Top Banner
 Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2 www.ziyouz.com  kutubxonasi 1 «Mushtum» kutubxonasi ANVAR OBIDJON BEZGAKSHAMOL-2  Hajviy hangomalar  «SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT — 2003 Tahrir hay’ati: Said AHMAD, Ne’mat AMINOV, Anvar OBIDJON, Bobur ALIMOV, Ahror AHMEDOV, Ashurali JO‘RAYEV, Hojiboy TOJIBOYEV, Rustam QOSIMOV, Husan SODIQOV. Mas’ul muharrir: Ashurali JO‘RAYEV Bugungi ilg‘or hajvchilarimiz qatorida turuvchi O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning mashhur Usta Gulmat tilidan yozgan g‘azallari ko‘p nusxada bir necha bor chop etilsa-da, kulgisevarlar tomonidan tezda talamon bo‘ldi ketdi. Ushbu to‘plamga devonavash Gulmatga chevara bo‘lmish Kulkuliy afandining shov-shuvli she’riy hangomalari jamlandi. U bobosining «Mushtum» kutubxonasi turkumidan 1985 yilda chop etilgan «Bezgakshamol» devoniga taqlid qilib, o‘z to‘plamini «Bezgakshamol-2» deb atagan. Ishonchimiz komilki, ushbu hajviy hangomalarni ham kulgidan simirib-simirib, yayrab-yayrab o‘qiysiz. Agar hozir do‘konda turgan bo‘lsangiz, sizga do‘stona maslahatimiz shunday: chapani og‘aynilaringizga sovg‘a qilish uchun bu tansiq kitobdan bir yo‘la ikki-uchtasini sotib olaqolganingiz ma’qul. Keyin attanglanib yurmang deymiz-da.
34

Anvar Obidjon Bezgakshamol-2 Lotin Ziyouz Com

Oct 08, 2015

Download

Documents

bezgak
Welcome message from author
This document is posted to help you gain knowledge. Please leave a comment to let me know what you think about it! Share it to your friends and learn new things together.
Transcript
  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 1

    Mushtum kutubxonasi

    ANVAR OBIDJON

    BEZGAKSHAMOL-2

    Hajviy hangomalar

    SHARQ NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI

    BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT 2003

    Tahrir hayati:

    Said AHMAD, Nemat AMINOV, Anvar OBIDJON, Bobur ALIMOV, Ahror AHMEDOV, Ashurali JORAYEV, Hojiboy TOJIBOYEV, Rustam QOSIMOV, Husan SODIQOV.

    Masul muharrir: Ashurali JORAYEV

    Bugungi ilgor hajvchilarimiz qatorida turuvchi Ozbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning

    mashhur Usta Gulmat tilidan yozgan gazallari kop nusxada bir necha bor chop etilsa-da, kulgisevarlar tomonidan tezda talamon boldi ketdi. Ushbu toplamga devonavash Gulmatga chevara bolmish Kulkuliy afandining shov-shuvli sheriy hangomalari jamlandi. U bobosining Mushtum kutubxonasi turkumidan 1985 yilda chop etilgan Bezgakshamol devoniga taqlid qilib, oz toplamini Bezgakshamol-2 deb atagan. Ishonchimiz komilki, ushbu hajviy hangomalarni ham kulgidan simirib-simirib, yayrab-yayrab oqiysiz.

    Agar hozir dokonda turgan bolsangiz, sizga dostona maslahatimiz shunday: chapani ogaynilaringizga sovga qilish uchun bu tansiq kitobdan bir yola ikki-uchtasini sotib olaqolganingiz maqul. Keyin attanglanib yurmang deymiz-da.

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 2

    GAZALSIMONLAR 1. Maqtanuvchan zor gazal Meningdek tashnabop shoir olmadek kamdir ayronda, Birov bunda haqiqiy dur, birovlar soxta marjonda. Moldan inson qilodir farq ot orniga gazal kavshab, Gazal tamin xushlamaslik fanda uchraydi hayvonda. Soliqbonlik edi kasbim, gazal bitmas edim, naylay, Bobom ruhi sachratib shavq tanam boylab suzar qonda. Bobom noskash edi mashxur, vale menga tabak manzur, Tabak ichra Kazbeki zor, tutatsang darding osmonda. Bobong kimdir demas nazmiy quduqda gavvos olgonlar, Alar Gulmat yoyin sezgay Kulkuliycha bu paykonda. Kulkuliy Ikkinchi Gulmat, bobomni kim etsa hurmat, Qilib sherim gazak-sharbat, qimizdan tortsin ayvonda. 2. Shunchaki zor gazal Tojiqorin toyga kelar kindigini yalanglatib, Liko-liko qilib boshin, quymichini lapanglatib. Yelkada ton, ogzida nos, doppisi qoshin uchida, Kalishda tozon kotarib, ishtonbogin salanglatib. Otib yalangdan toriga, chikdi gijirloq soriga, Oxshata burnin moriga, qildi duo jaranglatib. Juvonlara bir qarasa, qozonlara uch qaragay, Soatdagi mushuk misol kozin alang-jalanglatib. Bir lunjiga qazi solib, bir lunjiga tiqdi patir, Kemirdi borin boricha sheriklarin garanglatib. Qoldirdi Kulkulga ushoq dasturxonni garot qilib, Bokkanicha ketdi arang nimanidir varanglatib. 3. Taklifli zor gazal Kel, soqovdek turma, sayrona bolaylik, Bir-birovga shamu parvona bolaylik.

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 3

    Notaruslab ovropaviy nikoh-hujjat, Mullaga song borib sharqona bolaylik. Jadal ishlab chiqarmak-chun bola-baqra, Ikkimiz zor qoshma korxona bolaylik. Tijoriy sayr etib Istambulu Tehron, Bozorlarda umri kayfona bolaylik. Kelsa omad birga yashnab, kjsalib juft, Ketsa omad birga vayrona bolaylik. Boldi ertak birlashib Farhodu Shirin, Janna-Kulkul bolib, afsona bolaylik. 4. Zamonaviy zor gazal E botakoz, qonding xayolga mana qushdek, Sherimni duchor aylayin senga yana mushtdek. Sherimni qoyib modalar elonini yodlab, Jonimni jigin qirqma tobora janaqushdek1. Tomda mushuk ingrasa bil holim chatoqdir, Men ham xayolingga qonay goh chala tushdek. Rostini ayt, nega meni korganda doim Metroga qochib berkinadursan kalamushdek? Uzro esang Vomiq bolay, kinoga kirsang Tikongni qoriqlay osha polvon Siyovushdek. Sher-xat bitib Kulkul sekin somkangga tikdim, Somkang ichida ketdi figonim lashu-lushdek.

    5. Garangsiragan zor gazal Sevdim Fotima-Zuhrani vo unisi! Vo bunisi! Zora yonib sevsa meni ho unisi, ho bunisi. Otsa ikovlon kochadin ikki kozim tarqoqlanib, Oh uraman jalang-julang: O, unisi! O, bunisi!

    1 Janakush yopiladigan pichoqcha.

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 4

    Mori-mori tabak chekib ishq yolida yutsam zahar, Men zorini aylar mazah go unisi, go bunisi. Kutsam etak opmoq uchun, otgay etak changin qoqib, Goyoki men paskash gado, sho unisi, sho bunisi. Qaysi birin chin sevasan deydi kuyib sodda onam, Dilga axir birvarakay jo unisi, jo bunisi. Ikkovining felin sinab bildim aniq, Kulkulmamat, Oldiradir bir kun meni yo unisi, yo bunisi. 6. Ezgin zor gazal Sevgi dardi meni uyga qoydi paqqos kommalab, Ziyon kordim dokonimni ocholmay kop sommalab. Qaydanam shum balobozga duch kelibman bemaxal, Titki-pitki qildi bagrimni kozida bombalab. Lolman unga magar men zulm etmasam-da bir gramm, Nega ustimga jafolar yogdirodir tonnalab? Zoraki sher-tuzogimga silovsindek suqsa bosh, Moylovim yo butoq aylab otsa qushdek qonmalab. Unga bir tanbeh berarga shaymanu, lek qorqaman, Yurodir tyg tirnogini egov birla yonmalab. Uchrashib mirshabga, Kulkul, boshga yor xavf solgonin Arzlanib aytsammi yoki shartta londa-londalab? 7. Mavsumiy zor gazal Mana keldim yoningga, yor, yigirmatta urib bodring, Quvonching men uchunmu yo tugunchamda korib bodring? Ana taajjub, ana hayrat tugunni teshgudek turtib, Talpinodir sen tomonga mendan oldin yurib bodring. Takosin tark etib echking kelur barra pochoq istab, Choloq-shabkor iting hatto tilar mendan hurib bodring. Soddalar qiz dilin ovlar tutib oltin uzuk-baldoq, Meningdek serfahmlar lek aylagay rom berib bodring.

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 5

    Bu yil, e yor, toyga taxtman, hosilu ham daromad mol, Shorim qurgon edi bultur ertaroq sal qurib bodring. Kelib omad takdiring gar qoshilsa mard Kulkuliyga, Otar umring farogatda chopib, gonglab, terib bodring. 8. Girt zor gazal Zuhrani pakka deb chopsak, menga Tohir yetolmaydi, Bibini deb kasallandim, bibi hatto yotalmaydi. Qancha sevsam shuncha ichdim, yana sevdim, yana ichdim, Bundan ortiqroq sevishni arganizm kotarmaydi. Majaq-maymoq xayoldan gum bolib bosh har kuyga tushdim, Yigitni qiz buzar shayton uncha yolddn chiqarmaydi. Nuqub koksimga qargandi chayondan yor bolib battar, Chayon oz oshigin yeydi, koksidan lek itarmaydi. Sevib toxtamga keldimki zoti sal sust qizni soysang, Pastliging hech ozarmaydi, izzating ham koparmaydi. Ayo Kulkul, borib nazming oqi oddiy odamlarga, Kuning qolsa daholarga bitta shering kokarmaydi. 9. Toydagi zor gazal Demang toyda kelin zebo otirgonlar orosinda, Bolak bir qiz biza shaydo otirgonlar orosinda. Kuyovga biz kuyovortoq, kelinga u kelinsepchi, Gulmiz ajriq ichra goyo otirgonlar orosinda. Biri oynab, biri esnab, yemas avqot satang qizlar, U qiz xor-xor ichar shorvo otirgonlar orosinda. Sevdigimning qadi shampon, yonida men pepsikola, Akang shumshuk, u tamanno otirgonlar orosinda. Yuzi bolichkayu labi xorozqand, gajjagi pashmak, Ozi toqson kilo holvo otirgonlar orosinda. Hama joyda hama shoir hama qizga yoqar, Kulkul, Meni sevgon umas tanho otirgonlar orosinda.

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 6

    10. Kayfbaxsh zor gazal E qaqa qiz, qiypanglama, kimga kerak gamzalaring, Qiypanglatib vino uzat Chashma, Kagor, Gimzalaring. Bolsin desang oliy bazm tolguncha quy, toshguncha quy, Bobovga ber qandu asal, chuchvarayu somsalaring. Kelsa sharob yoningdaman, begonaman ketsa sharob, Yangicha oshiqman galat, qotsa qotar ensalaring. Agdaradur tegsa shamol shalviragan jussang dema, Kayfimda duch kelsa agar yakson bolar ninzalaring. May beru song javramagil qaylarda sangiysan debon, Bir tosh axir mastlik chogim Bishkek, Boku, Penzalaring. Dil xumiga ilhom-sharob tolganda sher bitsamki, bil, Bas kela bilmas Kulkula Hamzatovu Hamzalaring. 11. Qishloqona zor gazal Muqom qildi soy boyinda qoqigul, Soqqa boydoq, bellari oynoqi gul. Boshqa gullar sirlashurlar juft bolib, Oynashi yoq birgina shu toqi gul. Sargayib turmay yetiltir tozgoging, Oqbadanlar ichra bol eng oqi, gul. Qol uzatsam nega barging siltading, Dog dilimning oshdi battar dogi, gul. Izlayursan balki donoroq oshiq, Bu oramda ozimman eng sogi, gul. Shahar ketsam Romashka kop Kulkula, Kunim senga qolmas, e qishloqi gul. 12. Ogitli zor gazal Mardga mehring bas qilma otar-ketar dunyoda, Nomardlarga arz qilma otar-ketar dunyoda.

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 7

    Minnatsiz qoq non qoygan Nor yoqsilning poyin op, Boyga burning past qilma otar-ketar dunyoda. Xomush tursa Xol piyon, yaxshilik qil, vino ber, Lek ozingni mast qilma otar-ketar dunyoda. Itfel Yormat xasisdan sorab yurma sigaret, Qiymatingni xas qilma otar-ketar dunyoda. Pochtachidek yetkazma Eshmat sozin Toshmatga, Giybatlanib sas qilma otar-ketar dunyoda. Ey Kulkul, sher daftaring chetin yesa yer sichqon, Kichiklarga qasd qilma otar-ketar dunyoda. 13. Tantanavor zor gazal Kelodir kokragin elab bayramda yurgon dombogim, Orqa etaklarin silab bayramda yurgon dombogim. Qorqadurman bugun bexos poson moylovni kuydirgay, Dilga golaxdek ot qalab bayramda yurgon dombogim. Qiyo boqmas pul uzatsam gadolar ergashib unga, Otar bir noz-la haq tolab bayramda yurgon dombogim. Kissavurlar u yonimdan qochar hamyonimni talab, Bu yondan jonimni talab bayramda yurgon dombogim. Balki ishqimda yongandir, sovutdi oz-ozin asta, Muzqaymoqqa barmoq bulab bayramda yurgon dombogim. Payqadimki ado qilgay meni ham bir kuni, Kulkul, Muzqaymoqdek yalab-yalab bayramda yurgon dombogim. 14. Korkorona zor gazal Ogrir oyogim dardi ishq tizzada markazlashib, Yozmasam bolmas qoyib oshpazligim, sherpazlashib. Pulla, ey gazmolsotar, gazchopda olchab gazmoling, Men sotay dil gazzagini misralar gaz-gazlashib. Gam chekib el ishqida okransa yot shoir agar, Sizga men xongray suluvlar jabridan bir vazlashib

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 8

    Jazzava tutgancha yor yursa tushibon jazda raqs, Jazmanin joni buyokda jizzadir jaz-jazlashib. Choldagi yulgun misol soldim uni suygan sayin, Suymasam yurgay edim men ham qorin gumbazlashib. Kulkul afandi sevdiki, xoshshayma yor, sen ham sev, Sevmasang rasvo bolodir sherlarim pirkazlashib. 15. Nosqovoqbop zor gazal Gohida qolmay tabak kiftladim oz-oz nos, Bir-biridan otkiru xushtamu soz-soz nos. Aynidi konglim picha kayf urib, bosh aylanib, Chot kerib bosdim qadam, ayladi goz-goz nos. Bilmadim balki boshim qildi nosga ishva yo, Raqs etib boshim ichinda qildi yo noz-noz nos. Der tabib: Badboy dimog tushlaring algovlatur, Ki etur sog bandani tentagu vos-vos nos. Tursa Kazbek haykali Ikkinchi Gulmat qalbida, Qistadi Gulmat Birinchi: E bolam, yoz-yoz nos! 16. Dod-voyli zor gazal Qochdi dondiq men faqirni ortidan hak-haklatib, Kozlarim yoshini suzma singari chak-chaklatib. Ahli erkak joniga qasdlar qomondoni bolib, Tortdi ustimga balolar askarin lak-laklatib. Men okinch dashtida bozlab misli gijjak yiglasam, Bogda u ayshin surodir doyrasin bak-baklatib. Barchinoy Alpomishin asrasa, ul rahmi yoq Ezgilab otdi jigarni toflisin tak-taklatib. Qaydadir ul maysaqoshim, labi goyo shordanak, Maqtayin kipriklarini bittalab yak-yaklatib. Xalqaro mavzu qolib, borsam-da ishqiy sher toqib, Xdydadi Kulkulmamatni itlarin vak-vaklatib.

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 9

    17. Ochiqchasiga zor gazal Borini qonxor demanglar, olmasiga qon kerak, Katta toshning ostida ming mayda tosh qurbon kerak. Yurmangiz behuda qargab, borilik oson emas, Bori bolmoqqa temir tish ham polatdan jon kerak. Sherxonu yolbarslar ichra borilik qilmoq ogir, Shu zayl kun korsa odam, yuztalab ishton kerak. Saqlagaydir toza iymon yerda odam naslini, Boricha davron surarga boricha vijdon kerak. Esla odamliging Kulkul goh korib hayvon zotin, Oz-ozin tanirga inson gohida hayvon kerak. 18. Doglangan zor gazal Bandilikka meni tashlab ozodligingdan dogman, Yotibman yerbiring vayron, obodligingdan dogman. E parang qiz, otang birla onangga gar esang avlod, Makr bobida shaytonga ajdodligingdan dogman. Boshqalarga bolib malham Tez-iskoriy yordam misol, Ishq otimga pajarnikdek jalloddigingdan dogman. Ishqda Majnun mayor bolsa, sevgida men-ku palkovnik. Yefreytorfel bir satangga sallotligingdan dogman. Hislarim tirnabon behis, asab torimni oynaysan, Dutor topgan junsotardek bedodligingdan dogman. Qoyib qizga tuzoq, Kulkul, ozing, eh, har safar majruh, Olimdan qorqmagan botir sayyodligingdan dogman. 19. Sayohatli zor gazal Tog-dala kezmoq bolib, tashlab shahar qizlar bilan, Bir ozim chiqdim saylga on nafar qizlar bilan. Ozbegu uygur, qozogu tojigu turkman, oris, Qoraqalpogu karis, qirgiz, tatar qizlar bilan.

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 10

    Chuchmomo kavlab adirda, jarda quvlab qurbaqa, Qochdik ilondan shattalab novcha-pakar qizlar bilan. Song dala yalpizlarin hidlab faranglar atridek, Otquloq yeb ustiga sepdik shakar qizlar bilan. Dashtda bir tashlandiq uyni ayladik Super otel, Doyra bazmin qizdirib hufton qadar qizlar bilan. Kulkulmuhammad, shor qurib, qoldim-ku tomda dildirab, Uyda bir baxtli mushuk uxlab yotar qizlar bilan. 20. Attangli zor gazal Chiqqandi erdan sevgilim, boshqa merov oldi yana, Kirmadi bagrim qasriga, torgina uy soldi yana. Ajrashdiyu attoridan, dallolga kongil boyladi, Katta bir shoirni band etmakka uyoldi yana. Xappa yutardi yot ayol men kabi yumshoq luqmani, Vaslima parhezlanib nafsini tiyoldi yana. Bu buyuk foje magar, na unda ayb, na menda ayb, Muttaham takdir oyoqni orqadan choldi yana. Horigay oylab boshim, charchab yozarmon ong qolim, Soylabon ishq darsini nodonga jag toldi yana. Gulmat bobo, gar chevarang Kulkul afandi oh desa, Anglaki ozbek uchun bir zor gazal qoldi yana. 21. Qollanma zor gazal Joja shoir, endi pandimga toqat qil, Sozim umring xonishiga naqorat qil. Bu olamda xayol ashyo, yurak dastgoh, Dokondir bosh, yoyib fikring tijorat qil. Nazm chong mojiza, noyob, muqadadsdir, Nazm bitsang nasr birla taxorat qil. Kangul bir uy, agar shoir desang ozni, Oz uyingni ozing yondir va gorat qil.

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 11

    Xatoyimni qidirma gap titib, e bit, Xatomni ham ozingga sen mahorat qil. Kulkuliyga egilma, lek bilib maktab, Sherlarimni har kuni bir ziyorat qil. 22. Tortimli zor gazal Yusufdek men osal oshiq, Zulayhodek davo Kazbek, Okinganda tasallimdir, qoshiq aytsam navo Kazbek. Tamokini qilib malham, berur shoirga zor ilhom, Agar tanqidchi bir tortsa oldirur behavo Kazbek. Aylamish gurjilar yurtin Manguberdi nechuk ishgol, Nahot ul zotni ham etmish oziga muftalo Kazbek? Chekar ozbek, oris, ozar, balki hindu xabash, ingliz, BMTdan burun qurgan aloqa xalqaro Kazbek. Prima, Laykayu Shipka, Pamirlar oldi savdoda, Yashab kelmoqda Kent, Kamel, Hollivud, Xon aro Kazbek. Kulkuliydek ziyolilar tutatsa faxr etur yayrab, Yurislar ham chekib bazan bolur baxti qaro Kazbek. 23. Yangicha zor gazal Boqmasang yorim dilimga yoprilur jumboq, boq, Moltirab umring otodir nega beortoq toq? Qiynading yoshlik qilib bu shoiring shashlik qilib, Gar tanim tandirga tiqsang bolmagay andog dog. Tushmadim molu amal yo zebu ziynatga asir, Sevgiga taslim boloyin silkitib bayroq oq. Noraso bolsam ozing aylab rasoroq sev, axir Kashta tiksang gul chizib, bolgay-ku chit belbog bog. Quvnadim ishq zanjirin solsang-da joning sog korib, Qol ipingda misli qul mondi kozmunchoq choq. Quvdi yor galdirligimni Kulkuliyga es berib, Oqibat bolmish koringki shoiri nosog sog.

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 12

    24. Ijtimoiy zor gazal Kim Baqokal kabi ochchangal bolur, Savlati zor aqli ham sal-pal bolur. Har amalga ishqiboz, u loaqal Ikki yalqov uzra bosh tanbal bolur. Qaro konglin niqobi oq galstok, Feli isqirt, toni pok bahmal bolur. Burun tiqsa agar harbiy jabhaga, Bir askarga qalbaki genral bolur. Aytsa boshliq tonar hatto jinsidan, Kecha aygir, bugun u baytal bolur. Baqo sur bolmading, Kulkul, shukur qil, Tiyik nafsing senga zor haykal bolur. 25. Soqqabosh zor gazal Kipriging charxlanib shir-shir shu oqshom menga yoylansin, Menga oq tegsinu bunda, dushmanim unda voylansin. Tilim tinsin sokishlardan, dilim rom aylasin vasling, Uyimdan tarqatib zulmat yuzing korpamda oylansin. Xirom etsang qistiroyin hama maqtovni doppingga, Zanglagon bu kangul moydek sozingdan qayta moylansin. Ki barmoqda uzuk posbon, qulogingda sirga soqchi, Bebaho lablaring endi moylovim birla poylansin. Kozlaringdan kozlarimga hislaring chakkalab tomsin, Ikki zulfing ikki daryo bolib koksimda soylansin. Shirin avqot umid qilmay shirin yor orzula, Kulkul, Qari qirchangilikdin kech, yurakda tuygu toylansin. 26. Kechinmali zor gazal Demang kim u seni bejiz qiynadi, Bismillosiz tugilgon qiz qiynadi.

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 13

    Belimdan ushladi debdur chaqimchi, Uch akosi quvib giz-giz qiynadi. Otosi musht urib shildi jagimni, Onosi jagga bosib tuz qiynadi. Oposi bochkada muzqaymoq sotur, Tokib ichga bir hovuch muz qiynadi. Tagosidan sorab borsam himoyat, Quydirib gisht yozu to kuz qiynadi. Royishi bor ozga qiz top, Kulkuliy, Az-azal shoirni beyuz qiynadi. 27. Kutilmagan zor gazal Yaxshiga esh bolish sharti yaxshilardan surinmaslik, Yomondan asranish sharti yomonlarga korinmaslik. Kuchuk zor chiqmogin bilsa borilar yoprilib gajir, Olib dovrug solish sharti tiriklikda bilinmaslik. Boshingga goh balo kelgay ixtiroyu tashabbusdan, Xatosiz ish qilish sharti ish qilishga urinmaslik. Bolari boyimas xotam, jim tashib, jim yutar sichqon, Ozingga toq yashash sharti ozgalarga ilinmaslik. Kichik chumchuqqa dap qilmay magar turna topar izzat, Borilik obroyin sharti quyonga avf qilinmaslik. Hayotga zog boqib Kulkul har qadam gam-alam tortding, Tuzuk shoir bolish sharti dard chekishdan erinmaslik. 28. Zardali zor gazal Suygan qizim boy kosaning yori bolib, Yiglar ana shoirining zori bolib. Boyning shirin sozlari ham unga zahar, Endi mening doq-popisam dori bolib. Kulbama u kelsa agar ziynat edi, Boy gaznasi ichra turar xori bolib.

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 14

    Tashvish yukin ostida boy bukri tuya, Men yuraman erkin hayot nori bolib. Qunt ila yor sochin silab, orom berib, Avrar edim tonggacha hind mori bolib. Boyni qara, Kulkul afandi, to sahar Xurragida dam soladur qori bolib. 29. Zoraki zor gazal Balofel yorimni sizga soylayin bobu bob aylab, Magar ismi Adolatdir, adolatsiz hisob aylab. Adolatmas, Adolifdek2 yotib bunkersimon uyda, Meni tashqida qoldirdi xuddi Robintrop3 aylab. Kammidi qiz jafosi, vah, tagosi bogdi boynimdan, Koziga Kabekim bosdim munosib bir javob aylab. Gulmatiycha desam: tuzlab yurak, buyrak, jigar, opkam, Boshimga yetdi oxirda meni tort six kabob aylab. Aridek tozdirib ilhomlarimni ishq chopin niqtab, Sherlarim kashtazor qildi tilginamni popop4 aylab. Qiziq holat tushib boshga qotibdur Kulkuliy mumdek, Yurar oz kozyoshimga yor ozimni bosh mirob aylab.

    30. Jogrofik zor gazal Fargona Shoshning ortasi yalang-yulang, Qamchiq dovonin yollari ilang-bilang. Shoshdagi qizlarni borib koray desam, Uydagi yorimni kozi jalang-julang. Shoshda kezar dutor-gitar ohanglari, Uyda qozon, kirtogora darang-durang. Gohida yer chopib, gohi mol boqaman, Gohi komir tashib tilim salang-sulang.

    2 Adolf Adolf Gitler. 3 Robintrop Gitler davridagi tashqi ishlar vaziri. 4 Popop kashta tikish mashinasi. (Popopchi kashtachi).

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 15

    Men kabi zor shoir sira bolmas unut, Yursam-da qishloqisifat garang-gurang. Kulkulni Navrozda tugilgon kunida Eslaydi xalq mushak otib varang-vurang. 31. Ayronlashgan zor gazal Zap yetilmishdir boying oy yuzlaring shirmonlashib, Old tomondan olmazoru orqadan xirmonlashib. Suykanib yoshlikda kino kelsa patta oldirib, Endi hech qilmay pisand otding soching ormonlashib. Bolma kop beyuz desam men, Fu! deding zaxring sochib, Chiqmasa basdir gazetda dokdaring farmonlashib. Bir paqir ayron bilan qoldim ketingdan termulib, Yuz paqir orzu-umidlar ming paqir armonlashib. Men qolib ketding saylga satta puldorlar bilan, Organib London, Porijda yurgali mehmonlashib. Chiqmading xorijga, Kulkul, sotmading hech ozliging, Borsa kim Berlinga balki qaytadur girmonlashib. 32. Darakchi zor gazal Kirdi bir qiz qalbima razbeg bilan, Vaslining xummori teng Kazbek bilan. Ayladi ishgol dilim bir zarbada, Toqnashib lolman spesnazdek5 bilan. Ortidan chopdim lapang ordaklanib, Ishq kolinda suzgali gozdek bilan. Soginib keldim falon xil nozini, Ajrashib nozi picha ozdek bilan. Ki osha Tikosimon qizdan kechib, Bir ochomlashsam edim MAZdek bilan. Sevgida manzil topolmay Kulkuliy,

    5 Spetsnaz ishgolchi maxsus bolinma.

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 16

    Bozlagay kuygan yurak jazdek bilan. 33. Tentakparvar zor gazal Xomila olmasin gori osha ispiropkasiz jinni, Ota sassiqtutun mori osha ispiropkasiz jinni. Zoti jipriq giybat ahlin podasi goh qursa davra, Joyi shu molxona tori osha ispiropkasiz jinni. Qutirgoch oz qizin igvo qilib yozsa ajablanmang, Tuzatgay bukrini gori... osha ispiropkasiz jinni Chala anglab, chala soylab, chala bitgay, chala gajib, Chala koppak, chala bori osha ispiropkasiz jinni. Amal-obro topsa kimdir ortidan izma-iz kavlar, Shaloq iblisga kir chori osha ispiropkasiz jinni. Kulkuliy hech ishonma kim qoplonu sher desa havfli, Qonchi hayvonni eng zori osha ispiropkasiz jinni. 34. Qardoshlarcha zor gazal Ukrain qiz sevgi muhrin yurakka bosdiyu ketdi, Ozimdan dor yasab unga ozimni osdiyu ketdi. Kozi zangor osha otin sezdirib boy-baland zotin, Zulfiga purkabon oltin menga gor qazdiyu ketdi. Yurakni bir qilib dangal, dedim pastoy chozib changal, Ay-yay deya chap berib sal, ozin qutqazdiyu ketdi. Qolmas erdim kozim yoshlab ketsa bir qismini tashlab, Oyokdin bosh qadar boshlab balandu pastiyu ketdi. Onosiga borib tikka, desam: Qizni ber ozbekka, Boqib ogzimda Kazbekka hushidan ozdiyu ketdi. Otosin bilsam ulfat deb, quvladi birbalo ...mat deb, Buni yosh avlodga xat deb Kulkuliy yozdiyu ketdi. 35. Tamtamlangan zor gazal Qiziq sherlar toqib Shoshga tijorat qilgali keldim,

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 17

    Olifta bazi shoirni xijolat qilgali keldim. Yorga yolgondakam yiglab, elga ham qalbaki kuygon Dardfurush todalar birla raqobat qilgali keldim. Millatin qoqlagan boylar, yurtga befarq kazolarni Shirin gaplar bilan zimdan haqorat qilgali keldim. Oldirib xun olishlikdan kuldirib jon olish yaxshi, Nafratimni mazahlardan iborat qilgali keldim. Kulkuliy, kul, dimogdorlar kulgining qudratin korsin, Qisingan Kulgining ramzin Jasorat qilgali keldim. 36. Achinarli zor gazal Boyi yetgon sanamni deb bolib qoldi boshim gir-gir, Buzib otgoch qovoq-kiprik togonin kozyoshim gir-gir. Ana Bulbul yana Gulga mening sherimni kuylaydur, Bolak shoirga muxlis ul Qargalarga toshim gir-gir. Boshokdek bel eshib dildor kozin bejo suzar bolsa, Nafas pish-pish bolib tuyqus imo qilgay qoshim gir-gir. Yogilsa tosh berardim dosh, sogintirsa vale yorim Tanamni tark etar chumchuq topidek bardoshim gir-gir. Kozi goyo ogit aytur jabr qilsam sabr qil deb, Tushunmas ul paqirkalla otib borgay yoshim gir-gir. Sovchi bol deb, e Kulkulmat, yolladim qancha qondoshni, Yetmadi naf alardin lek boldi goyib oshim gir-gir. 37. Dagdagali zor gazal Oxiratni sotib qilgon kayfingga ortancha barmogim, Odam nomi yana isrof hayfingga ortancha barmogim. Piyon qosh ulfating qursin biri qoshning, biri bojang, Osha qosh kulfating Noru Sayfingga ortancha barmogim. Bobom ul deb, zotim bul deb koringon zotga qaydingga Va bogizdan buloq bolgon qaytingga ortancha barmogim. Ayni roza oyi mirshabxona oldida dong qotding,

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 18

    Tanlagan joyingu topgan paytingga ortancha barmogim. Tavba aylab zora yuvsang qolansa ayb-gunohingni, Aslida bor gunohu bor aybingga ortancha barmogim. Sher yozishni qiyib qoyding zor radif kashf etib, Kulkul, Oz-ozing maqtagon songgi baytingga ortancha barmogim. 38. Chopchaknamo zor gazal Dugonangdir boyniga dur, quloqqa tilla osgonlar, Ulfatimdir kuya tushgon quloqchin boshda tozgonlar. Senga sirdosh fan-hunardan baxt qidirgon orzumandlar, Menga yoldosh tekin ishrat toparga reja tuzgonlar. Yalab bolu murabbolar yoningda bir gala tolpoq, Quruq vino ichib solgin yotar tegramda ozgonlar. Kitobxonlik bir bahona kezarsiz uyma-uy mehmon, Betaklif toyma-toy yursak biz uydin kongil uzgonlar. Bolib bir kocha otdingiz chirmanib shohi-atlasga, Tikildik jim mazgisin is, koylagin burga bosgonlar. Marksiy bir xulosa shu bu holatga, ayo Kulkul, Biz qarovsiz ezilgonlar, gozallar bizni ezgonlar. 39. Tilim-tilim zor gazal Yemrilsa soz boyligi tog qirchalanur, Til buzila borsa elat parchalanur. Inoq, Totuv unut bolib, faqat Ahil Qolsa agar jingala soch kalchalanur. Arabiy Haq sozidir, sev, forsiyni uq, Lek joyasiz qollasa, gap galchalanur. Oz tilimiz oz yerimiz uzra chinor, Ovropacha chatishsa mol, archalanur. Ozbeknikin jangchi tili derlar azal, Boy bersa qors erkakligin, marjalanur. Asra tiling, Kulkul, yana yot tilni bil,

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 19

    Shunda jahonga quloging darchalanur. 40. Doimgidek zor gazal Qaydanam e qushburun qiz tuzogingda shaqal boldim, Mamayqorgon kabi zulming lashkariga qamal boldim. Taksiga pul bolib isrof sovchilar soljayib qaytgach, Taxt suyakni ogizdan oldirib itdek osal boldim. Yuribman endi tentakvash, unutdim qaydaman, kimman, Bemakonu bemetirka, beism, bemuchal boldim. Bolib kozyoshlarim ummon suzodirman kema yanglig, Yigilsa men kabilar bu flotga admiral boldim. Yashardim shod godaygancha oz-ozimga bolib haykal, Oyoging ostida aspalga qorishdim, shagal boldim. Kulkuliy men edim odam dildagi sirlarim asrab, Ozimni shu qagozga beayov chaplab gazal boldim. 41. Es-xushli zor gazal Bilmagaymiz umr songin, ammo bilodir olim, Jonimizni belgilangan damda yulodir olim. Yer ustinda sigmayin goh joy talashsak zorlashib, Yer ostinda jim yotarga majbur qilodir olim. Eslabon besamar kunlar, sergunoh onlarni biz, Okrab-okrab yiglar ersak, pinhon kulodir olim. Gaflat ichra yotar vaqti tirik dostmiz olimga, Olib ham gar hayot yursak bagrin tilodir olim. Yashay olsak odamiy dard va insofda, Kulkuliy, Abaddurmiz bizdan oldin ozi olodir olim. 42. Qalandarona zor gazal Kelsa sanam narxini Laylo qilajak, Majnunlatib gollarni shaydo qilajak. Ildirib ishq torvasini, vasl tilatib,

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 20

    Kopni gado, ozni yana sho qilajak. Kim biladur bizni atay aylab gado, Saxovatin qay kuni ijro qilajak? Kutsak-da hech bor etmayin himmatini, Har gal yana bir fitna paydo qilajak. Eng yomoni yalintira, tilantira, Mendek yirik shoirni maydo qilajak. Bagrim ezib, tangriga tinsiz yiglatib, Kulkulni u soxta Huvaydo qilajak. 43. Hazilkash zor gazal Kopqavat uyda yasharga kimniki toqati bolgay, Onosin yelkalab hajga borandek jannati bolgay. Boshlanur ilk azob-qiynoq oyoq yuvmay hali sofi, Sutchi qizda opera xonandasin sanati bolgay. Ish-oqishga chopsa hamma, zina tak-tak, taraq-tuq, gurs!, It yugurgon piyonino tovshining gurbati bolgay. Tunda kimdir oqir oyat, sokar qay mast quvib yorin, Chapda aza, ongda qiztoy, sogin jang navbati bolgay. Ostki qoshning turbani dangdang qilur koproq yotalsang, Ustkining goh tepangdan suv quyarga mandati bolgay. Ishda rohat qilib Kulkul, bezillab uyga qaytmokdin, Kulahmaddek yer ostiga kirurga ragbati bolgay. 44. Soroqli zor gazal Devor osha boqay-chi bir ul qoshni qiz yakkamikin, Tirnogini boyar, ana, xinogami, lakkamikin? Nesi meni maftun etar, pishloqsimon yuzlarimi, Yo ozi dumbul-shorvada pishgan shirin makkamikin? Feli juda jangaridir, gap otmadim, qoni uning Qaysi qabilaga tutash massagetmi, sakkamikin? Qancha tuzuk-suzik bilan quvlashmachoq oynab rosa,

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 21

    Oxir kelib toxtaganim menga shu qiz pakkamikin? Tozitadir xayollarim yurakka ogudek tomib, Yoki boshim chanogidan teshib otgan chakkamikin? Seskantirib Kulkulni kim shaqilladi bog ortida, U sevgilim onosimi, yo shunchaki hakkamikin? Raqamsiz oxirgi zor gazal Demish Gulmat guliqahqah bolib tarixga kirgum men, Kuysa Mashrab shami, guldek solib tarixga kirgum men. Agar Mashrab yoqib qahrin chirmovuqlarga ot qoysa, Iljayib asta tomirdan yulib tarixga kirgum men. Ozin mangu haykalini qursa Mashrab ozi bilmay, Ilgaritdan joyim sozlab, bilib tarixga kirgum men. Chaqnasa farqsiz boqurlar, dodlashar portlasa yulduz, Hama allomalar yanglig olib tarixga kirgum men. Yana Gulmat demish Mashrab sozin nopokka oq qildi, Harom qolga zaxarli gul ilib tarixga kirgum men. Kulkuliy sherlaring bol-xat, tamida kislota sulfat, Elga Gulmat sirin ulfat qilib tarixga kirgum men. TORTQAVATLILAR Nari tur e dilyoqar qiz, ozni men otga topshirmay, Bir azobim qilib mingta, yaramni yodga topshirmay. Yoling poylab ayozda kop, tumov boldim, javobgarsan, Seni soldim Xudoyimga ishingni sodga topshirmay. * * * Umring boyi shukur qil chapdan ongayguningcha, Seni asrab keldi Haq osib-qonqayguningcha. Balki bir yurt yoq boldi sen aljirab mast-alas Bir yiqilib, bir turib, yana donqayguningcha. * * * Bir gozalni madh aylamish Mir boboning ozlari: Kiprigining soyasinda ul parining yuzlari...

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 22

    Jahonga bir aytsin endi Kulkuliy ham oxshatib: Yotar burnim salqininda uch mahalla qizlari. * * * O, madam, Bizam odam. Oshiqlarni Demang podam. * * * Momintoy qulga bu farmonli dunyo, Orzumand bandaga armonli dunyo. Fahmdor kishiga qamchili kazzob, Yallaboz anqovga garmonli dunyo. * * * Oz sozi-la yashar shoir pishiq yo xomidan soylab, Bu ruhiy xastalar qasrin tikanli romidan soylab. Bolma artis, Kulkiliyjon, kecha bir artisni kordim, Ozi nojins, turar ammo Temurning nomidan soylab. * * * O Kulkul, teskari dunyo tagingda, Bilmasding sirin mast yotmaganingda: Eng qiziq narsa eng zerikarligu, Eng kutgan narsang eng kutmaganingda. * * * Bu olamning teng huqukdi ahlisan, Baxtli bolish uchun tola hakdisan. Sherim oqi, magzin tushun, baxtga bot, Tushunmasang, undan battar baxtlisan. * * * Otib bahor-yozim, shu qishdan Istefoga chikdim sevishdan. Demak boshi ochiq xonimlar Endi holi xatar-tashvishdan. * * * Goyo mening vujudim kopmillatli bir xonlik,

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 23

    Goh oyinim hindchayu, goh ohanggim eronlik. Oshpazlikda girt uygur, tilovatda arabman, Dilim, tilim ozbegu, burnim ozarbayjonlik. * * * Oylagil qorkdim doqingdan men qachon, Chaqchayib burningni qilma baqlajon. Sher uchun obro emas pashsha quvish, E raqib, davrimda mayli saqla jon. * * * Sherik topmay ozim birla ozim oynakda ichgayman, Kosa sinsa, orqasiga quyib poynakda ichgayman. Icharman goh ozim maqtab, yoq ganimdan kuymanib goh, Bezrayib gohi hayatda mayni choynakda ichgayman. * * * Uyoti yoq zot uyotdin olmagaydir olmasa, Fikri qul nursiz hayotdin olmagaydir olmasa. Ozganing dardlarin uqmas to ozi dard chekmagan, Oz Bayoti yoq Bayotdin olmagaydir olmasa. * * * Asta keldim dalda birla yaxshi gapga och bolib, Yora aytay hasratimni konglima tilmoch bolib. Barcha qiz xil-xil taomu, sevdigim yolgiz palov, Qaqranib tursam netar men yonida qirmoch bolib? * * * Nozingga uchib devona Mashrab bolaqoldim, Xorlikda qolib kozyoshga xumdek tolaqoldim. Tark etib jabring dozaxin, oz xotinimdan Jannatni isin sezdimu uyga kelaqoldim. * * * Umring sonar baxt degan yulduz miltillaguncha, Koz alanglab kipriging hayron pilpillaguncha. Yoshligingni berma boy, bos tikanni, otga kir, Yoshlik otar qoshni qiz uch-tort jilpillaguncha * * *

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 24

    Men uxlasam nafas rostlar qalamim, Dilim tirnar tushimda zor alamim: Ichishda teng kelsam^da ming ulfatga, Yozishda teng kelmadim bir Gulmatga. SOTARUBOYILAR Dutor chertay dingir-dingir, Oyna, yorim, qingir-singir. Bir kunda bir ichib kelsam, Qilma hadeb mingir-mingir. * * * Yasansang men taqinchoqman, Chomilsang men oqinchoqman. Bezib ketsang qocholmassan, Oyogingda qoqinchoqman6. * * * Garchi janjalda balanddir, Dod solishda zor talantdir. Qoshnilar bilmas, xotincham Xudo urgon semuvlantdir7. * * * Shoirlikka tutilgonman, Fahmi bordoq yetilgonman. E raqib, ul Tarixingta Sensiz taklif etilgonman. * * * Moyqalam der moylovi oq: Sariq rang och, qora rang toq. Shundan faraz qilurmizki, Bu olamda haqiqat yoq! * * * Guruch edim boshoklanib, Kop ezildim oqshoglanib. Rubob bilan soldim oxir

    6 Qoqinchoq, qoqinchaq oyoq barmogi ostidagi yara. 7 Simuliant bahonachi.

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 25

    Ojar qizni mashshokdanib. * * * Chimloqda chim chaynab yurdim, Choydishdek goh qaynab yurdim. U yomon qiz erga tekkach, Konglim tinib, oynab yurdim. * * * Shafqating, yor, serob bolsin, Labing bepul gulob bolsin. Sevgi qoidasin buzsam, Bu jonim ishtarop bolsin. * * * Kel, oshna, qahringdan uzat, Yov qopsa, jahlingdan uzat. Ortsa lek johilligim, Axliqqa8 aqlingdan uzat. * * * Qolma-qolsan, sen yasangi, Senga, yorim, men asrangi9. Asqoturman, chiqsa ishdan Barcha qalangi-qasangi. * * * Oy-xayolga itob boldim, Sher yozarda shitob boldim. Edim balki yomon odam, Vale mixdek kitob boldim.

    UCHPAXSA Kop qiynadi yiglatib... Oxir meni uxlatib, Erga tegib ketdi u. * * *

    8 Axliq, oqliq qatiq qilishda sutga qoshiladigan suzma 9 Asrangi ehtiyotda turgan buyum.

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 26

    Uy yonmoqda beomon, Sohibi yurar shodon, Kuymadi deb soqolim. * * * Nasha urug yeb oz-moz, Hujum qildi yosh xoroz Och yottan bir qassobga. * * * Silliq otsin deb pora, Boshliqqa bir bechora Pul berganmish sovunlab. * * * Topildi chit toshagim, Solgon ekan eshagim Sevgilisin ostiga. * * * Bu dengizning baligi Nega Shorsuv soligin Tolamasdan yuribdi? * * * Bir shilqim der: Bu tentak Odam qurib ketgandek, Oz xotinin sevarmish. Egovlashdi asabim, Men ham egov yasadim... Arzigudek asab yoq. * * * Bugdoy orim bir bora, Paxta ketma-ket bola Koraverar ozbekdek. * * * Qiziq fojia ayt-chi! Jondan toygan bir qaychi

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 27

    Ozin qiyolmay xunob... * * * Oltiariq tomonda Yuribdi kok choponda Sen oldirgan bir yigit. * * * Uqdirdim gol sichqonga: Tushdim dema qopqonga, Yangi nomi bojxona. * * * Doim dorda oynaydur... Uni kimlar qiynaydur Sigdirmasdan keng Yerga?! * * * Sher miyaga osh bolar, Todasiga bosh bolar Kitob yegan kalamush. IKKIQATLAR Sharob ichsang yana sherikman, E hayriyat, demak tirikman. * * * Goh chekaman jiddiy aziyat, Xom sherimga oqib taziya. * * * Otingni sot, molingni sot sen Va sotib ol andak uyot sen. * * * Tamaki goh dardim oladur, Hayotimni saqlab qoladur. * * *

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 28

    Norpolvonga qarashli ho gor... Men buguncha Norpolvondan zor! * * * Garchi senga yolchiyukdurman, Unutma, yor, men buyukdurman! * * * Labingdagi bu xol kishmishdan, Qoraygan u turli mish-mishdan. * * * Kozing chiroq, biram xumordir, Keng shlyopang chiroqtumordir. * * * Toshqin bolsang, ozim qirgoqman, Moshin bolsang, avtoturgoqman10. * * * Olsak bizda olar manmanlik, Dushmanlarda esa dushmanlik. * * * Har balodan asrayman seni, Yoq qilmasang bas, dostim, meni. * * * Oyogimdan chalaverdilar, Chalib ortda qolaverdilar. * * * U shoirdir, yokdir amali, Amal asli shoir ajali. * * *

    10 Avtoturgoq avtomobillar qoyiladigan maxsus joy.

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 29

    Shu kungacha saqladimki jon, Demak dunyo emasdir yomon. * * * U nodiru sarsonroq edi, Bu shodonu arzonroq edi. * * * Sher Alpomish, gazal Barchinoy, Biron-birin yomonlama, hoy! * * * Kecha olding demagil menga, Tugilgayman asli indinga. ORTABARMOQ Tovugingni yedim, hey xoroz! * * * Iljaymay ol, sevdirding meni. * * * Bir qop savob oldim bozordan. * * * Gordan chikdi sigaret sorab. * * * Xotiniga sotdi erligin. * * * It sayoq, lek qimor oynamas. * * * Romolcha bor, Dezdemona yoq. * * *

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 30

    Tushlikda uch likob baxt yedim! * * * Uylanganmish koptokka tarvuz. * * * Zindonda bit? Gunohi nima? * * * Ol-e, ana madaniyating! * * * Gosht yesa-ku qoydan qorqardik. * * * Kalda taroq, korda chiroq bor. * * * Sol pashshani! Gap poylayapti! * * * Kim tanir? Bu kimning haykali? * * * Hind kinosi xotindir unga. * * * Gong yeb kordi havaskor yulgich. * * * Saroygami? Qalin shim kiyvol. * * * Qiynaysan-da insofli bolsam. * * *

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 31

    Navbatga tur... kaltak yeyishga. * * * It egasin qopmas, pul qopar. * * * Konglingga kop burningni tiqma. * * * Muzey Gulmat nos tupurgan joy. * * * Ho, gadoy! Ma... danak chaqib ber! * * * Yiqildingmi? Nega chiquvding? * * * Qoch! Quyoshni tosma, shamchiroq! * * * Sher yozmadim... Ana mahorat! * * * Dost bolarmish... tilimni tiysam. * * * Yeb boldingmi? Endi xizmat bor... * * * Eng qiziqchi tobut ogrisi. * * * Oshqozonga oxshar nigohi. * * *

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 32

    Shu shorvaga chokkim kelyapti... * * * Dostlasholmas Nay va Nogora. * * * Bekor ketding. Soginmadim hech. * * * Taniyman, girt erxor xotin bu! * * * Ozi sassiq, ovozi shirin. * * * Shimim mendan kora puldorroq. * * * Sotib oldim uch kilo kitob! * * * Bir opich deb ovqatsiz qoldim. * * * Meni tinch qoy... Bopti, dahosan... * * * Oy buncha tez bogoz bogggurar? * * * Olib qoldi qarsak chalyotib... * * * Kaltak yeb-eb, qiziqchi boldim. * * *

  • Anvar Obidjon. Bezgakshamol-2

    www.ziyouz.com kutubxonasi 33

    Oz shoirin tanimadi sher. * * * Kema chokdi... Suzmokda kalish... Xushlashuv Men oqib sher, sen tekin may ichib turding, Qochib ogzing ishtonbogi, qichib turding. Gahi Qoyil!, gahi Ha, dost!, Ofarin! deb, Har gujum bayt shaniga qin bichib turding. Sher ortada, lek qachon may ilinding sen? Kulib soxta, yolgondakam kuyunding sen. Xotindan dod desam birga urib faryod, Aslida xop ich-ichingdan suyunding sen. Bevafo dost, ojar yordan jonim kuydi, Elu yurt deb tomirlarda qonim kuydi. Shuki qoshgon ulushing bu yonishlarga, Xoningdan11 chog tushib dasturxonim kuydi. Mayfurushni kuylasam, soz dalda qilding, Sutchi qizdan soylasam, sal zarda qilding. Oxiri gal kelanda Ortabarmoqqa, Xurragingni ilhomimga parda qilding. Payti yetdi, balki oshna xushlasharmiz, Hali sher, may ustida kop qoshlasharmiz. Kitobda sher, kozada may tugab bitdi, Otirsak gap aynib endi mushtlasharmiz.

    11 Xon ozbek sigaretlaridan biri.