Page 1
1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA‘LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
“5110100-MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI”
TA’LIM YO’NALISHI
K U R S I SH I Mavzu: Matematikani o‘qitishning innovatsion vositalari
BAJARDI: MO‘M 302-guruh
talabasi A. Qayumov
ILMIY RAXBAR: MO‘M
kafedrasi o‘qituvchisi
M. Mamatqulova
TOSHKENT-2013
Page 2
2
REJA
Kirish………………………………………………………………………….
1-bob. Pedagogika nazariyasi va amaliyotida ta‘lim vositalari muammolari
1.1§. Ta‘lim vositasi tushunchasi……………………………………………
1.2§. Zamonaviy tailim vositalari……………………………………………
2 bob. Matematikani o‘qitishda an‘anaviy ta‘lim vositalari………………..
2.1§. Algebrani o‘qitishda an‘anaviy ta‘lim vositalari………………………
2.2§. Geometriyani o‘qitishda an‘anaviy ta‘lim vositalari………………….
3 bob. Matematikani o‘qitishda innovatsion ta‘lim vositalari………………
3.1§. Algebrani o‘qitishda innovatsion ta‘lim vositalari…………………….
3.2§. Geometriyani o‘qitishda innovatsion ta‘lim vositalari………………...
Xulosa………………………………………………………………………….
Page 3
3
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2012-yil 28-maydagi ―Malakali kadrlar tayyorlash hamda o‘rta mahsus kasb-
hunar ta‘limi muaasalarini shunday kadrlar bilan ta‘minlash yanada
takomillashtirishga oid chora tadbirlar to‘g‘risida‖gi qarori ta‘lim mazmunini
uning samaradorligini yanada yaxshilashga qaratilgan. Respublikamizda faoliyat
ko‘rsatayotgan o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari uchun tayyorlanayotgan
pedagog kadrlar sifatini tubdan yaxshilash, ta‘lim muassasalaridagi o‘quv
jarayonini zamonaviy talablar asosida qayta tashkil etish va tayyorlanayotgan
o‘rta bo‘gin mutaxasislari malakasining raqobatbardosh bo‘lishiga erishish
asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu vazifalarning samarali bajarilishining asosiy omili o‘quv
vositalaridir. Ta‘lim vositalari svilizatsiyaning ajralmas qismi umuminsoniy
madaniyatning muhum elementi hamda dunyoni ilmiy o‘rganish tilidir.
Shiddatli axboratlashuv jarayoni amalga oshib borayotgan hozirgi davrda
har bir soha kishisi zamon bilan hamnafas ravishda innovatsion
tehnalogiyalarga, innovatsion vositalarga murojaat qilishiga to‘g‘ri kelmoqda
shu jumladan matematika fani ham bunday oqimdan chetda qolayotgani yo‘q.
O‗zbekiston Respublikasi taraqqiyotida halqning boy ma‘naviy salohiyati va
umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi,
texnikasi va texnologiyasining so‗nggi yutuqlariga asoslangan mukammal
ta‘lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega. Ma‘lumki, kadrlar
tayyorlash milliy dasturida ilg‗or pedagogic texnologiyalarni joriy qilish va
o‗zlashtirish zarurligi ko‗p marta takrorlanib yangi pedagogik va axborot
texnologiyalardan foydalanib, talabalarni o‗qitishni jadallashtirish ko‗zda
tutilgan.Pedagogik texnologiyaga UNESCO ning bergan ta‘rifini keltiramiz:
―Pedagogik texnologiya – bu butun o‗qitish va bilimlarni o‗zlashtirish
jarayonida o‗z oldiga ta‘lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo‗yuvchi
texnik hamda shaxs resurslari va ularning o‗zaro aloqasini hisobga olib,
bilimlarni yaratish, qo‗llash va belgilashning tizimli usulidir‖. Bu ta‘rifdagi
Page 4
4
asosiy tushuncha ―tizimli usul‖ bo‗lib, aynan tizimli yondashuv pedagogik
texnologiyaning, o‗qitishga boshqa yondashuvlardan farqlanuvchi asosiy belgisi
hisoblanadi. Ta‘lim maqsadlari, uning mazmuni, o‗qitish va ta‘lim berish
usullari, nazorat va natijalarni baholashni o‗zaro bog‗liklikda loyihalash-
ko‗pincha an‘anaviy o‗quv jarayonida yetishmaydigan narsadir.Jaxon
pedagogika fani ilmiy – texnika taraqqiyoti ta‘sirini boshdan kechirib,
psixologiya, kibernetika, tizimlar nazariyasi, boshqaruv nazariyasi va boshqa
fanlar yutuqlarini birlashtirib, hozirgi davrda faol yangilanish innovatsiya
jarayonlari bosqichida turar ekan, inson imkoniyatlarini samarali rivojlantirish
amaliyotiga boy mahsul bermoqda. Pedagogik texnologiya usullari dastlab
o‗qitishning harakatini namunaviy vaziyatdagi belgilangan qoida bo‗yicha
o‗zlashtirish talab etiladigan mahsuldor darajasi uchun ishlab chiqilgan.
Mahsuldor ta‘lim har qanday ta‘limning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanib, u
insoniyat jamg‗argan tajribani aniq o‗quv fani doirasida o‗zlashtirish bilan
bog‗liq. Ta‘lim oluvchilarda bilim va ko‗nikmalarning ma‘lum ―poydevori‖
hosil qilingandan keyingina ta‘limning natijali va ijodiy yondashish usullariga
ko‗chish mumkin.Pedagogik texnalogiya oqimi 70-80 yillarda AQSh da yuzaga
keldi va UNESCO kabi nufuzli tashkilot tomonidan tan olindi va qo‗llab –
quvvatlandi va hozirgi kunda ko‗pgina mamlakatlarda muvaffaqiyatli
o‗zlashtirilmoqda. Ma‘lumki, tubdan farq qiluvchi uchta ta‘lim turlarini ajratish
mumkin. Bular: og‗zaki- ko‗rgazmali, texnologik va izlanuvchan-ijodiy ta‘lim
turlari hisoblanadi.
1. Og‗zaki – ko‗rgazmali an‘anaviy bo‗lib, o‗qituvchining axborot
berishi,talabalarning bilimlarni qabul qilishi, to‗plashi va xotirasida saqlashi
bilan belgilanadi. Ta‘limda og‗zaki-ko‗rgazmali yondashuv juda katta tajribaga
ega bo‗lib, qismlarga ajratib ishlab chiqilgan va ta‘lim tizimida ulkan xizmat
ko‗rsatdi.Jadal suratlar bilan o‗sib borayot-gan fan va texnika talablari, ta‘lim
tizimidagi istlohatlar, raqobotbardosh kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish,
uning ma‘lumot olish istaklarini to‗laroq qondirishga bo‗lgan jamiyat ehtiyojlari
o‗qitish usullariga yangicha yondashishni talab qilmoqda.
Page 5
5
2. Ta‘limga texnologik yondashuvning umumiy tavsifnomasi qismlarga
ajratilmagan holda, ta‘limning juda oddiy mahsuldor darajasi sifati misolida
qaraladi. O‗quv ishlari yuqori natijalarga erishishga qaratilgan bo‗lib,
yo‗naltirilganlik, mashg‗ul bo‗lish, musobaqalashish va o‗zaro yordamlashish
tushunchalari mavjud bo‗ladi.
3. Izlanuvchan yondashuvdagi maqsad, talabalarda muammoni hal etish,
yangi, oxirigacha tugallanmagan tajribani o‗zlashtirish, ta‘sir etishning yangi
yo‗llarini yaratish qobiliyatlarini, shaxsiy idrokni rivojlantirishdan iboratdir.
Izlanuvchan ta‘lim andozasining ta‘lim mazmuni, tabiat va jamiyat bilan o‗zaro
ta‘siri natijasida shaxsda tadqiqotchilik va jadal ijodiy xarakterli faoliyat yo‗li
boshlanadi.
O‗quv jarayonining texnologik shakl modeli va uning amaliy tadbiqi
yangilik xususiyatiga ega bo‗lib, an‘anaviy ta‘limni qayta shakllantiradi.
―Pedagogik texnologiya‖ so‗z birikmasi asosida ―Texnologiya‖, ―Texnologik
jarayon‖ tushunchasi yotadi. Bu tushuncha orqali sanoatda tayyor mahsulotni
olish uchun bajariladigan ishlarning ketma – ketligi haqidagi hujjat, ta‘limda esa
fan bo‗yicha uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi. Pedagogik texnologiyada
asosiy yo‗l aniq belgilan-gan maqsadlargaqaratilganlik, ta‘lim oluvchi bilan
muntazam o‗zaro aloqani o‗rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi
hisoblangan ta‘lim oluvchining xatti – harakati orqali o‗qitishdir. O‗zaro aloqa
pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o‗quv jarayonini to‗liq qamrab olish
kerak. Pedagogik texnologiyada nazarda tutiladigan maqsadlarni qo‗yish
usuli,o‗qitish maqsadlari o‗quvchilar harakatida ifodalanadigan va aniq
ko‗rinadigan hamda o‗lchanadigan natijalar orqali belgilanadi. Maqsadlar
o‗qituvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda o‗rgatish, tushuntirish, ko‗rsa-
tish, aytib berish va hokazo atamalar orqali qo‗yila-di. O‗quvchining
harakatlarida ifodalanadigan vazifalar esa ta‘limining natijalarda ifodalanadi.
Natija, talabaning tugallangan xatti –harakatini ifodalovchi keltirib chiqaring,
sanab o‗ting, so‗zlab bering tanlang, ko‗rsatib bering, hisoblang kabi atamalar
bilan ifodalanishi kerak.Shunday qilib, an‘anaviy o‗quv jarayonlarida asosiy
Page 6
6
omil – bu pedagog va uning faoliyati hisoblansa, pedagogik texnologiyada
birinchi o‗ringa o‗qish jarayonidagi o‗quvchilarning faoliyati qo‗yiladi. Har bir
vazifa raqamlanib, u bitta natijani ko‗zlashi lozim. Har bir vazifani shunday
qo‗yish kerakki, u o‗qituvchining o‗tadigan darsining bosqichlarini emas, balki,
talabaning o‗zini keyin qanday tutishi kerakligiga ishora qilsin. Ma‘lumki, ilg‗or
texnologiyalarni qo‗llashda asosiy e‘tibor loyihalash bosqichiga qaratiladi,
bunday tizimli yondoshuv asosida o‗quv jarayonini loyihalash, kutilayotgan
natija shaklidagi o‗quv maqsadlarini mumkin qadar aniqlashtirish, rejalash-
tirilgan o‗quv maqsadlariga kafolatli erishishga undaydi. Biz ushbu mavzuda
matematika sohasi uchun innovatsion vositalar bilan tanishib chiqamiz.
Kurs ishining maqsadi:
Innovatsion pedagogika asoslarini va innovatsion ta‘lim jarayonini ,
maktabda matematikani o‘qitishning innovatsion vositalarini o‘rganishdan
iborat.
Kurs ishining obyekti:
O‘zbekistondagi barcha ta‘lim muassasalarida matematikani o‘qitish
jarayoni.
Kurs ishining predmeti:
Innovatsion ta‘lim muhiti mazmuni, metodlari va innovatsion muhitni
shakllantiruvchi vositalar.
Kurs ishining vazifalari:
Mavzuga doir manba topish, axborotlarni tartiblash, rejani shakllantirish;
Innovatsion pedagogik faoliyatni o‘rganish;
Innovatsion ta‘lim jarayoni, shakl, metod, vositalarini o‘rganish;
Innovatsion ta‘lim muhitini o‘rganish;
Matematikani o‘qitishning innovatsion muhitini o‘rganish;
O‘rganilgan ma‘lumotlar asosida xulosalar chiqarish;
Kurs ishini jihozlash, himoyaga tayyorlash;
Page 7
7
1-bob. Pedagogika nazariyasi va amaliyotida ta’lim vositalari
muammolari.
1.1§. Ta’lim vositasi tushunchasi
Ta‘lim vositalari –O‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish va shu
bilan birga o‘qitishni samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar
hisoblanadi.
Ta‘lim berishning texnik vositalari –o‘quv materialini ko‘rgazmali namo-
yish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi talabalarga o‘quv
materialini tushunishlariga va eslab qolishlariga imkon beradi .Bunday
vositalarga quyidagilar misol bo‘lishi mumkin: diaproektor, grafoproektor,
doska-bloknot, doska-stend, …
Yordamchi ta‘lim vositalari — grafiklar, chizmalar, namunalar, tarqatma
materiallar va boshqalar.
O‘quv-uslubiy materiallar — o‘quv materiallar, o‘zlashtirilgan o‘quv
materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular talabalarning mustaqil
ishlarini faollashtirishga yordam beradi (ish varaqasi, eslatma, nazorat varaqasi,
matnlar).
Tа‘lim vоsitаlаri o‘qituvchi uchun ham, o‘quvchi uchun ham qulay
bo‘lishi lozim. O‘qituvchi uchun vоsitаlаr: o‘quv prеdmеtini o‘qitish mеtоdikаsi
bo‘yichа qo‘llаnmаlаr, shаhsiy mеtоdikа, murаkkаb mаsаlаlаr bo‘yichа mеtоdik
tаvsiyalаr, o‘qituvchilаr tоmоnidаn tаyyorlаngаn mеtоdik ishlаnmаlаr, darslik.
Tаlаbаlаrni o‘quv bilish fаоliyatlаrini jаdаllаshtirishgа yordаm bеruvchi hаr
turdаgi tа‘lim vоsitаlаrini tаnlаsh vа ulаrdаn fоydаlаnish quyidаgilаrgа bоg‘liq:
1. Mаqsаdni bеlgilаsh;
2. Аsоsiy bilim mаnbаigа;
3. Tа‘lim usuligа;
4. O‘quv mаtеriаlining yangiligi va murаkkаbligigа;
5. Tаlаbаlаrni o‘quv imkоniyatlаrigа.
Tа‘lim vоsitаlаrini tаnlаshni аniqlоvchi оmillаr: mаqsаdni bеlgilаsh;
o‘quv аhbоrоt mаzmuni; tа‘lim vоsitаlаri; еtаkchi bilim mаnbаi; o‘quv
Page 8
8
mаtеriаlining yangiligi vа murаkkаbligi. Mavzuni o‗rganishning taxminiy
bosqichlari quyidagilardan iborat deb bilamiz:
1. Mavzu va uning rejasi beriladi;
2. O‗quv faoliyati natijalari eslatiladi;
3. Mavzuni uning ahamiyatga qisqa to‗xtalinadi;
4. Mavzuni tushuntirish ketma– ketligi texnologik loyiha asosida o‗qituvchi
maqsadiga mos kelishi lozim;
5. Talabalar diqqatini jalb etib, mavzu savollari haqida muammoli vaziyatlar
hosilqilish;
6. Tushuntirish jarayonida o‗quv adabiyotlari yoki tarqatma materal bilan
ishlashga ahamiyat beriladi;
7. Talabaning tarqatma materal yoki o‗quv adabiyotlardan asosiy tushunchalarni
o‗qish va yozishni tashkil etishga imkoniyat yaratish;
8. Mavzuni o‗rganish darajasini tekshirish, talabalarga og‗zaki savollar berib
borish orqali, (masalan, analitik geometriya tushunchasining mohiyati nima?);
9. Talabalar javoblariga izoh berish yoki to‗ldirish, to‗g‗ri javoblarni
rag‗batlantirish;
10. Egallangan bilimlarni tekshirish va baholash; bunda tayyorlangan savollar
hamma talabalarga tarqatiladi. Savollarga javob berish uchun muayan (masalan,
10 minut) vaqt beriladi. Berilgan savol varaqlari yig‗ishtirib olingach, savollar
oldindan tayyorlab qo‗yilgan javoblar bilan solishtirib tekshiriladi. To‗g‗ri
javoblar ekranda ko‗rsatiladi yoki doskaga ilinadi. Har bir talaba o‗zining
bilimlarini o‗zi tekshirib ko‗radi va baholaydi baholash reyting tizimida bo‗ladi,
o‗qituvchi talabalar javoblariga munosabat bildiradi.yuqori baholanganlar
rag‗batlantiriladi va kam baho olgan-larga tanbeh bermasdan, ularni o‗qish –
o‗rganishga da‘vat etiladi;
11. Egallangan bilimlarni yanada mustahkamlash va mustaqil ishlash
ko‗nikmasini hosil qilish maqsadida uyga vazifa beriladi. Bunda beriladigan
vazifa aniq bo‗lishi, berilgan vazifaning bajarilish shakli (referat, konspekt
qilish, misol va masalalarni yechish) aniq bo‗lishi zarur.
Page 9
9
Matematika fanini, o‗rganishda ushbularga erishishni maqsad qilib
olinadi:
1. matematikaning hozirgi zamon taraqqiyotidagi o‗rni va ahamiyati anglash;
2. o‗quvchining matematik apparatning qo‗llanilishiga qiziqishi;
3. amaldagi dastur asosida matematik apparatni o‗rgatish;
4. ayrim masalalarning matematik modellarini tuza bilish va uni tahlil qilish;
5. matematik fikrlash va xulosa chiqarish;
6. matematik bilimlarni chuqurlashtirishga yo‗naltirib, bu bilimlarni o‗z
faoliyatida qo‗llash.
Page 10
10
1.2§. Zamonaviy ta’lim vositalari.
Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor,
doska-stend, doska-bloknot, grafoproektor, elektron darslik va videodarslikni
misol keltirishimiz mumkin.
Grаfоprоеktоr — shаffоf plyonkаdаgi tаsvir (slаydlаr) ni ekrаngа
prоеktsiyalаsh uchun qo‘llаnilаdigаn jihоz hisоblаnаdi. Undаn mа‘ruzа vаqtidа
mаtеriаllаrni nаmоyish qilish uchun, shuningdеk guruh ishlаri tаqdimоtidа
yordаmchi vоsitа sifаtidа fоydаlаnilаdi. Kоdоskоp fоydаlаnish uchun qulаy
mоslаshuvchаn vоsitа bo‘lib, bir mаrtа tаyyorlаngаn plyonkаdаn ko‘p mаrtа
fоydаlаnish mumkin, bundаn tаshqаri dоskа bo‘lmаgаn hоllаrdа аsоsiy
tushunchа g‘оyalаr vа nаtijаlаrni o‘qituvchi plyonkаgа flоmаstеr yordаmidа
to‘g‘ridаn-to‘g‘ri yozib ko‘rsаtish hаm mumkin.
EHM — Elektron Hisoblash Mashinalari.
Page 11
11
Hozirgi kunda ta‘lim jarayonini EHM siz tasavvur qilish qiyin.
Allaqachon kompyuter o‘qituvchi uchun ham talaba uchun ham asosiy vositaga
aylanib ulgurgan. Kompyuterning afzallik taraflari anchagina.Uning yordamida
electron darslik va juda katta hajmli ma‘lumotlarni ihcham holatda saqlash va
foydalanish imkoniyati mavjud.Kamchiligi nurlanish tufayli inson salomatligi
uchun zararlidir. Kompyuter orqali elektron darslikdagi masala yechilishini
quyidagichanamoyish etish mumkin.
Masala. y=x2-2x+3 funksiyaning grafigini yasang va uni y=x
2 funksiya
grafigi bilan taqqoslang.
y=x2-2x+3 funksiyaning qiymatlar jadvalini tuzamiz:
x -3 -2 -1 0 1 2 3
y(x) 18 11 6 3 2 3 6
Topilgan nuqtalarni yasaymiz va ular orqali silliq egri chiziq o'tkazamiz.
Page 12
12
Grafiklarni taqqoslash uchun, to'la
kvadratni ajratish usulidan
foydalanib, y=x2-2x+3 formulaning
shaklini almashtiramiz:
y=x2-2x+1+2=(x-1)
2+2
Avval y=x2 va y=(x-1)
2
funksiyalarning grafiklarini taqqoslaymiz.
Agar (x;y1) nuqta y=x2 parabolaning
nuqtasi, ya'ni y1=x12 bo'lsa, u holda
(x1+1;y1) nuqta y= (x-1)2 funksiyaning
grafigiga tegishli bo'ladi.
Chunki ((x1+1)-1)2=x1=y1. Demak,
y=(x-1)2 funksiyaning grafigi y=x
2
parabola-dan uni bir birlik o'ngga siljitish
(parallel ko'chirish) bilan hosil qilingan
parabola bo'ladi.
Endi y = (x- 1)2 va
y=(x-1)2 +2 funksiyalarning
grafiklarini taqqoslaymiz.
x ning har bir qiymatida
y = (x- 1)2 +2 funksiyaning
qiymati y=(x-
1)2 funksiyaning qiymatidan
2 taga ortiq. Demak, y = (x -
1)2 + 2 funksiyaning grafigi y = (x- 1)
2 parabolani ikki birlik yuqoriga siljitish
bilan hosil qilingan parabola bo'ladi.
Page 13
13
Синf доскаси. Доска-стенд.
Shunday qilib, y = x2 - 2x + 3 funksiyaning grafigi y = x
2 parabolani bir
birlik o'ngga va ikki birlik yuqoriga siljitish natijasida hosil qilingan parabola
bo'ladi.
Dоskа-stеnd — mаshg‘ulоtlаrdа o‘quv munоzаrаlаri, аqliy hujum, guruh
ishlаri vа bоshqа muhоkаmаlаr nаtijаlаrini hujjаtlаshtirishdа fоydаlаnilаdigаn
o‘qitishning tеxnik vоsitаsidir. Bundа stеndgа o‘shа kаttаlikdаgi qоg‘оz
qo‘yilаdi vа ungа turli rаngdаgi hаmdа shаkldаgi kаrtоchkаlаr yopishtirilаdi.
Mаshg‘ulоt vаqtidа stеnddа mаzkur kаrtоchkаlаr yordаmidа sxеmаlаr,
tuzilmаlаr, shаrhlаr vа shu kаbilаrni tuzish mumkin. Dоskа-stеndning аfzаlligi
shundаki, undа kаrtоchkаlаr (sxеmаlаr, tuzilmаlаr, shаrhlаr vа hokazo)
jоylаshuvini xоhlаgаn vаqtdа o‘zgаrtirish imkоniyati mаvjud. Shuningdеk
dоskа–stеnd bilаn ishlаgаndа qisqа vаqt ichidа bаrchа tinglоvchilаrning fikr–
mulоhаzаlаri vа g‘оyalаrini qаmrаb оlish vа qаyd etish imkоniyatigа egа
bo‘linаdi.
O‘quv аuditоriyalаri uchun dоskаlаr tizimi
Page 14
14
2-bob. Matematikani o’qitishning an’anaviy vositalari
2.1§. Algebrani o’qitishda an’anaviy ta’lim vositalari
Eng asosiy vositalardan biri bu sinf dоskаsi – o‘quv mаtеriаlini vizuаl
nаmоyish qilishning аn‘аnаviy vа qulаy vоsitаsidir. Undаn o‘quv mаtеriаlining
аsоsiy tаyanch nuqtаlаrini bеlgilаshdа, yoki birоr nаrsаni tеz yozish lоzim
bo‘lgаndа fоydаlаnish judа qulаydir. Bundаn tаshqаri sinf dоskаsi tа‘lim
muаssаsаsining hаr bir o‘quv xоnаsidа mаvjuddir.
Kаmchiligi: yangi mаtеriаlni tushuntirish uchun dоskаdа yozilgаnlаrni
o‘chirishgа to‘g‘ri kеlаdi vа аvvаl yozilgаnlаrni qаytа ko‘rsаtish imkоni
bo‘lmаydi.Bundаn tаshqаri o‘qituvchi dоskаgа hоlаtdа bo‘lаdi vа uni eshitish
qiyin bo‘lаdi.
Algebrani ananaviy o‘qitishda o‘qituvchiga doska, bo‘r yetarli bo‘ladi,
lekin biz bilamizki, har qanday maktab yoshidagi bolaning diqqat e‘tiborini
ko‘pi bilan 20 daqiqagina jalb etish mumkin. Bu qisqa vaqt ichida o‘quvchiga
kerakli ma‘lumotlar yetkazilishi lozim bu esa har qanday pedagokdan katta
mahorat talab qiladi. Algebraning ba‘zi mavzulari uchun jumladan:
trigonometriya, funksiya tushunchasi kiritilayotgan vaqtda an‘anaviy ta‘lim
vositalarining o‘zi kamlik qiladi, bu mavzularni maxsus ko‘rgazmali qurollar
yordamidan foydalangan holda o‘quvchilarga yetkazib berish maqsadga
muvofiqdir. Masalan proektor yordamida berilgan funksiyaning grafigini
Page 15
15
namoyish qilish orqali ushbu funksiyaga oid boshqa tushunchalarni ham izohlab
ketish mumkin.
Dоskа–blоknоt — bu vаrаqаlаnаdigаn qоg‘оzli dоskа bo‘lib, ungа
mаrkеr bilаn yozilаdi. U turli muhоkаmаlаr yakunlаri vа nаtijаlаrni yaqqоl
nаmоyish etishdа hаmdа eng muhim аhbоrоtlаrni qаyd etishdа qo‘llаnilаdi.
Uning аfzаlligi shundаki, hоhlаgаn vаqtdа оldingi yozilgаnni qo‘yish hаm
mumkin.
Dоskа–blоknоt
Pedagogik texnalogiyalarni ham o‘qituvchi uchun ta‘lim vositasi sifatida
qarash mumkin.quyidagi jadvalda shunday texnalogiyalardan biri keltirilgan.
Page 16
16
Matematika darslarida pedagogik texnologiyalar va ulardan ta‘limda
foydalanish.
№ MAVZULAR
Ma‘
ruza
Am
aliy
ot
Sem
inar
Lab
arat
ori
ya
Jam
i
1
1.
Pedagogik texnologiya
tushunchasi, uning
ta‘riflari va metodikadan
farqi.
2 - - - 2
2
2.
Pedagogik texnologiya
turlari va dars modullari. 2 - - - 2
3
3.
O‘quv fanlari misolida
darslar mazmuni va
jarayoni modullarini
belgilash mashqlari.
- 2 - - 2
4
4.
Interfaol ta‘lim, uning
shakllari va
ishtirokchilari.
22 - - - 2
5
5.
Interfaol ta‘lim shakllarini
amalda qo‘llash
mashqlari.
- 4 - - 4
6
6.
Muammoli ta‘lim
texnologiyasi asoslari. 2 - - - 2
7
7.
Muammoli ta‘lim
mashg`ulotlarini tashkil
etish va boshqarish.
- 2 - - 2
8
8.
Tinglovchilarning turli
pedagogik texnologiyalar
bo‘yicha dars
ishlanmalari taqdimoti.
- 2 - - 2
Jami: 8 10 - - 18
Page 17
17
2.2§. Geometriyani o’qitishda an’anaviy talim vositalari
Asboblar, uskunalar, jadvallar, chizg‘ich, sirkul, doska, bo‘r, transporter,
darslik.
Geometriya fani o‘quvchilar uchun biroz murakkablikni keltirib chiqarishi
mumkin. Shu sabab texnik vositalardan foydalanish har bir o‗quvchiga
individual yondashuvni ta‘minlashi va turli darajadagi murakkablikka ega
topshiriqlarni ishlab chiqish, individual qobiliyati hamda tayyorgarligiga qarab
bir dars doirasida turli o‗quvchilarga taklif etishni ta‘minlashi mumkin bo‗ladi.
Shuni ta‘kidlaymizki, ―Oliy matematika‖ fani oliy ta‘limda asosiy tayanch fan
ekanligi, uning bo‘limlari ehtimollar nazariyasi va matematik statistika,
informatika, chiziqli va nochiziqli dasturlash, makro va mikro iqtisod,
ekonometriya, iqtisodiy tahlil, moliyaning miqdoriy metodlari, logistika va
boshqa fanlarning asosiy bilimlarini egallashda muhim qurol sifatida ishlatilishi
e‘tiborga olinadi. Ananaviy metodlarning ibtidosini ilk falsafiy va pedagogik
tizimlar tashkil etadi hozirgi davrda ulardan 5 tasi inobatga olinadi: amaliy,
ko‘rgazmali, ifodali, kitob bilan, video darslik.
Matematika darsining o‗ziga xos tomonlari, eng avvalo, bu o‗quv
predmetining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bu xususiyatdan biri shundan
iboratki, unda arifmetik material bilan bir vaqtda algebra va geometriya
elementlari ham o‗rganiladi. Talabalarning psixologik imkoniyatlari va o‘qish-
o‘zlashtirish faoliyati natijalari o‘zaro bir-biriga doimo mos kelavermaydi,
shuning uchun psixologik imkoniyat va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari natijalari
sistemali ravishda hisobga olib boorishi zaruriyati tug‘iladi. Ayni mana shu
borada AQSh ta‘lim tizimida olib borilayotgan izlanishlar ijobiy natija
bermoqda.Bunda mutahassislar tomonidan tuzilgan mahsus testlar yordamida
talabalarni quyidagi guruhlarga ajratishadi.
Vizual talaba-ko‘rish orqali malumotlarni samarali qabul qiladi
Audial talaba –eshitish orqali
Reflektor qobiliyatli talaba –tahlil qilish,tajriba,soolishtirish orqali
Page 18
18
Introvert talaba –kam muloqot qiladi ,energiyasi ichida bo‘ladi chuqur
o‘ylab tez o‘zlashtiradi
Exstrovert talaba –ko‘p gapiradi ,tinmay energiya sarflaydi bir joyda tura
olmaydi.
Endi ―Geometriya‖ fanining ―Fazoda tekislik tenglamalari‖ amaliy
mashg‘ulot darsida ilg‗or pedagogik texnologiyalarni qo‗llab, o‗qitish-o‗rgatish
haqida fikr yuritamiz.
Mavzu: Fazoda tekislik tenglamalari
Vaqti 2 soat Talabalar soni: 25 nafardan oshmasligi
Kerak
O‘quv mashg‗uloti
shakli
Individual topshiriqlarni bajarishga
asoslangan amaliy mashg‗ulo
Mashg‗ulot rejasi 1. Fazoda Dekart koordinatlar sistemasi va
asosiy masalalarпф oid misollar iechish.
2. Berilgan nuqtadan o‘tib, berilgan
vektorga perpendikulyar bo‘lgan tekislik
tenglamasini muayan misollarda chiqarish.
3. Tekislikning umumiy tenglamasi va
uning xususiy hollariga misollar iechish.
5. Tekislikning kesmalar bo‘yicha
tenglamasiga doir misollar iechish .
6. Berilgan uchta nuqtalardan o‘tuvchi
tekislik tenglamasiga oid misollar iechish
Asosiy tushuncha va
atamalar
Fazoda nuqtaning o‗rni, aplikata,
oktantlar, koordinat tekisliklari, ikki nuqta
orasidagi masofa, kesmani berilgan
nisbatda bo‗lish, sirt va uning tenglamasi,
sirtning tartibi, sferik sirt, fazoda tekislik,
normal vektor, tekislikning umumiy
Page 19
19
tenglamasi, tekislikning kesmalar bo‗yicha
tenglamasi, berilgan uchta nuqtadan
o‗tuvchi tekislik, ikki tekislik orasidagi
burchak, nuqtadan tekislikkacha bo‗lgan
masofa, ikki tekislikning parallelligi va
perpendikulyarligi.
Amaliy
mashg‗ulotining
maqsadi
Fazoda tekislik tenglamalari haqidagi
bilimlarni mustahkamlash va ularni
chuqurlashtirish..
Pedagogik vazifalar O‗quv faoliyati natijalari
1.Mavzu bo‘yicha
bilimlarni
tizimlashtirish,
mustahkamlash.
2.O‘quv materiallari
bilan ishlash
ko‘nikmalarini
hosil qilish.
3. Fazoda Dekart
koordinatlar
sistemasi va
asosiy masalalarga
oid misollar iechish.
4. Berilgan nuqtadan
o‘tib, berilgan
vektorga
perpendikulyar
bo‘lgan tekislik
tenglamasini muayan
1.Fazoda Dekart koordinatlar sistemasi va
asosiy masalalarga oid misollar iecha
bilish.
2. Berilgan nuqtadan o‘tib, berilgan
vektorga perpendikulyar bo‘lgan tekislik
tenglamasini muayan misollarda chiqa bilish.
3. Tekislikning umumiy tenglamasi va
uning xususiy hollariga misollar iechni
bilish.
4.Tekislikning kesmalar bo‘yicha
tenglamasiga doir misollar iecha bilish .
5. Berilgan uchta nuqtalardan o‘tuvchi
tekislik tenglamasiga oid misollar iechni
bilish.
Page 20
20
misollarda chiqarish.
5. Tekislikning
umumiy tenglamasi
va
uning xususiy
hollariga misollar
iechish.
6. Tekislikning
kesmalar bo‘yicha
tenglamasiga doir
misollar iechish .
7. Berilgan uchta
nuqtalardan o‘tuvchi
tekislik tenglamasiga
oid misollar iechish.
Ta‘lim usuli va
texnikasi
Amaliy mashg‗uloti, tezkor-so‗rov, aqliy
hujum, pinbord, suhbat, munozara, insert.
Ta‘lim shakli Frontal, jamoaviy(guruhli).
Ta‘lim vositalari Ma‘ruza matni, amaliy mashg‗ulot
bo‗yicha o‗quv materiallari, proektor,
axborot texnologiylari vositalari.
Ta‘lim berish sharoiti Maxsus texnika vositalari bilan
jihozlangan, guruhli shaklda ishlashga
mo‗ljallangan auditoriya
Manitoring va
baholash
Og‗zaki so‗rov, kuzatish, test.
Oliy ta‘limning asosiy vazifalariga ko‘ra talabalarni yuksak ko‘rsatkichli
ta‘limni ta‘minlash va DTS ga muvofiq ravishda xozirgi zamon ta‘limiy va
kasbiy dasturlar asosida malakali kadrlar tayyorlash,hamda jamiyat talablariga
Page 21
21
javob beradigan, mamlakatning iqtisodiy siyosiy sotsial taraqqiyotiga munosib
hissa qo‘sha oladigan yoshlarni tarbiyalash lozim,zamonaviy fan texnika
texnologiya va madaniyat yutuqlariga asoslangan holda matematika o‘qitishni
tashkil etish lozim.
Page 22
22
3-bob. Matematikani o’qitishda innovatsion ta’lim vositalari
3.1§. Algebra o’qitishda innovatsion ta’lim vositalari
EHM — Elektron Hisoblash Mashinalari. Hozirgi kunda matematikani
o‘qitishni tashkil etishni innovatsion yo‘llaridan biri masofaviy ta‘lim .
Masofaviy ta‘limni tashkil etish vositalari quyidagilardan iborat mahsus
ekran va proektor Internet brauzeri va online video, shular orqali biror bir
oldindan tan-langan mavzuni masofadan turib orgatish mumkin bu asosan
videokonfernsiya orqali amalga oshiriladi .
Matematikani o‗qitishda masalalar markaziy rol o‗ynaydi va o‗quv
jarayonining ham vositasi, ham maqsadi sifatida e‘tirof etilishi mumkin.
O‗quvchi nuqtai nazaridan masala ta‘limning maqsadidir, chunki u masala
yechilishini daftarga qayd etish, natijani olish va uni to‗g‗riligini tekshirish kabi
tushuniladi. O‗qituvchi nuqtai nazardan masala o‗qitish vositasi hisoblanadi. U
―ma‘lum bir matematik nazariyani shakllantirishga yordam beradigan natijalarni
olish‖ uchun masalani tavsiya etadi. Mazkur holatda matematikani ―masalalar –
nazariya – masalalar‖ sxemasi bo‗yicha o‗qitish haqida gapirish lozim.
A.A.Stolyar masalalarni shakllantirishda nomatematik sohada yuzaga kelgan
muammoli vaziyatlardan kelib chiqishni va ulardan mos masalalarni
shakllantirish zarurligini ta‘kidlaydi. Maqsad bunday masalalarni matematik
vositalar yordamida yechishda berilgan ma‘lumotlarning yetishmasligi, bu esa
Page 23
23
nazariyani chuqurroq o‗rganish lozimligi kabi faktlarni o‗rnatishga olib keladi.
Nazariy materiallarni qayta ishlash yana masalalar (matematik va amaliy) orqali
amalga oshiriladi. Masalalarning ko‗p xilliligi ularni ma‘lum tanlangan
asoslarga ko‗ra klassifikatsiyalash ehtiyojini keltirib chiqaradi. Bunday asoslar
didaktik maqsadlar, bajaruvchi vazifalari, tuzi-lishlari, yechilish usullari va
boshqalar bo‗lishi mumkin. Matematikani o‗qitish jarayonida masalalar
quyidagi didaktik maqsadlarga xizmat qiladi:
1. Matematikani o‗rganishga qiziqishni orttiradi;
2. O‗rganiluvchi tushunchalar hamda harakatlar uslublarining
propedevtikasini yaratadi;
3. Nazariy materiallarni (o‗rgatuvchi masalalar) ni o‗zlashtirishga yordam
beradi;
4. Asosiy tipdagi masalalar (mashqlantiruvchi masalalar) ni yechish
ko‗nikmalarini shakllantiradi;
5. Intelllektni, dunyoqarashni, ma‘naviy sifatlarni (rivojlantiruvchi
masalalar) rivojlantirishga yordam beradi.
Yuqorida ko‗rsatilgan didaktik maqsadlarni amalga oshirish butun
ta‘limning maqsadiga erishish imkonini beradi. Jumladan, ma‘lum tipdagi
masalalar ta‘limning alohida maqsadlariga erishishga yordam beradi.
Page 24
24
3.2§. Geometriyani o’qitishning innovatsion vositalari
Geometriyani o‘qitish jarayoni algebrani o‘qitishdan bir muncha farq
qila-di.Geometriyada adabiyotlar bilan ishlash ko‗nikma va malakalarini
shakllantirish mashg`ulоtlarda kоmpyutеrli, infоrmatsiоn va bоshqa zamоnaviy
o‘qitish tехnоlоgiyalari, pеdagоgik vaziyatlarni mоdеllashtirish, pеdagоgik
mazmundagi amaliy (rоlli) o‘yinlar, o‘quv – tadqikоtchilik va rеfеrat
tоpshiriqlarni bajarish qo‘llaniladi. Bundan tashqari psiхоlоgо-pеdagоgik fanlar
bo‘yicha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ma‘ruza matnlari ―Pеdagоgik
tехnоlоgiyalar‖ faniga tеgishli bo‘lgan tarqatma matеriallar, EHM, o‘qitish
ko‘rgazmalari (plakat, jadval, diagrammalar) va tехnik vоsitalaridan
fоydalaniladi.
Aytaylik, vertikal to'g'ri chiziq markazi O nuqtada va radiusi 1 ga teng
bo'lgan aylanaga P nuqtada urinsin .
Page 25
25
Bu to'g'ri chiziqni boshi P nuqtada bo'lgan son o'qi deb, yuqoriga
yo'nalishni esa to'g'ri chiziqdagi musbat yo'nalish deb hisoblaymiz. Son o'qida
uzunlik birligi sifatida aylananing radiusini olamiz. To'g'ri chiziqda bir nechta
nuqtani belgilaylik: .
( — taqriban 3,14 ga teng bo'lgan irratsional son ekanligini eslatib
o'tamiz). Bu to'g'ri chiziqni aylanadagi P nuqtaga mahkamlangan
cho'zilmaydigan ip sifatida tasavvur qilib, uni fikran aylanaga o'ray boshlaymiz.
Bunda son (o'qining) to'g'ri chizig'ining, masalan, koordinatali
nuqtalari aylananing, mos ravishda, shunday M1, M2, M3, M4 nuqtalariga
o'tadiki, PM1 yoyning uzunligi 1 ga teng, PM2 yoyning uzunligi ga teng va
hokazo bo'ladi. Shunday qilib, to'g'ri chiziqning har bir nuqtasiga aylananing
biror nuqtasi mos mos qo’yiladi.
Page 26
26
Xulosa
Men ushbu kurs ishimda ta‘lim jarayonini tashkil etishdagi ta‘lim
vositalarining o‘rni va ro‘li haqida fikr yuritdim.Sifatli ta‘lim olish uchun ta‘lim
vositalarining ahamiyati katta.Xalqimizda ajoyib naql bor ―Ish quroling soz
bo‘lsa,mashaqqating oz bo‘lur ‖.Rivojlanib borayotgan texnikalashuv
sharayotida,albatta ta‘lim vositalari ham yangilashib borishi tabiiy.Kurs ishida
nomlari keltirilgan zamonaviy ta‘lim vositalaridan kelajakda akadamik litsey
maktab va oily o‘quv yurtlarida foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi va
yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Ta‘lim maqsadlari, uning mazmuni, o‗qitish va ta‘lim berish usullari,
nazorat va natijalarni baholashni o‗zaro bog‗liklikda loyihalash ko‗pincha
an‘anaviy o‗quv jarayonida yetishmaydigan narsadir. Jaxon pedagogika fani
ilmiy – texnika taraqqiyoti ta‘sirini boshdan kechirib, psixologiya, kibernetika,
tizimlar nazariyasi, boshqaruv nazariyasi va boshqa fanlar yutuqlarini
birlashtirib, hozirgi davrda faol yangilanish (innovatsiya) jarayonlari bosqichida
turar ekan, inson imkoniyatlarini samarali rivojlantirish amaliyotiga boy mahsul
bermoqda. Pedagogik texnologiya usullari dastlab o‗qitishning harakatini
namunaviy vaziyatdagi belgilangan qoida bo‗yicha o‗zlashtirish talab etiladigan
mahsuldor darajasi uchun ishlab chiqilgan. Mahsuldor ta‘lim har qanday
ta‘limning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanib, u insoniyat jamg‗argan tajribani
aniq o‗quv fani doirasida o‗zlashtirish bilan bog‗liq.
1997-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim
to‘g‘risida‖gi qonuni va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ milliy ta‘lim
taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi istiqbollarini belgilovchi xujjat
sifatida bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr boshlanishiga
zamin yaratdi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosiy vazifalaridan biri bu
ta‘lim jarayonidagi sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ya‘ni jahon andozalariga
mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashdir.
Ushbu murakkab muammolarni yechimini topib, ularni amalda keng qo‘llash
oliy ta‘lim tizimi xodimlari oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. Bunda aniq
Page 27
27
vazifalar sifatida bevosita o‘quv jarayonini yaxshilash, o‘quv dasturlarini yanada
takomillashtirish, o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amalga
joriy qilish, texnik vositalaridan keng foydalanish va shu asosda masofadan
o‘qitishni keng joriy qilishdan iboratdir. Masofaviy ta‘limni tashkil etish
natijasida ta‘lim olish jarayonini qulaylashtirish imkoni tug‘iladi. Kurs ishidan
ko‘zlangan maqsad ta‘lim jarayonini tashkil etishda foydalaniluvchi vositalar
haqida malumot berish edi.
O‘sib kelayotgan yosh avlodni yetuk ma‘naviyatli, bilimli, malakali kadr
etib tarbiyalash har bir pedagogning asosiy vazifasidir va bu ishlarni biz ham
munosib ravishda amalga oshirilishiga o‘z hissamizni qo‘shishga harakat
qilamiz.
Page 28
28
Lug’at
O‘zbek Ingliz Rus
Adab Breeding Воспитанност
Ahamiyat Significance Важностъ
Ajoyib Astonishing Удивителъны
Akademiya Academy Akadeми
Aks holda Other wise Наоборот
Aksioma Axiom Аkсиома
Aktuallik Actuality Аkтуалъностъ
Algebra Algebra Алгебра
Aloqa Reletion Связъ
Aniq Exat Ясный
Aql Mind Разум
Axborot Repor Известния
Baho Prise Цена, стоимост
Bajarmoq Carry out Исполнятъ
Ball Unit off measure Балл
Bandlik Busy Занятый
Berilgan Given Преданный
Bilag‘on Learned Разг
Bilim Knowledge Знание
Bilimdon Learned Знаток, знающий
Bo‘lajak A future Будущий
Bola Child Дитя
Boshlang‘ich Initia Начальный
Boshqotirma Puzzle
Daftar Writing Тетрадъ
Daraja Degree Степень
Davriy Periodical Циkличный
Diqqat e‘tibor Attention Внимание
Dolzarb Culmination Кульминация
Dunyoqarash World wiew Мировоззрение
E‘lon Advertisement Обьявление
Egallamoq Takepossession Занимат
Ekran Movie screen Экран
Page 29
29
Electron Electron Вычислительная
Erishmoq Get Достигат
Eski Old, ragged Старый
Fan Science, subject Наука
Faoliyat Activity Деятелъностъ
Faoliyat Activity Деятельность
Foydalanmoq Use, advantage, Пользоваться
Grafik Graphic Графиk
Hajm Size Ёмкость
Hamkorlik Coexistence Содружество
Ijodkor Creator Творец
Ilg‘or Advance-guard Прогрессивный
Imtiyoz Privilege Привилегия
Intilish Aspiration Стремление
Isbot Proof Доказательство
Islohot Reform Реформа
Iste‘dot Ability Способность
Ixtiro Invention Изобретение
Izoh Explanation, elucidation Разьяснение
Jamoa Community Общество
Jarayon Process Процесс
Kashfiyot Discoveries Открытия
Kelajak Future Будущее
Ko‘nikma Habit, practice, custom Навык
Ko‘rgazma Exhibition Выставка
Loyiha
Project, design,
undertaking Проект
Mahorat Craftsmanship, art Высокое
Malaka Habit, skill Квалификация
Maqsad Aim, goal, object Намерение
Masofa Distance Расстояние
Muvaffaqiyat Serccess, goodluck Успех
Natija Result, outcome Результат
O‘zgarish Change Перемена изменение
Ommalashtirmoq Popularize Попульярным
Page 30
30
Qo‘llanma Manual Пособие
Qobiliyat Capability Одарѐнный
Raqobat Competition, rivalry Конкуренсия
Sezgi Feeling, sense Чуство
Sharoit Condition Условия
Ta‘lim Education, teaching Учѐба
Ta‘rif Definition, description Описание
Tabaqa Estate, stratum Створка
Tajriba Ezperiment, test Эксперимент
Takomillashtirmoq Perfecting, developing Совершенствоваться
Talab Demand, reduirement Требование
Tayyorgarlik Preparation Подготовка
Tekshirish Verification, checkup Проверка
Vosita
Instrument, implement,
means Средство
Yaratmoq Compose, create Создовать
Zamonaviy Contemporary, modern Современный
Page 31
31
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. O‘zbekiston respublikasi ―Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun‖.
2. Karimov I.A. ―Asosiy vazifamiz vatanimizning taraqiyoti va xalqimiz
farovonligini yanada yuksalyirish‖. Toshkent. O‗zbekiston. 2010 .
3. Karimov I.A. ―Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini
yuksaltirish, xalqimiz farovonligi oshirishga xizmat qiladi‖. Toshkent.
O‗zbekiston. 2011.
4. O‘zbekiston respublikasi ―Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun‖.
5. Karimov I.A. ―Asosiy vazifamiz vatanimizning taraqiyoti va xalqimiz
farovonligini yanada yuksalyirish‖. Toshkent. O‗zbekiston. 2010 .
6. Karimov I.A. ―Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini
yuksaltirish, xalqimiz farovonligi oshirishga xizmat qiladi‖. Toshkent.
O‗zbekiston. 2011.
7. Sh.Alinov,O.R.Xolmuhammedov,M.A.Mirzaxmedov. 9-―algebra‖ 2006-
yil
Internet manzillari
1. www.bilimdon.uz
2. uz.wikipedia.org
3. www.tdpu.uz
4. library.tuit.uz
5. www.study.uz
6. www.elearning.uz
7. www.pedagog.uz
8. www.metodist.ru
9. www.criticalthinking.org
10. http://www.psyfactor.org/lybr7.htm
11. http://www.anovikov.ru/artikle/problem.htm89
Page 32
32
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………….3
1 bob. Pedagogika nazariyasi va amaliyotida ta‘lim vositalari
muammolari……………………………………………………………………..7
1.1§. Ta‘lim vositasi tushunchasi……………………………………………...7
1.2§. Zamonaviy tailim vositalari……………………………..……………...10
2 bob. Matematikani o‘qitishda an‘anaviy ta‘lim vositalari………………..13
2.1§. Algebrani o‘qitishda an‘anaviy ta‘lim vositalari………………………13
2.2§. Geometriyani o‘qitishda an‘anaviy ta‘lim vositalari…………………..17
3 bob. Matematikani o‘qitishda innovatsion ta‘lim vositalari…………………22
3.1§. Algebrani o‘qitishda innovatsion ta‘lim vositalari……………………….22
3.2§. Geometriyani o‘qitishda innovatsion ta‘lim vositalari………………….24
Xulosa…………………………………………………………………………..26
Lug‘at…………………………………………………………………………..28
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………………31