1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI “BANK ISHI” FAKULTETI “ТАSHQI IQTISODIY FAOLIYAT” KAFEDRASI KURS ISHI Маvzu: Markеtingda zamonaviy axborot kommunikatsion tеxnologiyalardan foydalanish xususiyatlari Bajardi: “Bank ishi” fakulteti, “Маrketing” (Таshqi iqtisodiy faoliyat) ta’lim yo’nalishi, 4- kurs, МV-51 guruhi talabasi Ergashova Gavxar Baxtiyarovna________________________ Ilmiy rahbar: “Таshqi iqtisodiy faoliyat” kafedrasi katta o’qit. Sharifxodjaеv U. ______________ ТОSHKENT – 2013
45
Embed
KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi
This document is posted to help you gain knowledge. Please leave a comment to let me know what you think about it! Share it to your friends and learn new things together.
Transcript
1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“BANK ISHI” FAKULTETI
“ТАSHQI IQTISODIY FAOLIYAT” KAFEDRASI
KURS ISHI
Маvzu: Markеtingda zamonaviy axborot kommunikatsion
tеxnologiyalardan foydalanish xususiyatlari
Bajardi: “Bank ishi” fakulteti, “Маrketing”
(Таshqi iqtisodiy faoliyat) ta’lim yo’nalishi, 4-
kurs, МV-51 guruhi talabasi Ergashova
Gavxar Baxtiyarovna________________________
Ilmiy rahbar: “Таshqi iqtisodiy faoliyat”
kafedrasi katta o’qit. Sharifxodjaеv U.
______________
ТОSHKENT – 2013
2
MUNDARIJA
KIRISH
1.1 Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing jarayonidagi
ahamiyati
1.2 Marketing xizmat faoliyatida axborot texnologiyalrni o’rni.……………………………31
1.3 Axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing xizmatida foydalanishning
me’yoriy huquqiy asoslari
1.4 1 - bob bo`yicha xulosalar
XULOSA VA TAKLIFLAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kun va kelajak hayotimizni zamonaviy
axborot tenolgiyalarsiz tasavvur eta olmaymiz.Respublikamizda davr talabi
bo’lgan zamonaviy axborot kommunikatsion tenologiylarni joriy etilishi va uni
iqisodiyotni turli xil sohalariga tadbiq etilishi raqobatbrdosh axborotlarga ega
bo’lish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatini beradi. Mamlakatimizda
axborot kommunikatsion texnologiyalarni me’yoriy huquqiy asoslari yaratildi.
“Jumladan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 24,5 foizga, kompyuter dasturlash
xizmatlari 18 foizga, texnologik asbob-uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat
ko‘rsatish 17 foizga, moliya-bank xizmatlari 17,6 foizga o‘sdi.”1.Zamonaviy
marketingni zamonaviy aborot kommunikatsion axborot texnologiyalarsiz amalga
oshirib bo’lmaydi.O’z vaqtida tezkor va sifatli axborotlarga ega bo’lish,to’g’ri
qarorlar qabul qilishni ta’minlaydi .Natijada korxonalar raqobatbardoshligi
ta’minlanadi.Rivojlangan davlatlar iqtisodiyotini muvaffaqiyati sabablardan biri
ularni doimo tezkor va aniq axborotlarga ega bo’lish imkoniyati
yuqoriligadir.Shunday ekan respublikamizda zamonaviy axborot kommunikatsion
texnologiyalrni iqtisodiyotni turli sohalarga qo’llash zaruriyati mavzuni
dolzarbligidan dalolat beradi.
Zamonaviy marketingda zamonaviy axborot kommunikatsion
texnologiyalarni joriy etish va ulardan samarali foydalanish natijalarini tahlil qilish
va jahon tajribasini yutuqlarini joriy etish muammolarini o’rganish va takliflar
ishlab chiqish bituruv malakakaviy ishining maqsadi hisoblanadi.
Tinglovchilarda zamonaviy marketingda zamonaviy axborot kommunikatsion
texnologiyalarni joriy etish va ulardan samarali foydalanish natijalarini tahlil qilish
va jahon tajribasini yutuqlarini joriy etish muammolarini bilan bo’liq ilmiy-
nazariy bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
1O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “2012 yilda mamlakatimizni ijtimiy iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlar”ga bag’ishlangan
Vazirlar Mahkamasini majlisidagi ma’ruzasi 18.01.2013 www.prezident.uz
4
O’zbеkistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida yuqori natijalarga erishishi,
jahon iqtisodiy tizimida to’laqonli shеriklik o’rnini egallay borishi, inson
faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot tеxnologiyalaridan yuqori
darajada foydalanishini ko’lamlari qanday bo’lishiga hamda bu tеxnologiyalar
ijtimoiy mеhnat samaradorligining oshishida qanday rol o’ynashiga bog’liq.
Hozirgi kunga kеlib iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o’tish jamiyatimiz
ijtimoiy va iqtisodiy xayotining barcha axborotlashtirish sohalarida erishilgan eng
so’nggi yutuqlarni tadbiq etish sur'atlarini g’oyatda tеzlashtirib yubordi
Zamonaviy axborot tеxnologiyalari tеzkor va muvofiq ravishda boshqarishga,
axborot kommunikatsiyalarini o’rnatishga imkon bеradi.
Iqtisodiyotda zamonaviy axborot tеxnologiyalaridan foydalanish iqtisodiy
axborotlar sifati, uning aniqligi, ob'еktivligi, tеzkorligini va buning natijasi
sifatida esa boshqaruv qarorlarini o’z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini
ta'minlaydi. Axborot tеxnologiyalari hozirgi kunda jahon iqtisodiyotining
rivojlanishining “harakatga kеltiriruvchi kuch”i bo’lib hisoblanadi.
Jahon tajribasini axborot tеxnolgiyalarining haqiqatdan ham insonlarning
ijtimoiy xayotiga ijobiy ta'sir ko’rsatishini tasdiqlamoqda. Bu borada
Prеzidеntimiz I.A. Karimov ta'kidlaganlaridеk: “Jahon sivilizatsiyasiga daxldor
bo’lgan eng zamonaviy ilmlarni egallamay turib, mamlakat taraqqiyotini
ta'minlash qiyin” .
Tadqiqot jarayonida zamoanviy iqtisodiyotda axborot tеxnologiyalarini
qo’llashning nazariy asoslari, ya'ni axborot rеsurslari, tizim, boshqaruv tizimi,
boshqaruv tizimi faoliyatining axborot jihatlari, qaror qabul qilish, axborot
tizimlari, avtomatlashtirilgan axborot tеxnologiyalari, axborot tеxnologiyalarining
rivojlanish bosqichlari, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, ularning
evolyutsiyasi, samaradorligi, yaratish hamda rivojlantirish tеndеntsiyalari,
ma'lumotlar bazasi, ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, zamonaviy axborot
tеxnologiyalari batafsil yoritib bеrilgan. Shu bilan birga iqtisodiyotda axborot
jarayonlarini boshqarishda avtomatlashtirilgan axborot tеxnologiyalaridan
5
foydalanish, ya'ni turli sohalarga qo’llash: statistika, buxgaltеriya hisobi, bank va
markеting faoliyati yoritilgan.
Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda xususan
qilish yuli bilan, mahsulot chiqarishni va taqsimlashni modernizasiyalash,
integrasiyalash va muvofiqlashtirishga yo’naltirilgan. Mazkur axborot
texnologiyalar kattagina investisiyalarni, hamda joriy etish va boshqarishga
funksionalaro yondashuvni talab etadi. Funksionalaro integrasiyalar uchun oliy
rahbariyat bilan axborot texnologiyalar bo’linmalarning rahbarlari o’rtasida uzviy
aloqa dolzarb hisoblanadi.
1.2.1- rasm
Yuqori
Past
Past Yuqori
Korxonaning raqobat strategiyasi15
Soha lideri bilan taqqoslaganda (C) marketing sohasida uzilishlar kata
bo’lgan korxonalar uchun, muammoni yechimi yanada tor maxsuslashtirilgan
bozor ehtiyojlarini qondirishda mahsulot va xizmatlarni yaxshiroq
individuallashtirish hisoblanadi. Odatda korxonalar marketing strategiyalarini
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun,soha trendi ustidan nazorat qilish uchun,
15 R.X.Alimov,B.A.Begalov,G.T.Yulchiyeva,Sh.Alishev.”Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari”T.:O’zbekiston
yozuvchilar uyushmasi nashriyoti”.2005
32
marketingning axborot tizimini ishlab chiqishga mablag’larni sarflashga
majburdirlar. Muvafaqiyat garovi bo’lib alohida iste’molchilarni afzalliklari,
raqobatchilar narhi va mahsulotni takomillashtirish to’g’risidagi batafsil
ma’lumotlarni yig’ish qobiliyati hisoblanadi. Mijoz ehtiyojini qondirish, ularni
o’zgartirishga o’z vaqtida javob berish mahsulotli va marketingli masalalarni
nomarkazlashtirish uchun bir vaqtning o’zida ular integrasiyasi va nazoratini
ta’minlash bilan axborot texnologiyalardan foydalanishi qobiliyatini ta’minlaydi.
Muvafaqiyat uchun oliy daraja rahbarlari va funksional bo’linma rahbarlari
o’rtasida uzviy aloqalar zarur.
Sungida, (D) korxonalar soha liderlaridan ham ishlab chiqarishda, ham
marketingda kuchli orqada qolgan vaziyatdagi korxonalardir. Vaziyatni
barqarorlashtirish uchun ham oliy rahbarlardan, ham axborot texnologiya
bo’linmalarining rahbarlaridan muvofiqlashtirilgan aniq xarakterlar talab etiladi.
Vaziyatni barqarorlashtirish uchun zarur bo’lgan uzoq muddat va kattagina kapital
mablag’lar firmaning o’zini faoliyat ko’rsatish masalasini ko’ndalang qilib
qo’yadi. 80-chi yillarning o’rtalarida American Airlines va United Airlines
kompaniyalari axborot texnologiyalardan foydalanib, sohadagi raqobat
to’g’risidagi tasavvurini o’zgartirdilar. Aynan shu muammo Frontier Airlines va
People Express kompaniyalarda ham yuzaga keldi. O’z raqobat pozisiyalarini
qo’llash uchun zarur bo’lgan investisiyalarni yuqori darajasi operasiyalar
integrasiyasi, mahsulot (xizmatlarni) differensiallash va iste’molchilar talabini
aniqlash uchun axborot texnologiyalar imkoniyatini o’z vaqtida anglab yetmagan
qayd qilingan kompaniyalarni «o’yindan chiqardi». 80-chi yillarning so’ngida ikala
firma ham biznesni tark etdilar.
Internet - lokal tarmoqlardan iborat bo’lgan global kompьyuter tarmog’idir. U
butun er kurrasi bo’yicha uzluksiz va markazlashgan axborot almashishga imkon
beradi. Hozirgi vaqtda undan jahonning 150 mamlakatida 56 milliondan ko’proq
kishilar foydalanadilar. Foydalanuvchilar elektron pochtani yuborishlari, xarid
qilishlari, tadbirkorlik axborotini olishlari mumkin.
33
Tijorat kanallari - ta'sischi kompaniyalarning abonent to’lovlari asosida
ishlaydigan axborot va marketing xizmatlaridir. Mijozlarga axborot olish
(yangiliklar, kutubxonalar, ma'lumotlar va boshqalar), xarid qilish, hordiq
chiqarish va muloqot qilish (elektron taxtalar, o’yinlar, forumlar), elektron
pochtadan foydalanish imkoniyatlari beriladi.
O‘zbekiston reklama bozori ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Bunda
mamlakatimizda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun muhim rol
o‘ynayotir. Ushbu hujjat reklama ishlab chiqish va tarqatishda yuzaga keladigan
munosabatlarni shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi.
O‘tgan yili mamlakatimiz reklama agentlari soni qariyb 480 tani tashkil etgan
bo‘lsa, bugun ularning soni 500 dan oshdi. Reklama tarqatishda televideniye
muhim o‘rin tutmoqda. Bugun reklama bozorida televideniyening ulushi 52, bosma
nashrlar ulushi 19, tashqi reklama 14 va radio ulushi 12 foizni tashkil etadi.
Bundan tashqari, media soha ham jadal rivojlanmoqda. Marketingdagi yangi
yo‘nalishlar, brending asosiy trendlarini kompaniyalar strategiyasiga kiritish
imkoniyatlari, zamonaviy PR-kommunikatsiyalar uslublari, texnologiyalari va
ularning samaradorligini baholash, bugungi sharoitda media agentlari faoliyatining
istiqbollari, an’anaviy ommaviy axborot vositalari noshirlari uchun yangi biznes-
modellar, moliyaviy marketing yoki rivojlanishning dolzarb yo‘nalishlari, moliya
mahsulotlari hamda xizmatlarini ilg’or g’oyalari amalga oshmoqda.Marketing,
reklamani ishlab chiqish va tarqatish texnologiyalari, PR-texnologiyalar, media-
konsalting va monitoring, noshirlik ishi, grafika dizayni, audio va videreklamani
yaratish usullari takomillashmoqda.Axborot faoliyatining tijoratlashgani sari unga
ishlab chiqarishning boshqarishning bozor tamoyillari sifatida marketingning
umumiy tamoyillari asoslana boshlandi,bunda xo’jalik qarorlarini qabul qilishning
asosida bozor qarorolari yotadi,qarorlarning asoslanganligi esa tovarlarning
sotilishi bilan tekhsiriladi.Buning natiajasida axborot marketingi vjudga
keladi.Axborot mahsulotlari va xizmatlarini tanlashda foydalanuvchi mohiyati
bo’yicha marketinigni axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchi
34
kabi usullaridan foydalanishi kerak.”Axborot marketingning asosiy elememntlari
quyidagilardan iborat:
-axborot bozorini tahlil qilish;
-axborot mahsulotlari va xizmatlarini narxlarini shakllantirish ;
-axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchilar va ularning
foydalanuvchilar o’rtasida o’zaro munosabatlarini o’rnatish;
-reklama-targ’ibot tadbirlarini.”16
Axborot marketingning tuzilishi marketingning umumiy tamoyillarini axborot
mahsulotlari va xizmatlari sohasida yoyishning tog’ridan to’g’ri natijasi bo’ladi.
16 S.S.G’ulomov,B.A.Begalov”Informatika va axborot texnologiyalari”. T:Fan ,2010-623b
35
3 Axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing xizmatida
foydalanishning me’yoriy huquqiy asoslari
Kommunikatsion texnologoyilarda marketing xizmatlaridan foydalanish kata
ahamiyatga egadir, shu o`rinda O’zbekistonRespublikasi «Ахbоrоtlаshtirish
to`g`risida»gi qonunining 3-moddasiga muvofiq axborotlashtirishga quyidagicha
ta`rif berilgan - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan eіtiyojlarini
qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot
tizimlaridan foydalangan іolda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va
ilmiy-texnikaviy jarayoni; axborot resursi - axborot tizimi tarkibidagi elektron
shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;
axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori - axborot resurslariga
yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf
etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi - qonun bilan yoki axborot
resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar
doirasida axborot resurslariga yohud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan
foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborot texnologiyasi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va
uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va
jarayonlar;
axborot tizimi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda
undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami
axborot resurslari, axborot texnologiyalar va aloqa vositalari.”17
“1992 yil 8 dekabrda Axborotlashtirish bo’yicha Bosh boshqarma tuzildi.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 2 dekabrdagi farmoyishi bilan
O’zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish konsepsiyasi
ma’qullandi.Axbortlashtrish konsepsiyasi uchta asosiy maqsadga yo’naltirilgan: 17 «Ахbоrоtlаshtirish to`g`risida»gi O’zbekistonRespublikasi Qonun (11.12.2003)
36
- Zamonaviy axborot texnologiyalarni rivojlantirish ,dsavaltning barcha
sub’ektlari uchun axborot xizmatlarini kengaytirish;
- Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda axborot tizimlari shakllanishiga
ko’maklashish;
- Mamlakatni jahon axborot tizimlari va tarmoqlariga ulash.
Jumaladan ,2002-yil 6 iyunda “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish
va axborot –kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish to’g’riisda “gi qarori
qabul qilindi.2002-yil 12 dekabrda “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari
tog’riisda”gi qonun qabul qilindi.”18
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 25 maydagi
230-sonli “2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini
rivojlantirish, “Internet”ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini
ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”
qaroriga muvofiqbir qator ishlar olib borilmoqda. Iqtisodiy rivojlanish oqibatida
O’zbekiston xalqaro iqtisodiyot tizimida tobora o’z mavqe’ini mustahkamlab
bormoqda. Bu esa o’z navbatida elektron tijorat infratuzilmasini takomillashtirish,
uning jahon bozorida kuchli raqobatchi sifatida paydo bo’lishini ta’minlash
zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yuqoridagi holatlar inobatga olingan holda elektron
tijoratning asosini , ya’ni huquqiy bazasini takomillashtirish bo’yicha bir qancha
sezilarli ishlar amalga oshirildi. 2004 yil 29 aprelda N613-II “Elektron tijorat”
to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni, 2007 yil 30 noyabrda Vazirlar
Mahkamasining №21 “Elektron tijoratni rivojlantirish” tog’risidagi va 2007 yil 12
iyunda “Elektron tijorat tizimini amalda qo’llashda to’lov tizimini
takomillashtirish” tog’risidagi qarorlar qabul qilindi. Bundan tashqari
Respublikada elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida “Ekarmon” loyihasi ishlab
chiqildi va u samarali tarzda amaliyotga joriy qilinmoqda. Axborotlashtririshni
jahon standartlariga qaraydigan bo’lsak:” Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi —
BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi hisoblanadi. O‘zbekiston aloqa
18 R.X.Alimov,B.A.Begalov,G.T.Yulchiyeva,Sh.Alishev.”Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari”T.:O’zbekiston
yozuvchilar uyushmasi nashriyoti”.2005-7b
37
ma'muriyati XTI faoliyatida faol ishtirok etib, uning standartlarini O‘zbekistonda
targ‘ib qilish va keng qo‘llash bo‘yicha choralar ko‘rib kelmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi aloqa ma'muriyati tomonidan XTI TSBBA-12 va XTBBA-12ga bir
qator dolzarb takliflar tayyorlanapti.
Xalqaro elektraloqa bo‘yicha Butunjahon anjumani (XTSBBA-12)da XTI
qabul qilgan to‘rtta kelishuvlardan biri bo‘lgan Xalqaro elektraloqa Reglamenti
qayta ko‘rib chiqiladi (qolgan uchta hujjat: Ustav, Konvensiya va Radioaloqa
reglamenti).”19Telekommunikatsiyalarni standartlashtirish bo‘yicha Butunjahon
assambleasi (TSBBA-12) — har to‘rt yilda doimiy ravishda o‘tkaziladigan tadbir
bo‘lib, Elektraloqani standartlashtirish Sektorining (XTI-T) navbatdagi tadqiqot
davrida ishlar hajmi va tarkibini belgilaydi.
19 http://xabar.uz
38
XULOSA VA TAKLIFLAR
Zamonaviy axborot texnologiylari-shaxsiy kompyuterlar va
telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda foydalanuvchi ishining
do’stona interfeysi axborot texnologiyasidir. Iqtisodiy sohada zamonaviy aborot
texnologiyalridan foydalanish iqtisodiy axborotning sifati ,uning
aniqligi,ob’ektivligi,tezkorligi va buning natijasida sifatida esa ,boshqaruv
qaroqolrini o’z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini ta’minlaydi.Boshqaruv
faoliyatini avtomatlashtrish yangi axborot texnologiyalri asosida ma’lumotlarni
qayta ishlash,saqlash va qidiruvini amalga oshiradigan”electron
ofis”konsepsiyasini paydo bo’lishiga olib keladi.Marketingda zamonaviy axborot
kommunikatsion texnologiyalrni qo’llash natijasida korxonlar marketing faoliyati
samaradorligi oshib,ular bozordagi axborotlardan o’z vaqtida to’liq va aniq
foydalanadilar. O’zaro bog’liq bo’lgan ko’p sonli korxonalarni kompleksidan
tashkil topgan tijorat strukturalari faoliyatida axborotlarni uzatishi mazkur
strukturani normal faoliyat ko’rsatishini birinchi darajali va o’zgarmas faktori
bo’lib hisoblanadi. Bunda axborotlarni tezkorligi va ishonchliligi muhim ahamiyat
kasb etadi. Ko’pgina korxonalar uchun axbortlarni ichki ichki tizimi tashkiliy-
texnologik jarayonning vazifalarini yechadi hamda ishlab chiqarish xarakteriga
ega. Bu eng avvalo, ichki korxona kanallari orqali maxsuslashtirilgan
korxonalardan tushadigan korxonani nusxalashtirilgan mahsulotlar bilan
ta’minlash jarayoniga tegishlidir. Bu yerda axborot boshqaruv qarorlarini qabul
qilish uchun ma’lumotlarni taqdim etishda muhim rol o’ynaydi, hamda ishlab
chiqarish xarajatlarini kamaytirish va uning samaradorligini oshirishini
ta’minlovchi faktorlardan biri bo’lib hisoblanadi.
Tezkor (operativ) qarorlar qabul qilishini talab etuvchi ishlab chiqarish
jarayonida rejaviy ko’rsatgichlardan chetlanish yuzaga kelishi to’g’risidagi
axborotlar muhim rol o’ynaydi.
Qarorlar qabul qilishda mos ravishdagi rolni yangi ilmiy bilimlar ,
kashfiyotlar to’g’risidagi ma’lumotlar, o’z korxonasi hamda raqobatchi
korxonalardagi texnik yangiliklarni o’z ichiga oluvchi ilmiy-texnikaviy axborotlar
39
o’ynaydi. Bu korxonada yuqori darajali raqobatbardoshlikni ta’minlovchi Amaliy
va o’z vaqtida foydalaniladigan potensial bilimlar, texnik vazifalar hamda uzluksiz
to’ldiriladigan umumiy fonddan iborat.
Axborotlar ishlab chiqish va mos ravishda qarorlar qabul qilish uchun
ma’ruza, hisobotlar, takliflar tayyorlashda asos bo’lib xizmat qiladi. Har bir
konkret axborotning mazmuni boshqaruv bo’g’inlarining ehtiyojlari va ishlab
chiqiladiganboshqaruv qarorlari bilan aniqlanadi.
Bugungi kuda mamlaktimizdagi iqtisodiy islohotlarni bosh maqsadi – rivojlangan
davlatlar iqtisodiy tizimlari tajribasini tahlil qilgan holda o’zimizga xos bo’lgan
milliy iqtisodiy tizimni yartish va takomilashtirib borish. Hozirgi kunda
mamlaktimiz jhon bozorlariga raqobatbardosh mahulotlarni eksport qilib o’z
ulushiga ega bo’lib bormoqda. Shunday ekan ,korxonalarimiz mahsulotlarni
bozordagi sotish jarayonlari,reklama va boshqa bozor munosabatlarini o’rganish
uchun marketing faoiyatini takomillashtirish kerak. Marketing faoliyatini
takomillashtirish uchun zamonaviy axborot komunikatsiyon texnolgiyalardan
samarali foydalanish kerak. Zamonviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan
samarali foydalanish natijasida markeing faoliyatida ishonchli axborotlarga ega
bo’lib kelgusi hatti harkatlarini aniq belgilab olish mumkin.Yuqoridgi tadqiqiot
natijalari asosida quyidagi takliflarni beramiz:
- korxonalarda axborot kommunikatsion texnologiyalar bilan ta’minlash dasturini
tuzish;
-korxonalarda axborot bo’limlari faoliyatini takomillashtirish;
-korxonalar faoliyatida marketing bo’limlarni zamonaviy axborot kommunikatsion
texnologiylar bilan ta’minlash;
-zarur bo’lgan axborotlarni tahlil qiluvchi xodimlar malakasini oshirish;
-zamonaviy marketing amliyotida mavjud bo’lgan tajribalarni o’zlashtirish;
-zamonviy axborot texnologiylar bilan ishlovchi sifatli kadrlarni tanlash ;
-marketing faoliyatiga doir turli xil halqaro konferensiylar o’tkazish ;
-marketing faoliyatini takomillashtirishga oid me’yoriy huquqiy bazani
takomillashtirish;
40
-marketing strategiyasini tanlashda bozorlar o’zgaruvchanligini aniq baholash;
Rivojalangan davlatlar tajribasidan ma’lumki marketing faoliyati korxonlar
foliyatini asosiy bo’laglaridan biri hisoblanadi.Chunki bugungi kunda
mahsulotlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish emas balki sotish muammo
hisoblanadi.Jahon bozorlarida mahsulotlarimiz o’z o’rniga ega bo’lishi uchun :
-mahsulotlar haqida ma’lumotlarni batafsil yorqin ranglarda foydalnuvchlarga
yetkzish;
-mahsulotlar sifati jahon talablariga moslashuvchnanligi ta’minlash;
-bugungi kun iste’molchilari istak va imkoniyatlarini tahlil qilish va boshqalar;
Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun korxonalar marketing faoliyati zamonaviy
axborot kommunikatsiyon texnologiyalar va malakali mutaxassislar bilan
ta’minlanishi kerak.
41
FОYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YХATI
I. O’zbekiston Respublikasi qоnunlari
1. O’zbekiston Respublikasining Коnstitutsiyasi.–Tоshkеnt: O’zbekiston,
2010.
2. O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dекabrdagi “Хususiy коrхоna
to’g’risida”gi Qоnuni. − O’zbekiston Respublikasi qоnun hujjatlari to’plami. № 3 -
T.: Adоlat, 2004.
3. «Ахbоrоtlаshtirish to`g`risida»gi O’zbekistonRespublikasi Qonun .- T
.:O’zbekiston Respublikasi qоnun hujjatlari to’plami. № 3 - T.: Adоlat, 2004.
II. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеnti farmоnlari va qarоrlari
4. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining «Оbоd turmush yili” Davlat
dasturi. 2013 yil 27 fеvral.
5. 2011-2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanоatini rivоjlantirishning
ustuvоr yo’nalishlari to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining Qarоri
PQ-1442., 15.12.2010 y.
6. “Кichiк biznеs va хususiy tadbirкоrliк” Davlat dasturi. O’zbekiston
Respublikasi Prеzidеntining Qarоri. 07.02.2011 y. № PQ-1474.
7. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining 2011 yil 24 avgustdagi “Кichiк
biznеs va хususiy tadbirкоrliкni yanada rivоjlantirish uchun qulay ishbilarmоnliк
muhitini shaкllantirishga dоir qo’shimcha chоra-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4354-
sоnli Farmоni.
8. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining Farmоni. Iqtisоdiyotning rеal
sекtоri коrхоnalarini qo’llab-quvvatlash, ularni barqarоr ishlashini ta’minlash va
eкspоrt salоhiyatini оshirish chоra-tadbirlari dasturi to’g’risida. 2008 yil 28 nоyabr
PF-4058-sоn.
9. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining Farmоyishi. Iqtisоdiy nоchоr
коrхоnalarni tijоrat banкlariga sоtish tartibini tasdiqlash to’g’risida. 2008 yil 19
nоyabr, F-4010-sоn.
42
10. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining Qarоri. Ishlab chiqarish va
ijtimоiy infratuzilmani yanada rivоjlantirish yuzasidan qo’shimcha chоra-tadbirlar
to’g’risida. 2009 yil 20 yanvar, PQ-1041-sоn.
11. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining ”Bоzоr islоhоtlarini
chuqurlashtirish va iqtisоdiyotni yanada erкinlashtirish sоhasidagi ustuvоr
yo’nalishlar amalga оshirilishini jadallashtirish chоra-tadbirlari to’g’risidagi”
Farmоni// Хalq so’zi, 2005, 15 iyun.
12. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining “Tadbirкоrliк sub’екtlarini
tекshirishlarni yanada qisqartirish va ular faоliyatini nazоrat qilishni tashкil etish
tizimini taкоmillashtirish bоrasidagi qo’shimcha chоra-tadbirlar to’g’risida”gi
2011 yil 4 aprеldagi Farmоni. // Хalq so’zi, 2011 yil 5 aprеl.
III. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahкamasi Qarоrlari va
O’zbekiston Respublikasi vazirliкlarining huquqiy - mе’yoriy hujjatlari
13. Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida: O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Majlisi Qarori. 2007 yil 30 yanvar, 21-son.
//O’zbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari.-2007. I-3.-29b.
IV. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеnti asarlari
14. I.A.Кarimоv «Bоsh maqsadimiz – кеng кo’lamli islоhоtlar va
mоdеrnizaцiya yo’lini qat’iyat bilan davоm ettirish» Хalq so’zi 2013 yil 18 yanvar.
15. Islоm Кarimоv. 2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bоsqichga
кo’taradigan yil bo’ladi. − T.: “O’zbekiston”, 2012. – 36 b.
16. Кarimоv I.A. Dеmокratiк islоhоtlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоliк