Top Banner
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI Qo‘lyozma huquqida UDK ( 372.0:371.3 ) Abdurazzaqov O‘ktam Abduqayumovichning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda innovatsion yondashuvMutaxassislik: 5A111701-Boshlang‘ich ta’lim Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan DISSERTATSIYА Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bo‘limi boshlig‘i kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____________ M.Esanov _____________ X.R.Sanaqulov 2014 y «____»iyun Ilmiy rahbar: p.f.n.,dok.prof _____________ R.A.Mavlonova Toshkent-2014 yil
110

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

Feb 14, 2020

Download

Documents

dariahiddleston
Welcome message from author
This document is posted to help you gain knowledge. Please leave a comment to let me know what you think about it! Share it to your friends and learn new things together.
Transcript
Page 1: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA

UNIVERSITETI

Qo‘lyozma huquqida

UDK ( 372.0:371.3 )

Abdurazzaqov O‘ktam Abduqayumovichning

“Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda

innovatsion yondashuv”

Mutaxassislik: 5A111701-Boshlang‘ich ta’lim

Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan

DISSERTATSIYА

Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi

Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi

Magistratura bo‘limi boshlig‘i kafedrasi mudiri, p.f.n., dos

_____________ M.Esanov _____________ X.R.Sanaqulov

2014 y «____»iyun Ilmiy rahbar: p.f.n.,dok.prof

_____________ R.A.Mavlonova

Toshkent-2014 yil

Page 2: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

2

MUNDARIJA

KIRISH . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ……………. 2

I BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA FIKRLASH

QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

10

1.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlashini rivojlantirish pedagogik

muammo sifatida…………………………………………………….....

10

2.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobliyati rivojlanishining

mavjud holati……………………………………………………….........

24

Bob bo’yicha umumiy xulosa……………………………………………….. 31

II BOB. INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG‘ICH

SINF O‘QUVCHILARINING FIKRLASH QOBILIYATINI

RIVOJLANTIRISHNING AMALIY JIHATLARI

32

1. Muammoli ta’lim metodi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining

fikrlashini rivojlantirish . . . . . . . . . . . . . . . . …………………………...

32

2. Didaktik o‘yinlarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari fikrlash

qobliyatini rivojlantirish imkoniyatlari. . . . . . . . ………………….......

47

Bob bo’yicha umumiy xulosa……………………………………………….. 61

III BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI FIKRLASH

QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH TIZIMI VA UNING

SAMARADORLIGI

62

1. O‘qituvchi-o‘quvchilar hamkorlik munosabati fikrlash qobliyatini

rivojlantirish omili………………………………………………………

62

2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda

innovatsion yondashuvga doir tajriba-sinov ishlari tahlili…………….

76

Bob bo’yicha umumiy xulosa……………………………………………...... 86

XULOSA . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . …………………………… 87

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………. 91

ILOVALAR . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ……………... 100

Page 3: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

3

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng

iqtisodiy hamda ijtimoiy-madaniy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘liga ega bo‘ldi. Bu

yo‘ldagi chuqur o‘zgarishlar barcha jabhalarga shiddat bilan kirib bormoqda. U

tibbiyotmi, qishloq xo‘jaligimi, sanoatmi, ta’lim tizimimi - barchasida tub

islohotlar o‘tkazish zaruriyatini yuzaga keltirdi. Mustaqillik, ayniqsa, ta’lim

sohasida tub islohotlar omiliga aylandi desak, xato bo‘lmaydi. Zero, ta’lim o‘sib

kelayotgan yosh avlodning ichki imkoniyatlarini, qobiliyatlarini yuzaga chiqarish

bilan birga, kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning ham asosiy

manbasi hisoblanadi. Bu qobiliyat va iste’dodlar o‘sib-ulg‘ayib Vatanimiz

taraqqiyotiga hissa qo‘shishi aniq. Modomiki, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni

amalga oshirishda yosh avlodga tayanar ekanmiz, avvalambor, ta’lim sohasidagi

mustabid tuzum qoldiqlaridan xalos bo‘lishimiz lozim.

Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, barkamol insonni shakllantirish

ertangi taqdirimizni belgilab beruvchi dolzarb masalalardan biriga aylandi.

Buyuk islohotlar amalga oshirilayotgan O‘zbekiston sharoitida mustaqil

fikrlovchi yoshlarning bo‘lishi davr taqozosidir, chunki shaxsiy dunyoqarashga ega

bo‘lgan insonlargina jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi muvaffaqiyatlarga

erishishga qodir bo‘ladilar. Respublikada olib borilayotgan siyosatning bosh

omillaridan biri ham teran fikrlovchi, mustaqil dunyoqarashga ega, iqtidorli

shaxslarni kamol toptirish va tarbiyalashdir. Zero, o‘zgalar fikriga qaram bo‘lish,

turli yot mafkuralarga ergashish psixologiyasi jamiyat ma’naviyatini tanazzulga

olib kelishi shubhasizdir.

Ta’limdagi yangilanish faqat o‘quvchilarga yangicha bilim berishni nazarda

tutmasdan, balki jamiyat, davlat, tabiat va mehnatga munosabat tizimini

o‘zgartirishni ham ko‘zda tutadi.

Page 4: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

4

O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va

«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda ko‘rsatib o‘tilganidek, demokratik jamiyatda inson

erkin va mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalanishi zarur1.

Davlatimiz rahbari I.Karimov mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq

barcha ma’rifatchilar, ziyolilar va yoshlar tarbiyasiga mutasaddi bo‘lganlarga

murojaat qilib, respublika ijtimoiy-iqtisodiy istiqbolining mezonlaridan biri sifatida

shu davlatda yashaydiganlarning yangi tafakkuri va ruhiyatida o‘zgarishlar bo‘lishi

zarurligini vazifa qilib belgilab bergan edilar. Mustaqillik yillarida bu borada talay

ijobiy ishlar, tub islohotlar amalga oshirildi. Endilikda milliy pedagogikamizning

maqsad va vazifalari ham o‘zgarib, faqat bilim berishni emas, balki har jihatdan

komil shaxsni tarbiyalashni ham o‘z ichiga oladi.

Yo‘lboshchimiz maorifchilar oldiga qo‘ygan ushbu muhim vazifalari

bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning «O‘zbekiston XXI

asrga intilmoqda» nomli asaridagi mana bu fikri ham diqqatga sazovordir: «Biz

farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosi uchun, ularning ma’naviy-axloqiy

jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lishi uchun doimo qayg‘urishimiz,

kurashmog‘imiz zarur». Shu tarzda har birimiz uchun buyuk ne’matga aylangan

mustaqillikni e’zozlash, uni mustahkamlash vazifasi yosh avlodni mustaqil,

sog‘lom va teran fikrlaydigan kishilar qilib tarbiyalashni taqozo etadi.

Fikrlash qobiliyatini rivojlantirish borliqni, voqelikni idrok etish usuli sifatida

tafakkur jarayonining mahsuli-oliy natijasidir. U faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib,

mustaqil ish jarayonida shakllanadi. Narsa va hodisalarning mavjudligi

aloqadorlikdan iboratdir. Aloqadorlik buzilsa, mavjudlikda ham o‘zgarish ro‘y

berishini anglash, isbotlash, tushuntirish, fikrlash shakllanishining tadrijiy

bosqichlaridir. Fikrlash insonga hayot baxsh etadigan kuchdir. Ya’ni, inson

mustaqil fikrlash orqali tirik. Fikrsiz inson yaratish va o‘sishga qodir bo‘lmagan

o‘lik jussaga aylanadi. Shu boisdan ham Prezident I.Karimov O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida so‘zlab: «... bolalar qaysi sinfdan

1 Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. –T.: “Sharq” nashriyoti, 1999-y. –248 b. 14-bet

Page 5: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

5

boshlab mustaqil fikr yurita boshlaydi, umuman maktablarda bolalar mustaqil

fikrlashga o‘rgatiladimi, aminmanki, o‘rgatilmaydi...

Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson mustaqil fikrlaydigan

qilib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasalar, berilgan ta’lim

samarasi past bo‘lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o‘z yo‘liga.

Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir» 2 degan edi.

Ta’limda faqat bilimlarni tarkib toptirishga e’tiborni qaratish ta’lim

samaradorligining past bo‘lishiga olib keladi. Fikrlash qobiliyati rivojlangan

o‘quvchigina bilimlarni mustahkam o‘zlashtiradi. Shu sababli o‘quvchilarni

fikrlashga o‘rgatish juda muhim.

Prezidentimiz aytganidek, «...mabodo o‘quvchi o‘qituvchiga e’tiroz bildirsa,

ertaga u hech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktablardagi

jarayonda o‘qituvchi hukmron. U bolalardan faqat o‘zi tushuntirayotgan narsani

tushunib olishni talab qiladi. Umuman, xato fikrlashdan haqiqat kutib bo‘lmasa-da,

bu sa’y-harakatda tafakkur shakllanishi oqibat natijadir». Demak, o‘quvchining

mustaqil fikrlashidan qanoatlanilmasa-da yoki noto‘g‘ri mushohada yuritilayotgan

bo‘lsa-da, o‘quvchining shahdini bo‘g‘ib, uni boshqacha usulda mushohada

qilishga majburlashning nafidan ko‘ra zarari ko‘proq. Darhaqiqat, «O‘zbekiston

umumta’lim maktabi konsepsiyasi» «o‘quvchi xato qilishga haqli» deya

ogohlantiradi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgani kabi illatlar hosilasi sifatida mustaqil

tafakkur yuritishning susayishi yorqin namoyon bo‘la boshladi. Uzoq davom etgan

mustamlakachilik oqibatida ruhiyatimizga me’yoridan ortiq itoatkorlik, mute’lik va

jur’atsizlik kabi salbiy xislatlar singib qoldi. Bunday salbiy xislatlarning zarari

fikrlash jarayonida ham kuzatiladi. Ta’lim jarayonida nafaqat o‘quvchilar, balki

o‘qituvchilar ham bir qolipda ish olib boradi.

O‘quvchilar faqat darslik va o‘qituvchi tomonidan dars jarayonida

beriladigan ma’lumotlarga tayanib qoldilar. O‘quvchilarga o‘qituvchi tomonidan

qo‘yiladigan talablar ularda mustaqil fikr yuritish ehtiyojini tug‘dirmaydi.

2 Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. – T.: “O‘zbekiston” nashriyoti, 1999-y. – 410 b. 5-bet.

Page 6: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

6

Boshlang‘ich ta’lim jarayonida tegishli soha bo‘yicha davlat ta’lim standartlarida

belgilangan minimal majburiy talablarga tayanish lozim. Fikrlash qobiliyatini

rivojlantirishga o‘rgatish zaruriyati, qolaversa, mustaqillikni mustahkamlash

ehtiyojini ko‘zlab, xalq ruhiyatiga singib qolgan mute’lik, jur’atsizlik kabi illatlarni

tugatish uchun ham lozimdir. Prezident I.Karimov «Tafakkur» jurnali muxbiri

bilan bo‘lgan suhbatda bu haqda shunday degan edi: «Ta’limning yangi modeli

jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining

qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq

maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz. Ana shundan

keyin ongli turmush kechirish jamiyat hayotining bosh mezoniga aylanadi» 3.

Prezdentimizning yana bir ma’ruzalarida, jumladan, 2013-yilning 6-dekabr kuni

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 21 yilligiga

bag‘ishlangan ma’ruzasida boshlang‘ich ta’lim haqida shunday fikrlarni bayon

etadi: “Sog‘lom bolani voyaga yetkazishda ta’lim-tarbiya va sportning o‘rni va

ta’sirini yanada kuchaytirishda bolaning jismoniy va psixologik rivojlanishidagi

eng asosiy davr – bu boshlang‘ich sinf davridir”, degan edilar4. Shu ma’ruzalarida

2014-yilning “Sog‘lom bola” yili deb e’lon qilinishini taklif qildi. Bu bo‘yicha

davlat dasturi ishlab chiqildi, davlat dasturida bolshang‘ich ta’lim-tarbiyasining

sifat samardorligni oshirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish

orqali ularining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish masalasi ko‘zda tutilgan

va ayni muammoga bag‘ishlangan ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili pedagogika

fani va amaliyotida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini

rivojlantirish malakalarini shakllantirishga oid tadqiqotlar olib borish zaruriyatini

yuzaga keltiradi.

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Ta’lim samaradorligini oshirish,

o‘quvchilar mustaqil faoliyatini tashkil etish muammosi bir qancha tadqiqotchilar

tomonidan o‘rganilgan.

3 Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2000-y. – 352 b. 76-77 betlar. 4 Маърифат газетаси. (2013 йил 7 декабр № 97-98 (8643) 6-бет)

Page 7: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

7

O‘quvchilar tafakkurini o‘stirish, o‘quv-biluv jarayonini ijodiy tashkil etish

va faollashtirish muammosi A.G‘ulomov, M.Haqberdiyev, T.Ziyodova,

S.Yaminova, M.Saidov, B.Adizov, Ya.Raxmonov tadqiqotlarida atroflicha yoritib

berilgan.

Q.Yo‘ldoshev tadqiqotida adabiyot darslarini pedagogik hamkorlik asosida

tashkil etish yo‘llari ishlab chiqilgan.

M.Maxmutov, V.Okon, R.Ibragimovlar esa ta’lim jarayonida muammoli

vaziyatlar yaratish va shu asosda o‘quvchilar o‘quv-biluv faoliyati samaradorligini

oshirish yo‘llarini tadqiq etishgan.

Mustaqil ishlar va uning o‘quvchilar o‘quv-biluv faoliyatiga va tafakkuriga

ta’siri jarayoni O.Roziqov, R.Mallayev, A.G‘ulomov, T.Niyozmetova,

N.Sattorova, S.Matchonov, L.Mirdjalalova, Y.Raxmonovlar tomonidan tadqiq

qilingan.

Ta’lim jarayonini o‘yinlar asosida tashkil etish muammosini R.Tolipova,

J.Tolipova, A.Bobomurodova, F.Qodirovalar tadqiqotlarida ko‘rish mumkin.

A.Choriyev mustaqil fikrlash faoliyatini shaxs mustaqilligining asosiy

komponenti sifatida falsafiy jihatdan tahlil qilgan.

Tafakkurning psixologik asoslarini E.G‘oziyev, V.Karimova,

Z.Nishonovalar o‘z tadqiqotlarida ochib berganlar.

Tadqiqotlar tahlilidan ko‘rinib turibdiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini

mustaqil fikrlashga o‘rgatish vositalari alohida-alohida tarzda tadqiq etilgan.

Shu bilan birga, boshlang‘ich ta’limni samaradorligini oshirish va barkamol

shaxsni shakllantirish maqsadida o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini

rivojlantirishga innovatsion yondashuvning yaxlit tizimi ishlab chiqilmagan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, biz ilmiy magistirilik dissertatsiya mavzusini

«Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda

innovatsion yondashuv» deb nomladik.

Tadqiqot obyekti: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobliyatini

rivojlantirish jarayoni.

Page 8: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

8

Tadqiqot predmeti: Innovatsion yondashuv asosida boshlang‘ich sinf

o‘quvchilarida fikrlash qobliyatini rivojlantirishning mazmuni, imkoniyatlari, usul

va metodlari.

Tadqiqotning maqsadi: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini

rivojlantirishda innovatsion yondashuv asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqotning vazifalari:

- milliy ma’naviy merosimiz hamda ilmiy-metodik asarlar tahlili,

boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ko‘p yillik ijodiy tajribalarini o‘rganish, tahlil

qilish asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatishning

ilmiy va amaliy asoslarini aniqlash;

- boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mustaqil fikrlash mohiyati hamda

bosqichlarini tashxis qilish va ilmiy asoslash;

- boshlang‘ich ta’lim jarayonida «fikrlash qobliyatini rivojlantirish»

tushunchasi mazmunini yoritish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish;

- boshlang‘ich sinf o‘quvchilar fikrlash qobliyatini rivojlantirishning

mazmuni va uni egallashning shart-sharoitlarini aniqlash;

- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobliyatini rivojlantirishning

samarali tizimini ishlab chiqish va tajriba davomida isbotlash;

- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash qobliyatini rivojlantirishga doir

tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqot farazi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini

rivojlantirishda quyidagilarga amal qilinsa:

- darsda o‘quvchining mustaqil fikrlashi uchun zaruriy sharoitlar yaratilsa;

- har bir darsda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatadigan didaktik

o‘yinlar, mashqlar va topshiriqlardan izchil foydalanilsa;

- ta’lim jarayonida mustaqil ishlarni izchil va muntazam o‘tkazib borilsa;

- bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘qituvchi tomonidan muammoli

vaziyatlar yaratilsa, mazkur muammolarni o‘quvchilarning o‘zlari hal etishlari

uchun imkon berilsa;

Page 9: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

9

- o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatida «subyekt-subyekt» munosabati

o‘rnatilsa, muvaffaqiyatga erishish mumkin.

Tadqiqotning metodologik asoslari. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar

tayyorlash Milliy dasturi”, Davlat ta’lim standartlari; O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining nutq va asarlarida bayon etilgan mazkur mavzuga oid qarash hamda

yondashuvlar; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, Xalq ta’limi

vazirliklarining qarorlari, buyruqlari, boshlang‘ich ta’lim va pedagogika fani

konsepsiyalari; faylasuf, psixolog, pedagog va metodistlar e’tirof etgan shaxsning

aqliy tafakkurini rivojlantirish haqidagi ruhshunoslik va falsafa qonuniyatlari,

milliy istiqlol g‘oyasi va pedagogik texnologiya muammolari.

Tadqiqot metodlari: nazariy tahlil, o‘quv jarayonini pedagogik kuzatish, anketa,

savol-javob, suhbat, so‘rovnoma, test, matematik-statistik tahlil, pedagogik

eksperiment va boshqalar.

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati:

To‘plangan tajriba materiallarini tahlil qilish asosida innovatsion pedagogik

texnologiyalardan foydalanish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash

qobliyatini oshirishda ta’lim jarayonining roli belgilanadi.

Tadqiqot natijasida boshlang‘ich sinfning o‘quv faoliyatini

texnologiyalashtirishga oid ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar dars

jarayonining samaradorligiga xizmat qiladi hamda ushbu tavsiyalardan bo‘lajak

boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari foydalanishlari mumkin.

Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi:

– boshlang‘ich sinflarning o‘quv predmetlari bo‘yicha o‘quvchilar bilimining

mavjud holati tavsifi va o‘quvchilarning fikrlash faoliyatiga salbiy ta’sir

etayotgan omillarni aniqlash;

– boshlang‘ich sinf o‘quv darslarida muammoli-izlanish metodi orqali

o‘quvchilarning fikrlash qobliyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berish;

– boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash qobliyatini rivojlantirishda

o‘quvchilarning yosh xususiyati va bilim saviyasiga mos holdagi innovatsion

pedagogik texnologiyalarni joriy etish;

Page 10: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

10

Tajriba-sinov maydonchasi. Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi

118-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinflari.

Tadqiqotni amalga oshirish bosqichlari:

Tadqiqot 2 yil (2012-2014-yillar) mobaynida quyidagi 3 bosqichda amalga

oshirildi:

1 – bosqich. (2012-yil noyabr - 2013-yil yanvar). Tadqiqot mavzusiga oid

adabiyotlar, dissertatsiyalar va avtoreferatlar, magistrlik dissertatsiyalari o‘rganilib,

tahlil qilindi hamda boshlang‘ich sinf tabiatshunoslik darslarida ilg‘or pedagogik

texnologiyalardan foydalanish tajribasi o‘rganildi.

2 – bosqich. (2013-yil mart, may). Bu bosqichda o‘quvchilar fikrlash qobiliyati

bo‘yicha andozasi ishlab chiqildi, tadqiqotning farazi ham ilgari surildi. Mavzuga

oid adabiyotlar tahlil qilindi va innovatsion pedagogik texnologiyalar orqali

o‘qitish tajribasi davom ettirildi.

3 – bosqich. (2013-yil noyabr - 2014-yil mart). Innovatsion pedagogik

texnologiyalar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini fanlarga qiziqtirish orqali

fikrlash qobliyatini rivojlantirish ish bo‘yicha eksperiment sinovdan o‘tkazildi va

natijalari tahlil qilindi.

Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi. Ushbu magistrlik dissertatsiyasi

kirish, 3 bob, 8 fasl, har bir bob bo‘yicha xulosa, umumiy xulosa, foydalanilgan

adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.

Page 11: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

11

I-BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA FIKRLASH

QOBLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlashini rivojlantirish pedagogik

muammo sifatida

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish

malakalarini, mustaqil ravishda muammolarni hal qila bilish ko‘nikmasini

shakllantirish ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Modomiki,

shunday ekan, ta’lim jarayonini shunday tashkil etish kerakki, toki o‘quvchilar

bilim olish bilan birgalikda, ta’lim jarayonining obyekti bo‘lib qolmasdan, ta’lim

jarayonida o‘qituvchining teng hamkoriga aylansin va mustaqil fikrlay olish

malakasini ham egallay borsin.

Hayot jumboqlarini, tabiat tug‘dirgan muammolarni o‘rganish, ularga

tegishli javob topish istagi, yana ham to‘g‘rirog‘i, baxt-saodatga erishish

muammosi, insonning o‘zini va olamni bilishga bo‘lgan qiziqishi asrlar mobaynida

fikrlashga, o‘z fikrlarini mantiqiy asoslashga da’vat qilib keladi. Sharq allomalari

asarlarida bu muammoga alohida to‘xtalib o‘tilgani bejiz emas. Zero, mustaqil,

ongli faoliyat yuritadigan insongina o‘z xalqi, Vatani, ota-onasi oldidagi burchini

uddalay oladi va har qanaqa yot ta’sirlarga berilib ketmaydi, inson degan ulug‘

nomga munosib ish ko‘radi. Sharq va G‘arb olimlari bu muammoni o‘zlari yashab

o‘tgan davr ijtimoiy muhitidan kelib chiqqan holda yechishga harakat qilganlar.

Inson tafakkurining beqiyos kengliklari xususida «Qur’oni Karim» va

«Avesto»da diniy asosda talqin qilingan bo‘lsa, o‘rta asrlarda yashab ijod etgan

Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy kabi qomusiy olimlar ilmiy-badiiy usulda

talqin qilganlar. So‘nggi davrlarga mansub olimlarning asarlarida esa ilmiylik

uslubi ustunlik qiladi.

Muammoning ildiziga teranroq nazar tashlash uchun, avvalo, «mustaqil»,

«mustaqillik» so‘zlarining lug‘aviy ma’nosiga to‘xtab o‘tish joiz. «O‘zbek tilining

izohli lug‘ati»da «mustaqil» so‘zi - «ixtiyori o‘zida bo‘lgan, tobe, qaram

bo‘lmagan» degan ma’noni anglatishi yozilgan. Shunga ko‘ra mustaqil fikrni

Page 12: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

12

birovga tobe bo‘lmagan, hech qanaqa yot fikrlarga, o‘zgalar fikriga qaram

bo‘lmagan holdagi ong mahsuli deyish mumkin5.

Ilmga bo‘lgan munosabat islom ta’limotida toat-ibodatdan ko‘ra yuqori o‘rin

tutadi. Buni «Bir soat ilm o‘rganish bir kechalik ibodatdan yaxshi, bir kunlik esa

uch oy tutilgan nafl ro‘zadan afzaldir» deyilgan hadislardan ham bilib olishimiz

mumkin.

Ma’lumki, islom ta’limotida «itoatgo‘ylik», avvalambor, Ollohga, o‘zidan

kattalarga, ota-ona va ustozga tik qaramaslik, hurmatini joyiga qo‘yish va qilgan

nasihatlariga amal qilish axloq-odob me’yorlaridan hisoblanadi. Chor istibdodi va

qizil imperiya davrida bunday itoatkorlik «buyuk og‘alarimiz»ga itoat ettirish

uchun qurol vazifasini o‘tadi. Ana shu ruh ta’lim-tarbiya sohasida ham

hukmronlik qildi.

Aslida esa itoatkorlik Olloh va uning Rasuli buyurgan amallarni bajarish,

o‘gitlariga amal qilish, makruh va harom deb ko‘rsatilgan amallardan o‘zni

tiyishdir.

Inson, asli, Olloh tomonidan yaratilgan paytidan erkindir. Insonning ozod va

erkinligi shunchalikki, hatto uning imon va e’tiqodi Olloh tomonidan majbur

qilinmaydi. Bu haqda Qur’oni Karimning «Shuaro» surasi 4-oyatida «... zero

iymon-ishonch nochor-noilojlikdan emas, balki qalb qanoati bilan ixtiyoriy

bo‘lishi lozimdir» deyilgan.

Islom ta’limotida ilm o‘rgatuvchi va o‘rganuvchilarga nisbatan bir qancha

didaktik talablar qo‘yiladi. Ulardan biri «biror ta’limiy yoki tarbiyaviy masalani

o‘rtaga tashlab, muhokama va munozara yo‘li bilan o‘rgatish» g‘oyasidir.

Mustaqil mushohada yuritish inson hayoti va faoliyatida muhim omil

ekanligini Roziy Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyning «Kitob tib ar-Ruhoniy»

asarida ham uchratish mumkin. U mustaqil fikrlay olish qobiliyati va uning hayotiy

mohiyati xususida shunday deb yozadi: «Nafaqat o‘qish, balki o‘qiganini

5 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – M.: 2006-y. 2-tom, 652-bet.

Page 13: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

13

muhokama qila olish, o‘qiganini ba’zi hollarda tatbiq qila olish qobiliyatigina

tabibni tabib qiladi».

Roziy asarlarida inson bilan hayvon o‘rtasidagi farq ham fikrlash uchun

berilgan aqlda ekanligi haqida fikr yuritiladi: «... Bizga foydali bo‘lgan ishlarda

o‘zimiz hukm yurita olishimiz uchun bizga hayvonlarga nisbatan ustunlik aql bilan

berilgandir».

Xuddi shunday dunyoqarash Yaqin va O‘rta Sharqdagi ilg‘or pedagogik

ta’limotning asoschisi Abu Nasr Forobiy asarlarida ham mavjuddir. U bilim

o‘zlashtirish jarayoni haqida shunday deydi: «Inson bilimlarni aql va sezish

organlari orqali qo‘lga kiritadi ... seziluvchi obrazlar his etish orqali, aqliy obrazlar

esa seziluvchi obrazlar orqali bilinadi6 ... »

Forobiy asarlarida didaktika masalalari, ta’limning nazariy muammolari,

bilimlarni egallash va fikrlashning falsafiy, fiziologik va psixologik asoslari haqida

ham to‘xtalib o‘tilgan. U obyekt va subyektning o‘zaro aloqasi, shaxsda kechuvchi

murakkab fiziologik-psixik jarayonlar va shaxsning boy ma’naviy olamiga katta

e’tibor qaratadi. Jumladan, olimning fikricha, inson ma’naviyatining oliy pog‘onasi

ruh, aql va tafakkur bo‘lib, ular insonning bilish faoliyatiga xos bo‘lgan o‘ziga xos

shakllarda namoyon bo‘ladi.

Forobiy insonni mavjudotning eng buyuk va yetuk mahsuli deb ataydi. U

o‘zining ongi, aqli, sezish organlari orqali olamni har tomonlama o‘rganish

qobiliyatiga egadir. Inson aqli yordamida butun mavjudotning mohiyatini

tushunadi. «Aql, - deydi u, - jismlarni bunday xislatlardan xoli holda tekshirganda

u faqat jismlarning mohiyati nimadan iborat ekanligini va sezgilardan nimalar

mavhumlashtirganini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Jismni u bilan bog‘liq bo‘lgan

belgilardan ajratib oluvchi aql faoliyati shu jismning faqat mohiyatini tekshirish

uchun amalga oshiriladi» .

Forobiyning fikricha, insonning tanasi, miyasi, sezgi organlari tug‘ilishda

mavjud, lekin aqliy bilimi, ma’naviyati, ruhi, intellektual va axloqiy xislatlari,

6 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993-y. – 224 b. 185-

bet

Page 14: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

14

xarakteri, urf-odatlari, ma’lumoti tashqi muhit, boshqalar bilan muloqotda vujudga

keladi. Insonning aqli, fikri ruhiy yuksalishning eng yetuk mahsuli bo‘ladi.

Forobiy «Aql to‘g‘risida»gi risolasida axloqli kishining «o‘n ikki tug‘ma

xislati»ni ta’riflar ekan, insonning fikrlash xususiyatiga alohida ahamiyat beradi.

Uning fikricha, aql-zakovatli inson barcha masala yuzasidan o‘tkaziladigan

muhokama va mulohazani tez va to‘g‘ri tushunadigan, uning ma’nosini anglab

so‘zlovchining maqsadi va aytilgan fikrining chinligini tezda payqay oladigan,

xotirasi juda baquvvat bo‘lib, ko‘rgan, eshitgan, sezgan narsalarining birontasini

ham esidan chiqarmay, yodida saqlab qoladigan, zehni biror narsaning alomatini

sezishi bilan, bu alomat nimani anglatishini tezda bilib oladigan, fikri va aytmoqchi

bo‘lgan mulohazalarini ravon bayon eta oladigan, bilimlarni osonlik bilan

o‘zlashtira oladigan bo‘lishini alohida ta’kidlaydi7.

Buyuk Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino nafaqat tibbiyot olamidagi

kashfiyotlari bilan, balki ta’lim va tarbiya sohasidagi asarlari bilan ham milliy

pedagogika tarixida muhim o‘rin tutadi. U «Tadbiri manozil» («Bolani maktabda

o‘qitish va tarbiyalash») asarida o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini yaxshilash,

bilim berish jarayonining samaradorligini oshirishda o‘quvchilarni birga o‘qitish

zarurligiga diqqat qaratadi. Bunda o‘quvchi zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish

yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi

rivojlanadi. Shu asosda o‘quvchilar o‘qigan kitoblari, fikr-mulohazalari,

kattalardan eshitgan fikrlari bilan o‘rtoqlashadilar va ana shu jarayonda ularning

fikrlash darajasi shakllana boradi.

Ibn Sino suhbatdoshiga hurmat bilan yondashish haqida to‘xtalib, shunday

deydi: «Sening fikring (bolaning) yuragiga yetib borib, unga o‘ylab, fikr yuritib

ko‘rishga imkon bersin... Agarda sening suhbatdoshing yoki do‘sting sening

7 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993-y. –

224 b. 185-bet

Page 15: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

15

so‘zlaringga va nasihatlaringga e’tibor bermayotganini sezsang, suhbatni boshqa

vaqtga ko‘chir» 8

Ibn Sino insonning fikrlash qobiliyatiga, xayol-xotirasi va iroda sifatlariga

yuqori baho beradi. Tafakkurning kuchi shundaki, uning yordamida voqea va

hodisalarni bir-biriga chog‘ishtirib, abstraksiyalash bilan haqiqatni yolg‘ondan

ajratish mumkin, xotira yordamida esa idrok qilingan narsa va hodisalar kishi

ongida mustahkam saqlanib qoladi va idrok qilingan bir obyektni ikkinchisidan

ajratishga yordam beradi. Xayol kishi ongida obyektiv voqelikning aks

ettirilishidir, degan fikrlarni bayon qiladi.

Kaykovus ilmiy asarlar mutolaasidan olingan bilimlar nechog‘lik haq

bo‘lmasin, hayotda o‘z fikriga tayanib mustaqil ish ko‘rish lozim bo‘lgan

vaziyatlar ham bo‘lishi mumkinligini o‘g‘liga nasihat tarzidagi «Qobusnoma»

asarida yozadi: «Ey farzand, bilgilki, barcha hukmni kitob bo‘yicha qilmasdan, o‘z

fikrlari bilan ham hukm qilurlar va bunday tadbirlar bilan ham ishni bilib olurlar».

Buyuk qomusiy olim, faylasuf va pedagog Abu Rayhon Beruniy ham

bilimlarning hosil bo‘lishida aql, fikr, sezgilarining o‘rni haqida so‘z yuritar ekan,

shunday deb yozadi: «Faqat sezgi orqali, sezgi organlari yordamida o‘zlashtirilgan

bilimlar xatolarga olib kelishi mumkin. Agar inson sezgilardan fikrlash va xulosa

chiqarish yordamida foydalansa, ana shu sezgilar yordamida idrok qilinadigan

narsalarni o‘rganishda juda katta yutuqlarga erishmog‘i mumkin... Istaklarga

mehnat tufayli erishiladi». Olimning fikricha, faqat eshitilgan, ko‘rilgan yoki

umuman sezgi organlari orqali qabul qilingan ma’lumotlar shundayligicha idrok

qilinmasdan, balki aql chig‘irig‘idan o‘tkazilsa va tegishli xulosalar chiqarilsa, ana

shu bilimgina haqiqiy va mustahkam bo‘ladi.

Beruniyning ilmiy merosida tabiatni o‘rganish va bilishning ilmiy metodiga

ham katta o‘rin ajratilgan. Beruniy ilmiy metodining xarakterli xususiyatlari

obyektivlik va oqilona yondashuv, kuzatish, tajribalar, og‘zaki va yozma

yodgorliklarni o‘rganish, dalillarga tanqidiy yondashuv, ularni aqliy xulosalar

8 Ziyomuhammadov B. Pedagogika. (Oliy o‘quv yurtlari uchun qo‘llanma). – T.: “Turon-Iqbol”, 2006-y. – 112 b. 13-

bet. 11-12 betlar.

Page 16: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

16

shaklida mantiqiy umumlashtirish va haqiqatni aniqlash maqsadida qiyoslashdan

iboratdir.

Buyuk olim ta’limning izchil, ko‘rgazmali, maqsadga qaratilgan bo‘lishi va

muayyan tizim bo‘yicha olib borilishi zarurligini, ko‘rgazmalilik ta’limni ancha

qulay, aniq va qiziqarli qilishi va tafakkurni rivojlantirishini alohida ta’kidlaydi.

G‘azal mulkining sultoni, ma’rifatparvar davlat arbobi Alisher Navoiy

asarlarida ham insonning o‘z fikri, dunyoqarashiga ega bo‘lishi, bilim olishi va

olgan bilimlarini hayotda qo‘llay bilishda inson tafakkurining o‘rni katta

ekanligiga alohida ahamiyat beriladi. Shoir «Mahbub-ul-qulub» asarida bilim olib

mustaqil mushohada yurita olmaydigan insonni «ustiga kitob ortilgan eshak»ka

qiyoslaydi va «nodon» deb ataydi9.

Ma’rifatparvar olim Abdulla Avloniy o‘zining «Turkiy guliston yoxud

axloq» asarida badan tarbiyasi bilan bir qatorda fikr tarbiyasiga ham alohida

ahamiyat beradi. Uning ta’kidlashicha, fikr tarbiyasi «muallimning yordamiga

so‘ng darajada muhtojdir» va inson hayotida muhim ahamiyatga ega.

Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa,

Xanjar olmosdan bo‘lur o‘tkur.

Fikrning oynasi olursa zang,

Ruhi ravshan zamir o‘lur benur

XX asrning so‘nggi o‘n yili o‘zbek xalqi ijtimoiy hayotida, ongida tub

burilishlar davri bo‘ldi. Qisqagina vaqtda millatning olamni, voqelikni anglash,

idrok etish va tushuntirish tarzida jiddiy sifat o‘zgarishlari yuz berdi. Bu o‘zbek

xalqining o‘zligiga qaytganligi, millat tafakkurining sog‘lomlashganligini

ko‘rsatadi.

Ana shu ijobiy o‘zgarishlar milliy pedagogikamizda ham o‘z aksini topdi.

Endilikda milliy pedagogikamizning maqsadi bilim berish va mutaxassis

tayyorlash asosiy niyati bo‘lgan mustabid tuzum pedagogikasidan farqli o‘laroq,

barkamol shaxs tarbiyasiga qaratilgan. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar

9 Зуннунов А. Педагогика тарихи. Олий ўқув юрти учун дарслик. – Тошкент: Шарқ, 2000.

Page 17: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

17

tayyorlash milliy dasturi» ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarga kishilarning

demokratik jamiyatda erkin va mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalanishi

lozimligini ko‘rsatib o‘tdi.

Pedagogika fanlari doktori Q.Yo‘ldoshev esa milliy tarbiyashunoslikda

samara keltiruvchi faoliyat bu - pedagogik hamkorlik, ya’ni o‘qituvchi va

o‘quvchining birgalikdagi faoliyati, deb ko‘rsatadi. «Endilikda pedagogika

fanining asosiy e’tibori tarbiyalanuvchini faollashtirishga, uni pedagogik

jarayonning ishtirokchisiga, tarbiyachining sherigi yoxud hamkoriga aylantirish

yo‘lini tadqiq etishga qaratilgan».

Yangilanayotgan pedagogika o‘qituvchi o‘quvchi oldida obro‘ga ega

bo‘lishi lozimligini tan oladi. Ammo obro‘ga zo‘ravonlik, taqiq va tazyiq bilan

erishib bo‘lmaydi. Obro‘ni qozonish kerak.

Yevropa pedagog va psixologlari o‘rtasida ham «mustaqil fikrlash»

tushunchasi juda ko‘p tortishuvlarga sabab bo‘lgan muammolardan biridir.

Pedagogik-psixologik adabiyotlarda ta’lim jarayonining samaradorligini

oshirishning asosiy shartlaridan biri o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini tashkil

etish deyiladi.

Demokratik pedagogikaning asoschisi, mashhur chex pedagogi Yan Amos

Komenskiy ilg‘or fikrlari bilan zamonasining sxolastikaga asoslangan o‘qitishning

dogmatik usuliga qarshi chiqib, insonning hissiy bilishdan aqliy bilishga

borishigacha bo‘lgan yo‘ldagi ma’rifatning o‘rnini ilmiy asoslab berdi.

Ulug‘ olim o‘zining «Buyuk didaktika» asarida insonning bilim olish uchun

uning butun yoshlik davri, 24 yoshgacha bo‘lgan umri sarflanadi, deydi. Shu

davrni to‘rt qismga ajratib, har bir davr o‘ziga mos maktab bo‘lishi lozimligini

ko‘rsatadi. «Avvalo, -deydi u,- tashqi sezgilar vositasi bilan narsalarning o‘zlari

bilib olinadi, chunki narsalar bevosita sezgilarga ta’sir etadi. So‘ngra, o‘z

navbatida, ichki sezgilar harakatga kelib, tashqi sezgilar yordamida bilib olingan

narsalarning in’ikosini o‘zida aks ettiradi, mujassamlashtiradi va xotira yordamida,

shuningdek, qo‘l harakatlari va nutq yordamida ifodalaydi. Shundan so‘ng aql

ishga kirishadi va batafsil fikr yuritib, hamma buyumlarning o‘zaro

Page 18: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

18

munosabatlarini puxta o‘rganish uchun ularning barchasini o‘lchab, taqqoslab

ko‘radi. Bu esa narsalarni va ular haqidagi fikrlarni to‘g‘ri tushunib olishga imkon

beradi. Nihoyat bularning barchasida iroda o‘zining qonuniy kuchini ko‘rsatishi

lozim. Chunki iroda insonning barcha harakatlarini birlashtiradi va boshqaradi»10

Demak, olim sezgilardan boshlanadigan bilish bosqichlarini ko‘rsatib berar

ekan, aqlning mustaqil fikrlashni yo‘lga qo‘yishini va shuning natijasidagina

to‘g‘ri fikrlarning tushunib olinishini ko‘rsatib beradi.

Faylasuf olim A.Choriev «mustaqil shaxs» tushunchasini falsafiy jihatdan

tahlil qilar ekan, u o‘zida uchta komponentni: mustaqil fikrlashni, mustaqil

ishlashni, mustaqil yashashni o‘zida mujassamlashtirishini ta’kidlab o‘tadi va

mustaqil fikrlashni asosiy komponent sifatida inson faoliyatiga ta’siri haqida

shunday deydi: « ... shaxs mustaqilligi, eng avvalo, uning fikrlash tarziga, fikr-

mulohaza yuritish quvvatiga bog‘liq bo‘ladi. Xuddi shu qobiliyat tufayli inson o‘zi

ko‘rgan, bilgan, eshitgan, atrofida sodir bo‘layotgan hodisalar, voqealar,

jarayonlarning mohiyatini, ularning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, chin yoki yolg‘onligini

aniqlaydi. Aniqroq qilib aytganimizda, inson xuddi shu qobiliyati tufayli kundalik

turmushimizda vujudga kelgan muammolar yechimini topadi».

Kuzatishlarga qaraganda, mustaqil fikrlash, avvalambor, yangi savol, yangi

muammoni ko‘ra bilish va qo‘ya bilish, so‘ngra uni o‘z kuchi bilan hal qilishda

namoyon bo‘ladi. Boshqacha aytganda, mustaqil fikrlash o‘quvchilarning shunday

faoliyatiki, unda o‘quvchilar maksimal faollik, ijodkorlik, mustaqil hukm chiqarish

va tashabbuskorlikni namoyon qiladilar. Natijada ular shu jarayonda:

- bilimlarni mustaqil ravishda yangi vaziyatda qo‘llash;

- mavzularni o‘rganish davomida yangi muammoni ko‘ra bilish;

- bir muammoning bir nechta (alternativ) yechimlari bo‘lishi mumkinligini

anglash;

- avval ma’lum bo‘lgan muammolarni hal qilish usullarini kombinatsiyalash;

- muammoni hal qilishning original usullarini topa bilish malaka-larini

egallay boradilar.

10Ochilov M. Muallim – qalb me’mori. Saylanma. – T.: “O‘qituvchi” nashriyoti, 2001-y. – 432 b. 290-bet

Page 19: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

19

Yuqorida sanab o‘tilgan va boshqa shu kabi ishlarni bajarish davomida

o‘quvchi faoliyatida ongli mustaqillik darajasi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

bilish, fikrlash, eslab qolish yoki ma’lum tushunchalar asosida yangi faktlar,

hodisalar, voqealarni keltirish.

Ish mazmuniga ko‘ra o‘xshash topshiriqlarni bajarishdagi o‘quvchi

harakatlari mustaqil bo‘lmaydi, chunki ular namuna asosida bajariladi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tili darslaridagi faoliyati ham

elementar darajada bo‘ladi. Negaki u oddiy qayta ishlash ko‘rinishida tayanch

tushunchalar asosidagi harakatlari fikrlash tarziga kam ta’sir o‘tkazadi.

Tafakkurning yetarli darajada rivojlanmasligi, M.Saidov ta’kidlaganidek,

«o‘quvchi faoliyatida tez-tez duch keladigan so‘z qashshoqligi, fikrni mantiqan

bayon qila olmaslik, fikrni mustaqil izchillikda bera olmaslik, bayon qilinishi

lozim bo‘lgan fikrlarni mantiqiy bo‘laklarga ajrata olmaslik, mavzu talabidan

chetga chiqishi» ga olib keladi. Bu esa masalaning g‘oyatda muhimligini

ko‘rsatadi.

Z.Nishonova esa mustaqil fikr rivojlanganligining mezonlari sifatida

quyidagilarni ko‘rsatib o‘tadi:

1. O‘zining va «o‘zgalarning» fikrini tanqidiy baholashda shaxsning

tajribasi, o‘zga shaxsning fikrini tushunish qobiliyati, uning fikridagi mantiqni

tushunish, suhbatdoshning fikrlarini o‘z fikrlari bilan taqqoslay olish va ma’lum

xulosaga kelish;

2. Shaxsning fikr mazmuni bilan tashqi va ichki kelishuv;

3. Qarama-qarshiliklarni his qila olish;

4. Tafakkurda nazariy va amaliy umumlashtirishning nisbati;

5. Diqqatda namoyon bo‘ladigan aqliy funksiyalarning ixtiyoriy

boshqarilishi;

6. Aqliy tashabbuskorlikning rivojlanish darajasi.

Psixologiya fanlari doktori E.G‘oziev va pedagogika fanlari doktori

J.Ikromovalar mustaqil fikrlash jarayoni va uning komillikka ta’sirini tahlil qilar

Page 20: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

20

ekanlar, mustaqil fikr yuritish harakatini quyidagi bosqichlardan tashkil topishi

mumkinligini ta’kidlab o‘tadilar:

1. Muammoning paydo bo‘lishi.

2. Masala, muammo, topshiriq mohiyatini anglash.

3. O‘xshash ma’lumotlar yoki obrazlarning vujudga kelishi.

4. Tasavvur va xotira materiallarining kamayishi, taxminlar (farazlar)ning

tug‘ilishi.

5. Taxminlarni tekshirish yoki ularning haqqoniyligini tasdiqlash.

6. Yangi taxmin (faraz)ning yuzaga kelishi.

7. Farazlarni ikkilamchi tekshirish.

8. Masala, topshiriq, muammo yechimini topish (hal qilish).

9. Ixtiyorsiz aqliy hatti-harakatlar davom etishi (fikrlashning nisbiy

davomiyligi) va hokazo.

O‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish uzluksiz ta’lim tizimi oldidagi

shaxs tarbiyasi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishning zarur shartlaridan biridir.

Inson o‘z xatti-harakatlari, faoliyati davomida qay darajada mustaqil fikrli bo‘lsa,

shu qadar tushunchasi keng, aql-idroki yuksak hisoblanadi. Fikr nutq orqali ifoda

etilishi nazarda tutilsa, ona tili ta’limi oldida nechog‘li mas’uliyatli vazifani hal

qilish masalasi turganini anglash qiyin emas.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish

mezonlari sifatida biz quyidagilarni ko‘rsatishimiz mumkin:

1) o‘rganilayotgan materialni mustaqil tahlil qila bilish;

2) muammoni hal eta bilish;

3) hodisa va jarayonlardagi belgilarni taqqoslash, umumlashtirish,

umumlashma xulosalar chiqarish;

4) o‘z fikri va tushunchasini mantiqiy dalillash, fikrlarni ravon ifodalash;

5) o‘zlashtirilgan bilimlarni amalda qo‘llay bilish.

O‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga o‘rgatish jamiyat

hayotida tub burilishlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrda, ayniqsa dolzarb

ahamiyat kasb etadi. Negaki mamlakatimizda yuksak e’tiqodli, mustaqil fikrli,

Page 21: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

21

tashabbuskor, yuqori malakali mutaxassislarga har qachongidan ham katta ehtiyoj

bor.

O‘quvchilarning shaxslik sifatlarini tarkib toptirishda o‘quv predmetlarning o‘rni

beqiyos kattadir. Bu borada, ayniqsa, ona tili ta’limi zimmasiga katta mas’uliyat

tushadi.

O‘quvchilarni fikrlash qobliyatini rivojlantirish iqtidoriga ega bo‘lishi ularning

o‘quv-biluv ko‘nikma va malakalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra

o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da

belgilab qo‘yilgan ta’lim-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish talabiga to‘la mos

keladi.

O‘quvchilar bilish faoliyatini shakllantirishga bag‘ishlangan adabiyotlarning

nazariy tahlili va pedagog olimlarning qarashlari boshlang‘ich sinf

o‘kuvchilarining mustaqil fikrlash faoliyati mohiyatini tushunishda hozircha

yakdillik yo‘qligini ko‘rsatmoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mustaqil - bajariladigan ishga beriladigan yordam

miqdori yoki yordam mavjud emasligi nuqtai nazaridan faoliyat tavsifnomasidir.

O‘quvchilarning mustaqil faoliyati ijodning turli darajasi bilan kechishi mumkin.

Ammo o‘quvchilarning har qanaqa mustaqil faoliyati, albatta, o‘qituvchi

tomonidan tashkil etiladi: sharoit yaratiladi, ko‘rsatmalar beriladi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash qobliyatini rivojlantirishga

o‘rgatishning ilmiy-metodik asoslariga oid izlanishlar davomida o‘quvchilarning

fikrlash faoliyatida individual va tipik xususiyatlari mujassamlashadi, degan

xulosaga keldik.

Voqea va hodisalar inson ongida aks etar ekan, inson idrok qilgan va xotirasida

saqlab qolgan narsalarning barchasi uning uchun ma’lum ma’no va mohiyat kasb

etadi. Aks holda u eslab qololmaydi.

Shunga ko‘ra insonning dunyoni anglashi, tushunishi, unga ongli

munosabatda bo‘lish kabi bilish jarayonini tafakkur yuritish, fikrlash jarayoni

deyish mumkin. Fikrlash jarayonining psixologik asoslarini psixolog V.Karimova

tahlil qilgan. U: fikrlash inson miyasi faoliyatidir, – deb ko‘rsatadi va fikriy

Page 22: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

22

operatsiyalarni quyidagicha tahlil qiladi. Eng elementar harakatlarni

rejalashtirishdan tortib, murakkab muammolarni hal etishga qaratilgan

operatsiyalar ham hammasi miyada sodir bo‘ladi. Miya faoliyati bilan fikrlash

faoliyati o‘zaro uzviy bog‘liq.

Normal insonni fikrsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Har on, har daqiqada inson

miyasi qandaydir fikrlar bilan band bo‘ladi. Ularni tartibga solish, keragiga

qaratish, ichki yoki tashqi nutq vositasida uni yechish - fikrlash jarayonidir11.

Fikrlash jarayoni idrokdan farq qilib, narsalar va ularning xossalarini ular

yo‘q paytda ham aks ettirishga imkon beradi. Fikr yuritish jarayoni ma’lum bir

masala, muammo, jumboqni hal qilish kerak bo‘lganda yuzaga keladi.

Fikrlash jarayonida doimo bir narsa xususida kamida bitta yechimni berish

shart, aks holda u boshqa jarayonga - xayolga aylanib ketishi mumkin. Biror

muammo xususida miyada paydo bo‘lgan fikr yoki g‘oyada aniqlik yetishmagan

paytlarda odam xayolga cho‘madi. Xayol yangi obrazlar va taxminlarning

shakllanish jarayoni bo‘lsa, unga yaqin bo‘lgan yana bir tushuncha fantaziya -

xayolning borliqdan, haqiqatdan bir oz uzoqlashuvi jarayonidir. Muammo va

jumboqlar bizni fikrlashga majbur etadi. Ammo fikrlash fantaziyaga o‘tib

ketmasligi uchun fikrlashga majbur etadigan aniq ma’lumotlar berish lozim

bo‘ladi.

Tafakkur yoki fikrlashning quyidagi shakllari yoki mahsuli mavjuddir:

Tushuncha - tafakkurning shunday shakli yoki mahsuliki, u narsa va

hodisalarga xos bo‘lgan eng umumiy va xarakterli xususiyatlarni o‘zida aks

ettiradi. Ular umumiy va juz’iy, konkret yoki mavhum bo‘lishi mumkin.

Hukm - atrofdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi.

Hukmlar bizning nutqimizda har kuni juda ko‘p ishlatiladi va ular tabiatan turli

bog‘liqliklarni tasdiqlaydi yoki inkor qiladi, rost yoki yolg‘on bo‘ladi. Shaxsning

insoniyligi aslida u ishlatadigan iboralarning qanchalik mantiqqa, hayotiy

haqiqatlarga to‘g‘ri kelishi, asoslanganligi, dalillanganligi bilan baholanadi.

11 Кларин М.В. Педагогическая технология в учебном протсессе. – М.: “Знание”, 1989 г. С. 75.

Page 23: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

23

Xulosalar - mantiqiy tafakkurning yana bir shakli, mahsuli bo‘lib, ular

fikrlar, hukmlar va tushunchalar o‘rtasidagi bog‘lanishlardan yangi fikrlarni

keltirib chiqarishni nazarda tutadi.

Tahlil qilish, mavhumlashtirish, aniqlashtirish, taqqoslash, umumlashtirish

kabi operatsiyalar fikrlash jarayonini ta’minlaydi. Quyida ularning har biri ustida

chuqurroq to‘xtalib o‘tamiz.

Tahlil qilish - bu muammoni fikran qismlarga ajratib o‘rganishdir.

Umumlashtirish - alohida qismlarni yoki elementlarni fikran bir butunga

birlashtirishdir.

Ta’lim bosqichlarining murakkablashib borishi bilan o‘quvchilarda tahliliy

umumlashtirish darajasining oshishi kuzatiladi. Tahlil qilish sekin-asta

ko‘rgazmali-amaliylikdan (obyektlarni fikran bilish, mazkur obyektlar bilan amaliy

harakatlar jarayonida amalga oshirilayotganda) ko‘rgazmali (bilish obrazlar

yordamida amalga oshirilayotganda) va mantiqiy yakunga (bilish mavhum

tushuncha va mulohazalar shaklida amalga oshirilganda) tomon rivojalanadi.

Taqqoslash - o‘xshashliklar va tafovutlarni topish maqsadida bilish

obyektlarini qiyoslash demakdir. Bu operatsiya boshqa barcha asosiy fikriy

operatsiyalar asosida yotadi.

Mavhumlashtirish - bilish obyektidan bir xususiyatni ajratib olib, boshqasini

chiqarib tashlashdan iborat fikriy operatsiyadir. Bu xususiyatlar o‘rganilayotgan

predmet va hodisalarning «ichiga» kirishga imkon beradi.

Boshlang‘ich sinflardanoq o‘quvchilarning mavhumlashtirish qobiliyati

namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi rahbarligida ta’lim jarayonida bu qobiliyat

rivojlanadi, mavhumlashtirish shakli ham murakkablashadi - hissiy-

ko‘rgazmalilikdan fikr yuritishga o‘tiladi hamda tushunchaga aylanadi.

Aniqlashtirish - mavhumlashtirishga yaqin fikriy operatsiya bo‘lib, u

umumiydan xususiyga o‘tish, natijada uning turli xususiyat va belgilarini topish

orqali aniqlash sifatida namoyon bo‘ladi.

Muammoni o‘rganishda mavhumiylik va aniqlashtirish birligi o‘rnatiladi. Bu

birlik o‘zaro aloqaga fiziologik asos - ikkinchi signal tizimiga ega. Bilimni

Page 24: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

24

chinakam egallashga mavhum tushunchalar, dalillar aniqlashtirilgandagina

erishiladi.

Boshlang‘ich sinf ta’limi jarayonida fikrlash qobliyatini aniqlashtirish ikki

shaklda amalga oshiriladi:

1) hissiy - ko‘rgazmali vositalar (matnlar, rasmlar, jadvallar) yordamida;

2) so‘z orqali - mavhum shaklda (hikoya qilish, tushuntirish, maxsus

topshiriqlarni hal etish).

Mustaqil fikrlash esa shaxsning shunday fikrlash qobiliyatiki, bunday

fikrlash jarayonida inson narsa va hodisalar xususida o‘z qarashlariga ega bo‘ladi.

Fikrlash faoliyatiga aniqroq ta’rif beradigan bo‘lsak.

F i k r l a s h - bu inson sezgi organlari va aqliy faoliyatining birligi natijasi

o‘laroq, mustaqil ravishda tahlil qilish, umumlashtirish, induktiv va deduktiv

xulosalar chiqarish, taqqoslash, aniqlashtirish, mavhumlashtirish kabi fikriy

operatsiyalardan foydalangan holda amalga oshriladigan aqliy faoliyatdir12.

Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, fikrlash muammosi kecha yoki

bugun paydo bo‘lgan emas. U asrlar davomida ilm ahlining diqqat markazida, turli

bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan falsafiy, psixologik va pedagogik muammodir.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini fikrlash qobliyatini rivojlantirishda o‘quv

predmetlari katta imkoniyatlarga ega. Hozirgi kunda umumta’lim maktablarining

boshlang‘ich sinflarida o‘quvchilarining fikrlash darajalarini bir qancha tadqiqot

usullari yordamida aniqlashga harakat qildik. Tadqiqot natijalarini keyingi bandda

bayon qilamiz.

12 Nishonova Z.T. Oliy maktab psixologiyasi. Toshkеnt, 2003y.

Page 25: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

25

2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobliyatini rivojlanishining

mavjud holati

Ma’lumki, tadqiqotning asosiy maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining

fikrlash qobliyatini rivojlantrish malakalarini shakllantirishning ilg‘or usullarini

aniqlash, unga ta’sir qiluvchi omillarni ishlab chiqish, muammoga doir tajriba-

sinov natijalarini amaliyotga tavsiya qilishdir. Ilmiy-metodik tajribalar orqali

chiqarilgan xulosalar, ilgari surilgan g‘oyalar, metodik tavsiyalar, ta’lim

texnologiyalari ishlab chiqilgan tizimning samaradorligini belgilashda muhim

ahamiyat kasb etadi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish

darajalarini aniqlash maqsadida ilmiy izlanish usulidan foydalanildi. Bunda

umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflardan nazorat sinflari va

tajriba sinflarida ona tili darslari misolida kuzatildi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf

o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan suhbatlar uyushtirildi, anketa so‘rovlari va

o‘yin-topishmoqlar asosida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash darajasini

aniqlashga harakat qilindi.

Ilmiy tadqiqot Toshkent shahridagi 118-maktabida o‘tkazildi.

Ilmiy tajriba davomida jami 20 ta boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, 250 ta

o‘quvchi ishtirok etdi. Shularning 50 tasi 1-sinf, 50 tasi 2-sinf, 50 tasi 3-sinf va 100

tasi 4-sinf o‘quvchilaridir.

Ilmiy tadqiqot jarayonida suhbat, savol-javob, kuzatish, tajriba, anketa

so‘rovlari kabi ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalanildi.

2-4-sinflarda o‘quv yilining boshidan, 1-sinflarda alifbegacha davr

yakunlangach, oktabr oyidan boshlab kuzatish ishlari olib borildi.

Tajriba avvalida 2012-2013-o‘quv yilining boshida 43 soat dars kuzatildi.

O‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaysi davrdan boshlab

o‘rgatish mumkinligi to‘g‘risida tarqatilgan anketa so‘rovnomasiga (1-ilova)

quyidagicha javoblar olindi:

1. Maktabgacha tarbiya yoshidan - 8 kishi

2. Boshlang‘ich sinflardan -8 kishi

Page 26: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

26

3. Yuqori sinflardan -4 kishi

Ko‘rinib turibdiki, ko‘pgina o‘qituvchilar o‘quvchilarning mustaqil

fikrlashini asosan yuqori sinflardan boshlanadi, deb hisoblaydilar. Tabiiyki, bu

mustaqil fikrlash jarayoniga salbiy ta’sir o‘tkazadi.

Mustaqil fikrlashga o‘rgatish usullari borasidagi savolga o‘qituvchilar

javoblari quyidagicha bo‘ldi:

Muammoli izlanish usuli – 8 ta

Mustaqil ishlar – 7 ta

Didaktik o‘yinlar – 5 ta

O‘qituvchi va o‘quvchining erkin muloqoti – 10 ta

6 nafar o‘qituvchi yuqoridagi usullarning barchasidan foydalanish

lozimligini, 4 nafar o‘qituvchi esa ta’limning og‘zaki metodlaridan ham

foydalanish lozimligini ko‘rsatganlar.

O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish jarayoni unumli kechishi uchun

tegishli sharoit yaratish lozimligini ko‘pchilik (18 nafar) o‘qituvchi ta’kidlab

o‘tdilar. Ammo mustaqil ishlarga rahbarlik qilish borasidagi savolga 15 nafar

o‘qituvchi ko‘rsatmalar berib turishini aytdi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘qituvchilar

bilan muloqot jarayonida tortinib turishini (16 nafar) va o‘quvchilarining har bir

harakatini qattiqqo‘llik bilan nazorat qilishlarini (17 nafar) o‘qituvchilar aytib

o‘tdilar. Bu javoblardan ko‘rinib turibdiki, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning

mustaqil fikrlashi uchun sharoit yaratilmaydi.

O‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan anketa so‘rovlari natijasi tahlili ona tili

ta’limi jarayonida mustaqil fikrlashga o‘rgatish tizimi ishlab chiqilmaganligi

o‘quvchilar tafakkuriga salbiy ta’sir etayotganini ko‘rsatdi.

O‘qituvchilar fikrlashga o‘rgatishda mustaqil ishlar, didaktik o‘yinlar va

umuman ta’lim metodlarining faqat ayrim ko‘rinishlaridangina nomiga

foydalanadilar. Bu esa o‘quvchilar uchun ta’lim jarayonining zerikarli bo‘lishi

bilan birgalikda, ularning mustaqil fikrlashi uchun ham imkoniyat yaratmaydi.

Tajribaning birinchi bosqichida kuzatgan darslarimizning 31 tasi an’anaviy darslar

bo‘lib, ularda suhbat, hikoya, savol-javob kabi metodlardangina foydalanildi. 16

Page 27: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

27

soat kuzatilgan darsda didaktik o‘yinlarning bir nechta ko‘rinishlariga murojaat

qilindi, xolos. 12 soatlik dars davomida esa mustaqil ishlarning tarqatma

materiallar va test topshiriqlari kabi ko‘rinishlaridan foydalanildi.

O‘qituvchilarning metodik jihatdan yaxshi tayyor emasligi va o‘tilayotgan

darslaridagi bir xillik o‘quvchilarning mustaqil fikrlash darajasiga ham o‘z ta’sirini

o‘tkazgan. Bunga boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil fikrlash darajalarini

aniqlash jarayonida guvoh bo‘ldik.

1-sinf o‘quvchilari savollarga yozma javob bera olmasliklari sababli ularning

mustaqil fikr yuritish darajalarini suhbat asosida aniqlashga harakat qildik. Buning

uchun 1-sinf o‘quvchilariga tabiat manzaralari, turli fasllarda dala va bog‘larda

kishilar mehnati tasvirlangan 5 variantdagi suratlar yordamida mustaqil ravishda

hikoyalar tuzish vazifasi topshirildi. Tadqiqotning dastlabki bosqichida

o‘quvchilarning deyarli hammasi o‘qituvchidan yordam so‘rab murojaat qildilar.

Kuzatish natijalari asosida o‘quvchilar fikrlashi quyidagicha 3 darajada baholandi:

Yuqori daraja. Bunga o‘qituvchi bergan yo‘nalish asosida 4-5 gapdan iborat

hikoya tuza oladigan o‘quvchilar kiritildi. Ularning hikoyalaridagi gaplar o‘zaro

mantiqan bog‘lanishi va so‘zlarning o‘z o‘rnida ishlatilishiga alohida e’tibor

qaratildi (58 o‘quvchi).

O‘rta daraja. Bunga o‘qituvchi yordami asosida 1-2 gapdan iborat hikoya

tuza oladigan o‘quvchilar kiritildi. Ular tuzgan gaplarda 1-2 ta xatoga yo‘l

qo‘yilishi hisobga olindi (94 o‘quvchi).

Quyi daraja. Bunga o‘qituvchining bevosita yordami asosida deyarli

mantiqan bog‘lanmagan, gap tuzishda xatolarga yo‘l qo‘ygan o‘quvchilarning

hikoyalari kiritildi (129 o‘quvchi).

Suratlar asosida o‘tkazilgan suhbat jarayonida nazorat sinfidan 134 ta, tajriba

sinfidan 147 ta, jami 281 ta 1-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar. Birinchi bosqichda

tajriba natijalari quyidagicha bo‘ldi:

Page 28: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

28

1.2.1-jadval

1-sinf o‘quvchilari mustaqil fikrlash darajalari

Sinf

Yuqori daraja O‘rta daraja Quyi daraja

«A»

sinf

«B»

sinf

«A»

sinf

«B»

sinf

«A»

sinf

«B»

sinf

1-sinf o‘quvchilari 26 32 46 48 62 67

% hisobida 19,4 21,8 34,4 32,6 46,2 45,6

Tajribaning boshlang‘ich jarayonida 1-sinf o‘quvchilarining maktabga

endigina qadam qo‘yganligi hisobga olinadigan bo‘lsa, ularning bog‘chaga

qatnagan yoki qatnamaganligini ham unutmaslik zarur. Yuqori darajada

baholangan o‘quvchilarning 37 tasi, o‘rta darajada baholangan o‘quvchilarning 50

tasi, quyi darajada baholangan o‘quvchilarning 43 tasi bog‘chaga qatnaganligi aniq

bo‘ldi. Bundan kelib chiqadiki, bog‘cha bolalarining murabbiylar va o‘rtoqlari

bilan tinimsiz muloqoti, kundalik olib boriladigan mashg‘ulotlar bolalar nutqini,

lug‘at boyligini o‘stirishda, o‘z-o‘ziga ishonch va mustaqillikni shakllantirishda

muhim ahamiyatga ega.

Biz bu natijalar bilan, bolalar uyda yaxshi tarbiyalanmagan, demoqchi

emasmiz. Uyda ota-onalar bola tarbiyasi bilan yaxshi shug‘ullanadilar, ammo

maktabga tayyorlash, ularning so‘z boyliklarini oshirish yuzasidan maxsus

tayyorgarlik ko‘rilmasligidan ham ko‘z yummaslik kerak. Oilada tarbiyalangan

bolalarning tabiat hodisalari va undagi o‘zgarishlarga bo‘lgan qiziqishlari to‘la

qondirilmasligi, mustaqil fikrlash uchun sharoit yaratilmasligi hech kimga sir

emas.

Boshlang‘ich sinflar o‘quv dasturi va ta’lim standartlari asosida, darslikdan

tashqari test topshiriqlari orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlash darajalarini

aniqlashga harakat qildik. Bunda har bir to‘g‘ri va aniq, ijodiy yondashib berilgan

javob uchun 3 ball, ochiq testlardagi noaniq va ijodiy yondashmay berilgan javob

uchun 2 ball, ochiq testlardagi javoblar to‘liq bo‘lmasa, 1 ball, yopiq testlardagi

noto‘g‘ri javob uchun va ochiq testlarga javob umuman bo‘lmasa, 0 ball belgilandi.

Page 29: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

29

2-3-4-sinf o‘tkazilgan test so‘rovlari ham dastlabki bosqichda ularning

mustaqil fikrlay olish darajalarini aniqlashga qaratildi. Test topshiriqlari

o‘quvchilarning ona tili darslarida olgan bilimlarini darslik topshiriqlaridan

tashqari vazifalarni hal qilishda o‘qituvchining yordamisiz mustaqil holda amalda

qo‘llay olish darajalarini aniqlashga mo‘ljallangan edi. Test so‘rovlarida 2-sinfdan

jami 262 ta o‘quvchi, 3-sinfdan jami 278 ta o‘quvchi va 4-sinfdan jami 260 ta

o‘quvchi ishtirok etdilar va natijalar quyidagicha bo‘ldi:

1.2.2-jadval

Test so‘rovlari natijalari

Sinflar

Yuqori daraja O‘rta daraja Quyi daraja

«A» sinf «B»

sinf

«A»

sinf

«B»

sinf

«A»

sinf

«B»

sinf

2-sinflarda 35 36 47 51 44 49

% hisobida 27,8 26,4 37,3 37,6 34,9 36

3-sinflarda 36 35 57 55 47 48

% hisobida 25,7 25,4 40,7 39,8 33,6 34,8

4-sinflarda 31 27 53 49 50 50

% hisobida 23,2 21,4 39,5 38,8 37,3 39,8

O‘tkazilgan tajriba natijalaridan ko‘rinib turibdiki, o‘quvchilarning fikrlash

qobliyati talab darajasida emas. Buning sabablarini aniqlash maqsadida tajribaning

dastlabki bosqichida 1-sinflarda 10 soatlik, 2-sinflarda 9 soatlik, 3-sinflarda 11

soatlik, 4-sinfda 13 soatlik dars kuzatildi. Mazkur darslarning barchasi an’anaviy

turda bo‘lib, savol-javob, mashq bajarish, suhbat, hikoya metodlaridan, tarqatma

materialllardan foydalanildi. Lekin bu darslarda o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy

fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga e’tibor qaratilmadi.

Kuzatilgan darslar jarayonida muammoli-izlanish metodiga murojaat

qilinmadi. Hech bo‘lmaganda o‘quvchilar «Nima uchun?», «Siz nima deb

o‘ylaysiz?», «Sizning fikringiz qanday?» kabi savollarga tortilmadi. Darslarda

faqat o‘qituvchilarning fikri bilan kelishgan holda ish olib borildi.

Page 30: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

30

O‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan munosabatida «sub’ekt- sub’ekt» munosabati

o‘rnatilmadi. Darsda o‘quvchilarning faolligi ko‘zga tashlanmadi.

O‘qituvchilarning ijodkorlik darajasi talab darajasida emas. Ular darsni faqat bir

qolipda o‘tishga o‘rganib qolganlar.

Tajriba-sinov ishlari o‘tkazilgan sinflarda topishmoqlar asosida

o‘tkaziladigan o‘yin orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlash darajalarini

aniqlashga harakat qilindi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga javobi bir xil

bo‘lgan 3 ta topishmoq yoki ta’rif bilan murojaat qiladi. O‘quvchilar javob

varaqalariga «1-savol» deb yozadilar. Pastidan esa «1-javob», «2-javob», «3-

javob» deb yozadilar va har bir topishmoq (ta’rif) o‘qilgach, javoblarni javob

varaqalariga qayd qiladilar. Birinchi topishmoq (ta’rif) xiyla murakkab, ikkinchi

topishmoq (ta’rif) osonroq, uchinchi topishmoq (ta’rif) esa juda oson bo‘ladi.

Fikrlash qobiliyati rivojlangan ziyrak o‘quvchilar birinchi topishmoqdanoq to‘g‘ri

javobni topa oladilar va natijada uchta javobning ham bir xilligiga iqror bo‘ladilar.

Bu me’yor ancha real natijalarni olishga imkon yaratish bilan birgalikda ball

belgilashda ham qulayliklar tug‘diradi. Ya’ni birinchi topishmoq (ta’rif)danoq

to‘g‘ri javob topilsa 3 ball, ikkinchi topishmoq (ta’rif)dan to‘g‘ri javob topilsa 2

ball va nihoyat uchinchi urinishdagina to‘g‘ri javob topilsa 1 ball beriladi. Agar

umuman to‘g‘ri javob topilmasa 0 ball.

Tajriba-sinov jarayonida o‘quvchilarga 10 ta topishmoq-savol bilan murojaat

qilindi (5-ilova) va o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlari uchta daraja

bo‘yicha aniqlandi:

Yuqori daraja: 21-30 ball to‘plagan o‘quvchilar.

O‘rta daraja: 11-20 ball to‘plagan o‘quvchilar.

Quyi daraja: 10 va undan kam ball to‘plagan o‘quvchilar.

Bu me’yor asosida olingan natijalar quyidagicha bo‘ldi:

Page 31: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

31

1.2.3-jadval

O‘yin-topishmoqlar asosida olingan natijalar

Sinflar Yuqori daraja O‘rta daraja Quyi daraja

«A» sinf «B» sinf «A» sinf «B» sinf «A» sinf «B» sinf

2-sinf 33 32 44 50 49 54

% hisobida 26,2 24,2 35 36 38,8 39,8

3-sinf 32 31 53 50 55 57

% hisobida 22,8 22,4 37,8 36,3 39,4 41,3

4-sinf 29 28 51 44 54 54

% hisobida 21,7 22,3 38 34,9 40,3 42,8

Natijalardan ko‘rinib turibdiki, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil

fikrlashlari uchun qulay sharoit yaratilmagan.

Boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchining vazifasi o‘qish malakalarini

shakllantirish va ona tilidan elementar ma’lumot berish bilan bir qatorda

o‘quvchilarning mustaqil tafakkur yurita olish qobiliyatini o‘stirishdan ham

iboratdir.

Maktablarda o‘qituvchilarning darslarini va ish tajribalarini o‘rganish

boshlang‘ich sinfni tamomlayotgan o‘quvchilarning darslik materiallari ustida

ishlay olish iqtidorlarini, mustaqil ishlarni bajara olish darajalarini kuzatish

natijasida shu xulosaga keldikki, o‘qituvchilar dars jarayonida o‘quvchilarning

ijodiy ishlariga keng o‘rin bermaydilar, didaktik o‘yinlar va mustaqil ishlarning

turli ko‘rinishlaridan foydalanmaydilar, o‘quv materiali ustida o‘quvchilarning

mustaqil aqliy faoliyati yetarli darajada uyushtirilmaydi. Natijada boshlang‘ich sinf

o‘quvchisi darslik ustida ishlay olish ko‘nikmasini olmasdan turib yuqori sinfga

ko‘chiriladi. Bu, bir tomondan, o‘quvchining bundan so‘ng o‘z bilimini oshirish

ustida qunt bilan ishlashiga to‘sqinlik qilsa, ikkinchi tomondan, yuqori sinflarda

ham o‘zlashtirish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oqibat natijada o‘quvchilar

maktabni bitirib chiqqanlaridan so‘ng davlat ta’lim standartlari va davr talabiga

javob bera olmaydilar.

Page 32: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

32

Yuqoridagilardan kelib chiqib, biz boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash

qobiliyatini rivojlantirishga innovsion yondashuv asosida o‘rgatish tizimini

yaratishga harakat qildik.

BOB YUZASIDAN XULOSA

1. O‘rganilgan ilmiy, pedagogik va metodik manbalar shundan dalolat

beradiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga

innovatsion yondashuv asosida o‘rgatish dolzarb muammo bo‘lib, bu masalaga

yetarli e’tibor qaratilmagan.

2. Tadqiqotimiz asosida turgan farazni to‘g‘ri belgilaganimiz tadqiqot

ishlarimiz jarayonida o‘z tasdig‘ini topdi. Boshlang‘ich sinf o‘kuvchilarini fikrlash

qobiliyatini rivojlantirishga innovatsion yondashuv asosida o‘rgatish haqiqatda

ham zaruriy sharoitlar yaratilishi, har bir darsda fikrlashga oid didaktik o‘yinlar,

mashqlar va topshiriqlardan foydalanish, mustaqil ishlarni izchil va muntazam

o‘tkazish, muammoli vaziyatlar yaratilishi va o‘quvchilarni muammolarni hal

etishga jalb etilishi, o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatida «sub’ekt-sub’ekt»

munosabatini o‘rnatilishi bilan bog‘liq. Faqat shundagina o‘quvchilarni fikrlashga

o‘rgatish jarayonini to‘g‘ri tashkil etishga, uning samarali yo‘llarini izlashga, ijod

qilishga imkon yaratiladi.

3. Boshlang‘ich ta’limida o‘quv jarayonini tashkil etishda an’anaviy

usullardan voz kechib, o‘quvchini ta’lim ishiga rag‘batlantiradigan muammoli

izlanish, mustaqil ishlash metodi va didaktik o‘yinlardan foydalanish ta’lim

samaradorligini oshiradi.

4. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidagi erkin,

demokratik vaziyatning yaratilishi o‘quvchini bilim, ko‘nikma va malakalar

egallash jarayoniga rag‘batlantiradi.

5. Umumiy ta’lim maktablari ta’lim-tarbiya tizimida o‘quvchilarni fikrlash

qobiliyatini rivojlantirishga innovatsion yondashuv asosida o‘rgatishga yetarli

e’tibor qaratilmagan.

Page 33: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

33

II BOB. INNOVATSION YONDOSHUV ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF

O‘QUVCHILARINING FIKRLASH QOBILIYATINI

RIVOJLANTIRISHNING AMALIY JIHATLARI

1. Muammoli ta’lim metodi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining

fikrlash qobliyatini rivojlantirish

Muammoli ta’lim texnologiyasining asosiy maqsadi bilim oluvchi-larning

mustaqilligi va faolligini oshirish, tafakkurini rivojlantirish, o‘z-lashtirilgan

bilimlarning amaliyotga tatbiq etilishini kuchaytirishdan ibo-rat. Pedagogik-

psixologik adabiyotlarda muammoli ta’limning ilmiy-na-zariy asoslari haqida gap

borganda, uni ta’lim metodi, prinsipi yoki alo-hida tizim deb hisoblash holatlari

uchraydi. Muammoli ta’limni qanday nomlashdan qat’iy nazar, uning asosiy

xususiyati – bilim oluvchining aqliy faolligini oshirish, mustaqil ijodiy izlanish,

o‘zi uchun yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni kashf etishdan iborat.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim jarayoni tashkil

etilgandan bilim egallashning bir qancha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bos-qichlari

mavjud bo‘lib, tayyor bilimlarni o‘quvchi-talabalar ongiga yet-kazish, xotiralash,

xotirada saqlash, qayta xotiralash, so‘zlab berish, yozma ifodalash kabi holatlar

bilish, tushunish darajasini ifodalaydi. Bu darajalarda bilim oluvchidan ijodiy

yondashuv talab etilmaydi. O‘zlashtirishning keyingi darajalarida olgan bilimlarini

amalda tatbiq etishi, ma’lum natijalarni qo‘lga kiritishi, to‘ldirishi, boyitishi,

o‘zgartirishi, o‘zining mustaqil nuqtayi nazariga ega bo‘lishi talab etiladi. Bu

o‘zlash-tirish darajalari uchun muammoli yondashuv zarur13.

O‘quv jarayonini muammoli tarzda tashkil etish auditoriyaga o‘ziga xos

psixologik jihatdan yondashuvni talab etadi. Buning uchun o‘qituvchi va tahsil

oluvchilar o‘rtasida hech qanday psixologik to‘siq bo‘lmasligi, iliq psixologik

muhit yaratilishi lozim. So‘ngra bugungi mashg‘ulotni samarali o‘tkazish qoidasi

13 Yo‘ldoshev J.G‘., Hasanov S. Pedagogik texnologiyalar. – T.: “Iqtisod-moliya” nashriyoti, 2009-y. – 492 b. 41-42

betlar. 48-49 betlar.

Page 34: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

34

qabul qilinadi. Ushbu jarayon auditoriyadagi barcha tahsil oluvchilar bilan

birgalikda amalga oshiriladi. O‘qituvchi bugungi mashg‘ulotning samaradorligini

ta’minlash uchun o‘quvchi-talabalar qanday qoidalarga amal qilishi lozimligini

auditoriyadan so‘raydi. Mashg‘ulotning samaradorligini ta’minlash uchun quyidagi

qoidalarga amal qilinishi tavsiya etiladi: gapni bo‘lmaslik; bir-birini eshita bilish;

bir-birini tinglay olish ko‘nikmasi; navbat bilan gapirish ko‘nikmasi: qo‘l ko‘tarish

qoidasiga amal qilish; sabr-toqatli bo‘lish, o‘zaro hurmat.

Darsni muammoli tarzda tashkil etish uchun birinchi galda o‘quvchi-talaba bahs-

munozara yuritishga, fikrlarini erkin bayon etishga, tanqidiy munosabat bildirishga

tayyor bo‘lishi lozim. Buning uchun qo‘yiladigan muammolarga bog‘liq bo‘lgan

tushunchalar yuzaga chiqariladi. So‘ngra muammoga aniqlik kiritilib, ma’lum

xulosalar chiqariladi. Bu jarayon fikr-mulohazalarda ifodalanadi.

Muammoni hal etish bosqichida o‘quvchi-talabalarning faol ishti-rokini

ta’minlash maqsadida bu jarayonni shartli ravishda quyidagi uch bosqichga ajratish

mumkin:

– aniqlash bosqichi;

– anglash bosqichi;

– fikrlash bosqichi.

Birinchi, aniqlash bosqichida o‘quvchi-talabalarda mavjud bo‘lgan tu-shunchalar

aniqlab olinadi va ularning diqqati muammoga jalb qilinadi. Aniq-lash bosqichini tashkil

etish uchun quyidagi savollardan unumli foydalanish mumkin:

Bu haqda qanday ma’lumotlarga egasiz?

Bu xususda nimani bilishni xohlaysiz?

Nima uchun bu muhim?...

Ikkinchi, anglash bosqichida asosiy maqsad o‘qish jarayonining di-namikasini

ta’minlash, yangi o‘quv ma’lumotlarini o‘zlashtirishdan iborat. Bunda qo‘yilgan

muammoni mohiyatini anglab yetish va hal etish nazarda tutiladi. Ushbu bosqichda

ta’limning turli faol usullaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Jumladan,

mikroguruhlar tuzish, munozara tashkil etish va quyidagi tartibda savollar qo‘yish

mumkin:

Page 35: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

35

Siz uchun yangi ma’lumotlar bormi?

Ushbu masala yuzasidan sizning fikringiz qanday?

Sizda qaysi jihat eng katta taassurot qoldirdi?

Buning ahamiyati nimada deb o‘ylaysiz?

Qanday natija beradi deb o‘ylaysiz?

Uchinchi, fikrlash bosqichida muammoning yechimi chiqarilib, fikr-

mulohazalar bildiriladi. O‘quvchi-talabalarni fikrlashga jalb etish uchun ularga

quyidagi savollar bilan murojaat qilish samarali sanaladi:

Bu haqda qanday o‘ylaysiz?

Qanday yangi fikrlar keldi?

Fikringizni asoslay olasizmi?

Ushbu savollarga javob berish mobaynida o‘quvchi-talabalar yangi tu-

shunchalarni bayon etishga harakat qilishlari zarur. Hosil bo‘layotgan fikr-larning

moslashuvchan, rang-barang bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim.

Ta’lim jarayoniga o‘ziga xos psixologik jihatdan yondashuv o‘quv-chi-

talabalarni mustaqil fikrlashga, o‘z fikrini erkin bayon etishga un-daydi. Shu bilan

birga, qo‘yiladigan muammoni ijodiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Bunda

quyidagi faol usullardan foydalanish mumkin.

Mikroguruhlarda ishlash. O‘quvchi-talabalar besh-oltitadan kichik guruhlarga

ajratilib, muammoni erkin munozara-muhokama qiladilar. Masalan: shu guruhda

analiz qiladilar va har bir a’zo yoki o‘zlari belgi-lagan biror o‘quvchi-talaba

fikrlarini bayon etadi.

Bu guruhlar tasodifiy tashkil etilishi mumkin. Masalan, “oq, qizil, qora,

yashil, sariq” ranglar beriladi. “Oq”lar birinchi mikroguruh, “Qizil”lar ikkinchi

mikroguruh va h.k. yoki ikkinchi usul: dastlab eng a’lo-chi 6 ta o‘quvchi-talaba

aniqlab olinadi, so‘ng nisbatan pastroq o‘zlash-tiruvchi 5-6 o‘quvchi-talaba so‘ng,

past o‘zlashtiruvchi o‘quvchi-talabalar teng guruhlarga ajratiladi. Bu guruhlar

doimiy faoliyat ko‘rsatadilar.

“Muzyorar” va taqdimot – mashg‘ulot mavzusidan kelib chiqib erkin

munozara tashkil etish.

Page 36: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

36

“Aqliy hujum” – iloji boricha qisqa, lo‘nda va ko‘proq fikrlar to‘plash, vaqt

chegaralangan bo‘lib, tezkorlik talab qilinadi. Replika tarzida bildirilgan fikrlar

ham qabul qilinadi, inobatga olinadi.

“Rolli o‘yinlar” – drama, ma’lum holatlarni imitatsiya qilish, ssena-riylar

tuzish. Har bir ishtirokchi biror rolni erkin shu personajning fikrlarini aniq anglash

va uning nomidan so‘zlashi shart. Shu o‘yin orqali o‘quvchi-talabalar ma’lum ibrat

va xulosalar olishi lozim.

“Ijodiy faoliyat” – rasm chizish, ijodiy insho yozish, rollar o‘ynash va h.k.

“Muammoli vaziyatlar” – ma’lum holatlar, vaziyatlar hosil qilinib,

mikroguruhlarda va individual tarzda muhokama qilish.

“Roven doirachalari” – bunda o‘quvchi-talabalarga ikkita fikr, yo‘nalish,

ma’lumot berilib, ularning o‘ziga xos va umumiy jihatlari ajratiladi.

– “T sxema” – bunda bir jihat berilib, uning ijobiy, salbiy, maqbul, nomaqbul

tomonlari ajratiladi. Masalan, test asosidagi sinovlarning ijo-biy tomoni va

kamchiliklari nimada?

+ –

Mashg‘ulotlarni bu usulda tashkil etishda o‘qituvchi nimalarga erishadi, degan

savol tug‘iladi. Bunda birinchidan, o‘qituvchi: o‘quvchi-talaba o‘quv-bilish

faoliyatini faollashtirish; faol munozarani vujudga kel-tirish; o‘quv faoliyatining

ijobiy motivini hosil qiladi; o‘quvchi-talaba-larga turlicha fikrlarni tinglash

imkonini beradi; tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini hosil qiladi; o‘z-o‘zini namoyish

etish imkonini beradi; turli ijtimoiy munozaralarga kirish malakasini hosil qiladi.

O‘zigа

хоs jihаt

Umumiy

jihаt

Page 37: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

37

Mustaqil fikrning hosil bo‘lishi uchun birinchi navbatda ma’lum shart-sharoitlar

yaratilishi maqsadga muvofiq, vaholanki mustaqil fikrni hosil qilishning aniq

formulasi yo‘q.

Chunonchi:

– mustaqil fikrlash ko‘nikmasini hosil qilish uchun vaqt va imkoniyat berish

zarur. O‘quvchi-talaba mulohaza qilish uchun sharoit yaratadi;

– o‘quvchi-talabalarni o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlash;

– har bir shaxsning o‘z fikr-mulohazasi mavjudligiga o‘quvchi-talabalarni

ishontirish;

– ijodiy mustaqil fikrni qadrlashga o‘rgatish.

Bunda o‘quvchi-talabalar, albatta:

– o‘z-o‘ziga va o‘qituvchiga ishonishi;

– faol o‘quv-bilish faoliyatida ishtirok etishi;

– turli fikr-mulohazalarni diqqat va hurmat bilan eshitishi;

– yangi fikr-mulohazani bildirishga va o‘zlashtirishga ruhan tayyor turishlari

zarur.

Bugungi kunda pedagog va psixologlarning fikr va qarashlaridan biri ham

o‘quvchi-talabada mustaqillik, tashabbuskorlikni rivojlantirish zaruriyati ishiga

qaratilgan. O‘quvchi shaxsidagi mustaqillik asoslaridan biri bilish mustaqilligini

tashkil etadi. Bilish mustaqilligi o‘z kuchi bilan maqsadga yo‘naltirilgan bilish-

izlanish faoliyatiga kirisha olish-dir. O‘quvchi-talabalarning mustaqil bilim olish

faoliyati oddiy qayta tiklash bilan bir qatorda o‘zgartirish, ijodiy yondashish

xarakterini tashkil etadi. Ijodiy faoliyat deganda shunday faoliyat tushuniladiki,

unda mustaqil ravishda o‘quvchi-talabaning shaxsiy tajribasi, layoqati, qobiliyati-

ni aks ettirgan original yangiliklar namoyon bo‘ladi. Mustaqil faoliyatdagi ijodiy

(produktiv) va qayta tiklovchi, ishlab chiqaruvchi (reproduk-tiv)ning xarakterliligi

bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Qayta tiklovchi mustaqil faoliyat mustaqillikni

rivojlanishidagi dastlabki bosqich hisoblanadi. Qayta yaratuvchi faoliyat doirasida

ijod elementlari o‘z o‘rnini o‘quv ja-rayonida topgan bo‘ladi.

Bilim olish – Asosiy dalillarni qidirish va topish, xotirada saqlay olish,

Page 38: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

38

tavsiflash, tanish, qayta jonlantirish, nomini aytish, izlanish, tuzilishini bilish va

ko‘rsatish kabilar orqali amalga oshadi.

Tushunish – qayta so‘zlash, mohiyatini tushunish, tushuntirish, tasvirlash

va boshqacha usulda hamda boshqacha so‘zlar bilan ta’riflay olish natijasida

erishiladi.

Ishlatish (qo‘llash) – olingan bilimni boshqa sharoitlarda qo‘llash (ishlatish,

yechish, tajriba o‘tkazish, qo‘llash, kuzatish, oldindan bashorat qilish, biror-bir

muammoni hal qilish)ni o‘z ichiga qamrab oladi.

Tahlil (Analiz) – tushunchalar orasidagi asosiy munosabatlarni aniqlash va

ularning mohiyatini tushunish – soha materialini (bilimni, hodisani, mashinani,

ma’lumotni) tashkil etuvchilarga (tarkibiy qism-larga) bo‘lib chiqish va ularning

har birining vazifasini tushunib chiqish. Oddiydan murakkabga va murakkabdan

oddiyga yo‘nalishida tahlil qila olish (qismlar orasidagi munosabatlarni aniqlash,

bir-biriga ulash, birlashtirish, bo‘lib chiqish, turkumlarga ajratish, guruhlarga

ajratish, umumiy qonuniyatlarni topish, toifalarga bo‘lib chiqish).

Sintez – yangi narsani (bilimni, predmetni, mashinani) uning bir qancha

qismlaridan (bo‘laklaridan) va ularning xossalaridan foyda-langan holda tashkil

qilish (tuzish, konstruksiya yig‘ish, kombinatsiyalash, yangi fikr yaratish, yangi

farazlarni taklif qilish), ularni sinashni amalga oshirish va natija asosida yangilarini

mavjudlariga ra-qobatchi sifatida ishlab chiqish.

Baholash – erishilgan natijani aniqlash, qaror qabul qilish yoki yechim topish

(baholash jarayonini amalga oshirish, hal qilish, sabab va oqibat zanjiridagi aloqalarini

aniqlash, toifalarga bo‘lish va ularni aniq-lash)14.

Innovatsiya – (ingliz tilidan olingan “Innovation” yangilik kiritish )- tizim ichki

tuzilishni o‘zgartirish amaliyot va nazariyaning yaxshi qismi. Innovatsion

jarayonning mazmuniy tamonini o‘z ichiga oladi (ilmiy g‘oyalar va ularning

texnologiyalarni amaliyotga kiritish).

Innovatika- Yangilikni yaratish qonuniyatlarini o‘zlashtirish va targ‘ibotini

14 Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi, Nasaf, 2000-y. –79 b. 20-24 betlar.

Page 39: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

39

o‘rganadigan fan.

Innovatsion jarayon- Yanglikning kiritilishi va shart-sharoitlari, tizimini yangi

sharoitlarga ko‘rsatkichlarga muvaffaqiyatli o‘tishni ta’minlovchi

o‘zgarishlar.Innovatsion o‘zgarishlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni amaliyotga

kiritish jarayoni.

Innovatsion faoliyat – Yangi ijtimoiy talablar bilan a’nanaviy me’yorlarnning

mos kelmasligi. Amaliyotning yangilanayotgan me’yorlarning mavjud me’yorlar

bilan to‘qnashuvi natijasida vujudga kelgan majmuali muommalarni yechishiga

qaratilgan faoliyat.(V.I.Slobotikov).

Innovatsion muhit- Bu pedagogik jamoda, umuman ta’lim muassasida shunday

ijodiy, samimiy do‘stona sharoit tug‘diriladiki, unda o‘qituvchi o‘zini erkin xis

qiladi.Jamoda ichki intilish moddiy ma’naviy qiziqish yuqori darajada bo‘ladi.U

muhitda o‘qitiuvchi ijodiy fikr yuritishga, intilishga tayyor bo‘ladi.

Innovatsiya – ma’lum bir faoliyatda shakl, metodlar, muammolarni yechishdagi

yangicha yondashuv, yangi texnologiyalarni ta’lim jarayoniga qo‘llash orqali

yuqori natijalarni ta’minlash. Bir so‘z bilan aytganda, jarayonga konseptual

yonashuv.

Novatsiya – Agar islohat faoliyatining shakli, mazmuni va ko‘lami qisqa

muddatli bo‘lsa va yaxlit xususiyatga ega bo‘lmasa, u o‘z oldiga muayyan mavjud

tizimda faqat ba’zi elementlarni o‘zgartirishni vazifa qilib qo‘ygan bo‘lsa, u

xolda biz novatsiya bilan muloqat qilayotgan bo‘lamiz.

Novator – Yangilikni qabul qilish va uni amalga oshirishga tayyor shaxs. O‘z

shaxsiy pedamaliyotida doimiy yanglik izlaydi, o‘zlashtiradi, qo‘llaydi.

Innovatorlar yangliklardan va ular kommunikativ muloqat o‘rnatadi. Ishni

yaxshilash maqsadida tavakkal shakilda ish ko‘radi.

Muammoli ta’lim – o‘quvchilar oldiga muammoli savol yoki topshiriqlar

qo‘yish, muammoli vaziyat yaratish, muammolarni hal etishga o‘quvchilarni jalb

etish, ular faoliyatini nazorat qilish, yakuniy xulosalar chiqarishni o‘z ichiga olgan

Page 40: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

40

jarayon bo‘lib, uning o‘quv muammosi, muammoli vaziyat, muammoli savol,

muammoli topshiriq kabi kategoriyalari mavjuddir15.

O‘quv muammosi ilmiy bilish zaruriyatining subyektiv ifodasidir. U

muammoli vaziyatning in’ikosi, ya’ni ta’lim jarayonida bilish va bilmaslik

o‘rtasida yuzaga keluvchi obyektiv ziddiyatdir.

Umuman olganda, o‘quv muammosi deganda o‘quvchilar tomonidan

mustaqil izlanishlar tufayli hal etilishi ko‘zda tutilgan ziddiyatli masala

tushuniladi.

Ziddiyatli masala esa o‘ziga xos muammoli topshiriq, muammoli savol

shaklida bo‘lib, o‘quvchilardan mustaqil fikr yuritishni talab etadi. Muammoning

hal etilishi natijasida yangi bilimlar bilan qurollantiriladi.

Ayrim olimlar muammoli vaziyatni mavhum, ya’ni uncha aniq bo‘lmagan

va kam anglanadigan holat deb baholasalar, boshqa olimlar bilish va amaliy

qiyinchilikni boshdan kechirayotgan sub’ektning psixologik holati, bilish va inson

faoliyati o‘rtasidagi ziddiyat sifatida baholaydilar. Jumladan, tadqiqotchi

R.Ibragimov muammoli vaziyat deganda «topshiriqni bajarish jarayonida yuzaga

keluvchi o‘quvchining psixik holatini tushunamiz» deb ta’riflaydi.

A.G‘ulomov va M.Qodirovlar ona tili ta’limi jarayonida muammoli vaziyat

quyidagi hollarda yuzaga kelishini ko‘rsatib o‘tadilar:

-noma’lumni izlab topish, qiyinchilikni bartaraf etish zaruriyati tug‘ilganda;

-ona tilidan egallangan bilimlarni yangi sharoitda qo‘llash ehtiyoji yuzaga

kelganda;

-muammoli topshiriq bilan uni bajarish usuli o‘rtasida nomutanosiblik

vujudga kelganda.

Bizningcha, muammoli vaziyat muammolarni hal etishning yangi yo‘llari va

usullarini topish jarayonida yuzaga keladigan holatdir.

Muammoli savollar – o‘zlashtirilgan bilimlar asosida javob berishni taqozo

qilishi bilan ajralib turadi.

15 Беспалко В.П. Педагогика и прогрессивное технологии обучения – М.: ИРПО, 1996 г. – 336 С. 27 с.

Page 41: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

41

Muammoli savollar «Nima uchun?», «Qanday tushunish mumkin?», «Siz

nima deb o‘ylaysiz?», «Sababi nimada?» kabi turli shakllarda bo‘lishi mumkin.

Shunga ko‘ra muammoli masalani berilgan topshiriqni to‘g‘ri bajarishga

xizmat qiluvchi, maqsadga erishishga olib keluvchi, yangi, noma’lum bilimlarni

egallash ehtiyojini uyg‘otuvchi amaliy yoki nazariy masala sifatida baholash

mumkin.

Ta’lim jarayonida berilgan topshiriqni an’anaviy usullarda hal etish mumkin

bo‘lmasa, hal etishning yangi usulini qo‘llash zaruriyati tug‘iladi. Muammoli

topshiriq shu tariqa yuzaga keladi.

Qobiliyat kishining psixologik va fiziologik tuzilishi xususiyatidir. qobiliyat

bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit bo’lib, shuning bilan birga u ma'lum

darajada bilim olish mahsuli hamdir. Umumiy va maxsus bilimlarni o’zlashtirish,

shuningdek, kasbiy ko’nikmalarni egallab olish jarayonida qobiliyat

mukamallashib va rivojlanib boradi. qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar

ko’nikma va malakadir. Ular faoliyat mexanizmini tashkil qiladilar. qamda ular

qobiliyat bilan birgalikda mahoratga erishishni ta'minlaydilarki, buning natijasida

mehnatda katta yutuqlar qo’lga kiritiladi. qobiliyatli, ammo noshut inson ko’p

narsaga erisha olmaydi. qobiliyat ko’nikmada ro’yobga chiqadi.

Darhaqiqat, qobiliyatli kishining ko’nikma va malakalari ko’p qirrali va

mukammallashgan bo’ladi. Shuning bilan birga ko’nikma va malalakalar

yetishmagan qobiliyatni bir muncha to’ldirish yoki undagi kamchilikni tugatish

mumkin. Ko’nikmalarni umumlashmasi moxirlik deb ataladi. Moxirlik bu endi

qobiliyatning o’zginasidir. Demak, qobiliyat ko’nikma va malakalarning paydo

bo’lishi jarayonida shakllanadi.

KENGLIGI VA

YUNALISHIGA

KO'RA

TALANT GENIYLIK

MAXSUS

UMUMIY

QOBILIYAT

ATROF MUHIT

BILAN FAOL O'ZARO

TA'SIR

TA'LIM VA

TARBIYA

DARAJA

Page 42: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

42

Har qanday qobiliyat ham murakkab bo’lib, u kishiga turli-tuman talablar

qo’yadi. Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talabga javob bera olsa kishi faoliyatni

muvaffaqiyat bilan amalga oshirish uchun o’z qobiliyatliligini ko’rsata oladi,

agarda xususiyatlardan qaysi biri rivojlanmagan bo’lsa, shaxs mehnatning

muayyan turiga nisbatan ham qobiliyatli deb ba?olanadi. Har bir qobiliyatning

o’ziga xos tuzilishi mavjud. qobiliyat tarkibida tayanch va yetakchi xususiyatlarni,

muayyan asosiy yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish lozim16.

Qobiliyatlarning sifat jihatdan tavsifi odam mehnat faoliyatining qaysi

sohasida (pedagog, sport, savdo va boshqalar) yengillik bilan "o’zini topa oladi" va

qanday qilib katta yutuq va natijalarga erisha oladi degan savolga javob berish

imkoniyatini beradi. Qobiliyatlarni miqdor tavsifi va ularni o’lchash muammosi

bilan ko’proq chet el psixologlari (Kettell, Termen, Spirmen) va boshqalar

shug’ullanganlar. Ular kattalarda kobiliyatni o’lchash usuli sifatida aqliy iste'dod

testlaridan foydalanganlar.

Bolaning aqliy iste'dod koeffisenti;

I Q aqliy yoshi

Bolaning haqiqiy yoshi

Bu usul odamning aqliy qobiliyatlar egasi ekanligini emas, balki odamda

qobiliyatlar bilan aralashtirib bo’lmaydigan biror bir xildagi ma'lumotlar, ko’nikma

va malakalar borligini namoyon qiladi.

Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi:

1.Tabiiy qobiliyatlar odamlar va hayvonlar uchun xos bo’lib, idrok qilish

xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. Biologik

jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli reflekslar hosil bo’lish jarayoni

tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada rivojlangan hayvonlardagi bu

qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi.

16 Davletshin M.G., Do‘stmuhamedova Sh., Mavlanov M., To‘ychiyeva S. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya.

(O‘quv metodik qo‘llanma). Nizomiy nomidagi TDPU. 2004-yil. 102 b. 46-47 betlar.

Page 43: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

43

2.Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo’lib, ijtimoiy

hayot va taraqqiyotni ta'minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o’z navbatida

umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo’linadi.

3.Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini

ta'minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo’l harakatlarini

aniqligi va boshqa xususiyatlardan iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir

faoliyatning muvaffaqiyatini ta'minlaydi. Bu qobiliyatlar alohida muloqotning

bo’linishini taqozo etadi. Masalan, matematika, texnika, badiiy ijodiy, sportga

bo’lgan qobiliyatlar shular jumlasidandir.

Nihoyat, shunday psixologlar ham borki, ular faqat maxsus qobiliyatlarni tan

oladilar. Umumiy qobiliyat haqida gapirganda ham maxsus qobiliyatlar yig’indisi

ta'sirini ko’zda tutadilar. Kishining turli-tuman faoliyatlari orasida bittasi asosiy

yoki yetakchi faoliyat sharoitida shaxsning maxsus taraqqiyotini belgilovchi

faoliyat bo’lib ajralib turadi. Bu faoliyat tug’ma spesifik zehn nishonalariga mos

tushishi mumkin.

Hamma maxsus qobiliyatlarni, inson faoliyatining asosiy turlarini uch turga:

fan, san'at, amaliyotga ajratish mumkin. Shunga binoan qobiliyatni milliy, badiiy

va amaliy deb klassifikasiyalash mumkin. Bu turlarning har biri o’z navbatida

mayda turlarga bo’linadi.

Ilmiy qobiliyat abstrakt, evristik fikrlashning yuksak rivojlangan bo’lishini,

og’zaki mantiqiy xotirani, qat'iyat va sabr-toqatni talab qiladi. Bu qobiliyatga

quyidagi mayda qobiliyatlar kiradi: fizik, matematik qobiliyat, ximiya, filosofiya,

tarix, biologiya fanlariga nisbatan bo’lgan qobiliyatlar.

Badiiy qobiliyat sensor obrazli fikrlashning alohida rivojlangan bo’limini,

o’tkir emosional ta'sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi. Bu qobiliyatga tasvirlash,

musiqaviy, artistik va adabiy qobiliyatlar kiradi.

Amaliy qobiliyat praktik aqlning yuksak darajada rivojlanganligini, fahm-

farosatning kuchliligi, iroda va yetuk kirishuvchanlikni o’z ichiga oladi. Amaliy

qobiliyatga konstruktiv-texnikaviy qobiliyat, boshqaruvchanlik qobiliyati, shu

jumladan tashkilotchilik va boshqalar kiradi.

Page 44: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

44

Nazariy va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan bo’lib, nazariy

qobiliyatlar mavhum, mantiqiy harakatlarga moyillikda namoyon bo’ladi.

O’quv qobiliyatlari bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish, shaxs -

shakllanishi, pedagogik ta'sirlar samaradorligini ortishida ijobiy rol o’ynaydi.

Ijodiy qobiliyatlar moddiy va ma'naviy madaniyat asarlarini yaratish, yangi

g’oya, kashfiyot va yangiliklar yechishda namoyon bo’ladi.

Qobiliyatlar sifatida ro’yobga chiqadigan psixik xislatlar majmuasining

tuzilishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan belgilanganlik tufayli har qaysi

turdagi faoliyatlar uchun o’ziga xos tarzda qo’yilishi aynan haqiqatdir. Buning

uchun ayrim misollarni tahlil qilib o’tamiz.

1) matematik qobiliyat matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza

yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ish amallarini kamaytirish, masalani

idrok qilish bilan natijasi o’rtasida aloqa o’rnatish, to’g’ri va teskari fikr

yuritishdagi yengillik, unumlilik, masala yechishda fikr yuritishni epchilligi

kabilar.

2) adabiy qobiliyat nafosat hislarining yuksak taraqqiyoti darajasi xotirada

yorqin ko’rgazmali obrazlarning jonligini, "til zehni", behisob xayolan ruhiyatga

qiziquvchanlik, intiluvchanlik va boshqalar. Ajratib ko’rsatilgan qobiliyatlar

tarkibidan ko’rinib turibdiki, matematik va adabiy qobiliyatlar o’zaro bir-biriga

o’xshamagan manbalari bilan tafovutga egadir. Bundan shunday xulosa chiqarish

mumkinki, pedagogik, musiqaviy, texnik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va

shunga o’xshash qobiliyatlar tuzilishi maxsus xususiyatga ega bo’lib kasbiy

ahamiyat kasb etishi mumkin.

Rus olimi I.P.Pavlov o’z ta'limotida "badiiy", "fikrlovchi", "o’rta" tiplarga

ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taallu?li ekanligini tavsiflab

beradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va

ikkinchi signal tizimidan iboratligi to’g’risidagi ta'limotga asoslanadi. Birinchi

signallar tizimi obrazlar, emosiyalardan va ikkinchi signallar tizimi esa obrazlar

?a?ida so’zlar orqali signal berishdan iboratdir. Ikkinchi signal tizimi I.P.Pavlov

tomonidan "signallarning signali" deb nomlangan edi. Ushbu tipologiyani osonroq

Page 45: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

45

qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:

1) shaxs faoliyatida birinchi signallar tizimining signallari nisbatan ustunlik

qilsa, bu inson "badiiy" tipga taaluqlidir;

2) mabodo "signallarning signali" nisbatan ustuvor bo’lsa, bu shaxs

"fikrlovchi" tipga mansubdir;

3) agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo’lsa (birortasining ustunligi

sezilmasa) bu inson "aralash" tipga mansub odamdir.

Tipologiyaning o’ziga xos tomonlari qisqacha ifodalanganda yoki tavsif

qilinganida quyidagilar namoyon bo’ladi:

1."Badiiy tip" uchun bevosita u taassurotlar jonli tasavvur, yorqin idrok, qis-

tuyg’ular (emosiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi xosdir.

2."Fikrlovchi tip" uchun mavhumlarning, mantiqiy tizimlarning, nazariy

mulohazalarning, metodologik muammolarning ustunligi muvofiqdir.

Badiiy tipning mavjudligi aqliy faoliyatning zaifligi yoki aqlning

yengilmasligini bildirmaydi, lekin bu o’rinda gap psixika obrazli jabhalarini

fikrlovchi tomonlari ustidan nisbatan ustuvorligi haqida beradi. Biroq shuni

ta'kidlash joizki, shaxsning ikkinchi signallar tizimidan ustunlik qiladi va bu

ustuvorlik mutloqlik xususiyatiga egadir. Ma'lumki, insonlarning hayot va

faoliyatlarida til bilan tafakkurning o’rni hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, shaxs

tomonidan borliqning aks ettirish jarayoni so’zlar, fikrlov vositasida ro’yobga

chiqariladi17.

Sindikat metodidan foydalanganda esa, o‘quvchilar guruhlarga ajratiladi.

Har bir guruhga alohida topshiriq beriladi. Masalan, 3-sinf «Ona tili» darsligidagi

283-mashqni bajarish jarayonida o‘quvchilar 6 ta guruhga bo‘linadi. Ularga mashq

matnidagi bitta so‘z beriladi. O‘quvchilar guruhi o‘zlariga berilgan fe’lga yaqin

ma’noli fe’llar topib yozadilar.

1-guruh: sevinmoq, quvonmoq, xursand bo‘lmoq, shodlonmoq, yayramoq;

2- guruh: sog‘aymoq, tuzalmoq;

17 Davletshin M.G., Do‘stmuhamedova Sh., Mavlanov M., To‘ychiyeva S. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya.

(O‘quv metodik qo‘llanma). Nizomiy nomidagi TDPU. 2004-yil. 102 b. 46-47 betlar.

Page 46: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

46

3- guruh: tugatmoq, tamomlamoq, nihoyasiga yetkazmoq, bitirmoq.

4- guruh: asramoq, saqlamoq, avaylamoq;

5- guruh: yugurmoq, chopmoq;

6- guruh: yig‘moq, to‘plamoq.

Boshlang‘ich sinflarda fe’lni o‘rganishda o‘quvchilarni faollashtirishning

eng ma’qul yo‘llaridan biri, musobaqa tashkil etishdir. Musobaqa sharti

o‘quvchilarga e’lon qilinadi. Masalan, bir o‘quvchi bo‘lishli fe’l aytadi. Ikkinchi

o‘quvchi uni bo‘lishsiz shaklga aylantiradi.

4-sinf o‘quvchilari ona tilidan muayyan nazariy tushunchaga ega bo‘ladilar.

Shuni nazarda tutib ayrim yakuniy darslarni test topshiriqlari vositasida tashkil

etish ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, ot so‘z turkumiga

doir yakuniy mashg‘ulotda quyidagi test topshiriqlaridan foydalanish mumkin.

1. So‘roq yordamida otlarni aniqlang:

A) ishchi, maktab

B) o‘n beshta, keldi

D) yashil, qizil

2. Berilgan javoblarning qaysi biri faqat ot so‘z turkumiga oid?

A) o‘qituvchi, Jamshid, Lola, o‘qi.

B) moychechak, chiroyli, ko‘ylak.

D) Oqil, ko‘chat, ishchi.

3. O‘qing va faqat narsa-buyumlarni bildirgan otlarni aniqlang.

A) maroqli, go‘zal, chumchuq.

B) parta, piyola, lola.

D) fermer, sigir, ruchka.

4. Ushbu gapda qancha ot so‘z turkumi qatnashgan?

Bahorda bizning bog‘imizda gullar qiyg‘os ochiladi.

A) 2 ta

B) 3 ta

D) 4 ta

Page 47: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

47

Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinflarning «Ona tili» darsliklarida

berilgan har bitta mashq o‘quvchilar uchun o‘ziga xos jumboq. Uni to‘g‘ri bajarish

o‘qituvchiga ham, o‘quvchilarga ham bab-baravar tegishlidir. Mashqlar mavzu

jihatidan o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, ularning har biri o‘ziga xos yangicha

yondashishni taqozo etadi.

Shunisi xarakterliki, sho‘ro davri ta’limida mashqlar nazariy qoidalarga

dalil-isbot tarzida keltirilgan bo‘lsa, endilikda amaliy mashqlarni bajarish orqali

nazariy qoida-xulosalar chiqarish ko‘zda tutilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad

mashqlarni shunchaki bajarish bo‘lmay, ona tili qonuniyatlarini teran o‘zlashtirish,

so‘z sehri o‘quvchilarning qalbdan his etishlariga, amalda undan to‘g‘ri va unumli

foydalanishlariga erishishdir.

Muammoli izlanish metodi ta’lim jarayonida faqat yaxshi

o‘zlashtiruvchilargagina emas, balki barcha o‘quvchilarga mo‘ljallanganligini

ta’kidlash joiz. Ishning mohiyati shundaki, muammoli yondashuv barcha

o‘quvchilarni qo‘yilayotgan muammoga qiziqtirishi, eng real farazni tanlashga olib

kelishi kerak. Muammoli izlanish metodi o‘quvchilar bilan hamkorlik

munosabatlarini o‘rnatish, ulardan tezda axborot olish, ularga mustaqil fikrlash va

darhol mulohazasini bildirish imkonini beradi.

Muammoli izlanish metodi bilim berish jarayonida o‘quvchilar faoliyatiga

tayanilishiga ko‘ra mustaqil ishlash metodiga yaqin turadi. Va ko‘pincha bu ikkala

metod birgalikda qo‘llaniladi. Biz keyingi bandda mustaqil ishlash metodining

mustaqil fikrlashga o‘rgatishdagi o‘rniga to‘xtalib o‘tamiz.

Page 48: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

48

2. Didaktik o‘yinlarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini fikrlash qobliyatini

rivojlantirish imkoniyatlari

Ta’lim jarayonida uyushtiriladigan didaktik o‘yinlar ham o‘quvchilar

tafakkurini rivojlantirish vositasi sanaladi. Didaktik o‘yinlarga dam olish yoki vaqt

o‘tkazish vositasi deb qaramay, unga ta’lim beruvchi faoliyat deb qarash lozimdir.

Ta’limiy o‘yinlarning turli xil tasnifi mavjudligi xususida biz ishning

birinchi bobida to‘xtalib o‘tgan edik. O‘yinlar mazmuni va amalga oshirish

shakliga ko‘ra sinflarga ajratilgan edi. Quyida boshlang‘ich sinf ona tili darslarida

uyushtiriladigan didaktik o‘yinlar va ularning mustaqil fikrlash bilan bog‘liq o‘ziga

xos xususiyatlari haqida fikr yuritamiz.

Tinch o‘yinlar18

«O‘zim tekshiraman». Bunday o‘yinlarni o‘tkazishda kichik hajmdagi

diktant matni tanlanadi va u darsning kirish qismida uyushtiriladi. O‘qituvchi

o‘quvchilarga kichik hajmdagi diktant yozdiradi. Barcha o‘quvchilar yozib

bo‘lishgach, o‘qituvchi xattaxtaga diktantni yozib ko‘rsatadi. Mabodo diktant oldin

xattaxtaga yozilib, usti yopib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘qituvchi pardani ochadi.

O‘quvchilar esa unga qarab o‘zlari yozgan diktantni tekshiradilar. Bunday

diktantlarni hatto alifbe davrida ham qo‘llash mumkin bo‘lib, o‘qituvchi avvaliga

faqat harflardan, so‘ngra (undosh harflar bilan tanishtirilgach) bo‘g‘inlardan iborat

quyidagicha turli variantlarda diktant yozdirsa, o‘quvchilarning o‘quv-biluv

malakalari shakllana boradi.

1-variant: O,o, I,i, U,u, A,a, o‘,o‘.

2-variant: -Lo, -no, -to, -mi, -un, -in.

3-variant: Bola, lola, ona, zar, par.

4-variant: Bugun havo issiq.

«Hikoya». O‘qituvchi xattaxtaga bir nechta so‘z yozib qo‘yadi. O‘quvchilar

mustaqil ravishda shu so‘zlar ishtirokida hikoya tuzadilar. Shu jarayonda ularning

18 Yo‘ldoshev J.G‘., Yo‘ldosheva F., Yo‘ldosheva G. “Interfaol ta’lim sifat kafolati” (Bolaga do‘stona

munosabatdagi ta’lim). – T.: 2008-y. – 172 b. 11-bet.

Page 49: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

49

lug‘at boyligi oshishi bilan birga, gaplarni to‘g‘ri tuzish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz

qilish, ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi.

O‘qituvchining vaqti-vaqti bilan rag‘batlantirishi o‘quvchilarning o‘ziga

bo‘lgan ishonchini orttiradi. Bu o‘yindan darsdan tashqari mashg‘ulotlarda,

to‘garaklarda ham bemalol foydalanish mumkin. Masalan, Nafisa, soat, yomg‘ir,

kitob.

«U kim? Bu nima?». Stol ustiga bir qancha predmetlar terib qo‘yiladi.

O‘qituvchi shu predmetlardan birortasini ta’riflaydi. O‘quvchilar shu belgilar

asosida gap nima haqida borayotganligini topadilar.

Bu o‘yinning afzallik tomoni shundaki, uni dars davomida o‘quvchilar

diqqatini jamlash, qo‘llariga dam berish maqsadida yoki yangi tovushlar bilan

tanishtirish, yangi mavzuni bayon qilish jarayonida foydalanish mumkin.

Bu o‘yin o‘quvchilarda ziyraklik, sinchkovlik sifatlarini va mustaqil fikrlash

qobiliyatlarini shakllantirishga imkon beradi.

Masalan: U shar shaklida. Uni mashhur sportchilarimiz ham stadionlarda

o‘ynaydilar. U yosh bolalarning ham sevimli o‘yinchog‘i. (javob: koptok).

«Topag‘on». O‘qituvchi biror belgi asosida savol beradi. O‘quvchilar shu

belgini o‘zida aks ettirgan predmetlar nomlarini aytadilar. Eng ko‘p to‘g‘ri javob

topgan o‘quvchilar g‘olib sanaladi. Bu o‘yinni o‘tkazish o‘quvchilarga so‘z

turkumlari haqidagi dastlabki ma’lumotlar berish jarayonini yengillashtiradi.

Bundan tashqari, hozirjavoblik, mustaqillik, ziyraklik, ijodkorlik kabi sifatlarni

shakllantiradi.

Savol: Nima oq rangda?

Javob: qog‘oz, daftar, bulut, parda, qor, buvimning sochlari, ..

«Noto‘g‘ri jumla». Bu o‘yin suratlar asosida o‘tkaziladi. O‘qituvchi suratni

tasvirlab berish davomida suratga tegishli bo‘lmagan jumlalarni ham ishlatadi.

O‘quvchilar ziyraklik bilan shu jumlani topishlari lozim.

O‘quvchilardan bu o‘yin davomida ziyraklik, sinchkovlik, kuzatuvchanlik va

diqqat talab qilinadi. Ular suratni sinchkovlik bilan kuzatish bilan bir qatorda

Page 50: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

50

o‘qituvchining hikoyasini ham diqqat bilan tinglab turadilar. har bir noto‘g‘ri

jumlani topish ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va darsga qiziqishini orttiradi.

Bu o‘yindan faqat ona tili darslarida emas, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda

ham foydalanish mumkin.

«Bo‘lishi mumkin emas». O‘yin davomida o‘qituvchi matnni o‘qiydi.

O‘quvchilar bo‘lishi mumkin bo‘lmagan voqealar ifodalangan jumla yoki gapni

topishlari lozim.

Hazil-mutoyiba bilan o‘tadigan bu o‘yin ziyraklik, sinchkovlik va

kuzatuvchanlikni talab qilishi bilan birga, hikoya tinglash ko‘nikmasini

shakllantirishga ham yordam beradi.

Bu o‘yin bir necha marta o‘tkazilgach, keyinchalik o‘quvchilarga mustaqil

ravishda shunday hikoyachalar tuzishni ham topshirish mumkin.

Namuna: Dushanba dam olish kuni bo‘lgani uchun Olim maktabga bormadi.

U singlisi Vazira bilan hayvonot bog‘iga bordi. Ular hayvonot bog‘ida suvda suzib

yurgan sherni, qafasda sayrayotgan baliqlarni va kattakon vahshiy bulbulni

ko‘rdilar.

«Harflarni top». Bu o‘yinni og‘zaki yoki rasmli testlarda tovushlarning

o‘rnini topishda qo‘llaniladigan rangli to‘rtburchak qog‘ozchalar vositasida ham

o‘tkazish mumkin. Bunda ikki xil rangdagi to‘rtburchak qog‘ozchalar olinadi.

O‘qituvchi so‘zlarni o‘qiydi. O‘quvchilar esa mustaqil ravishda topish lozim

bo‘lgan tovush o‘rnini bir xil rangdagi, qolgan tovushlar o‘rnini ikkinchi xil

rangdagi qog‘ozchalar bilan ko‘rsatadilar. Masalan «ona» so‘zidagi «a»

tovushining o‘rnini rangli qog‘ozchalar bilan shunday ko‘rsatadilar:

yoki tovushlar sxemasini quyidagicha chizib ko‘rsatadilar:

Bu o‘yindan o‘qituvchi o‘quvchilarning savodini chiqarishda samarali usul

sifatida foydalanishi mumkin.

Page 51: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

51

O‘quvchilarning nutqini rivojlantirish maqsadida o‘yinni og‘zaki ham

o‘tkazish mumkin. Masalan: «Maktab» so‘zidagi «a» tovushining o‘rnini topib

aytish kerak bo‘lsin. «Maktab» so‘zida «a» tovushi birinchi bo‘g‘inda ikkinchi

o‘rinda «m» tovushidan keyin turibdi, ikkinchi bo‘g‘inda esa «t» tovushidan keyin

ikkinchi o‘rinda turibdi.

«O‘qib ko‘r-chi». O‘qituvchi o‘quvchilarga yozma va bosma harflar bilan

katta-katta qilib yozilgan so‘zlarni ko‘rsatadi. O‘quvchilar o‘qiydilar. Tez va

to‘g‘ri o‘qigan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. Shu xildagi o‘yinlar vositasida

o‘quvchilarning o‘qish texnikasi shakllantiriladi. Bu o‘yinni «Alifbe» davrida ham

qo‘llash mumkin. Uni undosh tovushlar hali o‘rganilmagan davrda faqat tovushlar,

keyinroq esa bo‘g‘inlar, so‘zlar, gaplar vositasida o‘tkazish mumkin.

«Davom ettir». Bu o‘yinda o‘qituvchi hikoya boshlaydi. O‘quvchilar uni

mustaqil davom ettiradilar. Bunda o‘quvchilarda ijodkorlik, mustaqil fikrlash

qobiliyati rivojlanib, bayon yoki insho kabi ijodiy ishlar yozish ko‘nikmasi

rivojlanadi va so‘z boyligi ortadi. Bundan tashqari, ularda o‘ziga ishonch hissi

shakllanib boradi.

«Davom ettir» o‘yinidan ona tili, o‘qish darslarida yoki darsdan tashqari

mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin.

Masalan: «Bugun men barvaqt maktabga kelayotganimda ... ».

«Safar». O‘quvchilarga maktabdan yoki o‘z uylaridan ma’lum bir joygacha

bo‘lgan yo‘lni tasvirlash topshiriladi. O‘quvchilar bir necha kun davomida

«obyekt»ni kuzatadilar va uni og‘zaki tasvirlab beradilar.

Sinchkovlik, ziyraklik, kuzatuvchanlik, atrof-muhitga diqqat-e’tibor talab

etiladigan bu o‘yin vositasida Vatanga e’tiqod, tabiatga muhabbat hislarini

tarbiyalash mumkin. Bundan tashqari, o‘quvchilarning nutqi rivojlanadi, lug‘at

boyligi ortadi, mustaqil fikrlash malakalari shakllanadi.

Shu bilan birgalikda o‘quvchilarning yo‘l harakati qoidalarini qay darajada

bilishlarini ham aniqlash mumkin. «Safar» o‘yinidan mustahkamlash darslarida

yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin.Masalan: Uydan sport

majmuasigacha bo‘lgan yo‘l.

Page 52: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

52

Men darsdan keyin sport majmuasidagi kurash to‘garagiga qatnayman. U

yerga borish uchun uydan chiqib, chap qo‘l tarafga qarab yuraman. Katta yo‘ldan

o‘tish uchun piyodalarga ajratilgan yo‘lak bo‘ylab borib, svetoforning yashil

chirog‘i yonganda maxsus ajratilgan joydan o‘tib olaman. To‘g‘rida sport

majmuasi ko‘rinib turadi.

«Sirli so‘z». O‘qituvchi o‘quvchilarga sirli katakchalarda bir xil so‘z necha

marta yozilganligini topishni aytadi. Eng ko‘p topgan o‘quvchi g‘olib sanaladi.

«Sirli so‘z» o‘yini o‘quvchilarni boshqotirmalarni hal etishdagi dastlabki

ma’lumotlar bilan tanishtiradi va ularning fikr doirasini kengaytirishga yordam

beradi.

Masalan: Quyidagi katakchalarda «Aziza» so‘zi necha marta yozilgan?

A Z I Z A

Z Z I Z Z

I I I I I

Z Z I Z Z

A Z I Z A

«Zanjir». O‘qituvchi o‘yinni boshlab o‘quvchilarga bitta so‘z aytadi.

O‘quvchilar bu so‘z qaysi harf bilan tugagan bo‘lsa, shu harf bilan boshlanuvchi

so‘zni topib aytadilar. So‘z o‘yini shu tarzda davom etadi.

Bu o‘yin 1-sinflarda so‘zlar, yuqori sinflarda esa maqollar, tez aytishlar,

hikmatli so‘zlar yoki she’riy baytlar vositasida o‘tkazilishi mumkin. Bunday

o‘yinlarning o‘tkazilishi o‘quvchilarning xotirasini mustahkamlaydi,

hozirjavoblikka, mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Bu o‘yindan ona tili va o‘qish

darslarida dam olish daqiqalarida yoki darsni boshlashdan avval o‘quvchilar

diqqatini to‘plab olish maqsadida foydalanish mumkin.

Masalan: Tabiat, taom, maymun, nok, kitob, botir, rayhon, ... .

«O‘yin-topishmoq». Bu o‘yindan darsning ma’lum bir qismida kichik

hajmda yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda katta hajmda foydalanish mumkin.

U quyidagi tartibda o‘tkaziladi. O‘qituvchi biror bir narsani topishmoqlar yoki

so‘zlar vositasida uch marta ta’riflaydi. Birinchi ta’rif murakkab, ikkinchi ta’rif

Page 53: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

53

yengilroq, uchinchi ta’rif esa juda yengil bo‘ladi. Birinchi ta’rifdanoq to‘g‘ri

javobni topgan o‘quvchiga «3» ball, ikkinchi ta’rifda to‘g‘ri javobni topgan

o‘quvchiga «2» ball, uchinchi ta’rifda to‘g‘ri javobni topgan o‘quvchiga esa «1»

ball beriladi. Bu o‘yinni bir o‘quvchi bilan og‘zaki yoki ko‘pchilik o‘quvchilar

bilan yozma ravishda o‘tkazish mumkin.

Bunday o‘yinlar o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lib, ularning fikrlash

darajasini aniqlash va rivojlantirishga yordam beradi.

Masalan:

1-ta’rif: Aytishlaricha, u shunaqa oq ko‘ngil ekanki, mabodo biror kishini

chaqib qo‘ysa, xafa bo‘lganidan, o‘zi halok bo‘lar ekan.

2-ta’rif: U hashorotning nomiga shirinlik nomi ham qatnashgan.

3-ta’rif: Guldan-gulga qo‘nar u,

Sharbat yig‘ib jo‘nar u.

Yig‘ib o‘zi yemaydi,

Uyasiga to‘playdi.

Hosili men-u senga,

Kim nomin aytar menga? (Asalari)

«Bu meniki». O‘qituvchi harf yozilgan kartochkalarni o‘quvchilarga

tarqatadi. Har bir kartochkada har xil harf yozilgan bo‘ladi. Shundan so‘ng

o‘qituvchi so‘zlarni o‘qiy boshlaydi. O‘quvchilar qo‘llaridagi kartochkada

yozilgan harf bilan boshlanadigan so‘zni eshitishlari bilanoq «Bu meniki» deb

javob berishlari shart. O‘qituvchi so‘zlarni tezroq o‘qiydi, o‘quvchilar ziyraklik

bilan tinglaydi.

«Tez javob». O‘qituvchi yoki boshlovchi o‘quvchilar qatorini oralab yurib,

o‘quvchilardan birini turg‘izadi va biror narsaning nomini aytadi. O‘quvchi shu

narsa mansub bo‘lgan turga kiruvchi so‘z topib aytishi lozim. Javob to uchgacha

sanaguncha aytilishi kerak. Javob berolmagan o‘quvchi o‘yindan chiqariladi. O‘yin

bitta o‘quvchi qolguncha davom ettiriladi.

Page 54: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

54

Bunday o‘yin davomida o‘quvchilarda hozirjavoblik, mustaqil fikrlash

qobiliyati rivojlanib, atrof-muhitni sinchkovlik bilan kuzatadi, atrofdagi sodir

bo‘layotgan voqea va hodisalarga qiziqishi ortadi.

Masalan: O‘qituvchi: «Hayvon».

O‘quvchi: «It».

O‘qituvchi: «Badiiy film».

O‘quvchi: «Abdullajon».

O‘qituvchi: «O‘quv quroli».

O‘quvchi: «Daftar».

O‘qituvchi: «Qizlar ismi».

O‘quvchi: «Munavvar» ... .

«Rebus». Rebus boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida juda sodda ko‘rinishda

berilib, surat, belgilar asosida hal etiladigan boshqotirmadir.

Rebuslarni hal etish uchun, avvalambor, suratda nima tasvirlanganini topish

lozim bo‘ladi, shundan so‘ng shartli belgilar asosida yangi so‘z hosil qilinadi. Shu

tariqa rebus hal etiladi va u yerda qanday so‘z yashiringani topiladi. Rebuslarda

shartli belgilar quyidagicha bo‘lishi mumkin:

1.Rasm yonidagi biror-bir harf o‘chirilib yoniga boshqa bir harf yozib

qo‘yilgan bo‘lsa, demak, rasmda nima tasvirlangani topiladi va shu so‘zdagi

o‘chirilgan harf o‘rniga tegishli harf qo‘yiladi.

Masalan:

5

O

Rasmdan «Besh» so‘zini o‘qiymiz. «E» harfi o‘chirilgan va uning yonida

«O» harfi turibdi. Demak, biz «besh» so‘zidagi «E» harfi o‘rniga «O» harfini

qo‘yamiz va «bosh» so‘zini hosil qilamiz.

2.«’». Bu belgi so‘zning birinchi harfini olib tashlash lozimligini bildiradi.

Masalan:

Kit rasmi

Page 55: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

55

«Kit» so‘zining birinchi harfini olib tashlaymiz va «It» so‘zini hosil qilamiz.

3.«,». Bu belgi so‘zning oxirgi harfini olib tashlash lozimligini bildiradi.

Masalan:

4

Demak, «To‘rt» so‘zining oxirgi harfini olib tashlaymiz va «To‘r» so‘zini hosil

qilamiz.

Masalan, quyidagi rebusda «Tinchlik baxt keltirar» hikmatli so‘zi

yashiringan. 2.3.1-rasm «Krossvord».

Krossvord o‘yinini o‘tkazish uchun o‘quvchilar yoshiga mos holda juda

sodda ko‘rinishdagi krossvordlar tuzib olinadi. O‘quvchilar mustaqil ravishda

javoblarni topib yozadilar.

Krossvordlar dastlab o‘qituvchi boshchiligida hal etiladi. O‘quvchilarda

krossvordlarni hal etish ko‘nikmalari paydo bo‘lgandan keyin o‘qituvchi nazorati

ostida mustaqil hal etadilar. «Krossvord» o‘yini o‘quvchilar dunyoqarashini

o‘stirish bilan birgalikda ularning so‘zlar ma’nosini yodda saqlab qolishlariga ham

imkon beradi. O‘yin avvalida katakchalarga so‘zlarni o‘qituvchi yozib bergan

bo‘lsa, keyingi so‘zlarni o‘quvchilar ham navbat bilan yozishlari mumkin.

Katakchalarni to‘ldirishda o‘quvchilarning bevosita ishtiroki ularning o‘yinga

bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Agar krossvordda kalit so‘z mavjud bo‘lsa,

katakchalar to‘ldirib bo‘lingach, o‘qituvchi ajratib ko‘rsatilgan (qalin chiziq bilan

chegaralangan) katakchalarda yozilgan so‘zlarni o‘quvchilar bilan birgalikda

o‘qiydi.

Page 56: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

56

O‘quvchilarning fikrlash malakalarini shakllantirishga yordam beradigan

krossvorddan darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin.

1. Onalar qo‘shig‘i.

2. Otamning opasi.

3. G‘ildirakli qurilma.

4. Duradgor asbobi.

Harakatli o‘yinlar

«U nima qilyapti?» («Pantomimo»). O‘quvchilardan biri bolalar oldiga

chiqib ovozsiz harakatlar qiladi. O‘quvchilar jamoasi birgalikda uning harakatlarini

izohlab berishlari lozim. Bunday o‘yin o‘qish va ona tili darslarida o‘quvchilar

nutqini o‘stirish bilan birgalikda ularni topqirlik va hozirjavoblik ruhida

tarbiyalashga ham xizmat qiladi.

«Jonli hikoya». O‘qituvchi so‘zlar yozilgan qog‘ozlarni o‘quvchilarga

tarqatib, hikoya o‘qib beradi (Qog‘ozlarda yozilgan so‘zlar birgalikda shu hikoyani

hosil qiladi). O‘qituvchi hikoyani ikkinchi marta o‘qib berganda o‘quvchilar

qo‘llaridagi qog‘ozlarni shunday ketma-ketlikda joylashtirishlari kerakki,

qog‘ozlardagi yozilgan so‘zlar bir butun gapni, gaplar esa hikoyani hosil qilsin. Bu

o‘yinni o‘tkazishda darslikdagi hikoyalar yoki darslikdan tashqari hikoya va

ertaklardan foydalanish mumkin.

«Quruvchi». Bu o‘yindan o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, o‘tgan mavzuni

yoki yangi mavzuni mustahkamlash qismida yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda

foydalanish mumkin. O‘qituvchi avvaldan darsga tayyorgarlik ko‘rib, qog‘ozdan

yoki penoplast bo‘lakchalaridan «g‘isht»chalar yasaydi va bu «g‘isht»chalarga

savol yozilgan qog‘ozchalarni yopishtirib chiqadi. «G‘isht»chalar soni o‘quvchilar

soniga teng yoki ko‘p bo‘lishi kerak. Guruhlarga «minora» yoki «devor» qurish

uchun joy ajratiladi. Har bir guruhdan bittadan bola chiqadi va «g‘isht»chani olib

savolni o‘qiydi. Agar savolga to‘g‘ri javob topsa o‘zlarining «maydon»chalariga

teradilar. Agar noto‘g‘ri javob bersalar o‘qituvchi «g‘isht»chani olib qo‘yadi.

O‘yin shu taxlitda barcha o‘quvchilar savollarga javob berib bo‘lgunlariga qadar

Page 57: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

57

davom etadi. «Qurilish maydonchasi»da eng ko‘p g‘isht tergan o‘quvchilar guruhi

g‘olib sanaladi.

Aralash tipdagi o‘yinlar

«Iztopar». Xattaxtaga so‘zlarning ba’zi bir harflari tushirib qoldirilib, terib

qo‘yiladi. «Iztopar» o‘quvchi shu harfni harf kassasidan topib o‘z o‘rniga qo‘yadi

va hosil bo‘lgan so‘zni o‘qiydi. To‘g‘ri topgan o‘quvchi rag‘batlantiriladi. Boshqa

o‘quvchilarda yana boshqa variantlar bo‘lsa ko‘rib chiqiladi. Bu o‘yin, ayniqsa,

savod darslari samaradorligini oshirish bilan birgalikda, o‘quvchilarda mustaqillik

va ijodkorlikni ham rivojlantirishga ko‘mak beradi.

«So‘z o‘yini». O‘quvchilar guruhlarga yoki qatorlarga ajratiladi. Har bir

guruh boshidagi o‘quvchiga bir-birinikidan farq qiladigan harf yozilgan qog‘oz

tarqatiladi. O‘yin boshlangunga qadar guruh ishtirokchilari qog‘ozda qanday harf

yozilganligini ko‘rmasliklari lozim. O‘qituvchi buyruq berishi bilanoq boshlovchi

o‘quvchilar qog‘ozni o‘ngarib unda yozilgan harf bilan boshlanadigan so‘z topib

yozadilar, so‘ng orqada turgan o‘quvchiga uzatadilar. Orqada o‘tirgan o‘quvchi

ham shu harf bilan boshlanadigan so‘zni yozib keyingi o‘quvchiga uzatadi. Shu

taxlit barcha o‘quvchilar so‘z topib yozishlari lozim. Guruh yoki qator oxiridagi

o‘quvchi o‘yin tugagach, qog‘ozni o‘qituvchiga keltirib topshiradi. O‘yinni

birinchi bo‘lib tugatgan va so‘zlarni to‘g‘ri yozgan o‘quvchilar guruhi g‘olib

sanaladi.

«Sirli xat». Pochtachi kiyimidagi bola sinfga kiradi va shunday deydi: «Men

bir qancha sirli xat oldim. Bu xat ustiga kimga tegishliligi yozilmagan. Unda faqat

savollar yozilgan. Menimcha, kim shu savollarga to‘g‘ri javob bersa, xat shu

o‘quvchiga tegishli bo‘ladi». Shundan so‘ng «pochtachi» xatjild ustiga yozilgan

savollarni o‘qiydi. Savollarga kim to‘g‘ri javob bersa xat o‘sha o‘quvchiga

topshiriladi. Xatjild ichidagi qog‘ozda rag‘batlantiruvchi so‘zlar yozilgan bo‘ladi.

Bu o‘yindan o‘quvchilar diqqatini jamlash, ta’lim jarayonining qiziqarli

bo‘lishi va samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish mumkin.

Page 58: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

58

Ilmiy adabiyotlarda didaktik o‘yinlarni uyushtirishda darsning asosiy

didaktik maqsadini, hisobga olish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan. O‘yindan darsning

barcha bosqichlarida foydalanish mumkin.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatish jarayonida

qo‘llaniladigan ta’limiy o‘yinlarni boshlang‘ich sinf ona tili dasturi bo‘yicha tahlil

qilamiz. 1-sinf ona tili dasturi bo‘yicha 1-sinf darsligi: 1-bo‘limi «Tovushlar va

harflar bo‘limi». Bu bo‘limda «o‘zim tekshiraman», «Harflarni top», «Sirli so‘z»,

«Bu meniki», «Iztopar» o‘yinlaridan foydalanish mumkin.

«So‘z» bo‘limini o‘qitish jarayonida «o‘zim tekshiraman», «U kim?», «Bu

nima?», «Topag‘on», «o‘qib ko‘rchi», «Sirli so‘z», Zanjir, «Iztopar», «So‘z

o‘yini» o‘yinlarini qo‘llash o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘llaydi.

«Hikoya», «o‘zim tekshiraman», «Noto‘g‘ri xulosa», «Bo‘lishi mumkin

emas», «Davom ettir», «Safar», «Jonli hikoya» o‘yinlaridan «Nutq. Gap»

bo‘limida foydalanish o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishlarini

oshiradi.

2-sinfda ona tili dasturi «Tovush va harflar», «So‘z», «Gap», «So‘z

tarkibi», «So‘z turkumlari» bo‘limlaridan iborat.

«Tovush va harflar» bo‘limida o‘quvchilarga nazariy va amaliy bilimlar

berishda, mustaqil fikrlashga o‘rgatishda «o‘zim tekshiraman», «Harflarni top»,

«o‘qib ko‘r-chi», «Zanjir», «Sirli so‘z», «Bu meniki», «Krossvord», «Iztopar»

o‘yinlari muhim o‘rin tutadi.

«So‘z» bo‘limida «U kim? Bu nima?», «Zanjir», «Bu meniki», «Tez

javob», «So‘z o‘yini», «Quruvchi» o‘yinlaridan foydalanish mumkin.

«Gap» bo‘limida «Hikoya», «Noto‘g‘ri jumla», «Bo‘lishi mumkin emas»,

«Davom ettir», «Jonli hikoya», «Sirli xat» o‘yinlaridan foydalanish mumkin.

«So‘z tarkibi» bo‘limida «Hikoya», «Topag‘on», «Noto‘g‘ri jumla»,

«Bo‘lishi mumkin emas», «Davom ettir», «Krossvord», «Jonli hikoya»

«Quruvchi» o‘yinlaridan foydalanish mumkin.

«So‘z turkumlari» bo‘limida o‘quvchilarga so‘z turkumlari haqida

dastlabki ma’lumotlar beriladi. Bu bo‘limda o‘quvchilarda tafakkur mustaqilligini

Page 59: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

59

shakllantirish uchun «U kim? Bu nima?», «Topag‘on», «Davom ettir», «Sirli

so‘z», «o‘yin-topishmoq», «Bu meniki», «U nima qilyapti?», «Jonli hikoya»,

«So‘z o‘yini», «Sirli xat», o‘yinlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

3- sinf ona tili dasturi 2-sinf ona tili darsligi materillarini takrorlash bilan

boshlangan. Shu bilan birga «Gap», «So‘z tarkibi», «So‘z turkumlari»

bo‘limlaridan iborat.

«Takrorlash» bo‘limida o‘quvchilarning 2- sinfda o‘zlashtirilgan nutq, gap,

so‘z va tovushlar haqidagi bilimlari mustahkamlanadi. Bu bo‘limda mos ravishda

«Hikoya», «o‘zim tekshiraman», «U kim? Bu nima?», «Noto‘g‘ri jumla»,

«Bo‘lishi mumkin emas», «Harflarni top», «Davom ettir», «Sirli so‘z»,

«Quruvchi» o‘yinlaridan foydalanish 2-sinfda o‘zlashtirilgan materiallarni yodga

tushirish bilan birga mustaqil fikrlashga o‘rgatishga ham yordam beradi.

«Gap» bo‘limida «o‘zim tekshiraman», «Hikoya», «Noto‘g‘ri jumla»,

«Bo‘lishi mumkin emas», «Davom ettir», «Safar», «o‘yin-topishmoq», «Rebus»,

«Krasvord», «Jonli hikoya» kabi o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq

bo‘ladi.

«So‘z tarkibi» bo‘limida «o‘zim tekshiraman», «Noto‘g‘ri jumla», «o‘qib

ko‘r-chi», «Sirli so‘z», «Zanjir», «Bu meniki», «Jonli hikoya», «So‘z o‘yini»,

«Quruvchi» o‘yinlaridan foydalanish mumkin.

«So‘z turkumlari» bo‘limida «Hikoya», «U kim? Bu nima?», «Topag‘on»,

«Notug‘ri jumla», «Bo‘lishi mumkin emas», «Davom ettir», «Safar», «Rebus»,

«o‘yin-topishmoq», «Krassvord», «Pantomimo», «Jonli hikoya», «Iztopar», «Sirli

xat» o‘yinlaridan foydalanish to‘g‘ri bo‘ladi.

4-sinf ona tili darsligi 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash va «So‘z

turkumlari» bo‘limlaridan iborat. 4-sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik

xususiyatlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, biz yuqorida keltirgan didaktik

o‘yinlardan foydalanishda imkoniyatlar katta ekanligini ko‘ramiz. Masalan,

«Takrorlash» bo‘limida «o‘zim tekshiraman», «Topag‘on», «Noto‘g‘ri jumla»,

«Davom ettir», «Safar», «Zanjir», «o‘yin-topishmoq», «Rebus», «Krossvord»,

«Quruvchi» o‘yinlaridan foydalanib o‘quvchilar uchun ma’lum bo‘lgan bilimlarni

Page 60: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

60

takrorlash jarayonini zerikarli bo‘lmasligini ta’minlaydi va mustaqil fikrlashga

o‘rgatadi.

4-sinfda so‘z turkumlaridan ot, sifat, son, kishilik olmoshlari va fe’lga doir

bilimlar beriladi. So‘z turkumlariga doir bilimlar berish jarayonida «o‘zim

tekshiraman», «Hikoya», «Davom ettir», «Jonli hikoya», «O‘yin-topishmoq»,

«Rebus», «Krossvord», «Pantomimo», «Safar», «Tez javob», «So‘z o‘yini», «Sirli

xat» kabi o‘yinlardan foydalanish o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik

munosabatlarini shakllantirishga va mustaqil fikrlashga o‘rgatishga yordam beradi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlari har bir

sinfda bir-biridan keskin farq qiladi. Olti-yetti yoshli o‘quvchilarning diqqati

turg‘un bo‘lmasligi bois o‘yinga ko‘proq moyillik bildirishadi. Shu sababli dars

davomida o‘yinlardan ko‘proq foydalanishga to‘g‘ri keladi.

Keyingi sinflarda o‘quvchilar maktab sharoitiga ancha moslashadi, bilim

olishga qiziqishlari oshadi. Endi ularni ancha jiddiy ishlarga tayyorlay borish

mumkin. Ammo bu holat ta’lim jarayonida o‘yinlardan foydalanishni kamaytirish

lozim, degani emas. Agar 1-sinfda o‘quvchilarni o‘yin ko‘proq qiziqtirsa, keyingi

sinflarda o‘yinning mazmuni, natijasini anglashga ehtiyoj tug‘iladi. Ular o‘z

imkoniyatlari va qobiliyatlarini ko‘rsatish imkoni bo‘lgan o‘yinlarda ishtirok

etishga intila boshlaydilar.

Didaktik o‘yinlar quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich: Bu bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilarni darsgacha bo‘lgan vaqtda

tayyorlaydi. Tayyorgarlik shundan iboratki, o‘quvchilar darsga kerakli o‘quv

qurollarini oldindan tayyorlaydilar, mavzuga oid materiallar bilan mustaqil

tanishadilar, darslik va boshqa nazariy materiallarni ko‘zdan kechiradilar.

2-bosqich: Bu bosqichda o‘quvchilarga o‘yin mohiyati tushuntiriladi, rollar

bo‘lib beriladi, manbalar bilan tanishtiriladi va o‘yin amalga oshiriladi.

Didaktik o‘yinlarni o‘tkazishda o‘qituvchining o‘rni juda muhim. O‘qituvchi

o‘yin va uning qonun-qoidalarini o‘quvchilarga tayyor holda yetkazadi va o‘yinda

bevosita ishtirok etib ular bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi, turli talablarni

bajarishda namuna bo‘lib xizmat qiladi, ma’lumotlar berib boradi.

Page 61: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

61

O‘qituvchi didaktik o‘yinlarni o‘tqazishga tayyorgarlik jarayonida quyidagi

talablarga rioya qiladi:

- tanlangan didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning yosh va individual

xususiyatlariga mos bo‘lishi;

- har bir o‘yin pedagogik va psixologik jihatdan asoslangan bo‘lishi;

- o‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash va mustahkamlashga yordam berishi;

- bir xildagi o‘yinlarning ko‘p takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik;

- o‘yinni o‘tkazishdan avval o‘qituvchi ham, o‘quvchilar ham puxta

tayyorgarlik ko‘rishi;

- o‘yin yakunida g‘olib va bilimdon o‘quvchilarni rag‘batlantirib borish.

Biz yuqorida misol tarzida keltirgan didaktik o‘yinlar barcha qonun-qoidalar va

prinsipial talablarga rioya qilib o‘tkazilsa, o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini

rivojlantirishga innovatsion yondashuv asosida o‘rgatish samarali ta’sir qilishi

shubhasiz.

Page 62: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

62

BOB YUZASIDAN XULOSA

1. Boshlang‘ich sinf o‘quv predmeti darslarida muammoli savol, muammoli

topshiriqlar vositasida muammoli vaziyatlar yaratish va o‘quvchilarni

muammolarni hal etishga jalb qilish o‘quvchilarning bilish faoliyatini ma’lum

maqsadga yo‘naltirishga xizmat qiladi, ta’lim jarayoniga ijodiylik bag‘ishlaydi va

fikrlash darajasining rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratadi.

2. Boshlang‘ich sinflarning «O‘quv predmet»larida berilgan har bir mashq,

masala va hikoyalar o‘quvchilar uchun o‘ziga xos jumboq. Ularni hal etish

jarayonini tashkil etishga ijodiy yondashish aqliy faoliyatni rivojlantirishga ham

xizmat qiladi.

3. Mustaqil ishlarning reproduktiv, rekonstruktiv va ijodiy turlari farq

qilinib, ularni amalga oshirishda bir qancha talablarga rioya qilinganda yuqori

natijalarga erishish mumkin.

4. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yosh va psixologik xususiyatlaridan kelib

chiqib, ular faoliyatini faollashtirishga xizmat qiladigan o‘yinlardan ta’lim

jarayonida ham foydalanish zarur va ular o‘quvchilar fikrlash darajalarini

rivojlantirishda muhim vosita sanaladi. Ta’limiy o‘yinlar ishlab chiqilgan qonun-

qoidalar va talablarga rioya qilib o‘tkazilsa, o‘quvchilarni fikrlash qobiliyatini

rivojlantirishga innovatsion yondashuv asosida o‘rgatishga samarali ta’sir qilishi

shubhasiz.

Page 63: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

63

III BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI FIKRLASH

QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH TIZIMI VA UNING

SAMARADORLIGI

1. O‘qituvchi-o‘quvchilar hamkorlik munosabati fikrlash qobliyatini

rivojlantirish omili

Muammo yuzasidan olib borilgan tadqiqot davomida boshlang‘ich sinf

o‘quvchilarning fikrlash qobliyatini rivojlantirish usullari va vositalariga ta’sir

qiluvchi muhim omillardan biri o‘qituvchi-o‘quvchilar hamkorligi alohida diqqat

markazida tutiladi.

Ma’lumki, ta’lim jarayoni ikki yoqlama xarakterga ega bo‘lib, o‘qituvchi va

o‘quvchilarning teng munosabatlaridan tashkil topadi. Bu jarayonga rahbarlik

qiluvchi o‘qituvchi ta’lim jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi, ta’lim

maqsadlarining to‘g‘ri amalga oshirilishi va ta’lim natijalari uchun javobgar shaxs

hisoblanadi. Ammo bu, ta’lim jarayoni o‘qituvchining to‘liq hukmronligi ostida

amalga oshadigan jarayon, degan noto‘g‘ri fikrning tug‘ilishiga asos bo‘la

olmaydi. Hozirgi davr talabi ham kimnidir bo‘ysundirish orqali emas, balki

hamkorlik munosabati yordamida ijobiy natijaga erishishdir.

Ta’lim jarayonida o‘quvchilar faoliyatining shakllanishi fan asoslarini

o‘zlashtirishga oid mexanizmgina bo‘lib qolmasdan, balki shaxsning umumiy

ijtimoiy-madaniy qobiliyatlarini tarkib toptirishga ham qaratilishini unutmaslik

lozim. Bizningcha, o‘quv vaziyati ta’lim jarayonini tashkil qiluvchi o‘zgaruvchan

tizim sanalib, u quyidagicha ikki qismdan iborat:

- o‘qituvchi bilan o‘kuvchilar hamkorligi;

- o‘quvchilarning o‘zaro bir-birlari bilan hamkorligi.

O‘qituvchi bilan o‘quvchilarning hamkorligi o‘qituvchining o‘quvchilarga

ko‘rsatadigan yordamidan boshlanadi. U asta-sekin faollashib o‘quv harakatlariga

aylanadi. Natijada, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar munosabati hamkorlik

pozitsiyasiga o‘sib o‘tadi.

Page 64: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

64

Materiallar tahlilining ko‘rsatishicha, ijodiy topshiriqlar hamkorlikda

bajarilgandagina bilimlarni o‘zlashtirish mahsuldor bo‘ladi. Ilmiy manbalarda

ta’limning shunday tashkil etilishini hamkorlikdagi mahsuldor faoliyat vaziyati,

deb atash qabul qilingan.

Pedagogik adabiyotlar tahlili va ijodiy tajribalarimiz natijalariga ko‘ra

hamkorlikdagi mahsuldor o‘quv faoliyati vaziyatini tashkil qilishning 2 asosiy

tamoyilini ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiqdir:

1.Ta’limda mazmunning izchilligi tamoyili. Unga ko‘ra shaxs o‘z faoliyatini

muayyan maqsad asosida tashkil qilishida mazkur faoliyatning uzluksiz

shakllanishi ko‘zga tashlanadi.

2.O‘qituvchi-o‘quvchilar hamkorligining mustaqil ijodiy faoliyat bilan

bog‘liqligi tamoyili.

O‘quv jarayonida o‘quvchilar bilan hamkorlik qilish katta ahamiyatga ega.

O‘quvchilarning ta’limga qay darajada ixlos qo‘yishi o‘qituvchining mana shu

hamkorlikni yarata bilish mahoratiga bog‘liq. O‘qituvchi bilan o‘quvchilarning

o‘quv faoliyatidagi muhitning to‘g‘ri uyushtirilishi o‘quvchilarning fanga bo‘lgan

qiziqishlarini oshiradi, ularni butun kuch va g‘ayratini sarflashga undaydi. Bu

o‘zaro muloqotning shunday bir shaklidirki, bunda o‘quvchi o‘zini pedagogik

ta’lim obyekti deb emas, balki mustaqil va erkin harakat qiluvchi shaxs deb biladi.

O‘qituvchining o‘rganilayotgan fan bo‘yicha qaysidir bir ma’lumotga aniqlik

kiritish paytida o‘quvchilarga yordam so‘rayotganday murojaat qilishi hamkorlik

faoliyatini yanada chuqurlashtiradi.

O‘quvchilarni o‘rganuvchi va tarbiyalanuvchiga aylantirish o‘qish-o‘qitish

jarayonini muvaffaqiyatli olib borishninggina sharti bo‘lib qolmay, balki ularni har

jihatdan barkamol insonlar qilib tarbiyalashning ham muhim shartidir. O‘quvchi

o‘qitish va tarbiyalash jarayonining o‘zidayoq bilim va tarbiya oluvchi shaxsga

aylanadi.

Sh.A.Amonashvili ta’lim jarayonida o‘kuvchi bilan hamkorlik munosabatini

o‘rnatish lozimligini ta’kidlab, shunday deydi: «O‘quvchining o‘quv-biluv

faoliyati nafaqat qiziqarli o‘quv materiali va uni tushuntirishning turli metodlari

Page 65: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

65

vositasida, balki pedagogning ta’lim jarayonidagi muomala xarakteriga ko‘ra

tartibga solinadi. Mehr, ishonch, hamkorlik, hurmat mavjud bo‘lgan muhitda

o‘quvchi o‘quv topshiriqlarini oson o‘zlashtiradi. Yutuqlari, mustaqil fikri, ijodiy

izlanishlari yuqori baholanayotganini ko‘rgan o‘quvchi yanada murakkab bo‘lgan

o‘quv topshiriqlarini bajarishga intila boshlaydi».

Muammo yuzasidan olib borilgan izlanishlar o‘quvchilarning o‘quv

jarayoniga munosabati o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zaro ta’sir jarayonining to‘g‘ri

tashkil etilishi, o‘quv materiallarini tanlash va tashkil qilish, bilimlarni o‘zlashtirish

jarayonini takomillashtirish usullariga, o‘quv natijalariga qo‘yiladigan baho

tizimiga bog‘liqligini ko‘rsatdi.

Ijodkorlik va o‘zaro hamkorlik bir-biriga mustahkam bog‘liq. Zero,

faqatgina ijodkorlik asnosida hamkorlik vujudga keladi va mana shu hamkorlikda

ijodkorlik o‘z ifodasini topadi. Pedagogik ijodkorlikni faqatgina yangilikka,

tajribalar o‘tkazishga intilish deb tushunmaslik kerak. Bu intilish sog‘lom fikrning

rasmiyatchilik ustidan g‘alabasini ham ifoda etadi. Demokratiya, oshkoralik

bo‘lmagan joyda, ma’muriyatchilik va o‘qituvchining irodasi bilan dars jarayonida

o‘quvchilarning mustaqil fikrlash faoliyatiga rahna solinsa ijodiy xamkorlik

barham topadi. Boshlang‘ich sinf darslarida o‘quvchilarning ijodiy fikrlash

qobliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan topshiriqlar ustida ishlash alohida

o‘rin tutadi. O‘quvchi o‘zi uchun qulay sharoitda hayotiy va o‘quv tajribasiga

tayanib og‘zaki yoki yozma nutqi orqali fikrlash faoliyatini amalga oshiradi. Unda

ona tilining o‘zi uchun noma’lum qirralari xususida o‘qituvchi bilan faol

hamkorlik qilish uchun ruhiy tayyorgarlik paydo bo‘ladi. U mavzu yuzasidan

berilgan savollarga tegishli javob qaytarish uchun mustaqil ijodiy izlanishlarga

harakat qiladi.

O‘qituvchi bunday hamkorlik jarayonida o‘quvchilarning nutqini o‘stirish

bilan birga diagnostik vazifani ham bajaradi, ya’ni o‘quvchilarning so‘z boyligi,

qiziqish doirasini aniqlaydi, ijodiy iqtidorini chamalaydi. Ijodiy topshiriqlar ustida

ishlash jarayonida bu g‘oyat muhimdir.

Page 66: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

66

Boshlang‘ich sinf “Ona tili” mashg‘ulotlari jarayonida o‘zaro muloqot ta’lim

samaradorligini oshirishga yaqindan yordam beradi. O‘quvchilar bilan muloqotda

ularning qiziqishini muayyan maqsadga yo‘naltirish, fikr-mulohazalarini albatta

inobatga olmoq joiz. O‘qituvchi shakllantiruvchi muloqot davomida faqat bir o‘zi

gapirmasdan o‘quvchilarning fikrlarini ham eshita bilishi lozim. O‘qituvchining

savollari shunday shaklda berilishi lozimki, ular o‘quvchini fikr bildirishga,

mulohaza yuritishga da’vat etsin.

Dialogning har bir qatnashchisi uni davom ettirishdan manfaatdor bo‘lishi

lozim. Birinchidan, bunda fikrlarning turli-tumanligi, ikkinchidan, mavzuga baho

berish va tushunishdagi har xillik, uchinchidan, til vositalarining umumiyligi

samarali ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Muloqot davomida «bir tillilik» bo‘lmaganda

bir fikrga kelish juda qiyin. Jumladan, ayrim hollarda targ‘ibotchi masalani bayon

etishda murakkab va notanish atamalardan foydalanishi natijasida o‘quvchilar

uning fikrini tushunmaydilar. Agar ta’lim jarayonida dialog amalga oshmasa,

o‘qituvchi materialni o‘quvchilarga yetkazishning zarur shaklini topa olmagan

hisoblanadi. Demak, muloqotga kirishi qiyin bo‘lgan kamgap o‘quvchilar ham

suhbatda ishtirok etmasa, to‘laqonli hamkorlik amalga oshmaydi.

Kuzatishlarga qaraganda, ikki tomonlama hamkorlik samaradorligi

o‘quvchilarning fanga nisbatan qiziqishi darajasi orqali aniqlanadi. O‘quvchi

berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarsa hamkorlik ham oson kechadi.

Sh.A.Amonashvili fikricha, pedagog va o‘quvchilarning o‘rtasida

insonparvar munosabatlarni o‘rnatish uchun quyidagi talablarga rioya qilish lozim:

1. Ta’lim jarayoni va o‘quvchilar faoliyatini boshqarishda

o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqish kerak.

2. Har bir o‘quvchining imkoniyatlari va kelajagiga ishonch namoyon

qilish lozim.

3. O‘quv topshiriqlarini hal qilish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar

bilan kuch-g‘ayrati va qiziqishlarini birlashtirgan holda hamkorlik qilishi lozim.

4. O‘quvchilar bilan munosabatda axloq me’yorlariga rioya qilish,

ularning yutuqlariga e’tibor berish va qo‘llab-quvvatlash lozim. Bu o‘quvchilar

Page 67: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

67

bilan munosabatlarni o‘zaro ishonch asosida o‘rnatish, o‘rtoqlari va oilasi

davrasida har bir o‘quvchining obro‘yini ko‘tarish, jamoada o‘zaro hurmatni

tarkib toptirish, muomala madaniyatini shakllantirish, har bir o‘quvchining

qiziqishlariga e’tibor berish demakdir.

Bunday savollarga javob topish o‘quvchilardan bilimdonlikni talab etadi.

Ta’lim jarayonida sub’ekt bilan sub’ekt munosabatini o‘rnatish masalaning

muhim omillaridan sanalib, o‘quvchida bilish faoliyatini sekin-asta shaxslikka

aylantirishga imkoniyat tug‘iladi. Dars jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy va

mustaqil fikrlash mahoratini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar orqali ularni

tegishli xulosalar chiqarishga tayyorlash o‘qituvchining muhim vazifalaridandir.

Ayni holatda o‘qituvchi diagnostik vazifalarni bajarish yordamida o‘quvchilarning

bilimlarni sifatli o‘zlashtirishini ham nazorat qiladi.

Boshlang‘ich ta’limida o‘qituvchi va o‘quvchilarning teng munosabatlari

asosida tashkil etish jamiyatda tub burilishlar yuz berayotgan, ilm-fan, texnika

shiddat bilan rivojlanayotgan davrning muhim talablaridan biridir. Boshlang‘ich

sinf ona tili darslarida ta’limning faol metodlaridan foydalanish o‘qituvchi va

o‘quvchilar teng munosabatini shakllantirishga va aynan shu teng munosabatlar

asosida o‘quvchilarda ijodkorlik, yozma va og‘zaki nutq, erkin va mustaqil

mushohada yuritish, imlo va savodxonlik malakalarini shakllantirish uchun

imkoniyatlar mavjuddir.

Buning uchun, avvalambor, ishtirokchilarning joylashuviga alohida e’tibor

qaratish lozim. Psixolog olima V.Karimova ishtirokchilarda mas’uliyat hissini

uyg‘otish, erkin muloqot olib borish va fikrlarini erkin bayon qilishga imkon

beradigan o‘quvchilarning quyidagicha fazoviy joylashuvini tavsiya etadi.

Doska Bu holat «Men»- o‘yinda» deb nomlanadi. Doira

shaklidagi stol atrofida joylashgan ishtirokchi-

lar muammo yuzasidan erkin fikr almashadilar va

munozaraga kirishadilar hamda teng munosabat

о‘rnatiladi. Bunday holat o‘yin tarzida amalga

Page 68: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

68

oshadigan munozara uchun ham juda qulay. Shuningdek

boshlang‘ich sinf ona tili darslarida «Zanjir», «Bo‘lishi mumkin emas», «Bu

meniki», «Tez javob», «Noto‘g‘ri jumla», o‘yinlarini o‘tkazish uchun qulay.

Chunki, bunday holatda «boshlovchi» yoki o‘qituvchiga barcha o‘kuvchilar bilan

muloqot qilishga va barcha o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlashga imkon

beradi.

Doska «Men»-munozarada» deb ataluvchi holat ayni bahs

munozara uchun qulay. Unda ishtirokchilar o‘z

fikrini erkin aytish imkoniyatiga ega. Odatda

bunday bahslar to‘rtburchak stol atrofida

uyushtiriladi. Sinf xonasida o‘quvchilarning bunday

joylashuvi bahs-munozara o‘tkazishda, «Mehmon-

spikker» metodidan foydalanishda hamda «O‘qib ko‘r-chi»,

«Davom ettir», «Sirli so‘z», «O‘yin-topishmoq», «Pantamimo» o‘yinlarini

o‘tkazish jarayonida barcha o‘quvchilarni faol ishtirok etishga undaydi.

Doska

«Men»-hamkorlikdaman» deb nomlangan holat ko‘p

sonli guruhlarda qo‘llash uchun qulaydir. Munozara

ishtirokchilari to‘rt-besh kishidan bo‘lib, alohida

stollar atrofida o‘tiradilar va har bir guruh o‘z

qarorini chiqaradi. Bu holat o‘quvchilarni kichik

guruhlarga ajratib, alohida topshiriq beriladigan o‘yinlar

(«So‘z o‘yini», «Jonli hikoya», «Krossvord», «Rebus») yoki «Klaster», «Sindikat»

metodlarini qo‘llash uchun qulay hisoblanadi.

Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlik

munosabatini o‘rnatishda ta’limning quyidagi faol usullaridan foydalanishi

maqsadga muvofiqdir.

«Aqliy hujum». Bu usulda biror-bir muammo yuzasidan har bir ishtirokchi

fikr bildiradi. Har bir fikr yozib olinadi va inobatga olinadi. Bu usulning

bahslardan farqi shundaki, bahslashuvchilar ongli, asosli fikr-mulohazalar

Page 69: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

69

bildirsalar, bunda ishtirokchilar miyaga qanday fikr kelsa asoslamay bayon etadilar

va fikrlar tanqid qilinmaydi.

R.J.Ishmuhamedov «Aqliy hujum» usulining quyidagi asosiy qoidalarini

ko‘rsatib o‘tadi:

1. Aytilayotgan barcha g‘oyalar bir-biriga nisbatan muhimlikda tengdir.

2. Kiritilayotgan g‘oyalarga nisbatan tanqidning mavjud ekanligi.

3. G‘oyani taqdim etayotgan paytda so‘zlovchining gapini bo‘lmaslik.

4. So‘zlovchiga nisbatan baholovchi komponent mavjud emas.

Bu qoidalarga rioya qilinishi usulning samaradorligini oshiradi.

Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida bu usuldan foydalanish o‘quvchilarning

nutq boyligini oshiradi, o‘qituvchi bilan erkin muloqotga kirishuvga va shu asosda

mustaqil fikrlashga o‘rgatishga yordam beradi. Masalan, o‘qituvchi shunday savol

bilan murojaat qiladi:

«Bahor faslida biz tabiatda qanday ranglarni uchratishimiz mumkin?»

Javoblar: ko‘k, moviy rang, qizil, pushti va hokazo.

Beriladigan javoblar qisqa bo‘lishi kerak va asoslanishi shart emas. Bu usul

ijodiy fikrlashga, to‘liq ishtirok etishga va hamjihatlikka undaydi.

«Klaster». «Klaster» so‘zi bog‘lam degan ma’noni anglatadi.

R.J.Ishmuhamedov bu usulni pedagogik strategiya sifatida «o‘quvchilarni

biron bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, o‘quvchilarni mavzuga

taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan

uzviy bog‘lagan holda tarmoqlashga o‘rgatadi» deb ko‘rsatadi. Bu usuldan

foydalanishda o‘quvchilar o‘qituvchi bilan hamkorlikda yoki o‘quvchilar mustaqil

ravishda berilgan markaziy so‘zni tarmoqlaydilar.

Bils so‘rov metodi o‘tkazish tartibi: Ushbu usulda o‘kuvchilarni harakatlar

ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, mantikiy fikrlashga, o‘rganayotgai predmeti

asosida xilma-xil fikrlar, ma’lumotlar ichidan kerayushgini tanlab olishni. Shu

bilan bir qatorda, o‘zgalar fikrini hurmat qilish va ularga o‘z fikrini o‘tkaza olish

hamda o‘z faoliyati, kunini rejalashtira olishni o‘rgatishga qaratilgan. Berilgan

topshiriqlar bo‘yicha o‘quvchilarga mavzu yuzasidan umumiy savollar beriladi.

Page 70: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

70

1.Suv havzalari deb nimaga aytiladi?

2. Suv havzalarining turlari ?

3.Suv havzalarining foydali hususiyatlari nimada deb o‘ylaysiz?

4.Suv havzalarining manbalari deganda nimani tushunasiz?

5. Siz haritadan suv havzalari qanday tasvirlanganligni ko‘rsating?

2.bosqich. O‘quvchilarda suv havzalarining xususiyatini bilish va farqlash

bo‘yicha “Toifalash jadvali” trengi o‘tkaziladi.

Toifalash sharhini tuzish qoidasi: Toifa-xususiyat va munosabatlarni

muhimligini namoyon qiluvchi (umumiy) alomat.

Ajratilgan alomatlar asosida olingan ma’lumotlarni birlashtirishni

ta’minlaydi.

Tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish

ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

1. Toifalar bo‘yicha ma’lumotlarni taqsimlashning yagona usuli mavjud emas.

2. Bitta mini-guruhda toifalarga ajratish boshqa guruhda ajratilgan toifalardan

farq qilishi mumkin.

3. Ta’lim oluvchilarga oldindan tayyorlab qo‘yilgan toifalarni berish mumkin

emas bu ularning mustaqil tanlovi bo‘ladi.

Misol (namuna) Toifalash jadvali

Suv havzalari

Buloq Suv ombori Daryo

Buloq - yer ostidan sizib

chiqadigan suv. Ko‘rnishi

ba’zan sokin, yoki

favvoradek otilib

chiqadi.Shifobaxsh

mineral suv buloqlar ham

bor.

Suv omborlar- insonlar

tomonidan yaratilgan suv

sun’iy suv havzalaridir.

Daryo suvlarini tartibga

solish, yozda sug‘orish,

bahor, kuz va qishda

suvlarni to‘plash uchun

qurilgan.

Daryo bu – buloq suvning

bir tomonga oqishida

jilg‘alar irmoqlar bir-

biriga qo‘shilib katta suv

oqimini hosil qilib

yuqoridan pastga

oqadigan yirik suv

oqimidir. Daryo insonlar

hayotida muhim

ahamiyatga ega tabbiy

manbadir.

Page 71: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

71

3.bosqich. O‘quvchilarning bilimini yanada musahkamlash uchun “suv havzlari”

turlari bo‘yicha klaster (g‘uncha bog‘lam) metodini bajarish topshirig‘i beriladi.

Klaster tuzish qoidasi. (Klaster-tutam,bog‘lam) Bilimlarni faollashtirishni

tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo‘yicha yangi o‘zaro bog‘lanishli

tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi

1.Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G‘oyalari sifatini muhokama

qilmang faqat ularni yozing.

2. Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e’tibor bermang.

3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda

g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha

qog‘ozga rasm chizib turin

Misol (namuna) Klaster

Yuqoridagi berilgan interfaol metodlarni o‘quvchilar bajargandan keyin,

o‘qituvchi o‘lkamiz suv havzalari haqida umumiy ma’lumotni og‘zaki bayon

qiladi.

Daryolar Buloqlar

Suv omborlar

Suv xavzasi

Oltiariq

Farg‘ona

Quyimozor Charvoq

Zarafshon

Chimyon

Sirdaryo Chortoq

Kattaqo‘rg‘on Toshkent

Amudaryo

Chirchiq

Page 72: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

72

Mavzu yuzasidan o‘quvchilarda malaka hosil qilish uchun “suvsizlik

muammosi” mavzusida «Muammo» texnologiyasi bajarishni o‘quvchilarga taqdim

etadi.

Mashgulotni o‘tkazish tartibi: O‘qituvchi o‘quvchilarni guruxlarga ajratib,

ularni mos o‘rinlariga joylashtirgandan so‘ng, mashg‘ulotni o‘tkazish tartib-

qoidalari va talablarini tushuntiradi, ya’ni u mashg‘ulotni bosqichli bo‘lishini va har

bir bosqich o‘kuvchilardan maksimum diqqat-e’tibor talab kilishini, mashg‘ulot

davomida ular yakka, guruh va jamoa bo‘lib ishlashlarini aytadi. Bunday

kayfiyat o‘kuvchilarga berilgan topshiriklarni bajarishga tayyor bo‘lishlariga

yordam beradi va bajarishga qiziqish uyg‘otadi.

• o‘kuvchilar tomonidan mashg‘ulot uchun tayyorlangsh kinolavhani dikkat

bilan tomosha kilib, unda yoritilgan muammoni aniqlashga harakat qilish,

xotirada saqlab qolish yoki daftarlariga belgilab ko‘yish (agar kinofilm

ko‘rsatishning imkoniyati bo‘lmasa, u holda o‘kituvchi o‘kuv predmetining mavzusi

bo‘yicha plakat, rasm, afisha yoki biroq muammo bayon qilingan matn, kitobdagi

o‘quv materialidan foydalanishi mumkin);

• har bir guruh a’zolari tomonidan ushbu lavhadan (rasmdan, matndan hayotiy

voqeadan) birgalikda anikdangan muammolarni vatman yoki A-4 formatdagi

qog‘ozga flomaster bilan yozib chikadi;

• berilgan aniq vaqt tugagach, tayyorlaigan ishni guruh vakili tomonidan o‘qib

eshittiriladi;

• o‘qituvchi guruxdar tomonidan tanlangan va muammolar yozilgan

qog‘ozlarni almashtirgan holda guruhlarga tarqatiladi;

• tarqatilgan kog‘ozlarda guruhlar tomonidan yozilgai muammolardan har bir

guruh a’zosi o‘zini qiziqtirgan muammodan birini tanlab oladi;

o‘kituvchi tomonidan tarqatilgan quyidagi chizmaga har bir gurux a’zosi tanlab

olgan muammosini yozib, mustaqil ravishda tahlil etadi.

Page 73: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

73

Misol (namuna) «Muammo» texnologiyasi

Muammo Yuzaga kelish

sababi

Salbiy

oqibatlar

Hal etish

yo‘llari

Shaxsan men

nima qilshim

mumkin?

Suvsizlik Toza ichimlmk

suvidan

tarbibsiz

foydalanish,

korxonalarning

ko‘payshi va

boshqalar.

Suvsizlik

muammosi

kasalliklarning

ortishi va

boshqalar

Tejamkorlik

bilan

foydalanish

suvga nisbatan

befarq

bo‘lmaslik va

boshqalar

Suv jumraklarini

xar doim yopman,

bekorga

ifloslantirmayman

va boshqalar

«Bahs-munozara». «Bahs-munozara»larning maqsadi ishtirokchilarni o‘z

fikrlarini erkin bayon qilishga, hamkorlikka va mustaqil fikrlashga chorlaydi.

O‘qituvchining vazifasi - muammoni aniq belgilash va uning mohiyatini

tushuntirish. Bahs-munozara boshlanishidan oldin muammoga bog‘liq nazariy

ma’lumotlar, faktlar esga tushiriladi.

«Mehmon-spikker». Bu usulning boshqa ta’lim usullaridan farqi shundaki,

ta’lim jarayoni teatr san’ati bilan qo‘shib olib boriladi. O‘zaro munosabatlarni

tarixiy shaxslar siymosidagi, ertak qahramonlari rolidagi yoki boshqa biror bir

roldagi o‘quvchilar amalga oshiradilar. Bu usulning afzalligi auditoriya stereotipini

o‘zgartiradi. O‘qituvchining vazifasi spikker bilan aloqa qilish, ularni to‘g‘ri

tanishtirish va boshqarish. «Mehmon-spikker» usuli o‘quvchilar uchun qiziqarlidir.

Shu bilan birga ular o‘qituvchi yoki «mehmon-spikker» bilan erkin muloqotga

kirishadilar.

Biz bu usuldan tadqiqot davomida keng foydalandik va bir nechta dars

ishlanmalari tuzib chiqdik. Ular haqida keyingi bandda to‘xtalib o‘tamiz.

«Hamrohingga o‘rgat». Bu usulni doktor Fred Jons tavsiya etgan. Uni

qo‘llash yo‘li quyidagicha:

1. Sinf birinchi va ikkinchi hamkor qismlarga bo‘linadi.

Page 74: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

74

2. Darsni o‘tish modelidan foydalanib, birinchi hamkor ikkinchisiga,

ikkinchi hamkor birinchisiga modeldagi qismni o‘rgatadi.

3. O‘qituvchi xohlovchilarga ta’lim metodini modellashtirib avval eshitish

yo‘li bilan keyin ko‘rsatib model qismlarini o‘rgatadi. Keyin o‘quvchilar

o‘qituvchi aytgan va ko‘rsatganlarini aniq takrorlaydi.

4. O‘qituvchi sinfni nazorat qilish uchun o‘ziga ikkita ixtiyoriy hamkorni

tanlaydi. U modelning birinchi qismini aytib, ularni bajarishni so‘raydi. Shunday

yo‘l bilan o‘qituvchi hamkorlarga modelni bosqichma-bosqich o‘rgatib boradi.

5. O‘qituvchi sinfdagi hamkorlarga birinchi qism bo‘yicha bir-biriga

o‘rgatishni aytadi. Bu ishning bajarilishini nazorat qilib, baholab, xatolarni bartaraf

etishni ko‘rsatadi. O‘qituvchining hamkorlari esa unga sinfni nazorat qilish va

baholashda yordam ko‘rsatishadi.

6. Bu ish usuli modelning boshqa qismlarini bajarishda davom ettiriladi.

Bu usul o‘quvchilarning bir-biriga va o‘ziga talabchan bo‘lishga, o‘qituvchi

bilan hamkorlikda ishlashga, mustaqil ravishda xatolarni bartaraf etishga o‘rgatadi.

Bundan tashqari, muammoli izlanish va mustaqil ishlash metodidan,

didaktik o‘yinlardan foydalanish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi munosabati

quyidagi talablarga mos ravishda tashkil qilinishi maqsadga muvofiq bo‘ladi:

- o‘qituvchi muammoli izlanish va mustaqish ishlash metodini qo‘llash

jarayonida o‘quvchilar oldiga nutq o‘stirish, so‘z, gap va matn yuzasidan shunday

talablar qo‘yishi kerakki, toki o‘quvchilar berilgan mashqlarni ko‘r-ko‘rona

bajarmasdan mustaqil fikr yuritishga harakat qilsinlar;

- grammatik bilimlarni o‘zlashtirishda muammolarni tanlash yoki

muhokama uchun mavzuni faqat o‘qituvchi o‘rtaga tashlamay, o‘quvchilarni ham

mavzu va muammolar ichiga chuqurroq olib kirish lozim;

- ta’lim jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, o‘quvchilar o‘qituvchining

fikrini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilmasdan, uni muhokama qilib, mustaqil ravishda

xulosalar chiqarishga o‘rgansinlar;

- muammolarni hal etishda o‘qituvchi har bir o‘quvchining fikrini,

munosabati va qarashlarini hurmat qilishi lozim bo‘ladi;

Page 75: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

75

- o‘quvchilar o‘qituvchi bilan erkin muloqot olib borishlari uchun qulay

sharoit yaratish, ya’ni o‘quvchilarning xato qilishdan qo‘rqmay, o‘z fikrlarini erkin

bayon qilishlariga erishish zarur;

- o‘quvchilarga xatolarini tuzatish uchun imkon berish ularni mustaqil

fikrlashga o‘rgatish bilan bir qatorda bunday xatolarning qayta takrorlanmasligini

ta’minlaydi;

- didaktik o‘yinlardan foydalanish jarayonida o‘qituvchi o‘zini o‘quvchilar

bilan bir mavqeda tutishi, ular bilan baravar ishtirok etishi lozim;

- o‘qituvchi o‘quvchilar bilan shunday muomalada bo‘lishi kerakki, toki ular

o‘rganilgan har bir mavzuni erkin muhokama qila olsinlar;

- o‘qituvchi har bir o‘quvchining yutug‘iga sherik va muammolarini hal

etishga ko‘makchi bo‘lish orqali ularning maslakdoshiga aylanishi zarur.

Ta’lim ma’lum bir doirada, jamiyatdan alohida tarzda amalga oshadigan

jarayon bo‘lmay, bir qancha tashqi omillar ta’siri ostida sodir bo‘ladigan

pedagogik jarayondir. Shunday ekan, ta’lim jarayonining asosi bo‘lgan o‘qituvchi

va o‘quvchi hamkorligiga qanday omillar ta’sir qiladi? Quyida bir qancha omillar

misol tarzida keltiriladi.

Avvalambor, umumiy ijtimoiy vaziyat haqida fikr yuritamiz. Ijtimoiy

vaziyat jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy, axloqiy va shu kabi voqea va hodisalar

jamiyat a’zosi sifatida o‘qituvchi va o‘quvchi ongida aks etadi, o‘z navbatida, ular

o‘rtasidagi munosabatlarda muhim o‘rin tutadi.

O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatida ular atrofidagi ota-onalari, qarindosh-

urug‘lari, do‘stlari, hamkasblari, qo‘ni-qo‘shnilari va boshqalar ham muhim o‘rin

egallaydilar. Turli kasb va dunyoqarashdagi insonlar bilan muloqot natijasida

o‘qituvchi va o‘quvchilarda tegishli fikr-mulohazalar tug‘iladi. Ayni shu

mulohazalar o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatiga ijobiy yoki aksincha salbiy ta’sir

qilishi mumkin.

O‘qituvchining psixologiyaga oid bilimlari, pedagogik mahorati, ayniqsa,

boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi bilan bog‘liq yosh

Page 76: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

76

va individual xususiyatlarini hisobga olish ularning ko‘ngliga yo‘l topish va shu

orqali nutqini o‘stirish, ijodiy tafakkurini yuksaltirishga imkon beradi.

Page 77: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

77

2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda

innovatsion yondashuvga doir tajriba-sinov ishlari tahlili

Ilmiy tadqiqot jarayoniga boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan 20 ta,

boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan ( 1-4 sinflar) 120 ta o‘quvchi tanlandi.

Biz boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatini rivojlantirish jarayonida

ota-onalarning o‘rni alohida ekanligini nazarda tutgan holda 30 ta ota-onalar bilan

suhbat olib bordik. Suhbat davomida quyidagi savollardan foydalandik:

1.Yoshingiz va ma’lumotingiz.

2.Farzandingiz darslarini tez-tez nazorat qilib turasizmi?

3.Farzandingiz qaysi fanni yaxshi o‘zlashtiradi va bunga sabab

nimaligini bilasizmi?

4.Sizningcha, farzandingizning qandaydir yo‘nalishda qobiliyati bormi?

5.Siz uning qobiliyati borligini qachon payqagansiz va unga qanday sharoit

yaratib bergansiz?

Suhbat davomida jami 30 ta ota-ona qatnashgan bo‘lsalar, 10 tasi (33.3 %) o‘rta,

12 tasi (40 %) o‘rta maxsus, 8 tasi (26.6 %) oliy ma’lumot egasi ekanligi

aniqlandi. Biz bu ota-onalarning ma’lumot darajasi bola qobiliyatini aniqlash,

uni rivojlantirishdagi o‘rni qanchaligini aniqlash maqsadida berildi.

Psixologiyada qobiliyat turlicha qarashlar orqali ta’riflanib, tarbiyalangan

qobiliyatlargina keyinchalik ochiqdan-ochiq namoyon bo‘lishi ta’riflanadi.

Buning uchun ota-ona o‘z farzandining nimaga qiziqishi bor, nimaga uquvi

yuqori ekanligini bilishlari lozim. Ota-onalar farzandlarini o‘qish faoliyatini

tekshirish ular zimmasidagi eng mas’uliyatli majburiyatlardan biri ekanligiga

qaramay, ayni hozirgi vaqtda ota-onalar tomonidan befarqligi kuzatilmoqdaki,

bundan ko‘z yumib bo’lmaydi. Chunki ota-onalar ta’lim jarayonida faol emas,

balki shunchaki tomoshabin bo‘lib qolishlari sir bo‘lmay qoldi. Yuqoridagi «Siz

farzandingiz bilan birga dars qilasizmi?» degan savolga atigi 4 ta (13.3 %) ota-

ona «ha» deb, 6 tasi (20 %) «goh-gohida», qolgan 20 tasi (66.6 %) «yo‘q» deb

javob berganlar. Albatta, o‘tish davri qiyinchiliklari ota — onalarimizga hayot

Page 78: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

78

bilan bog‘liq ishlarida ko‘plab muammolar tug‘dirmoqda, lekin farzand tarbiyasi

bilan shug‘ullanmaslik katta fojiadir.

Dissertatsiyamiz mavzusiga yaqin tarzdagi “Farzandingizning qandaydir

sohada, yo‘nalishda qobiliyati bormi?” — degan savolga quyidagicha javob olindi.

Aksariyat o‘g‘li bor ota-onalar “Texnika, sport yo’nalishiga”, deb javob berishgan

bo‘lsa, qiz farzandlari bor ota-onalar “Musiqa, raqs, she’r, umumiy holatda

san’atga”, deb javob berganlar.

3.2.1-jadval

Tadqiqot muammosi yuzasidan olib borilgan izlanishlar jarayonida

boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining sinfdan tashqari o‘qishni tashkil etishda

o‘rganiladigan har bir badiiy asarning mazmuni bilan chuqur tanish bo‘lishlari,

binobarin, mavzuga doir ko‘rgazmali qurollar tayyorlashlari, bolalar qobiliyatlarini

hisobga olgan holda tayyorgarlik ko‘rishlari dars samaradorligini oshirish uchun

asos bo‘lib xizmat qilishiga ishonch hosil qildik. Ammo, aksariyat o‘qituvchilar

sinfdan tashqari o‘qishni tashkil qilishda oddiy deb qarashlari achinarli hol, albatta,

bunday holda o‘qituvchilar o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatining rivojlanishiga,

ularning erkiga, kitoblarni tanlab o‘qish kabi imkoniyatlariga, yana ham

to‘g‘rirog‘i, ruhiyatiga yaqin asarlarni tanlab o‘qishlariga to’g‘anoq

bo’layotganlarini sezishmayotganligi g‘oyatda achinarlidir.

Masalaga ozgina aniqlik kiritish maqsadida boshlang‘ich sinf

o‘quvchilaridan ( 20 ta 118 - maktabning o‘quvchisi), o‘rtasida sinfdan tashqari

o‘qishni tashkil qilish davomida ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga doir ba’zi

masalalar yuzasidan quyidagicha savolnoma tarqatildi:

1. Sinfdan tashqari o‘qishni tashkil etishda maxsus tayyorgarlik ko‘rasizmi?

Qatnashgan

Ota-onalar soni

Texnika Sport San’at Boshqa

yo‘nalishlar

(30 ta) 11 5 10 4

Page 79: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

79

2. O‘quvchilarni kitob o‘qishga qiziqishini va ijodiy qobiliyatini shakllantirishga

alohida e’tibor bergan holda noan’anaviy dars usullaridan foydalanasizmi?

So‘rovnomaga jalb qilingan o‘quvchilarining javoblari quyidagicha bo‘ldi:

3.2.2-jadval

Savollar Jami

o‘qituvchi

Ijobiy javob Salbiy javob javob berishga

qiynalganlar

ta % ta % ta %

1-savol 20 7 35 4 20 9 45

2- savol 20 5 25 8 40 14 35

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, so‘rovnomaga jalb etilgan 65 % dan ortiq

o‘qituvchi sinfdan tashqari o‘qishning mazmun-mohiyati, qobiliyat, uni

rivojlantirishda dars davomida alohida e’tibor berish kabi to‘la ma’lumotga ega

emaslar. Bu holatning sababi yuzasidan suhbatlar o‘tkazganimizda shu narsa

aniqlandiki, birinchidan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari,

bilim saviyasi, qobiliyatining rivojlanish bosqichlarini hisobga olib tuzilgan

maxsus majmua va to‘plamlarning kamligi, ikkinchidan, boshlang‘ich sinflarda

sinfdan tashqari o‘qishning mazmunini ifodalovchi va kichik yoshdagi

o‘quvchilarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularda mustaqil o‘qish

ko‘nikmalarini shakllantirishga doir qo‘llanmalarning yaratilmaganligi,

uchinchidan, bolalar qobiliyatini rivojlantirishda o‘qituvchinigina yondashuvi

bir tomonlama yondashuvligi umumiy to‘g‘anoq bo‘lib turibdi. Maktabda olib

borilgan tajriba-sinov ishlarida o‘quvchilar ijodiy qobiliyatini sinfdan tashqari

o‘qish darslarida rivojlantirish masalalari yuzasidan taxminiy rejalar tuzdik:

• «Ertaklar yaxshilikka etaklar» mavzusida ko‘rik tanlov;

• «Kitob mening eng yaqin do‘stim» mavzusida bahs — munozara;

• «Mening ixtirom» mavzusida ko‘rgazma tashkil qilish;

• «Men kichik yozuvchiman» insholar tanlovi.

Page 80: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

80

Ilmiy tadqiqot ishimizni ikki yil davomida rejali tashkil qildik. Tadqiqot uchun

boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan 120 ta bola tanlandi.

O‘tkazilgan tadqiqot davomida shuni aniqladikki, a’lochi o‘quvchilar bilan

bir qatorda qoniqarli o‘quvchilarning ba’zi bir yo’nalishda iqtidori borligi

kuzatildi.O‘quvchilar iqtidor, qobiliyatni rivojlantirishda sinfdan tashqari o‘qish

darslari bilan bog‘liq holda tashkil qilingan tadbirlarda quyidagicha natijalar qayd

qilindi. Yuqoridagi natijalardan ko’rinib turibdiki bolalarning eng asosiy

qiziqishlari san’at, texnika, sport yo‘nalishlarida yuqoridir.

Kuzatish davomida o‘quvchilar orasida haqiqiy qobiliyat egalari borligi

kuzatildi. Masalan, 118-maktabning 2-sinf o‘quvchisi Tojiboyev Umidning

musiqa, qo‘shiq kuylash borasida haqiqiy qobiliyat egasi ekanligi butun

o‘qituvchilar jamoasi tomonidan tan olindi. Tadqiqot davomida she’r, hikoya,

hatto to‘qima ertak yozishga, texnikaga oid narsalar yasashga qiziqishi katta

bo‘lgan bolalar uchradiki, biz pedagog psixolog olimlar tomonidan aytilgan

«Qobiliyatni erta aniqlab, rivojlantirish» ta’lim samaradorligini oshirishda beqiyos

o‘ringa ega ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldik.

Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilar ijodiy qobiliyatini o‘stirish

uchun tadqiqot davomida biz ko‘proq, xalq og‘zaki ijodi namunalari bo‘lmish

ertaklarni tanladik.

Hammamiz bilamizki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilish faoliyati,

idroki, tafakkuri, xotirasi, shaxsiy sifatlari va qobiliyatini rivojlantirish uchun

ertakning o‘rni beqiyosdir.

Tadqiqotimiz davomida ertaklarning uch guruhga murojaat etib, bolalar

qiziqishi, qobiliyati va iqtidorini aniqlash uchun shu ertaklardan keng foydalandik.

– Tanqidiy ertaklardan «Davlat», «Ikki do‘st», «Ilm xosiyati», «Oltin

baliqcha» ertaklari;

– Mantiqiy ertaklardan «Hurishni bilmaydigan kuchukcha», «Kitob», «Egri va

to’g’ri» ertaklari;

– Tarbiyaviy ertaklardan «Susambil», «Tuz haqi», «Uch og‘ayni botirlar»

kabi ertaklari tanlandi;

Page 81: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

81

Ertaklar bolalarning dunyoqarashi, so‘z boyligi, nutqini, tafakkurini, xotirasini,

shaxs sifatida shakllanishida ijobiy ta’sir etadigan tarbiya vositasidir. Tadqiqot

davomida shunga amin bo‘ldikki, o‘g‘il bolalar ko‘proq; mantiqiy ertaklar,

ularning yechimini topishga, o‘z qarashlari bilan ifoda etishga qiziqishi yuqoriligi

kuzatilgan bulsa, qizlar esa ko‘proq tanqidiy ertaklar bilan qiziqishdi.

O‘qish fanidan tashqari boshqa fanlardan ham tajriba sinov ishlarini tahlil

qildik. Tajriba sinflarida o‘tkazilgan darslar davomida ilmiy izlanishlarimiz

asosida ishlab chiqilgan, boshlang‘ich sinflarning ona tili darslarida qo‘llash uchun

mo‘ljallangan mustaqil ishlarning turli ko‘rinishlaridan, muammoni o‘rganishga

yo‘naltirilgan qiziqarli didaktik o‘yinlardan va muammoli ta’lim elementlaridan

foydalanildi. O‘quvchilar bilan ta’lim jarayonida erkin muloqot, teng munosabat,

ijodiy hamkorlik o‘rnatildi. O‘quvchilarning o‘z fikrlarini tortinmay aytishlariga,

muammolarni mustaqil hal etishlariga imkon berildi. Tajriba-sinov ishlariga jalb

etilgan o‘qituvchilar bunday darslarni bajonidil o‘tdilar, o‘z fikr-mulohazalarini

bildirib bordilar va keyingi darslarda bu mulohazalar inobatga olindi. Jumladan,

Toshkent shahridagi 118-maktabning 1 «A»sinfida (o‘qituvchi Qo‘ldosheva

Sohiba) bizning tavsiyalarimiz asosida darslarni tashkil qildi.

2-sinfda ham ona tili mashg‘ulotlarini o‘tkazishda o‘quvchilar nutqini

o‘stirish, nazariy ma’lumotlar berish bilan birga mustaqil tafakkurini o‘stirishga

e’tibor qaratildi. Namuna sifatida «Narsa va shaxs nomini bildirgan so‘zlar»

mavzusidagi dars ishlanmasini keltiramiz.

Shuningdek, 3-sinf o‘quvchilarining fikrlash qobiliyatini rivojlantirish nuqtai

nazaridan sifat yasovchi qo‘shimchalar bilan tanishtirishga doir bir soatlik tahlilini

namuna sifatida keltiramiz (8-ilova).

Tadqiqotlar ko‘rsatdiki, dars jarayonida beriladigan har bir yo‘llovchi

topshiriq hech kimni befarq qoldirmaydi va o‘quvchilarning faol ishtirokida

mustaqil bajariladi.

O‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda 4-sinf ona tili

ta’limining imkoniyatlari, ayniqsa, kattadir. Ayni muammo yuzasidan 4-sinfda

o‘tkazilgan ona tili darsi namuna bo‘la oladi.

Page 82: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

82

Tadqiqot yakunida olingan natijalar tajriba-sinov ishlarining birinchi

bosqichidagi o‘quvchilarning fikrlash darajalari bilan taqqoslandi. Shunday qilib,

1-sinflarning nazorat sinfidan 134 ta, tajriba sinfidan 147 ta, jami 281 ta o‘quvchi

ishtirok etdi va tajriba-sinov yakunida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash darajalari

yuqori, o‘rta va quyi daraja bo‘yicha quyidagicha bo‘ldi:

3.2.3-jadval

1-sinf o‘quvchilarining fikrlash darajalari

O‘quvchilar

soni

Yuqori daraja O‘rta daraja Quyi daraja

Naz.sinfi Taj.sinfi Naz.sinfi Taj.sinfi Naz.sinfi Taj.sinfi

1-sinf

o‘quvchilari

26/28

32/72 46/45 48/43 62/61 67/32

%hisobida 19,4/20,9 21,8/48,99 34,4/33,6 32,6/29,25 46,2/45,5 45,6/21,76

Izoh: (26/28) kasr surati (26)- tajribagacha, kasr maxraji (28)-tajribadan

keyingi raqam.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, biz tajriba-sinov ishlarining bu bosqichida

material tanlashda natijalar real bo‘lishi uchun, birinchi bosqichdagi material

mazmunidan kelib chiqib, topshiriqlarning shartini o‘zgartirmaslikka harakat

qildik. 1-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan suratlarning ham birinchi

bosqichda qo‘llanilgan suratlar mavzusiga yaqin bo‘lishiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, 1-4-sinf o‘quvchilari fikrlash darajalarini aniqlashda ham

tajriba avvalida o‘quvchilarga tarqatilgan test savollariga mazmunan yaqin

bo‘lgan, ya’ni shartlari bir xil, faqat mazmunan farq qiladigan test savollari bilan

murojaat qilindi. 2-nazorat sinfidan – 40 ta, tajriba sinfidan 40 ta, jami –80 ta, 3-

nazorat sinfidan – 50 ta, tajriba sinfidan –50 ta, jami – 100 ta, 4-nazorat sinfidan -

40 ta, tajriba sinfidan – 40 ta, jami 80 ta o‘quvchi ishtirok etdi. Natijalar

quyidagicha bo‘ldi:

Page 83: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

83

3.2.4-jadval

Test savollari vositasida aniqlangan o‘quvchilar fikrlash darajalari

O‘quvchilar

soni

Yuqori daraja O‘rta daraja Quyi daraja

Naz.sinf taj.sinf naz.sinf Taj.sinf Naz.sinf taj.sinf

2-sinf 35/39 36/70 47/51 51/45 44/36 49/21

% hisobida 27,8/31 26,4/51,47 37,3/40,5 37,6/33,09 34,9/28,5 36/15,44

3-sinf 36/39 35/74 57/62 55/42 47/39 48/22

% hisobida 25,7/27,8 25,4/53,6 40,7/44,3 39,8/30,4 33,6/27,8 34,8/16

4-sinf 31/35 27/73 53/57 49/46 50/42 50/7

% hisobida 23,2/26,2 21,4/57,9 39,5/42,5 38,8/36,5 37,3/31,3 39,8/5,6

Izoh: (35/39) kasr sur’ati (35) tajribagacha, maxraji – (39) tajribadan keyingi

raqam.

3.1. va 3.2.-jadvallardagi sonli ma’lumotlarni chuqur tahlil qilamiz. Biz

statistika usullaridan foydalanish uchun bu jadvallardagi sonli ma’lumotlarni

nazorat va tajriba sinflari bo‘yicha jamlaymiz, hamda «yuqori», «o‘rta» va «quyi»

darajalarni mos ravishda 5, 4 va 3 raqamlari bilan shartli ravishda belgilab olamiz.

Nazorat va tajriba sinflariga mos kelgan fikrlash darajalari ko‘rsatkichlarini Xi va

Y lar orqali, ularga mos o‘quvchilar sonni ni va mi –lar, hamda mos ehtimolliklarni

pi va qi lar orqali belgilab olib ( ,n

np i

i n=n1 + n2 + n3, ,m

mq i

i m= m1

+ m2 + m3 ), quyidagi statistik qatorlar taqsimotlarni hosil qilamiz:

Nazorat sinflari bo‘yicha: (n=534)

Xi 3 4 5

ni 203 178 203 215 128 141

pi 0,38 0,33 0,38 0,4 0,24 0,27

Page 84: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

84

Tajriba sinflari bo’yicha: (m=547)

Yi 3 4 5

mi 214 82 203 176 130 289

qi ,39 0,15 0,37 0,32 0,24 0,53

Bu yerda har bir baho ostidagi chapda tajribadan oldingi va o‘ngda esa

tajribadan keyingi ma’lumotlar keltirilgan. Statistika atamalaridan foydalanib, biz

Xi va Y -larni variantlar, ni va mi -larni chastotalar, hamda pi va qi larni ularga mos

kelgan ehtimolliklar deb ataymiz.

Qiziqarli o‘yin-topishmoq orqali o‘tkazilgan tadbir o‘quvchilarda katta

qiziqish uyg‘otdi. Ikkinchi bosqich yakunida ham biz 2-, 3-, 4-sinf o‘quvchilari

mustaqil fikrlash darajalarini shu tadbir asosida tekshirib ko‘rdik. Natijalar

quyidagicha bo‘ldi:

3.2.5-jalval

O‘yin-topishmoq asosida aniqlangan o‘quvchilar mustaqil fikrlash darajalari

O‘quvchilar

soni

Yuqori daraja O‘rta daraja Quyi daraja

Naz.sinf taj.sinf naz.sinf taj.sinf naz.sinf taj.sinf

2-sinf 33/38 32/67 44/49 50/47 49/39 54/22

% hisobida 26,2/30,2 24,2/49,3 35/38,8 36/34,6 38,8/31 39,8/16,1

3-sinf 32/35 31/67 53/56 50/45 55/49 57/26

% hisobida 22,8/25 22,4/48,6 37,8/40 36,3/32,6 39,4/35 41,3/18,8

4-sinf 29/33 28/72 51/56 44/33 54/45 54/21

% hisobida 21,7/24,6 22,3/57,1 38/41,8 34,9/26,2 40,3/33,6 42,8/16,7

Izoh: (33/38) kasr surati (33) tajribagacha, maxraji – (38) tajribadan keyingi

raqam.

Tajriba davomida olingan javoblarda nazorat va tajriba sinflari

o‘quvchilarining javoblari o‘rtasida sezilarli farq bor. Yuqoridagi jadvallarda har

ikkala guruhning javoblari natijalari berilgan. Yakuniy tahlillar shuni ko‘rsatdiki,

Page 85: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

85

bu bosqichda nazorat sinflari o‘quvchilarining javoblari deyarli oldingi javoblari

darajasida bo‘lib, o‘quvchilar ushbu materiallarni an’anaviy usulda o‘zlashtirishda

davom etganlar, xolos. Ularning mustaqil fikrlash darajalari deyarli o‘zgarishsiz

qolgan.

Tajriba sinflari o‘quvchilarining bilimlari doirasi, mustaqil fikrlash darajalari

esa keyingi jadvalda yana bir bor yuqori darajaga ko‘tarilganligini ko‘rishimiz

mumkin. Bu guruhga mansub o‘quvchilar murakkabroq tushunchalarni ham

o‘zlashtirganlar, dars davomida o‘rganilgan mavzularni mustaqil tahlil qila

boshlaganlar. Bunday mustaqil fikrlash esa tajriba sinflari o‘quvchilari

dunyoqarashida katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Demak, yuqorida keltirilgan dalillardan shunday xulosa qilishimiz mumkinki,

ijodiy yondashishni taqozo etadigan topshiriqlar ustida ishlash o‘quvchilarning

mustaqil fikrlash doirasini yanada kengaytiradi. Dars jarayonida noan’anaviy

usullardan foydalanish faolligini oshiradi, o‘quv-biluv ko‘nikma va malakalarining

shakllanishiga yaqindan yordam beradi.

O‘quvchilarni boshlang‘ich sinfdanoq mustaqil fikrlay oladigan qilib

tarbiyalash barkamol shaxs tarbiyasining muhim mezonlaridan biridir. Ona tili

ta’limi bu borada katta imkoniyatlarga ega.

Tadqiqot davomida boshlang‘ich sinflarning ona tili darslarida qo‘llash

mumkin bo‘lgan mustaqil ishlar reproduktiv, rekonstruktiv va ijodiy guruhlarga

ajratildi.

O‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, ular

faoliyatida muhim o‘rin tutadigan didaktik o‘yinlarning ona tili darslari jarayonida

qo‘llaniladigan turlari tinch o‘yinlar, aralash o‘yinlar va harakatli o‘yinlar tarzida

guruhlashtirildi. Ular asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash malakalarini

shakllantirishga doir sinov-tajriba ishlari olib borildi.

Shu bilan birgalikda, ta’lim metodlaridan boshlang‘ich sinflarda amalda juda

kam foydalaniladigan muammoli-izlanish metodining o‘quvchilarda mustaqil

fikrlash malakalarini shakllantirishdagi afzalliklari ko‘rsatib o‘tildi.

Page 86: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

86

Ma’lumki, o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorligi ta’lim jarayoniga ta’sir

ko‘rsatuvchi muhim omildir. Boshqacha aytganda, ta’lim natijasi

samaradorligining yuqori, o‘rta yoki past darajada bo‘lishi o‘qituvchining

o‘quvchilar bilan qanday munosabat o‘rnatganligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.

Shunga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatish

jarayonida ham o‘qituvchining o‘quvchilarga munosabati, ularning o‘z fikrlarini

erkin ayta olishiga imkon berilishi, ta’lim jarayonida «subyekt-subyekt»

munosabatining o‘rnatilishi muhim ahamiyatga egadir.

Ilmiy-tadqiqot muammosi yuzasidan maktablarda olib borilgan ilmiy

izlanishlar jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining fikr-mulohazalari

darajalarini bilish maqsadida anketa so‘rovlari, test topshiriqlari bilan murojaat

qilindi. Natijalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash

darajalari davr talabiga javob bermaydi.

Buning turli obyektiv va subyektiv sabablari bo‘lib, o‘qituvchilarning ta’lim

jarayonini bir xil uyushtirishi, darslarni zerikarli o‘tayotganlari, ta’lim masalasiga

ijodiy yondashmaganlari va o‘quvchilar bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnatmaganlari

asosiy kamchiliklar hisoblanadi.

Ilmiy izlanishlar natijasida ishlab chiqilgan tavsiyalar va dars ishlanmalari

asosida uyushtirilgan tajriba-sinov ishlari kutilgan samarani berdi. Bunday darslar

boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tili darslariga bo‘lgan qiziqishlarini

oshirdi, ularda bilimlarni o‘zlashtirishga ishtiyoq uyg‘otib, mustaqil fikrlash

qobiliyatlarining shakllanishiga yaqindan yordam berdi.

Page 87: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

87

BOB YUZASIDAN XULOSA

1. O‘tkazilgan tadqiqotlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatini

rivojlantirishda innovatsion yondashuvga o‘rgatish jarayonida o‘qituvchining

o‘quvchilar bilan teng hamkorlik munosabati katta ahamiyatga egaligi isbotlandi.

2. O‘quvchi ta’lim jarayonida o‘zini erkin, faol ishtirokchi sifatida his qilsagina

uning bilimlarni o‘zlashtirishi samarali kechadi.

3. Hamkorlik munosabatini shakllantirishda ishtirokchilarning fazoviy

joylashuviga e’tibor qaratish zarur.

4. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini fikrlashga o‘rgatishda o‘quvchilarni dars

jarayonida mustaqil ishlash va muammoli izlanish metodi, didaktik o‘yinlar va

o‘qituvchi-o‘quvchi hamkorlik munosabati asosida tashkil etilsa, samaradorlik

oshadi.

5. Tajriba-sinov ishlari yakunlari tahlili ilmiy farazimizning asosli ekanligini

ko‘rsatdi.

Page 88: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

88

UMUMIY XULOSA

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillaridayoq

Prezidentimiz I.Karimov xalqimiz farovonligining muhim mezonlaridan biri

sifatida ular ma’naviyati, ma’rifati va bilim saviyasini oshirishni e’tirof etib, bu

borada yoshlar ongi, tafakkuri va ruhiyatini o‘zgartirish, ularni yangi barpo

etilayotgan demokratik, huquqiy, ozod va obod davlatimiz talablariga mos

bo‘lishini vazifa qilib qo‘ydilar.

Jamiyat hayotidagi keskin o‘zgarishlar ta’lim — tarbiya jabhasidagi maqsad

va vazifalar mazmuniga ham jiddiy o‘zgartirishlar kiritdi. «Ta’limning yangi

modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi.

O‘zining qadr — qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda

aniq, maqsadiga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz», —

degan edi davlatimiz rahbari I. A. Karimov.

Shuning uchun ham umumta’lim maktablarining vazifasi o‘quvchilarni erkin,

mustaqil fikrlashga, o‘z fikrini asoslash va himoya qilishga o‘rgatishdan iborat. Bu

ishni boshlang‘ich sinfdanoq boshlash maqsadga muvofiqdir.

O‘quvchilarning fikrlash qobliyatini rivojlantishda barcha predmetlarni

o‘rganish uchun darslarini innovatsion pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlar

katta. Shu sababli bu darslarda o‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatishga alohida

e’tiborni qaratmoq lozim.

O‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatish jarayonini tashkil etish uchun ta’lim

jarayonida uzoq yillardan buyon shakllanib kelayotgan stereotipni - o‘qituvchining

hukmronlik rolini o‘zgartirish, ta’lim jarayonini tashkil etishga yangicha, ijodiy

yondashish talab etiladi.

Biz tadqiqotimiz davomida quyidagilarni o‘rgandik:

- o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muammoli o‘qitish,

mustaqil ishlar, didaktik o‘yinlar va sinfdagi demokratik holatning an’anaviy

o‘qitish usulidan ustunligini;

- mustaqil ishlarning turli shakllarini ijodiy, muammoli tashkil etishning

o‘quvchilarning fikrlash darajasiga ta’sirini;

Page 89: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

89

- muammoli o‘qitishning o‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatishdagi rolini;

- didaktik o‘yinlarning o‘quvchini ta’lim ishiga rag‘batlantirish va erkin, faol

muloqotga kirishuviga, mustaqil fikr bildirishga ta’sirini;

- sinfda demokratik vaziyatni, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatida

erkinlikni, hamkorlikni yaratishning o‘quvchilar fikrlashiga ta’sirini;

- o‘tkazilgan tadqiqotlar ham umumta’lim maktablarida o‘quvchini

fikrlashga o‘rgatish jarayoni maqsadga muvofiq emasligidan dalolat beradi.

Tajriba-sinov ishlari dissertatsiya farazining to‘g‘riligini isbotladi. Ya’ni

ta’lim jarayonida o‘quvchilarning fikrlashi uchun zaruriy sharoitlar yaratilishi,

o‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatadigan didaktik o‘yinlar, mashqlar va

topshiriqlardan, mustaqil ishlardan izchil va muntazam foydalanilishi, o‘qituvchi

tomonidan muammoli vaziyatlar yaratilishi, mazkur muammolarni o‘quvchilarning

o‘zlari hal etishlari uchun imkon berilishi, o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatida

«subyekt-subyekt» munosabati o‘rnatilishigina yaxshi samara berishini isbotladik.

Tadqiqot davomida o‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatishni takomillashtirishning

yangi shakl va usullaridan foydalandik.

Bizning tavsiyalarimizdagi tadbirlar tizimi tajriba-sinovdan o‘tdi. Uning

umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflarida o‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatish

samaradorligi amaliyot sinovida isbotlandi.

Tadqiqot natijasida quyidagi xulosaga keldik:

1. Insonning dunyoni anglashi, tushunishi, unga ongli munosabatda bo‘lish

kabi bilish jarayoni tafakkur vositasida amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonida

tafakkurning tushuncha, hukm, xulosa kabi shakllaridan unumli foydalanish

maqsadga muvofiq.

2. Ta’lim jarayonining samaradorligi o‘quvchilarni rag‘batlantirish, ularda

motivlarni shakllantirish va uni rivojlantirish bilan uzviy bog‘liq.

3. Ta’lim jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi fan asoslarini puxta, ongli

o‘zlashtirish bilan birgalikda fikrlashga o‘rgatish uchun ham xizmat qiladi. Ta’lim

jarayonida ta’lim metodlaridan o‘rinli va to‘g‘ri foydalanish nafaqat ta’lim

samaradorligini oshiradi, balki o‘quvchilarga fikrlash uchun ham imkon beradi.

Page 90: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

90

4. Boshlang‘ich sinf darslarida qo‘llaniladigan muammoli izlanish metodi,

mustaqil ishlar va didaktik o‘yinlar o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda

asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.

5. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatishda muammoli

izlanish metodi samarador usullardan biridir.

6. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini fikrlashga o‘rgatish vositalaridan yana

biri mustaqil ishlash metodidir. Boshlang‘ich sinf darslarida mustaqil ishlarning

rekonstruktiv, reproduktiv, ijodiy turlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.

7. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini fikrlashga o‘rgatishda ta’limning

interfaol metodlaridan foydalanish yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.

9. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan hamkorlik munosabati ta’lim

samaradorligini oshirish bilan birga o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini

rivojlantirishga innovatsion yondashuv muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

TAVSIYALAR

1. Yetuk kadrlar tayyorlash tizimining asosi bo‘lgan boshlang‘ich

sinflardanoq o‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatish o‘qituvchi va o‘quvchilarning

hamkorliklari asosida tashkil etiladigan muammoli izlanish va mustaqil ishlash

metodi, didaktik o‘yinlardan iborat tizimga asosan tashkil etilishi zarur.

2. Boshlang‘ich sinf dars jarayonida o‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatish

maqsadida muammoli izlanish, mustaqil ishlash metodi uchun tavsiya etiladigan

materiallar va didaktik o‘yinlar o‘quv materialiga, o‘quvchilarning yosh va

psixologik xususiyatlariga, bilim darajalariga mos bo‘lishi lozim.

3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini fikrlashga o‘rgatish tizimini nazariy-

metodik jihatdan takomillashtirish lozim.

4. Boshlang‘ich sinf darslari uchun tavsiya etiladigan darslik va

qo‘llanmalar yaratishda tadqiqotimiz davomida ishlab chiqilgan muammoli

izlanish va mustaqil ishlashga doir materiallardan va didaktik o‘yinlardan

foydalanish maqsadga muvofiq.

Page 91: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

91

5. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini

takomillashtirish zarur. Ayniqsa, ularda o‘quvchilar bilan ishlashga doir amaliy

ko‘nikma va malakalar hosil qilishga e’tibor qaratish zarur.

6. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari darslarda har bir bolaning qiziqishlarini

muntazam o‘rganib borishlari lozim.

7. O‘qituvchilar har bir dars oxirida uyga beriladigan topshiriqni bolalar

qobiliyatini inobatga olib berishsa yaxshi bo‘ladi;

8. O‘quvchilar ijodiy qobiliyatini rivojlantirish uchun sinfdan tashqari

o‘qish davomida darslarni rang-barang, qiziqarli, bolalar shaxsiy qobilyatlarini

hisobga olgan holda tashkil qilish kerak.

9. O‘quvchilar ijodiy qobiliyatini rivojlantirish uchun kechalar,

uchrashuvlar tashkil qilinishi lozim.

Page 92: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

92

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

I. O‘zbekistan Respublikasi qonunlari

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T., “O‘zbekiston” nashriyot-

matbaa ijodiy uyi, 2008-y. – 40 b. 8-11 betlar.

2. O‘zbekiston respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni, Barkamol avlod –

O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: “Sharq”, 1997-y. 296 b. 23-27 betlar.

3. O‘zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi", Barkamol

avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: “Sharq”,1997-y. 31-bet.

II. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari

1. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. –T.: “Sharq” nashriyoti, 1999-y. –248 b.

14-bet.

2. Karimov I.A. Barkamol avlod –O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.:

“Sharq” nashriyoti, 1997-y. 9-bet.

3. Karimov I.A. Bizdan obod va ozod vatan qolsin. №2. – T.: “O‘zbekiston”

nashriyoti, 1996-y. – 380 b. 96-97 betlar.

4. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. – T.: “O‘zbekiston”

nashriyoti, 1999-y. – 410 b. 5-bet.

5. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: “O‘zbekiston”

nashriyoti, 2000-y. – 352 b. 76-77 betlar.

6. Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: “O‘zbekiston” nashriyoti,

1998-y. 625-626 betlar.

7. Karimov I.A. O‘zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. –T.:

“O‘zbekiston” nashriyoti, 1996-y. – 364 b. 48-49 betlar.

8. Karimov I.A. O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – T.: “O‘zbekiston”

nashriyoti, 1992-y. – 78 b. 22-23 betlar.

9. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – еngilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”

nashriyoti, 2010-y. – 176 b. 61-bet.

Page 93: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

93

III. Asosiy adabiyotlar

1. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: TDPU.

2003-yil. 174 6. 92-bet.

2. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat (O‘quv

qo‘llanma). – T.: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi

nashriyoti, 2006-y. – 160 b. 66-bet.

3. Akbarzoda G. Та’limi soniy. –Тoshkent: А.Qodiriy nomidagi xalq merosi

nashriyoti, 1993. -21 бет.

4. Aliyev A. O’quvchilarning ijodkorlik qobiliyati. –Тoshkent: O’qituvchi, 1991.

– 40 бет.

5. Амонашвили Ш.А. Воспитательная и образовательная функция оценки и

учения школьников. – Москва: Педагогика, 1984.

6. Артемова Л.В. Окружающий мир в дидактических играх: Книга для

воспитателя детского сада и родителей. – Москва: Просвещение, 1992. 97

стр.

7. Yu.K. Hozirgi zamon umumiy ta’lim maktabida o‘qitish metodlari. -Toshkent:

O‘qituvchi, 1985. - 290 bet.

8. Baratov Sh. O‘quvchi shaxsini o‘rganish usullari. –Toshkent: O‘qituvchi, 1992.

– 62 bet.

9. Bahodirov R. Abdulloh al-Xorazmiy va ilmlar tasnifi tarixidan. –Toshkent:

O‘zbekiston, 1995. -144 bet.

10. Г. Гатанов Б.Ю.РазвиваюGatanov логику и сообразителност. Пособие

для подготовки детей к школе. –Питер, 2000. – 165 s

11. Jalilova M., Ne’matova G. Takrorlash mashg‘ulotlarini «Topqirlar

bellashuvi» tarzida o‘tkazish //J. Til va adabiyot ta’limi. -1994.-№ 2-3. 36-37-

betlar.

12. Jumaxo‘jaev A. Istiqlol va ona tilimiz.–Toshkent: Sharq, 1998.

13. Jo‘raev N. Tafakkurdagi evirilish: Istiqlol istiroblari va quvonchlari haqida

mulohazalar. – Toshkent: Sharq, 2001. – 237 b.

Page 94: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

94

14. Ziyodova T. Ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarning so‘z boyligini

oshirish: Ped. fan. nom. ... dis. – Toshkent, 1995. -141 b.

15. Zunnunov A. Pedagogika tarixi. Oliy o‘quv yurti uchun darslik. – Toshkent:

Sharq, 2000.

16. Zunnunov A. Xayrullaev M., Hotamov N., Shodiev D. o‘rta Osiyoda

pelagogik fikr taraqqiyotidan lavhalar. –Toshkent, 1996. –350 bet.

17. Ibrohimov R., Ibrohimova P. Matematik hazillar, topishmoqlar, labirintlar. –

Toshkent: O‘qituvchi, 1996. – 95 b.

18. Иванова В.М., Калинина В.Н., Нешумова Л.А., Решетникова И.О.

Математическая статистика. -Moсквa: Высшая школа, 1975. -398 стр.

19. Ikromova R. , Azizova A., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili: 4-sinf uchun darslik. –

Toshkent: O‘qituvchi, 2002. -224 b.

20. Inog‘omova S. Mantiqiy fikrlash // J. Boshlang‘ich ta’lim. 2000. №2. – 20-21

betlar.

21. Ishmuhamedov R.J. Innovatsion texnologiya yordamida ta’lim

samaradorligini oshirish. –TDPU, 2004. -35 b.

22. Yo‘ldoshev Q. Yangilangan pedagogik tafakkur va umumta’lim

maktablarida adabiyot o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari: Ped. fan. dok. ... dis.

avtoref. – Toshkent, 1997. – 49 b.

23. Yo‘ldoshev Q. Yangilanayotgan milliy pedagogikamizning еtakchi

xususiyatlari // J. Tafakkur. – 1996. - №4. - 49-50 betlar.

24. Казанская В. Обучающий диалог // Ж. Вести высшей школы. – 1990. -

№4.- с. 29-34.

25. Казанский Н.Г., Назарова Т.С. Дидактика. – Москва: Просвещение,

1978.

26. Kaykovus. Qobusnoma. – Toshkent: Istiqlol, 1994. -321 bet.

27. Karimova V. Psixologiya. –Toshkent: Qodiriy nomidagi xalq merosi

nashriyoti, 2002. -203 b.

28. Karimova V., Sunnatova R., Tojiboeva R. Mustaqil fikrlash. – Toshkent:

Sharq, 2000. –112 b.

Page 95: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

95

29. Karimova V., Sunnatova R. Mustaqil fikrlash bo‘yicha mashg‘ulotlarni

tashkil etish yuzasidan uslubiy qo‘llanma. – Toshkent: Sharq, 2000. – 193 b.

30. Лайло В.В. Изучение алфавита и развитие восприятия. –Москва:

Дрофа, 2002. – 63 с.

31. Лайло В.В. Развитие памяти и повышение грамотности. –Москва:

Дрофа, 2002. – 127 с.

32. Лайло В.В. Повышение грамотности и развитие мышления. –Москва:

Дрофа, 2002. – 93 с.

33. Лихачев Б.Т. Педагогика. –Москва: Педагогика, 1993.

34. Mavlonova R., To‘raeva O., Xoliqberdiev K. Pedagogika.-Toshkent:

o‘qituvchi, 2001. – 510 b.

Madaev O. Insho qanday yoziladi.–Toshkent: O‘qituvchi, 1991.–146

35. Беспалко В.П. Педагогика и прогрессиное технологии обучения – М.:

ИРПО, 1996 г. – 336 С. 27 с.

36. Беспалко В.П. Слагаемие педагогической технологии. – М.:

“Педагогика”, 1989г. 192 С.

37. Бойкова Л.А., Гребенкина Л.К. Педагогическое мастерство

педагогические технологии. – М.:Пед общество России, 2001 г. – 247 С.

38. Ziyomuhammadov B. Pedagogika. (Oliy o‘quv yurtlari uchun qo‘llanma). –

T.: “Turon-Iqbol”, 2006-y. – 112 b. 13-bet. 11-12 betlar.

39. Ziyomuhammadov B. Pedagogik mahorat asoslari. – T.: “Tib-kitob”, 2009-y.

– 184 b. 160-170 betlar. 114-bet. 72-bet.

40. Ziyomuhammadov B., Tojiev M. Pedagogik texnologiya – zamonaviy o‘zbek milliy

modeli. – T.: “Lider press”, 2009-y. – 104 b. 56-bet.

41. Ziyomuxamedova S., Ziyomuxammadov B. Novaya pedagogicheskaya

texnologiya. – T.: “Abu Ali ibn Sino”, 2002 g. – 118 S. 76 s.

42. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion

texnologiyalar (ta’lim muassasalari tarbiyachi-o‘qituvchilari va guruh rahbarlari

uchun amaliy tavsiyalar) –T.: Iste’dod, 2010-y. –141 b. 34-37 betlar.

43. Yo‘ldoshev J.G‘., Yo‘ldosheva F., Yo‘ldosheva G. “Interfaol ta’lim sifat

Page 96: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

96

kafolati” (Bolaga do‘stona munosabatdagi ta’lim). – T.: 2008-y. – 172 b. 11-bet.

44. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni

amaliyotga joriy qilish. – T: “Fan va texnologiya”, 2008-y. – 132 b. 20-bet.

45. Yo‘ldoshev J.G‘., Hasanov S. Pedagogik texnologiyalar. – T.: “Iqtisod-moliya”

nashriyoti, 2009-y. – 492 b. 41-42 betlar. 48-49 betlar.

46. Кларин М.В. Педагогическая технология в учебном протсессе. – М.:

“Знание”, 1989 г. С. 75.

47. Mavlonova R., Arabova M., Salohitdinova G‘. Pedagogik texnologiya. – T.:

“Fan” nashriyoti, 2008-y. – 123 b. 92-bet.

48. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi, Nasaf, 2000-y. –79 b.

20-24 betlar.

49. Tolipov O‘.Q., Usmonboeva M. Pedagogik texnolgiyalarning tadbiqiy asoslari.

(O‘quv qo‘llanma) – T.: “Fan” nashriyoti, 2006-y. – 261 b. 78-85 betlar.

50. Фарберман Б.Л. Передовые педагогические технологии. – Т.:

Издателство “Фан” академии наук республики Узбекистан, 2000 г. – 132 С. 4

с.

51. Фарберман Б.Л. Илғор педагогик технологиялар. – Т.: “Фан” нашриёти,

2000-й. – 127 Б. 27-бет.

52. Фарберман Б. Янги педагогик технологиялар. –Т.: “Фан”, 2001-й. – 146 б.

27-бет.

IV. Qo‘shimcha adabiyotlar

1. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. – T., “O‘qituvchi” nashriyoti,

1992-y. 160 b. 23-bet.

2. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi

nashriyoti, 1993-y. – 224 b. 185-bet.

3. Амонашвили Ш.А. В школу – с шести лет. – М.: “Педагогика”, 1986 г. –

176 С. 55 с.

4. Babashev F.A. Xorazm al-ma’mun akademiyasi – ilmu ma’rifat maskani. (O‘quv

qo‘llanma) –T.: “Ziyo-chashmasi” nashriyoti, 1999-y. – 25 b. 22-23 betlar.

Page 97: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

97

5. Власова Т.А., Певзнер М.С. О детях сотклонениями в развитии. – М.:

“Просвещение”, 1973 г. – 175 С. 26-27 с.

6. Volkov M.P. Ijod qilishga o‘rgatamiz // Pedagogik izlanish. – T.:

“O‘qituvchi” nashriyoti, 1990-y. – 137 b. 52-bet.

7. Davletshin M.G., Do‘stmuhamedova Sh., Mavlanov M., To‘ychiyeva S.

Yosh davrlari va pedagogik psixologiya. (O‘quv metodik qo‘llanma). Nizomiy

nomidagi TDPU. 2004-yil. 102 b. 46-47 betlar.

8. Yo‘ldoshev J.G‘. Uzluksiz ta’lim: malaka oshirish muammolari va

еchimlari. – T.: “O‘qituvchi” nashriyoti, 1991-y. – B. 6-bet.

9. Kamoldinov M., Vaxobjonov B. Innovatsion pedagogik texnologiya

aoslari, savollar, javoblar (Kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘quv

qo‘llanma) – T.: “Talqin”, 2010-y. – 128 b. 6-bet.

10. Нишоналиев У. Формирование личности учителя трудового

обучения: пробломы и перспектививы. – T. Фан, 1996 г. – 88 с.

11. Ochilov M. Muallim – qalb me’mori. Saylanma. – T.: “O‘qituvchi”

nashriyoti, 2001-y. – 432 b. 290-bet.

12. Rasulova F va boshqalar. Xorazm ma’mun akdemiyasining olis va yaqin

yulduzlari. – T.: 2005-y. 144 b. 31-44 betlar

13. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – M.: 1981-y. 2-tom, 169-bet.

Pedagogika tarixidan xrestomatiya. Tuzuvchi O.Hasanboeva. – Toshkent:

O‘qituvchi, 1993. – 206 b.

14. Raximov S., To‘raqulov E. Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta’lim-tarbiya

haqida. – Toshkent, 1992.

15. Raximov S. Abu Ali ibn Sino ta’lim-tarbiya haqida. -Toshkent:

O‘qituvchi, 1967. – 99 b.

Page 98: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

98

V. Davriy nashrlar, statistik to‘plamlar va hisobotlar

Dissertatsiya va avtoreferatlar:

1. Jumaniyozova M.T. Malaka oshirish jarayonida o‘qituvchilarni innovatsion

faoliyatga tayyorlashning pedagogik asoslari. Ped.fan.nom. ilmiy darajasini olish

uchun yozilgan dis. Avtoreferati, –T.: 2007-y. 10-b.

2. Xurvaliyeva T.L. Maktab amaliyotchi-pixologlari malakasini oshirishda

ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Ped.fan.nom. ilmiy darajasini

olish uchun yozilgan dis. Avtoreferati, – T.:2008-y. 2-3 betlar.

3. Adizov B. Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari:

Ped. fan. dok. ... dis. –Toshkent, 2003. – 276 b.

4. Axlidinov R.Sh. Umumiy o‘rta ta’limni takomillashtirishning tashkiliy-

pedagogik asoslari: Ped. fan. dok. ... dis. – Toshkent, 1998–172 b.

5. Bekmurodov A. Boshlang‘ich sinflarda tabiiy-matematik o‘quv

materiallarini amaliyotga joriy etishning didaktik asoslari (DTS misolida):

Ped.fan.nom.... diss. – Samarqand, 2001. – 182 b.

6. Bobomurodova A. Ona tili ta’limi jarayonida o‘yin topshi-riqlaridan

foydalanish: Ped. fan. nom. ... dis. –Toshkent, 1996. –146 b.

7. Ibragimov R. Boshlang‘ich maktab o‘quvchilarida bilish faoliyatini

shakllantirishning didaktik asoslari: Ped.fan.nom.disc. Toshkent, 2002.b.

8. Mallaev R. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mustaqil o‘quv mashg‘ulotlari

tashkil etishning samaradorligini oshirish: Ped. fan. nom. ... disc. – Toshkent,

1974. – 202 b.

9. Matchonov S. Umumta’lim tizimida adabiyotdan mustaqil ishlarni tashkil

etish: Ped. fan. dok. ... dis. – Toshkent, 1998 у.

10. Nishonova Z. Mustaqil ijodiy fikrlashni rivojlantirishning psixologik

asoslari: Psixol.fan.dok.... diss. avtorefereti. – Toshkent, 2005. – 38 b.

11. Raxmonov Ya. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning aqliy mehnat

faoliyatini tashkil etishning pedagogik asoslari: Ped. fan. nom. ... disc. Toshkent,

2004. – 136 b.

Page 99: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

99

12. Roziqov O. Ona tili darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchi-larining

mustaqil ishlari: Ped. fan. nom. ... dis.–Toshkent, 1967.–272 b.

13. G‘ulomov A.K. O‘zbek maktablarining 4-sinflari ona tili darslarida

o‘quvchilarning mustaqil ishlari: Ped. fan. nom. ... disc.– Toshkent, 1975. – 189

bet.

Ilmiy jurnal va konfrensiya maqolalari:

1. Abdullayev H., Mirzayeva M. Ta’lim samaradorligining muhim shartlri //

Xalq ta’limi. 1993-y. 8-9. – B. 3.

2. Илина Т.А. Понятие педагогической технологии в современной

буржуазной педагогике Сов. Педагогика, 1991 г. № 9. - С. 123-124 с.

3. Yo‘ldoshev J.G‘. Ta’limda yangilanish davr talabi // Til va adabiyot ta’limi,

1996-y, №3. – B. 8-bet.

4. Larner I.Ya. Vnimanie o texnologii obucheniya // “Sov. Pedagogika”, 1990

g, № 3. S. 139.

5. Mallaboyev A. O‘quvchilar bilan individual munosabatda bo‘lishning

psixologik asoslari // Ilmiy-uslubiy maqolalar to‘plami. – Andijon, 1996-y. – B.

27-b.

6. Nishonova Z. Mustaqil fikr rivojlanganligining psixologik mezonlari // J.

Xalq ta’limi. – 2001. - №1. – 34-37-betlar.

7. Nishonaliev U. Ta’lim standarti va pedagogik innovatsiyalar // J. Xalq

ta’limi. 1999. - №6.- 28-31 b

8. Sayidaxmedov N.S. Pedagogik texnologiya konsepsiyasining rivojlanish

tarixi. – Ma’rifat, 1999-y. 17-mart. № 9. 5-bet.

9. Sayidaxmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiya mohiyati.// “Xalq

ta’limi”, 1999-y, 1-son, 100-bet.

10. Tolipov O‘.Q., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiya asoslari // “Maktab

va hayot” jurnaliga ilova. – T.: O‘zPFITI, 2003-y. – 32 b.

11. Shirinov M.K. Interaktiv metodlarning tabiatshunoslik fanida

qo‘llanilish. Xalq ta’lim jurnali 2013 yil 4 son.

Page 100: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

100

VI. Internet saytlari

http//www.Norma.uz. O‘zbekiston respublikasi qonun hujjatlar to‘plami

sayti.

http//www.ziyo.net.uz. O‘zbekiston respublikasi talim sayti.

http://www.Uzedu.uz, e-mail:

[email protected] O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi qarorlari.

Page 101: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

101

ILOVALAR

1-ilova

TOPISHMOQLAR

Tabiat haqida

1. Ko‘k sandig‘im ochildi, ichidan zar sochildi. (osmon)

2. Bir parcha patir, olamga tatir. (oy)

3. Izi bor, soyasi yo‘q. (suv)

4. Osmonda uchar, qanoti yo‘q. (bulut)

5. Meni so‘raydilar, ko‘rinsam qochadilar. (yomg‘ir)

6. O‘tda yonmaydi, suvda botmaydi. (muz)

7. Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar. (shamol)

8. Qo‘lsiz, oyoqsiz, gul solar sovuqda. (deraza qirovi)

9. Tebranadi, joyi yo‘q. (zilzila)

10. Oltindir, oltincha sotilmas. (vaqt)

11. Yursam yuradi, tursam turadi. (soya)

12. Ko‘mir tosh, ichida osh. (bodom)

13. Bir qop un, ichida ustun. (jiyda)

14. Qirq hujrada qizil qizlar. (anor)

15. Ko‘k ko‘ylakli xotin, sariq bola ko‘targan. (jo‘xori)

16. Boshi oq, qoshi qora. (loviya)

17. Kunga qarab tolmaydi, kundan ko‘zin uzmaydi. (kungaboqar)

18. Uzun terak, ichi kovak. (qamish)

Odam va uning xislatlari haqida

1. Bir to‘qayda yetti teshik. (og‘iz, burun, quloq, ko‘z)

2. Kechasi yopiq, kunduzi ochiq. (ko‘z)

3. Eshitadi ko‘rmaydi, ko‘radi eshitmaydi. (quloq, ko‘z)

4. Teg desam tegmaydi, tegma desam tegadi. (lab)

5. Katta-kichik besh o‘rtoq, uyushsa misli to‘qmoq. (barmoqlar)

6. Kichkina oxurcha, ichi to‘la mixcha. (og‘iz, tish)

7. O‘q emas, o‘qdan o‘zar. (fikr)

Page 102: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

102

8. Bir to‘kilsa, qayta to‘lmas. (obro‘)

9. Asaldan shirin, zahardan achchiq. (so‘z)

10. Kichkina mitti tepdi, yiqitdi. (uyqu)

Hayvonot olami haqida.

1. Mo‘ylovi bor, soqoli yo‘q. (mushuk)

2. Soqoli bor, mo‘ylovi yo‘q. (echki)

3. To‘rt qoziq, hammaga oziq. (sigirning yelini)

4. Uzun quloq, kalta dum. (quyon)

5. Qanoti bor uchmaydi, quruqlikda yurmaydi. (baliq)

6. Sassiq ko‘lda it hurar. (baqa)

7. Osti tosh, usti tosh, o‘rtasida chandir bosh. (toshbaqa)

8. Yer ustida uzun arg‘amchi. (ilon)

9. Azon aytar, namoz o‘qimas. (xo‘roz)

10. Qoziq ustida qor turmas. (tuxum)

11. Ko‘p yeb, oltin o‘raydi. (ipak qurti)

12. O‘zi yo‘qdek, ovozi o‘qdek. (chigirtka)

13. Beli qilday, boshi xumday. (chumoli)

14. Quyon emas uzun quloq, Ot emas, to‘rtta tuyoq. (eshak)

15. Xavzi qul qulum, oyoq uzun kalta dum. (tuya)

16. Kechalikka xov-xov, kunduzlikka vov-vov. (it)

17. Tuya desam kattakon, usti keng bir maskan. (fil)

18. O‘zi hayvon, sochi ayvon. (arslon)

19. Igna po‘stin kiygani, ilon go‘shti yegani. (tipratikan)

20. Yer tagida qizil xivich. (chuvalchang)

21. Qoragina popush, devorga yopish. (kaltakesak)

22. Gala-galani ko‘rdim, ko‘chada gadoyni ko‘rdim. (tovuq)

23. Oq bo‘ldi, ola bo‘ldi, ichidan chiqdi qora bo‘ldi. (jo‘ja)

Osmon, yer, suv, tabiat hodisalari haqida

1. Kechasi ochilar, osmonga sochilar. (yulduz)

2. Qozonda emas qaynaydi, qishin yozin tinmaydi. (buloq)

Page 103: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

103

3. Oppoq sochli boshlari, daryo bo‘lar yoshlari. (tog‘)

4. Ko‘zga ko‘rinmas, qo‘lga tutilmas. (havo)

5. Qora biyam qalt etdi, qovurg‘asi yalt etdi. (bulut)

6. Uzun-uzun yo‘l ketdi, Uzun bo‘yli qiz ketdi,

Toqqa borib taq etdi, Sirg‘alari yalt etdi. (yashin)

7. O‘zi yo‘q, ovozi bor. (momoqaldiroq)

8. Biri sepadi, biri ichadi, biri o‘sadi. (yomg‘ir, yer, o‘simlik)

9. Saman otim soy yoqalab keladi. (sel)

10. Oppoq-oppoq oppog‘im, oppoqqina bodrog‘im. (do‘l)

11. Elakdan un elandi, yerning usti belandi. (qor)

12. Bir kosa sut, olamga dud. (tuman)

2-ilova

HAZIL VA O‘YIN SAVOLLAR

1. Nima hamma tilda gapiradi? (aks-sado)

2. Nima soqoli bilan tug‘iladi? (echki)

3. Nimaning mo‘ylovi soqolidan uzun? (suvarak)

4. Qilichdan o‘tkir nima? (ko‘z)

5. Yuqoridan pastga qarab o‘sadigan narsa nima? (qishki sumalak)

6. Qaysi joyda daryolar suvsiz, shaharlar uysiz bo‘ladi? (xaritada)

7. Qaysi hayvon qish bo‘yi boshini pastga qilib uxlaydi? (ko‘rshapalak)

8. Qaerda osmon pastda bo‘ladi? (suvda)

9. Qaysi idishni sira to‘ldirib bo‘lmaydi? (teshik idishni)

10. Dengiz ostida qanday tosh bo‘lmaydi? (quruq tosh)

11. Yomg‘ir yog‘ib turganda qarg‘a qaysi daraxtga qo‘nadi? (ho‘l daraxtga)

12. Suv qaerda ustundek turadi? (quduqda)

13. Och qoringa nechta tuxum yeyish mumkin? (to‘yguncha)

14. Besh harfli sichqon ushlaydigan qopqonni topa olasizmi? (mushuk)

15. Bag‘rini tilsang qon oqadigan meva? (anor)

16. Qirg‘oq bilan suv o‘rtasida nima bor? (bilan so‘zi bor)

Page 104: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

104

3-ilova

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu: Navro’z bayrami. (ilmiy ommabob asar.)

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Navro’z, yangi kun, 21-mart, Navro’z

bayrami,tabiat, chuchmoma, boychechaklar, sumalak, yalpiz, jag’jag’,

ismaloq,ko’katlar, ko’k somsa, tomosha, ko’chatlar ekish, ko’chalar

tozalanadi, hovli-joylar supiriladi.

Soatlar soni 1 soat.

Mavzuning qisqacha ta’rifi: Navro’z bayrami haqida hikoya.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi.

Metod: suhbat, ifodali o’qish, tushuntirish, tarmoqlash, muommoli izlanish,

munozara, o’yin.

SHakl: jamoa, guruh bilan ishlash

Jihoz: Mavzu asosida tayyorlangan slayd, rasm-plakatlar, darslik.

Nazorat: O’quvchilarning darsdagi faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O’quvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.

Darsning maqsad va vazifalari

Maqsadlar:

Ta’limiy: O’quvchilarning ifodali o’qish ko’nikmalarini rivojlantirish. Lug’at

boyligini oshirish.

Tarbiyaviy: 1. O’quvchilarga fasllar haqida ma’lumot berish. Bahor faslida

qilinadigan bayramlar haqida subat. Navro’z bayrami, milliy udumlar,urf-

odadlar bilan tanishtirish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning to’g’ri, ifodali o’qish malakalarini rivojlantirish.

Tabiat go’zalligidan zavqlanish, uni asrab avaylashga o’rgatish.

Kutilayotgan natija:

Dars yakunida o’quvchilar hikoyani to’g’ri va ifodali o’qish malakasiga ega

bo’ladilar. Yangi so’zlarni tushunadilar, nazariy materiallarni tahlil qilishga

o’rganadilar. Milliy udumlar bilan tanishadilar.

Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi Bajariladigan ish nomi Metod Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism

O’quvchilar davomati aniqlanadi.

Sinfning darsga tayyorligi

tekshiriladi.

Ma’naviyat daqiqasi o’tkaziladi.

Suhbat 2 daqiqa

2-bosqich

(Reflektsiya)

Ehtiyojlarni

aniqlash

Dars davomida rioya qilinishi lozim

bo’lgan qoidalar belgilanadi. Dars

shiori ishlab chiqiladi.

Munozara 2 daqiqa

Page 105: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

105

3-bosqich

Darsning borishi

1. O’tgan dars so’raladi, o’quvchilar

bilim darajasi tekshiriladi. O’tgan

dars mustahkamlanadi.

2.Yangi darsni o’qishga

tayyorgarlik.

3. O’qituvchi Navro’z bayrami

hikoyasinini ifodali o’qib beradi.

Hikoyaning mazmuni ustida

ishlanadi. Xalq qo’shig’I

o’quvchular bilan birga yod olib

kuylanadi.

4. Lug’at ishi

5.Matn mazmuni so’zlab beriladi.

6. O’quvchilarga hikoya o’qitiladi.

Hikoyaning mazmuni tushuntiriladi.

Savol javob o’tqaziladi.

7.Topishmoq va tez aytishlar

o’qitilib yod oldiriladi.

Savol javob

(tarqatma

materiallar

asosida)

Suhbat

Ifodali

o’qish

Munozara

5 daqiqa

5 daqiqa

6 daqiqa

5 daqiqa

6 daqiqa

4-bosqich

Mustahkamlash

1.Darslikdagi savollarga javob

topiladi.

3.Hikoyadagi tasviriy vositalar,

topishmoq vatez aytish ustida

ishlanadi.

Muommoli

izlanish

5daqiqa

4daqiqa

5-bosqich

Baholash.

Darsni

yakunlash

O’quvchilarning darsda ishtiroki

hisobga olinib, ballari e’lon qilinadi

va dars yakunlanadi.

2 daqiqa

6-bosqich Navro’z bayrami haqidagi matnni

o’qib topishmoqlarni yod olish.

Navro’z bayrami haqida matn

yozib kelish

Tushun-

tirish

2 daqiqa

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism: Salomlashiladi. Davomat aniqlanadi. Ma’naviyat daqiqasi

o’tkaziladi.

Shundan so’ng darsda rioya qilinishi lozim bo’lgan qoidalar e'lon qilinadi.

O’qituvchi: Aziz o’quvchilar darsni boshlashdan oldin darsimizning oltin

qoidalarini eslatib o’tsam. Bular

Page 106: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

106

O’tgan mavzuni mustahkamlash yuzasidan “Bekinmachoq” she’ri yuzasidan

suhbat o’tkaziladi.O’quchilarga yoddan ayttiriladi.

She’r va yozuvchi hayoti ustida savol javoblar o’tqaziladi.

- Anvar Obidjon qayerda tavallud topgan?

- Anvar Obidjonning qanaqa sherlar yozgan?

- Anvar Obidjonning qanaqa she’rlarini bilasiz?

-Bekinmachoq she’ri nima haqida ekan?

-Bekinmachoq she’rida nechta bolani ismi ishtirok etgan?

-…

Javoblar olinganidan so’ng o’qituvchi tomonidan o’quvchilar baholanadi. O’tgan

mavzu o’quvchilar tomonidan qay darajada o’zlashtirilganligi xulosalanadi.

3. Yangi mavzu bayoni:

O’quvchilarga bahor faslida bo’ladigan bayramlar haqida suhbatlashadi. Ulardan

eng qadrlisi 8-mart onajonlar bayrami ekanligi ta’kidlanadi. Bizning sog’lig’imiz,

toza ozoda yurishimiz uchun qayg’uradigan, shirin taomlar pishirib beruvchi

onalarimiz ekanligi haqida suhbat o’tqaziladi.

Undan keying bayram navro’z bayrami haqida suhbatlashamiz.

-Navro’z bayrami nechanchi kuni bo’ladi?

-navro’z bayramiga qatnashganmisiz?

-Unda qanday taomlar pishiriladi?

Xattaxtaga “Navro’z bayrami.” deb yozaman.

Hikoyani o’zim ifodali o’qib beraman.

Page 107: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

107

Mavzu yuzasidan kirish suhbati:

-Hikoya nima haqida ekan?

-Navro’z bayrami qachon nishonlanar ekan?

-Siz navro’zda qanaqa taomlar pishirasiz?

-…

Hikoya o’quvchilarga navbatma navbat o’qitiladi.

1-topshiriq:

Tarmoqlash:

1-topshiriq yuzasidan baholanadi

Dam olish daqiqasi otkaziladi.

3-topshiriq.

Eng chiroyli matn o’yini otqaziladi. O’quvchilar 3 guruhga bo’linadilar. Bunda

o’quvchilarga quydagi so’zlar beriladi. O’quvchilar bu so’zlarga matn tuzadilar.

1.Bahor fasli.

2.8-mart onajonlar bayrami.

3.Navro’z bayrami.

hikoya ustida ishlash

O’quvchilar xalq qo’shig’ini ichlariga o’qiydi.

O’qituvchi quydagi savollarni beradilar.

-Qo’shiqning qaysi misrasida o’xshatish bor?

-Chorbog’lardan deganda nimani tushunasiz?

Navro’z

bayrami.

Page 108: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

108

4. Lug’at ishi olib boriladi. O’quvchilardan tushunmagan so’zlari so’raladi va u

so’zning ma’nisi tushuntiriladi.

LUG’AT ISHI

Ko’chatlar-

Uyg’onmoq-

Ko’katlar -

chorbog’lardan -

Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlash.

1-Navro’z qachon bayram qilinadi?

2-Navro’zni odamlar qanday nishonlaydilar?

3-Bahorgi taomlarga solinadigan ko’katlar nomini ayting?

Tasviriy vositalar bilan ishlash. She’rdagi “Yam-yashil chorbog’lardan Bulbuldek

ovoz keldi ” Jumlasi o’quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.

Qo’shiqdan quyidagicha aytilishi o’xshash bo’lgan so’zlarni topish topshirig’i beriladi.

Soz-g’oz-ovoz.

Darslikda keltirilgan topishmoq o’qituvchi aytadi o’quvchilar topadilar.

Oq sandig’im ochildi,

Olamga nur sochildi..

Dum-dumaloq barkash non,

Ko’k yuzida suzadi.

Tez aytish ustida ham ishlanadi.

Mustahkamlash:

-Navro’z haqida qanaqa she’r bilasiz?

-Bahorda qanaqa gullar ochiladi?

-…

4-topshiriq.

Gulsara gulzor oralab gul sanadi.

Page 109: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

109

Muammoli izlanish metodi: Bunda o’quvchilar 2 guruhga bo’linadilar. Ularga

quyidagicha topshiriq beriladi.

1-Navro’z bayramida qilinadigan ishlar.

2-Navro’z bayramida pishiriladigan taomlar.

o’quvchilar guruh bo’lib ishlaydilar.

5-topshiriq.

6-topshiriq

Sher aytishuv bahsi.

Bunda o’quvchilar Bahor navro’z va gul haqida birma bir sher aytadilar

aytolmagan guruh past bal bilan baholanadi.

Topishmoq va tez aytish yuzasidan ham mustahkamlanadi.

Topishmoq yuzasidan suhbat o’tqaziladi.

-Ochildi-sochildi so’zlariga tovush qo’shilishi bilan qanday so’z hosil bo’ladi?

Ma’nosini tushuntiring?

7-topshiriq

Tez aytish musobaqasi. Bunda Oquvchilar bir nafasda tez aytishni aytadilar eng

ko’p aytgan o’quvchi rag’batlantiriladi.

Page 110: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM · Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bolimi boshligi kafedrasi mudiri, p.f.n., dos _____

110

Tez aytish musobaqasi.

Gulsara gulzor oralab gul sanadi.

Gulsara gulzor oralab gul sanadi.

G……………

Gulsara gulzor oralab gul sanadi.

Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va baholanadi.

Baholash

A’lo

Yahshi

Qoniqarli

Uyga vazifa. Hikoyani o’qib kelish. Navro’z bayrami haqida matn yozib

kelish.