiqdan rosachanqabdi, lekin suv
ko‘rinmas emish. Tezorada so‘lib, gul barglari qovjiray boshlab-di.
Shu payt qattiq shamol turib, qumuyumlarini atirgulning ustiga
tashlabdi. Qo‘r-quvdan ovozining boricha baqirib yuboribdiva o‘z
ovozidan uyg‘onib ketibdi. Ko‘ziniochib atrofida unga hayron bo‘lib
qarab tur-gan o‘tlarga va daraxtlarga birinchi martajilmayib
qarabdi hamda ularni cho‘chitibyuborgani uchun uzr so‘rabdi.
1. Atirgul nimani tushunib yetdi?2. Atirgul holatiga tushib
qolmaslik
uchun kishi nimalar qilishi kerakekan?
Ertaklar hayolotning so‘ngsizosmonidir.
?
-
74
Siz ham ana shu bolalardekrasm chizishga qiziqasizmi?
INSON KAMOLOTIDA TASVIRIYSAN’ATNING O‘RNI
Qadim-qadimdan insonlar go‘-zallikka intilib yashaganlar.
Uni
anglaganlar va rasmlarda tasvirlaganlar.Ana shundan dunyoda
tasviriy san’atpaydo bo‘lgan. Farzandlarim, agar siz-da rasm
chizishga ishtiyoq bo‘lsa, uni,albatta, rivojlantiring.
Asfaltdagi rasmlar
Kim tanimas ko‘chamizdaDilshod, Sora, Nasimlarni.Asfalt yo‘lda
uymalashibChizar turli rasmlarni.Vaqtinchalik unutishganKitob,
ruchka, daftarlarni.Aks etdirar shar ushlaganBolalarni,
kaptarlarni.
Tursunboy Adashboyev
?
-
75
Sinfingizda “Tarbiyalilar tanlovi”o‘tkazing.Quyidagi savollarga
javob berib,tarbiyalilar tanlovi g‘oliblarini aniqlang:1. Darslarda
ustozning savollariga
qo‘l ko‘tarib javob beradigano‘quvchi kim?
2. Qaysi o‘rtog‘ingiz “rahmat”, “ilti-mos”, «marhamat”, “ho‘p
bo‘ladi”,“xayrli kun” (“kuningiz hayrli bo‘l-sin”), “sog‘ bo‘ling”
kabi so‘zlarniko‘p ishlatadi?
3. Doimo hammaga yordam berish-ga tayyor o‘rtog‘ingiz kim?
4. Siz ko‘proq qaysi o‘rtog‘ingizdanibrat olishni istaysiz?
5. Sizga ismingizni aytib so‘ngramurojaat qiladigan o‘rtog‘ingiz
kim?
6. Tanlov g‘oliblarini tabriklab,she’r, ertak yoki rivoyat
aytibbering.
TARBIYALILAR TANLOVI(amaliy mashg‘ulot)
!
-
76
NAZORAT ISHI
1. “Vatani borning davlati ...” maqolidagitushirib qoldirilgan
so‘zni belgilang.a) ko‘p; b) yaxshi; d) bor.
2. Qaysi javobda oilaviy tadbir berilgan?a) tug‘ilgan kun;b)
o‘rtog‘i bilan o‘ynash;d) maktabga borish.
3. Estetika nima?a) suhbatlashish;b) go‘zallikni his qilish;d)
mehmonga borish.
4. Ertalabki badantarbiyaga necha daqiqavaqt ajratishingiz
kerak?a) 15 daqiqa;b) 10 daqiqa;d) 20 daqiqa.
1. Buyuk ajdodlarimizning qandayibratli o‘gitlarini bilasiz?
2. Jamoat tadbirlarida nimalargarioya qilish kerak?
?
-
77
MUNDARIJA
I. BIZNING VATANIMIZ — O‘ZBEKISTONONA
VATAN................................................................3AJDODLAR
MEROSI —FAXR VA IFTIXORIMIZ
..................................................6BUYUK
AJDODLARIMIZNINGIBRATLI
ISHLARI...........................................................8
II. OILA – MUQADDAS DARGOHOTA-ONA — AZIZ VA MO‘TABAR
............................... 10OILADA MENING
O‘RNIM........................................... 12QARISI BOR
UYNING PARISI BOR............................. 13
III. ODOB KISHINING ZEB-U ZIYNATIJAMOAT JOYLARIDA O‘ZINI TUTISH
ODOBI .............. 17XUSHMUOMALALIK VA SAMIMIY
MUNOSABAT.......... 20SO‘ZLASHISH ODOBI
................................................. 23MULOQOT
MADANIYATI VA TELEFONDASO‘ZLASHISH ODOBI
................................................. 26TASHQI
KO‘RINISH VA ORASTALIK............................ 28YAXSHI FAZILAT
— INSONGA ZIYNAT........................ 31SAXIY VA KAMTAR BO‘LING
...................................... 33O‘Z-O‘ZINGIZGA XIZMAT
QILISHNI O‘RGANING.........35MEHMONDO‘STLIK — YAXSHI ODAT
.........................39JAMOAT TADBIRLARIDA ISHTIROK ETISH ODOBI
.....41KIYINISH MADANIYATI
...............................................43“MEHMON-MEHMON”
O‘YINI .....................................45
-
78
IV. O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISHDO‘STLIKNI QADRLANG
.............................................48DO‘ST TANLASH VA
TANISHUV QOIDALARI...............51TARTIBLI VA TADBIRLI BO‘LING
................................ 53MULKINI SAQLAGAN XOR
BO‘LMAS.......................... 57DAM OLISH, SOG‘LIQNI SAQLASH,
BILIM
OLISHHUQUQLARI................................................................59SOG‘LIG‘INGIZ
— BOYLIGINGIZ.................................. 63QUVONCHLI
KUNLARNI NISHONLANG .......................63OILAVIY TADBIRLAR VA
QUTLUG‘ BAYRAMLAR .........65ONA TABIATNI
ARDOQLANG...................................... 67
V. ESTETIKABIZNING HAYOTIMIZDA TEATR
.................................. 70ERTAKLAR – YAXSHILIKKA
YETAKLAR .......................72INSON KAMOLOTIDA
TASVIRIYSAN’ATNING O‘RNI
....................................................74TARBIYALILAR
TANLOVI .............................................75NAZORAT ISHI
........................................................... 76
-
79
O‘quv nashri
Oysha HasanboyevaMuhayyo InoyatovaAdolat Ne’matova
ODOBNOMA2-sinf uchun
darslikTo‘rtinchi nashr
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»Davlat ilmiy nashriyoti
Toshkent—2018
Muharrir Iroda SolihovaBadiiy muharrir Asqar YoqubjonovRassom
Baxtiyor MuhamedovDizayner Umid Sapayev
Nashriyot litsenziyasi AI ¹ 160, 14.08.2009-y.
02.04.2018-y.da bosishga ruxsat etildi. Bichimi 70x901/16. Kegli
16. Ofset usulida bosildi. Shartli bosma tabog‘i 5,85.
Nashr hisob tabog‘i 4,14. Adadi 490 375 nusxa. 94-sonli
shartnoma. 18–182-sonli buyurtma.
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy
nashriyotiToshkent — 100011, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosmaxonasida chop
etildi.Toshkent — 100011, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
Hasanboyeva, Oysha.Odobnoma: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
2-sinfi uchun
darslik / O. Hasanboyeva, M. Inoyatova, A. Ne’matova. —
To‘rtinchinashr. – T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat
ilmiy nashriyoti,2018. — 80 b.
ISBN 978-9943-07-612-9UO‘T: 17(075)
KBT 74.200.51ya7
O 31
-
Ijaraga berilgan darslik holatini ko‘rsatuvchi jadval
T/r
1
2
3
4
5
Sinfrahbarining
imzosi
O‘quvchiningismi, familiyasi O‘quv yili
Darslikningolingandagi
holati
Sinfrahbarining
imzosi
Darslikningtopshirilgandagi
holati
Darslik ijaraga berilib, o‘quv yili yakunida yuqoridagi jadval
sinfrahbari tomonidan quyidagi baholash mezonlariga asosan
to‘ldiriladi:
Darslikning birinchi marotaba foydalanishga berilgandagi
holati.
Muqova butun, darslikning asosiy qismidan ajralmagan. Barcha
varaqlari mavjud,yirtilmagan, ko‘chmagan, betlarida yozuv va
chiziqlar yo‘q.
Muqova ezilmagan, birmuncha chizilib, chetlari yedirilgan,
darslikning asosiyqismidan ajralish holati bor, foydalanuvchi
tomonidan qoniqarli ta’mirlangan.Ko‘chgan varaqlari qayta
ta’mirlangan, ayrim betlariga chizilgan.
Muqovaga chizilgan, yirtilgan, asosiy qismidan ajralgan yoki
butunlay yo‘q,qoniqarsiz ta’mirlangan. Betlari yirtilgan, varaqlari
yetishmaydi, chizib, bo‘yabtashlangan. Darslikni tiklab
bo‘lmaydi.
Yangi
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz
/ColorImageDict > /JPEG2000ColorACSImageDict >
/JPEG2000ColorImageDict > /AntiAliasGrayImages false
/DownsampleGrayImages false /GrayImageDownsampleType /Bicubic
/GrayImageResolution 1200 /GrayImageDepth -1
/GrayImageDownsampleThreshold 1.50000 /EncodeGrayImages false
/GrayImageFilter /DCTEncode /AutoFilterGrayImages true
/GrayImageAutoFilterStrategy /JPEG /GrayACSImageDict >
/GrayImageDict > /JPEG2000GrayACSImageDict >
/JPEG2000GrayImageDict > /AntiAliasMonoImages false
/DownsampleMonoImages false /MonoImageDownsampleType /Bicubic
/MonoImageResolution 1200 /MonoImageDepth -1
/MonoImageDownsampleThreshold 1.50000 /EncodeMonoImages false
/MonoImageFilter /CCITTFaxEncode /MonoImageDict >
/AllowPSXObjects false /PDFX1aCheck false /PDFX3Check false
/PDFXCompliantPDFOnly false /PDFXNoTrimBoxError true
/PDFXTrimBoxToMediaBoxOffset [ 0.00000 0.00000 0.00000 0.00000 ]
/PDFXSetBleedBoxToMediaBox true /PDFXBleedBoxToTrimBoxOffset [
0.00000 0.00000 0.00000 0.00000 ] /PDFXOutputIntentProfile (None)
/PDFXOutputCondition () /PDFXRegistryName (http://www.color.org)
/PDFXTrapped /Unknown
/Description >>> setdistillerparams>
setpagedevice