-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
KASBIY TA’LIM METODIKASI
FANIDAN
O’QUV-USLUBIY MAJMUA
5111000 – “Kasb ta’limi” (kimyoviy va oziq-ovqat
texnologiyasi)
yo‘nalishida taʻlim olayotgan talabalar uchun
Toshkent–2019
«TASDIQLAYMAN»«MvaKT» fakulteti dekani
_________ prof. Xamroqulov G’.H.“___” ____________ 2019 yil
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
2
Mazkur o‘quv-uslubiy majmua Oliy va O’rta maxsus ta’lim
Vazirligining 201__ yil “_________” ____-sonli buyrug‘i bilan
tasdiqlangan o‘quv reja va dastur asosida tayyorlandi.
Fanning ishchi o’quv dasturi “Kasb ta’limi” kafedrasi
majlisining 2019 yil “___” “________”dagi 1-sonli majlisida ko’rib
chiqilib, fakultet Ilmiy-uslubiy Kengashida ko’rib chiqish uchun
tavsiya etilgan.
Fanning ishchi o’quv dasturi “M va KT” fakulteti Ilmiy-uslubiy
Kengashining 2019 yil “___” _______ dagi ___- sonli majlisida
tasdiqlandi.
Tuzuvchilar: N.N. Xodjayeva – Toshkent kimyo-texnologiya
instituti, “Kasb ta’limi” kafedrasi assistenti
Taqrizchi: I.T Aliyev-Toshkent arxitektura institute Bino va
inshootlar qurilishi fakulteti dekani p.f.n dotsent
“Kasb ta’limi” kafedrasi mudiri dots. Aripova G. SH
Ilmiy-uslubiy kengashi raisi: prof. Xamroqulov G’.X.
O‘quv -uslubiy majmua Toshkent kimyo-texnolgiya instituti
kengashining 201 yil __________dagi ___-sonli qarori bilan tasdiqqa
tavsiya qilingan
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
3
MUNDARIJA
I.Fan dasturi
......................................................................................................
II. Ishchi
dastur...................................................................................................
III. Nazariy
materiallar......................................................................................
IV. Amaliy mashg‘ulot materiallari
……………………………….................
V. Keyslar banki.va
testlar.................................................................................
VI.
Glossariy........................................................................................................
VII.Adabiyotlar
ro‘yxati....................................................................................
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
4
I.Fan dasturi
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
5
II. ISHCHI DASTUR
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
6
III. NAZARIY MATERIALLAR
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
7
I-BOB. KASB-HUNAR TA’LIMINING METODOLOGIK ASOSLARI VA
TAMOYILLARI
Mavzular nomi Soatlar 1-Mavzu Kasbiy ta’lim metodikasi fanining
maqsad vazifalari 2 2-Mavzu Kasbiy ta’lim mutaxassislarini
tayyorlashda nazariy va
amaliy bilimlarni rejalashtirish 2
3-Mavzu Kasb-hunar ta`limi tizimi va jarayoni 2 4-Mavzu
“Didaktika” atamasi, didaktika va metodika orasidagi o’zaro
bog’liqlik. 2
5-Mavzu O‘qituvchining asosiy vazifalari 2 6-Mavzu Kasb-hunar
kollejlarida o‘quv rejalashtirish hujjatlari 2 7-Mavzu Khk
o‘qituvchisi va o‘quv ustasining liderlik sifatlari 2 8-Mavzu
O‘qituvchining pedagogik mahorati tajribasida ta’lim
metodlari samaradorligini oshirish yo‘llari 2
9-Mavzu O‘rganishga undovchi va unga ta’sir etuvchi omillar 2
10-Mavzu Davlat ta’lim standartlari 2 11-Mavzu Kasb xunar
kollejlari va akademik litseylarning o‘quv
rejalari 2
12-Mavzu Ochiq darslarni o‘tkazish va darslarni tahlil qilish
metodikasi
2
13-Mavzu O‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar 2
14-Mavzu O‘quv maqsadlari va o‘quv mazmunini keltirib chiqarish 2
15-Mavzu O‘quv ustaxonasida darsni tashkil qilish va o‘tkazish
metodikasi 2
16-Mavzu O‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil
qilish va o‘tkazish
2
17-Mavzu O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida ta’lim sifati
monitoringini tashkillashtirish
2
18-mavzu O‘qitish jarayonida talabalarning mustaqil fikrlash
qobiliyatlarini oshirish yo‘llari
2
JAMI
36
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
8
KIRISH
SH.M.Mirziyoev O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning 20.04.2017 yil
2909 “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari” to’g’risidagi qarori e’lon qilindi. Ushbu
farmonda Oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning
etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari
o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy
etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning
etakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va
malakasini oshirish borasidagi ishlar etarli darajada olib
borilmayapti.
Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib
chiqqanholda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish,
xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar
tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash shart
sharoitlari keltirib o‘tilgan. Hayotimizning barcha sohalari kabi
ta’lim tizimini ham modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb
masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Innovatsion ta’lim muhitini
yaratish, uni xalqaro andozalarga to‘liq mosligini ta’minlash
yoshlarimizni bugungi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy hayotga
muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishning muhim omilidir. «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish uzluksiz ta’lim
tizimining tuzilmasi hamda mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va
ijtimoiy tajriba asosida takomillashtirishni ko‘zda tutadi. Buning
uchun, avvalo, barcha ta’lim muassasalaridagi dars jarayonlarini
ilg‘or, ilmiy-uslubiy jihatdan asoslangan zamonaviy uslubiyot bilan
ta’minlash lozim. YOsh avlodga ta’lim-tarbiya berishning maqsadi,
vazifalari, mazmunini yangilash tizimi oldida turgan dolzarb
muammolardan biri hisoblanadi. Barchamiz bugun chuqur anglab
oldik-faqatgina zamonaviy asosda ta’lim-tarbiya olgan, jahonning
manaman degan mamlkatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan,
jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan
ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko‘tarishga
qodir bo‘ladi.
Har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni yetishtirish uchun
albatta malakali, o’z mutaxassisligini chuqur egallagan
o’qituvchilar zarur. SHuning uchun xozirgi kunda o‘qituvchilar
oldiga juda ko‘p vazifalar qo‘yilmoqda. SHu bilan birga talabalarga
xam.
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi
muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi
ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi,
ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi
kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan
ta’limtarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga
etkazishdan iborat. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida
ta’kidlangan milliy model O‘zbekiston Respublikasining
milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda
Professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga
puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy etuk
insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
9
ilg‘or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida
tayyorlangan kadr (mutaxassis) – komil inson va etuk mutaxassis
qiyofasini o‘zida to‘laqonli aks ettiruvchi namunadir.
Mazkur ma’ruza matni orta-maxsus kasb-hunar ta’limi
muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning
kasbiy-pedagogik salohiyatini oshirish uchun zarur bo‘lgan
materiallar to‘plamidan iborat bo‘lib, kasb ta’limi yo‘nalishi
talabalari uchun mo‘ljallangan. Ma’ruza matni o‘quv jarayoniga
tadbiq etilayotgan zamonaviy pedagogik tajrivalar, shaxsga
yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari va interfaol usullarni
qo‘llash haqidagi tajribalardan namunalar va fikr-mulohazalar
jamlangan.
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
10
1-MAVZU: KASB TA`LIMI METODIKASI FANINING MAQSAD VA
VAZIFALARI
R E J A: 1. Ta’lim tizimini isloh qilish 2. Kasb-hunar kollejiga
muxandis-pedagoglarni tayyorlash 3. Kasb ta’limi metodikasi fanini
maqsadi va vazifalari. 4. O‘zbekistonda kasb ta’limini islohatlari.
5. Kadrlar tayyorlashdagi kasbiy-kvalifikatsion o‘zgarishlar.
Tayanch tushuncha va iboralar:Ta’lim to‘g`risidagi qonun, Kadrlar
tayrlash
milliy dasturi, metodika, muhandis-pedagok, kasb-hunar, kasbiy
pedagogika, qonuniyat, ishchi,model, guruh, asoslar, nazariya,
davr, tizim, tamoyil.kasbiy ta’lim
Mavzuning qisqacha ta’rifi (Davlat talablariga muvofiq) O’qitish
jarayoni pedagogning va u rahbarlik qilayotgan o’quvchilarning
bilim,
o’quv hamda malaka tizimini ongli ravishda va puxta
o’zlashtirishga qaratilgan izchil harakatlari majmuidan iborat.
Kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim o’quvchilar shaxsini
shaklantirishning,ularni aqliy va jismoniy kamol toptirishning,
umumiy hamda kasbiy bilim berishning eng muhim vositasidir.
O’qitish jarayoni davomida o’quvchilarning bilish kuchlari
rivojlantiriladi. O’qitish o’qituvchining o’quvchilarga bilim,uquv
va malaka tizimi berish,ularning bilish va ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish borasidagi faoliyatdir.
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Metod: Og’zaki
bayon qilish, slaydlar asosidagi kichik ma’ruza, kichik
guruhlarda ishlash, taqdimot, «Tushunchalar tahlili» uslubi.
Forma: savol-javob, individual ishlash, kichik guruhlarda ishlash,
jamoa bilan
katta guruhda ishlash. Vositalar (texnik va didaktik): tarqatma
material, 4- ta vatman kogoz, ma’ruza
asosida tayyorlangan prezentatsiya slaydlari, markerlar, skoch,
doska, kompter, proyektr.
Nazorat: Og’zaki nazorat, o’z-o’zini nazorat qilish,
savol-javob, Ma’ruzaning maqsad va vazifalari:
Maqsadlar: Ta’limiy: metodik jarayonining ilmiy-
nazariy mazmun-mohiyatini bayon qilish Tarbiyaviy: metodik
jarayonining uslubiy
va amaliy asoslari haqida misollar keltirish Rivojlantiruvchi:
metodika, o‘qitish
metodikasi, o‘qitish nazariyasini tahlil etish
Vazifalar: (maqsadga mos ravishda vazifalarni tinglovchi uchun
topshiriq yoki savol shaklida ifodalang)
Ta’limiy savol: metodik jarayonining ilmiy-nazariy
mazmun-mohiyatini qanday tushunasiz?
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
11
Tarbiyaviy savol: metodik jarayonining uslubiy va amaliy
asoslarini tahlil eting. Rivojlantiruvchi savol: metodika, o‘qitish
metodikasi, o‘qitish nazariyasini tahlil eting.
Kutilayotgan natijalar: Ma’ruza yakunida tinglovchi biladi
(Bilim): metodik jarayonining ilmiy-nazariy mazmun-mohiyatini
bilib oladilar.
Qaysi savollar beriladi: metodik jarayonining ilmiy-nazariy
mazmun-mohiyati nimadan iborat?
Ma’ruza yakunida tinglovchi tushunadi (Ko’nikma):
metodik jarayonining uslubiy va amaliy asoslarini tahlil etish
ko’nikmalariga ega bo’ladilar.
Qaysi savollar beriladi: metodik jarayonining uslubiy
va amaliy asoslarining ta’siri qanaqa bo’lgan?
Ma’ruza yakunida tinglovchi bajara oladi (Malaka):
metodika, o‘qitish metodikasi, o‘qitish nazariyasini tahlil
etish malakalari shakllanadi
Qanday topshiriqlar beriladi:
metodika, o‘qitish metodikasi, o‘qitish nazariyasi masalalarni
bugungi kunga mos ravishda tahlil eting.
Dars jarayoni va uning bosqichlari: Ishning nomi Bajariladigan
ish
mazmuni Metod Vaqt
1-bosqich: Tashkiliy qism.
1. Davomatni aniqlash va tinglovchilarni 4- ta guruhga
bo’lish
Sanash yordamida
2 min
2-bosqich: Refleksiya.
Mavzuning asosiy tushunchalarini eslash.
Guruhlar ichida muhokama.
5 min
3-bosqich:
Yangi mavzuning bayoni
1. Guruhlar berilgan matnni o’rganib asosiy o’rinlarini ajratib
oladilar va guruhning taq-dimotini tayyorlaydi.
2.Guruhlarning taqdimoti (har guruhga 3 min).
3. O’qituvchining “Kasb ta`limi metodikasi fanining
Kichik guruhda ishlash
Taqdimot Slayd
yordamidagi ma’ruza
10 min
15 min
15 min
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
12
Oliy Majlisning 1997 yil 29 avgustda bo‘lib o‘tgan IX
sessiyasida muhokama
etilib, qabul qilingan, hayotimizni hal etuvchi muhim masalalar
qatorida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni yangi
zamon talabi darajasiga ko‘tarish, barkamol avlodimiz kelajagiga
daxldor bo‘lgan qonunlar - «Ta’lim to‘g`risida»gi Qonun va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi»ni izchil amalga oshirish jarayonida
Kadrlar tayyorlash milliy modeli shakllantirildi. Uning asosiy
tarkibiy kismlari kuyidagnlardan iboratdir:
Shaxs; Davlat va jamiyat; Uzluksiz ta’lim; Fan; Ishlab
chiqarish.
Mazkur milliy modelning asosiy elementlaridan biri bo‘lgan
uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs
shakllanishi va yuqori malakali raqobatbordosh kadrlar ildam
tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Kadrlar
tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil
ravishdagi to‘kkiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir.
Bu yangi o‘quv maskanlarida mutaxassislar tayyorlash sifatini
oshirish bir tomondan o‘qituvchi maxoratiga boshliq bo‘lsa,
ikkinchi tomondan o‘quv yurtini zamonaviy texnika bilan
ta’minlanganligiga bog`lik.
Kasb-hunar kolleji muxandis-pedagog xodimlari oldiga
tayyorlanadigan malakali ishchi kadrlarda ilmiy dunyoqarashni,
mehnatga ijodiy munosabatni tarkib toptirish, ularda yo`qsak mehnat
intizomi va madaniyatni, jamoa oldiga burch xis tuyg`ularini
tarbiyalash vazifasini quyadi.
Bu vazifalarni bajarish ishlab chiqarishda yangi texnika va
texnologiyadan foydalana oladigan oqori malakali ishchilarni
etishtirish demakdir.
maqsad va vazifalari” boyicha ma’lumotlari
4-bosqich: Mustahkamlash
1. Tushunchalarni sxema va jadvallarda ifodalang.
2.Sxema va jadvallarning muhokamasi
1.Guruh ishi
2.Taqdimot
15 min
10 min
5-bosqich: Dars yakuni
1. Guruhlar ishini xulosalari
2. Mavzu boyicha savol –javob o’tkazish
Guruhni baholash
1 min
6 min
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
13
Mazkur vazifani muvoffaqiyatli xal qilishda muxandis-
pedagoglarning fan va texnika sohasidagi yutuqlaridan muttasil
foydalana bilishlari, o‘quv jarayonida ilg`or pedagogik va ishlab
chiqarish ta’limi tajribalarini tadbiq eta olishlari katta
ahamiyatga ega.
Oqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni xal qilishda
―Kasb-ta`limi metodikasi‖ fani katta ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim olish qobiliyatlarini yuksaltirish dasturining maqsad va
usullari
Ta’lim olish qobiliyatlarini yuksaltirish dasturining umumiy
maqsadi Valun shahridagi Kalarado universiteti o‘qish va o‘rganish
tizimini yaxshilashdir. Bu dastur o‘qituvchilarga talabalarni
o‘qitish uchun yordam berish maqsadi nuqtai nazaridan kelib chiqqan
holda ishlaydi. Dastur o‘qituvchilarni ta’lim berishning aniqlangan
usullar qismini o‘z ichiga oluvchi usullari va tushunchalarini
bog‘laydi. Guruh mashg‘ulotlarida ”O‘qish va o‘qitish jarayonlarida
xilma-xillik” ni joriy etish uchun o‘qish va o‘qitish
metodikalarini (yuqori malakali qator o‘quv seminarlar,
simpoziumlar ma’ruzachisi )ni taxlil qilish taklifini kiritish.
Ta’lim beruvchilar uchun alohida ”Maslahat bo‘lim”lari ajratish
(Faculty Consultation Services). Quydagi yaratilgan dastur tadbiq
etish yosh pedagoglar uchun katta yordam beradi1.
Kasb ta’limiga bo‘lgan e’tiborning ortib borayotganligini
quyidagilar bilan izohlash mumkin:
1. Ta’lim islohatlari natijasida gimnaziya, litsey, kollej va
boshqa turdagi yangi o‘quv muassasalarining shakllantirilishi va
rivojlantirilishi;
2. Oliy o‘quv yurtlarida kasb ta’limini tashkil qilish, alohida
bo‘lim va fakultetlarning tashkil etilishi;
3. Kasb pedagogikasining boshqa fanlar bilan yanada jipsroq
bog‘lanib borishi, istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan,
bilim sohalari tutashuvida yangi konsepsiya va nazariyalarning
yuzaga kelishi;
4. Kasb ta’limi muassasalarining aholiga ta’lim xizmatlarini
ko‘rsatish turlarining ortib borishi, o‘z bazasida tayyor mahsulot
ishlab chiqarish va unga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishi,
mehnatni tashkil qilishning ilg‘or shakllarini joriy etishi va
boshqalar.
O‘qitish va o‘zlashtirish xaqida umumiy tushuncha
Malumki ta’lim berish – insonparvarlik san’ati, mahorati
hisoblanadi. Ko‘pgina kuzatuvchilar ma’lum o‘quv rejasi yoki
mashg‘ulot rejasida, tadqiqotlarda, darsliklarga tayangan holda
ta’lim berishni juda muqaddas ekanligi xaqida ko‘p marotaba
ta’kidlaydilar. Ta’lim berish birinchi navbatdaxar doyim
1
Getting Started: Idea Book on Pedagogy for New Faculty. Faculty
Teaching Excellence Program UNIVERSITY OF COLORADO BOULDER Office
of Academic Affairs 2008. p.65.
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
14
ta’lim oluvchilar va ularni rivojlanishiga qaratilmog‘i lozim.
SHundagina biz xar kun o‘zimizlan mashg‘ulot jarayonidan amalga
oshiradigan operatsiyalarimiz “tadabalarimning rivojlanishi uchun
yordam beradimi ?, men qanday rivojlantirishni bilaman ? va qanday
ko‘rsatgichlarda rivojlantirishni xoxlayman ?” shunda bu kabi
svollarga javoblarni topi orqali ushbu jarayonda darsliklarni
tanlash, dasturni loyhalash, tadqiqotni taqdim etish, munozaralarni
amalga oshirish samarador bo‘ladi. Bizning yuqoridagirivojlanish
xaqidagi fikrimizga ba’zilar qo‘shilmasligi va qilgan ishlarimizni
samarasiz deb topishi mumkin. Bizdarga pedagog sifatida bu kabi
muammolarni echimini torishda doimo talabaning erishgan
natijalarini o‘z kriteriyalarimiz asosida taqqoslab borishimiz
muhimdir2..
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyil
ko‘yidagilardan iborat: • ta’lim va tarbiyaning insonparvar,
demokratik xarakterda ekanligi; • ta’limning uzluksizligi va
izchilligi; • umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limining
majburiyligi; • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo`nalishi:
akademiy litsey yoki kasb-
hunar kollejida o‘qiishni tanlashning ixtiyoriyligi; • ta’lim
tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; • davlat ta’lim
standartlari doirasida ta’lim olishning xamma uchun ochikligi; •
ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan
yondashuv; bilimli
bo‘lishni va iste’dodni rag`batlantirish; • ta’lim tizimida
davlat va jamoat boshkaruvini uyg`unlashtirish. Respublikamizda
ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli
islohotlar o‘sib kelayotgan yosh avlodda intellektual
kobiliyatlar va kasbiy bilimlarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Bunday kelib chikkan holdamutaxassislik fanlarini o‘qitish
metodikasi fanining maksadi bo‘lajak mutaxassislarning ixtisoslik
fanlaridan ta’lim berish metodikasi, oliy ta’lim tizimida o‘qitish
shakllari hamda o‘kitishning ilg`or pedagogik va axborot
texnologiyalariga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishdan
iboratdir.
Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi fani "Pedagogika"
fanining tarmog`i sifatida quyidagi asosiy vazifalarni amalga
oshirishga qaratiladi:
• Kasbiy ta’lim vazifalarini asoslash, uning ta’limiy va
tarbiyaviy ahamiyatini ochib berish;
• Uquv materiali mazmunini asoslash; • Oliy ta’lim tizimida
ta’lim jarayonini tashkil etish;
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
15
• Bo‘lajak mutaxassislarda kasbiy bilimlarni shakllantirishning
pedagogik va axborot texnologiyasini asoslash.
Kasb ta`limi fanlarini o‘qitish metodikasi fanini o‘zlashtirgan
talaba: o‘qitishning didaktik qonunlari va tamoyillarini,
ta’lim-tarbiya berishning nazariyasi va amaliyotini. o‘qitishning
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, ta’lim jarayonini
tashkil etishning turli usul va shakllarini, jumladan ma’ruza
o‘qishni. amaliy mashg`ulotlarni o‘tkazishni, talabalar mustaqil
bilim oliisharini tashkil etishni, malakaviy bitiruv ishlariga
rahbarlik qilishni, ta’lim jarayoiida o‘qitishning texnik
vositalari va axborot texnologiyalarini ko‘llash ko‘nikmalariga ega
bo‘lishi kerak.
Fanning maqsadi -«Kasb ta’limi metodikasi» fanini o‘rganIshning
maqsadi talabalarni kasbiy pedagogik tayyorgarlik ta’lim sohasini
5140900 «Kasb ta’limi» yo`nalishi ta’lim sohalari bo‘yicha ta’lim
olayotgan bakalavrlarda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining
ta’limi va tarbiyasi jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni
echa olishida hamda ularning texnologiya va ishlab chiqarish
ta’limi darslarini olib borishiga yordam beradigan metodik bilim,
ko‘nikma vamalakalarini shakllantirishdir,talabalarda kasbiy ta’lim
metodikasining terminalogik tushunish apparatini shakllantirish;
ta’limni tashkil qilish shakllari, maqsadi va vazifalarini
loyihalash bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;ta’lim
jarayonining tashkil etilganligini tahlil qilish va uni samarali
baholay bilish;kasbiy ta’lim yo`nalishi bakalavrlarining metodik
ishlari tizimi bo‘yicha tushunchalarni hosil qilish jarayonida
o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish va uni boshqarishni loyihalay
olish bo‘yicha malakalarni shakllantirish.
Kasb-ta`limi metodikasi fanini o‘qitishga qo‘yiladigan talablar
Hozirgi paytda oliy va ta’lim muasasalari va kasb-hunar
kollejlarida maxsus
fanlar o‘qitish metodikasi, o‘qitish jarayonida yangi pedagogik
va axborot texnologiyalarini qo‘llash, o‘quv uslubiy ta’minot
muammolariga qaratilgan bir necha diqqatga sazovar ishlar amalga
oshirilmoqda. Jumladan, kasb-hunar kollejlari tizimini
takomillashtirish hamda ularning o‘quv tarbiya jarayoniga zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish maqsadida xorijiy
mamlakatlarning etuk mutaxasislari va malakali pedagoglari
ishtirokida seminarlar, ilmiy- amaliy anjumanlar
o‘tkazildmoqda.
Kasb-hunar pedagogikasi umumiy pedagogikaninng bir sohasi
bo‘lib, u tarbiya, ta’lim, o‘qitish haqida qator nazariy va amaliy
ma’lumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab chiqarish va
mexnat pedagogikasiga oid masalalar bilan shug`ullanadi. Kasb-hunar
ta’limi pedagogikasi bir necha bo‘limlarga bo‘linib, bu bo‘limlarda
kasbiy pedagogikaning asoslari va muxim masalalarini, ya’ni kasb
hunar ta’limi yo`nalishlari, mexnat pedagogikasi, kasb-hunar
didaktikasi kabi masalalarni qamrab oladi. SHuningdek ularda, kasb
–hunar tarbiyasining ijtimoiy psixologik shart-sharoiti, kasb-hunar
ta’limi nazariyasi va kasb-hunar ta’limi
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
16
huquqi o‘rganiladi. Har bir o‘quv fani o‘qitish sohasi,
o‘rgatishning vazifalari, mazmuni, metodlari va tahshkiliy
ko‘rinishi haqidagi fan ma’lumotlari asosida qurilgan fan bu-
metodika deb ataladi.
Kasb-ta`limi metodikasi fanini o‘qitishning tashkiliy
ko‘rinishlari xar tomonlama kamol topgan, texnikadan ma’lumoti
bo‘lgan ishchilar tayyorlash masalasi avvalo o‘qitish jarayonida
hal qilinadi.
O‘qitish jarayoni pedagogikaning va u rahbarlik qilayotgan
o‘quvchilarning bilim, o‘quv hamda malaka tizimini ongli ravishda
puxta o‘zlashtirishga qaratilgan izchil harakatlari majmuidan
iborat.
Kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim olayotgan o‘quvchilar shaxsini
shakllantirishning, ularning aqliy va jismoniy kamol toptirishning,
umumiy hamda kasbiy bilim berishning eng muxim vositalaridir.
Kasbiy ta`lim fanlarining o‘qitish asosiy talablariga
quyidagilar kiradi:
1. O‘quvchilarning ongliligi oshirish. 2. O‘quvchilarni shahsiy
hususiyatlarini hisobga olish. 3. O‘quvchilar faolligini oshirish.
4. Bilim ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirishini puhtaligini
nazorat
qilish 1. Didaktik reduksiyadan foydalanish. 2. O‘qitishning
tizimliligini va izchililigini oshirish. 3. Namunalardan
foydalanish. 4. O‘qitishning tushunarli bo‘lishini
tashkillashtirish. 5. O‘qitishning tarbiyalovchi harakteridan
foydalanish. 6. Ilmiylik 7. Ko‘rgazmalilik 8. O‘qitishda nazariya
bilan amaliyotning bog‘liqligini tushuntira
olish talab qilinadi. O‘qituvchi yuqori talablarni
qo‘llagandagina o‘quvchilar bilimi yahshiroq
chuqurroq bo‘ladi va mavzuni eslab qoladi, hamda unga bo‘lgan
qiziqishi ortadi.
Istiqlolga erishgan mamlakatimizda so‘z borayotgan o‘zgarishlar
ta’lim tizimi mazmunini davr nuqtai nazaridan yangilashni taqazo
etmoqda. Bunday yangilanish O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim
to‘g`risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida
amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ asosida
shakllantirilayotgan uzluksiz ta’lim tizimida kasb ta’limiga
alohida o‘rin berilishi natijasi sifatida kasbhunar kollejlari va
litseylarini tizimi shakllandi. Kasbiy pedagogika jahon miqyosida
tan olingan eng ilg`or metodlar va yo`nalishlar bilan boyib
bormoqda. Bugungi kunda o‘zining keng tadbiqini kutib yotgan,
fanning boshqa sohalari bilan
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
17
bog`liq ravishda ishlab chiqilgan yangi kontseptsiyalar va
nazariyalar rivojlantirilmoqda.
Kasbiy ta’lim uzoq davrlar mobaynida har tomonlama rivojlangan
shaxsni tarbiyalashga yo`naltirib boradi, biroq ushbu tadbir
bitiruvchilarning kasbiy mahoratini shakllanish darajasini
pasayishi hisobiga amalga oshirildi. Bu holat kasbiy mahoratni va
layoqatni oshirish, insonning butun umri davomida o‘zi bilimini
takomillashtirib borish va o‘z-o‘zini tarbiyalash ehtiyojini
oshirishga xizmat qilmas edi. Respublikamiz ta’lim tizimdagi
islohatlar natijasida kasbiy ta’lim ishchi kasblariga maxsus
tayyorlash masalasiga, ta’lim oluvchi shaxsida kasbiy mahorat va
layoqat sifatlarini shakllantirishga alohida e’tibor
berilmoqda.
Ta’lim islohatlari natijasida litsey, kollej va boshqa shu
turdagi yangi turdagi o‘quv muassasalarining shakllantirilishi va
rivojlanishi;
Oliy o‘quv yurtlarida kasb ta’limini tashkil qilish alohida
bo‘lim fakultetlarning tashkil etilishi; kasbiy pedagogikaning
boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog`lanib borshi,
istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, bilim sohalari
tutashuvda yangi kontseptsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi;
kasb ta’lim muassasalarining aholiga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish
turlarining ortib borishi, o‘z bazasida tayyor mahsulot ishlab
chiqarish va ung xizmat ko‘rsatishni yo`lga qo‘yishi, mehnatni
tashkil qilishning ilg`or shakllarini joriy etish va boshqalar.
O‘quvchilarda umumta’lim va malakaviylikni o‘zaro bog`liqlik
asosi. Hozirgi vaqtda pedagogik ilmda nazariy uch ko‘rinishdagi
o‘zaro bog`liqlik ilgari surilmoqda:
1-ko‘rinishdagi o‘zaro bog`liqlik. Bir ob’ektni turli xil
fanlarda o‘rganish. 2-ko‘rinishdagi o‘zaro bog`liqlik. Bir ilmiy
metodni turli xil o‘quv fanlarida
o‘rganish. 3-ko‘rinishdagi o‘zaro bog`liqlik. Bir qonunni turli
fanlarda isbotini topish. Keng malakali ishchi-mutaxassisni modeli
quyidagi ko‘rinishda tuzilishi
mumkin: Prognoztik – oldindan bilish va ish rivojini
xarakterlash. bu maqsadda maxsus
ruxsat etilgan va tasdiqlangan hujjatlarni keng foydalaniladi.
Malakaviy – texnik mazmuniga qo‘yiladigan talablar. Ishchilarni
malakaviy
tayyorlashda ishlab chiqilgan talab va mazmun. Oldindan
tashkillangan ma’lumotlar modelda qayd qilinib ilmiy tanlangan
holda ishchini malakasini oshirishga imkon beradi. Kasbiy
pedagogikaning qonun-qoidalarini yaxshi o‘zlashtirish kasbiy
o‘qishning ayrim metodologik muammolarini hal qilishni
engillashtiradi. Istiklolga erishgan mamlakatimizda yuz berayotgan
tub uzgarishlar ta’limi
tizimi mazmunini davr nuktai nazaridan yangilashni takazo
etmokda. Bunday
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
18
yangilanish Uzbekiston Respublikasining «Ta’lim tugrisida»gi
Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida amalga
oshirilmokda .
Jumladan, «Kadrlar tayyorlash milli dasturi» asosida
shakillantirilayotgan uzluksiz ta’lim tizimida kasb ta’limiga
aloxida urin berilishi natijasi sifatida kasbhunar kollejlari va
litseylarining tizimi shakllandi.
Kasbiy pedagogika jaxon mikyosida tan olingan eng ilgor metodlar
va yunalishlar bilan boyib bormokda. Bugungi kunda uzining keng
tadbikini kutib yotgan, fanning boshka sohalari bilan boglik
ravishda ishlab chikilgan yangi kontseptsiyalar va nazariyalar
rivojlantirilmokda.
Kasbiy ta’lim uzok davirlar mobaynida xar tomonlama rivojlangan
shaxsni tarbiyalashga yunaltirib borildi, birok ushbu tadbir
Bitiruvchilarning kasbiy maxoratini shakillanish darajasini
pasayishi xisobiga amalga oshirildi. Bu xolat kasbiy maxoratni va
layokatni oshirish, insonning butun umri davomida uzi bilimini
takomillashtirib borish va uz-uzini tarbiyalash extiyojini
oshirishga xizmat kilmas edi. Respublikamiz ta’lim tizimdagi
islohotlar natijasida kasbiy ta’lim ishchi kasblariga maxsus
tayorlash masalasiga, talim oluvchi shaxsida kasbiy maxorat va
layokat sifatlarini shakllantirishga aloxida e’tibor
berilmoqda.
Kasbiy ta’lim muassasalarining axoliga ta’lim xizmatlarini
ko‘rsatish turlarining ortib borishi, uz bazasida tayyor maxsulot
ishlab chiqarish va unga xizmat ko‘rsatishni yulga kuyishi;
mehnatni tashkil qilishning ilgor shakillarining joriy etishi va
boshkalar. Zamonaviy sharoitda malakala mutaxasis tayyorlashda
ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini o‘rganishga katta e’tibor
berish kerak. Ayniqsa, ishlab chiqarishga oid bulgan umumiy
umumtexnologiyani xam o‘rganishga chukur tushunishga kumaklashuviga
olib kelishi zarur.
O‘quv reja va dasturlarni tuzishda metodga asoslanib maksadgu
muvofikdir. Bunda o‘quv jarayon umumiydan shaxsiyga karab yunalgan
bulib, bunda ishlab chiqarishning texnologik asoslarini
o‘rganishdan - maxsus bilim, kunikma va malakalarni jamlashga,
ma’lum mehnat va o‘rganishga o‘tish demakkdir.
Bunday vaziyatdan ta’limning natijasi - malakasi mutaxasis
tayyorlash jarayoni bu va moddiy yoki loyiq xarajatlar kamligi
bilan ifodalanadi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Fanning maqsad va vazifalari nimalrdan iborat? 2. Ta’lim
to‘g`risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖
qachon
qabul qilingan? 3. Metodika nima? 4. Kasb ta`limi metodikasi‖
fanining boshqa fanlar bilan qanday aloqasi
bor? 5. Pedagogik qonuniyatlar nimalardan iborat?
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
19
6. Keng malakali ishchi-mutaxassisning modeli qanday ko‘rinishda
bo‘ladi?
7. Kasb ta’limining mazmun-mohiyati nimalardan iborat? 8. Kasb
ta’limiga bo‘lgan e’tiborning ortishini nimalar bilan izohlash
mumkin? 9. Kasbiy pedagogikaning asosiy tushunchalarini aytib
bering? 10. Hozirgi kunda O‘zbekistonda ta’lim islohatlari qanday
o‘zgarishlarga
ega? FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Akademik litsey va kasb-hunar
kollejlari uchun meyoriy-huquqiy hujjatlar
to‘plami. O‘MKHTM. Toshkent, 2005. 2. Olimov Q.T. va boshqalar.
Ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasi. –
Toshkent: Fan, 2004. 3. Mirsaidov K.J. Ixtisoslik fanlarini
o‘qitish va ishlab chiqarish ta’limi. –
Toshkent: SHiituvchi, 1996.
2-MAVZU. KASBIY TA’LIM MUTAXASSISLARINI
TAYYORLASHDA NAZARIY VA AMALIY BILIMLARNI REJALASHTIRISH
Reja: 1. Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish
2. Ta’lim beruvchining didaktik xatti xarakatlari. 3. O‘qitish va
o‘qish sikli.
Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish.Kasbiy
pedagogika fanida nazariy dars – rejali tashkillashtirilgan, aniq
maqsadga qaratilgan va ta’lim beruvchi tomonidan boshqarib
turiladigan ta’lim va tarbiya jarayonidir. Bu jarayonda ma’lum bir
soxa bo‘yicha nazariy bilimlar tizimli ravishda bilim oluvchilarga
etkaziladi. Bu jarayonda ta’lim beruvchi nazariy bilimlarni
amaliyotda qo‘llash yo‘llari bilan tanishtiradi.
Nazariy dars asosan maxsus jixozlangan darsxonalarda
o‘tkaziladi. Bu sinfxonalarda turli texnik vositalar ishlatilishi
mumkin.
Amaliy mashg‘ulot – aniq maqsadga qaratilgan va ta’lim beruvchi
tomonidan boshqarib turiladigan. Aniq bir topshiriqni bajarish
uchun keraqli nazariy darsda
Tayanch so‘z va iboralar: Nazariy dars, amaliy mashg‘ulot,
ditaktik xatti xarakatlar, darsni rejalashtirish, metod, maqsad,
mazmun, sharoitlar, o‘qitish va o‘qish sikli, ta’lim beruvchi,
amaliyot ustaxona
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
20
olingan maxsus bilimlar asosida malaka va ko‘nikmalarni
shaqllantirish maqsadida olib boriladigan rejali ditaktik xarakatga
aytiladi.
Amaliy mashg‘ulot kasb-xunar ta’limining tarkibiy qismi bo‘lib
o‘quv ustaxonalarida, laboratoriyalarda, o‘quv paligonlarida ish
o‘rnida joylashgan real vositalardan foydalanilgan xolda
o‘tkaziladi.
Kasb-xunar ta’limi tizimining shuki nazariya va amaliyot bir
biridan aloxida, yani nazariy ta’lim o‘quv auditoriyada, amaliyot
ustaxona va laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Nazariy darsda
keraqli maxsus bilimlar amaliy darsga nisbatan ilgariloq
berilishini ta’mindash kerak. Amaliy mashg‘ulotlarda ta’lim
berivchi ish faqat ish topshiriqlariga tegishli qo‘shimcha
bilimlarni berishi kerak. Agarda amaliy masho‘ulotlarda ta’lim
beruvchi ta’lim oluvchilarning avvalgi bilimlarida kamchilikni
aniqlasa, u keraqli nazariy bilimlarni beradi.
Darsni rejalashtirish – kutilayotgan o‘quv natijalariga erishish
maqsadida o‘quv jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish: ta’lim metodlarini
tanlash, tarqatma materiallar va o‘quv ditaktik vositalar
tayyorlash.
Barcha imkoniyatlarni xisobga olgan xolda, bir marta tuzilgan
rejada o‘zgartirishlar bo‘lmasligiga xarakat qilishi kerak. Ta’lim
beruvchi uchun rejalashtirish o‘quv jarayonini boshqarishda
xatolarga yo‘l qo‘ymaslik deganidir. Ta’lim oluvchi uchun
rejalashtirish, u bo‘lajak o‘quv jarayoni to‘g‘risida va ta’limdan
nimalarni kutishi mumkinligi xaqidagi aniq tasavvurga ega bo‘lishi
deganidir.
Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish quyidagi
darajalarda amalga oshirilishi mumkin:
Butun ta’lim davri darajasida; Bir o‘quv yili darajasida; Bir
smestr darajasida; Bir oy darajasida; Bir xafta darajasida; Bir kun
darajasida; Nazariy darsning bir soat darajasida;
Ko‘pincha xar xil vaqt darajalari uchun mo‘jallangan rejalar bir
vaqtning o‘zida qo‘llaniladi.
Maksadlar va mazmunlarni rejalashtirish odatda maxsus bir soxa
buyicha buladi va uni ta’lim beruvchining uzi tuzadi. Buning uchun
tanlangan maxsus soxa bir necha mavzularga yoki material soxalariga
bulinadi. Sung metodlar va rejalashtiriladi.
Bu munosabatda e’tiboringizni «Ta’lim beruvchining didaktik
xatti-xarakatlari» modeliga karatmokchimiz.
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
21
Yukorida tasvirlangan ta’lim beruvchining didaktik
xatti-xarakatlari modeli bir maxsus soxani rejalashtirish maksadida
kullanishi mumkin.azariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni tug‘ri
rejalashtirish uchun, ta’lim beruvchi o‘zining vaziyatidan
boshlashi lozim, ya’ni «Mavzuni ilm-fanning eng so‘nggi zamonaviy
talablariga muvofik o‘rgata olamanmi yoki buning uchun men yana
aloxida tayyorlanishim kerakmi?» xamda «Biror ishlab chiqarilgan
nazariy dars rejasi yoki amaliy mashg‘ulotlarning rejasi bormi?»
degan savolga javob berishi kerak. Bundan keyin, ta’lim beruvchi
ta’lim oluvchilarning dastlabki bilim va ko‘nikmalarini aniklab
olishi lozim.Buning uchun kuyidagi asosiy savollar kuyilishi
lozim:
Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun ta’lim
oluvchilarning dastlabki bilimlari kay darajada?
• Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun kanday
shart-sharoitlar mavjud?
• Kanday o‘kuv mazmunlar o‘rgatilishi ko‘
• llbzda tutilmokda?
Rejalashtirish uchun yukoridagi savollarni o‘rganib chikish -
nazariy dars va amaliy mashg‘ulotning boshka barcha tayyorlash
xarakatlariga asosdir. Bu tushunchalar va savollar o‘rtasidagi
bog‘liklikni quyida ko‘rsatilgan omillar aniq ko‘rsatadi.
Maksadlar: Nima uchun ?
Xar bir nazariy dars va xar bir amaliy mashg‘ulot oldindan
belgilangan maksadlarga rioya kilishi lozim. Odatda O‘kuv dasturi
asosida belgilashimiz mumkin bulgan aniq bir maqsadga erishilishi
lozim. Maqsadlar yozma ravishda
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
22
nazariy dars rejasiga kiritiladi va maksad
erishilgan-erishilmaganligi test va topshiriqlar yordamida
tekshiriladi va mustaxkamlanadi.
Mazmunlar: Nima ?
Belgilangan o‘quv maksadlarga muvofiq ravishda bilimlar soxaning
mazmuni (shu jumladan ko‘nikmalar va o‘zini tutish tarzlari)
belgilanadi. Bu mazmunlar bir tomondan keraqli dastlabki bilimlarni
(nazariy dars mazmunini) va boshka tomondan topshiriklarni bajarish
uchun kerakli maxsus bilimlarni (amaliy mashg‘ulot mazmunini)
inobatga olishi kerak.
Metod: Kay tarzda ?
Agar maqsadlar va mazmunlar aniq bo‘lsa, aynan shunday metodlar
tanlab olinishi kerakki, ular shu maqsad va mazmunlarni
o‘lchanadigan natijalarga aylantira olishlari lozim. Bu munosabatda
"an’anaviy" va "interfaol metodlar" deb atalgan metodlar ta’lim
beruvchi tomonidan tanlab olinadi va qo‘llanadi.\
SHaroitlar: Nimalar yordamida ? SHaroitlar deganda, birinchi
navbatda moddiy-texnik shart-sharoitlar
tushuniladi. Bir tomondan, moddiy-texnik sharoitlar. ya’ni
binolar, sinfxonalar, o‘kuv ustaxonalar, laboratoriyalar, ularning
jixozlanganlik darajasi, instrumentlar, chikim materiallarning
umumiy xolati va xokazo, chunki ular ma’lum sifat standartlariga
javob berishi kerak.
Boshka tomondan esa, o‘quv vositalari tushuniladi, chunki ular
o‘quv jarayondagi bilimlarni o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
o‘quv maksadlariga mo‘ljallangan ko‘plab o‘quv vositalari mavjud.
Lekin gap vositalarning ko‘pligida emas, balki muayyan o‘quv
maksadiga erishish uchun ma’qul keladigan vositalarni tanlab
olishdadir.
Tashkillashtirish: Bu kanday amalga oshiriladi ? YUkorida
aytilgan xamma narsalar vakt omilini inobatga olgan xolda
tashkil
kilinishi kerak. CHunki xar bir nazariy dars va xar bir amaliy
mashg‘ulot uchun anik vaqt me’yorlari bor va aynan shu vakt
doirasida o‘quv maksadlarga erishish lozim. Buning uchun nafakat
puxta reja, balki unumli tashknllashtirish xam kerak. Vakt davri,
vakt davomi va ukuv joyi - tashknllashtirish jarayonida
belgilanadi. Urgatish va urganishni tashkil kilishning xilma-xil
imkoniyatlari mavjud.
Natijalar: Maqsadga erishildimi ? Nazariy dars yoki amaliy
mashg‘ulotning oxirida maqsadlarga erishilgan-
erishilmaganligi tekshirilishi kerak. Buning uchun baxolash
vositalari, metodlari va mezonlari belgilanishi lozim. Buning
imkoniyatlari - mashkdar, ogzaki va yozma testlar xamda imtixonlar.
Ular ta’lim oluvchilarning kobiliyatlari, bilim, kunikma va
malakalarini baxolash nmkoniyatini yaratadi.
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
23
O‘qitish va o‘qish sikli- nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni
rejalashtirish omillariga asoslangan bo‘lib, nazariy dars va amaliy
mashg‘ulotlar rejalashtirish, amalga oshirish xamda xulosa
chikarish boskichlariga taallukli didaktik xatti-xarakatlarni
tushuntiradi
Bu siklda nazariy dars va amaliy mashg‘ulot bir-biridan
ajratilmaydi. 1-boskich: Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotga
nisbatan inobatga olinishi kerak bo‘lgan
mavjud vaziyat va dastlabki shart-sharoitlarni o‘rganish. SHu
o‘rinda 3 xil taxlil, ya’ni adresatlar (ta’lim oluvchilar) taxlili,
shart-sharoitlar taxlili va maxsus soxa (mazmun) taxlili amalga
oshirilishi lozim. Bu taxlillar odatda boshlanishida, natijalari
esa keyinrok kerak buladi.
O‘qitish va o‘qish sikli.
2-boskich: O‘quv dasturi asosida o‘quv maksadlarni belgilash
yoki aniklash. Nazariy dars
va amaliy mashg‘ulot uchun maxsus o‘quv maksadlar belgilab oli
3- bosqich: Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulot rejasini tuzish. Bu
rejada barcha
mazmunlar, mavzular, rejalashtirilgan metodlar, tanlab olingan
o‘quv-didaktik materiallarga muvofik xolda o‘quv vositalar xamda
umumiy vakt taqsimoti aks etadi.
Bu rejada nafakat ta’lim beruvchining xatti-xarakatlari, balki
ta’lim oluvchilarning rejalashtirilgan xatti-xarakatlari xam
ko‘rsatilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
4-boskich: O‘quv-didaktik materiallarni tayyorlash, chunki ular
amalga oshirish
bosqichining asosiy dastlabki shartlaridan biridir. Agar tayyor
materiallar bor bo‘lsa, ularning orasidan to‘g‘ri keladiganlari
tanlab olinadi. Agar tayyor o‘quv-didaktik materiallar yoki o‘quv
vositalar bo‘lmasa, ular ishlab chikarilishi kerak.
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
24
Odatda bosma o‘quv vositalar, masalan tarkatma materiallar,
slaydlar va topshirik varakalari kerak bo‘ladi, ularga qo‘shimcha
ravishda esa matnli o‘quv adabiyotlari ishlatiladi. Xuddi shunga
o‘xshab darsdan oldin plakat loyixalari va plakatlarning o‘zi
ishlab chikiladi.
5-boskich: Rejalashtirish va tashkillashtirish asosida nazariy
dars va amaliy mashg‘ulotni
amalga oshirish (o‘tkazish). Bu degani, barcha o‘quv vositalari
bilan jixozlangan sinfxona xamda, kerak bo‘lsa, ustaxonada
joylashgan o‘quv burchagi va vaqt etarlicha bo‘lishi kerak.
6-boskich:
Nazariy dars va amaliy mashg‘ulot davomida o‘zlashtirilgan
nazariy bilimlarni baxolash. Bir tomondan, bu - ta’lim oluvchilar
keraqli bilimlarni o‘zlashtirib olganliklarining nazorati. YA’ni
«Ta’lim oluvchilar maksadga erishishdimi?» degan savolga javob
berilishi kerak.
Boshka tomondan esa, ta’lim beruvchi uchun uz-uzini xamda
ishining sifati kanday bulganligi tekshirish. YA’ni «Men oldimga
kuygan maksadlarimga erishdimmi?» degan savolga javob berilishi
kerak. Ikkala xolda xam o‘lchanadigan natijalar bo‘lishi
muximdir.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni qanday
rejalashtiriladi? 2. Pedagogik texnologiyada o‘qitish va o‘qish
sikli. 3. Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish
qanday darajalarda
amalga oshirilishi mumkin? 4. Ta’lim beruvchining didaktik
xatti-xarakatlari modelini izohlang. 5. Tushunchalar va savollar
o‘rtasidagi bog‘liklikni qanday omillar asosida
aniq ko‘rsatadi? 6.Amaliy mashg‘ulotlarning maqsadi va
tuzilishini tushuntiring. 7. Dars qanday rejalashtiriladi? 8.
Maqsad-mazmun-usul-tushuntirib bering. 9. O‘qitish va o‘qish sikli
deganda nimani tushunasiz? 10. O‘qitish bosqichlarini sanab
bering.
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
25
3-MAVZU:KASB-HUNAR TA`LIMI TIZIMI VA JARAYONI
REJA 1. Ta`limning didaktik tizimi haqida umumiy tushuncha. 2.
Predmet tizimi, operatsiya tizimi, operatsiya-predmet tizimi,
motorlimashq tizimi, operatsion-kompleks va boshqa tizimlar 3.
Kasb-hunar ta`limi didaktik tizimlarini takomillashtirish
Ta`limning didaktik tizimi haqida umumiy tushuncha. Ta`lim
tizimi deb, amaliy ko`nikma va mehnat malakalarini to`g`ri tarkib
topishini, kasbiy faoliyatga tayyorlashni ta`minlaydigan o`quv
materialining maqsadga muvofiq tuzilmasiga, uni tashkil etish va
izchilligiga aytiladi. Kasb-hunar ta`limi o`zaro bog`langan ikki
qismdan iborat:
a) nazariy bilim; b) ishlab chiqarish ta`limi. Ishlab chiqarish
ta`limi va nazariy ta`lim bir-biridan farq qiladigan, lekin
o`xshashliklari ham bor. Ta`limning bu 2 xil turi ham ta`lim
mazmunini ajratish, uning qismlarini guruhlash, ularni o`rganish
izchilligini belgilash zarurligi bilan bog`liqdir. Bunday ajratish
prinsiplari va gruppalash tartibi o`qitishning odatda ishlab
chiqarish ta`limi tizimining qaysi biridan qo`llanishiga bog`liq
bo`ladi.
Kasb-hunar ta`limida predmet, operatsiya, operatsiya-predmet
tizimi, motor mashq tizimi, operatsion-kompleks va
konstrukcion-texnologik tizimlar ma`lum. Dastlab predmet (buyum)
tizimi paydo bo`lgan. Bu tizimga o`quvchi o`zi o`zlashtirayotgan
kasb uchun tegishli bo`lgan buyumlarni tayyorlagan. Bunda buyumlar
murakkabligi ortib borgan. Tayyorlash jarayoni didaktik jihatdan
alohida operatsiyalarga ajratilmagan. O`quvchi ayrim mehnat
usullarini bajarish qoidalari bilan maxsus tanishmagan, faqat
o`qituvchining ishi va boshqa harakatlarini takrorlashga
intilgan. Bunday ta`lim natijasida o`quvchilarni tanish buyumni
tayyorlash uchun o`z bilim va malakalaridan foydalana olmaydilar,
har bir yangi buyumni tayyorlash jarayonida ishni qaytadan
o`rganishga majbur bo`ladilar. Mazkur tizimning asosiy kamchiligi
ana shundan iborat. Buyum (predmet) tizimi hunarmandchilik ishlab
chiqarish usulini aks ettirgan va XIX asrning 2-chi yarmigacha keng
qo`llanilgan.
Manufakturalarning paydo bo`lishi va shunga ko`ra mehnatning
taqsimlanishi texnologik jarayonning operatsiyalarga bo`linishiga
olib keldi, ya`ni mehnat
ta`limining operatsiya tizimi vujudga keladi. Bu tizim XIX
asrning oxirida yuzaga keldi.
Tayanch tushuncha va iboralar: didaktik tizimi, nazariy bilim, )
ishlab chiqarish ta`limi, predmet (buyum) tizimi, operatsiya ,
motor-mashq tizimi , konstrukcion-texnologik tizim
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
26
Operatsiya tizimi bo`yicha o`qitishda o`quvchilar o`zlari
egallaydigan kasbning mazmunini tashkil qiluvchi mehnat
operatsiyalarini o`rganishgan. Shu sababli ular har qanday buyumni
tayyorlash bir xil operatsiyalardan iborat, bundan faqat
operatsiyalarning bajarilish tartibi va ishlov berishning
aniqligiga qo`yiladigan talablar bir-biridan farq qiladi, degan
tushunchaga ega bo`lishgan. Shunday qilib, operatsiya tizimi
o`quvchilarni buyum tayyorlashga bog`lab qo`ymay, kasb doirasidagi
umumiy bilim, amaliy ko`nikma va malaka bilan qurollantirgan.
Ta`limning buyum tizimiga nisbatan operatsiya tizimining afzalligi
ana shudir. Operatsiya tizimi yordamida ishlab chiqarish
texnologiyasini tushunish uchun shart-sharoitlar yaratadi, ta`limni
yangi izchil (oddiy operatsiyalardan murakkab operatsiyalarga)
tashkil qilish imkonini beradi, mehnat ko`nikmalarini va
malakalarini shakllantirishda, asosiy operatsiyalarni o`zlashtirib
olishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Operatsiya tizimining kamchiligi
shundan iboratki, operatsiyalar umuman o`quv buyumlari tayyorlash
jarayonida o`zlashtiriladi, ya`ni o`quvchilar mehnati unumli mehnat
xarakterida bo`lmaydi. Natijada ularning ishga qiziqishi susayadi.
Opreatsiya tizimi operatsiyalarni bajarish bilan buyumlar
tayyorlashni uzib qo`yadi.
Operatsiya-predmet tizimi – XIX asrning 90-yillarida
S.A.Vladimirskiy tomonidan taklif etilgan. Bu tizim o`quvchilar
tomonidan mehnat opreatsiyalarini o`ylab, tanlangan buyumlarni
tayyorlash jarayonida o`rganishni ko`zda tutadi. Buyumlar tanlashda
katta e`tibor beriladi, birinchi buyumni tayyorlashda eng yengil
3-4 operatsiyalar, boshqalarni tayyorlashda esa murakkabroq
operatsiyalar o`zlashtiriladi. Operatsiya-predmet tizimning yutug`i
o`quvchi o`z mehnati natijasini ko`radi, operatsiyalarni o`zi
tanlaydi. Kamchiligi: mashg`ulotning birinchi darsidanoq o`z ichiga
bir necha operatsiyalar olgan buyumlar tayyorlash o`quvchilarda bu
operatsiyalarning mazmuni haqida to`g`ri tasavvur bo`lmasligiga
olib kelardi. Shuning uchun ham tizim keng tarqalmoqda.
Motor-mashq tizimi (CIT tizimi) – Ushbu tizimning kamchiligi
motor mashq tizimi bo`yicha o`qitish o`quvchilar ko`nikma va
malakalarni ongli o`zlashtirishni nazarda tutmasdi. Ko`nikmalarni
shakllantirish maxsus apparatlar va haqiqiy mehnat jarayonini
eslatadigan mashqlarni qo`llash bilan amalga oshirilardi. Ko`p
marta takrorlash natijasida mushaklarni, ma`lum harakatlarni,
ongning ishtirokisiz ham bajarishga “o`rgatish” mumkin, deb faraz
qilingan. Ta`limda bunday yondoshish ma`qullanmadi va tez uni rad
qilindi. Motor-mashq tizimining yutug`i shundaki, unda mehnat o`quv
va malakalarini shakllantirishning didaktik jihatdan asoslangan,
psixofiziologik qonuniyatlarga mos keladigan ketma-ketligi: mehnat
usuli – mehnat operatsiyasi – mehnat jarayoni birinchi marta ishlab
chiqilgan va qo`llanilgan.
Bu tizimda o`quvchilarga kasb ta`limi berish besh davrga
bo`linadi:
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
27
1. Asosiy mehnat faoliyati va harakatlarini o`zlashtirish
bo`yicha mashq mashg`ulotlari.
2. Mehnat usullarini o`zlashtirish bo`yicha mashqlar. 3. Mehnat
operatsiyalarini bajarishga doir o`rganish mashqlari. 4.
O`quvchilarni maxsus tanlangan buyumlar ustida ilgari
o`zlashtirilgan
mehnat operatsiyalarini operatsiyalar kompleksiga
birlashtirishga o`rganish. 5. Mustaqil davr, bunda o`quvchilar ayni
kasbga doir xarakterli bo`lgan buyumlarni tayyorlaydi.
Operatsiya-buyum motor-mashq tizimlarining kamchiliklari va
yutuqlari
o`rganilib, operatsion kompleks tizimi yuzaga keldi. Bu tizimga
asosan o`quvchi avval 2-3 ta ketma-ket operatsiyalarni
o`zlashtiradi, so`ng shu
operatsiyani ichiga olgan kompleks ishlarni bajaradi. Mehnat
operatsiyalarini o`zlashtirish va ularni kompleks ishlarda qo`llash
ta`limning 1-bosqichidagi asosiy vazifadir. Ikkinchi bosqichda
o`quvchilar ishlab chiqarishdagi unumli mehnatga qo`shiladilar.
Masalan, kiyim tikishda qo`llaniladigan barcha turdagi yengni,
yoqani, mayda qismlarini tikishni o`rgatib bo`lingandan so`ng uni
kiyimda qo`llash bajariladi. Kamchiligi: o`quvchi o`zi ishining
natijasini juda uzoq vaqtdan so`ng ko`radi. Natijada qiziqish
susayadi. Hozirgi vaqtda o`quv ustaxonalarida amaliy ishni bajarish
jarayonida operatsiya-buyum tizimidan foydalaniladi, chunki
operatsiyani alohida o`rganish rejalashtirilgan va dasturda
ko`rsatilgan buyum xilini mahalliy sharoitga qarab o`zgartirish
mumkin.
Kasb-hunar ta`limi didaktik tizimlarini takomillashtirish.
Keyingi yillarda o`quv ustaxonalarida konstrukcion-texnologik tizim
bo`yicha mashg`ulotlar tashkil etiladi. Bu tizimning etakchi
g`oyasi o`quvchilarni ijodiy faoliyatini oshirishdan iboratdir.
O`quvchi biror buyumni tayyorlashdan avval uning loyihasi va ishlov
berish jarayonini amalga oshirishi kerak bo`lgan sharoitga olib
kiriladi. O`quvchi biror kiyimni tikish uchun avval o`lchov olishi,
asos chizmasini chizishi, andoza tayyorlashi, modellashtirish,
andozani gazlamaga joylashtirib, buyumni bichishi va tikish kabi
murakkab jarayonni bajaradi. Bu jarayonni bajarishda o`quvchilarni
ijodiy faoliyatlari ortib boradi. O`quvchilarni ijodiy
faoliyatlarini ortishi uchun yaratiladigan hamma narsalar zo`r
berib mehnat qilishni taqozo etadi. Ijodiy ishga idrok qilish yo`li
bilan emas, balki fikrlash faoliyati orqali erishiladi. Ijodiy
ishlash jarayoni g`oyani paydo bo`lishi, ijodiy masalani vujudga
kelishi, masalan yechish, echimni amalda qo`llash bosqichlariga
bo`lish mumkin.
O`quvchilarning ijodiy faoliyatlarini amalga oshirishda
pedagogic rahbarlik katta ahamiyatga ega.
1. O`quvchilarni har xil savol va masalalarni mustaqil hal
qilish imkoniyatlaridan
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
28
iborat faoliyatga qatnashtirish – o`quvchilarning
ustaxonalardagi faoliyati har xil xarakterda bo`lishi va shunga
ko`ra turli darajadagi fikrlash faolligida amalga oshirish
mumkin.
2. O`quvchilarni ijodiy g`oyaga keltirish yoki ular oldida
to`g`ridan-to`g`ri ijodiy xarakterdagi savol va masalalarni
qo`yishi – o`quvchilarga texnik ijodkorlik uchun topshiriqlardagi
imkoniyatlari va ulardan foydalanishni anglatish lozim.
3. O`quvchilarni fan va ishlab chiqarish asoslariga oid
bilimlarini faollashtirish va qo`llashga undash – o`quvchilarga fan
va ishlab chiqarish sohasidagi turli usul va uslublardan
foydalanib, bilim, amaliy ko`nikma va malakalarini
shakllantirish.
4. O`quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rag`batlantirish –
o`qituvchining maqtashi, eng yaxshi ishlar ko`rgazmasini tashkil
qilish, devoriy matbuotda o`quvchilarning yutuqlarini
ommalashtirish va hokazolar bilan ijodiy faoliyatni
rag`batlantirish mumkin. O`quvchilarning texnik ijodkorligini
rivojlantirishga qaratilgan mehnat topshiriqlari mazmuni bo`yicha
Konstruksiyalash yoki loyihalash; texnologik jarayonlarni tuzish;
mehnatni to`g`ri tashkil etish guruhlariga bo`linadi. Texnik
ijodkorlikni rivojlantirishni eng sodda topshiriqlardan boshlash va
o`quvchilarning mustaqilligini orttirish, ular buyumlarni
konstrukciyalay oladigan, texnologiyani ishlab chiqa oladigan, o`z
mehnatlarini uyushtiradigan bo`lishi uchun mazkur topshiriqlarni
asta-sekin murakkablashtirib borishi kerak.
NAZORAT SAVOLLARI 1. Buyum (predmet) tizimi qanday tizim? 2.
Operatsiya tizimi qanday tizim? 3. Motor mashq tizimi bilan
operatsion- kompleks tizimining farqli tomonlarini yozing. 4.
Operatsiya buyum tizimining afzalliklarini yozing. 5.
Operatsion-kompleks tizimi va konstruksion-texnologik tizimini
taqqoslang. 6. Konstruksion-texnologik tizimining afzalliklarini
yozing. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Barkamol avlod –
O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. “Sharq” Toshkent., 1998 y.
64 b. 2. Davlatov K., Vorob`yov A., Karimov I. Mehnat va kasb ta`-
limi nazariyasi hamda metodikasi. “O`qituvchi” Toshkent., 1992
y.320 b. 3. Olimov Q.T. va boshqalar Kasb ta`limi uslubiyati
“Iqtisod moliya” Toshkent., 2006 y. 192 b.
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
29
4-MAVZU: “DIDAKTIKA” ATAMASI, DIDAKTIKA METODIKA ORASIDAGI
O‘ZARO BOG‘LIQLIK
REJA: 1. Didaktikaning vazifalari va ahamiyati, asosiy
tushunchalari 2. Didaktika metodika orasidagi o‘zaro bog‘liqlik 3.
Didaktik sakkiz burchak.
“Didaktika” so‘zi grekcha “Didasko” so‘zidan olingan bo‘lib,
“O‘qitish, o‘rgatish” degan ma’noni bildiradi. Didaktikaning
o‘rganish ob’ekti o‘quv jarayoni, o‘quv jarayonining rivojlanish
qonuniyatlari, o‘qitish tamoyillari, metodlari va shakllaridir.
Ta’lim jarayonining asosiy mohiyati tarixan to‘plangan ijtimoiy
bilim va tajribani yosh avlodga etkazish, avlodlar o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqlikni ma’lum tizim orqali amalga oshirish bo‘lib
hisoblanadi.
Didaktikaning predmeti va vazifalari. Didaktikaning tashkil
topishi va rivojlanishi. Insonning faoliyatida o‘qitish har doim
juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ta’lim tasodifiy, intuitiv
xususiyatga ega bo‘lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni
berish hamda taqlid qilishdan iborat bo‘lganda ham shunday bo‘lgan;
keyinchalik ham, ta’lim maqsadga muvofiq muntazam va
rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo‘lganida ham
shunday bo‘lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil
qilish va o‘rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o‘z
nazariyasiga ega bo‘lmadi. Faqatgina XVII asr bu qda muhim
o‘zgarishlar olib keldi: aynan o‘sha paytda ta’lim alohida nom oldi
va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga
asos solindi.
Didaktika (ta’lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos»
“o‘rgatuvchi”, «didasko» esa – “o‘rganuvchi” mahnosini bildiradi)
ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati,
tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati
mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim
jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolar)ni
o‘rganuvchi fan. Bu so‘z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi
Volg‘fgang Ratke (1571-1635 yillar) tomonidan kiritildi. Bu
tushunchani shunga o‘xshash usulda buyuk chex pedagogi YAn Amos
Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” nomli mashhur
asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu faqat ta’limgina
emas, balki tarbiyalash ham”, deb ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim
ta’lim nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning
ko‘rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-
Tayanch tushuncha va iboralar: Didaktika, fan, texnika, fikrlash
operatsiyalari, ta’lim-tarbiya, bilim, ko‘nikma va malaka hosil
qilish, dunyoqarashni, ishonch, e’tiqod, tarbiyalash, ichki
imkoniyat, qobiliyat, rag‘batlantirish, qiziqtirish, savol,
topshiriq, muammo.
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
30
dars tizimi borasida so‘z yuritadi.Didaktikaning predmeti,
funksiyalari va vazifasi. Pedagogika fani ta’lim va tarbiya
jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida o‘rganadi. Ikki
faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun
didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasini ajratib
ko‘rsatadilar. Xozirgi davrda didaktika o‘qitishning mazmuni,
metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi
pedagogika qsi sifatida tushuniladi. Umumiy didaktikadan tashqari
xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo‘yicha ta’lim metodikasi
deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud. Ularning mazmuni ta’limning
Ma’lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o‘rganish va ta’lim
berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o‘qituvchi
didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda
faoliyatni tashkil etishi zarur. Didaktika predmetini aniqlash
bo‘yicha turli qarashlar ilgari surilgan. qarashlarning turlicha
bo‘lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq
ajratilmaganligi bilan bog‘liq.
Ko‘pchilik olimlar ta’lim obhekt deb o‘qitish jarayonining
maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini
ko‘rsatadilar.
Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida
ehtirof etadi. Ta’lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga
oshiriladi. Ta’limiy faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi -
o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv materiali, o‘quvchi - boshqa o‘quvchilar
o‘rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi.
Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun
asosiy hisoblanishi kerakligi borasida ham turli fikrlar
keltiriladi hamda o‘quvchining o‘quv materialiga bo‘lgan
munosabati, yahni, bilimlarni o‘rganish munosabatini asosiy deb
ehtirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko‘p.
Darhaqiqat, o‘qish, o‘rganishi ta’lim jarayonining ajralmas
xususiyatidir. Ta’limga psixologiya nuqtai nazaridan yondashilsa,
ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga
pedagogik, yahni, ijtimoiy tajribani berish, o‘rgatish nuqtai
nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat – ikki
shaxs (o‘quvchi va o‘qituvchi) o‘rtasidagi munosabatlar etakchi
o‘rin egallashi lozim ekanligi anglanadi.
Didaktika predmetini mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana
bir qarash ta’lim-tarbiya jarayonini yaxlit o‘rganish zarurligini
ilgari suradi. Ta’limning tarbiyaviy vazifalari o‘quvchining
bilimni o‘zlashtirishlarini tahminlabgina qolmay, shaxs xususiyati,
uning rivojlanishi, Ma’lum ma’naviy-axloqiy sifatlarni
o‘zlashtirishi, fe’l-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur
shart-sharoitni yaratishdan iborat.
Didaktikaning vazifalari.quyidagilardan iborat ta’lim
jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta’riflash va
tushuntirish; ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish,
yahni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish; ta’lim
jarayoni uchun xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash,
omillarini tahlil qilish va ta’riflash.
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
31
Didaktika nazariy va bir vaqtning o‘zida mehyoriy-amaliy fan.
Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud
jarayonlarini o‘rganish, uning turli jihatlari o‘rtasidagi
bog‘liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish
tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.
O‘zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini
yo‘naltirish, ta’limini jamiyat tomonidan qo‘yilayotgan ijtimoiy
talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim
mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va
vositalarini qo‘llash mehyorlarini aniqlash asosida didaktika
amaliy-mehyoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar
tizimi. Muayyan fanga xos bo‘lgan tushunchalarda insoniyat
tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to‘plangan bilimlar aks
etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga
ajratiladi:
1) falsafiy tushunchalar; 2) xususiy ilmiy, yahni, muayyan
fangagina xos bo‘lgan tushunchalar. Didaktika uchun “umumiy va
alohida”, “mohiyati va hodisa”, “qarama-
qarshilik”, “bog‘liqlik” kabi falsafiy tushunchalar ham muhim
ahamiyatga ega. Didaktikada qo‘llaniladigan umumiy-ilmiy
tushunchalar orasida “tizim”, “tuzilma”, “vazifa”, “element”
kabilar alohida o‘rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik
tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi:
1) ta’lim - o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida
ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning
bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga
yo‘naltirilgan jarayon;
2) dars – bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar
guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy
shakli;
3) bilim olish – idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan
tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining
mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish
jarayoni;
4) ta’lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil
etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan
pedagogik jarayon.
5) o‘quv fani – ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga
qo‘yilgan hamda o‘zida muayyan fan qsi bo‘yicha umumiy yoki
mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba.
6) ta’lim mazmuni – davlat ta’lim standartlari asosida belgilab
berilgan hamda Ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha
o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.
Didaktikada “idrok etish”, “o‘zlashtirishi”, “mahorat”,
“rivojlanish” va boshqalar (psixologiya) hamda “boshqarish”, “qayta
aloqa” (kibernetika) kabi turdosh fanlarga xos bo‘lgan tushunchalar
ham qo‘llaniladi.
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
32
Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam
yangilanib va to‘ldirilib borilmoqda.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: dars,
bilim olish, ta’lim, bilim, ko‘nikma, malaka, ta’lim maqsadi,
ta’lim mazmuni, ta’lim jarayoni, ta’lim jarayonini tashkil etish,
ta’lim turlari, shakllari, metodlari va vositalari, ta’lim
natijasi.
So‘nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga
ta’limning didaktik tizimi va ta’lim texnologiyasi kabi
tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda.
1) bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, Ma’lum
obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan
ilmiy Ma’lumotlar majmui;
2) bilim olish – idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan
tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining
mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish
jarayoni;
3) ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish
qobiliyati; 4) malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni
bajarishning avtomatlashtirilgan
shakli; 5) ta’lim – o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish
asosida ularda amaliy
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish
qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga
yo‘naltirilgan jarayon;
6) ta’lim metodlari – ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning
samarasini tahminlovchi usullar majmui;
7) ta’lim mazmuni – shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har
tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy
hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining
mohiyati;
8) ta’lim vositalari – ta’lim samaradorligini tahminlovchi
obhektiv (darslik, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv qurollari, harita,
diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproektor, magnitafon,
videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompg‘yuter va
boshqalar) va subhektiv (o‘qituvchining nutqi, namunasi, muayyan
shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar;
9) ta’lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil
etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan
pedagogik jarayon;
10) ta’lim mazmuni – davlat ta’lim standartlari asosida belgilab
berilgan hamda Ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha
o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati;
11) ta’lim maqsadi (o‘qish, bilim olish maqsadi) – ta’limning
aniq yo‘nalishini belgilab beruvchi etakchi g‘oya;
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
33
12) ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) – ta’lim yakunining
mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati;
belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi;
13) ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini
yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini
belgilash;
14) ta’lim tizimi – yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida
davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi
o‘quv-tarbiya muassasalari majmui.
Hozirgi davr didaktikasi rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari
(konsepsiyasi).Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning
falsafiy asoslari. Ta’lim jarayoni psixologik-pedagogik
konsepsiyalar (ular aksariyat hollarda didaktik
tizimlar ham deb ataladi) asosida tashkil etiladi. Didaktik
tizim (yunoncha «systema» – yaxlit qismlardan tashkil topgan,
birlashtirish) – Ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning yaxlit
holatini belgilash, ajratib ko‘rsatish demakdir. U ta’limning
maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalarining
birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini
ifodalaydi. Tadqiqotchilar mavjud didaktik konsepsiya (tizim)larni
umumlashtirib quyidagi guruhlarga ajratadilar:
1) an’anaviy; 2) progressiv; 3) zamonaviy. Ta’lim nazariyasida
YA.A.Komenskiy, I.Pestallotsi va I.Gerbartlarning
didaktik konsepsiyalari muhim ahamiyatga ega. An’anaviy didaktik
tizimning yaratilishi nemis faylasufi, psixolog va pedagog
I.F.Gerbart (1776-1841 yillar) nomi bilan bog‘liq. U
YA.A.Komenskiyning sinf-dars anhanaviy tizimini tanqidiy nuqati
nazardan qayta asoslab, etika va psixologiyaning nazariy
yutuqlariga tayangan holda ta’lim tizimini yaratdi. I.F.Gerbart
ta’lim tizimining asosiy belgisi quyidagilardan iborat.
o‘quvchilarning intellektual rivojlanishini tahminlash maktabning
asosiy vazifasi; bolani tarbiyalash esa oilaning vazifasidir.
Progressiv (pedotsentrik) tizim bolaning bilim olishida
faoliyatining asosiy rolg‘ o‘ynashini ehtirof etadi. Mazkur tizim
asosini D.Dg‘yui tizimi, G.Kershteynning mehnat maktabi, V.Lay
nazariyalari tashkil etadi.
Zamonaviy didaktik tizim. XX asrning 50-yillarida psixolog va
pedagog B.Skinner qismlarga bo‘lingan axborotlarni etkazish, bu
jarayonni muntazam nazorat qilish asosida materialni
o‘zlashtirishda samaradorlikka erishish g‘oyasini ilgari suradi.
Mazkur g‘oya keyinchalik dasturiy ta’lim deb ataladi. Keyinchalik
N.Krauder nazorat natijalariga qarab o‘quvchiga mustaqil ishlash
uchun turli materiallarni taklif etadigan tarmoqlashtirilgan
dasturlarni yaratdi.
D.Dg‘yuining nazariy g‘oyalari muammoli ta’limning asosi bo‘lib
qoldi. Bugungi kunda muammoli ta’lim deb nomlanuvchi, ushbu g‘oya
o‘qituvchi
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
34
rahbarligi ostida muammoli vaziyatni yaratish va ularni hal
etishda o‘quvchilarning faollik va mustaqilliklarini tahminlashga
erishishni nazarda tutadi. Muammoli ta’limning vazifasi faol
o‘rganish jarayonini rag‘batlashtirish, o‘quvchilarda fikrlash,
tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
L.V.Zankovning (1901-1977 yillar) rivojlantiruvchi ta’lim
konsepsiyasi XX asrning 50-yillarida keng tarqaldi. Uning
g‘oyalarini amalga oshirish ta’lim jarayoniga insonparvarlik
g‘oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun zarur
shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
Psixolog L.S.Vo‘gotskiy (1896-1934 yillar) tomonidan 30-yillarda
ilgari surilgan “YAqin rivojlanish zonasi” g‘oyasi ham muhim
ahamiyatga ega. Unga ko‘ra bola kattalar yordamida bilim olib, o‘zi
mustaqil bajara olmagan ishlarni bajara boshlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida
ta’lim va tarbiyani insonparvarlik, demokratik g‘oyalarga muvofiq
tashkil etilishi e’tirof etilgan.
Ta’limni insonparvarlashtirish ta’lim jarayonida o‘quvchi
shaxsini hurmat qilish, uning shaxsini, obro‘si, qadr-qimmatini
poymol etmaslik, mavjud istehdodini rivojlantirishni nazarda
tutadi. Demokratlashtirish esa pedagogik jarayonda rasmiyatchilikka
yo‘l qo‘ymaslik, ta’lim dasturlarini tanlashda o‘quvchilarning
fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi.
NAZORAT SAVOLLARI 1. “Didaktika” tushunchasini ta’riflab bering.
2. Didaktikaning predmeti va ob’ekti nimalardan iborat? 3.
Didaktikaning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 4. Didaktikaning
asosiy kategoriyalari qaysilar? 5. Didaktik konsepsiyalardan
qaysilari bilan tanishsiz? 6. Rivojlantiruvchi konsepsiyaning
mohiyati nimadan iborat? 7. Zamonaviy didaktik tizimning o‘ziga xos
belgilari nimalardan iborat?
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
35
5-MAVZU:O‘QITUVCHINING ASOSIY VAZIFALARI
REJA: 1. O‘qituvchining o‘quv ishlari. 2. Ta’lim jarayonlarini
zamonaviylashtirishda o‘qituvchining uslubiy ishlarini
ahamiyati 3. Mutahassislik fan o‘qituvchisining malakasi. 4.
O‘qituvchining metodik ishlari.
1.O‘qituvchining o‘quv ishlari.O‘quv faoliyati shaxsning yangi
bilim, malaka
va ko‘nikmalarni egallash jarayonidir. O‘quv ishlari bu
ta’lim-tarbiya jarayonida olib boriladigin nazariy, amaliy va
labaratoriya mashg‘ulotlaridagi o‘qituvchi faoliyatidirir.
O‘quv ishlari usullari bu tushuncha o‘rganish jarayonining
samaradorligini belgilaydigan malaka jarayoniga oid sohani o‘z
ichiga oladi. SHundan kelib chiqqan holda ishlarning umumta’lim
usullarini farqlaydi: o‘quv faoliyatini rejalashtirish, o‘quv
faoliyatini tashkil etish, axborotni idrok qilish, fikrlash
faoliyatini, o‘quv faoliyati natijalarini baxolash va anglash
malaka va ko‘nikmalari. Ta’lim oluvchining fikrlash faoliyati
jarayonida bosh natija bilim, malaka va ko‘nikmalarning
shakllanganligidir.
Ba’zi o‘qituvchilar talabalarning bilmlarni o‘zlashtirish
darajasini shakllantirmay turib dars o‘tipshlari salmoqsizdir lekin
to‘g‘ri. Aksariyat hollarda ma’ruzachi pedagoglar o‘qitish
usullarini yaxshi biladilar lekin talabalarning o‘zlashtirish
darajasiga ahamiyat bermaydilar. SHuning uchun talabalarda
mavzuning mazmun mohiyatni tushunish uchun tushuncha yo‘q.
O‘quvchilarda tushuncha hosil qilish uchun yoritilayotgan
bilimlarni soddalashtirish orqali ular yaxshi xis etadigan
jarayonni aniq tushuntirish va ular ongida tushunchalarni
shakllantirish kerak. Marton va But ning fikricha o‘zlashtirish
- abstrak tamoyillarni egallash; - isbotni tushinish; - xaqiqiy
ahborotni tushunish; - usullarni egallash; - usullar va
yondoshuvlar; - tan olish; - fikrlash;
Tayanch tushunchalar: uslubiy ishlar, modellashtirish, lavozim
vazifalari, Mutaxassislik malakasi, Pedagogik malaka, SHaxsiy
layoqat, Ijtimoiy layoqat, muhandis-pedagog, Uslubiy kengash,
Konsultatsiyalar, metodik ishlar, jamoaviy metodik ishlar, shaxsiy
metodik ishlar, o‘qituvchining yillik ish rejasi
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
36
- anglash; - g‘oyalarni taxlil qilish; - ahloqni rivojlanishi; -
xodisa xosliklarni o‘z ichiga oladi/ Ko‘p yillik izlanishlarga
ko‘ra, o‘qitishda bilimlarni amaliy o‘zlashtirish
jarayonini uyushtirish onson emas3. 2. Ta’lim jarayonlarini
zamonaviylashtirishda o‘qituvchining uslubiy
ishlarini ahamiyati.O‘qituvchining kasbiy pedagogik mahoratini
takomillashtirishning qismi, uning imliy-uslubiy ishi hisoblanib, u
quyidagilarni nazarda tutadi, ya’ni to‘plangan tajribalarni tahlil,
tizimlashtirish va umumlashtirishdir. Uslubiy ish – o‘qituvchini
majburiyatlaridan biri hisoblanib, maxsus fanlardan o‘qitish
metodiksini ishlab chiqish va takomillashtirishga yo‘naltirilgan
bo‘ladi. Uning natijasi bo‘lib o‘quv mashg‘ulotlarida fan bo‘yicha
topshiriqlar va vazifalar majmui, didaktik materiallar,
o‘quv-ko‘rgazmali qurollarni yaratishdan iborat bo‘ladi.
Uslubiy ish- bu ilm-fan va ilg‘or pedagogik tajribalarning
yutuqlariga va har bir o‘qituvchini kasbiy bilimdonligini va kasbiy
mahoratini har tomonlama oshirishga yo‘naltirilishga asoslanuvchi,
amaliy tadbirlarning maxsus majmuidir [3].
Uslubiy ishlar keng miqyosdagi muammolarni qamrab oladi, bular:
mutaxassislarni kasbiy faoliyati tahlili; asosiy mehnat ishlari va
kasbiy
malakalarini aniqlash (mutaxassis faoliyatini modelini ishlab
chiqish); o‘quv jarayonida mutaxassisni kasbiy faoliyatini
modellashtirish
(mutaxassisni kasbiy tayyorgarlik modelini ishlab chiqish);
zarur ko‘nikmalarni egallash uchun topshirqlar majmuini ishlab
chiqish,
o‘qitish mazmunida uning o‘rnini aniqlash; o‘quv dasturlariga
o‘zgartirishlar kiritish; o‘qitish mazmunida (aniq soha
mutaxassisligida) ilm-fan, ishlab chiqarish
sohalaridagi rivojlanish bashoratlarini aks ettirish;
o‘quvchilarni fikrlash faolligini rivojlantirishni ta’minlovchi,
ta’limning shakl
va usullarini (muammoli ta’limning shakl va usullari)
takomillashtirish; o‘quvchilarni fikrlash faolligini va
mustaqilligini rivojlantirishni
ta’minlovchi, ta’limning shakl va usullarini (o‘quvchilarning
mustaqil ishlarining shakl va usullari) takomillashtirish;
ta’limni individuallashtirish (individual topshiriqlar va
ishlar, jamoaviy shakldagi ishlarda topshiriqlarni
individuallashtirish, individual o‘quv dasturlari bo‘yicha
o‘qitish);
3
A Handbook for Teaching and Learning in Higher Education Enhancing
Academic Practice 2008, p.8
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
37
didaktik materiallarni (dasturlashtirilgan ta’lim uchun
o‘qituvchi dasturlar, topshiriqlar majmui, mashqlar, ishbilarmon
o‘yinlar, tahlil uchun ishlab chiqaruvchilik vaziyatlar bayoni)
ishlab chiqish.
Aniq mavzuni tanlash pedagogik mahoratdan kelib chiqadi.
Tajribali o‘qituvchi o‘zining ishini va hamkasbini ishini tahlil
qilishi va umumlashtirishi mumkin, u mustaqil ravishda, o‘zining
ijodiy imkoniyatlarini qo‘llab ta’limning yangi usullarini ishlab
chiqishi mumkin. SHu bilan birga o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan
talablardan biri shuki, u o‘zining fanini chuqur bilishi, uning
metodikasini o‘zlashtirib olgan bo‘lishi kerak. Fan va uning
nazariyasini chuqur bilishi, uni qiziqarli qilib o‘quvchilarga
etkaza olishi o‘quvchilarni shu fanga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
O‘quvchilar o‘qituvchi bilimining ularga etkaza olish
imkoniyatlarini qadrlabgina qolmay, balki uning shu fanga bo‘lgan
qiziqishini, uning fidoyiligini taqdirlashadi.
Oliy ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining
o‘qituvchilari barcha o‘qituvchilarga qo‘yilgan talablar bilan
birga bevosita faoliyat yo‘nalishlariga oid quyidagilarni
bilishlari va uddalay olishlari lozim:
Oliy ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida o‘quv ishlab
chiqarish jarayoni va amaliyotlarini nazariy-metodologik, pedagogik
asoslarini;
o‘qitilayotgan umumkasbiy fanlar va maxsus fanlar, ishlab
chiqarish ta’limi va amaliyoti bo‘yicha tarmoq ta’lim standartlari
talablarini;
mutaxassislik yo‘nalishiga oid fanlar bo‘yicha ishlab chiqarish
amaliyotini rejalashtirish, loyihalashtirish, tashkillashtirish,
boshqarish, takomillashtirish, nazorat qilish asoslarini hamda
ularga oid me’yoriy
hujjatlarni yurtilishini; o‘quv va ishlab chiqarish
amaliyotining dolzarb muammolari va ularni
echish usullarini; mehnatni tashkil etishni ilmiy asoslarini;
iqtisod sohasiga oid mehnat qonunchiligini; o‘quvchilar bilan
o‘zaro munosabat odob-ahloq me’yorlarini va muomala
madaniyati asoslari va shu kabilarni. Uslubiy ishning asosiy
maqsadi- bu o‘qituvchilar malakasini uzluksiz oshirish,
aniq bir fan doirasida uning bilimdonligini oshirishdan kelib
chiqib, uning asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin, ya’ni
ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
o‘qituvchilarni kasbiy va madaniy darajalarini oshirish; uning
xizmat va jamoat ishlari faolligini rag‘batlantirish; o‘qitayotgan
o‘quv fani sohasidagi bilimlarini yangilash va
takomillashtirish; ilg‘or-pedagog va ijodiy ishlovchi
o‘qituvchilar g‘oyasi asosida pedagogik
va uslubiy mahoratini takomillashtirish;
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
38
o‘quvchilar bilan o‘zaro harakat usul va yo‘llarini
insonparvarlik, oshkoralik va erkinlak prinsiplarida
takomillashtirish;
o‘quvchilarni mashg‘ulotda va darsdan tashqari vaqtlarida
ijodiy, mustaqil ishlari bo‘yicha faoliyatlarini
takomillashtirish;
umumiy holda ta’lim jarayonini tahlil qilish va shu bilan birga
o‘quv-tarbiya jarayonidagi o‘z faoliyatini o‘zi tahlil qila olish
ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
ilg‘or pedagogik tajribani aniqlash, umumlashtirish va tatbiq
etish; o‘qituvchilarni sodda va tushunarli bo‘lgan uslub asosida
tadqiqotchilik
faoliyatiga qatnashtirish. Uslubiy ishlar shakli quyidagicha
bo‘ladi: pedagogik o‘qishlar va anjumanlar; ochiq o‘vuv
mashg‘ulotlari va tarbiyaviy tadbirlar; uslubiy birlashmalarning
seminarlari; ijodiy ishlar ko‘rigi; uslubiy ko‘rgazma, kabinetlarni
tashkillashtirish; uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish;
seminar-amaliyotlar; ilmiy, texnik, pedagogik, iqtisodiy va boshqa
adabiyotlar sharhi; maxsus mashg‘ulotlar va boshqa shakllar.
Uslubiy ishlar odatda yakka
tartibda va jamoaviy shakllarda tashkil etilib, quyidagilarni
ko‘zda tutadi: - ilg‘or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini
o‘rganish, umumlashtirish va ularni ommalashtirish maqsadida
targ‘ib qilish; - o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatish; -
axborot resurs markazi imkoniyatlaridan samarali foydalanish; -
o‘qituvchilarga o‘z imkoniyatlarini namoyon etishlariga
shart-sharoit yaratish;
Uslubiy ishlarga quyidagi talablar qo‘yiladi. G‘oyaviy
yo‘nalganlik - uslubiy ishlar zamon talablariga hamnafas chuqur
g‘oyaviylikka ega bo‘lishi kerak. Mustaqil O‘zbekiston
respublikasining kelajagi buyuk davlat ekanligini o‘quvchilar
ongiga singdirish, tarbiya asosida milliy mustaqillik g‘oyalari
bilan sug‘orilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
Buning uchun yoshlar bilan ishlayotgan o‘qituvchi va tarbiyachilar
bilan olib boriladigan metodik ishlarning mazmuni ham davr va
istiqbol talablari darajasida bo‘lishi muhimdir. Ilmiylik - uslubiy
ishlarni ilmiy g‘oyalar, nazariyalarga tayangan holda olib borishni
ko‘zda tutadi. SHuninguchun o‘qituvchilar o‘quvchilarning
psixologiyasi, fiziologiyasi va gigienasini o‘qitadigan o‘quv
predmeti mazmunini, ta’lim-tarbiya nazariyasi qonuniyatlari,
prinsiplari, tashkil etish shakllari, o‘qitish metod va
vositalarini har tomonlama mukammal bilishi zarur. Ular kasbiy
pedagogik mahoratlarini oshirishlari uchun muntazam ravishda o‘z
ustida mustakil ishlab ijod qilishi kerak. Maqsadga muvofiqlik va
tizimlilik-dolzarb pedagogik muammolarning maqbul echimlarini
topishni rejalashtirishda shart-sharoit, imkoniyat, talablar
muvofiqligini
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
39
ta’minlash va amalga oshirish tizimini yaratishda o‘z ifodasini
topadi. Ijodiylik va mustaqillik-o‘quv yurti rahbariyati har bir
fan o‘qituvchilarining o‘z qobiliyati va iste’dodlarini namoyon
etishlari uchun shart-sharoit yaratib ko‘mak berishlarini ko‘zda
tutadi.
CHunki uslubiy ishlar ijodkorlik, faollik, ilg‘orlikka
asoslangandagina ko‘zlangan natijalarni beradi. Ta’sirchanlik va
oshkoralik - uslubiy ishlarning ta’sirchanligi eng avvalo
o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish sifati bilan aniqlanadi.
Agar o‘quvchilarda shakllangan bilim, ko‘nikma va malakalari
sifatida ijobiy siljishlar bo‘lmasa, uslubiy ishlarning samarasi
past hisoblanadi. Bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yish mumkin emas.
SHuning uchun uslubiy ishlarning ta’sirchanligi ko‘p jihatdan
rejalashtirilishiga, rejalarining aniqligiga, amalga oshirilgan
ishlarning hajmiga va boshqa omillarga bog‘liq. SHuningdek, o‘quv
yurtlarida uslubiy ishlarni tashkil etish va boshqarishda
oshkoralikka e’tiborni qaratish zarur bo‘lib, bunda har bir
o‘qituvchi mehnatining natijalarini o‘z vaqtida xolisona
ko‘rsatish, rag‘batlantirish, tanqid qilishni me’yorida amalga
oshirish maqsadga muvofiq. Odatda uslubiy ishlar ma’lum aniq rejaga
binoan bajariladi. Bu holat ayrim ishlarni bir necha marta
takrorlanishini bartaraf etib, o‘qituvchilar o‘rtasida ishlarni
maqbul taqsimlanishini ham ta’minlaydi
O‘quv yurtlarida uslubiy ishlarning umumiy rejasida
ilmiy-pedagogik kengash, uslubiy kengash, seminar-amaliyotlar ochiq
darslar, pedagogik o‘qishlar, ilg‘or pedagogik tajriba maktablari
kabi o‘z ifodasini topadi.
SHu bilan birga o‘qituvchilar uslubiyotchi va mutaxassis
sifatida bir necha talablarga rioya qilishi talab etiladi
(2-rasm).
O‘qituvchilar uslubchi va mutaxassis sifatida quyidagi
talablarga rioya qilish
kerak: psixologik-pedagogik bilimlar yuzasidan malaka, mahorat
va ijodkorlik
faoliyatlarini boyitish, kengaytirishi; ijtimoiy bilimlarni
boyitish, kengaytirish, yangilashi;
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
40
kasbi bo‘yicha tajriba oshirish zaminida tayyorgarlik; ishning
oxirgi natijalariga qarab, o‘z faoliyatini nazorat qilish
qobiliyatiga
ega bo‘lish, hamkasblari bilan doimo kelishishga intilishi;
yangiliklarga intilishda ijodiy imkoniyatlarni ma’lum bir tizimga
keltirib,
ular yuzasidan ko‘nikma hosil qilish hamda ularni tezlik bilan
hal etish, axborotlarni mustaqil qabul qilish va baholash, xulosa
chiqarish, natijalarni baholash, farazlarni ifodalash, ularni
mujassamlashtirib, noan’anviy qaror qilishidir.
2. Mutahassislik fan o‘qituvchisining malakasi. Kasb-hunar
ta’limi tizimida kichik malakali mutaxassislarni tayyorlash ko‘p
jihatdan Ixtisoslik fan o‘qituvchilari va muhandis-pedagoglarning
layoqatlariga bog‘liqdir. Ishlab -chiqarish ta’limi jarayonida
kasbiy- pedagogik ko‘nikma va malakalar tizimi yaratiladi,
o‘quvchilar kerakli ishlab iqarish tajribasiga, kasbiy mahoratga
ega bo‘ladilar. SHuning uchun kasb-hunar kollejlari Ixtisoslik fan
o‘qituvchilari va muhandis-pedagoglari ishlab chiqarish
jarayonining va o‘z mehnat faoliyatining mazmunini aniq tasavvur
etishi lozim.
Hozirda kasb-hunar ta’limi tizimiga har yili Ixtisoslik
pedagogika ma’lumotiga va ta’lim-tarbiya ish tajribasiga ega
bo‘lmagan yangi muhandis-pedagoglar, ya’ni korxonalarning malakali
ishchilari, oliy va o‘rta. Kasb-hunar ta’limi tizimida faoliyat
ko‘rsatayotgan muhandis-pedagoglar mutaxassislik malakasiga hamda
pedagogik malakaga ega bo‘lishi lozim (3-chizma).
3-chizma. Mutahassislik fan o‘qituvchisining malakasi.
Mutaxassislik malakasi deb, Mutahassislik fan o‘qituvchilari va
muhandis-
pedagogning ixtisoslik soha bo‘yicha ko‘nikma va malakalari
nazarda tutiladi. Ularning malakalarining ikkinchi qismi «Kasbiy
pedagogika» bilim sohasiga tegishli bo‘lib, pedagogik malakalarini
o‘z ichiga oladi. CHunki o‘quv jarayoni faqatgina bilim berishga
asoslanib qolmasdan, balki ta’lim va tarbiya psixologiyasi bilan
uzviy bog‘langan.
Bu esa ulardan psixologiya, mehnat pedagogikasi, kasbiy
pedagogika, iqtisod asoslarini, ishlab chiqarishni tashkil etish va
boshqarish asoslari bo‘yicha ham malakalarga ega bo‘lishini talab
etadi. Mutaxassislik va pedagogik malakalar bilan
Мутахассислик малакаси
Педагогик малака
МУТАҲАССИСЛИК ФАН ЎҚИТУВЧИСИНИНГ MALAKASI
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
41
bir qatorda Ixtisoslik fan o‘qituvchilari va
muhandis-pedagoglarda shaxsiy va ijtimoiy layoqatlarning ham
bo‘lishi talab etiladi (4-chizma).
4-chizma.Mutahassislik fan o‘qituvchisining layoqatlari.
SHaxsiy layoqatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘zini
tutishi, shaxsiy ijodkorlik, mas’uliyatlilik va boshqalar. Ijtimoiy
layoqatlarga tashkilotchilik qobiliyati, o‘quvchilar bilan
munosabat, jamoa bilan munosabat kiradi. Bundan tashqari o‘qituvchi
va muhandis- pedagoglar rahbarlik qobiliyatlariga ham ega
bo‘lishlari lozim. CHunki Ixtisoslik fan o‘qituvchilari va
muhandis-pedagoglar faqat o‘quv ishlab chiqarish faoliyatini
bajaribgina qolmay, balki guruhlarga rahbarlik qiladilar.
Oliy va o‘rta Ixtisoslik ta’lim Vazirligi tomonidan 2001 yil 16
noyabrda tasdiqlangan «O‘rta Ixtisoslik, kasb-hunar ta’limi
muassasalarining rahbar, pedagog va muhandis-pedagog xodimlariga
qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risida»gi Nizomda o‘qituvchining
va kasbiy ta’lim o‘qituvchisining lavozim majburiyatlari aniq bayon
qilingan.
Mutahassislik fan o‘qituvchisining lavozim vazifalari
quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, mahorat va malakasini
rivojlantirish;
tanlangan kasb va ixtisosligi o‘quv fanlari bo‘yicha chuqur
bilimlarni, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
ta’lim jarayonida o‘qitishning samarali usulllari, vositalari va
shakllarini, yangi pedagogik texnologiyalarni keng qo‘llash;
o‘qitadigan fani bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni, tugarak
mashg‘ulotlarini tashkil qilish;
o‘quvchilarni bilim sifati, o‘zlashtirish darajasi va davomatini
nazorat qilish; o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash;
o‘quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash; o‘quv xonalarini
jahon standartlari va dizayn talablari darajasida jihozlashda
qatnashish; ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va
qo‘llash;
ИХТИСОСЛИК ФАН ЎҚИТУВЧИСИНИНГ
Шахсий лаёқат Ижтимоий лаёқат
-
KASBIY TA’LIM METODIKASI
42
muntazam ravishda malakasini oshirish. Bilishi zarur:
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Kadrlar
tayyorlash
milliy dasturi» to‘g‘risidagi qonunl